Yoşlar va kattalarning dunyoqaraşi, qiziqişlarida hamişa tafovut bölgan. Bu faqat bizda emas, butun dunyo böyiça kuzatiladigan holat. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumida ham katta avlod vakillari “Yoşlar buzilib ketdi!” mazmunidagi öz ökinçini toşga öyib yozgani haqida ardoqli şoirimiz Erkin Vohidov hajviy, ammo jiddiy şeʼr bitgani bejiz emas. Bu tabiiy hol: har bir davr yoşlarining öz ruhi, kayfiyati böladi.
Bugun dunyo yoşlarini örganayotgan mutaxassislar ularning öziga xos ustunliklari, fazilatlarini eʼtirof etar ekan, şu bilan birga, diqqat qaratişlari lozim bölgan ayrim jihatlarni ham qayd etişmoqda. Quyida yoşlarga nisbatan uç-törtta köylakni köproq tözitgan kattalarning navqiron avlodga atalgan 20 ta ögitini eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. Bu maslahatlar yoşlarimiz uçun foydadan xoli bölmaydi, deb öylaymiz.
- Vaqt har bir kişiga ölçab berilgan, u bitmas-tuganmas xazina emas.
- Siz isteʼdodlisiz, lekin qobiliyatingizga ortiqça baho berişsa, işonib qolmang.
- Kattalar uyqusizlik kasalligiga çalinganlari uçun emas, balki işi unib, baraka topganlari uçun erta turadilar. Siz ham sinab köring.
- Cizga qönğiroq qilişsa, albatta javob bering!
- Işga eng oldin kelib, eng keyin ketadigan xodim siz böling.
- Vazifangizga doir körsatmani kutib ötirmasdan işga kirişing.
- Öz xatolaringiz uçun javobgarlikdan qoçmang.
- Sizga berilgan örinli jazo foydadan xoli bölmaydi.
- Bir joyga qönim topmasdan, har yili işingizni yangilasangiz, heç qaçon “ösmaysiz”.
- Işxonada qulay şart-şaroit emas, balki siz bilan birga işlaydigan odamlar köproq ahamiyatga ega.
- Öylab köring: bugungi faoliyatingiz ertangi muvaffaqiyatingizga poydevor bölyaptimi?
- Gapni öz egasiga ayting, orqavorotdan gapiriş obrö keltirmaydi.
- Zamonaviy texnologiyalar böyiça bilimingizni muttasil oşirib boring.
- Ijtimoiy tarmoqlarda siz döst tutinayotgan kişilarning soni emas, kim ekani köproq muhim.
- Sizdan köra tajribaliroq uçta maslahatgöyingiz bölsin.
- Muhim masala böyiça qaror qabul qilayotganingizda özingizdan “Men hurmat va havas qiladigan falonçi şunday vaziyatda qanday yöl tutgan bölar edi?” deb sörab köring.
- Kitobni köproq öqiş, ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalaniş kerak.
- Daromadingizga nisbatan 25 foiz kamroq xarajat qiling.
- Şaʼningiz har narsadan uluğ, unga doğ tuşirmaslikka harakat qiling.
- Sizga har qança zerikarli tuyulmasin, katta avlod vakillarining ögitini eşitişga vaqt va toqat toping.
Sanjar Javlon tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

