6 daqiqada öqiladi

3 949 marta körilgan

Yoşlar tarbiyasi – millat kelajagi poydevori

Yoşlar tarbiyasi – millat kelajagi poydevori

Insoniyat paydo bölibdiki, eng dolzarb, eng maşaqqatli va eng qiyin vazifa – yoşlar tarbiyasi masalasi bölib kelgan. Barça alloma, mutafakkirlar, millatning ziyolilari jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinçligu xotirjamligini yoşlar tarbiyasi bilan boğlaganlar. Bu bejiz emas. Qayerda tarbiya masalasini taʼlim bilan, milliy qadriyat, anʼanalar, mentalitet  bilan uzviy boğliqlikda hal etişga harakat qilingan bölsa, öşa joyda rivojlaniş, taraqqiyot bölgan. Yoşlar taʼlim – tarbiyasiga eʼtiborsizlik qilingan joyda esa inqirozlar, milliy  öpirilişlar sodir bölavergan.

Istiqlol adabiyotining buyuk vakillaridan Abdurauf Fitrat şunday degan edi: “Agar dinga, Vatanga, molğa, jonğa, avlodga  muhabbatingiz bölsa, agar dinning xalos bölişi, şariatning rivoji, Vatan obodliği, avlodning tinçligi, yaxşi nom qoldirişning çorasini xohlasangiz, sizning ilojingiz, avvalo, kasbi maorifdir. Qobiliyatlilarni tahsil uçun öqişga yuboring”. Uşbu iqtibosda buyuk allomaning millat va Vatan kelajagi, yoşlar taʼlim-tarbiyasi uçun qançalar kuyunçaklik bilan yondaşganini körişimiz mumkin.

Milliy mustaqillikning ötgan qisqa davrida buyuk mutafakkir, allomalar orzu qilgan niyatlarga yetdik, mamlakatimiz rivojlanişning mutlaqo yangi yöliga çiqib oldi. Özbekiston rahbari Islom Karimov mazkur masala xususida töxtalib, şunday deydi: “Odamlar adolat uçun jon beradi, adolat uçun kuraşadi, adolat uçun özini ham ayamaydi. Hozirgi kunda Özbekis­tonda ana şunday mardlar ösib, voyaga yetmoqda. Men bugungi yoşlarimizni körsam, xayolimga şunday fikrlar keladiki, ey, sizlar boşqaça tarbiya olyapsizlar! Mutlaqo boşqaça! Bizning yoşligimizda bunday imkoniyat va şaroitlar yöq edi. Çunki biz boşqaça davrda yaşaganmiz, boşqaça mafkuraning mahsuli bölganmiz”.

Haqiqatan ham, bizning yoşlarimiz boşqaça tarbiya olmoqdalar. Şu örinda, mustaqillik yillarida yoşlar tarbiyasidagi evolyutsion özgarişlar,  yangilaniş­lar hamda bu borada amalga oşirilişi lozim bölgan ayrim vazifalar töğrisida baʼzi fikrlarni bayon etişni maqsadga muvofiq deb bildik. Jumladan, barçamizga maʼlumki, sovet mustabid tuzumi davrida milliy urf-odat, anʼanalarimiz, qadriyatlarimiz, boşqaça aytganda,  tarbiyadagi anʼanaviy – özbekona unsurlar katta talofat kördi. Şakl jihatdan özbek, ammo mazmun jihatdan özbekçilikdan tobora uzoqlaşa boşlagan edik. Bu narsa milliy madaniyatimiz, tafakkur tarzimiz, ongu  şuurimizda, xatti-harakatlarimizda, ayniqsa, yaqqol körina boşlagandi.

 Şuning uçun ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq diniy, milliy qadriyatlarni tiklaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlari qatoriga qöşildi. Natijada mamlakat fuqarolari, ayniqsa, yoşlarimiz milliy xarakterimizni aks ettiradigan qadriyatlar bilan boyiy boşladilar.  Bu –  birinçidan.

 Ikkinçidan, yoşlar dunyo­qaraşi,  tafakkur tarzining şakllanişida milliy tarixning örni va ahamiyati katta. Ammo mustabid tuzum şaroitida  özbek xalqi heç qanday davlatçilik tarixiga ega emas, uning tom maʼnodagi tarixi 1917-yildan boşlangan, degan mafkuraviy soxta “nazariya”lar xalqimiz ongiga singdirila boşladi. Mustaqillik ana şu soxtakorliklarni bartaraf etdi. “Men,  –  deydi  Özbekiston Prezidenti Islom Karimov, – har doim mustabid sovet tuzumi, öşa zamonda xalqimiz boşidan keçirgan kunlar haqida köproq yozinglar, deb tarixçi va yozuvçilarimizdan iltimos qilaman. Öşa davrda yaşagan, uning barça kirdikorlarini iç-içdan bilgan ziyolilarimizning qançasi otib taşlandi, qançasi qamoqda ölib ketdi. Ammo öşa zamonni yoşlarimiz bilişi uçun bizga köproq kitoblar,  darsliklar kerak”.

Tarixdan ibrat olib yaşaş, tarix haqiqatlarini biliş kişiga quvvat beradi, uni hayot haqiqati bilan qurollantiradi.

Tarixni yozişda öng tomonga ham, çap tomonga ham oğmasdan, faqat haqiqat va adolat nuqtayi nazaridan yöl tutilişi kerak. Soxta tarix bamisoli oğu kabi insonni zaharlaydi, uning dunyoqaraşini çalğitadi.

Tarixda soxtakorlikka yöl qöyiş, aslida, millatni halok qiliş, jamiyatni va insonni aldaş, haqiqatdan çekiniş bilan barobar.  Şuning uçun ham mus­taqillik yillarida bu masala mafkuraviy jarayonlardagi ustuvor yönalişga aylandi. Mamlakat rahbarining tarixçi olimlar, ziyolilar bilan bölgan uçraşuvlari, naşr etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yöq”, “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yölida xizmat qiliş – eng oliy saodatdir” kabi asarlarida, şuning­dek, Vazirlar Mahkamasining tarix fani masalalari böyiça çiqargan qator hujjatlarida yoşlar dunyoqaraşining şakllanişida tarix, jumladan, milliy tarixning örni masalalari juda işonarli tarzda öz aksini topgan.

 Uçinçidan, mamlakat rahbariyati yoşlar dunyoqaraşini şakllantirişda mafkura masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Bunda Özbekiston  Respub­likasi  Konstitutsiyasining 12-moddasida belgilangan, heç qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida örnatilmaydi, degan qoida muhim öringa ega böldi. Ijtimoiy hayot sohalarida siyosiy ins­titutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligining eʼtirof etilişi, aslida, jamiyatning yanada rivojlanişi, demokratik islohotlarni amalga oşirişga yaratilgan imkoniyat edi.

Hozirgi yigit-qizlarimiz bundan 20-25 yillar avvalgi tengdoşlaridan qator sifatlari bilan ajralib turadilar. Agar öşa davr yoşlarida taşabbusning sustligi, ğoyaviy-mafkuraviy qaramlik, birovga kör-körona ergaşuvçanlik,  voqea-hodisalarni tahlil etişda öz mustaqil fikriga ega emaslik kabilar ustunlik qilgan bölsa, hozirgi yoşlarimizda öz qatʼiy fikriga egaligi, öz iqtidorini namoyiş etiş imkoniyati mavjudligi, taşabbuskorlik, milliy-madaniy, mafkuraviy-siyosiy sobitqadamlik, tanlagan maqsad sari intilişdagi izçillik singari holatlarni köriş mumkin.

 Ayni paytda, ayrim yoşlarimizda zamon talablariga javob beriş borasida muayyan kamçiliklar ham mavjudligini yoddan çiqarmaslik lozim. Masalan, milliy-madaniy merosimizdan faxrlana bilişda, undan ruhiy quvvat olişda baʼzan sustkaşlikka yöl qöyilmoqda. Şu örinda Prezident Islom Karimovning 2014-yil 15-16-may kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan xalqaro konferensiya­dagi quyidagi sözlari öta muhimligini eslatiş lozim: “Özining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylaşga, boyitiş va köpaytirişga, şuningdek, unib ösib kelayotgan yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga yetarliça eʼtibor qaratmaydigan, har tomonlama uyğun rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, öz qaraş va yondaşuviga, grajdanlik pozitsiyasiga ega bölgan şaxsni kamol toptirişni öz oldiga maqsad qilib qöymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yölidan çetga qolib ketişga mahkum ekanini biz özimizga yaxşi tasavvur qilib kelganmiz va yaxşi tasavvur etamiz”.

Fikrimizça, Yurtboşimizning uşbu mulohazalari barça yoşlarimiz uçun dasturilamal bölişi lozim. Gap şundaki, maqsad faqat örta asrlar şarq  allomalari, mutafakkirlarining qaçon va qayerda tuğilgani-yu, qaysi asarni yozganini quruq yodlaşdan iborat emas. Maqsad, birinçidan, alloma – mutafakkirlarimizning  jahon ilmu faniga qöşgan hissasini biliş, ulardan faxrlaniş könikmasini hosil qiliş bölsa, ikkinçidan, hozirgi yigit-qizlarimizda öşa  allomayu mutafakkirlar oldidagi maʼnaviy qarzini uziş, şuningdek, buyuk ajdodlarimizga munosib ravişda millat va Vatan oldida masʼul­iyat seziş hissini şakllantirişdan iboratdir. Boşqaça söz bilan aytganda, maqsad faqatgina milliy-madaniy merosdan faxrlanişdan iborat emas. Maqsad – XXI asr Özbekiston yoşlarining jahon tamadduniga qöşadigan hissasini anglaşdir.

 Yana bir masala borki, albatta eʼtibor beriş lozim. U ham bölsa, barpo etilayotgan jamiyat  mazmun-mohiyatini anglaş bilan boğliq. Töğri, biz insonparvar,  huquqiy, demokratik jamiyat qurmoqdamiz. Ammo şu murakkab yölni bosib ötişda belgilangan bosqiçlarni barça yigit-qizlar ham tölaligiça anglab yetmaydilar. Masalan, bugun barçamiz mamlakatda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş yölida mehnat qilmoqdamiz.

 Yoşlarimiz davlat hokimiyati va boş­qaruvini demokratlaştiriş, fuqarolik jamiyati institutlarini şakllantiriş va rivojlantiriş, demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotini liberallaştirişni çuqurlaştiriş, sud-huquq tizimi, saylov huquqi, söz erkinligi kabi masalalar böyi­ça muayyan bilim va  könikmaga ega bölmas ekan, ularning bu jarayonlardagi faol iştiroki töğrisida fikr yuritiş qiyin. Qolaversa, gap yuqorida sanab ötilgan yönalişlarni biliş bilan ham çegaralanmaydi. Eng asosiysi – yigit-qizlar öz maqsad-muddaolarini milliy istiqlol ğoyalariga  mutanosib bilişdir. Boşqaça söz bilan aytganda, yoşlarimiz ijtimoiy faol, siyosiy-huquqiy madaniyatli,  maʼnaviy olami yuksak bölmas ekan, barça harakatlari quruq gapdan iborat bölib qoladi.

Ana şu muammolarni izçillik bilan, bir tanu bir jon bölib hal qiliş, şubhasiz, ijobiy natijalar beradi. Zero, Yurtboşimiz qayd etganidek, “Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, öz yurti, öz xalqiga fidoyi, biz boşlagan işlarni davom ettirişga qodir bölgan, har tomonlama soğlom avlodni yengib böladimi?  Bugun biz öz oldimizga qöygan yuksak maqsadlarga yetişda ana şu navqiron avlodimiz hal qiluvçi kuç bölib maydonga çiqayotgani  barçamizga ğurur va iftixor bağiş­laydi”.

Abduxalil  MAVRULOV,

Tarix fanlari doktori, professor

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)