Halollik – ğirromlikning ziddi, insonni hayotligida ham va, ayniqsa, dunyodan ötganidan keyin yuksak insoniy martabada xotirlaşga bois bölguçi fazilat. Inçunin, ijoddagi halollik ijodkor umrini avlodlar silsilasida mudom poydor etguvçi sifat – xususiyat. Kamina nazarida Matnazar Abdulhakim xuddi şunday şoir edi. Bilmadim, balki uning siymosi kaminaning tasavvur va taxayyul dunyosiga şu taxlit singigan çiqar. Har kim ne deganda ham, men uni şunday his qilaman, şunday qabul qilaman. Va bu tuyğularim, xayollarim tasdiğini uning vaqt jihatidan eng sönggi kitobi – “Saylanma”sidan topgandek bölaman…
Şuhrat RIZAYEV,
adabiyotşunos.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida