Şahlo ançadan buyon ingliz adiblari ijodini tadqiq etiş bilan şuğullanadi. Maşhur ingliz şoiri Bayron ijodiga bağişlangan maqolalari markaziy naşrlarimizda eʼlon qilingan, şuningdek, Amerika Qöşma Ştatlari va Avstriyada çop etilgan ilmiy töplamlarga kiritilgan.
Hozir u maşhur şotland şoiri Robert Byorns ijodini örganiş bilan birga, şoir şeʼrlaridan tarjimalarni asliyat bilan soliştirib tadqiq qilmoqda. Şu mavzudagi “Robert Byorns şeʼriyati özbek tilida” risolasi tugallaniş arafasida.
Singlimiz Şahloga ilm va ijod yölida zafarlar tilab qolamiz.
Adhambek ALIMBEKOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining adabiy aloqalar va badiiy tarjima bölimi kotibi
Jahon şeʼriyati xazinasiga ulkan hissa qöşgan maşhur şotland şoiri Robert Byorns (1759–1796) ijodi bilan özbek öquvçisi ham yaxşi taniş. Uning şeʼr va dostonlari özbek tiliga turli davrlarda tarjima qilingan. Bu işni Özbekiston xalq yozuvçisi, taniqli şoir Muhammad Ali boşlagan edi. Şoir ötgan asrning 60-yillari, Moskvadagi Adabiyot institutida taʼlim olib yurgan kezlari rus va jahon klassiklari ijodini çuqur örganadi. Ayniqsa, J. Bayron, I. Gyote, F. Shiller, R. Byorns, A. Puşkin, M. Lermontov şeʼriyatini mutolaa qilib, ulardan tarjimalar qilişga kirişadi1.
Muhammad Alining Robert Byornsdan qilgan tarjimalari 1971-yili kitob şaklida “Qöşiq va balladalar” nomi bilan 5000 nusxada bosilib çiqdi2. Kitobçaga ilova qilingan “Tarjimondan” degan möjazgina sözboşida quyidagi sözlarni öqiymiz: “Robert Byorns oddiy şotland dehqoni edi. U yer bağridan çiqqan, tom maʼnoda şu ğurbatli zamin şoiri bölib dunyoga tanildi. Kunduzi qöş haydar, şeʼrlari öz-özidan ravon oqa boşlar, keçqurun esa ularni qoğozga tuşirar, baʼzan qoğozga tuşirmayoq, şeʼr xalq orasida maşhur bölib ketardi. Şu sababdan uning şeʼrlarida Şotlandiya tabiati, sodda dehqonlarning murakkab içki dunyosi ğoyat ötkir did, yorqin obrazlar, çertib-çertib olingan sözlar bilan oçib beriladi.
Robert Byorns şeʼrlari juda köp tillarga tarjima qilingan. Rus tiliga tarjima qilişga
S. Marşak katta jonbozlik körsatgan”.
Darvoqe, rus şoiri va tarjimoni Samuil Marşak (1887–1964) Robert Byorns şeʼrlarini juda katta mahorat bilan ögirganini tarjimaşunoslar ham qayd qilib ötgan3. Şoir Muhammad Ali asliyat örnida S. Marşak tarjimalarini tanlab juda töğri iş tutgan.
Masalan, Byornsning “My heartʼs in the Highlands” sheʼri:
My heart’s in the Highlands, my heart is not here,
My heart’s in the Highlands a-chasing the deer –
A-chasing the wild deer, and following the roe;
My heart’s in the Highlands, wherever I go.
Farewell to the Highlands, farewell to the North
The birth place of Valour, the country of Worth;
Wherever I wander, wherever I rove,
The hills of the Highlands for ever I love.
Farewell to the mountains high cover’d with snow;
Farewell to the straths and green valleys below;
Farewell to the forests and wild-hanging woods;
Farewell to the torrents and loud-pouring floods.
My heart’s in the Highlands, my heart is not here,
My heart’s in the Highlands a-chasing the deer
Chasing the wild deer, and following the roe;
My heart’s in the Highlands, wherever I go.
S. Marşak tarjimasida quyidagiça jaranglaydi:
V gorax moye serdse… Доныне я там.
Po sledu olenya leçu po skalam.
Gonyu ya olenya, pugayu kozu.
V gorax moye serdse, a sam ya vnizu.
Прощай, моя родина! Sever, прощай, –
Отечество славы и доблести край.
Po belomu svetu sudboyu gonim,
Навеки останусь я сыном твоим!
Прощайте, вершины под кровлей снегов,
Прощайте, долины и скаты лугов,
Прощайте, поникшие в бездну леса,
Прощайте, потоков лесных голоса.
V gorax moye serdse… Доныне я там.
Po sledu olenya leçu po skalam.
Gonyu ya olenya, pugayu kozu.
V gorax moye serdse, a sam ya vnizu!4
Muhammad Ali tarjimasi:
Qalbim mening toğlarda… Qoyalar böylab
Yelday uçib boraman buğuni quvlab.
Hurkib qoçgan ohuda yugurar közim…
Qalbim mening toğlarda, yerdaman özim.
Alvido, ey vatanim! Dovruqli Şimol,
Şon-şaraflar ölkasi, endi yaxşi qol!
Quvğindiman dunyoda, ammo bilurman:
Men bir umr farzanding bölib qolurman!
Alvido, ey qor bosgan zalvorli toğlar,
Alvido, ey yam-yaşil vodiylar, boğlar!
Alvido, ey yuztuban ketgan örmonlar,
Alvido, örmonlardan oqqan suronlar!
Qalbim mening toğlarda… Qoyalar böylab
Yelday uçib boraman buğuni quvlab.
Hurkib qoçgan ohuda yugurar közim.
Qalbim mening toğlarda, yerdaman özim!
Şoir – tarjimon şeʼrning rusça matnini töla anglab olgan, mazmun va öynoqi misralar ohangi özbekça tarjimaga köçgani oçiq-oydin körinib turibdi. Hatto şimol buğusi ketidan quvlab borayotgan qahramon tösatdan eçkini (“koza”) hurkitib yuboryapti. Asliyatdagi şimolning qorli toğlarida yaşovçi yovvoyi eçki obrazini hurkak ohular obrazi bilan almaştirarkan, tarjimon özbekçada şeʼrdagi emotsionallikni yanada kuçaytirişga erişgan, desak mubolağa bölmaydi. Xullas, Robert Byornsning Muhammad Ali tarjimasida çiqqan va ellik sakkizta qöşiq, ballada va epigrammalarni öz içiga olgan “Qöşiq va balladalar” kitobidagi barça şeʼrlar maşhur tarjimon Samuil Marşak ögirmalariga mos keladi, deya olamiz. Kitobga ustoz şoirimiz Abdulla Oripov muharrirlik qilgani ham ahamiyat kasb etgan.
Muhammad Ali tarjimalari özbek şeʼrxonlarining Robert Byorns ijodi bilan tanişişiga imkon yaratdi. Özbek tarjimaşunoslik ilmida bu tarjimalarni maqtaganlar (M. Baqoyeva, M. Xolbekov) ham, tanqid qilganlar ham böldi. Masalan, tarjimaşunos yoş olima Gulnoza Odilova maqolalarining birida “Muhammad Ali asliyatdan xabarsiz bölgani uçun ham, S. Marşak matniga suyanişdan boşqa iloji bölmagan va çor-noçor uning yölini takrorlagan”5, deb yozadi. Olima “A Red, Red Rose” şeʼrining S. Marşak va M. Ali tarjimalarini asliyat bilan qiyoslagan holda yuqoridagi fikrni bildiradi. Bizningça, tanqidçining uşbu fikriga töla qöşilib bölmaydi. Şeʼrning birinçi törtligini asliyatda öqiymiz:
O my Luve is like a red, red rose,
That’s newly sprung in June;
O my Luve is like the melody,
That’s sweetly played in tune.
S. Marşak tarjimasi:
Lyubov, kak roza, roza krasnaya,
Svetet v moyem sadu.
Lyubov moya – kak pesenka,
S kotoroy v put idu.
M. Ali tarjimasi:
Sevgi atirgul yangliğ
Yaşnar mening qalbimda.
Sevgi – men aytar qöşiq
Yölga çiqqan çoğimda.
Bizningça, har ikkala tarjimada ham asliyat mazmuni va ruhi, undagi öynoqi misralar örni saqlab qolingan. Asliyatdagi bir-ikki söz va iboraning tarjimalarda aks etmagani ularning qadrini tuşirmaydi.
Mustaqillik yillarida yoş şoirlarimiz Robert Byorns ijodidan tarjima qilişga yana qaytdilar. Ulardan biri Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti öqituvçisi, şoira Begoyim Xolbekovadir. Şoira Robert Byorns şeʼrlaridan yigirma sakkiztasini bevosita asliyatdan özbekçalaştirib, ularni alohida naşrlarda çop ettirdi6. Ingliz tili öqituvçilari samarqandlik Dinora Sultonova va jizzaxlik Mohinur Abdusamatova Byornsdan qilgan tarjimalarini şeʼriy töplamlarda eʼlon qilişdi.
Bu tarjimalarni qiyoslaydigan bölsak, har bir tarjimon öz tarjimon öz bilimi, salohiyatiga tayanib iş tutganiga guvoh bölamiz. Hatto tarjimalarda şeʼrlarning asliyatdagi nomlanişi ham özgarib ketgan. Masalan, “A Red, Red Rose” M. Alida “Sevgi” tarzida berilsa, asliyatdan tarjima qilgan B. Xolbekovada “Qizil atirgul”, M. Abdusamatovada esa “Alvon atirgul” qabilida ögirilmoqda. Nazarimizda, har uçala nom ham asl nusxadagi nomni özida töla ifodalamaydi. Bizningça, şeʼrni “Qirmizi atirgul” deb tarjima qilsa maʼqul bölardi.
Buyuk şotland şoiri Robert Byorns ijodidan özbek tiliga ögirilgan tarjimalar alohida, keng qamrovli bir tadqiqotni talab etadi. Biz kelgusi işlarimizda bu borada fikr-mulohaza yuritişni davom ettiramiz.
1. A. Alimbekov. Yulduzning beş qirrasi. – Toşkent: Muharrir naşriyoti, 2012. – 272 b.
2. R. Byorns. Qöşiq va balladalar. Rusçadan Muhammad Ali tarjimasi. – Toşkent: Adabsanʼatnaşr, 1971. 128 bet.
3 M. Xolbekov. Tarjimaşunoslik va tarjima tanqidi. Maqolalar töplami. – Toşkent: Navröz naşriyoti, 2014. 79-betlar
4 Berns R. Stixotvoreniya. Perevod S. Ya. Marşaka. – M.: GIXL, 1957, s. 10
5 G. Odilova, U. Mahmudova. Özbek tarjimonlari va badiiy tarjimalar. – Toşkent: Yangi asr avlodi, 2012. 116-bet.
6 M. Xolbekov. Tarjimaşunoslik va tarjima tanqidi. Maqolalar töplami. – Toşkent: Navröz naşriyoti, 2014. 81-betlar
Şahlo Obloqulova
1993-yili tuğilgan. Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi.
“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


