6 daqiqada öqiladi

208 marta körilgan

Muvaffaqiyatning asosiy şarti

Yoşlik… Kuç-quvvatga, şijoatga töla bu davrni hayajonlanmay, entikmay eslaydigan kim bor? Uni umr bahoriga qiyoslaşgani bejiz emas. Zero, u bahor sellariday toşqinlari, momoguldirakday çaqinlari, köklam quyoşiday tafti bilan inson hayotini bezaydi, gullatib-yaşnatadi.

Biroq… Ana şu betimsol davr qanday zamonda keçişi ham eʼtiborga molik ekan. Şu maʼnoda bugungi avlodga havasim keladi. Mustaqillik bergan imkoniyat bois ular çin maʼnoda barkamol bölib ösayotir. Fan olimpiadalarida, sportda, sanʼatda dunyodagi heç bir mamlakat yoşlaridan kam emaslikla­r­ini, heç qaçon kam bölmasliklarini isbotlamoqda. Nav­qiron ijodkorlarga körsatilayotgan eʼtiborni aytmaysizmi! Ularning şeʼriy va nasriy asarlari “Ijod” jamoat fondi mablağlari hisobidan katta adadda naşr etilib, öquv yurtlariga tarqatilayotganiga, oçiği, havasim keladi.

Bolaligimdan şeʼriyatga, badiiy ijodga muhabbatim baland bölgan. Ming­lab misra şeʼrni yod bilardim. Maktab davridayoq şeʼrlar maşq qilganman. Bir voqeani aytsam, bugungi yoşlar uçun ğalati tuyulişi mumkin. Tahririyatga şeʼr kötarib bordim. Şeʼrim hazin ruhda bölib, xuddi tuğiliş kabi ölim ham haq ekani izhor etilgan edi. Mana, baʼzi mis­ralari:

Bildim, şafaq ufqqa

                           döngaydir,

Tong ham örin almaşar

                           tun-la.

Inson şu qismatga

                           köngaydir,

Yuzlaşgaydir hayot xazon-la.

Közoynakni burniga qöndirgan ğazabnok muharrirning tahdidi hamon esimda: “Sovet kişisi ham ğam çekişi mumkinmi? “Tong tun bilan örin almaşar” deganda nimani nazarda tutyapsan? “Hayot xazon-la yuzlaşar” emiş… Qaysi maktabda öqiysan, özi? Kim tarbiya beryapti senga? Sen, yaxşisi, kommunistik partiya tufayli erişgan baxting haqida kuyla, şodlik töğrisida yoz!”. Hozir eslasam, ham kulgim keladi, ham açinaman. Biroq öşa kezda rosa qörqqanman… Göyo ustimga osmon qulab ketadigandek sezganman özimni… Men sababli maktabdagi ustozlarim boşiga malomat yoğişidan qattiq xavotirlanganman.

Hozirgi yoşlar uçun imkoniyat eşiklari lang oçiq. Yaqinda matbuotda öqidim, mamlakatimizda sönggi beş yilda 278 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi foydalanişga topşirilgan. 523 ta sport inşooti hamda 100 dan ziyod suziş havzalari qurilgan. Bugun ularda ikki milliondan ortiq yoşlar, jumladan, 840 ming nafardan ziyod qizlar sport bilan muntazam şuğullanib keladi.

Yoşlarimiz yaratilgan şaroitdan samarali foydalanayotgani odamni quvontiradi. Ötgan yili döstlarim bilan diydorlaşiş niyatida Sirdaryoning Paxtaobod tumaniga bordim. Döstlarim Davron Majidov degan yigitçani taniştirib, uning kelajagidan umidlari katta ekanini aytişdi. Aytişlariça, Davron qiş­loq xöjaligi kasb-hunar kollejida öqib yurgan kezlaridayoq biznes-rejalar tuzişga alohida qiziqqan. Kollejni bitirgaç, avtomobillarga va qişloq xöjaligi transportlariga servis xizmati körsatiş ustaxonasini oçgan. Öşa kunlari u “Yoş tadbirkor – yurtga madadkor” körik-tanlovi respublika bosqiçining sovrindori bölgan ekan.

– Körik-tanlov sovrindori böliş barobarida imtiyozli kredit oliş huquqini beruvçi sertifikatni ham qölga kiritdim, – dedi u biz bilan suhbatda. – Ana şu moliyaviy kömak hisobidan ustaxonani kengaytiriş, zamonaviy uskunalar sotib oliş hamda ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvçi dökon oçiş rejam bor.

Havasim keldi. Yoşlikdanoq yangi-yangi rejalar, orzular bilan yaşaş odamning hayotiga mazmun bağişlaydi. Muttasil ravişda ösişiga, kamolotiga sabab böladi. Bu hol mustaqillik davri yoşlarining yetakçi fazilatiga aylanayotgani esa bizning baxtimiz.

Bu kabi yutuqlar, şubhasiz, yoşlarimiz kelajagiga katta umidlar bilan qaraş mumkinligini körsatadi. Biroq, afsuslar bölsinki, ularning barçasi ham ilmga, maʼrifatga birday intilyapti, deya olmaymiz. Kitob mutolaasidan ança yiroq, kiyinişda ham, yuriş-turişda ham Ğarbga taqlid qiluvçi, hattoki öz taqdiriga loqayd yoşlar ham, taassufki, uçrab turadi. Dunyo­ning istalgan burçagidagi axborotni oniy lahzada boşqa burçagiga yetkaziş imkoniga ega, özida dunyo adabiyotining nodir namunalarini jamlagan internetni umrni behuda sovuriş manbaiga aylantirayotgan yoşlarimiz yöqmi? Yot mafkuralar taʼsiriga tuşib qolayotganlari-çi? Bundaylarni körganimda iç-içimdan açinaman. Şunday erkin va obod Vatanda yaşab, kamolotga erişiş imkoniyatini boy beriş afsuslanarli holdir.

Xöş, bunday illatlardan yiroq böliş uçun yoşlar nimalarga eʼtibor berişi kerak? Biz kattalar tarbiya masalasida yana qanday çoralar körişimiz zarur? Menimça, birinçi navbatda, kitob mutolaasiga, bilim olişga muhabbat uyğotişimiz lozim. Barça illatlarni muolaja etişning yagona çorasi – bilim. Bilimli yoşlargina mustaqil fikrga, mustahkam dunyoqaraşga ega böladi.

Yaqinda bir yigitça bilan suhbatlaşib qoldim. Bu suhbat Xudo yarlaqagan bola maʼrifatdan yiroqroq oilada tuğilgan bölsa ham, köp narsaga erişişi mumkinligiga işonç uyğotdi menda. Mana, uning eʼtirofi:

 – Men bozor yaqinidagi mahallada oldi-sotdidan özgani bilmaydigan, hayotning mazmunini pul topişdangina iborat deb tasavvur etadigan oilada tuğilib ösdim. Öz oilasini yomonlayapti, deb öylamang, dunyoga kelişimga sababçi bölgan ota-onamni Xudo rahmat qilsin, ular oldida bir umr qarzdorman. Lekin men ozgina esimni tanişim bilan bozorga çiqib ketganman. Maktabdagi ustoz­larim: “Hoy, falonçi, senda yaxşigina qobiliyat bor. Öqisang, katta odam bölişing mumkin. Bozorga darsdan böş vaqtlaringda çiq, darslaring­ni qoldirma”, deyişlariga qaramay, otamning qistovi bilan pul topişga berilib ketdim… Kunlardan birida televizorda bir tengdoşimning kuraş böyiça xalqaro musobaqada ğoliblikni qölga kiritgani, Vatanimiz bayroği baland kötarilişiga sabab bölgani haqida lavha berib qolişdi. Judayam havasim keldi. Uydagilardan yaşirib, izlab topib, kuraş tögaragiga yozildim. Muntazam qatnaşdim. Tinimsiz şuğullandim. Jismoniy tarbiya va sport institutini ham bitirib oldim. Xalqaro musobaqalarda ğolib böldim. Hozir esa böş vaqtlarimdagi eng sevimli maşğulotim – kitob mutolaasi. Farzandlarimning öqib bilim olişiga alohida eʼtibor beryapman. Xudo xohlasa, ular Vatanimiz ravnaqi yölida munosib xizmat qiladigan insonlar bölib voyaga yetadi. Bunga işonaman…

Baxtiyorjonning eʼtirofi naqadar samimiy… Aslida ham, inson özining va özidan avvalgilarning xatolarini takrorlamasligi kerak. Xatolardan töğri xulosa çiqariş – muvaffaqiyatning asosiy şarti. Ikkinçi şart – insonning öz oldiga yirik maqsadlarni qöya bilişi. Uçinçisi – ana şu maqsad yölidan zarraça oğişmaslik, qiyinçiliklar oldida dovdirab qolmaslikdir. Agar ana şu qoidani hayotga tatbiq eta olsa, odamzod könglida armonga örin juda kam qolardi.

Buyuk ajdodlarimiz umrning har lahzasini ğanimat bilişga çaqirganlar. Ular fikriça, yoşlikning biror dami behuda ötmasligi, har bir lahza insonning kamoliga xizmat qilişi zarur. Uluğ mutafakkir Yusuf Xos Hojib bunday deydi: “Men yoşligimni qömsayman, ökinib afsuslanaman, lekin endi ökiniş­larimdan zarraça foyda yöq”. “Qutadğu bilig”day nodir asar muallifiki şunday sözlarni yozsa, boş­qalar nima deyişi mumkin?! Aslida, u zot vaqtni hammadan köp qadrlagani ayon. Buyuk adib bu hikmatni kelajak avlodlarga saboq ölaroq bitgan bölsa ajab emas.

Buyuk adibning mana bu sözlari ham alohida eʼtiborga molik: “Yoşlik va yigitlik yillari menga nimalarni yiğib bergan bölsa, qarilik kelib ularning barini qaytarib oldi, u senga ham keladi”. Bu sözlar mutafakkir yaşagan davrda qançalik dolzarb bölgan bölsa, bugun ham öz ahamiyatini zarraça yöqotgan emas. Yana bir bobokalonimiz Mahmud Zamaxşariyning quyidagi fikrlari bu haqiqatni yanada teranroq anglaşimizga yordam beradi: “Kim vaqtni zoye qilsa, bas, bu vaqt uning duşmanidir”.

Darhaqiqat, yoşlik – umrning eng masʼ­uliyatli davri. Bu davr ertangi kun uçun, istiqbol uçun zaxira töplaş imkoni borligi bilan ham alohida qimmatga ega. Yoşlikda maʼrifat ziyosidan bahra olgan kişi avlodlar qalbiga nur ulaşadi, ular maʼnaviyatining yuksalişiga hissa qöşadi. Bolalikdan gözal axloq bilan ziynatlangan odam keksayganda komil xulq egalarini tarbiya­laş orqali jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi. Buning uçun esa yoşlikning har damini qadrlaş zarur.

Abduğani Sulaymon

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)