Kutiş
Yöllar uzilmadi qadaming tegib,
Közim derazaga qorişib ketdi.
Soxta yölovçilar kirib közimga,
Zulmat çömgan dilim yorişib ketdi.
Sendan visolingni qilmayman talab,
Sendan diydoringni qilmayman tama.
Ammo şuni faqat tuşuntirib ket,
Sening qiyofangga kirganmi hamma?
* * *
Közing daryosining suvi beorom,
Közing daryosida baliqlar ming-ming.
Kiprigingdan qarmoq yasabon, dilbar,
Közlaringga baliq oviga kelding.
Közingda behadik suzmoqda edim,
Sevgingga ilinib, böğzim tilindi.
Endi qarmoğingni tort, ey baliqçi,
Laqqa ilindi.
* * *
va yana tillosin yöqotib osmon
va yana şarroslab yiğlasa yomğir
va yana muhabbat bölib sargardon
va yana jizillab tinmasa bağir
va yana namiqqan jiqqa tuşlarim
va yana ivigan közning surati
va yana ilkingni ilkis uşladim
va yana öpmoqqa yetmas jurʼatim
va yana…
* * *
O, Möjizam,
sening poyingga çökib,
Közlaringdan toşgan
mehringni tuysam.
Çaşmi zilolingni közimga tikib,
«Yöqoling…»
deysan.
Şodlikdan barglarin tökar yuragim,
Lahzada ulgurgum
tirilib,
ölib…
Sözlaring tuyular tasavvurimda
«Yöq… qoling»
bölib…
* * *
Bu qanday sukunat,
bu qanday böşliq,
neçun şams kundan-u, oy tundan ayro?!
Tanimni titratib tökilar qöşiq,
Vovaylo, vovaylo, vovaylo…
Qança böldi senga böylamagandim,
mening taşrifimga intiq ğor –
yuragim…
Istiğfor, istiğfor, istiğfor…
Bu qandayin fasl –
bahorda kuzak –
borliğim,
vujudim yam-yaşil xazon.
Bir nasim yelmoqda – köngilga bezak,
Ruhafzo, ruhafzo, ruhafzo…
* * *
Saningsiz man, bilmam kimman,
Yuragimda turdi oğriq.
Kaftlarimda tölib ummon,
Tilagimda turdi oğriq.
Tört tarafim keng nimarsa,
Saroblarga teng nimarsa…
Qölim çözib yeng şimarsam,
Bilagimda turdi oğriq.
Yurak tepar qobirğamni,
Öpar, öpar, öpar ğamni.
Jon degani sob bölganmi,
Suyagimda turdi oğriq.
Bir yölingni dayr bilsam,
Şul yölingda sayr qilsam,
Adaşsam-u, sal qayrilsam,
Kuragimda turdi oğriq.
Saningsiz man, bilmam kimman,
Yuragimda turdi oğriq.
Kaftlarimda toshib ummon,
Tilagimda turdi oğriq.
* * *
Manim közim yomon. Içim foş etar,
Sani köp soğinib jismim yoş etar.
Özing bir taʼlim ber jismu jonima,
Visoling ruhimni xöp yuvoş etar.
* * *
Közingni közimda körsam, netay men,
Sözingni sözimda körsam, netay men.
Sen bunça özingni sevarsan, dema,
Özingni özimda körsam, netay men.
* * *
Yuragim eng sönggi yaproqdek ğarib,
Tiriklik şamiday miltirar havas.
«Sevasanmi?» deya nafas çiqarib,
«Sevaman!» degança olyapman nafas…
* * *
Sotib olmoqçi bölaman dunyoni
Çöntagimdan tökilib borar
Oy – çaqa…
Çoyçaqa…
Bola-çaqa…
* * *
qovuşgan kipriklar ovozi
buzar
jimlikni
* * *
közlarim – çaşma
kel
qurib qolmasdan
* * *
tegdi meʼdaga
bir xil taomday
hijronning taʼmi
* * *
sening közlaringga qaramoq ölim
mening esa tinmay aksiga olib
öynaşgim keladi şu ölim bilan
* * *
yuragim közlaring qaroliğiça
oramiz ikki köz aroliğiça
qaçon uçratamiz bir-birimizni
* * *
Ertakdagi kalava misol
menga yöl körsatib borar yöl.
Ketayapman yölning izmida.
Muhiddin ABDUSAMAD
1982-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Onajon”, “U” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida