Ustoz Ravşan Fayzni xotirlab
Taniqli şoir Ravşan Fayzning 1990-yilda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida bosilgan “Taşrif” nomli ilk kitobida “Vaqt ranglari” nomli şeʼr bor.
Men öynab qolibman bolalik bilan…
Yillar – imkonlarim ketib qolibdi.
Yillar ranglarimni öğirlabdilar.
Men özimça örik, uzum tusasam,
Onam menga turşak, mayiz berdilar.
Ravşan Fayz musavvirona mahorat sohibi edi. Umrning beğubor navbahorini, rang-barang gullar, yam-yaşil maysalarni uluğlaş şoir şeʼriyatining asosiy mazmun-mundarijasini taşkil etadi. Ranglar köçma maʼnoni ifodalaydi. Şu maʼnoda vaqt ranglari – bolalik, yoşlik va gözallikni, mehr-muhabbatni, insonning ezgu amallarini anglatadi. Vaqt ranglari…
1988-yilning yozi edi. Talabalik örtoğim Bobomurod Eraliyev bilan maşqlarimni Ravşan Fayzga olib borgandik. Ravşan aka u paytlar “Yoşlik” jurnalining şeʼriyat bölimida işlar edi. Bizni iliq kutib oldi. Bir şeʼrda yurakni qoziqqa boğlab qöyilgan duldul otga qiyoslagan edim. Faqat bu “ot”ning oziği – beda emas, yem emas, mehr. U mendan boşqa odamning köziga körinmaydi (yaʼni yuragimda nimalar keçgani faqat özimga maʼlum-ku). Ammo mening özim unga yemiş tutsam, yemaydi (axir, özim özimga mehr berolmayman, öz-özini yaxşi köriş xudbinlik böladi). Şuning uçun köksimdagi duldul suluvlarning qölidan oziqlanib örgangan. Oxiri bir parini olib qoçar yugurib, meni sudrab ketadi qoziğini suğurib… Bu taşbeh Ravşan akaga maʼqul böldi.
– Men bir narsaning nomini boşqaça ataşni yaxşi köraman, – dedi u qölidagi qalamini aylantirib. – Aytaylik, mana şu qalamni köpçilik “qalam” deydi, men unaqa degim kelmaydi, masalan, “yurak tilmoçi” yoki “olmosdan ham ötkir tiğ”mi, nima bölsa ham, boşqaça nomlagim keladi qalamni.
Ravşan akaning bu gapi badiiy adabiyot, şeʼriyat mohiyatining ulkan xulosasi edi. Men uning maʼnisini ança keyin angladim.
Bobomurod Eraliyevning:
“Tun böyi gul terib uxlamas ayol
Devorga osilgan sözonalardan”,
degan misralarini öqidi.
– Qarang, tun-keçalar devordagi kaştalarni barmoqlarida ğijimlab-öynab, yor xayoli ila bedor yotgan, kuyovini intizor kutayotgan kelinçakning gözal tasviri.
Tasvirda asosiy va birinçi darajali narsadan çetlaşib qoçib, orqa plandagi ikkinçi darajali narsalar qalamga olinganda, öşa birinçi darajali narsa yanada börtib körinadi, yorqin aks etadi. Öşa asosiy bölmagan narsalarning hammasi asosiy narsani ifodalaşga xizmat qiladi. Bu bamisoli mozaikaday: turli-tuman rang va hajmdagi mayda toşçalar devordagi sahnga yopiştirilib, ulardan muayyan voqea-hodisa yoki inson qiyofasi şakllantiriladi.
Şoirlar boşni aylantiradilar, bir gapni töğridan-töğri aytiş örniga öşa gapning atrofida aylanib yuradilar, quloğing qani desang, öng qöli bilan yaqindagi öng quloğini körsatiş örniga, öng qölini boşi uzra aylantirib çap quloğini körsatadilar, deyişadi. Bu töğri. Ravşan Fayzning “Bir narsaning nomini boşqaça ataşni yaxşi köraman” degan gapiga mutanosib. Şoirlik sanʼati mana şunda.
Oynaga qarasangiz, aksingiz körinadi, derazadan boqsangiz, taşqaridagi gullar, daraxtlar…
Bu yerda siz, oyna, oynadagi aksingiz va siz, deraza oynagi, oynak ortidagi gullar, daraxtlar uçligi mavjud.
Gap mana şu uçlikning qaysi biridan badiiy vosita sifatida foydalanişda. Uşbu uç birlikka ijodkorlar uç xil yondoşadilar:
Kimdir faqat özini, oynasiz tasvirlaydi. Manzarani töğridan-töğri bayon etadi. Bunda oyna va oynadagi aks çetda qoladi.
Ayrimlar oynadagi aksga, manzaraga murojaat etadilar. Manzaraning özi yoki aks egasi hamda ularni körsatib turgan oyna “öyindan taşqari holatda” qolib ketadi.
Odamlar oynaga qaraganda undagi aksni tomoşa qilib, öşa aksni körsatib turgan oynani unutib qöyadilar. Yoki derazadan körinib turgan tabiat manzarasiga mahliyo bölib, deraza oynaklarini esdan çiqaradilar. Axir, siz va aksingiz, nigohingiz va taşqaridagi manzara örtasida oyna bor-ku. Öşa oynani qora parda bilan tösib qöying-çi, bir nima körinarmikin.
Badiiy asar öşa oyna bölmoği kerak. Mayli, unga qaraganlar, undagi tasvirga mahliyo bölib, oynani unutib qöysinlar. Ana öşanda badiiy asar tabiiy çiqadi. Sözning qudrati mana şunda. Şu maʼnoda “Adabiyot – hayot közgusi” degan gap töğri.
Ravşan Fayzning “Bir narsaning nomini boşqaça ataşni yaxşi köraman” degan gaplarini eslab, xayolimdan şunday fikrlar keçdi.
Ravşan Fayz öz ijodi davomida narsalarning juda köp yangi nomlarini topdi, betakror şeʼrlar yaratdi. Şeʼrlarini elu yurtning, inson köngli va tuyğularining yangi nomlari bilan bezadi.
Mana, yilning yangi nomi. Vaqt ranglarining yana bitta surati:
Törtta köylagi bor
Va bitta özi
Kiysa, bor umriga bemalol yetar,
Lekin u zöravon könglimni buzib,
Har gal bir köylagim tözdirib ketar.
Kiyimning yangisi, döstning eskisi yaxşi, deganlariday döst özgarmaydi, kiyim özgaradi. “Sendan bir neça köylakni köp yirtganman”, degan iborani ham öz bağriga singdirib yuboradi Ravşan Fayzning “Yil” degan şeʼri. ha, bizdan bir neça köylakni köp yirtgan, bizdan bir neça barobar mahoratli şoir edi Ravşan Fayz. U ayniqsa, yoş şoirlarga nihoyatda mehribon ustoz edi. Yoşlarni öziga teng körib, samimiy suhbatlaşardi. Şuning uçun Ravşan akadan dilimizdagi gapni heçam yaşirmas edik.
Darvoqe, Ravşan Fayzga olib borgan maşqlarimdan beştasi “Yoşlik” jurnalining 1989-yil birinçi sonida bir sahifa qilib çop etildi. Bu mening matbuotda ilk çiqişim edi. Ravşan Fayzning şarofati bilan yangi şeʼrlar yozişga işonçim va intilişim yanada kuçaydi. U kişi yana menga öxşagan juda köp yoşlarga ustozlik qildi, ijodda töğri yöl körsatdi. “Kamalak” yoşlar naşriyotida işlagan paytlarida “Özbekiston yoş şoirlari” ruknida Salim Aşur, Ğulom Mirzo, Qöçqor Norqobil, Yusuf Xudoyqul kabi önlab tengdoşlarimning ilk kitoblarini tayyorlab, ularga özi muharrirlik qildi. Öşa ruknda mening ham “Ruhimning tovuşi” (1995) nomli şeʼrlar töplamim Ravşan Fayzning jonkuyarligi tufayli naşr etildi.
Ravşan Fayz faqat talabçan muharrirligi, mehribon akaligi, dilkaş insonligi bilan emas, özining betakror şeʼrlari bilan ham barçaga ibrat körsatar edi.
Esimda, 1991-yil “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida eʼlon qilingan bir turkum şeʼrlarini öqib, hayajonlanib yurganlarim. Ayniqsa, Vatan haqidagi şeʼri yorqin obrazlarga boyligi tufayli bir öqişdayoq yodimda qolib ketgan. Şeʼr obrazi bilan esda qoladi va heç qaçon unutilmaydi.
Ey ota yurt, ey tuğişgan el,
Men bir ösmir, men bitta gulni
Orzu-havas degan tanti yel
Qay bir bahor bağringdan yuldi.
Söng taqdirga rahmatlar aytib,
Öşal yuksak orzumga yetdim –
Tinim bilmas devona, daydi
Şamollarga aylanib ketdim.
Ulangandim yuragim bilan
Axir sening jonu jismingga.
Bukun dunyo baribir bir kam,
Orzuim yöq, armonlar mingta.
Endi tunlar yuragim oğrir,
Soğinaman seni, qişloğim,
Daştlaringni eslayman oğir
Qoyalarga urilgan çoğim.
Turib-turib keladi körgim,
Sen-çi, sen ham sado bergin, hoy!
Bilinarmi hali ham örnim,
Oğriydimi men yulingan joy?!
– Ravşan aka, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”da zör şeʼrlaringiz çiqibdi, tabriklayman, – degan edim.
– Heç kim zör demayapti-ku, – dedilar…
Ravşan Fayz mehribon döst edi. 1992-yilning kuzida şoir Çori Avaz vafot etdi. hammamiz çuqur qayğuda qoldik. Ravşan aka hozirgi “Şarq” naşriyoti yonidagi 12 qavatli binoning yonida avtobus taşkil qildi. Bir avtobus şoirlar Ravşan Fayz boşçiligida Ğuzorga borib keldik. U dösti Çori Avazga yöqlov aytdi.
Sorbon sözlab qaytadur,
Böta bözlab qaytadur.
Oğir karvon Ğuzorday
Yurtni közlab qaytadur.
Keksa-yoşga yoqqan döst,
Quyoşga tik boqqan döst.
Oğzi oşga yetganda
Burnidan qon oqqan döst…
Bu ham Ravşan Fayz şeʼriyatidagi vaqt ranglaridan biri.
Hayot doimo boşingni silayvermaydi. Gazeta-jurnallar tahririyatlarida hamişa ham Ravşan Fayzga öxşagan – yoşlarga ğamxör muharrirlar ötiravermaydi. Keyinçalik özim ham “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining nazm va nasr bölimida işladim. Biroq Ravşan Fayzdek böloldimmi-yöqmi, bilmadim…
Öşa paytda gazeta tahririyatida işlamas edim. Gazetaga bergan şeʼrlarimning taqdirini biliş uçun yölga çiqdim. Nega berişmayapti ekan, ança vaqt böldi-ku… Yoki… Maʼqul deyişgandi-ku… Nima qilsam ekan?… Içimdan xörsinaman… Nima xayolda ketayapman-u, biroq öz odatimni tark etmadim. Kökaldoş madrasasi yonidagi eski kitoblar dökoniga burildim. Javonlardagi eski kitoblarning hammasini birma-bir qöldan ötkazdim. Bir-ikkita noyob kitob tanladim. Bu xazinaning içida ikki soatdan köproq vaqt sarfladim. Topgan boyligimni qöltiqlab, trolleybusga çiqdim. Orqadagi böş joyga ötirib, kitoblarni katta mamnuniyat bilan varaqlay boşladim. Beixtiyor kimningdir menga tikilib turganini sezdim. Boşimni kötarib qarasam, Ravşan aka jilmayib turibdi. Darhol örnimdan turib, u kişiga joy böşatdim. Ötirmayman, dedi. Qölimdagi kitoblarni kördi. Oynadan köçaga boqqança gaplaşib ketdik. Men öz dardi holimni arz etdim.
– Parvo qilma, eng muhimi, yozyapsanmi, böldi. Yozaver, şoşilma, bir kuni çiqadi.
Men u kişidan nega ançadan buyon matbuotda körinmayotganini söradim.
– Şeʼrlarimni gazetalarga berişga qiziqmay qöydim…
Men uning sözlarini hafsalasizlikka yöydim. hozir qayerda işlayotganini söradim.
– heç qayerda işlamayapman, – dedi u.
Ravşan Fayzning uşbu holati, gaplari, qaraşlari dunyodan qöl silkigan darveşga öxşar edi. Göyo hamma narsaga befarq, beparvo…
Yöq, aslida bunday emas edi. Aslida Ravşan Fayz tinimsiz yozayotgan edi. Aslida men bilan gaplaşib turgan şu holatda bus-butun bir kitob tuzib qöygan edi Ravşan aka.
Amir Temur xiyoboniga yetganimizda Ravşan akaga imo qildim:
– Ketdik, tuşamiz.
– Yöq, men vokzalga ketyapman, birovni kuzatişim kerak…
Biz şunday xayrlaşdik. Ravşan aka menga nimanidir aytmoqçiday, men esa nimanidir anglamay qolganday edim…
Men yölda tuşib qoldim, Ravşan aka vokzalga ketdi.
Ravşan Fayzning “Kimlarni kuzatdim poyezdga” şeʼrini öqiganimda bizning öşa uçraşuvimiz yodimga tuşaveradi.
Kimlarni kuzatdim poyezdga,
Ming marta yuragim yalindi menga,
Xudoning zorini qildi köp könglim.
Men esa şu buyuk xohişni yenga
Taniş-bilişlarning şartiga köndim.
Kimlarni poyezdga kuzatdim ming bor,
Kimni kutib oldim qönalğalarda.
Qaçon ketib böldi, yo rabbiy, bahor,
Kuz ham kirib kepti qaçon şaharga.
Qişloqqa ketdik deb yiğlab yuragim,
Qovoğimga qarab kun sayin seldir.
Men esa öy surib ötiribman jim:
“Ataylab körgani kelmaydi kimdir…”
Kelganning bariga mayoqman yo rab,
Kutib-kuzataman şomu saharda.
Ayting, ne bölardi birov ataylab,
Hol sörab körgani kelsa bir marta…
Ha, öşa damda Ravşan Fayz oxiri köngilning xohişiga kirgan edi.
U qişloğiga ketdi. Faqat poyezdda emas, nomaʼlum yölovçi maşinada bemahal ketdi. Buni heç kim körmay qoldi, bilmay qoldi…
Bir kuni ustoz Mahmud Saʼdiyni maşina sal turtib ketibdi.
Biz körgani kasalxonaga borganimizda ustoz höngrab yiğlab yubordi.
– Men özimga emas, Ravşanga yiğlayapman, – dedi u. – Men-ku soğ qoldim, Ravşan-çi, eh, Ravşan…
Ravşan akani katta-yu kiçik – hamma yaxşi körar edi.
Bilinarmi hali ham örnim,
Oğriydimi men yulingan joy?!
Satrlari heçam yodimdan çiqmaydi. hamon Ravşan Fayzning örni juda bilinadi. hamon Ravşan Fayz yulingan joy qattiq oğriydi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


