5 daqiqada öqiladi

217 marta körilgan

Şavkat Odiljonning “Istak” hikoyasini öqib yoxud kiçkina odam fojiasi

Xurşid DÖSTMUHAMMAD,

yozuvçi:

– “Istak” hikoyasini havaskor qalamkaş yozgani sezilib turibdi. Muallif deyarli tayyor mavzu va syujet yönalişidan, hatto tayyor yeçimdan foydalangan (öz vaqtida özim ham şunga öxşaş hikoyalar maşq qilganman). Qahramon iztiroblari tasviridagi oddiylik, jumlalar qurilişidagi jönlik ham muallifning birmunça tajribasizligidan dalolat bermoqda. Men bularni kamçilik yoki qusur sifatida emas, balki badiiy ijod maydonidagi dastlabki urinişlar jarayonida uçraydigan tabiiy holat alomatlari sifatida taʼkidlamoqdaman.

Muallif matbuotda öqigan ikki enlik xabar asosida hikoya yoziş darajasida taʼsirlangani ijod kişisi uçun tahsinga loyiq fazilat. Demak, u loqayd emas, hamdardlik tuyğusi uyğoq. Ixçamgina hikoyada odamlar millati, irqi va qay holatda yaşaşidan qatʼi nazar, mehr-şafqat, eʼzoz-eʼtibor körişni istaydi, degan ğoyani  tasvirlaşga jazm etgan u.

Hikoya qahramoni Elza Gorden bir çimdim eʼtibor gadosi. Qirq yil farroşlik qilgan bu ayol tasodifan öziga taqdim etilgan taklif qoğozi bahonasida şahar aʼyonlari va kiborlari davrasida bölişni köngli tusaydi. Tavakkaliga iş tutadi. Niyatiga yetgan joyida… mezbonlar va “mehmon”ning holatini tasvirlaşda muallifning qiynalgani seziladi. Bunga öxşaş ruhiy iztiroblar töqnaşuvini öxşatib va işonarli yoziş hikoyanavisdan katta hayotiy tajriba va ijodiy mahoratni talab qiladi.

“Istak” hikoyasi muallifi ijodiy izlaniş zaxmatlaridan çöçimaydigan körinadi, unga bu borada omad tilayman.

Musulmon NAMOZ,

adabiyotşunos:

– Dunyo adabiyoti va sanʼatida kiçkina odamlar obrazi degan ibora bor. Charli Chaplin şunday qahramonlarni ekranga olib çiqqaç, maşhur bölib ketgan edi. Tomoşabinlarning aksariyati bu obrazlarda özlarining heç bölmaganda bir jihatini körgan.

Dunyo voqealariga kiçkina odam közi bilan qaraş köpgina narsalarning botinida yotgan köz ilğamas mohiyatni yaxşiroq tuşunişga imkon beradi. Şuning uçun ham Yevropa adabiyotida bunday qahramon obrazi yaxşi işlangan, şakllangan. U biror qahramonlik qilmaydi, katta voqea yo hodisaga duç ham kelmaydi. Özining juda kiçkina va tor muhitida faqat öz taşvişlari bilan andarmon bölib yaşaydi.

“Istak” hikoyasida ham şunday obraz yaratişga harakat qilingan. Lekin jiddiyroq eʼtibor berilsa, bu qahramon siyrati va suvratidagi yangi jihat yoki qirra topilmaganini seziş qiyin emas. Şahar merining ziyofatiga olingan taklifnomadan xursand bölib, şu voqeadan öziça katta xulosalar çiqarişga intilayotgan keksa ayol obrazi bugungi tezkor zamonamizda öquvçini atrofga alanglab qaraşga majbur qiladi, deb öylaş kamida soddalik bölardi.

Asli boşqa ayolga yuborilgan taklifnoma manzili adaşib, qöliga kelib qolganini hikoya qahramoni Elza Gorden xonim yaxşi biladi. Biroq bu haqda heç kimga, hatto öziga ham aytmaydi. Hikoyada farroş kampir nursiz hayotini muşohada qilib körib, mana şu voqeada taqdirning yozuğini körişga harakat qilgani tasvirlanadi. Ayni şu xususiyatni kiçkina odamlarning barisiga xos deyiş mumkin. Çunki kişi öz hayotining arzimasligini sezsa, yaşaşga istak qolmasligi aniq.

Hayotiga maʼno topişga harakat qilgan Elza xonimning “Mana, bu dunyoda adolat bor. Qirq yildan buyon köçalarni supuraman. Oxiri mer janoblari xizmatlarimni inobatga oldi. Meni ziyofatga taklif qildi. U yerda kazo-kazolar böladi…” degan gaplari yiğloqi sentimentalizmdan boşqa narsa emas. Bunday sentimental asarlar bundan yuz yil burun urfda edi, şu bois hikoyani tarjima emasmikin degan iştibohga ham bordim. Zero, adabiyot eski gap bilan yaşay olmaydi. Adabiyotga doimo yangi gap zarur. Bugun uçun yangi bölgan gap! Bugun uçun ahamiyatli bölgan gap! Bugunga xizmat qilmagan adabiyot kelajakka ham xizmat qilmaydi.

Qolaversa, hikoya kompozitsiyasida ham qusur köp. Syujet juda eskiligi bir kamçilik bölsa, yuqorida taʼkidlaganim sentimentalizm ikkinçi kamçilikdir. Voqeaning bir tekis rivojlanmasligi, ayolning eski va juldur kiyimlarini kiyib körişi, baqqolga, qöşnilariga maqtanişi, attordan atir xarid qilmoqçi bölgandagi holatlari, ziyofatda merga nihoyat haqiqatni aytişga botinişi kabi detallar öz-öziça ahamiyatga ega emas. Bu detallarning bari ayolning xokisorligini körsatişga xizmat qiladi. Xokisorlik, yanayam aniqroği, Elza xonimning xokisorligi öquvçi uçun örnak böla olmaydi. Çunki bunda xok(tup­roq)lik – zabunlik bor, biroq sor(loçin)lik – ruhiy yuksaklik yöq. Hikoyada mana şu ikkisini birlaştiriş yöli topilmagan. Adabiyot xokisorlikning zaminidagi mustahkam eʼtiqodni (va yo buning aksi bölgan eʼtiqodsizlikni) köra va körsata bilsagina, haqiqiy adabiyotga aylanadi. Öşandagina matnda tasvirlangan voqeani hikoya bölibdi deymiz.

Kaminaning mulohazalarini öqigan odamlar faqat tanqid qilibdi-da, deb öylamasligi uçun ijobiy fikrlarimni ham qöşimça qilmoqçiman. Muallif voqea­ni bir butun körişga muyassar bölgan. Buning özi yaxşi yutuq. Şunga erişolmasdan yozuvçi bölişga urinib yurganlar qança?! Yaxlit voqeani yaxlit tasvirlab ham bera olgan. Işonamanki, yozuvçilikka ­eʼtiqodi asliy bölsa, “köça supuruvçi ayol” deganga öxşaş ğaliz iboralarni yöqotib, özbekçada oddiygina farroş deb yoza boşlaydi. Öşa kuni biz yana bir yozuvçimizni qutlasak, ajab emas.

Şahnoza NAZAROVA,

tadqiqotçi:

– “Istak” hikoyasi özini boşqaça körişni orzu qilgan farroş ayolning istagi haqida. Istak dindor va donişmand uçun qançalar xavfli bölsa, örtamiyona odamlar uçun esa hayot quvvatidir. Ayol mana şu kuçni tiriltirişni va undan foydalanişni xohlaydi. Şu xohişning röyobiga heç kim qarşilik qilolmaydi.

Istak behalovatlik, behuzurlik, önğaysizlik, xijillik, uyaliş, jirkaniş, işonçsizlik, yolğizlikdan baland keladi. U özi va özgalarni özining eʼtiborga arzişiga işontiradi, köndiradi. Şuning uçun ham “Onaxonimiz Elza Gorden xonim”ni emas, “soddadil ayolni – Elza xonimni” olqişladilar.

Ammo hikoyadagi “Elza xonim şu qadar xursand ediki, taʼriflab bölmasdi. Özini xuddi qora tanlidan oq tanliga aylanib qolganday his qilardi” jumlalari, aniqroği, “qora tanlidan oq tanliga aylanib qolganday” iborasiga öquvçi “qoqilib” turganida, “Azizlar, men qirq yildan beri şahrimiz obodligiga hissa qöşaman. Xudoga işonaman” sözlari öquvçining ğaşiga ham tegadi.

Oçiğini ayta qolay, bu özbekning hikoyasi emas. Gap hikoya qahramonining boşqa millatga mansubligi, boşqa eʼtiqod vakili ekanligi, voqealar boşqa muhitda sodir bölayotganida emas, bular muhim ham emas. “Istak”da bizning hayotimiz qani?!

Milliy adabiyotimizda şu yönalişda ijod qilayotganlar yöq emas, albatta. Ammo ularning yozganlarida kimga taqlid qilgani va qaysi örinlarda matnni öziga xos tarzda qayta işlagani aniq sezilib turadi. Ular buni yaşirişga urinmaydilar, rad etmaydilar ham, haqli tarzda tajribalar ötkazib köradilar.

Tengdoşimlardan birini yaxşi bir hikoya bilan tabrik­laşni niyat qilgan edim. Biroq…  Istagim, bu hikoya muallifning maşqlaridan biri bölib qolsa. Kelgusida öziga, yaqinlariga, elu yurtiga eʼtibor bilan qarasa, bundan-da hikoyabop voqealarni ilğasa, meningça, yaxşi asarlar yozadi. Ijod yölida faqat adabiy tajribalar bilan ovora bölib qolmasligini tilayman.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)