7 daqiqada öqiladi

680 marta körilgan

Hikoyangizni öqib

Zulfiya Qurolboy

yoxud Zulfiya Qurolboy qiziga oçiq xat…

Zulfiya opa! “Ayol” nomli hikoyangiz menga juda maʼqul böldi. Köpdan buyon bunçalik zavqlanib va taʼsirlanib özbek tilida nasriy asar öqimagan edim.

“Ayol” neoromantizm usulida yaratilgan. Ehtimol kimdir bu fikrga qöşilmas, biroq asarda çindan realizmdan köra köproq romantizm ruhi ustunlik qiladi. Zero, boş qahramonning hayotda şunday bölişi mumkinligi ehtimolidan köra, muallif uni şu taxlit harakat qilişini köproq xohlaydi. Bu esa romantizmning birinçi alomatidir. Aynan muallifning tasvirlanayotgan voqelikka bölgan munosabati uning badiiy metodini aniqlaşda asosiy kalitdir… Oğir xasta, umrining sönggi kunlari, soatlarini yaşayotgan Nazokat bu hayotni AYOL sifatida tark etişni istaydi, yaʼni u umrining sönggi damlarida, öta “xunuklaşgan” onlarda dastlab hamşiradan eri Şavkatni oldiga kirgizmaslikni söraydi, keyin sönggi pullarini unga tutqazib bunga erişadi ham, oxirida esa, vraçdan oyoqlari va butun aʼzoyi badanini şişirib kelayotgan suyuqlikni olib taşlaşni iltimos qiladi. Tanlangan mavzuga bunday qiziqarli tus berilişi asarning badiiy-estetik qiymatini belgilaydi. Ayol – Nazokat qanday yöl bilan maqsadga erişadi? Aynan şu badiiy yöl – syujet dinamikasi, diqqatimizni tortdi va muallifning katta isteʼdod sohibi ekanligiga eʼtiborimizni qaratdi. Zero, asar mavzusi yangiligi va unda mahorat bilan qöllanilgan detallar, motivlar bir talay, özgaça; ifoda uslubidan yuksak noziktaʼb did va badiiy-estetik layoqat ufurib turadi…

Şu örinda ijodkorlarning badiiy estetikasi hamda ular dunyoqaraşining falsafiy negizlari mavzusi, ayniqsa, zamonaviy ijodkorlar töğrisida gapirilganda, adabiyotşunosligimizda tadqiq etilmay qolayotganligini taʼkidlaş zarur. Badiiy estetik pozitsiyasi mavhum yoki jamiyatimizning maʼnaviy manfaatlariga zid qaraş sohiblari, zamonasozlikni kasb qilib olgan qalamkaşlar, yaratgan asarlarining qiymati ham, bahosi ham, ularning badiiy estetik pozitsiyalari nuqtayi nazaridan baholangandagina xolis böladi. Aks holda badiiy durdona va epigon asar, adabiy-badiiy hodisa va grafoman mahsuli örtasidagi farqlar anglaşilmay qoladi.

Hikoya mavzusi bir qaraşda ayol yoki ayollik latofati deb talqin etilişi mumkin, biroq matnni bir neça marta eʼtibor bilan mutoala qilsangiz mavzusi ançayin kengroq ekanligini, u şunçaki ölim genderligining badiiy talqini bölibgina qolmasdan, balki keng maʼnoda hayot va ölim mavzusidagi asar ekanligiga işonasiz. Bu esa asarning poetik qamrovi kengligidan, matn semantik maydonini hosil qiluvçi, quvvatlantiruvçi unsurlari ançagina va asosli ekanligidan dalolat beradi. Albatta, bu örinda ölim ham “ayol va erkak ölimiga” bölinadimi, deya savol beruvçi, primitiv tafakkur egalari paydo bölişi aniq. Ammo zukko öquvçi gap sanʼat asaridagi ölim haqidaligini tuşunib turibdi (Ğarb adabiyotida “ölim estetikasi” amaliyotçilarini, Edgar Poning “Eşerlar xonadoni tanazzuli” asarini eslang!). Bu maʼnoda ölim ham “xillarga” bölinar ekan. Buni, yaʼni “ayollarça ölim mavzusini” özbek hikoyaçiligida siz birinçi bölib (agar adaşmayotgan bölsam albatta) yangi mavzu sifatida badiiy isteʼmolga kiritdingiz, Zulfiya opa. Demak, siz milliy adabiyotimizga öziga xos munosib hissa qöşdingiz.

Kuzatişimizça, sönggi yillarda özbek adabiyotşunosligida ğayritabiiy, ilmiy jihatdan konservativ bir anʼana paydo bölib qolgandek. Holbuki, folklorimizdan boşlab, har bir mumtoz yoki zamonaviy adabiyotimiz namunasi poetik-struktur va boşqaça tahlillarga muhtoj. Ming afsuslar bölsinki, köplab ilmiy asarlarda qayta va qayta taʼkidlangan bu va bu kabi nisbatan yangi tahlil metodlari amalda qöllanilmasdan qolmoqda. Zero, tilşunoslik va adabiyotşunoslik borasida zamburuğdek urçib ketgan monografiya va dissertatsiyalarda zamonaviy adabiy jarayon, jonli tilimiz hosilasi va ijtimoiy hodisa ekanligiga qaramasdan uning namunalari tadqiqotlarga keng jalb etilmasdan qolmoqda (Ammo bu alohida mavzu). Ommaviy axborot vositalarida tanqidiy-analitik maqolalar deyarlik közga körinmaydi. Buning sabablari nimada? Nazarimizda, filologik taʼlim bilan maşğul oliy öquv yurtlarining mutasaddilari taʼlim sifati, reyting körsatkiçlari va boşqalar ortidan quvib, sohaning asosiy vazifasi bölgan söz sanʼati va uning zamonaviy namunalarini ilğor ilmiy metodlar asosida tahlil qila biluvçi, badiiy sözning xalq va jamiyat uçun naqadar ahamiyati ulkan ekanligini tarğib eta oluvçi mutaxassislarni tayyorlaş zaruratini unutişgandek körinadi. Alalxusus, endilikda yoşlarning ideali-kumirlari talantli söz sanʼatkorlari emas, qöşiqçilar, yengil-yelpi kino ustalari bölsa, ehtimol.

Bugungi kun talabi çet tillarni bilgan, zamonaviy bilim va metodikalar bilan qurollangan ilm ahlining söz sanʼati hodisalarini oddiy kitobxonga çiroyli va muxtasar izohlab, uning maʼnaviy mulkka aylanişiga hissa qöşiş emasmi? Taassufki, takror aytamiz, bu vazifa bir oz unutilgandek. Zero, bir ijodkor sifatida qator naşrlarga murojaat etganingizda adabiy idrok amalda öta sayozligini, badiiy fikr tömtoqligini, aksariyat hollarda, turli darajadagi muharrirlarning zamonaboplik, şuningdek, ötkinçi iqtisodiy muammolar va mansabparastlik iskanjasi taʼsirida, ijodkordan oddiy devonxona qorovuli darajasidagi xattot-kotibga aylanib qolayotganligini, ularni yangi şakl ham, yangiça mazmun ham qiziqtirmasligini, buni anglaşdan şaxsan manfaatdor emasliklarini kuzatiş mumkin. Holbuki köpinça ularni savodsizlikda ayblab ham bölmaydi – gap did, dunyoqaraş, qolaversa, saviya haqida: ular şunçaki konservativ turmuş, taʼbir joiz bölsa, tinçgina iş tarzini-da maʼqul köradilar; bu esa, oçiğini aytiş kerakki, zamonaviy badiiy ijod, yangiça badiiy tafakkur kuşandaligining özginasidir. Şundan yillar mobaynida adabiyot olamida ulkan hodisa böladigan badiiy va tanqidiy asarlar közga taşlanmayotgan bölsa ehtimol?! Yoş kitobxonlar örtasida keng ommalaşib ketayotgan Azamat Qorjovov, Salomat Vafo, Nuriddin Ismoilov kabi zamonaviy billetristika liderlari fenomenining asl mohiyati, Bobur Bobomurod, Ahad Qayum va boşqa qöşiqçi-şoirlar novatorligi, boringki, hatto Uluğbek Hamdamdek zamonaviy yirik adibning keng badiiy olami ham taqriz va talqinlarga muhtoj, nazarimizda.

“Ayol” hikoyasining kompozitsiyasida ikki motiv muhim badiiy-estetik va funksional-kompozitsion vazifa bajaradi: bular, birinçisi, quyoş motivi bölsa, ikkinçisi uzuk motividir. Aslida bu ikki motiv-detal bir-birini töldirib keladi. Hikoya ekspozitsiyasi “Derazalari oppoq xona. Deraza oynasidan tökilayotgan nur ayolning yuzida jilva qiladi, va… barmoqlaridagi uzukning olmos közçalarida aks etdi” kabi jumlalardan boşlanib, uning hayoti hali intiho topmaganligini, hali ayol “közlarini yumib, quyoş nurlarini simirişi” va “Seni qançalik yaxşi köraman, quyoş!…”deya olişi kabi holatlarni kuzatamiz. Quyoş esa göyo bunga javoban “nurlarini möl-köl tökdi. Ayol oftob nurlariga butkul ğarq böldi…”

Bu yerda muallif sözni asar mavzusi va badiiy mantiğiga mos ravişda mahorat bilan işlatilişiga eʼtiboringizni qaratmoqçiiz. Zero, ayolning xoksorligini, beminnatligi-yu betamaligini quyoşdan özga nimaga ham mengzaş mumkin. Quyoş nuri poklik, yoruğlik timsoli, biz ham uning tasviridan zavq ola boşlaymiz. Sizning maqsadingiz ham, Zulfiya opa, nazarimda, timsol va uning inʼikosi örtasidagi uzviylikni tasvirlaşdan iborat bölgan. Mobodo siz yuqorida keltirilgan ekspozitsion tasvir bilan çeklanganingizda hikoyangiz, ehtimol, nisbatan örtamiyonaroq badiiy asar bölib qolardi. Hamma gap şundaki, siz bu ekspozitsiya bilan çeklanmaysiz va göyo oddiy narsadek uzuk motivini oldinroq kiritasiz: “Deraza oynasidan tökilayotgan oppoq nur uzukning olmos közçalarida aks etdi. Ayol közlarini oçdi. Şuʼla endi uning qoraçiqlarida akslandi.” Aytilgandek, uşbu tasvirdan boşlangan asar tezisi aynan final-yeçimda uning antitezasi bilan yakun topadi. Biroq yeçim töğrisida fikr yuritişdan oldin asar matnining energetik maydonini kengaytirib yuborgan syujet dinamikasidagi quyoş motivining qöllanişiga yana bir karra etibor qaratamiz. Yuqorida keltirilgan ekspozitsiyada oftob badiiy qahramonning AYOLLIGIdan, yaʼni uning mohiyatan uluğvorligidan darak beruvçi qiyos, timsol sifatida tasvirlansa, adabiyotning mumtoz nazariyasiga muvofiq matnning keyingi tadrijida quyoş-tabiat qahramonning holatiga, tabiatiga uyğun holatda tus oladi, özgarib turadi va oxir oqibatda xarakter oçilişiga va ğoya ifodasiga xizmat qiladi. Masalan, Nazokatning eri bilan bölgan ötgan qisqa dialogida “ölim” sözi tilga olinadi: “… Men öladigan odamga öxşaymanmi qarang … Ayol yurişdan töxtadi. Havo sovugan, osmonda uvada bulutlar kezinar, quyoş xiragina nur soçar, qorning hidi kelardi”. Şu tarzda quyoş motivi asar tuzilişida syujet şakllantiruvçi unsurga aylana boradi.Finalda esa, haqiqiy, yuksak badiyatli asarga xos tarzda izoh va bayonlarning örnini egallab, yakuniy badiiy tugal mantiqli xulosani yasaydi.

Şu örinda taʼkidlaş joizki, ayol hikoyasining kompozitsiyasida rang – koloristika alohida örin egallaydi. Koloristikaning badiiy-fuksional roli badiiy matn poetikasida börtib turibdi. Ranglar asosan oq, oqning turli darajadagi körinişlari va qora ranglardan iborat. Agar hikoyada qöllanilgan leksik birliklar semantik jihatdan S.Solovyovning statistik metodi asosida örganib çiqilsa, fikrimiz yanada işonçliroq dalillanadi…

Muhtarama Zulfiya opa, badiiy adabiyotning vazifasi, nazarimda, bizni maʼnaviyat va madaniyatning yuksak çöqqilariga olib çiqişdan iborat; biz şunda özimiz keçirayotgan bugungi hayotimizni yuqoridan kuzatiş va baholaş imkoniyatiga ega bölamiz. Kaminani ustozlarim şunday deb öqitişgan. Demak, aynan badiiy adabiyot yaratib beradigan yuksaliş imkoniyati ijtimoiy hayotni taraqqiyotga, yuksalişga boşlaydi. Bu esa söz sanʼati durdonalarining inson va jamiyat hayotida öta muhim omillardan ekanligining isbotidir. Şu sababli ham biz söz sanʼatkorlari hamda bu sanʼat namunalariga eng noyob va qadrli mulk sifatida xolis hamda ehtirom bilan munosabatda bölmoğimiz şart. Uşbu oçiq xatni yozişdan maqsadim, dilbar hikoyangiz bahonasida şularni yana bir bora sidqidil taʼkidlaşdan iborat edi. Ijodingizga barkamollik tilayman.

 

Abduvali Eşqobilov

(Eşqobil Vali) 1965-yilda Pastdarğom tumanida tuğilgan. Samarqand Davlat universitetida tahsil olgan. Hozirda SamDÇTI rektori maslahatçisi.

Uning «Paxsa qişloğim», «Ming ikkinçi keça», «Sukunat mulki» kabi kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnali 2014-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Xusniddin Norkulov

    Men aniq bildim, Eşqobil Vali noyob istyedodli, öta yuksak didli ijodkor. Uşbu makola-maktubdan sung xamma jurnallarda şu janr paydo bulgandek göy. Eşqobil Valining özi xakida va asarlarini yanada kuproq çop etilsa, yaxşi bulardi

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şunday qilamiz

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)