5 daqiqada öqiladi

540 marta körilgan

Boşdan ötgan hangoma

Boşdan ötgan hangoma

Tulpor kartmonga siğmaydi…

Ikki ming öninçi yilning Navrözida Qozoğistonga qilgan safarimiz özbek va qozoq xalqlarining döslik bayramiga aylanib ketdi. Taniqli adib, atoqli tarjimon Nosir aka Fozilovning 80 yoşga tölişi munosabati bilan taşkil etilgan tadbir qadim Turkiston şahridagi teatrda bölib ötdi. Keng jamoatçilik, qozoq adiblari, vatandoşlari ustozning hurmatini joyiga qöyişdi.

Şahar hokimi sözining oxirida taşqarida qayroğoçga boğlangan egar-jabduqli tulpor Nosir akani kutib turganligiga şama qildi. Yubilyar öz navbatida şahar ahliga minnatdorçilik bildirib, hokimga quyidagi qoçirmani qildi.

– Inim, izzat-hurmat uçun qulluq. Omadingni bersin. Sakson yoşga çiqqan oğangni taşqaridagi tulpor olib qoçsa, tabib izlaşingga töğri keladi. Qolmişiga tamojniya degan idoralar ham bor. Gapning indallosi, tulporing kartmonga siğmadi…

Hokim ham anoyilardan emasdi. Nosir akaning tagdor gaplaridan töğri xulosa çiqardi…

“Marhum” boşda döppi,

egnida misriş tön bilan turardi…

1989-yilning kuz oylari edi. Taniqli bolalar şoiri Obid Rasulning “Oppoq tong qöşiqlari” nomli qölyozmasi bosmaxonada navbat kutardi. Kutilmaganda Obid akaning vafoti bilan boğliq sovuq xabarni eşitdik. Marhumning bosmaxonadagi kitobini zudlik bilan tezlaştiriş va uning hisob-kitobi bilan boğliq vazifalar tegişli kişilarga topşirildi.

Yozuvçilar uyuşmasining öşa paytlardagi kotibi Tohir Malikning xizmat maşinasida Anvar Obidjon va kamina Obid akaning oilasidan köngil söraş niyatida Samarqand darvoza tomonga qarab jönadik. Obid Rasulning Yangiyöl tumanida istiqomat qilişi xayolimdan ötgan bölişiga qaramay, öz işiga puxta akamizning şaharda ham uyi bölsa kerak, degan mulohaza bilan sukut saqlab bordik. Haydovçi maşinani xalta köçalardan biriga burib töxtatdi. Yölning ikki tarafida taʼziyaga kelgan kişilar saf tortgan. Qatorda Alibek Rustamov, Matyoqub Qöşçonov, Ozod Şarafiddinov, Aziz Qayumov kabi ustozlarimiz. Darvozaning öng tarafida “marhum” Obid Rasul boşida qalampir nusxa döppi, egnida misriş tön bilan maʼyusgina bölib turardi. Şaytonga hay berib, kulgidan özimizni arang tiyib, safga qöşildik. Ohista suriştirsak, Obid akaning amakisi furqatşunos olim Holid Rasul domla qazo qilgan ekanlar…

Har gal Obid akani körganimizda öşa hangomani eslab ustozga tansihatlik tilardik. Bu orada u kişining kitobi bosilib, qalam haqini olib, bizga dasturxon ham yozdilar. Kiçkintoylarimizning katta şoiri Obid Rasulga amakilaridan keyin yana ön bir yil yaşaş nasib etdi.

“Ukamiz sariq-suruq

narsalarni yemasin!..”

Bobolarimiz “Kişi baloga qolurmi öz ixtiyori bilan” deb bekorga aytişmagan. Marhum bir adibning boşiga taşvişli kunlar tuşgan paytlar edi. Suddagilar işni yengillatiş niyatida oqsoqol adiblar nomidan iltimosnoma yozilsa, degan mazmunda maslahat beradi. Qadrdonlarimizdan biri olib borgan xatga ustoz Nosir Fozilov suriştirib ötirmay imzo çekadi. Erka ukalaridan bölganim uçun oqşom menga qönğiroq qilib:

– Tursunboy, bu ukamiz özi nima iş qiladi? – deb sörab qoldi.

Masala noyob metallar bilan boğliq bölgani uçun tafsilotini aytib ötirmay, hazil-huzul bilan tuşuntirmoqçi bölib:

– Döstimiz sariq-suruq işlar bilan şuğullangan ekan, – dedim.

Hozirjavob Nosir aka:

– Ukamizga aytinglar, bundan-buyon saruq-suruq narsalarni yemasin.

 

“Ubey, законный”

1980-yilning kuz oylari. Respublika axborot agentligining masʼul xodimi N.X. xonim kaminaga qönğiroq qilib, “Çölpon” naşriyoti yilning navbatdagi çoragida qaysi nomdagi kitoblarni bosmadan çiqarganligi böyiça axborot berişimni söradi. Naşr etilgan asarlarni nomma-nom aytdim. Biroq, rusça tarbiyalangan singlimizga bitta töplamning muallifini tuşuntirişim ança qiyin keçdi. Bu maşhur fors-tojik şoiri Ubay Zakoniyning “Muşuk bilan Siçqon qissasi” edi. Men “Ubay Zakoniy” deyman, singlimiz esa heç vaqoga tuşunmay, “Kim u, Ubey, Законный” deb qayta-qayta söraydi.  Ilojim qolmagaç, şu kitobdan bir nusxani Xudo rahmat qilgur şoir ukam Hamza Imomberdiyev orqali öşa xonimga yetkazdik.

Yamoq köylak

Ikkinçi jahon uruşidan keyingi oğir yillar. Yamoq ust-boşlarni kiyiş ayb sanalmasdi. Yetimçilik, ovulimizdagi öziga töq xonadonlarda mardikorçilik qilardim. Qişloq Sovetining kotibi Eşonxon akaning uyida ön ming dona guvala quydim. Ikki haftalik mehnat haqimga aqçaning örniga poşnasi yemirilgan kirza etik, kuya yegan tulki telpak, yoqa va yenglari gulli, ammo yamoqli ukrainça köylak berdi. Ilojim qança?

Qandaydir bayram munosabati bilan maktabimizda tantana taşkil qilindi. Yuqori sinf öquvçilari Yonğor toğiga sayrga otlanişdi. Bizlar futbol öynadik. Ötin terib, öçoq kavlab oşpazlarga kömaklaşdik. Kun isigaç, nimdoş karaminka kastyumni yeçib qayrağoçga ildim. Sinfdoş qizlar ukrainça köylagimning yoqa va yenglaridagi gullarini tomoşa qila boşlaşdi… Tösatdan yağrinimdagi çit yamoq xayolimdan ötdi. Asta ortimga tisarildim. Gap nimada ekanligini bilgan qizlar kulib yuborişdi.

Uvol bölgan “ayaston”

Mirtemir domla “Manas” eposini özbek tiliga ögiriş masalasida hozirgi Bişkek şahriga kelib “Tiyonşon” qönalğasiga joylaşdi. “Issiqköl ilhomlari” turkumiga kirgan şeʼrlari özbek tilida naşr etiladigan “Qirğiziston haqiqati” gazetasining şanba sonida bosilib çiqqandi. Öşa kuni qirğiz oqinlari Tumanboy Boyzoqov bilan Sovranboy Jusayev ustozni yöqlab mehmonxonaga kelişdi. Ularga xizmat qiliş mening zimmamga yuklandi. Mirtemir domla sovutgiçdan “Ayaston” şarobini olib, – oçing, – deb kaminaga uzatdi. Mehmonlarning salobati bosib uni xoliroq vannaxonada oçmoqçi böldim. Pökak ziç yopilgani uçun çalavzarimning parmasi işkal qildi, şişa böğzidan sindi. Uni unitazning ortiga yaşirib törtinçi qavatdagi bufetga oşiqdim. Holatimni tuşungan uddaburon bufetçi “Ayaston”ning pökagini abjirlik bilan oçib qölimga tutqazdi. Xonaga imi-jimida kirib idişni grafinning yoniga qöydim. Ustoz arman şarobini bakallarga quyiş uçun közoynakni taqib şişaga nazar soldi va menga zimdan boqib, miyiğida kulib qöydi… Iztirobdan böğriqib-börtib ohista “Ayaston” yozuvining bağriga bufetning safsar siyohdagi tamğasi bosilganiga közim tuşdi…

Tilak Jöraning vallomatligi

Xalqimizda “Qöçqor bölar qözining peşonasi döng bölar, oğa bölar yigitning peşonasi keng bölar” degan dono naql bor. 1988-yilning iyun oyida Xorazmning Boğot qişloğidagi örta maktabning yuqori sinf öquvçisi Pölat Baxtiyorovdan nomimga bir daftar şeʼr keldi. Şeʼrlarni öqib, hayratimni yaşirolmay Hamza Imomberdiyevga berdim. Keyinroq Anvar Obidjon bilan Muhammad Rahmonlar ham tanişib çiqişdi. Bu şeʼrlarning muallifi öninçi sinf öquvçisi ekanligiga işongimiz kelmadi. Döstlarimizning maslahati bilan Pölatbekdan yana yangi maşqlaridan jönatişini sörab xat yozdim. Bu gal ukamizning örniga uning otasi Baxtiyorjondan maktub oldik. Maʼlum bölişiça, Pölatbek xarbiy xizmatga jönab ketgan ekan. Uç oydan söng şoir ukamiz Xabarovskda harbiy xizmatni ötayotganligi aniqlandi.

Bu orada uning maşqlari “Gulxan”, “Ğunça” jurnallarida bosilib turdi. Hamza Imomberdiyevning taşabbusi bilan askar inimizga kitoblar jönatdik. Pölatbek harbiy xizmatni tugatgaç, unga Milliy universitetimizning jurnalistika fakultetiga öqişga kirişni maslahat berdik. 1993-yilning yoz oylarida naşriyotga dilbar inson, talantli şoir va olim Tilak Jöra kirib keldi. Quvonçining çegarasi yöq. Boğotlik inimizdan Tilakvoy imtihon olgan ekan, uning bilimi barça fanlardan aʼloga baholanibdi. Tilak Jöra şogirdimizning yutuğidan quvonib, bizni öz hisobidan mehmon qilgani kelibdi. Mana sizga xolis ijodkorning vallomatligi. Tilakjonning oxirati obod bölsin. Öşa baxti ijodkor kiçkintoylarning topqir şoiri Erpölat Baxt edi.

Tursunboy ADAŞBOYEV

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)