XX asr özbek adabiyotining yirik namoyandasi Ğafur Ğulom 1903-yil 10 mayda Toşkent şahrining Şayxontohur dahasi Qörğontegi mahallasida tuğilgan. U barakali ijodi bilan özbek nazmi va nasri, adabiyotşunosligi, publitsistikasi va tarjimaçiligi rivojiga katta hissa qöşdi.
Ğafur Ğulom çinakam özbek şoiridir. Uning ijodida yuragidagi insonparvarlik ruhi baland jaranglaydi. U mehnatkaş, halol, öz aql-farosati, özi peşona teri bilan kun keçiruvçi va hayotni, jamiyatni mukammal qilişga intilgan insonni faol himoya qildi, uning taqdiri, bugungi va ertasi uçun sanʼatkorlik qalbi bilan umr böyi kuraş olib bordi. Adibning nasriy asarlarida ham ana şunday insonparvarlik, vatanga muhabbati yaqqol körinadi. Milliylik Ğafur Ğulom asarlarini bezab turuvçi eng gözal xususiyatlaridan biridir.
Özbekiston xalq şoiri Ğafur Ğulom 1966-yil 10 iyulda Toşkentda vafot etgan. Mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlangan (2000).


“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


