12 daqiqada öqiladi

471 marta körilgan

Tudana

Tudana

(Hikoya)

Katta hovli. Paxsa devor bilan öralgan. Tartib bilan gullar ekilgan. Hammayoq saranjom-sarişta. Hovlining bir çetida mol-holga alohida joy qilingan. Supaning kunçiqar tarafida şoxlari tarvaqaylagan baquvvat katta daraxt – qayrağoç. Ğadir-budur, töq jigarrang pöstloq bilan qoplangan tanasi quloçga siğmaydi. Uç-tört qurigan şoxi osmonu falakka nolakor uzalgan qadoq qöllarga öxşaydi.

U supa ustida oq oralagan soçlarini kafti bilan silagan köyi öyga çömgan edi. Uzoqdagi toğ çöqqilari bugun özining avvalgi tarovatini yöqotganday tuyuldi. Qani endi imkon topilsa-yu, köngil xiraliklarini sidirib taşlasa. Afsus, buning iloji yöq! Hayot murakkab, turmuş çigal…

U beixtiyor kamzuli çöntagini kovladi. Qöliga qattiq narsa ilaşdi.

Tudana! Esiga tuşdi: Öttiz yillar oldin bölgan edi bu voqea. Ilmiy işini himoya qiliş uçun xorij safariga ketayotgan payt ota-ona uni çaqirib olişdi. Fotihadan söng, otasi çöntagidan kiçkina bir narsa çiqardi. U buning tudana ekanini payqadi. Payqadi-yu, maşinasida tumor taqib yurganligi uçun işdan haydalgan odamlarning iztirob çekkanini köz oldiga keltirib, otam ham qiziq-da, degan fikr xayolidan lip etib ötdi. Biroq, otasining xalq dostonlarini yoddan bilişi, eşitganlar sel bölib yiğlaşini esladi-da, miyiğida kulib qöya qoldi. Köziga qarab turgan otasining yuzi sal qizarib ketganidan öğil otasining bu fikrini anglaganini sezdi. Otasi esa bosiqlik bilan gapirdi: “Öğlim, men bu tudanani mana şu gujumning yaşnab turgan şoxidan yasattirdim. Zardolining yelimi şimdirilgan. Buyam bir istak-da, öğlim! Sen bizning tönğiçimiz. Sen avlodimizdan ilk bor katta ilm dargohiga çiqayotgan, olim bölişga intilayotgan farzandsan. Biz şundan faxrlanamiz. Xavotirimiz ham yöq emas.”

Şu payti otasining ovozida sal qaltiraş sezildi, közlari namlandi. Onasi esa köz yoşlarini tiya olmasdi. Birozdan keyin ota sözida davom etdi: “Bu tumor. Yoningda saqla! Seni har xil balolardan saqlaydi. Dilingdagi işonç mustahkam böladi. Işonç mustahkam bölsa, qalbing quvvati, ruhing quvvati heç sinmaydi!”

Onasi ham yiğlamsirab: “Şunday qil bolam. Zinhor şunday qil!” – deb bir neça bor tayinladi…

Mana bugun şu tudana uning qölida. Yonida doim avaylab saqlar edi. Qanday qilib kamzulining çöntagiga tuşib qoldi ekan?! U diqqat bilan tudananing orqa-oldini aylantirib qaradi. Yozuvlariga közi tuşdi. Endi u hayajon bilan noyob naqşlar orasiga yaşiringan suls yozuvidagi harflarni hijjalab öqidi: “Allohumma xirliy vaxtirliy”. Maʼnosini çaqdi: “Ey Alloh, mening işimni yaxşilik tomonga bur va köp yaxşiliklarni bajarişda ilhom ato et.”

Közlaridan dovullab yoş çiqdi: “Oh, Otajonim-a, oh, Onajonim-a! Menga qançalik ğamxörlik qilgan ekansizlar-a! Qanday farosatsiz ekanman, öşanda?! Agar öşanda fikrim, tuşunçam, hayotni ilğaganim hozirgidek bölganda, mening taqdirim, kelajagimning binoyidek bölişi sizning baxt va quvonçlaringiz ekanligini anglaganimda, quçoqlab-quçoqlab sizlarning sevinçlaringizni ham, özimning şodligimni ham köklarga kötargan bölardim. Qanday öğil ekanman-a?! Men ğofil banda buni endi, bugun tuşunib yetibman-a! Naqadar ğör va fahmi yöq ekanman-a… Endi farosatim yetdi-ya! Qançalik keç!”

U daraxt tanasini quçoqlab iç-içidan nola qildi. Daraxt tanasining ğadir-budiri bilaklarini oğrita boşlaganida öziga keldi. Qurigan daraxt şoxçasining ğaşga tegar qatir-qitir tovuşini eşitib, boş kötarib, qaradi. Musiça ham u tomonga qarab turar, xuddi uning yana ham eʼtibor bilan tikilişini yalinib sörayotgandek edi. U qattiqroq tikildi: quş ham unga sal qayrilib qaraganiça boşini ikki-uç marta çapdan-öngga, öngdan-çapga çayqadi-da, quyi tarafga qarab uçdi. Hayron böldi: musiçaning boş çayqaşini umrida birinçi marta körişi edi. Bu nimaning alomati ekan, deya öy surayotgan ham edi-ki, ğadir-budir gujum tanasining öng tarafidan ösib çiqqan jajjigina yoş novdaga közi tuşdi. Novdaning hali toza kuçlanib ulgurmagan barglari hayotning lazzatli onlaridan bahramand bölayotganini bildirmoqçiday, erkalanib mayin esayotgan şabadada, uning belançagida ohistagina tebranardi. Eh, hayot, bunçalik şirinsan-a, deb qöydi, u çeksiz hayratni uyğotgan yaşil novdani kaftlari orasiga avaylab,  olib silarkan. U bahaybat gujum bölişi mumkin-ku, axir! Qanday ajoyib bölardi-ya! Axir ota-onamning dillaridan mahkam joy olgan eng qadrdon daraxti-ku! Asrab-avaylab östiriş kerak, degan fikr yaşin tezligida xayolidan ötdi.

Köngli tinçidi. Ammo toliqqanini his qildi.

U uyga kirib biroz mizğib oliş uçun çözildi. Xayol uni yana uzoq yillar avvalgi xotiralarga yetakladi…

…Ota nozikkina qayrağoç niholini kaftlari bilan ohista va avaylab silaganiça öğlining qöliga tutqazdi. Söngra tuşunmaydigan sözlarni piçirlab, yuziga fotiha tortdi:

– Öğlim! Şu niholga men mehrimni berdim. Nega bunday, özim ham bilmayman. Ammo, bu könglimning tilagi. Bu aniq. Uni şu yerga, tomirlariga heç ziyon yetkazmasdan, ehtiyotlik bilan, mehringni berib ek. Nasib etsa, juda yaxşi gujum böladi. Uning soyasida quyuq suhbatlar quramiz. Sen kenjamiz. Kenjada ajoyib xislat böladi. Xislatingga yaraşa soya-salqin beradigan ulkan daraxtga barça havas qiladi.

Şundan beri ança yillar ötdi. Nihol bahaybat daraxt böldi. Tanasining yöğonligiga quloç yetmaydi. Soyasi quyuq. Soyasi doirasida tangaçaday yoruğlik ham közga taşlanmaydi. Supa usti doim salqin, quyoşning jazirama issiği ham mayin şabada şaştini qaytara olmaydi. Esida, otasi qandaydir sirli duolar öqib, navnihol tagiga çelakdan suv quyardi. Öğil hayron.

 “Ota, suv bilan ham gaplaşasizmi?” – deb sörardi. “Zamonlaring boşqa-da, hali buning fahmiga yetmaysanlar. Ha, mayli, bir kun kelib tuşunarsizlar”, – deb qöyardi otasi tabassum bilan. Suvda xosiyat köpligini u bugunga kelib tuşundi. Suv öziga aytilgan yaxşi sözlarni, öqilgan duolarni molekulalari qatlariga jamlab, şu yaxşi sifatlarning barçasini özida saqlagan holda, özi oziq berayotgan nimarsalarga ötkazişini şu vaqtga kelib bilibdi-ya! Otasi esa bu ilmni bir neça ön yillar oldin bilgan ekan-a!

Ota uzoq safardan qaytganida ham darvozadan kiriboq, soğinç bilan daraxt soyasiga kelib ötirar, yaxşi sözlar aytib, piçirlabgina duo öqigaç, yuziga şoşilmasdan, ohistagina fotiha tortardi. Şu zahoti köngli yayrab ruhi yengil tortganidan iç-içidan quvonardi. Buğdoyrang yuzidagi iliq tabassumdan atrofiga nur yoğilganday bölardi, bu holni öğillari ham sezişgan. Ota boşini öngga-sölga ohista tebratar, gohida siyrak, ozgina mallarang qoşlarini bilinar-bilinmas çimirib, köz qaraşlarini daraxtning bu şoxidan u şoxiga özgartirar, daraxtning har bir şoxçasi bilan alohida gaplaşardi. Ota daraxtga mehri tobora ortib borayotganini sezar, mehri ortgan sari daraxt ham mayda şoxlarini egib taʼzim qilganday bölar, esgan mayin şabadasi bilan mehriga javob qaytarardi. Ayniqsa, daraxtning bahaybat tanasiga suyanganida barça ğuborlar tanasini tark etar, Ota bundan behad şodlanib, qalbi yengil tortib, özini quşday sezardi. Ota bu kundalik odatini kanda qilmas, kanda qilmoqni xayoliga ham keltirmasdi. Daraxtning tanasini silab, eng şirin xayollarga berilardi…

Onasi-çi, onasi! …Ona daraxt soyasida ötirar ekan xotiralarni köz öngida tiklab, şirin xayollar oğuşida mayin jilmayib qöyardi. “Bu gujumning soyasi boşqaça-da! Kenjam ekkan! Boşqa daraxtning soyasida ötirsam, hatto uning soyaligini ham sezmayman. Buning soyasi esa bor dardingni oladi. Dilingga nuqul şodlik olib kiradi-ya! Gujumning soyasida bolalarimga salom yöllayman, ular xuddi bağrimda erkalanayotganday böladi. Kattasi şaharlik bölib ketdi. Mayli-da, boşi omon bölsa böldi. Ungayam salomimni daraxt yetkazadi. Salomimni yetkaz, deya iltimos qilganimdan keyin quyoş bir qariç pastlagaç, daraxtning şoxlari boşqaça tebrana boşlaydi. Tebranişlari mayin, bir tekis. Barglarining şitirlaşi yuragimning ovoziday. Bu – salomimning bolalarimga yetganligi belgisi. Tönğiçim ham buni bilsa kerak. Ilk quvonçim-da, axir! Işqilib omon bölişsin! Daraxt esa menga juda ham qadrdon!”

Ona bu sözlarni bot-bot aytişdan çarçamaydi, uning sirdoşi şu daraxt, şu soya.

Ona özi surgan xayollar taʼsiridan özida yöq xursand bölar, ammo daraxtning qurigan katta şoxiga közi tuşib, diydasi yumşab közi namlanardi: “Nega taşlab ketdingiz? Hali erta edi-ku?! Payğambar yoşidan endi ötgandingiz-a… Örtançangizning boşiga tuşgan kunlarni özingizga oldingiz-a! Bedodlik böldi. Yöqligingizga ön beş yil böldi. Birga ketamiz degandingiz-ku?! Qani vaʼda? Ey Alloh, özing keçirguvçisan!”

Onaning aniq esida: fanodan boqiylikka safar qilgan Otaning yetti kunlik maʼrakasi bölayotganida daraxtning kunçiqar tarafidagi eng katta şoxining barglari söliy boşladi. Qirqida esa tamoman quridi. Şoxçalari barglarsiz söppayib qolaverdi. “Qurigan şoxini ham avaylanglar, bolalarim”, deganida farzandlar ham Onaning sözlarini maʼqullaşdi. Ular otasining daraxtga qattiq mehri borligini, uning har bir bargini qanday avaylaşini juda yaxşi bilar va tuşunar edilar. Faqat katta bir şoxining qurib qoliş sababini heç biri tuşunmas edi. Ona buning sirini anglaganday böldi. Biroq bu töğrida heç kimga çurq etgan emas.

Ertalab tong azonda daraxtning oldiga borib, uning kattakon tanasini nozik kaftlari bilan siypalab, öz xursandligini şabadaga şivirlab aytayotgan barglarga yuzidagi nim tabassum bilan qarardi. Qaragan sari qalbining eng törida allaqanday şirin va yoqimli tuyğu uyğonib, behad quvonardi, özida yöq sevinardi. Baʼzan körinar-körinmas ingiçka oqim gavdasidan çiqib, daraxtga yönalayotganini aniq körar, daraxtdan uzoqlaşayotganida uning mayda, nozik şoxçalari özi tomon sal egilganini payqab: “Yo Alloh, özing bilguvçisan!” deb şivirlardi.

Vaqt ötgan sari Ona daraxtga tobora qattiqroq boğlanib qolayotganini, aniq his qilardi. Qiş vaqti uning keksa tanasini qoplagan pöstloği ustidan qorni barmoqlari bilan avaylabgina, silab-siypalab ohistagina tuşirardi. Ona bundan erinmas, toliqmas, har safar qor yoqqanida şunday qilaverardi. Öğillarining, onajon, qorning özi erib, tuşib ketadi-ku! Sizga zarilmi?! Bunçalik mehribon bölmasangiz, degan sözlarini eşitib, astagina: “Daraxt-da, bolam” – deb qöyardi. Axir öğillarim nimani ham tuşunardi. Daraxtning ham joni bor. Joni borligi uçun ham qişga tayyorgarlik köradi, bahor kelganini sezib, kurtak çiqaradi, barg yozadi, soyasini quyuq qilib, atrofidan şabada yurgizadi. Odamlardan yaxşiligini ayamaydi. Mehr körgizsang, şoxçalarini sekin silkitib, barglari sassiz şivirlab, astagina egilib mehr bilan javob beradi. Yana nima ham qilsin beozor daraxt?!

Onasi hovliga kirişdan oldin römolini boşiga qaytatdan tanğib boğlab, töğri daraxt tomonga şaxdam yurib, bir pas töxtab olar, ota-onasining yaxşi sözlarini aytardi. Qöşni qişloqqa kelin bölib tuşibdi-ki, bu odatini kanda qilmagan. Hovliga kirganida esa yuragini allaqanday tuşunib bölmas havosat va şodlik baravariga bosganday bölar, bir katta şoxi butunlay qurigan, ikkita katta şoxlaridagi söliy boşlagan barglariga közi tuşganida esa bu noxuş havosat kuçayardi. Tok sörisining tagida uzunasiga ekilgan rayhonlar hidini ikki örim böliq soçini yelkaga taşlab, töyib-töyib hidlaganida yuragida paydo bu bezovtalaniş örnini şodlik egallardi. Közadagi tiniq suvni rayhon barglariga maydalab-maydalab, purkab-purkab sepganidan söng barglar yuzasidagi har xil tusda tovlanayotgan tomçilarning biri yuzida oyijonining ruxsorini körganday bölardi. Şu tomçining oldiga borib, xayolidan ötayotgan Onasining siymosini tomçidagi ruxsor bilan soliştirar, ikkisining aynan öxşaş ekanligini körib, ança vaqt şu yerda ötirib qolganini özi ham sezmay qolardi. Rayhon bargidagi tomçilardan birini körsatkiç barmoğiga ilaştirib, örtasi tutaşay-tutaşay deb turgan qalin qora qoşlariga surganda qalbidagi besaranjomlik mutlaqo yöqolardi. Sizga nima böldi, hali ham xayol surayapsizmi, deya yangasi gap qotmasa boşidan ötayotgan xayollarning asiraligidan çiqa olmasdi. Biroq xayollarining asiraligidan qutilmoq uçun xotira yöqolmoği şart. Ammo unda eslasa arzigulik, balki undan-da kattaroq va muhimroq xotiralar borki, ularni unutmoq gunohi azim ekanligi ayon. Ayniqsa…

…Hozirgiday eslaydi… Turmuşga çiqiş arafasida ota-onasi uni huzuriga çaqirişdi:

– Qizim, – ohista salmoqlab gap boşladi otajonisi, onasi esa unga jovdirabgina, muloyimgina, sal kulimsirab qarab turardi. – Sen yetti öğilning orasida yagona qiz farzandimizsan. Sening bizga qançalik azizligingni özing tuşunarsan. Turmuşga seni katta orzu-umidlar bilan uzatayapmiz. Hayoting farovon bölib, kelgusiga işonç bilan yaşagaysan. Senda şu işonç doim mustahkam bölsin deb, niyat bilan tudana berayapmiz. Ol, qizim! Özing bilgan gujum şoxçasidan yasalgan. Doim yoningda bölsin qizim. Köngling xotirjam bölğay.

– Katta akangdayam xuddi şunday tumor bor, – jilmayib qöşib qöygan edi onasi, öşanda.

Kelin bölib tuşganiga ança yillar böldi. Bola-çaqali. Rözğor taşvişlari. Biroq har haftada bir marta kelib, supaning usti çinniday yaltirayotgan bölsa ham Onajonisi qöllarida bölgan, ular doim avaylab saqlagan supurgini namlab, şoşilmasdan hafsala bilan supa ustini supurar, gujumning atrofi ham eʼtibordan çetda qolmasdi. Söngra supurgini avaylabgina satin matoga örar, aşqol-daşqollar saqlanayotgan xonaning tokçasiga ohistagina yotqizib qöyardi-da, saksondan ötgan yoşingizdan aylanay, Onajonim! Ilohim menga ham Sizning yoşingizni bersin, deb yuziga fotiha tortardi.

Oftob tiğida qovjirab, ammo nima uçundir gujumning qurigan ayrim şoxlariga ilaşganiça qolgan barglarini tuşirmaslik uçun daraxtning tanasiga tegib ketmasdan uning pöstloği oraliqlaridagi çang, ğuborlarni erinmay tozalardi. Uning aniq esida: Onasining qirq maʼrakasi ötganidan keyin daraxtning ikki katta şoxidagi barglar sölib, şoxlardan tuşib keta boşladi. Tomiriga çelaklab suv quyişdi, ammo foydasi tegmadi. Gujumning tomiriga quyilayotgan suvga Otasi ham, Onasi ham duolar öqişardi. Ammo bu duolarni akalari ham, özi ham bilmasligidan ming afsus çekdi. Ammo, na iloj. Tarvaqaylagan ikki şox avval qurigan şoxning yonida osmonga nola qilayotgandek söppayib qolaverdilar. Ular göyo taqdiridagi bu özgarişlardan fiğon çekayotganga öxşardi.

– Eh, onajonim-a! Daraxtga şunçalik ham qadrdon bölib, mehringizning unga şunçalik boğlanib ketganligi sababini endi tuşunayotgandekman. Axir, otamdan keyin yigirma yillik mehringizni şu daraxtdan ayamabsiz-da! Onajon, siz bilan otajonimning ruhlari şoxçalarning biridan menga qarab, Allohdan baxtimni sörayotgandek. Ilohim şunday bölsin! Gujumning soyasida ozgina ötirsam ham rosa dam olaman. Quşday yengil bölaman. Sal silkinsam osmonga otilib çiqib ketadigandayman. Xayolimdagi bölmağur fikrlar parçalanib, könglim tozaradi, uning örnini orzu-tilaklar egallaydi. Doim şu yerga kelgim kelaveradi. Afsus va ming afsus, onajonimdan daraxtga nima deb piçirlab duo öqiganlarini heç qursa biron marta söramabman-a…

Şu xayollar bilan u daraxtning quruq tanasiga suyanganini bilmay qolar, uzoq xayollarga çömar, lekin inson mehrining daraxtga, daraxt mehrining insonga özaro qattiq boğlanib qolişini tasavvur ham qila olmasdi. Bu sirli hodisaning aynan şunday ekanligiga esa özi guvoh…

Şu fikrlar ummonida suzayotganida gujum tanasining öng, yaʼni kunçiqar tarafidan ösib çiqqan nozikkina yaşil novdaga közi tuşdi. Uning mayin esayotgan şabadadan yengilgina silkinayotgan, sekin-sekin pirpirab tebranayotgan kiçkina-kiçkina, ham töliq yaşillanib ulgurmagan barglariga hayrat bilan tikildi. “Şu mengamikan?” degan fikr xayolidan bir zumda ötdi. Şu zahoti bu fikrni unutib, onasi erkalagan, ammo hozir tarvaqaylagan şoxlari bilan osmonga boqib, nola-yu nido qilayotgan ikki şoxga tikilganiça xayollar ummoniga çökib ketdi….

…Tez uyğondi. Darhol örnidan turdi. Apil-tapil yuzini yuvdi. Yuragida tuşunib bölmas bezovtalik paydo bölganini sezdi-yu, ildam yurib daraxtning oldiga bordi. Yaşil novdaga qaradi: novdaning barglari sölib, uçi yerga şalpayib, rangi ham qoraroq tusga özgargan, beş-oltita barg yerga tuşib, xuddi yiğlayotgandek pir-pir uçib turişardi. U bu hol nimadan darak ekanini tuşundi. “Oh!” dedi-yu, şoşilib çöntagiga qölini tiqdi. Tudana ikkiga bölingan edi.

Jumanazar BEKNAZAR

1946-yilda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Otguzar qişloğida dunyoga kelgan. Respublika boş uronefrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor.

“Şuhrat” medali sohibi.

“Toş balosi”, “Guldek nozik”, “Bolangiz nega bezovta”, “Ona va bola tayançi”, “Qamay dostoni”, “Yoniq yuragim”, “Mehr quyoşi”, “Iztiroblar komida”, “Manzildan keyingi yöl”  kabi ilmiy-adabiy, badiiy asarlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)