XX asr özbek bolalar adabiyotini Quddus Muhammadiy ijodisiz tasavvur etib bölmaydi. Ustoz şoir turli janrlarda samarali ijod qilişi bilan birga, isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaşi bilan ham adabiyotimiz rivojiga katta hissa qöşgan. U kişi bilan keçgan sermazmun uçraşuvlarni hamişa dilda hayajon bilan eslab kelaman.
Özbekiston xalq şoiri Quddus Muhammadiy bilan birinçi marta hozirgi “Tong yulduzi” gazetasi tahririyatida körişgan edim. Bu dargohda köpdan menga qadrdon bölib qolgan döstlarim Abdusaid Köçimov, Hamza Imonberdiyev, Şohrux Akbarov, Rustam Rözimatov kabi öz kasbining fidoyilari işlardi. Şu bois tez-tez qatnab turardim. Bir gal borsam, ajoyib şoir ukam Hamza Imonberdiyev xonasida maşhur bolalar şoiri Quddus Muhammadiy ötiribdi, deng. Hayajonlanib ketdim. Salomlaşib, çekkadagi stullardan biriga qimtinibgina çökdim.
– Quddus bobo, bu akaxonimiz ham şoir, Böstonliqning Tovoqsoyidan Hamidulla Murodov böladilar, – taniştirdi bizni Hamza.
– Yaxşi, şoir bolam, yaxşi. Hamidullajon Böstonliqdan ekan-a!.. Naq tabiatning, şeʼriyatning içidan-a!..
Men “ha” deganday boşimni qimirlataman. Ulkan şoirimiz salobati bosdimi, yo uyaldimmi, gapira olmayman. Quddus bobo özi sözni davom ettiradi:
– Bu deganim, şoir bolam, yurtingiz Böstonliqning turgan-bitgani mavzu, yozilmagan şeʼr: daraxti deysizmi, öt-ölani deysizmi – şeʼr, hayvonot dunyosimi – şeʼr, ularni sözlatiş Sizdan, bolam…
Quddus boboning sözlariga dastlab tuşunmay turaman, keyin bu ögitlar mağzini çaqqanday bölaman, yuzlarimda mamnunlik balqiydi.
– Tuşundim, ustoz!…
– Tuşunsangiz yaxşi, şoir bolam! Yozaman desangiz, mavzuning hammasi özingizda. Izlasangiz topilaveradi. Hamma gap – topganingizni öquvçiga qay tarzda yetkazib berişda. Bilasiz, hozirgi öquvçi uzun şeʼrlarni köpda yoqtirmaydi. Bolalarimizga ixçam, mazmuni çuqur şeʼrlar kerak. Sizdan ham şunaqa şeʼrlar kutaman, şoir bolam…
Quddus bobo ança gapirdi, matbuotda bosilgan şeʼrlarim haqida iliq fikrlar bildirdi. Keyin birdan Hamzaga yuzlandi:
– Hamzaxon, şu akangiz bilan bir uyga ötinglar. Bafurja, bemalol ötirib gaplaşamiz…
Ustozning boşqa yerda işi borligi yodga tuşdimi, örnidan turdi. Xayrlaşib ketarkan, yana taʼkidladi:
– Albatta uyga öting, Hamzaxon bolam bilan birga boring. Kutaman…
Şaharga bir tuşganimda Hamza Imonberdiyev:
– Hamidulla aka, keça Quddus bobo tahririyatimizga kelgandi, “Uyga ötmadinglar. Böstonliqlik şoir bolam kelib qolsa, albatta boringlar-a”, deb ketdi. Bugun uylariga ötmasak, sizdan ham, mendan ham xafa böladilar, – dedi.
Ikkalamiz aka-ukaday bölib ustoz şoirning uyiga kirib boramiz. Uyi odmigina bezatilgan edi. Bizni körib Quddus bobo behad xursand böldi:
– Qarşidan Saodat Toji kelgandi. Bir neça kun mehmon böldi. Bugun ertalab ketdi, – dedi.
Saodat Toji – qarşilik bolalar şoiri, öşa paytda bitta kitobi ham çiqqandi. Özbekiston televideniyesining “Şoirlar – bolalarga” körsatuvida çiqqanimizda tanişgandik. Qaçon Toşkentga kelsa, Quddus bobonikida qönim topişini ham bilardik.
Ustoz bizning “qöying” deyişimizga qaramay, dasturxon tuzadi, çoy damlab keldi. “Biz quyaylik”, deyişimizga qöymadi, özi çoy suzib uzatdi. Suhbatimiz bolalar adabiyoti, bolalar şeʼriyati haqida böldi.
– Bolalar adabiyoti jadal rivojlanib borayapti. Ana, Anvar Obidjon uloqni bizdan olib, otni qamçilayapti. Qarang, juda ajoyib, qisqa va mazmundor şeʼrlar yozayapti. Mağzi töq, satrlari ravon, öynoqi, bolalar yoşiga, didiga mos. Sizlar yozgan şeʼrlarda ham şu xislatlar körinyapti. Bu juda yaxşi hol… Bugungi şoirlar ijodida qisqa, lönda şeʼrlar köpaygani yaxşi.
Hamza yangi yozilgan şeʼrlaridan öqiydi, keyin men… Quddus bobo şeʼrlarimizni tinglab, muşohadalab, fikr bildiradi.
– Yaxşi, juda yaxşi. Şeʼrda mavzuning tökis berilişi meni quvnatdi. Şunday yoziş yölingizdan çekinmanglar… Bugungi bolalar şoirlari bizning şeʼriyatdagi nasihatbozlikdan keçib, mavzuni tuşuntirişning yangiça yölini tanlayapti. Bu sizlarning yutuğingiz…
Dasturxonga qöyilgan noz-neʼmatlar orasida şakar borligini sezibmi, qayerdandir çumolilar paydo böldi. Hatto yuzimda ham örmalayotganini sezdim. Hamza ham sezdi, şekilli, ikkalamiz xuddi kelişib olganday, çumolini olib taşlaşga qöl çözamiz.
– Qöyaveringlar. Tegmanglar, ozor bermanglar. Özlari tuşib ketadi. Ular ham biz kabi jonzot. Ularning ham biz kabi öz uyi, oilasi, bolalari bor. Öldirib qöysak, inson nomimizga doğ…
Şunda ustozning maktabda işlagan payti yozilgan ilk şeʼrlarini esladik. Ularda ham ona tabiatga beğaraz mehr aks etib turardi.
Ha, Quddus bobo ana şunday mehrli zot edi; atrofidagi biz kabi şogirdlarigagina emas, balki ona tabiatning mitti jonzotlariga ham mehr ulaşişga qodir qalbi oçiq, beozor, saxovatli odam edi.
Maktabimizda ustoz şoir Quddus Muhammadiy bilan uçraşuv ötkazadigan böldik.
– Hamidulla, Quddus bobongiz bilan özingiz kelişib kelasiz-da, şunga qarab kunini belgilaymiz, – dedi ilmiy bölim mudirimiz, rahmatli Abdurahim Alimov.
Tayyorgarlik işlari boşlandi. Toşkentga borib, ustoz bilan körişib, uçraşuv kunini belgilab keldim…
Aytilgan kuni ertalab maşinada Toşkentga borib, ön olti qavatli Matbuot uyi binosi oldida töxtadim. Unçalik köp kutmadim. Şoşib kelayotgan ustoz körindi. Harakatidan bezovtaroqday, yurişlari ham tez, ildam. Maşinadan tuşdim-u, ortidan yetib olişga özimni tezladim. Bilardim, ustoz liftga köpda çiqmasdi. “Öz oyoğim bilan yurganimga nima yetsin”, deb qöyardi. Uçinçi qavatda ustozga yetib oldim.
– A, şoir bolam, keldingizmi, yuravering, yuqoriga çiqaylik, öşa yerda gaplaşamiz!..
Bolalar gazetasining adabiyot bölimiga kirdik. Hamza Imonberdiyev, Safar Barnoyevlar bor ekan.
– Gap bundoq, şoir bolam, – dedi Quddus bobo. – Avvalo uzr, uzrli iş çiqib qoldi. Bugun soat ön ikkilarda qizimizga töy keladigan ekan. Lekin siz qayğurmang, uçraşuvingiz qoldirilmaydi, faqat örnimga Ilyos Muslim boradi. Safar akangiz hamroh böladi. Uçraşuv qiziqarli ötişiga özim kafilman.
– Ustoz, özingiz…
– Men boşqa safar boraman, bugungi uçraşuvga borolmaganim uçun eng avval bolalarimdan uzrimni söraysiz, şoir bolam.
Ilyos Muslim va Safar Barnoyevni olib qişloqqa qaytdim. Quddus bobo aytganiday, uçraşuv juda çiroyli ötdi, yodda qolarli böldi. Öquvçilar Ilyos Muslim, Safar Barnoyev va mahalliy şoirlarimiz Ergaş Turkmenov, Xudoybergan Ermatovni uzoq vaqtgaça alohida mehr bilan eslab yurdilar. Ammo Quddus bobo vaʼda qilgan uçraşuv amalga oşmay, orzuligiça qolib ketdi.
Bugun Özbekiston xalq şoiri Quddus Muhammadiy ham, ustoz orqali tanişganim, döstlaşganim Ilyos Muslim ham, ilk şeʼriy töplamimning kitob holiga kelişida öz maslahatini ayamagan Safar Barnoyev ham, özimga ukamday bölib qolgan Hamza Imonberdiyev ham, mahalliy şoirlar Ergaş Turkmenov va Xudoybergan Ermatov ham oramizda yöq. Ammo ular mening qalbimda, ming-minglab kitobxonlar qalbida yaşayapti. Yozgan asarlari yangi-yangi kitobxonlar avlodini tarbiyalayapti. Maktab ostonasidan hatlagan öğil-qizlar savod çiqarib, harfni harfga uriştirib öqiy boşlar ekan, eng oldin şu ijodkorlarning, xususan, Quddus Muhammadiy asarlarini öqib, şeʼrni taniydi, adabiyotga oşno böladi.
Hamidulla MURODOV,
bolalar şoiri
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


