Goho köngilda “Nima haqda yozsam ekan? Asarga qahramonlarni qayerdan topsam böladi? ” – singari savollar paydo böladi. Ehtimol, bunday iştiboh boşqalarga ham begona emasdir. Aslida, ayb – özimizda. Hayotning içiga kirmasdan, salqin xonalarda ötirvolib jonli asar yozib bölmasligini bilamiz-ku. Çinakam qahramonlar, yaxşi asarlarga mavzu böladigan voqeliklarni bugun hayotimizdan, jamiyatimizdan istagança topsak böladi. Faqat, sal jonimizni koyitişimiz, mamlakatimizda röy berayotgan yangilanişlar jarayonini oynayi jahon va gazetalar orqali kuzatib qolmasdan, qizğin hayot qöyniga kirişimiz lozim. Ana şundagina asarlarimizda hayotiylik, harorat paydo böladi. Qoraqalpoğiston Respublikasiga qilgan safarim davomida könglimdan botbot ana şunday mulohazalar ötib turdi…
Yoşlik – sirlar pardasi bilan öralgan ertakmonand olam. U hayotning unça-munça tartib-qoliplariga böysunmaydi. Göyoki u bizga notaniş bölgan ölçam va qonuniyatlar asosida harakatlanadigan sirli sayyoraga öxşaydi. Bu olam özining ana şu noodatiy ruhiyati bilan qiziq.
Köpinça yoşlarning öziga xos hayot tarzi, tutumlari kattalarga unçalik ham maʼqul kelavermaydi. Ular navqiron avlod vakillarining ham özlari singari oğir-vazmin, mulohazakor bölişini istaşadi. Şu bois yoşlarning feʼl-atvorida, hayotga bölgan munosabatida kuzatiladigan kamçiliklar haqida köp gapiriladi. hamma davrlarda şunday bölgan. Qaysidir ölkada topilgan köhna bitikda “yoşlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani” taassuf ila qayd etilgan ekan.
Özbekistonni yoşlar mamlakati deyişadi. Bu bejiz emas. Çunki yurtimizda yaşayotgan aholining katta qismini yoşlar taşkil qiladi. Ularning orasida katta maqsadlarni közlagan isteʼdod egalari juda köp. Muhimi, ular nomiga, şunçaki mehnat qilişmaydi. hayotda qandaydir yangilik yaratişga, eski qoliplarni buzişga, yillar davomida özgarmas aqida tusiga kirib ulgurgan könikmalarga barham berişga intilişadi.
Şu haqda öylaganimda, yaqindagina Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumani hududida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida özim guvohi bölgan voqealar köz öngimda jonlanadi. Bu yerda biz fidoyi zamondoşlarimizdan biri – Faxriddin Abdurasulov bilan tanişdik. Öta samimiy, kamtar bu yigit bilan suhbatlaşiş maroqli edi. Gap-sözlaridan uning dunyoqaraşi keng, fikrlari teran ekanligini anglaş qiyin emas. Yoş bölişiga qaramasdan öz kasbining sir-asrorlarini çuqur özlaştirgani, neft-gaz qurilişi sohasida katta tajriba orttirgani şundoqqina sezilib turardi…
Haqli ravişda “asr qurilişi” deya nom olgan uşbu sanoat majmuasining mahobati va miqyosini taʼriflaşga til ojiz. Asrlar davomida kimsasiz huvillab yotgan Ustyurt daşti bugun ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan. Juda qisqa vaqt içida qurilgan zavodning baland minoralari, salobatli inşootlari özaro uyğunlaşib, tom maʼnoda yaxlit majmuani taşkil qilgan. Uzoq-uzoqlardan közga taşlanib turadigan korxona bir qaraşda sarhadsiz sahro bağrida vazmin suzib borayotgan pölat kemaga öxşab ketadi.
Korxona yaqinidagi Aqşolaq ovuli allaqaçon zamonaviy şaharça tusiga kirib ulguribdi. Bu yerda barça şaroitlarga ega yuzlab şinam uy-joylar, boğça, maktab va boşqa maişiy inşootlar barpo etilgan. Keng va ravon asfalt yöllar yotqizilmoqda. Zavodga eltadigan yölning ikki tarafida sidirğasiga bir neça qator çuqur öra kovlab çiqilganiga eʼtibor berdim. Qiziği, ekskavatorlar yordamida qazib olingan tuproq asosan sarğiş tusli gipsdan iborat edi. Maʼlum bölişiça, bu yölning atrofiga daraxt köçatlari ekiş uçun taraddud ekan. Aniqroq aytganda, bu joylarda tuproq ozgina kovlansa, bir neça metrlik öta ziç gançli qatlamga duç kelinadi. Ana şu çökindi qavati olib taşlanmasa, daraxt köçatlari zaminga ildiz otolmaydi. Ustyurt bağrida asosan mavsumiy, mört giyohlar ösişi ham bejiz emas ekan…
Gaz-kimyo majmuasi qurilişida ön beş mingdan ziyod kişi iştirok etyapti. Ular turli millat vakillari. Ular orasida özbek, qoraqalpoq yoşlari ham ançagina. Faxriddin Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilişida asosiy buyurtmaçi hisoblangan “Uz-Kor Gaz Chemical” Özbekiston – Janubiy Koreya qöşma korxonasida rahbar örinbosari bölib işlaydi. Yaşirib nima qildim, bu gapni eşitib avvaliga hayron böldim. Axir, hali soçiga bir dona oq tuşib ulgurmagan yoş bir yigitga dunyoga dovruği ketgan sanoat majmuasi qurilişida bunday masʼuliyatli vazifa işonib topşirilgani çindan ham ajablanarli edi. Keyinroq maʼlum bölişiça, u özining isteʼdodi va izlanuvçanligi tufayli ana şunday lavozimga munosib körilibdi.
Faxriddin bizni bu yerda keçayotgan mehnat jarayoni bilan taniştirdi. Gap-sözlaridan gigant korxona faoliyatini ipidan-ignasigaça çuqur bilişi körinib turardi. U gaz-kimyo majmuasining kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyotida tutajak örnini aniq raqamlar, işonarli dalillar bilan tuşuntirib berdi. hikoya qilişiça, 2012-yili Özbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi davlat rahbarlarining oliy darajadagi uçraşuvi çoğida Ustyurt hududidagi Aqşolaq maskanida asrimizning yirik qurilişlaridan biri bölmiş Ustyurt gaz-kimyo majmuini birgalikda barpo etişga qaror qilingan. Oradan bir yil ötib ana şu ulkan quriliş boşlab yuborilgan.
Umumiy qiymati qariyb 4 milliard AQŞ dollariga teng bölgan uşbu korxonani “Uz-Kor Gaz Chemical” qöşma korxonasi va Janubiy Koreyaning “GSE gc Corp”, “Hyunday Engineering”, “Samsung Engineering” kompaniyalari özaro hamkorlikda bunyod etyapti. Korxona işga tuşgaç, Markaziy Osiyoda gaz xomaşyosini qayta işlaşga ixtisoslaşgan eng yirik sanoat majmuiga aylanadi. Şu örinda ikkita muhim faktni tilga olib ötsak. “Project Finance International” xalqaro naşri uşbu majmuani quriş bilan boğliq loyihaviy moliyalaş bitimini neft-kimyo va gaz-kimyo sektoridagi yilning eng yaxşi loyihasi deya eʼtirof etgan. “Infrastructure Journal” xalqaro naşri esa Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilişi loyihasini 2014-yilning “Neft-gaz sohasidagi global bitimi” mukofoti bilan taqdirlagan.
Majmua işga tuşgaç, bu yerda yiliga 4, 4 milliard kub metr gazni qayta işlab, 400 ming tonnadan ziyod polietilen, 100 ming tonnadan ortiq polipropilen tayyorlaş imkoni yaratiladi. Qöşimçasiga 3, 7 mlrd. kub metr tozalangan gaz tayyorlab beriladi. Ana şu qimmatbaho sanoat xomaşyosining asosiy qismini Yevropa va Osiyodagi bir qator davlatlarga eksport qiliş rejalaştirilgan. Qolaversa, ikki ming nafardan köproq malakali mutaxassislar doimiy iş bilan taʼminlanadi. Yana yuzlab qöşimça iş örinlari yaratiladi.
Faxriddin bilan birga korxonaning boşqaruv markazini aylandik. Çorsi şaklidagi keng-möl zalda iş qizğin edi. Yuzdan ziyod mahalliy va xorijlik muhandislar kompyuter monitoridagi allaqanday çizmalar, jadvallar ustida işlaşyapti. Eʼtiborlisi, ular orasida özbekistonlik yoşlar köpçilikni taşkil qilar edi. hamrohimiz bizni ularning baʼzilari bilan taniştirdi. Jahongir, Baxitbek, Oydöst, Norboy, Qidirboy, Oybek kabi özbek va qoraqalpoq millatiga mansub yigitlar qurilişning muayyan uçastkalariga masʼul etib tayinlangan. hammasi xorijlik hamkasblari bilan ingliz tilida erkin gaplaşadi. Yigitlarning öz işini yaxşi bilişi yuz-közidan, dadil harakatlaridan körinib turadi.
Öşa kuni bir narsa eʼtiborimni tortdi. Faxriddin Abdurasulov özi haqida deyarli töxtalmas, köproq gaz-kimyo majmuasi qurilişi, bu jarayonda iştirok etayotgan tengdoşlari haqida gapirardi. Meni esa poytaxtda tuğilib-ösgan bu yigitning murakkab iqlim şaroiti hukm suradigan Ustyurtga yöl olişi sababi köproq qiziqtirardi. Axir, bu maskanning qahraton sovuği-yu, jazirama issiğiga bardoş beriş oson ekanmi? Ayniqsa, barça qulayliklar muhayyo bölgan tinç-betaşviş hayot tarziga odatlangan şaharlik yigit uçun…
Keçqurun Aqşolaqdagi yangi qurilgan şinam uylardan birida suhbatlaşib ötirganimizda men unga ana şu savolni berdim.
– Töğri, Ustyurtning iqlimi oğir, – dedi Faxriddin kulib. – Lekin men bunaqa şaroitga ança avval moslaşib ulgurganman. Universitetni bitirganimdan söng “Şörtangaz kimyo” majmuasiga borib işlaş uçun yöllanma berişdi. Uydagilarning roziligini olib, Qaşqadaryoga jönadim. U yerning ham qişi bilan yozi Ustyurtnikidan köpam farq qilmaydi. Avvaliga biron yil işlab, keyin uyga qaytişni rejalaştirgan edim. Lekin kasbim şunçalik qiziqarli ediki, unga butunlay berilib ketdim. Köp narsalarni örgandim. Yaxşi odamlar bilan tanişdim. Bu orada Toşkent kimyo-texnologiya institutining magistratura bosqiçida ham öqidim. Xullas, zavod men uçun qadrdon maskanga aylandi. Uni taşlab ketişga sira közim qiymasdi…
Faxriddin yoşlik ğayrati, bilimiga tayanib, tinimsiz izlandi. U Ustyurt gaz-kimyo majmuasi faoliyatini yanada takomillaştiriş yuzasidan bir neçta ratsionalizatorlik takliflarini işlab çiqdi. Loyiha hujjatlarida majmua ehtiyoji uçun işlatiladigan suvni “Taxiatoş-Qönğirot-Ustyurt gaz-kimyo majmui” quvuri orqali olib keliş közda tutilgan edi. Qahramonimiz Ustyurt şaroitida har qatrasi tilloga teng bölgan obi-hayotdan tejamkorlik bilan foydalaniş, uning sarfini kamaytiriş maqsadida korxonada işlatilgan, kam ifloslangan oddiy suvni va oqova suvlarni qayta tozalaş inşooti quriş ğoyasini ilgari surdi. U taklif etayotgan texnologik jarayon yordamida majmuada işlatilgan suvning 88 foizini qayta tozalaş imkoni yuzaga kelardi. Buning natijasida yiliga naq 1, 8 million dollar mablağni tejab qoliş imkoniyati paydo böladi!
Bu ğoya Toşkentda ham, Seulda ham qizğin munozaralarga sabab böldi. Atrofliça tahlillardan söng Faxriddin Abdurasulovning ratsionalizatorlik taklifi puxta hisob-kitoblarga, çuqur hayotiy mantiqqa asoslangani maʼlum böldi. Xorijlik mutaxassis va sarmoyadorlar ham kamsuqum özbek muhandisining zakovatiga tan berişdi. Xullas, uning taklifi yakdillik bilan maʼqullandi.
Faxriddin Abdurasulov tengqurlari bilan birgalikda majmuada gazdan elektr energiyasi oliş jarayonida bekorga sarf böladigan buğdan samarali foydalaniş usulini ham işlab çiqdi. Bu usul foydali iş koeffitsentini 82 foizga kötariş imkonini beradi. Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlardagi turdoş korxonalarda ham bu körsatkiç 50 foizdan oşmas ekan.
Mana, sizga yoşlarga xos iştiyoq, izlanişning mahsuli. Çindan ham ular özlariga yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, hayotda möjizalar yaratişmoqda. Mustaqillik davrida unib-ösgan bunday avlod bilan haqli ravişda faxrlanamiz. Zero, bu yerda Faxriddinga öxşagan yoşlar köpçilik: Jahongir, Oybek, Norboy, Qidirboy, Oydöst, Baxitbek… Ular birgalikda sahro bağrida yangi bir tarix yaratişyapti…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


