1 daqiqada öqiladi

175 marta körilgan

Yoşlik – yangilaniş mavsumi

Yoşlik faslini köpinça bahorga – yangilaniş mavsumiga mengzaşadi. Yoşlikning ustunligi ham şunda bölsa kerak: u muntazam özini yangilaydi, yangi ğoyalar, intilişlar bilan yaşaydi. Şu maʼnoda yoşlar naşri ham goh-goh öziga közgu tutib, suvrati va siyratini davr yoşlari kayfiyatiga moslamasa, qiyofasini yangilamasa, közlagan maqsadiga erişolmaydi.

Bugun biz – “Yoşlik” jurnali tahririyati ham yilning ikkinçi yarmidagi ilk sonimizni siz aziz muştariylarimizga biroz yangiça qiyofada taqdim etişga ahd qildik. Bu – ijodiy jamoamizning yangilaniş yölidagi urinişi – könglimiz tölmagan jihatlar, hali amalga oşirişimiz lozim bölgan loyihalarimiz köp. Albatta, bu borada sizning ham kömagingizga ehtiyojimiz bor. Sizning fikringiz, takliflaringiz jurnalimizni yanada öqişli qilişiga işonamiz.

Uşbu sonimizda Uluğbek Hamdamning “Yöl” romani qahramonlariga yöldoş bölamiz, taniqli şoiramiz Halima Ahmedova tutgan “Yölçiroq” yoş ijodkorlar yöliga şuʼla soçadi, sahifalar böylab birinçi kitob hayajonlariga şerik tutinamiz, sanʼat va sanoat talablari haqidagi mulohazalarimiz bilan örtoqlaşamiz, navqiron yozuvçi Nurilla Çorining “Taşvişi yöq odamlar”i bilan tanişamiz, Muhammadxon Yusupovning qisqa hikoyalaridagi hayot manzaralarini kuzatib öyga tolamiz, yoş Motsartning zukkoligi bizni zavqlantiradi, ustozlar albomiga köz taşlab, qadrli siymolarni xotirlaymiz, şeʼr va şuur sehriga berilamiz.

Albatta, qisqaça sözboşida jurnalimizning butun mundarijasini bayon qiliş imkonsiz. Yaxşisi, özingiz öqing – bir boşidan demaymiz, özingizga maʼqul bölgan sahifadan boşlab öqiyvering, muhimi, bitiklarimiz oz bölsa-da sizga maʼqul tuşsa, nigohingiz boşqa sahifalarga ham köçsa, yangi fikrlar, taassurotlar uyğotsa – baxtlimiz.

Yoşlik yodga olinganda, odatda köngillar yorişadi, “Yoşlik” jurnali ham sizga yoruğ tuyğular ulaşişiga orzumandmiz…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)