(Hikoya)
− Kelgindi.
− Sen ketmonsan, dastasi singan ketmon.
− Molboqar.
− Dala körsiçqoni.
− Köçmançi.
− Kalamuş.
Bizning dahanaki, ammo oxiri körinmaydigan uruşlarimiz mana şunday boşlanadi. Çöpon bolalar bilan ayni tuşda boşlangan janjal to şomgaça, kun hovuridan tuşguniça davom etadi. Çunki faqat şu paytda soyda çömilişni töxtatib uyga ketamiz. Aslida bir-birimizni nima deb söksak ham eşitmaymiz, ular soyning narigi, biz esa bu qirğoğida bölamiz. Suvning şovillaşida quloqlarga öz çiyillaşlarimizdan boşqa narsa eşitilmaydi. Lekin har holda yengilmaganimizga asos bor. Biz bisotimizdagi bor yomon sözlardan foydalanamiz. Yangilari tugab qolsa, raqiblarimiz aytgan gaplarni qaytarişga tuşamiz. Qölimizdan kelgani şu. Bu uruşlar men esimni taniganimdan buyon böladi. Avval akalarim urişişardi, keyin ular tinçib ketişdi. Navbat bizga yetdi. Boşida ularga nimalar deb sökkanimni aytib rosa maqtanar edim. Biroq bu heç kimni qiziqtirmadi. Keyin jang tafsilotlarimizni aytişga hafsalam ham sönib ketdi.
Bugun dalada akamga yordamlaşib qoq tuşgaça qolib ketdim. Söngra Davron bilan eşakni sekin yörğalatgança soyga yöl oldik. Juda horiganimizdan köylakni yeçib boşga soyabon qilganmiz, eşakni esa boşqarmay öz holiga taşladik. Jonivor har kuni boradigan yölini topib ketaveradi. Soyga yetgaç juda jahlim çiqib ketdi. Çöponlar biz çömiladigan joyni egallab olişgandi. Bu holdan hayron bölişimiz tabiiy. Çunki soy biz bilan ular örtasida teng bölingan. Har kimning yeri daxlsiz edi.
− Nega biz tomonga ötding, kelgindi?
− Qölingdan kelsa hayda, ketmon.
Ularning boşliği, mening asosiy duşmanim Şahboz kurka yuriş bilan menga yaqinlaşdi.
“Qörqqan nomard”− deb özimga piçirladim-da, doimgi vazmin qadamlarimda u tomonga ildamladim.
− Joy bölingan, lafzingda tur.
− Örtaga lafzni qöşma. Uni sendan yaxşi bilaman.
− Unda nimaga biz tomonga ötding?
− Bu toğliklarning odati.
− Bosqinçilikmi?
− Yöq, birga-bir qiliş.
− Men sen tomonga ötganim yöq.
− Ikkita şirbozni öğirladilaring.
− Biz sening mollaringni deb ölib turganimiz yöq.
Men öğirlikni özimdan soqit qildim-u, ammo şirbozlarning göştidan yeganim esimga tuşdi. Uni akam va jöralari öğirlaşgan edi. Buni tan olib bölmaydi, çunki yutqazgan bölaman. Sir boy bermadim.
− Sen öğirlaganlar bilan hisob-kitob qil, molboqar.
− Jiğimga tegma, dala körsiçqoni.
− Köçmançi, bevatan.
Şahboz bu gapimdan jim bölib qoldi. Men nişonga urgandim. Öşa gapni toğliklarni qarğayotganda onamdan örganganman. Bugun asqotdi. Boşimni ğoliblarga xos baland kötardim. Biroq kutmagan narsam sodir böldi. Yuzimning ostida qattiq muştni his qildim. Köz oldim qoronğilaşib ketdi. Gandirakladim, çoği. Lekin buni bildirmasligim kerak. Özimni tutdim. Zörğa tutdim. Tan oliş kerak, zarbasi juda kuçli ekan. Xuddi temir qöllarga öxşaydi. Buni şunday qoldirib bölmaydi. Bor kuçimni qölimga yiğdim-da, uning öng yuzini möljalladim. Zör zarba böldi. Boyagina hayrat egallab turgan Davronning yuzida xuşkayfiyat paydo böldi. Şahboz taraf bolalar esa yiqilib tuşgan döstlariga parvona edi. Men butunlay ğolibman. Kiyimlarimni yeçib, ozğin, çayir gavdamni quyoşda berilib keriştirdim. Özim bilan özim band bölib Şahbozning örnidan turganini sezmabman. Biqinimda nimadir uzilib ketganday böldi. Faqat, sökişib ötgan bolalarça janglarimiz tugagan, endi nihoyasiz muştlaşuvlar boşlangandi. Unga yeb qöyguday tikilib turgan közlarimdan zarba kuçidan beixtiyor yoş qalqib ketdi.
− Borib onangga yiğlab ber. Seni ovutadi.
Balki taslim bölardim, lekin bu gapidan keyin emas. Qornimni uşlab turgan qöllarimda muşt tugildi. Şahboz tomonga yugurdim. Böyniga mahkam osilib, yerga yiqitib oldim. Bir-birimizga ketma-ket zarbalar yoğdirdik. Şunçalik kuçli ekanimni bugun his qildim. Ammo Şahboz ham qolişmasdi. Baquvvat bola ekan. Köz qirimda qarab, Davron bilan Şerqözi olişayotganini kördim. Negadir Jöra bu olişuvda iştirok etmasdi. Çekkada turib goh bizga, goh Şerqözi bilan Davronga qarardi. Demak qörqayapti. Albatta, bu fikrdan kuç oldim. Lekin keyinçalik bilsam men adaşgan ekanman. Toğlik çöponlar odatida bir kişiga ikki kişining taşlanişi uyat hisoblanar ekan.
Nazarimda men yengayotganday edim. Çunki Şahboz bukilgan oyoqlarim ostida edi. U taslim bölişga hozirlanayotganday körindi.
Endi oxirgi zarbani beriş kerak. Başarasini nişonga olib qöllarimni baland kötardim. Ular zalvorli muştga aylangandi.
Endi urmoqçi bölganimda qölimni kimdir uşladi. Ögirilib tepamga qaradim. Toğ yonbağirligidagi katta olmazorning egasi Qodir ota ekan. Xayolim u bilan bölib tepişga hozirlangan Şahbozning oyoqlarini ilğamabman. Qodir ota ikkinçi qöli bilan uning oyoğini uşladi.
− Nega uruşasanlar?
− Manovi bizni çömiladigan joyga ötib olibdi.
− Uyat, bolalarim, uyat. Bir joyda yaşaydigan oğa-inilar ham muştlaşadimi?
Çol doimgi xuşçaqçaq çehrasi bilan tabassum qildi. Meni majburlab çekkaga oldi. Yuzlari tuproqqa belangan, qoşining usti yorilib qon sizayotgan Şahboz yiğlaşdan nari-beri bölib örnidan turdi. Uning qörqayotgani bilinib turardi. Çunki, çol bizning qişloqdan. U biz taraf bölişi aniq edi.
− Xöş, bir-biringizdan keçirim sörab yaraşib olasizlarmi?
Biz jimmiz. Kimning ham past ketgisi kelardi. Çol bizga qaradi-da, nimadandir afsuslanib boşini sarak-sarak qildi.
− Heç odamlarga tuşunmayman-da, özlari duşman bölsa bolalarda nima ayb? Bu odamni odam ajratişi heç tugamas ekan-da. Hatto, bolalarga ham singdirib ulgurişibdi. Ha mayli. − Qodir ota eʼtiborsiz qölini silkitdi. − Boğda hozir olma ğirq pişgan. Kim döst bölmoqçi bölsa, men bilan yursin. Olmaxörlik qilişga.
Çol hassasini döqillatib yölga tuşdi. Biz esa kim ortidan ergaşsa, taslim bölişini tuşungandik. Qilt etmadik. Ammo tomonlar ikkilanardi. Boğdagi olmalarning taʼrifini hamma bilardi. Şahboz, Şerqözi, Jöra çolning ortidan yurdi. Men şuni kutib turgandim, endi yöl oçiq. Davron ikkimiz ham ergaşdik. Boğga yetgunça heç kim çurq etmadi.
Çol orqasiga ögirilib qaradi-da, mamnun jilmaydi.
− Bu boşqa gap. Yaxşilab uqib olinglar, bir yerda yaşagan odam ğanim bölmaydi. Xudo barçani bir xil yaratgan, u oqmi, qorami, lölimi, köçmançimi − buning ahamiyati yöq. Nega indamaysanlar? Sizlarga bolalarça urişiş, bolalarça öyinqaroqlik yaraşadi. Nasl-nasab va boşqa narsalarni örtaga qöşmanglar. Qani seni oting nima edi? Daraxtga çiqib olma qoq-çi?
Qodir ota ötmaslaşib qolgan közlarini Şahbozga qisib qaradi.
− Ismim Şahboz.
− Bu burgut deganimi?
− Ha.
− Juda soz, özing ham burgutga öxşagin. Ular kuçli, baquvvat, mağrur bölişadi. Bir paytlar hov anavi, toğlarda körganman.
Çol körsatkiç barmoğini uçlari oqarib körinib turgan toğ çöqqilariga qadadi.
Şahbozning örtoği Jöra suhbatga aralaşdi:
− Bizda ularning tirigi bor. Poloponligidan boqamiz.
Hayratini yaşirolmagan Davron endi gapiraman deb oğiz juftlagandi, men turtib qöygaç gapi oğzida qoldi.
Haş-paş degunça sara olmalardan bir savatini terdik. Boğ qişloqning çetida, oxiri baland toğlarga ulanib ketgan qirlikda barpo etilgan. Juda xuşmanzara, sölim joy. Qodir ota yolğiz öğli Nodir bilan parvarişlaydi uni.
− Nega qarindoşlaring biz tomonga kelişmaydi? Sizlarda meva-çeva yöq, kelsanglar qoplab berib yuborardim.
− Bizga qişloqqa tuşmanglar deyişadi. Şuning uçun to ketgunimizça yaylovda bölamiz.
Çöpon bolalar olmalardan yutoqib yer, bu esa bizning zavqimizni keltirardi. Birinçi uçraşuvimiz unçalik köngildagidek ötmadi. Ammo biz şu paytgaça olaqaraş qiladigan bolalar bilan oramizda qandaydir yaqinlik uyğongan edi.
− Barakalla, bolalarim. Oğa-ini tutininglar, agar qişloqqa tuşişni istamasanglar mana, mening boğim. Xohlagan paytda kelib-ketaveringlar. Olmazor barça bolalarning öynaydigan joyi bölsin.
Şu kuni çömilişga bormadik. Olmazorda qoldik. Öşa yoz biz uçun boşqaça ötgandi. Çöponlar va qişloq bolalari döst tutinişdi. Hammasi emas. Men va Şahboz.
Kuzga yaqin ular ketişdi. Qişlaş uçun öz qişloqlariga.
Qiş oxirlaşdi, ammo kunlar sovuq. Toğdagi qorni endi onda-sonda öt-ölanlar yorib çiqyapti. Toğning baland joylariga, qalin yaylovlarga köçmançi çöponlar qaytişdi. Ular ötgan yilgi xaroba kulbalarini qaytadan qurişyapti. Aslida, ularning örni ham bilinmay ketgan. Çunki, har yili ketişgaç qişloq odamlari ularning uylarini yo buzib taşlaşadi, yoki yoqib yuborişadi. Lekin biror marta çöponlardan heç biri “nimaga bunday qilding” deb kelmagan. Izğirinli bahorning uzun keçalarida toğning har yer-har yerida qurilgan, xuddi bostirmaga öxşaydigan uylarining yoniq çiroqlari körinib turadi. Ular har yili to yana qiş boşlangunga qadar toğlarda bölişadi. Qişloq bilan heç qaçon aloqada bölişmaydi. Biz ularni, çöponlar bizni yomon körişadi.
Haş-paş degunça oradan ikki oyça vaqt ötdi Qodir otaning olmazori ham qiyğos hosilga kirgan. Biz vaqtimiz böldi degunça öşa yerga şoşilamiz. Qişloqda çöponlar bilan döst tutingan yagona odam biz bolalarmiz. Olmani bökkanimizça yeymiz, qorin töygaç bir-birimizga olma otiş boşlanadi. Qanday şöxlik qilsak ham Qodir ota indamaydi. Göyoki olmazor hamma bolalarning döstlik maskaniga aylanib qolgan. Men, Şahboz, çöpon bolalar va yana tatar yigit Başir ham şu yerga keladi. Ular oilasi bilan köçib kelişgan. Boşida bolalar uni turtkilaşardi, söng Qodir otaning gapi bilan biz döstlaşib ketdik. Olmazordagi ötgan har daqiqamiz gözal. Bu yerda bizni kattalarning muammolari, şunga öxşaş mayda-çuydalar ajratmaydi. Men qişloq haqida, Şahboz çöponlar haqida, Başir esa özlari haqida aytib beradi. Olmazor bolalar döstligining ramziga aylandi.
Yoz oxirlaşdi. Biz olmazorga borişni kanda qilmadik. Lekin bir haftadan buyon Şahboz va çöpon bolalar körinmaydi. Men hayron bölib Qodir otadan söradim.
− Ey, nimasini aytasan, bolam? Men bir umr çöponlar bilan yaxşi munosabatda böliş tarafdori edim. Lekin odamlar buni xohlaşmadi. Tunov kuni tört-beşta hamqişloğimiz ularning qörasiga öğirlikka tuşibdi. Bunday öğirliklar köp sodir bölgani uçun çöponlar sergak yotişgan ekan, tutib olişibdi. Talanavergaç ularning ham joniga tekkan-da, rosa döpposlaşibdi.
Çol gapirayotib çuqur xörsindi.
− Bobo, nega biznikilar çöponlarni yomon köradi?
− Yerni deb, mana şu hammadan qoladigan yerni deb.
− Qişloğimiz katta-ku, hammaga yer yetadi.
− Qaniydi kattalar ham senday öylaşsa!
Çol negadir öyçan bölib qoldi. Közlarini qayoqqadir mungli qadadi. Ammo nimaga tikilayotganini men bilolmadim.
− Işqilib bu narsaning oxiri yaxşilik bilan tugasin-da.
Qodir ota xörsinib boşimni silab qöydi.
Men u nimalar deganini unçalik tuşunmadim. Biroq kuyunib gapirişidan, jiddiy muammo ekanini fahmladim.
Keçqurun uyimizda akam örtoqlari bilan töplanişdi. Men ularning suhbatini eşikning orqasidan turib eşitdim.
− Töraning jağini ezib qöyişibdi.
Akam oğir zarbasi bilan xontaxtani bir urganda men uçib tuşdim.
− Haddidan oşib ketişdi. Indamagan sari özidan ketişyapti.
Qaysi jörasi gapirganini aniq anglolmadim.
– Ular ketişarmiş, boşqa bu yerga qaytişmas ekan, qilğilikni qilib şunday ketaverişadimi?
Akam bunga çiday olmayotgani bilinib turardi.
− Ketayotgan bölişsa, yaxşi. Lekin qilmişiga yaraşa jazo olib ketişadi. Indamay qöyib qöymaymiz.
− Nima qilamiz?
− Mol töla qörasiga öt qöyamiz.
Kattalarning bu gapidan yuragim muzlab ketdi. Nahotki, şunday qilişsa!
− Qaçon qilamiz?
Barça akamga yuzlandi.
− Şu bugunoq. Men bilan yigitman deganing borasan.
Akamning qöygan şartidan keyin hammasi qözğaldi.
Ketayotgan ular-u, qörqayotgan men edim. Aslida qoronğida bir özim yurişga qörqsam ham qandaydir kuç meni toqqa, çöponlar yoniga yetakladi. Kuçim boriça yugurdim. Ularni ogohlantirişim kerak. Köp narsada biznikilar aybdor. Çunki çöponlar qişloqning xasini ham öğirlamagan. Biznikilar esa köp marta öğirlik qilganlarini özim körganman. Qança yugurdim, bilmayman. Biroq bir marta yöldan adaşganimni bilaman. Yetib borganimda nafas olişim qiyinlaşib, öpkam oğzimga tiqilib qolganday edi. Ammo, ne köz bilan körayki, men keçikkandim. Qöra alangasi kökka örlab yonardi, çöponlar bilan yigitlarimiz örtasida esa, allaqaçon, muştlaşuv boşlanib ketgandi. Ular köpçilik, bizning yigitlar esa oz edi. Men dovdirab qolgandim. Kimdir boşimdan bir çelak suv quydi. Çöçib ögirilsam, Şahboz.
− Bu yerda bölganingni heç kimga aytmayman. Faqat, ket. Boşqa körişmaymiz.
Men aslida ularni ogohlantirişga kelganimni aytişga ulgurmadim. U çelagiga suv töldirib, molxonalari tomonga yugurdi.
Bu janjalni töxtatiş kerak, nima qilib bölsa ham. Qişloq olis. Bu yerga eng yaqin joy Qodir otaning boği. Men boğ tomonga çopdim. Quyuq olmazorni oralab çolning uyiga yetdim. Bobo nimanidir sezgan, şekilli, uxlamagan ekan.
− Bobo, tezroq yuring. Toğda janjal bölyapti. Hozir yigitlarni öldirib qöyişadi.
− Tovba, şunga yuragim bezovta ekan-da. Nodir, Nodir. Yugur, bolam. Ularni tinçlantir. Mendan çaqqonsan. Ortingdan yetib olaman.
Nodir aka toğ tomonga ildamlab ketdi.
Biz bir soatlar farqi bilan yetib bordik. Borganimizda janjal tugagan, biznikilar qoçib ketgan ekan. Çöponlar Qodir otaga indaşmaydi. Uni hurmat qilişadi. Çunki heç kimni ajratmaydigan yaxşi odam ekanini bilişadi. Açimsiq tutun hididan ular ança talofat körganini biliş qiyin emas.
− Yaxşimisiz, ota?
Ulardan yoşi kattaroq bir kişi çolga salom berdi.
− Valaykum, Murod, yaxşimisan?
− Köryapsiz-ku, ahvolni.
− Ha, xomsut emgan bandalar.
− Xafa bölmang-u, ota, siz tomon nomardlik qildi. Ular qança öğirliklar qilişmadi. Biz indamadik.
− Töğri, ammo bir kuni şunday voqea yuz berişini men bilardim. Işqilib, heç kimga zarar yetmadimi, Murod?
Haligi kişi boşini quyi soldi. Oğir xörsindi.
− Nimaga indamaysan?
− Heç kim xohlamagandi, ammo muştlaşuvda bir yigit öldi.
− Kim?
Ota ikkimiz birdan söradik. Ölay agar u akam ekaniga işonçim komil edi. Hali sovimagan jasadni gilamga örab qöyişgandi.
− Biz qişloqni tanimaymiz. Özingiz köring.
Men borolmadim. Doş bera olmasdim. Qodir ota sekin gilamni oçdi. Lekin indamadi. Örnidan turayotib bir qalqib ketdi. Heç kimning gapiga javob bermay, kelgan yölimizga ravona böldi. Men hayron edim. Qörqayotgan bölsam ham gilamni oçib kördim. Ölgan Qodir otaning öğli Nodir aka ekan. Çolning yölda biror narsa bölişidan xavotir olib unga ergaşdim. U öğlini olib ketişga ham qaytmadi. Uyiga tong yorişayotganda yetib bordik. U jimgina joyiga kirib yotdi. Men yonida qoldim. Biroq ertalabga yaqin uyqu elitgan ekan. Qattiq qörquv va çarçaşdan qança yotganimni bilmayman. Uyğonganimda tuşga yaqin payt edi. Negadir Qodir otani körmadim. Izlab boğga çiqdim. Çolni topdim. Ota qölida bolta, daraxtlarni chopardi. Qanday kuç bilan işlaganini bilmayman. Ança daraxt qulagan ekan. Qança harakat qilmayin, çolni tinçlantirolmadim. U ğazab bilan qilardi bu işlarni. Keyin indamadim. Bizning döstlik qörğonimiz qulayotganini azob bilan kuzatdim. Katta-katta olmalar yerga töp-töp etib tuşardi.
− Men olmazorni bekorga qişloq bilan toğ örtasida bunyod qilmagandim. U qişloq bilan qöra örtasida köprik bölsin degandim. Lekin bu bolamning umriga zomin bölişini bilmabman.
Ota höngrab yiğladi va olma daraxtlarini çopişini tezlaştirdi.
Muyassar TILOVOVA
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 3-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


