Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Abdulla ORIPOV bilan suhbat
– Abdulla aka, avvalo qutluğ 70 yoşingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Şu yoşda töla ilhom bilan ijod qilayotganingiz şogirdlaringizga ham yuqsin. Siz 50 yoşga kirganingizda öşa vaqtdagi Yozuvçilar uyuşmasining raisi, atoqli adib O. Yoqubov adabiyot gazetamizda kattakon bir maqola (balki essedir) bilan çiqqan edi. Maqola “Tavba, Abdulla ham ellikka kirib qöyibdi-ya!” deb boşlangani hanuz esimda. Otaxon adiblar nazdida öşa vaqtlarda ham Siz tengi şoirlar hamon “yoş şoir” deya eʼtirof etilişini biz ham kuzatganmiz. Odam ellikka kirsa ham “yoş” bölib yurişi… ğalati. Holbuki, A.Qahhor, Oybek, Ğ.Ğulom kabi özbek adabiyotining yuksak qoyalariga aqalli 65 yoş ham nasib etmagan edi. Öşa yili 31 avgustda Prezidentimiz I.Karimovning beqiyos jasorati bilan milliy mustaqilligimiz eʼlon qilindi. Jamiyat tubdan özgara boşladi. Köp ötmay davlatimiz madhiyasi yaratildi va Siz uning matni muallifi böldingiz.
Hozir öylab qarasam, men maktabni tugatgan 1981-yilda Siz qirq yoşga tölgandingiz va kitoblaringizdagi qisqa maʼlumotlarni öqib bilardikki, dovruğingiz allaqaçon Özbekistondan toshib çiqqan edi.
Bugun yetmişga kirdingiz. Ortga, zalvorli davrlarga qaraganingizda nimalar xayolingizga keladi?
– Odamning yoşi neçaga borsa ham demak, unga Xudo şu yoşni nasib köribdi, bunga heç şak-şubha yöq. Lekin qiziqasan-da: qaysi yoş özi körkam? Bunga javoban aytamanki, qaysi yoş ustida turgan bölsang, öşa yoş körkam. Çunki minib yurgan otga öxşaydi-da bu. Xoh oltmiş, xoh yetmişga, xoh saksonga kir – şu gap. Odil aka, Pirimqul aka, Jumaniyoz akalar saksondan oşib yaşadilar. Qaysi yoş yaxşi ekan deb söramaganmiz. Qandoq ham söraysan – odam bolasi uzoqroq umr körsam, deb yaşaydi-ku.
Ustoz Abdulla Qahhor, Oybek, Ğafur Ğulom, Şayxzodalar payğambar yoşiga ham yetib-yetmadilar. Abdulla aka umrining oxirlarida juda zaiflaşib qolgan edi.
Balki zamon, siyosiy alğov-dalğovlar ularning içini tökib taşlaganmikan? Şundayligi-ku aniq. Zamon asabingni tinimsiz egovlab turgandan keyin soğliq qolarmidi. Hozir, töqsonga ham çiqqan adiblarimiz bor. Lekin Oybek, Qahhorlar qisqaroq umr körgan bölsalar ham iqtidorlari nihoyatda kuçli edi. Balki buning yana bir sababi ularning ötgan asr boşlaridagi jadidçilikning şiddatli tölqinidan suzib çiqişganidadir.
Rus adabiyotida “oltin davr” deb ataladigan XIX asrni olaylik. Puşkin, Lermontov, Tolstoy, Dostoyevskiy – qança yaşaganidan qatʼiy nazar ketma-ket gurkirab ijod qilişdi. Barçalari daho edi. Bizda ham xuddi fasllar singari adabiy avlodlar almaşib turdi. Örta avloddan söng paydo bölgan Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirovlarni eslaylik – ular bizning avlod karvonboşilari edilar. Odil akaning “Muqaddas” qissasi Aytmatovning “Jamila”sidek, yangi bir qöşiqdek paydo böldi. Bu qöşiqning sadosi baland edi. Ungaça adabiyotda bunaqa asar yöq edi. Yoki Pirimqul akaning “Uç ildiz” romanini olaylik. Asarda talabalikning oltin davri barobarida hayotiy ziddiyatlar dadillik bilan tahlil etilgan ediki, bu asar ham qölma-qöl bölib ketdi.
Elliginçi yillarning oxiri, oltmişinçi yillarning boşiga kelib şeʼriyatimiz ham özgara boşladi.
Badiiy asarga nisbatan aytiladigan yetuk, örtaça kabi baholar bor. Bu töğri, albatta. Ajabo, mazkur sifatlar adiblarning özlariga ham mutlaqo taalluqlidir. Mayli, ularning hayot yöllari qançalik ziddiyatli bölmasin, barçasiga xos umumiy jihatlar ham mavjud.
Aleksandr Blok bir şeʼrida şunday deydi: ey, şoir, ertadan keçgaça qovoqxonaga kirib bökkunça içasan, sökişasan, böğişasan, çiqib çerkovga borib ibodat ham qilasan, qaytayotib yölning bir çetida yumalab qolasan. Lekin men açinsam-da, nafratlansam-da, baribir sening qavmingdanman, seni şu holingdayam yaxşi köraman…
Maydakaşlik, tarafkaşlik nafaqat adabiyotni, balki millatni ham yemiradi. Çamasi qirq yillar böldi, Farğonada xizmat safarida yuribmiz. Ertalab tursak bir şerigimiz ayyuhannos solib baqiryapti, Toşkentga, hozirgi adabiyot gazetamizga telefon qilib öşqiryapti: nega mening nomim gazetada falonçidan keyin yozilibdi, undan mening kam joyim bormi?..
Şunda öz-özimga: yo falak, şularga öxşaşdan Xudoning özi asrasin, deganman. Buyam bir ibrat.
Lekin hayotimda juda mard, tanti ustozlarni ham kördim. Ularni qömsayman. Ular avvalo Şaxs edilar. Nazarimda Şaxs böliş uçun inson 70-80 ga kirişi şart emas. U 20 yoşda bölişi ham mumkin. Yuragi katta, olijanob, bağri keng inson Şaxs bölişga haqli. Oybek, Qahhor, Şayxzoda, Mirtemirlar Şaxslar edilar. Ular qalblariga odamiylikni, rang-barang, katta adabiyotni jo qila olgan edilar.
Yaqinda yozuvçi ukamiz L.Börixonning yangi romani qölyozmasini öqidim. Uning qahramoni juda yirik Şaxs. Öylaymanki, bunday asarlar kitobxonni ham yuksaltiradi.
– Sizni Xudo yuksak isteʼdod bilan qançalik siylagan bölsa, isteʼdodda tengsiz ustozlar bilan ham şunçalik siylagandir. A.Qahhor “Munojotni tinglab” şeʼringizdan tört misra epigraf olgani va buning sababini ham bilgandaymiz. Avvalo, bu keng miqyosdagi eʼtirof ekanini ham tuşunamiz. Oybek, Ğ.Ğulom, M.Şayxzoda, Mirtemir haqidagi maroqli xotiralaringizdan voqif bölganlar bor. Nazarimda, bularni bir tizma qilsa, yaʼni qoğozga tuşirilsa naqadar ajoyib va qimmatli kitob bölar edi.
Ayting-çi, Siz ustoz yoki zamondoş sifatida ulardan nimalarni özingizga ibrat qilib olgan edingiz?
– Özim ham bu haqda köp öylayman. Yorqin isteʼdodlar, yirik şaxslar haqida yoziş yaxşi, albatta. Lekin kamina baʼzan uluğ ustozlar hayotiga oid baʼzi xotiralarni varaqlab körib, negadir könglim tölmaydi. Masalan, A.Qahhor lanj, çuçmal, ezma odamlarni mutlaqo yoqtirmas edi. Biroq Qahhor xotirlangan baʼzi asarlarda u uzundan-uzoq nutq irod etadi, maʼruzalar öqib yuboradi. Ğafur akaning ham öz feʼli bor edi. Albatta, allaqaçon marhum bölib ketgan odam haqidagi gapning töğri ekanini heç kim isbotlay olmaydi. Şuning uçun bölsa kerak, baʼzilar bu örinda özlaridan bemalol qöşib ham yuboraveradilar. Biz ularni bilmasak ekan… Axir tutilib gapirganning har biri Oybek, yoki “bötam” deganlar Mirtemir bölavermaydi-ku. Ustozlar haqida söz yuritganda avvalo ular haqida ibrat bölgulik narsalar bitiş kerak, deb öylayman. Avvalambor, u zotlarning men uçun ibrati mehnatsevarligi va bağrikengliklaridir.
Umuman, xotira yozmoqçi bölganda kişi turli andişaga boradi: yaʼni, ular bilan oş-qatiq bölgan edim, bazmu jamşidlarda birga edim, meni otiga mingaştirib yurar edi, deganga öxşaş iddaolar paydo bölmasmikan, deb öylab qolasan. Holbuki, mening Ç.Aytmatov, R.Hamzatov, Q.Quliyevlar töğrisida ham xotiralarim köp.
Biroq nima desangiz deng-u, bugungi kunda xotira yoziş haddan ziyod moda tusiga kirdi. Adabiy mardikor yollaş ham odatga aylandi. Ularni öqiganda asar qahramoni şu qadar pokizayu malaksiymo ekan-u, biz ularni bilmay yurgan ekanmiz-da, degan xayolga borasan…
Baʼzi olimlar haqidagi kitoblarda esa u haqda kim iliq gapirgani, kim bilan suratga tuşgani, qaysi yurtga safar qilgani – hammasi batafsil yoziladi. Bunday kitob balki uning öziga kerakdir, boringki, beş-önta yaqin qarindoşiga ulaşar. Bir şovvoz esa kimlardan dastxat olgan bölsa, ularni yiğib kitobga aylantiribdi. Bir qarasang, kitob çiqariş ham töyga taklifnoma çiqarganday gap bölib qoldi. Hamma narsa evi bilan-da…
Navoiy bobomiz haqidagi zamondoşlari xotiralarini öqisangiz, aksar “taʼblari nozik edi” degan jumlaga duç kelasiz. Xondamir, Boburlar ham şunday deb yozgan. Bu – hazratning injiq feʼliga işora. Bobur Navoiy turmuşi haqida yoza turib, şoirning rözğor tutmaganligini aytadi, sababi esa bizga maʼlum emas deydi. Qançalar oqilona munosabat!
Agar Bobur Mirzo miş-mişlarni ham yozib yuborganida bormi, Xudo körsatmasin, bizning vaqtimizga kelib ular yana ham bolalab ketgan bölarmidi? Bu hol aslo tasavvurga siğmaydi.
Ibn Arabşoh sohibqiron Amir Temur haqida salbiy gaplarni köp yozgan. Sababi – 12 yoşli Arabşoh Şomdan asir qilib keltirilgan, demak, uning alami bölgan. Lekin tarixçi olim özi bilmagan holda ham Sohibqironning naqadar olijanob inson ekanini qayd qilib ötadi. Amir Temur dahosini tan oladi.
Yozilgan xotira ahamiyatli bölsa yaxşi, biroq maqtançoqlik, guruhbozlik, oliftagarçilikka xizmat qilsa, u baloyi azimga aylanadi.
Örni keldi, bir gapni eslab qoldim. Yozuvçilar uyuşmasida Şeverdin degan zot bölgan. Köp akalarimizning qamalişiga şu odam sababçi bölgan. A.Qahhor qaçondir “Hayotdan ötganimda tepamda Şeverdin gapirişidan qörqaman”, degan ekan. Nadomatlar bölsinki, Abdulla aka vafot etganda şunday hol yuz berdi…
– Zamon şundoq ediki, nadomat, afsus, armon u yoqda tursin, sevgida ayriliq, hijron haqidagi şeʼriy satrlar ham taʼqib etilardi. “Nega?” degan savolni beruvçi mahkama kimlarning yostiğini quritmagan edi axir? Ularni sanab ötsak gapimiz çöziladi, albatta. Ammo unutiş ham mumkin emas-da.
Anov kuni televizorga qarab ötirsam, yoş bölişiga qaramay dunyoning köp joylariga borib kelgan sportçi yigit özbekça talaffuzda qiynala-qiynala olamda Özbekistonday, balki gözalroq joylar ham bor, lekin heç bir joyda bizdagi mehr yöq, menikiday ona yöq, mening ayolimday gözal yöq, mening uyimdagiday xotirjamlik yöq. Şuning uçun bizning çöllarimiz ham ularning boğu parkidan afzal körinadi, deyapti. Samimiyligi közlaridan sezilib turibdi.
Şunda beixtiyor qattol zamonlarda ham Vatanni, ona xalqimizni alqab bitgan köplab şeʼrlaringiz birin-ketin şuurimga oqib kira boşladi. Va banogoh, negadir, har tugul Vatanni seviş taʼqib ostiga olinmagan ekan-ku, deb öyladim. Aslida ham şundaymidi?
– Vatanni seviş oddiy gap emas. Kimdir sözamollik bilan artistlik qilib sevaman deyişi mumkin, birov oyoğiga tikan kirgani holda şu tikanzorlari bor Vatanini yaxşi körişda davom etaveradi.
Odam bolasi onaning qornidan vatanparvar bölib tuğilmaydi. Vatanni sevişga ham, iymonli bölişga ham bola örgatiladi, unga şu ruhda tarbiya beriladi. Bola murğakligidan nimaning taʼsiriga tuşsa, şu amalni qila boşlaydi.
Bir yapon askari ruslarga asir tuşib Sibir örmonlarida yaşab yuradi. Yapon imperatori asirga tuşgani uçun keçirmasligini u yaxşi biladi. Yurtiga qaytgani bilan jazosi aniq – ölim. Biroq payt kelib yapon imperatorining tuğilgan kunida surgundagilar öşa hukmdorni böralab söka boşlaydilar. Buni körgan yapon asiri alamidan şartta piçoğini oladi-yu, öz yuragiga sançadi…
Dunyoda şunaqangi vatanparvarligu oriyatlar ham bor ekan.
Najmiddin Kubroni eslang. Yoşi bir joyga borib qolgan avliyo zot, Çingizxonning siz qalʼadan çiqing, biz jang qilamiz degan şartiga javoban: ”Mening ortimda elim, muridlarim turibdi, ularni taşlab ketmayman!” deydi. Va u, özingiz bilganingizdek, yurtdoşlari bilan birga Çingizxonga qarşi jangda qurbon böladi. Albatta, Kubroning jasorati ham asl vatanparvarlikning aynan özidir. Biz esa, bunday holatlarni asarlarimizda tasvirlaganimizda, qahramonga uzun monolog öqitamiz, vatanni seviş xususida amru maʼruf qildiramiz.
Maqsud Şayxzoda bir suhbatda şundoq degani esimda: “Şekspirning dramalarida odam birdaniga ölib ketavermaydi, jon berguniça ham köp voqealar yuz beradi. Falonçining asarlarida esa qahramoni tez ölib qoladi-da… Baʼzan esa halok bölgan kimsaning iyagini boğlaş örniga bir balolarni deklamatsiya qilib gapirişadi. Kitobxon şunga işonadimi?..”
“Men neçun sevaman Özbekistonni?” degan şeʼrimda “Yurtim, seni faqat boyliklaring-çun, Sevgan farzand bölsa keçirma aslo!” degan misralar bor. Taassufki, biz aziz bilgan şu Vatanni faqat moddiy boylik manbayi deb qarovçilar ham talaygina.
Vatanni seviş taʼqib qilinganmidi, degan savolingizga kelsak, mening javobim bundoq: Özbekistonni emas, bepoyon SSSRni vatan deb kuylaş nainki lozim, balki şart edi. Özbekistonni undan alohida kuylaş millatçilik va ayirmaçilikka kirardi. Şu boisdan Vatanni jöngina “Yurtim”, deb qöya qolardik.
– Saksoninçi yillarning örtalariga kelganda – u payt biz talaba yoxud bitiruv arafasida edik – baʼzilar Sizni kitobiy tilda aytganda zamonasozlikda ayblay boşlaganlari esimga tuşyapti. Lekin Siz ularga javob qilmadingiz. ”Zamon özgardi, dunyo adabiyoti ham boşqa yösinga ötdi, adabiyot buyoğiga bizniki”, deganlarni ham kördik. Siz esa, özingizning muhtaşam şeʼriy koşonangizni tiklaş bilan band bölaverdingiz.
Keyinçalik zamon biz öylagandan köra şiddatli tus oldi. Mustaqil böldik. Mana, Uluğ Istiqlolga erişganimizga 20 yil bölayotir. Siz esa uslubingizga sodiq qoldingiz, şeʼriy şaklda ham özgariş yasamadingiz.
Yaqinda yubiley qilişga taraddud körayotgan bir şoir quloğimga şivirlaganday qilib aytdi: “Sobir, adabiyotda isteʼdodlar juda köp bölar ekan, lekin daho bitta bölarkan!..”
– Yov qoçsa botir köpayadi, degan bor gap. Lekin hamma joyda hayot mavjud. Hatto öşa qamoqxonalarda ham.
Betgaçoparlik jasorat sanalmaydi. Menga yoqmadi, deb töyni buziş mardning işi emas. Ötgan zamonlarda özini siyosiy tazyiqqa uçraganman deganlarning baʼzilari aslida kissavur, ot öğrisi bölganlar. Astağfurillo!
Hazrat Navoiy “Aytar sözni ayt, aytmas sözdan qayt”, deya ögit bergan edilar. Rost gapni ham öz örnida aytmoq lozimligini uqtirganlar.
Navoiy odob bilan salaflarini eʼtirof etadi, ularning izidan borayotganini taʼkidlaydi, söng esa şoirning özi salaflaridan ham ötkazib yozib qöya qoladi…
– Adabiyotda isteʼdodlar doim ham bölgan. Navoiy hazratlari öz muhitidagi yuzlab şoirlar haqida maʼlumot beradi. Davr hukmi şekilli, biz ularning kamginasini bilamiz.
Şöro davrida adabiyot borasida katta tanlovlar bölganini eslaş qiyin. Mustaqillikdan söng bizda ayniqsa yoşlar uçun juda köp tanlov, mukofotlar joriy etildi. 25 yoşgaça bölgan qizlar uçun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilganiga ança yil böldi. Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Ijod” jamoat fondining taşkil etilişi esa davlat rahbari I.Karimovning tağin adabiyot ahli, jumladan, yoşlarga körsatgan alohida marhamati böldi. Hozir bir qator yoşlarning kitoblari davlat homiyligida köp ming nusxada çop etilib, barça öquv dargohlariga yetkazib berildi.
Abdulla aka, bu yoşlardan Siz nimalar kutasiz? Ular içida ayriça isteʼdod sohiblarini köryapsizmi?
– Yoşlarga eʼtibor juda uluğ iş. Bu eʼtibor muhtaram Yurtboşimizning “Farzandlarimiz bizdan köra kuçli, bilimli, dono va albatta baxtli bölişlari şart!” degan daʼvatining davomidir. Yoş ijodkorlar orasida isteʼdodlilari köp. Kelgusida ularning öntasidan biri yoki yuztasidan öntasi yaxşi ijodkor bölib çiqişi, şubhasiz! Axir yuzta nihol ötqazsang, heç bölmasa, uçdan biri kökarib daraxt bölar-ku.
Ötgan asrning elliginçi yillarida yalpi adabiy saviya juda past edi. Bugungi yoşlarning saviyasi esa ança baland. Ularning yana ham yuksalişlarini, mumtoz adabiyotimizning maʼno va mazmunini, mahoratini yanada puxtaroq özlaştirişlarini xohlaymiz.
Adabiyotda mavzu çeklanmagan. Xohlagan mavzuda qalovini topib yozolsang zör asar vujudga kelişi mumkin. Birovlarga taqlid qiliş aslo şart emas.
Isteʼdodlarni yuzaga çiqariş uçun har tomonlama şart-şaroitlar muhayyo qilindi. Yoşlar bu imkoniyatdan unumli foydalana bilişlari zarur. Bizga dunyo tillarini örganiş, özlaştiriş nasib qilmadi. Qani endi farzandlarimiz orasidan nafaqat mohir tilmoçlar, balki zukko adabiy tarjimonlar ham çiqsayu asarlarimizni dunyoga köz-köz qilolsa.
Bu yil mustaqilligimizning yigirma yilligini nişonlaymiz. Adabiyot ostonasida turgan yigit-qizlar ham qariyb mustaqilligimizning tengqurlaridir. Biz bu navqiron avloddan köp narsa kutişga haqlimiz.
Muhtaram Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaşdiriş va fuqarolik jamiyatini şakllantiriş konsepsiyasi» risolalarida Özbekistonimizni yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qöşiş prinsiplarini aniq belgilab berdilar. Mamlakatimiz öşanday darajaga yetişişida yoşlar bayroqdor böladilar, albatta.
– Eʼtibor berganmisiz, bizda bibliografiya, memuar yoziş yölga qöyilmagan. Bir-birimizni qisqa eʼtirof etişga örganib qoldik. Said Ahmad domlaning Ğ.Ğulom, A.Qahhor haqidagi esdaliklari ğoyat qadrli. Çunki ular juda jonli tilda yozilgan va tabiiyki, uluğ adiblarimizning hayotda oddiy inson bölganliklarini, ayni paytda xos fazilatlarini ham yorqin anglatadi.
Demoqçi bölganim: fursati bilan Siz ham ustozlaringiz yoki sizga zamondoş bölgan tarixiy şaxslar haqida yozsangiz, juda maroqli kitob (yoki kitoblar) bölar edi. Örni bilan aytay, Siz haqingizda memuar yozmoqçi bölib yurganlar bor. Borlari, kitob holida çiqqanlari esa çala-yarim, uzuq-yuluq tasavvur beradi.
– Birovni yaxşi köriş uçun uni yaxşi biliş kerak. Birovni yomon köriş uçun esa undan ham köproq biliş lozim. Bir ijodkorni baholaş uçun uning ayrim satrlarini talqin qiliş bilan çegaralanmaslik kerak.
Umuman bilmay baholaş yomon illat. Baʼzi olimlarimiz esa annotatsiya, taqriz, eʼtirofdan iborat aks-sadolarni katta ilm deb hisoblaşadi. Baʼzan özim haqimda yozilgan ayrim narsalarni öqiganda ham hayron qolaman.
– Garçand odatiy bölsa-da, bu savolni çetlab ötolmas ekanmiz: nimalar yoziş bilan maşğulsiz?
– Bir törtligim bor:
Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
Hatto u tubanlik içra ham tanho,
Yo falak, ijoding bunça mukammal!
Bundan buyon ham kattami, kiçikmi asar yozar ekanman, inson qalbining murakkabligini tasvirlaşga harakat qilaman. Bu murakkablik esa nihoyatda teran, uning tubi körinmaydi.
Sobir ÖNAR suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


