6 daqiqada öqiladi

1 491 marta körilgan

Adabiyot – inson qalbiga yöl

Tursun Ali

Ommabop jurnalimiz «Yoşlik» «Adib xonadonida» ruknida öz mulohazalarim, xotiralarim, muşohadalarim bilan iştirok etişga tak-lif qilganida, xiyla taraddudlanib qoldim, ança vaqt (nasrda bölgani uçun) javob yozişga jurʼat qilolmadim. Aslida mavzu taniş, aksariyat suhbatlarimda bu borada imkon darajasida gapirganman ham. Yangi gap aytiş qiyin. Nimadan gap boşlaş kerak?..

Onam haqida. Darvoqe, buvim Qunduzxon opa (Quvada onani buvi deyişadi), qoraçadan kelgan, ozğin, mehnatkaş, çayir ayol bölgan. Hamişa dalam, uy-joyim, bolam, rözğorim deb jon kuydirguvçi (köp ayollar yangliğ) ona bölgan. Juda yoş bölsam-da, eslayman: soğin sigirimiz qişda molxonasiz qolganda, buvim loy keçib, molxona qurgan va öşanda qattiq şamollab bolalarim uyda yolğiz qoladi deb kasalxonada yotmagan. Buvim erta bahorda öpka şamollaşi oqibatida olamdan ötgan. Onadan olti farzand qolganmiz.

Dadam örta böy, qirğiz qovoq, qişloqda «Örmon qirğiz», «Örmon karis», deb aytilgan. Bu laqablarni xuşlamasdan baʼzilar bilan yoqalaşib qolganiga ham bolalikda guvoh bölganman. Hammaga yaxşilik qilib yuradigan inson bölgan.  Tabiatida mehribonlik, jonkuyarlik yuksak edi. Vaqti odamlarga yaxşilik qiliş bilan ötib, uy-joy taşvişlariga fursati qolmas edi hisob. Umri asosan işda, köçada ötgan. Şeʼr-lar maşq qilişimdan qattiq quvongan. Köpçilikka maqtangan. Gazetalarda çop etilgan şeʼrlarimni qöyniga solib, körgan taniş-bilişlarga entikib öqib bergan. Rahmatli dadamda mendan faxrlaniş tuyğusi baland edi.

Esimni tanibmanki, şeʼriyat, adabiyotga mehr qöyganman. Hali boşlanğiç sinfda şeʼrlar yodlab yurib, özim ham yozişga qiziqib, onamning yordamida şeʼr maşq qilganman. Ilk şeʼrim ikkinçi sinfdaligimda “Lenin uçquni” (hozirgi «Tong yulduzi») gazetasida çop etilgan. Öşa kun tun yarmida dadam uyqudan uyğotib, gazetani butun oilamizga körsatgan. Şeʼr yozişim maktabda, qişloqda şov-şuv bölgan. Sakkizinçi sinfni bitirganimdan söng dadam Toşkentga, Qişloq xöjalik texnikumiga öqişga olib kelgan. Biroq, adabiyotga qiziqişim ustun kelib, boşqa sohaga mehr uyğonmadi.

Şaharda dadamning qişloqdagi bolalik yon qöşnisi Asadulla toğanikida yaşab, kunduz bosmaxonada işlab, işdan keyin 2-sonli Işçi yoşlar keçki maktabida öqidim. Şeʼr maşq qilişni taşlamadim. Maşqlarimni olib «Guliston» jurnali boş muharriri, quvalik yozuvçi Ibrohim Rahimning oldiga borib, yaqindan tanişganman. Keyinçalik ota-boladek bölib ketdik. Köp non-tuzini totdim. Yaxşiliklarini kördim. Maşqlarim çop etilişida yordami beqiyos böldi.

Özbekiston xalq yozuvçisi Ibrohim Rahim xonadonida bir muddat yaşab, Komil Yaşin, Halima Nosirova, rassomlar Rahim Ahmedov, Abdulhaq Abdullayev, şoir-yozuvçilar Hafiz Abdusamatov, Hamid Ğulom, Şuhrat, Yöldoş Şamşarov, Asqad Muxtor, Ramz Bobojon, Abdulla Oripov va boşqa köplab sanʼatkorlar, ziyolilar bilan körişib, ularning suhbatidan bahramand bölganman. Toşkent Davlat universitetiga (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) öqişga kirişimga öşa paytlar maşhur adabiyotşunos, professor Laziz Qayumovning yordami tekkan. Hali talabalik paytimda dastlabki şeʼriy kitobim «Zangori ovoza», «Yurakdagi yozuvlar» Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat naşriyotida çop etilgan. Bugun u kitoblarimdan unçalik könglim tölmaydi. 

Endilikda qölyozmani naşr etişda şoşilmaslikni, kitob mutolaasida tanlab-tanlab öqişni, dunyo adabiyotini mutolaa qiliş zaruratini tuşunib yetdim. Juda keç. Hozirgaça ön bitta kitobim çop etilgan bölsa, faqat keyingi «Sokin hayqiriq», «Oy yaproği», «Gullayotgan yurak» nomli kitoblarim naşridan quvonaman, xolos. Garçi şeʼrlarimga ustoz Abdulla Oripov «Oq yöl» tilagan bölsa-da, köproq Rauf Parfi şeʼriyati yölidan borayotganimni his etaman. Adabiyotda köp yöl-yöriqni aynan Rauf Parfi berganini yodda tutaman. U mutolaa uçun Jorj Bayron, Nozim Hikmat, Fozil Husni Doğlarja, Garsia Lorka, Pablo Neruda, Aleksandr Blok, Imant Ziyedonis, Yanis Ritsis, Andrey Voznesenskiy singari, ingliz, ispan, turk, rus,  xullas,  dunyo şoirlari röyxatini yozib berar edi. Ularni öqişga daʼvat etardi. Balki, ozmi-köpmi, öqiganlarim tufayli baholiqudrat izlanib, yangi yönalişlar qidirardim. Menimça, Rauf Parfi yangiça izlanişlar va yönalişlar maktabidir.

Adabiyotimiz rang-barang bölişini xohlayman. Bekorga Çölpon ham aruzni öqib, bir xillik, bir xillik deb qayğurmagan. Qayğularni amalda qöllab, turk, rus, tatar va boşqa adabiyotlarni örganiş natijasida yangiça şeʼriyatga asos soldi (u bir özi emasdi). Quvonçli hol: bugun adabiyotimiz rang-barang tus olgan. Aruz ham, barmoq ham, sarbast ham rivojlanib, modern adabiyoti ham avj olmoqda. Axir, aruzni Erkin Vohidov, barmoqni Abdulla Oripov, sarbastni Rauf Parfi kabi peşqadam şoirlarimiz yangilaganidek, bugun ham şeʼriyatimiz yangilanib borayotir. Nafaqat şeʼriyatimiz, nasrimiz ham allaqaçon yangiça tus olgan. 

Bugungi adabiyotimizga nazar taşlasak, mening nazdimda, hozir yoşlar nasri yuksalib borayotir. Bu kuzatişlarimni «Yoşlik», «Şarq yulduzi» jurnallarida körayotirman. «Yoşlar kitobi», «Oltin köprik» kitoblari, ilk töplamlar mutolaasida bunga guvoh bölayotirman. Keyingi paytlarda Vatan mavzusiga köp urğu berilayotir.  Bu – töğri. Ayni mahalda har bir yozilgan şeʼr yoki boşqa janrdagi asar öz-özidan vatan va vatandagi voqea, hodisa, odamlar, narsalar haqida ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Asarlardagi manzaralar, jonzotlar, maysalar, daraxtlar, toğlar, buloqlar, yeru osmon, hamma-hammasi vatanniki bölgaç, kattami, kiçikmi, har bir asar vatan haqida böladi. Xullas, yaralgan asar vatan tarannumi, vatan madhi emasmi? Zero, Vatandagi har bir narsa Vatandir.

Boşqa bir kuzatişim hozirgi, katta adabiyotga kirib kelayotgan yoşlar haqida. Ular milliy adabiyotimizni, jahon adabiyotini ham juda kam öqişayotir. Bu ertangi adabiyotimiz uçun katta nuqson bölişi mumkin. Adabiyotimizning yana bir kasali – keçagina qalam uşlagan yoşmi, qarimi borki, kitob çiqariş dardiga yöliqqan. Hatto, uç-tört kitobi bilan elga tanilib-tanilmay, saylanmalar, jild-jild kitob-lar çop etişga kirişib ketadilar. Öz hisobi yoki kimlarningdir homiyligida, albatta. Mening naz-dimda haqiqiy adabiyotga heç qanday homiy kerak emas, adabiyot öz yölini, öquvçi qalbini özi topadi. Nazarimda, adabiyotşunoslarimiz, tanqidçilarimiz adabiyotning töğoni bölişlari kerak. Afsus… Hamma qalamkaş ham ijodkor böla olmaydi. Ijodkorni el «yozuvçi», «şoir» deb tan olmasa, yozganlari – yelvizak bölib qoladi.

Mavridi ekan, özim haqimda davom etsam. Mening ruhiyatimda hayajon kuçli bölsa kerak: manzara, holatlardan hayratlanişim çeksiz.

Rahmdillikni yaxşi köraman.

Sevgi, muhabbat, mehr tuyğularini asraşga harakat qilaman.

Gözallikni, gullarni sevaman. Har bir gulning öziga xos toti, ifori bor. Ular menga ilhom baxş etadi, ularga atab yonib şeʼrlar yozaman.

Beva-beçoralarga qayğuraman, kuyinaman.

Darveş, jununvor odamlar bilan tez döstlaşib, çiqişib ketaman. Imkoniyatim boriça kömak berişga urinaman. Jonkuyar ayolim “yölga solib” turmaganida, darveşga aylanib qolgan bölardim, ehtimol.

Iqtidorli kişilarga hurmat-ehtiromim yuksak.

Boşimda qiliç tursa-da, rost sözlaşni xohlayman.

Aldanişdan öksiyman.

Mansabparast, xudbin odamlarga yaqin bölişdan tiyilaman.

Maqtovni jinim suymaydi.

Tanqid örinli bölsa, tan olaman, suyunaman.

Adabiyot va sanʼatda rang-baranglikni xuş köraman.

Oila aʼzolarimni, garçi maqtaşga loyiq bölişsa-da, maqtaşni yoqtirmayman.

Negadir tuğilgan kunimni nişonlaşni, eslaşni, tabriklarni istamayman. Hatto, öşa kunni eslamasdan ötkazsam deyman.

 Tursun ALI (Urmanov) 1952 yilning 5 fevralida Farğona viloyatining Quva tumanidagi Toşyöli qişloğida tuğilgan. 1968 yil 2-örta maktabning 8-sinfini tamomlab, 1971 yilda Toşkent şahridagi 2-keçki işçi yoşlar maktabini tugallagan. 1981 yili hozirgi Özbekiston Milliy universitetining filologiya bölimini bitirgan.

Dastlab u “Özbekiston madaniyati” (hozirgi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida musahhih, söngra Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida, Çölpon naşriyotida, “Özbekiston ovozi” gazetasi tahririyatida va “Adolat” naşriyotlarida turli lavozimlarda işlagan. Ayni paytda Özbekiston yozuvçilar uyuşmasida adabiy maslahatçi vazifasida mehnat qilib kelmoqda.

2008-yili “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Tursun Alining dastlabki şeʼrlari “Yoşlik bayozi”, “Yoşlik” almanaxlarida bosilgan. Şundan söng, “Zangori ovoza” (1979), “Yurakdagi sözlar” (1983), “Yoruğ kunlar” (1986), “Iztirob ostonasi” (1983), “Tun tovuşi” (1993), “Yolğizim” (1995), “Uyğoq sukunat” (1999), “Tuyğular rangi” (2001, “Saylanma”), “Sokin hayqiriq” (2005), “Oy yaproği” (2008), “Gullayotgan yurak” (2009) nomli şeʼriy töplamlari naşr qilingan. Şoirning “Smena” jurnalida turkum şeʼrlari, “Granat” (rus tilida) almanaxida, Ozarbayjonda (ozar tilida) töplamlari çop etilgan. Şuningdek uning şeʼrlari ingliz, tojik, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.

U tarjimon sifatida ham faoliyat körsatib, xitoy, yapon, rus şeʼriyati namunalarini özbek tiliga ögirgan.

Umr yöldoşi Mavluda Urmanova hisobçi. 3 nafar öğli bor. Ikki farzandi oliy maʼlumotli, uylangan. Kenjasi öquvçi.

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)