Esse
Yoş ijodkorlarning “Şuʼla” tögaragi ötgan asrning saksoninçi yillarida yoş adabiyot muxlislari orasidagina emas, poytaxt adabiy muhitida ham alohida öringa ega edi. Ravşan Fayz, Çori Avaz, Aʼzam Öktam, Zamira Egamberdiyeva, Zafar Komilov (tögarak yetakçisi), Faxriyor, Rauf Subhon, Hol Muhammad Hasan, Öktam Mirzayor, Abdumajid Azim, Zulfiya Möminova, Mehriniso Qurbonova, Muhabbat Yöldoşeva kabi önlab ijodkorlar ana şu tögarakning yadrosini taşkil qilgandi. Tögarakni esa saksoninçi yillar avlodiga mansub şoira Mukarrama Murodova ön yilga yaqin boşqardi.
* * *
Mukarrama Murodova öşa paytda Nizomiy nomidagi pedagogika institutining özbek filologiyasi fakultetida dars berardi. Şoiraga yoş ijodkorlarning respublika miqyosidagi tögaragiga rahbarilik qilişi ham oson, ham murrakab edi. Oson tomoni, tögarakni yöq joydan tuziş va unga qatnaşçilarni izlaş köpam muşkul masala emasdi. Negaki, öşa paytda yoşlar, ayniqsa, talabalar orasida badiiy ijod bilan şuğullaniş urfga kira boşlagandi.
Tögarakka nom topişda Mukarrama opa tuğişgan opasidek bölib qolgan ustozi Saida Zunnunovaning ijodiga murojaat qilib, “Şuʼla”ni tanlagandi:
Olislardan kelar bu daryo,
Şuʼla öynar uning yuzida…
…Darvoqe, Saida Zunnunova hamda Mukarrama opaning qadrdonligi haqida aytmasak bölmas…
Bir safar tögarak maşğulotiga opamiz öşa davrda Şavkat Rahmonu Usmon Azimlar kabi öktam şeʼrlari bilan ajralib turgan şoira Qutlibeka Rahimboyeva bilan kirib keldi. Opaning egnidagi köz olgudek yorqin atlas köylakni körib, bugun qanday tantanali kun ekanligini söradik.
– Bugun mening tuğilgan kunim! – dedi Mukarrama opa va bizlarni hayron qoldirgança gapida davom etdi. – Aslida bugun mening emas, bizlarning, mana Qutlibekaning ham munis ustozi Saida opamning tuğilgan kuni. Özi bölganida-ku, mehmonga çaqirardik yoki özimiz köplaşib uyiga ötib kelardik. Egnimdagi marğilon atlas köylakni Saida opam sovğa qilgan. Adaşmasam, ön yillardan beri avaylab, Saida opamning tuğilgan kunidagina kiyaman.
Bir kuni vodiyga qandaydir tadbirga borib, Toşkentga qaytib keldik. Saida opam özlariga sovğa sifatida berilgan bir kiyimlik marğilon xonatalasini yelkamga taşlarkan: “Endi rözğorli kelin böldingiz! Şuni ayamasdan, tizzangizdan bir qariç tuşirib, keng-mölgina tiktirib, meni eslab kiyib yuring, maylimi?! Mening kelinligimda bular buyurmagan, poççangiz atlas oberişgayam hollari bölmay qoçib ketgan”, – degandi. Said Ahmad domla yangi kuyovligida “stalinça qatağon maşinasi”ga ilinib qolgança qamalib, yoşgina kelinçak Saida opam beş-olti yil qaynonasining yonidan ketmay domlani kutib ötirgan. “Qanoatda Saida filça bölurmi, hay-hay!” kabi baytlarni öz hayotidan olib yozgan.
Men ayni şunday ajoyib kunga Qutlibekani bejiz taklif qilmadim. Saida opam meni şogirdlikdan ham köra yurtdoşlik mehri bilan singlim degan bölsa, Qutlibekaning ijodini, odobini hurmat qilib, yonlariga olgandi.
Şu keça biz Mukarrama opa va Qutlibeka Rahimboyevaning xotiralari orqali ajoyib şoira, özbek xalqining munis farzandi Saida Zunnunovani özimiz uçun kaşf qildik (öşa paytlari hali ötgan asrning öttizinçi-elliginçi yillaridagi qatağonlar haqida oşkora gapiriladigan davrlar emasdi).
* * *
… “Şu keça” degan sözning tögarakka töğri maʼnoda boğliqligi bor. Maşğulotlar haftaning seşanba kuni keçki soat oltiga belgilangan bölib, öqiydiganlaru işlaydigan qatnaşçilarning asosiy maşğulotiga xalal bermaslik nazarda tutilgandi. Keçkida öqiydigan talabalar esa şu keça asosiy öqişidan javob olişardi. Tabiat bağriga yoki biror muzeyga sayrlar dam oliş kunlariga belgilanib, qatnaşiş majburiy emas, ön-ön beş kişi şuni xohlasa bas, yölga çiqilaverardi. Tögarakning maqomi respublika miqyosidaligining sababi, unda yurtimizning turli taraflaridan Toşkentga öqişga kelgan talabalarning iştirokidan taşqari, boşqa viloyatlardagilar vaqti-vaqti bilan poytaxtga safarlarini seşanbaga töğrilab, tögarak maşğulotida qatnaşib, bu vaqt oraliğida yozgan maşqlari haqida hisobot berib ketişardi. Bunday qatnaşçilar xuddi oliy öquv yurtining sirtqi bölim talabalari maqomida edi. Tögarak aʼzolarining boşqa viloyatlarga töy yoki uçraşuv safarlari köpinça ana şu “sirtqi”lar taşabbusi bilan amalga oşardi.
Tögarak maşğulotining boşlaniş soati aniq bölsa-da, tugaş payti har gal har xil vaqtga töğri kelardi. Maşğulot boşlanişida zalda öttiztaça qatnaşçi ötirgan bölsa, biror soatdan söng yigirmataça, yana biror soatdan söng öntaça kişi qolardi. Işi zarurlar opaga imo-işora bilan xayr-maʼzur qilgança, zaldan kişi bilmas çiqib ketardi. Har oyda albatta biror taniqli adib bilan uçraşuv belgilanardi. Bunday kunlar, töğriroği, keçalarda zaldagi örindiqlar kamlik qilganidan boşqa xonalardagi kursilar ham şu zalga taşib kelinar, joy yetmaganlar uçraşuv oxirigaça eşik yaqinida tikka turgan hollar bölardi. Ortiqça paydo bölganlar tögarak aʼzolari bölişmasa-da, maşhur adiblar bilan uçraşiş imkoni tuğilgandan foydalanib qolişar, ayrimlari kelgusida tögarak iştirokçisiga aylanib ketişardi. Uçraşuv nihoyalanganidan söng zal deyarli böşab qolgaç, tögarak öz maşğulotini davom ettirar, keçki ön birlarga borib tarqalişga tuşardik. Bu paytda köçalar sanjoblaşib, jamoat transporti ahyon-ahyonda qatnardi. Opa yöl-yölakay hamrohlar bölsa, birgalaşib taksida jönab ketgaç, öntaça yigit-qiz tungi Toşkent köçalarida şeʼr aytişgança ança joygaça poyu piyoda yurardik.
* * *
Mukarrama opaga boşida tögarakni boşqariş biroz qiyin böldi. Çunki iştirokçilar boşlanğiç sinf öquvçilarimaski, qattiqroq tikilsang joyida indamay ötirişsa. Oldi deyarli özi bilan tengdoş, salkam oliy maʼlumotli talabalar, köpçiligining şeʼrlari markaziy naşrlarda eʼlon qilinib, “yulduzlik kasali”ga çalingan… Opa ana şundaylar bilan endigina şeʼr yozişni boşlagan havaskorlarning boşini qovuştirişi, har oyda biror nomdor şoiru adiblar, tanqidçilarni uçraşuvga köndirişi, markaziy naşrlar, radio-televideniyeda tögarak aʼzolarining çiqişini uyuştirişi kerak bölardi. Opaning jonkuyarligi oqibatida 1984-yili ötkazilgan yoş ijodkorlarning törtinçi seminar-kengaşida tögarak aʼzolarining öntaça töplami muhokamaga qöyildi. Bu anjuman tögarak miqyosida “yulduz” bölib yurgan bizdek “tilla baliqça”larga “kim aslida kim”ligini körsatib qöydi va tögarakdan taşqarida ham, vohayu vodiylarda ham zör-zör şoirlar yetişib kelayotganini bilib oldik va otni qamçilaş kerakligini tuşunib yetdik…
* * *
1990-yilning mart oyida bir neça yillik taqiqdan söng Navrözga bağişlangan ilk sumalak sayli Fanlar akademiyasi va Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida akademik yozuvçi Oybek uy-muzeyida ötadigan böldi. 1989-yili Markazqömning birinçi kotibligiga Islom Karimov tayinlangan bölib, şu paytgaça milliy qadriyatlarga past nazar bilan qaraş, tahqirlaşu taqiqlaşga örganib qolgan hukmron toifalarning ildiziga suv keta boşlagandi. Şuning uçun Navrözni nişonlaş taşabbusi kötarilganda bunga eʼtiroz bildirilmadi – taşabbus ommadan çiqişi kerak, deyildi.
Bu ovoza telefon orqali işxonalarga tarqaldi. Ilk Sumalak sayliga borişni istaydigan taşkilotlar (özlarida buni ötkazişga hali yuraklari betlamasdi – bilib böladimi…) köpçilik edi. Keldi-ketdilarda özimizning opamiz – Mukarrama Murodova hamda u kişining umr yöldoşi, öşa paytdagi yoşlar gazetasi maʼsul kotibi Mirzakarim Pirmatov xizmatda bölişgandi. “Şuʼla”ning ikkinçi bosqiç aʼzolari dastyorlik qilişar, önlab tuzalgan stollarni tez-tez yangi mehmonlarga tayyorlaş lozim bölardi. Uy-muzey darvozasi öşa kuni oqşomdan keyingi oqşomgaça oçiq böldi. Kelganlar yarim soatdan oşiq ötirişa olişmas, darvoza oldida turgan fan va madaniyat namoyandalaridan tortib oddiy xodimlargaça bölgan ziyoratçilar qatorining oxiri katta köçaga qadar çözilib ketgandi. Mukarrama opa ayollarni benavbat içkariga boşlab kirardi. Sozandayu xonandalar galma-gal qöşiq kuylardi. Navröz taqiqlangan yillari bu mavzuda şeʼrlar yozilmay, qöşiqlar aytilmay qöyilgani bois ilk sumalak saylining qahramoni şoir Normurod Narzullayev bölib çiqdi. Şoirning şeʼriga bastalangan qöşiq şu kuni qayta-qayta yangradi:
Kökda kuldi kamalak,
Navrözdan u nişona!
Doşqozonda sumalak,
Öçoq boşida ona!
Mehmonlar dil sözlarini izhor qilişar, “Şu kunlarga yetkazganiga şukr!” deya törtta doşqozonda qaynayotgan sumalakni kovlaş uçun kapgiru çömiçlarga navbatda turişardi… Bu sumalak sayli mamlakatdagi birinçisi böldi. Keyingi – 1991-yili esa bunday sayillar butun yurtimiz böylab ötkazildi, markaziy televideniyeda esa bir keça-kunduzlik “Navröz marafoni” namoyiş qilindi!
* * *
Şeʼriyatimiz maktabi uzoq tarixiy ildizlarga, umrboqiy anʼanalariga ega. Şeʼriyatimiz maşʼali – Mir Alişer Navoiyning tögarakçilik maktabi, ul zotning hovlisida ötadigan “majolisun nafois”da şoirlaru maşşoqlar, rassomlaru xattotlarning yillar mobaynida şakllangan tögaraklaridan madaniyatimiz, maʼnaviyatimizga köp xizmatlari singgan ustazodalar yetişib çiqqan. Xorazm xonlaridan Muhammad Rahimxon Feruz homiyligida taşkil topgan Ogahiy tögaragi, Qöqon xoni Umarxon – Amiriy homiyligidagi Uvaysiy tögaragi bularga misoldir.
Tögarak rahbarlari xuddi maktab muallimlaridek ikki-uç umrga ega kişilardir. Ularning nomlari tarbiyalagan şogirdu öquvçilari bilan birga yaşaydi, eslanadi. Ğayratiy domla garçi Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Habibiy domlalarga zamondoş bölsada, elliginçi yillar boşida tuzgan adabiyot tögaragidan yetişib çiqqan Erkin Vohidov, Ölmas Umarbekov, Ötkir Hoşimov, Xayriddin Saloh kabi şoir va adiblarning ustozi sifatida ularga tengdoşu zamondoşdek vaqti-vaqti bilan eslanadi.
* * *
Mukarrama opa bilan tögarak tahsillari tugaganidan söng ham yaxşi munosabatlarni saqlab qoldik. Ammo tuzilganiga ön yil tölar-tölmas, töqsoninçi yillar boşida “Şuʼla” tögaragi ham öz-özidan işini töxtatdi. Odamlar bozor iqtisodiyotning yangiça qadriyatlari, yangi orzu-taşvişlari bilan yaşay boşladi.
Yoş şogirdlar davrasidan, muloqotidan davr taqozosiga köra ayrilgan şoiraga umr yöldoşi Mirzakarim Pirmatovning vafoti (1993-yil) qattiq taʼsir qildi. 2004-yilga kelib yolğiz öğli, yoşlar gazetasida işlayotgan Muzaffardan judo bölgani… Bir yilning nari-berisida Mukarrama opa biror ön yillarga qarib qolgandek, soçlari oqarib, közlaridagi quvonç şuʼlasi xiralaşdi.
…Ana şu kunlarda opa bilan Matbuotçilar uyi hovlisida körişib qoldim. Öz xayollariga andarmon bölgança ötib ketayotgan opaning yölini tösib çiqdim. Meni tanib, kaftlari bilan oğizlarini berkitgança, tez-tez söraşib ötib ketmoqçi böldi. Men ularni şunday qöyib yuborgim kelmay, nimaga oğzini berkitib gapirayotganini söradim. “Hammasi asabdan, – dedi Mukarrama opa javoban. – Tişlarim öz-özidan tökilib ketyapti. Yasama tiş tayyorlatişga ulgurolmayapman. Oyma-oy tökilyapti…” Oradan sal ötmay, 2005-yilning iyulida Mukarrama Murodova qaytiş qildi.
Şayxzoda domlaning quyma törtliklaridan birida şunday deyiladi:
Şeʼriyat diyorin şoirlarimiz,
Har uy, har köngilga baytlar bölsin yor.
Elga dastyor bölsa şeʼrlarimiz,
Demakki, umrimiz ötmabdi bekor.
Öz davrida şeʼrlari bilan elning beminnat dastyoriga aylangan, mehri bilan şeʼrparastlar qalbiga şuʼla soçgan Mukarrama Murodovadan ijodga, elga özi kabi dastyor şogirdlari qolganligi xalqimizning, adabiyotimizning baxtidir.
Olloyor BEGALIYEV
1961-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. “Sehrli uyqu”, “Yolğonga işongan daraxt”, “Rangin qorlar” adabiy ertaklar töplamlari, “Bir buloq bor”, “Jin çalgan juvon”, “Jönatilmagan maktub”, “Bekobodlik samuray” kabi şeʼriy va nasriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


