“Isteʼdod maktabi” VIII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçilarining “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida naşr etilgan töplamlarini közdan keçirarkanman, könglim allaneçuk faxrga töldi. Mualliflarning baʼzilari bilan döstligim yoki qisman tanişligim, baʼzilarini ijodi orqali bilişim, yana kimlarnidir özim uçun kaşf qilganim, xullas, bu möjaz kitobçalardan olgan taassurotlarimni qoğozga tuşirgim keldi. Buni adabiy tanqid emas, yoşlarning ijodiga bir tengdoşining munosabati desangiz, xursand bölardim. Bir tomondan, ilk töplamlarining köpi şeʼrlardan taşkil topgani, boşqa tomondan esa, nazmga oşuftaligim sabab şu yönalişda qalam tebratayotgan döstlarimiz ijodiga töxtaldim. Demak, şeʼriyat haqida gaplaşamiz.
“Bu şeʼrlar ertadir, bu şeʼrlar – taqdir”
Qölimda öndan ortiq şeʼriy töplam turibdi. Ularning baʼzilariga batafsil töxtalişga ahd qilib, kitoblarni varaqlayman. Nima topdim, bilasizmi? Mana buni:
“Bu şeʼrlar şunçaki xomxayol emas,
Bu şeʼrlar ertadir, bu – şeʼrlar taqdir”.
Dilmurod Döstning “Köksimdagi quş” kitobidagi sönggi şeʼr şu misralar bilan boşlanadi. Töplamdagi şeʼrlarni “nigoh şeʼrlari” degim keladi. Olamni taftiş qilayotgan va körayotganlarini imkon qadar sayqallab qalamga tutayotgan nigohning tortiqlari bu.
Öz böstonining eng baland daraxtiga qönib, dunyoni jim kuzatayotgan quş! Tiriklik va tirikçilik orasida andarmon odamlarga çetdan qarab ne öylarga botadi u? Odamlarga muhim tuyulgan narsalar unga kiçik körinadi. Axir, u yuqoriroqdan nazar taşlayapti-da!
Mana, nasroniy xoçni öpib ibodat qilyapti. Yerning narigi burçida musulmon toatga berilmoqda. Aslida, ikkisining maqsadi ham bir – jannatdan umidvorlik. Nega bir-biriga ğayri nazar bilan boqişadi?
Mana, varrak parvoz qilmoqda. U şamol izmiga böysunmay, quşlarga eş bölib samo kezmoqni istaydi. Osmon kengliklariga şönğir kez pastdan, yerdan kimdir varrakning ipini tortib şamol izmiga tuşirib qöya qoladi. “Parvoz tiriklikdir. Maʼnodir parvoz”. Bu – “Varrakning armonli qöşiği”.
Mana, Yer. U insonni osmondan kuçliroq sevadi. Osmondan raşk qiladi. Şuning uçun ham u bağrida bir xona qazib, insonni osmondan mangu yaşirib qöyadi.
Mana, kimdir qimmatbaho soat taqib yuribdi. Lekin vaqtning qadrini bilmaydi. Odamlar uni boy deb öylaşadi. Çunki tilla soati bor. Yö-öq, u – qul. Vaqt özining tilla kişanini uning qöllariga osib qöyibdi.
Bu quş yana nimalarni kördi. Söraylik-çi!
“Şoirlarni kördim köp qofiyaboz,
Nafasni qafasga tirkab qöyardi.
Dil söziga pulni, erkka – berk deya,
Dilga siyohini surkab qöyardi”.
U-çi? U öziga qarab nimalarni kördi?
“Millatim iymondir, bayroğim vijdon,
Butun yeru osmon Vatanim mening.
Toşlar boşim bölsa, yuragim – quşlar,
Har zarra tuproqda bor tanim mening”.
Dilmurod Döstning “köksidagi quş”i ohang izlamaydi, ohang kutmaydi. U çiroyli sayraşdan köra rost sayraşni afzal köradi. U hamma körgan narsani boşqaça köriş mumkinligini isbotlaşga urinadi. Uning şeʼrlarida dazmol köylakka sevgi izhor qiladi, Yer Osmonga çiroyli köriniş uçun qişda yuzlariga upa suradi, gung yigit özining ön barmoqli tilida sözlaydi, barmoq çiroq tugmasini öpganda xonaga zulmat yiqilib tuşadi…
Bu badiiy topilmalar qatoriga yana birini qöşiş mumkin edi. Bilasiz, yöl harakatida öng qöl qoidasi mavjud. Xalq orasida esa “Öngda – rahmon, çapda – şayton” degan naql yuradi. Demak, umr yölida ham öng qöl qoidasiga amal qiliş kerak ekan. Men şu joyga kelganda Dilmurod Döstni ayblagim keladi. Şunday gözal topilma topibdi-yu, oddiygina ifodaga singdiribdi. Şeʼr söngida şiddatli badiiy portlaş tayyorlaşning örniga “Yöl qoidasini nega buzasiz?” degan jöngina savolga joy hozirlabdi.
“Köksimdagi quş”ning aççiq entikişga yöğrilgan, öyçan haqiqatlardan sayraşi söz quşlari oşiyonida yangi navozandaning paydo bölayotganidan xabar bermoqda.
“Yuragimni yoza olaman”
“Ön sakkizim” kitobining varaqlaridan şeʼrlar emas, öynoqi jilğalar çiqib keladi. Şohista Ergaşeva qalamiga mansub misralarda yoşlikning eng inja hislari qizlarga xos nazokat va erkalik bilan bayon qilinadi. Şohista özining “Tanişuv”ida: “Otang – usta, sen kim bölarding? Olmaning tagiga olma tuşadi”, deb kamsitguçiga qarata mağrur-mağrur söz qotadi.
“Osonmi bir boğda qurt tuşirmasdan
Olmaning tagiga olma tuşiriş?!”
Şeʼr söngida esa aslidan orlanmaydigan özbek qizining sözi yangraydi:
“Döstlar, mening onam – oddiy enaga,
Men – öşa Alijon ustaning qizi!”
Şohista ozgina ginaxonlik bilan yozadi, ozgina hazil bilan yozadi, ozgina araz bilan yozadi. Uning şeʼrlarini öqir ekanman, qaysidir misralardan Çölponning Zebisi çiqib keladigandek tuyulaveradi. Uning yozmişlarida, asosan, uçta lirik qahramon harakat qiladi. Otabek, Kumuş va Zaynab uçburçagida özini Zaynab deb biladi.
“Men bekman, u bekam” debsiz,
Baxtli qilsin bekamingiz”.
(Eʼtibor bering, “bekam” sözi bilan iyhom tarzida söz öyini qilingan.)
Gohida:
“Men kim böpman,
Aytgança, uning
Oyi bor-ku peşonasida”,
– deb öksib qolsa,
gohi:
“Baxtli böl” deb qarğayman, yana…
Yana nima deyişim mumkin…?” –
deya oladi.
Bu satrlar göyo “Keça va kunduz”dagi Zebining sud majlisida sudyaga qarab: “Yö-öq, ölibmanmi öz erimni öldirib”, degani kabi soddagina hayrat bilan yöğrilgan.
“Qöğirçoq” şeʼrining gözal badiiy yeçimi kişini maftun qiladi. Asar qahramoni kiçikligida qöğirçoq öynaganida otasidan eşitgan sözlarni tarorlaydi: “Qizim, özing jajji qöğirçoğimsan, Qöğirçoq qöğirçoq öynar ekanmi?”. Közyoşga çömilgan satrlar orasidan: “Sizni özim uçun asrab qolay deb, Özimni siz uçun butkul yöqotdim” kabi misralar çaraqlab turadi.
Endi u ulğaydi. Qöğirçoğini olovga uloqtirdi. “Qöğirçoq qöğirçoq öynamas axir”. Közyoş tökar ekan, otasi uni yupatib: “Yiğlama, qizim, qöşnilar eşitsa, uyat böladi”, deydi. Qizi nima deydi deng?
“Qörqmang, siz aytgandek böladi, ota,
Bilaman, paymonam bir kun töladi.
Yöq, siz öşanda ham yiğlamang zinhor,
Qöşnilar eşitsa, uyat böladi”.
“Ön sakkizim” şeʼrida ham oddiygina sözlar badiiylik libosini kiyadi. Bu fikrimizga “Sendan butkul keçişim uçun “Xudo haqqi” deyişim şartmi?”, “Men haddidan oşgan haddingman” kabi satrlarni isbot deya olamiz. Mana bunga eʼtibor bering:
“Ön sakkizim”da modernnamo söztaroşlikka urinilgan joylar ham bor. “Xonadon” şeʼrida şunday satrlar bor:
“Darvozaga yozilgan sözni
Özim davom ettirib qöydim:
Uy sotiladi!
Uy otiladi!
Uy tiladi!
Uy iladi!
Uy ladi!
Uy adi!
Uy di!
Uy i!
Uy
U…”
Bu misralar haqidagi fikrlar boşqa maqolaga aylanib ketadi. Muhimi şuki, Şohista faqat sözlar bilan emas, harflar bilan ham badiiylik yasaşga uringanidir. Buni esa maʼqullaş kerak, nazarimda.
“Tinglaylik yulduzlar şivirin”
Humoyun Quvondiqovning “Yulduzlar şiviri” töplami “Sohibqironim” şeʼri bilan boşlanadi. Töğrisi, ajdodlarga bağişlangan yana bir madhiyamikan deb öyladim. Odatda şeʼriy kitoblar öşanday madh bilan boşlanadi. Ajdodlarning qilgan işlarini eʼtirof etsak-etmasak, bundan ularning şonu şavkatiga daxl yetmaydi. Tarixiy haqiqatni tiklaş uçun bitilgan, adabiyotga va abadiyatga doxil madhnomalar bölsa, boşqa gap. Öz davrida Abdulla Oripov va Erkin Vohidov tomonidan yaratilgan şunday asarlarni misol keltiriş kifoya deb öylayman. Ammo Humoyun na u, na bu tarzdagi madhni tanlaydi. U erkalik bilan “Sohibqironim bor, sohibqironim”, deya mağrurlanib qöyadi.
Xayol daryosining özanlari keng bölsa, yaxşi ekan. Humoyunning şeʼrlarini öqib şunday öy keçdi xayolimdan. Uning özi bilan tanişuvimiz bundan bir yil oldin Qaşqadaryoning “Loçin” oromgohida bölgan edi. Dunyoga, unda yaşayotganlarga, uni talaşayotganlarga hayrat bilan boqadigan, ijodga va adabiyotga yoşiga nisbatan ança yuqoridan qaraydigan, balki, şundandir öz yozganlarini köpda baland baholamaydigan bu bola bilan döstlaşib ketdik. Tanlov söngida: “Yaxşiyam, örin olmadim. Bölmasa, adabiyotning ahvoli şunday ğarib ekan, deb öylab qolardim”, degan edi. Uning şeʼrlarida parvoz köp. “Qanotimni qayirsang, men uçaman beqanot”, deydi bir şeʼrida. “Erksevar” köngliga “yovqur şamollarning etagini tut”işni buyuradi, şabbodadan “oydinda birga sayr etiş”ni yolvoradi, “qanoti qayrilgan beçora yerga osmonni yetaklab keliş”ni maqsad qiladi.
“Döstim, huv, anavi toğlarni qara,
Yotibdi dunyoning dardidan keçib”, –
deydi “Asotir” şeʼrida. Keyin xayolga çömadi. Nega ular bunday yaralgan? Balki…
“Balki, bu toğlar mard botirlar bölib,
Uxlagan yalmoğiz jodusi sabab.
Balki, uyğonarlar bir kuni kulib,
Yuzlariga bossa malikalar lab”.
Şeʼrlardagi baʼzi sözlarni nojoiz deb hisoblagan joylarimiz ham bor. Har tökisda bir ayb, deganlaridek, “Kenja botir” şeʼrida uning tulporini Boyçibor deya atab ketadi. Kenja botir haqidagi ertakni bilamiz, unda Boyçibor laqabi tilga olinmaydi. Boyçibor – Alpomişning tulpori.
“Sokin hayot” şeʼrida şunday satrlar bor:
“…Sokin tun… Samoda mahvaş yolğiz,”
Labimda şul oyga gullar tutaman…”
“Mahvaş” sözi “oyga öxşaş” degan maʼnoni beradi. Misra mazmunidan samoda oyga öxşaş yor yolğiz degan maʼno çiqadi. Bu yerda öxşatuvçi vosita “-vaş”ning umuman keragi yöq. “Sokin tun… Samoda tölin oy yolğiz”, desa, nima özgaradi? Keyin, labda oyga gul tutiş holatini tasavvur qila olmadim. Bunda hayotiylik yöq.
“Yulduzlar şiviri”dan örin olgan ijod namunalari şakliy izlanişlari bilan ham ajralib turadi. Sergey Yesenin ilk bor qöllagan badiiy takror şakliga bir neça şeʼrda murojaat qilinadi. Ularda öşa maşhur “Şahinam, o, mening Şahinam”ning ohanglariga hamohanglik sezilib turadi. Humoyunning “Yor kokili” ğazal-maşqi ham muvaffaqiyatli çiqqan. Aruz yölida yozilgan şeʼriy satrlar “Birinçi kitob”lardan faqat “Yulduzlar şiviri”da uçraydi.
“Öy-na-gay- no/zik- be-lid-a/ in-ja- yor- ko/ kil-la-ri,
Foilotun – foilotun – foilotun – foilun
(– V – – / – V – – / – V – – / – V –)
Ay-la-gay- hij/ron- se-lid-a/ in-ti-zor- ko/kil-la-ri…”
Foilotun – foilotun – foilotun – foilun
(– V – – / – V – – / – V – – / – V –)
“Belida” va “selida” sözlari yopiq böğin bilan tugaganida bayt ramali musammani maqsur vazniga xatosiz tuşgan bölardi. Ammo özbek tilidagi sözlarda urğu sönggi böğinga tuşişi hisobiga çözib aytilişi inobatga olinsa, bu baytni bekamu köst ğazal maqtaʼsi desa böladi. Bundan taşqari, baytda asosiy qofiyadan taşqari “öynagay” va “aylagay”, “belida” va “selida” sözlari içki qofiyani ham yuzaga keltirgan. Bu esa muallifning aruz vaznida ham mahoratini körsatişga imkoni borligidan dalolatdir.
Eng muhimi, Humoyun Quvondiqov ijodni köngil ovunçoği deb bilmaydi. Bu uning har bir şeʼrida sezilib turadi. Yuksak parvozlar orzusi, “Yulduzlar şiviri”ni tinglaş ilinji ijodkorni bir zumga bölsin tark etmaydi.
“Anorlar köksini yorib boradi”
Şohsanam Nişonovaning “Iqror” töplami bu galgi kitoblar orasida alohida ajralib turadi. Öynoqi, şu bilan birga, keskin ohang, nafis ifoda va teran mazmun uyğunligida muallifning nazmiy iqrorlari böy körsatadi. “Sen ham meni soğindingmi, Farğonajon?” degan savolning özidayoq vatan sevgisini, his etamiz, vodiyning dilkaş odamlari qiyofasi köz oldimizga keladi.
“Quva tomonlarda meni soğinib
Anorlar köksini yorib boradi”, –
deydi Şohsanam. Quvaning öşa maşhur anorlari bir qizining yölida köz tikaverib, soğinçdan köksi yorilib ketadi. Qanday gözal taşbeh! Qizi esa safardan kela solib “vatanjonim” deya otasining bağriga otiladi. Söng qizgina yana özi “million yil izlagan baxt” tomon yölga tuşadi.
Qalb esa doim bezovta. U öz egasini mudom söroqqa tutib turadi:
Özingizga özingiz
Savol berib ayting-çi,
Tanlagan yöllarda köp
Adaşib ketmadikmi?
Şunday söroqlar orasida özining nurli manzilini körgandek böladi. Ana, öşa tomondan şamollar esmoqda. “Adabiyotda toza havo borga öxşaydi”. U yölda davom etadi.
Bu maydonga yuksak parvozlar vaʼda qilib kirib kelgan opa-singillarimizning aksariyati bir-bir jimib ketadi. Ayol uçun oiladan ustun nimadir bölişi, bölganda ham uni saqlab qoliş qiyin iş. Adabiyot esa öziga baxşida bölişni talab qiladi. Şu maşaqqatni yelkaga olib söz aytayotgan şoiralar orasida Şohsanam Nişonovaning ham dadil ovozi yangrayotgani quvonarli. Bu ovoz turmuşning allaqaysi söqmoqlarida yöqolib, adaşib ketmasligiga işonamiz. Undagi dadillik bizga şuni vaʼda qilyapti.
“Iqror”ni varaqlar ekanman, yana bir jihat eʼtiborimni tortadi. Ijodkor öz atrofidagi ötkir ijtimoiy mavzularni dadil şeʼrga aylantiradi. “Imtihon” şeʼrida bilimdon qizning öqişdan yiqilişi va uning: “Nyutondan xato qilmayman, Şundan savol tuşgandi, axir”, degan daʼvosiga javoban:
“Kitoblarni olib qölingga
Qonunlarni yodlaysan, biroq
Bu hayotning yozilganidan
Yozilmagan qonuni köproq”, –
deb xulosa çiqaradi.
“Sessiya” şeʼrida baho talaşib bir-biriga ters bölib borayotgan kursdoşlariga qarab:
“Evohki, imtihon şundayin bölsa,
Qiyomating qanday bölar, Xudoyim”, –
deya dodlaydi.
Şohsanam Şarq şeʼriyatida urf bölgan noma, yaʼni xat janriga eʼtibor bilan qaraydi. “Dadamga xat”, “Mömin boboga maktub”, “Döstimga xat” kabi şeʼrlarida murojaat ohangi va köngil izhori ajib uyğunlik kasb etadi.
Fikr va söz marjon kabi terilib, qoğozga tuşdi, muqova qoplanib, “Iqror” deb nom qöyildi. Söz olamiga gözal iqrorlari bilan kirib kelayotgan yana bir ijodkorga omad tilagim keladi.
* * *
“Birinçi kitobim” loyihasi doirasida çop etilgan Mansur Jumayev, Gulruh Xudoyorova, Sayfiddin Okanov, Elyor Murod, Allayar Darmenov, Asliddin Sabriddinov, Otabek Odil, Abdumannob Mansurov singari yoş ijodkorlar qalamiga mansub şeʼriy töplamlar haqida ham şunça söz yuritişimiz mumkin.
Uy ostonasi oldida turgan odam içkari kirar çoğ oyoq kiyimining çangini qoqqani kabi adabiyot dargohining muqaddas qopqasi qarşisida turgan inson borki, öz qalbini ğuborlardan poklasin. SÖZdan maişiy ikir-çikirlar uçun, kimnidir taʼzirini beriş yoki kimgadir xuş yoqiş uçun foydalaniş ilinji bilan qalam tutadigan kimsalar bu jannatdan abadiy quvğin bölgusidir. Adabiyot, şeʼriyat faqat xalqqa va Haqqa xizmat qilişi kerak. Muhtaşam Yolğizlik saodati va betinim Mehnat maşaqqatini öz qismati deb bilmoqqa şay isteʼdodli odamgina qöliga qalam olişi lozim. Uluğ dargoh ostonasidan hatlayotgan tengdoşlarimga betizgin ilhomga mubtalolik baxtini tilayman.
Suhrob ZIYO
1996-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. “Yurak nigohi” şeʼriy töplami naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


