Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidov bilan suhbat
– Siz sevimli şoirimiz Abdulla Oripovning Milliy teatrimizda bölib ötgan 70 yillik yubiley tantanasidagi tabrik sözingizda köpçilikni hayajonlantirib yuborgan bir voqea tafsilotini aytdingiz. Yaʼni, söz sanʼatkori Abdulla Qahhorning öşa dolğali 60-yillarda Siz va Abdulla Oripovga nisbatan “Sizlarni bu ajdaholarga yem qilib berib qöymayman” deganlarini eslatganingizda ötirganlar bir qalqib tuşgandek böldi. Agar mavjud voqelik nuqtayi nazaridan olib qaraganda rostdan ham bu sözlar haqiqiy jasorat timsoli edi.
Nazarimda xuddi mana şu joyda adabiyotga sadoqat va eʼtiqod masalasi böy körsatadi. Adabiyotning yaşovçanligi va sofligi ijodkor eʼtiqodi va fidoyiligi bilan çambarças boğliq hodisaga öxşaydi. Siz bunga nima deysiz?
– Ötgan asrning 60-yillarida adabiyotga kirib kelgan yangi avlod – bamisoli navbahorning ilk boyçeçaklari böldik. Çinakam bahorga hali uzoq edi. Qiş xatari ketmagan, bir sovuq yel bizlarni ado qilişi heç gap emasdi. Lekin biz buni sezmas, öylamas edik. Tanqidlarni samimiy qabul qilardik. Köpni körgan ustozlar, qatoğon yillarini boşdan keçirgan keksa avlod bu xil ayblovlar oqibatini bilib, his etib, xavotirlanişar edi.
Ğafur Ğulom 1966-yilning aprelida Tojikiston yozuvçilari anjumaniga borar ekan, Komil Yaşinga aytib meni ham röyxatga kiritganini, yöl-yölakay bu bolaning quloğini çözib qöyaman, deb aytganini eşitganman. Darhaqiqat, u kişi öşa safardan qaytişda menga tanbeh berib: “Siyosatga töğri kelmaydigan şeʼrlar yozarmişsan. Hukumat bilan öynaşma, jimjildoqdek şoirsan. Bu davlat marşallarni ham otgan”, degani quloğimdan ketmaydi.
Bu otadek mehribon, kuyunçak ustozning sözlari edi.
Abdulla Qahhor tabiatan isyonkor adib sifatida bizni yöldan qaytariş emas, aksinça qöllab-quvvatlaş, qalqon bölişdek masʼuliyatni zimmasiga olgan edi. Öz asarlariga bizning şeʼrlarimizdan epigraf olgani, “men şu yoşlar tomonidaman, ularga tega körmang”, degan jasoratli xitobi edi.
Ijodkorlar bir-biriga öxşamaganlari kabi ustozlarimiz: Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Şuhrat, Saida Zunnunova, Ozod Şarafiddinovlarning bizga mehru ardoği ham turli yösinda bölgan. Ularning yodi oldida qarzdormiz va bu qarzni ijodkor yoşlarga mehr körsatib uzmoğimiz kerak. Siz aytgan adabiyotga sadoqat va eʼtiqod masalasi ham avvalo söz sanʼatining kelajagi töğrisida qayğurişdan boşlanadi. Adabiyotimiz oldida qayğurişga loyiq muammolar bor. Zamon yangi, avlod yangi, dunyoqaraş, munosabatlar yangi. Raqobatli dunyoda kitobning qudratli, sehrgar raqiblari köp. Avvalgi mavqeini tiklaş uçun yangi avloddan favqulodda isteʼdod va mislsiz jasorat talab etiladi.
– Har bir millat adabiyotining öz ovozlari böladi. Bu “ovozlar” öşa millat adabiyotining, maʼnaviyatining timsoli sanaladi. Ötgan XX asr özbek şeʼriyatida önlab yangroq ovozlar paydo böldi va avj pardalarda jaranglagan bu ovozlarning aks-sadosi hamon eşitilib turibdi.
Xassos şoir Abdulla Oripovning şeʼriyati özining teran falsafasi bilan, şoir Rauf Parfi ijodi şakl va mohiyatdagi yangiliklari bilan, Halima Xudoyberdiyeva, Şavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurşid Davron, Azim Suyun va Mirzo Kenjabek singari şoirlarning şeʼriyati özining betakror jozibasi va ohanglari bilan alohida ajralib turdi. Sizning ijodingizdagi Söz esa jöşqinligi va serjilo ohanglari bilan öquvçi qalbini zabt etdi.
Aytmoqçi bölganim: endilikda adabiyotimizda bu yangroq ovozlarga hamohang va safdoş ovozlar namoyon bölmayotgandek. Nima, isteʼdodning yuzaga kelişiga ham ijtimoiy-tarixiy hayotning taʼsiri böladimi?
– Har bir zamonning öz ideallari, ixlos qöygan sanʼati böladi. Milliy teatrimizning Mannon Uyğur, Yetim Bobojon rahbarlik qilgan, Abror Hidoyatov, Şukur Burxon, Olim Xöjayev, Sora Eşontörayevalar gurkiragan davrini eslang. Marğilonda Jöraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Xorazmda Komiljon Otaniyozov avj pardalarda kuylagan davrlarni yodga oling. Muqimiy nomidagi teatrni jaranglatgan Mahmudjon Ğofurov ovozi ham sanʼatimiz tarixida yorqin sahifa bölgan. Bugun endi estrada zamoni. Ovoz bormi-yöqmi, farqsiz, hamma qöşiq aytadigan böldi. Savod bormi-yöqmi, hamma qöşiqqa söz yozadigan böldi. Ovoz kuçaytirgiçlar quloq pardalarini yoriş darajasiga yetdi. Na iloj, hozirgi yoşlar şuni yaxşi köradilar.
Tegirmon navbati bilan aylanar ekan. Şeʼriyat ham qirq-ellik yil avvalgi şuhratini tiklab olar. Yoşlardan umid katta. Ularga eʼtibor va ğamxörlik ham har qaçongidan yuksak. Adabiyotimizning kelajagi muhtaram Prezidentimiz diqqat markazida turgan masalalar sirasiga kiradi. Yurtboşimiz topşiriği bilan tuzilgan «Ijod» jamoat fondi eng boy va faoliyat doirasi keng jamğarmalardan biri. Yangi taʼmirdan çiqarilgan Dörmon boği eng şinam ijod maskani bölib qoldi. Bu ğamxörliklar albatta öz hosilini berajak.
– Biz maktabni tamomlayotganimizda Hazrat Navoiyning 550-yillik töyi nişonlangan edi. Rostini aytiş kerak, biz örta maktabdan Navoiy haqida bor-yöği uç-törtta jumla örganib çiqdik. Töğri, öşa payt darsliklarida Hazratning qaraşlari, ideallari buzib körsatilgan, hukmron mafkura “musiqasi”ga moslaştirilgan edi. Bugun oradan 20 yil ötibdi. Mustaqillik yillarida Navoiy ijodini örganiş borasida juda katta işlar amalga oşirildi. Mamnuniyat bilan aytişimiz mumkinki, şu kunlarda bir guruh zahmatkaş olimlarimiz tomonidan Hazratning töliq asarlar töplami qayta naşrga tayyorlanmoqda. Ammo meni öylantirgan masala şundaki, Hazrat Navoiy haqida bugungi örta maktab bitiruvçisi, biz – 20 yil burungi bitiruvçilardan köproq narsa bilişiga işoniş qiyin. Nazarimda, örta maktablarimizdagi pedagog-kadrlar saviyasiga köp narsa boğliqqa öxşaydi…
– Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yöqmi, öqituvçilar saviyasiga boğliq. Bu haqiqatni heç qaçon esdan çiqarmasligimiz lozim. Biz endilikda şöroça mafkuradan, adabiy mezonlardan butunlay qutuldik. Adabiyotimizni, xususan, mumtoz adabiyotimizni butun böy-basti bilan körsatadigan vaqtlar keldi.
Biz uluğ adiblarimizning mumtoz asarlarini boqiy deb ataymiz. Darhaqiqat, yuz yillar, ming yillar ötib ohorini yöqotmagan ijod namunalari bor. Mumtoz adabiyotimiz namunalari orasida baʼzan şunday baytlar, misralar borki, ularni mutolaa qilgan inson qalbi va ruhiyatida ajib bir özgariş, poklaniş sodir bölganini his etadi. Bu ğazallar oddiy ilhom lahzalarida emas, ilohiy ilhom tölqinlaridan tuğilgan bölsa ajabmas. Bolalarimiz mana şu bebaho va beqiyos maʼvolardan bebahra qolmasligi kerak.
Lekin bu borada boşqa bir haqiqatni ham tan olişga majburmiz. Har zamonning öz tafakkur tarzi böladi. Bugungi yoşlar ongini har daqiqa bosib keluvçi axborot töfoni kömib taşlagan. Örta asr xotirjamligi yöq. Tomoşa, öyin-ermakning ham ming xil turi bor. Haqiqatga oçiq köz bilan qaragan inson bugun Navoiyning ommaviy mutolaa qilinmasligini töğri tuşunadi.
Men özim hazrat ğazallarini yoşlikdan öqib qalbga singdirganman va bu sohir sözdan hammaning bahramand bölişini istayman. Lekin bu şirin orzu, xolos.
Navoiyni XV asrda ham barça birdek tuşungan emas. Sözlarining mazmunini bilganlar ham söz ostida yotgan çuqur maʼnoning ildiziga yetib borolmaganlar. Buyuk şoir taşbehlarini anglaş uçun madrasa ilmi kamlik qilgan.
Hazratning muhtaşam “Xazoyinul-maoniy”sini boşlab bergan:
Aşraqat min aksi şamsil kaʼsi anvorul hudo,
“Yor aksin mayda kör”, deb jomdin çiqti sado.
– baytlarini Alixon Töra Soğuniy hazratlari bir soatga yaqin şarh qilgan edilar. Keyin anglasam, bu şarh tasavvuf ilmidan ajib bir saboq bölgan ekan.
Mirtemir domladan: “Nega ijodxonangizda Puşkin surati stol ustida, özimizning Navoiy panaroq joyda turibdi”, deb söraganimizda, ustoz şoir şunday javob bergan edilar: “Men Puşkinga tik qaraşim mumkin. Uni boşdan-oyoq öqiganman, köp tarjima qilganman. Lekin Navoiyni rostmana anglab yetmadim, barça asarlarini öqib mağzini çaqqan emasman”.
Ustozning bu sözlarini maşhur navoiyşunos olim Abduqodir Hayitmetovga aytsam, u kişi kamtarlik bilan: “Biz ham şunday”, degan edilar.
Bu sözlarim, Navoiyni öqib anglaşga urinmay qöyaqolaylik, degan maʼnoni bildirmaydi. Hazrat – özbekning ota şoiri. Uning asarlarini boşdan oyoq öqib tahlil qila olmasak-da, eng maşhur ğazal, ruboiy, tuyuq, fardlaridan, doston va masnaviylaridan bir şingil bölsa-da yod bilmasak, uluğ şoir bundoq deganlar, deb hikmatli satrlarni aytolmasak, özbekligimiz qayerda qoladi?
– Dunyo moddiylaşib bormoqda. Endilikda har bir narsa moddiy qiymat bilan ölçanadigan bölib qoldi. Kişilardagi romantik ruhiyat örnini realistik kayfiyat egallab bormoqda. Tabiiyki, bunday şaroitda odamlarni, xususan, yoşlarni kitobga, badiiy adabiyotga qiziqtiriş oson keçmaydi. Biroq kitobsiz yaşab ham bölmaydi. Şunday ekan, sizning-ça, “qiziqtiriş” jarayonini qayerdan va qay yösinda boşlagan maʼqul?
– Buning uçun qölimizda turgan imkoniyatlardan unumli foydalanişimiz kerak. Imkoniyatlarimizni farzandlarimizning kelajagi, millatimiz maʼnaviyati, adabiyotimiz ravnaqi uçun foydali işlarga safarbar etişimiz lozim.
Bugungi kunda internet deyarli har bir xonadonga kirib ulgurdi. Biroq televideniye ommaviylikda özining yetakçi mavqeini böşatib bergani yöq. Uni hamma köradi, eşitadi. Elga tanilişning yöli – televideniyeda köriniş. Qaysi xonanda televizorda köproq çiqsa, töylarning töri uniki. Şoir, yozuvçilar töyga yurmaydilar, televizorda çiqişdan manfaatlari yöq, oynayi jahondan özlarini tortib yuradilar. Bu töğri emas, albatta. Elga körinib turiş, el içida böliş odamlarda adabiyotga, kitobga mehr uyğotiş uçun kerak. Axir mehr közda degan gap bekorga aytilmagan.
Biz özbeklarda istihola kuçli. Özni namoyon qilişdan tortinamiz. Axir bizning önlab noyob isteʼdod egasi bölgan, yurt ardoğidagi şoirlarimiz, yozuvçilarimiz bor. Ular zinhor televizorda körinmaydilar. Şeʼrlari öqilsa ham kadr ortidan, muallifi aytilmay öqiladi. Bu kamtarlikning foydasidan zarari köproq.
Şu örinda bir voqea esimga tuşdi. Saksoninçi yillar edi. Meni örtaça lavozimdagi vazifaga tayinlaş uçun hujjat tayyorlayotgan yuqori idora mansabdori tarjimayi holimni öqib şunday degan edi: “Men sizni jiddiy rahbar deb öylasam hali şeʼr ham yozasizmi?”
Bunday tuşunça hamon yöqolmagan körinadi. Bizning tortinçoqligimiz adabiyotni öldirişi mumkin. Yana takror aytaman, ulkan raqobat asrida yaşayapmiz. Inson qalbidagi hududning har qariçi uçun kuraş ketayotgan zamon. Biz çekinayotgan qöşin kabi ançagina hududimizni boy berdik. Muhtaram Yurtboşimizning ötgan yil Yozuvçilar uyuşmasi raisi bilan qilgan muloqoti va badiiy ijodga ulkan şaroitlar yaratib bergani bejiz emas. Adabiyot hamişa maʼnaviyatning oldingi qatorida borgan va şunday bölişi kerak. Buning uçun yetarli kuç-quvvatimiz bor. Endi öşa istiholani yiğiştirib, xalq bilan muloqotning hamma şakllaridan foydalanişimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burçimizdir.
– Erkin aka, ijodkor öz hayratlarini saqlab qolişi bilan boşqalardan ajralib turadi. Suhbatimiz yakunida bugungi kun hayratlaringiz va ijodiy rejalaringiz haqida sörasam maylimi?
– Men boşqa asrda, boşqa zamonda tuğilib, yaşab, boşqaça bir davronda hayot keçirayotgan odamman. Bunday evrilişni xayolga siğdiriş qiyin. Men ham, har daqiqa hayrat içida yaşayman.
Keyingi bir yil içida ijodiy iş bilan köproq şuğullanyapman. Bunday imkoniyatlarga ega bölganimdan boşim kökda. “Yoşlik”ka hisobot berib qöyay: ötgan yil “Orzuli dunyo” va “Tabassum” deb atalgan ikki kitobim çiqdi. Şeʼrlarim matbuotda muntazam eʼlon qilinmoqda. Keçagina “Şarq yulduzi”ga bir turkum şeʼrlar yubordim. Öqirsiz, baho berarsiz.
Suhbat söngida özim birinçi muharirir bölgan “Yoşlik” jurnali ijodiy xodimlariga, muştariylariga qizğin salom va eng yaxşi tilaklarimni yöllayman. Istiqlolimizning yigirma yilligi hammamizga muborak bölsin!
Suhbatdoş: Alişer NAZAR
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 5-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


