Bugungi yoşlarga – ozod va mustaqil Vatanda tuğilib, dunyoning heç bir mamlakatida topilmaydigan va balki ayrimlari hali özlari ham oxirigaça anglab yetmagan imkoniyat va imtiyozlar davlatida yaşayotgan yoşlarimizga juda havasim keladi.
Bizning yoşligimiz boşqa davrga töğri keldi. U davrda bizning “bizniki” bölmagan Vatanimiz mening qişloğimdan boşlanib, aslida bizniki bölmagan poytaxtning qizil rangli maydonidan ötib, Sibir deb atalmiş kengliklarga tutaşib ketardi. Uni “bepoyon ölka” deb kuylaşardi. U hammaniki edi va ayni paytda heç kimniki ham emas edi. Zotan, öşa zamondagi tuşunçamiz böyiça, “hammaniki” sözi “heç kimniki” degan maʼnoni berardi-da… Töğri, bu “saltanat”ning egalari bor edi, ammo ular biz emas edik…
Xullas, u davrda “meniki” deyiş şubhali tuyulardi. Masalan, “mening respublikam” deb aytiş uçun ham jasorat kerak edi, nazarimda. Negaki, buning ortidan “millatçilik” degan xavfli ayblovga duç keliş heç gap emas edi. Şunga qaramasdan, ötyurak şoirlarimiz “Özbegim”, “Özbekiston – Vatanim manim!” deya hayqirib, milliy ğururimizni oziqlantirgan edi.
Talabalik davrimizda Spitamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi singari qahramonlarimizning nomini faxr bilan tilga olardik. “Öğlimning ismini Temurmalik qöyaman, Jaloliddin qöyaman”, deya talaşardik. Jahon çempionatlarida nega futbol terma jamoasiga özbeklarni olişmaydi, hamma teng bölgan davlatda har bir respublikadan öyinçi olinişi şart, deb jiğibiyron bölardik. Nega bir oylik til amaliyoti paytida biz, çet tillarining bölajak mutaxassislari muloqotda bölgan xorijliklar Özbekistonni bilmasligidan, bizni “mustamlaka” ölka deyişlaridan ajablanardik.
Xullas, bizga “nimadir” yetişmayotganligi ulğayganimiz sayin yanada köproq bilina boşlardi…
Asriy muzlarning köçişi
Ötgan asrning saksoninçi yillarining oxirlariga kelib, bizdagi oğriqli savollarni röyi-rost katta minbarlarda ayta oladigan siyosiy arbob tarix sahnasida paydo böldi. Bu hayron qolarli vaziyat edi. Ilk marta mahalliy rahbarning siyosati “markaz” siyosatidan farq qila boşlagan hayratli zamonlar keldi. Otamning uruş va mehnat faxriysi sifatida muallim öğliga, yaʼni menga uy-joy olib beriş uçun qilgan barça harakatlari zoye ketib turgan, “rais bobo”lar “Sizga uy-joy berib, boşim ketsinmi?!” deb qaqşab turgan bir paytda qandaydir möjiza yuz berdi. Heç kutilmaganda qişloğimizdagi barça yer sörab yurganlarga katta paxta dalasini uy-joy uçun taqsimlab berişdi! “Markaz” deb atalmiş bir “dev” yildan-yilga paxta hosilini köpaytirişni talab qilib turgan bir paytda, boğlar kesilib, paxtazorlarga aylantirilayotgan, paxtazorlar daryolarimiz qirğoğigaça yetib borgan bir zamonda paxtazorlarning bunday taqsimlanişi işoniş juda qiyin bölgan favqulodda bir hol edi! Siyosatda “nimadir” özgarayotgani aniq edi… Keyin anglasam, yer beriş voqeasi bizning turğunlik davriga moslaşib qolgan ongimizni ostin-ustun qilib yuborgan voqealarning ibtidosi ekan, xolos. Köp ötmay, özbek tilimizga davlat tili maqomi berildi. Bu voqealardan hayratimiz sovimay turib, Özbekiston Respublikasi suvereniteti töğrisidagi deklaratsiya eʼlon qilindi, Prezidentlik lavozimi taʼsis etildi! Aytayotganlarim öşa davr uçun nihoyatda jasoratli qadamlar edi.
Dunyo havasda
Qolgan voqealarning qanday keçgani tarix darsliklarida yaxşi yoritilgan. 1991-yilning 31 avgustida olamşumul siyosiy voqea yuz berdi. Prezidentimiz Islom Karimovning siyosiy jasorati sababli dunyo xaritasida “ÖZBEKISTON” nomli yangi va mutlaqo mustaqil davlat paydo böldi. Bugun mening davlatimni dunyo tanidi, dunyo tan oldi. Yuzdan ortiq davlatlar bilan aloqalarimiz bor. Xalqaro siyosiy maydonda öz örnimiz, öz sözimiz bor. Taraqqiyot darajamizga boşqalar havas bilan qaraşmoqda. Yurtimizdagi tinçligimiz va barqarorligimizni özlarida ham körişni orzu qiladigan xalqlar köp. Darvoqe, bundan bir neça kun avvval Fransiyaning Anje şahridan Andre Allar xonim qönğiroq qilib qoldi. Parijdagi xunrezliklardan gapirayotib, “Bizlar köçaga çiqişga qörqib qoldik. Sen yaxşimisan? ” deb söradi. Men esa “Har doimgidek töydaman. Qişloğimga töyga kelganman, musiqa ovozini eşitayapsanmi?” dedim. Xonim “Ha, rosa havasim kelayapti sizlarga”, deb javob berdi. Darvoqe, Allar xonim 84 yoşida Özbekistonimni men bilan kaşf etgan. Bungaça xonim dunyoning ellikdan ortiq mamlakatida bölgan ekan. Bilasizmi, u menga nima degan edi? Bu safari oxirgi sayohatga çiqişi ekani hamda sayohatini şunday gözal va betakror yurt bilan yakunlayotganidan juda ham baxtiyorligini aytgan edi. Men unga işondim. Çunki qariyb yigirma yillik tarjimonlik faoliyatimda bunday tölqinlanib aytiladigan, yurakning tub-tubidan çiqadigan samimiy eʼtiroflarni va yurtimizga atalgan maqtovlarni minglab sayyohlardan eşitganman. Şunça odamga işonmay böladimi, axir?!
Faxr va masʼuliyat
Bilasizmi, fransuzlarda “Le Larousse” nomli qomusiy luğat bor. Uni birinçi marta qölga olganimda, şoşilgança zarvarağini oçib, dunyo davlatlari bayroqlari orasidan milliy bayroğimizni izlaganman. Topganman. Meni hayronlikda kuzatib turgan fransuzga “Bor ekan! ” deb hayqirganim esimda. U mendan “Nima bor ekan?” deb ajablanib söragani ham yodimda. “Bayroq!” dedim hayajonlanib. Albatta, men uçun muqaddas bu sözni uning tilida aniq talaffuz bilan aytdim. Biroq, u meni, töğriroği, mening hayajonimni tuşunmadi… Tangadekkina joyni egallagan mustaqil yurt bayroği suratini xorijda çiqqan kitobda köriş baxti nima ekanligini u qayerdan bilsin?!
Tanasi boşqa dard bilmas, u men yaşagan davrni, balki özim ham işonib-işonmay kutganim OZODLIKning men uçun qançalik qadrli ekanini qanday anglasin? Axir, u ozod yurtda tuğilgan edi.
Bizlarning ham farzandlarimiz öziniki bölgan yurtda, ozod mamlakatda tuğilayotgani esa tengsiz baxtdir.
Endi faxr tuyğusi haqida muxtasar bir fikr bildirsam. Men kasbim taqozosi bilan, har yili yurtimizga sayyoh sifatida keladigan fransuzlar va boşqa mamlakatlarning fransuz tilida sözlovçi fuqarolariga yurtimizni taniştiraman, ularga nafaqat tarixiy obidalarimiz, balki yurtimiz tarixi, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va anʼanalarimiz haqida maʼruzalar qilaman. Mana şu jarayonda ularning közlaridagi hayratni körib, şunday yurtda yaşayotganimdan faxr tuyaman.
Yurtboşimiz Islom Karimovning 2014-yil Samarqand şahrida bölib ötgan Jahon sayyohlik taşkiloti ijroiya kengaşi 99-sessiyasining oçiliş marosimida sözlagan nutqida mamlakatimizga bir yilda dunyoning yetmişdan ortiq davlatidan ikki milliondan ortiq sayyoh kelgani taʼkidlangan edi. Buni men har yili Özbekiston haqida ikki milliondan ortiq hayrat dunyoga yoyiladi, deb tuşunaman. Bunda mening ham ozgina bölsa-da hissam borligidan behad ğururlanaman.
Şu örinda, nokamtarlik bölsa-da, sayyohlar köp bora takrorlaydigan minnatdorlik sözlarini bayon qilsam: “Bizga Vataningni sevdirganing uçun rahmat!”. Bu menga farzandi tufayli maqtov eşitadigan ota-onalarning ğururini eslatadi. Faqat, bu örinda ozgina farq bor – men Ona Vatanim tufayli şunçalar maqtov olayapman.
Bugun “Mening Vatanim, mening xalqim, mening poytaxtim!” deya faxr bilan sözlaş BAXTiga sazovorman. Bu söz yurtim uçun, uning kelajagi uçun men ham masʼul ekanligimni doimo eslatib turadi.
Murodxon ERGAŞEV
1960-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetini tugatgan. “Salom, bu – men” şeʼriy töplami çop etilgan. “Proverbes et dictons d’Ouzbékistan” ("Özbekistonning maqol va matallari”), “Alişer Navoiy. Gazels” (“Alişer Navoiy. Ğazallar”) nomli tarjima kitoblari Parijda, “Un jour Nasreddine” (“Bir kuni Nasriddin”) kitobi Toşkentda fransuz tilida naşr etilgan.
“Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


