16 daqiqada öqiladi

710 marta körilgan

Ruhning ozuqasi maʼnaviyat bozorlaridadur

Mirzo Kenjabek

Könglimda adabiyotga ilk muhabbat bolalik davrimdan uyğongan. Hazrati Boyazid Bistomiy öz hollarini “onadan tuğma davlat” deganlar. Albatta, har bir şoirning şoirligi hali tuğilmasidan boşlanadi.

Yozgan şeʼrlarimdan köra yozmaganlarim köproq.

Ota-onam faqat mehnat-maşaqqat içida yaşadilar.

Onam beş yoşda otalari, sakkiz yoşda onalaridan ayrilib, yetim ösgan ğariba ayol, akamni öziga ota qilib olgan, meni aka, ukalarimni uka, amaki va toğalar qilib olgan edilar. Keyin singillarim: onamning ona va opalari tuğildi. Bu yuksak martabalarimiz dilimga ğamginlik berib, közimni yoşlatar edi. Öşa ilk ğamlarim, köz yoşlarim könglimda uyğongan ilk şeʼrlar bölsa, ajab emas.

Beş yaşarligimda uç yaşar singlim suvda oqib ketib, vafot böldi, onam tegirmon tagidan topib çiqdilar. Onamning ölik qizçani bağriga bosib faryod çekkanlari, ehtimol, ilk şeʼrlarimdir.

Qişning uzun keçalarida akam ikkimiz onamga va biznikiga kelgan qöşni ayollarga xalq dostonlarini öqib berar edik. Eng ğamgin joylarida akam çiqib ketar, men yiğlab, davom ettirişga majbur bölar edim. Masalan, Xolbikaning ikki öğli dorga osilyapti, u najot qidirib, bözlab, dorning oğoçiga salom beradi: “Assalomalaykum, dorning oğoçi!” – deya zolimlar qalbiga şafqat solmoqçi böladi. Balki, öşa riyosiz yiğilar ilk şeʼrlarimdir.

Keyin zamona adiblarining roman va qissalarini öqiydigan böldik. Qaysi asarni öqisam, uzoq vaqt uning taʼsirida yurar va özimni kitobning ijobiy qahramonidek his qilar edim. Söng maqolalar yozişni örgandik. “Sariosiyo haqiqati” gazetasida “Dalalardan daraklar” ruknida Sirojiddin Sayyid bilan ikkimizning maqolalarimiz çiqa boşladi. Biz bir vaqtda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetiga öqişga kirdik va tanişdik. Keyinçalik Sirojiddin bir şeʼriy kitobimga yozgan taqrizini “Yuraklardan daraklar” deb ataganida öşa bolalik davrlariga işorat qilgan edi.

Islom degan döstim doimiy suhbatdoşim va sirdoşim edi. Biz har bir öqigan asarimizni kunlar böyi muhokama qilar edik. Maktab davrimizdayoq Sergey Yeseninning “Zamin darğasi” kitobidagi köp şeʼrlarni yod olgan edik. Men unga özbek adabiyotining mumtozlarini bildirsam, u menga fors-tojik adabiyotining mumtozlarini bildirar edi. Şunday qilib, Hofiz Şeroziy, Saʼdiy Şeroziy, Hiloliy şeʼrlarini öqiydigan böldik.

Ilk şeʼriy maşqlarim öşa davr (70-yillar) yoki maktab muhitiga mos bölib, şeʼr degulik emasdi. Şuning uçun talabalik davrimdagi “Momojon” şeʼrimni ilk şeʼrim desam, bölar. Bu şeʼrim bilan ustoz Abdulla Orifning nazariga erişgandirman. Öşanda Milliy universitetning uçinçi kursida öqirdim. Talabalar şaharçasida taniqli şoirlar bilan erkin ijodiy muloqotlar köp bölar edi. Qişki imtihon vaqti, filologiya fakulteti yotoqxonasidagi bir anjumanda menga navbat berilib, “Momojon” şeʼrimni, kutilmagan olqişlardan keyin Loyiq Sheralidan tarjima qilganim – “Öşanda yetarlar şoir qadriga” degan şeʼrni öqigan edim.

“Yoşlik” almanaxiga şeʼr berib, aziz ustoz Erkin Vohid yöqloviga erişdim. Şoir Mirpölat Mirzo meni Erkin Vohid qidirayotganini aytdi, “Yoş gvardiya” naşriyotiga kelganimda boş muharrir bölmiş ustoz huzuriga boşlab kirdi. Şeʼriyatimizning haqli darğalari bölmiş ikki buyuk ustoz nazaridan har kim ham ruhlanar edi.

Törtinçi kursligimda yoş ijodkorlarning soğlom minbari bölgan “Guliston” jurnalida ikki şeʼrim çiqdi, keyinroq bir turkumim tayyorlandi. Boş muharrir Asqad Muxtor: “Heç sölmas bahorlar tilayman senga!”, degan satrimni turkumga öz qöli bilan sarlavha qilib tanlagan edi. Şunda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi taşkil topib, Asqad Muxtor unga muharrir böldi, “Guliston”ning yangi muharriri 4-sondan bir yarim sahifalik şeʼrimni olib taşladi. Qölyozmani tahririyatdan olib, Asqad Muxtorga kiritib berdim. Fidoyi ustoz turkumni gazetada çop etdi. Öşa “Heç sölmas bahorlar tilayman senga!” – degan yozuvni rahmatlik Asqad Muxtorning ezgu duosi deb bilaman.

1982-yilda “Maktublarim” nomli ilk kitobim çiqdi. Albatta, u mahaldagi hayajonlarning tavsifi yöq. Nomi asli “Adaşgan maktublar” edi, naşriyot kengaşida kitob nomiga eʼtiroz bölib, “Maktublarim” bölib qoldi. Lekin muqovaga işlangan rasmdan to hanuz uyalaman.

Kitob haqida kelgan maktublar içida Tursunboy Adaşboyevning Öşdan yöllagan xati eng ruhlantiruvçi, mağzi töq eʼtirofnoma edi. Bu mitti kitobça va “Quyoşga qaragan uy” nomli ikkinçi kitobçam korrekturasi bilan Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga qabul qilindim.

Xoh ijodda, xoh ilmda bölsin, izlanişdan töxtagan yoki hayotda biror dovonga yetgan kişi ötmiş xotiralarini sözlovçan bölib qoladi. Men özimni izlanişda deb hisoblayman. Lekin köpçilikka ibrat bölgulik xotiralarim ham yöq. Hayotim tengdoş qalamkaşlar hayotiga öxşaş: deyarli butun bolaligim paxta dalalarida ötgan. Buning ustiga, söz sanʼatida qoilmaqom kaşfiyotim ham zohir emas.

Ötmişimga nazar taşlasam, faxrlangulik, yupangulik bir holni körmayman. Bolalik davrimizda diyorimizda, yaqinlarimizda qança uluğ zotlar, şayxlar, valiylar, allomalar bölgan, lekin biz ularning ilmu maʼrifati olamidan bebahra ösganmiz. Behisob şukronam şundaki, keyinçalik Alloh taʼolo menga gözal maʼnaviy neʼmatlarini ato ayladi.

Hayotda köp yaxşi odamlar va yaxşi ustozlarga duç keldim. Şeʼriyat sirlarini birov boşimda turib örgatmagan bölsa-da, hayot özi muallimlik qildi.

7-8-sinfda öqirdik, bir kuni Saidqul degan sinfdoşim hovliqib Abdulla Orifning kitobini topib keldi, hayajonlanib, “Onajon” degan şeʼrini öqidi. Şeʼriyat haqidagi ibtidoiy qaraşlarim barbod böldi. Şeʼrda inson qalbini, dardini, rost gapni yoziş mumkinligini, ehtimol, ilk marta öşanda his qilgandirman.

Maktab sahnasida muşoira va musobaqalar köp bölar edi. Bir anjumanda bizdan quyiroq sinfdagi Ergaş Salimov degan maktabdoşim Erkin Vohidning “Özbegim” şeʼrini jaranglatib öqib qoldi. Hammani hayratda qoldirdi. “Bu şeʼrni qayerdan topding?” desam, “Akam Toşkentdan olib kelgan kitobda bor”, dedi. (Akasi Muhammadqul Salimov qişloğimizdan ToşDUning filologiya fakultetida öqiydigan yagona şaxs edi, söng harbiy sohani tanladi.) Bu şeʼr bizning köplab soxta tantanali şeʼrlarimiz va mahdud qaraşlarimizni barbod qildi. Öz milliy Vatanini kuylaş, millatini şaraflaş şöro siyosatiga xilof sanalar edi.

Şunday qilib, ikki uluğ şoir şeʼrlari öz sohiblarining ğamgin va jasur qalbini şaraflagan holda ilk marta Surxon vohasidagi çekka, eski Aşurjiylon (hozirgi Mehnat) qişloğiga kirib keldi.

Universitetdagi taʼlim taʼsirlari fikr-öylarimizni özgartirdi. Najmiddin Komil, Ğaybulla as-Salomlardan faqat tarjima saboqlarini emas, hayot darslarini örganar edik. Yozgi taʼtillarda, Xufar toğlariga çiqib ketgan çoğlarimda ham ular naşr etgan “Tarjima sanʼati” kitobi yonimda bölar edi. Vohid Abdullayev, Anvar Şomaqsudov mehribon ustozlar edi. Vohid Ablullayev meni ilm yöliga tortişga uringanlar. Keyin bilsam, oldin Tohir Malikni ham ilmiy işga undagan, Ötkir Hoşimovning matbuotda çiqqan asarini kurs işi örnida qabul qilgan ekanlar. Qobiliyatni payqaş şuʼurlari bor edi. Töğon Ernazarov bilan kam körişsak-da, yaxşi taassurot olganmiz, doktor, professor domlaning şoirligini bilib quvonganmiz. Saydi Umirov şogirdlar fikrini hayot bilan boğlaşga harakat qilsa, Boyböta Döstqorayev tarixni hayot bilan boğlaşga urinar, Çölpon satrlari, Usmon Nosir şeʼrlaridan öqib berib, biz yoşlarda soğlom fikr va ğoyalar uyğotar edilar. Kurs rahbarimiz Nazira Abduazizova kuyunçak, mehribon himoyaçimiz edilar, söng jurnalistika tarixi sohasida ayollardan çiqqan birinçi fan doktori böldilar.

Biz garçi jurnalistika fakultetida öqisak-da, filologiya darsxonasida keçadigan adabiy anjumanlardan köproq bahra olar edik. Ozod Şarafiddinov, Umarali Normatov va boşqa olimlarning sözlari biz yoşlarga yoqar edi.

Bir gal Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov bilan muloqot böldi. “Uluğbek xazinasi” asari çop etilib, Çingiz Aytmatovning adibga maktubi “şov-şuv” bölgan, Boburşoh haqidagi “Yulduzli tunlar” kitobi hali naşr bölmay, ovozasi tarqalgan kezlar. Bir notiq ikki adibni qiyoslab: “Piçoqni qayroqda qayragandek”, degan iborani qöllagan edi, Pirimqul Qodirov özini kamsitilgan sezib, aççiqlandi: “Piçoqni faqat qayroqda qayramaydi, piçoqni piçoqda ham qayraydilar!” – deya eʼtiroz bildirdi. Bu daqiq ibora hammaga yoqib, olqişlandi. Darvoqe, muhitdagi şoiru yozuvçilar bir-biri bilan qayralib yurgan musobaqadoşlar edi.

Şijoatli adib Şuhrat bilan uçraşuv bölganda, uruş davrini eslab: “Oydin keçalarda jangga xalal yetar va biz osmondagi oydan koyinar edik”, degandi. Angladikki, tun malikasi – oy şeʼriyatga yaraşar ekan, uruş qonuniyatiga muvofiq kelmas ekan.

Atoqli adib Said Ahmaddan çoy damlaşni va köp daqiqliklarni örgandim. Baʼzan sinçkov kuzatuvlar ham saboq bölar ekan. 1988-yili Polşaga – sanʼat va şeʼriyat festivaliga jönash oldidan Said Ahmadning duosini olay dedim. “Şeriklaring kimlar?” – deb söradi. “Leningrad va Belorussiya şoirlari, yana Doğistondan Fazu Aliyeva”, dedim. “Fazuni taniysanmi?” – dedi. “Yöq”, dedim. “Dunyodagi hamma temir-taqalarni öziga taqib olgan ayolni körsang, öşa Fazu Aliyeva böladi!” – dedi. Moskvada, Şeremetevo aeroporti nazoratidan ötib, kutiş zaliga kirgaç, uzoqdan köp yaltiroq taqinçoqlarni taqib olgan ayolni kördim. Tabassumdan özimni tiyolmay, oldiga borib: “Siz Doğistonning maşhur şoirasi Fazu Aliyevasiz!” – dedim. “Ha, menman, nega kulyapsiz, yigit?” – dedi. “Sizni körib, xursandligimdan kulyapman”, dedim. Holbuki, meni kuldirgan Said Ahmadning latif ifodasi edi.

Şukur Xolmirzayev va Rauf Parfidan vatansevarlik saboqlarini örgandik. “Ilhom” klubi, Usmon Azim, Erkin Aʼzam, Xurşid Davron, Muhammad Rahmon suhbatlari va xonadonlari bizning harakatdagi oçiq adabiy muhitimiz edi. Murod Muhammad Döstning Moskvadan öqişni bitirib Toşkentga qaytişi bizga quvonç baxş etgan, göyo hayotimiz rangi bir oz özgargan. Uning suhbatini topgan kişi: isteʼdodiga munosib asarini hali yozgan emas, deb işonadi. Yöldoş Eşbek “Guliston” jurnalidagi bir turkum şeʼri bilan maşhur şoirga aylangan.

Mirʼaziz Aʼzam: “Köp şoirlar faqat qatʼiy intizom bilangina yuksaklik darajasiga yetgan”, deb taʼkidlar edi. Bas, yoşligimdan hayotimda mustahkam iş intizomini örnatib olişga intildim.

Adabiyot gazetasida xizmat qilganimda obuna işlari bilan Nukusga safar qilgandim. Tölepbergan Qaipbergenovning uyida uning iş nizomidan hayratda qolganman: ertadan keçgaça, tafakkur qilar, ötirib ham, yotib ham yozaverar edi.

Şukur Xolmirzayevni yozişdan xoli topiş qiyin edi. Boşqa iş qilayotganda ham xayoli yozuvida bölar edi. Maʼlum böladiki, söz sanʼatining talabi tinimsiz mehnatdir.

Abduqahhor Ibrohim: “Hayotda tarozining ikki pallasidan biriga toş qöyiş zarur bölgan hollar duç keladi. Hamişa tarozining yaxşilik pallasiga toş qöying, agar yaxşilik pallasiga toş qöyiş qölingizdan kelmasa, bir iloj topib, yomonlik pallasiga toş qöyişdan saqlaning”, der edi. Bu sözni yaşaş şiori qilib olişga urindim.

Erkin Vohid: “Şoir sözda ham, şeʼrda ham issiq nafas qilişi kerak. Farişta omin deydi, degan gap bor. Ölimdan yozgan şoirlarning köpi yoş ölgan. Asqad Muxtor: “Könglim sezib turar, uzoq bölar umrim”, deb yozgan, mana uzoq umr körmoqda”, deya yaxşi niyat taqdirotning yaxşiligidan xabar berişini aytar edilar.

Abdulla Orif bir bolalar şoiri haqida: “Falonçining oğzini sakkiz yil poyladim, oğzidan bir hikmatli gap çiqmadi”, derdilar. Albatta, bular hayot saboqlaridir.

Kitoblarimni, şuʼuran bilib tursam-da, sanamaganman (sanagulik ham emasdir), umumiy adadini ham hisoblamaganman. Sanaşni va bir narsaning köpligi bilan faxrlanişni yoqtirmayman. Ularning hammasidan ham könglim tölgan emas. Navoiysi bor qalamkaşning öz ijodidan köngli tölarmidi! Hammamiz u buyuk toğning etagida ovunib yurganlarmiz.

Menga qöysa, xalqimiz va Vatanimiz erku ozodligi yölidagi kuraşlarim va publitsistik maqolalarimni boşqa ijoddan ustun qöygan bölar edim.

Şeʼriy kitoblarimdan “Bahorim yellari” (hamma şeʼrlar emas), maʼrifiy asarlarimdan “Termiz tazkirasi”, tarjimalarimdan “Omoliy”, “Tazkiratul-avliyo”, “Sunani Termiziy”, “Tasavvuf va gözallik”, Maxtumquli “Saylanma”si könglimga taskin beradi.

* * *

Adabiyotning jamiyatdagi örni, agar u haqiqiy adabiyot bölsa, tanadagi ruh kabidir. Albatta, adabiyotni maʼnaviy va axloqiy jihatdan tartibga soliş yaxşi va bu har bir ijodkorning öz iymoni va vijdonida bölişi kerak. Lekin şaxslarni sindiriş, xalqning ruhini öldiriş, sözni, ijodni, ilmu fanni, tafakkurni, hatto tuyğularni va qalbni siyosiylaştiriş mustabid tuzumning majburlovçi uslubi edi. Badanning ozuqasi bölganidek, ruhning ham ozuqasi bor. Badanning ozuqasi tabiat bozorlarida bölsa, ruhning ozuqasi maʼnaviyat bozorlaridadir.

Şöro davrida ruh ozuqasi bölgan maʼrifat, milliy tarix xazinalari, ilohiy haqiqatlar, Qurʼoni karim, hadisi şariflar taqiqlanib, xalqning birgina maʼnaviy tayançi adabiyot bölib qolgan edi. Hatto hind kinofilmlari, öta sodda bölişiga qaramay, xalqimizning milliy tuyğulariga muvofiq tuşar, qaynoq insoniy hislarni saqlaşga sabab bölib, yoşlar özaro tabriknomalarida bir-biriga “hinduyona muhabbat” tilar edi.

Şuning uçun istiqlolning ilk davrida asl ilohiy manbaʼlarga yöl oçilgaç, Rahmoniy maʼrifat natijasi bölgan haqiqiy adabiyotga ehtiyoj ortdi va şaytoniy ilhom mahsuli bölgan asarlar bozori kasod böldi. Yangi fikrli, zakovatli, salohiyatli, talabçan kitobxonlar zumrasi paydo böldi. Baʼzi qalamkaşlar buni hisobga olmayaptilar va eski falsafiy qoliplarda yuribdilar.

Endi bir fikr tuğiladi: Adabiyotning jamiyatdagi örni-ku, maʼlum. Adibning jamiyatdagi örni qanday bölişi kerak? Adib, baʼzilar kabi, eski maddoh, eski zamonasoz, eski latifagöy, eski mukofotparast, eski içib bijğib yuruvçi kimsa bölib qolaverişi kerakmi? Yoki özini isloh qilişi kerakmi? Adibda subut bölmasa, izzati ham qöldan ketadi. Şöro davrida özini puç, yolğon va ötkinçi ğoyalarga boğlab bergan adiblarning ahvoli ne böldi? Bu kattayu kiçik hamma ijodkorlarga tarix saboğidir.

Navoiyning qomusiy dahosiga qarasak, hayotimiz mahdud, maʼrifatsiz bir raviş bilan ötayotgandek tuyuladi. Ötmiş manzaralari: oddiy hayotiy masalalarda siyosiy aybnomalar taqaş, vasvasa bilan xalq içidan duşman qidiriş, bir yoğdu körganda yonğindan bong uriş, ayniqsa, muqaddas din ahllarini kamsitiş, duşman deb biliş va jamiyatdan çetlatiş, odamlarga kötarinki hayot baxş etiş örniga, ruhni öldiriş, şaxslarni parçalaş, soxtakorlik – istibdod davridagi hayot tarzimiz ana şu edi.

Maktab faqat uçinçi sinfdan iborat emas. Boşqaruvçi ustoz birinçi sinfga ham, beşinçi va öninçi sinfga ham layoqatli, qamrovli, farosatli, zakovatli va kengfeʼlli bölişi şart.

Ijodkor nekbin va tirikqalb bölişi kerak. Istibdod davrida hayotni “bugun”dan iborat deb bilganlar aldanib qoldi. Ularning sandiğidan kelajak uçun yozilgan haqiqat asarlari ham çiqmadi. Ular zulm va nohaqlik poydevori ustiga qurilgan şöro saltanatini hargiz yemirilmaydi, deb gumon qildilar. Lekin bir buyuk ibrat, bir buyuk sabr va sabot namunasi bor: biz darsliklardan bilgan va tanigan maşhur yozarlardan taşqari, hayotning pinhon qatlamida yana bir toifa zamondoş şoir va adiblar zumrasi bor ediki, ularning nomlari va asarlari istiqlol davridagina xalqqa maʼlum böldi. Alixontöra Soğuniy, Faqiriy Şahrisabziy, Yöldoşxöja Doğiy, Nazrullohxon Ğaribiy, Dadaxon Qori Suhayliy, Qul Aziz Turkistoniy şular jumlasidandir. Istibdod davrida “mulla” va “eşon” degan tamğalar bilan xaspöşlangan bu aziz zotlar ijodini adabiyot darsliklariga kiritiş vaqti endi kelgandir.

Adibning hayoti tiriklik davridan iborat emas. Ölim baʼzi taqiqlarni buzadi. Baʼzan adiblarning hayotda man etilgan asarlari vafotidan keyin hayotga yöl topadi. Alixontöra Soğuniyning “Tarixi Muhammadiy” asari tarixiy-hujjatli adabiyotning eng yuksak namunasidir. Bu “roman” adib vafotidan keyin dunyo yuzini kördi. Çunki adib zulm saltanatining barbod bölişini anglagan va kelajakka işongan edi.

* * *

Mumtoz adabiyotda “majoz tariqi”, “haqiqat tariqi” degan tuşunçalar bor edi. Bu kun buni anglaydigan insonlarning özi oz. Menimça, şarq xalqlarining, özbek xalqining adabiyoti muayyan axloq va hayo pardalariga öralgan bölişi şart. Dengiz ortidagi hurriyatni (demokratiyani) yoki ğarb va ovröpo hurriyatini aynan bir mamlakatga, masalan, Özbekistonga köçiriş mumkin bölmaganidek, baʼzi adabiy mezonlarni ham aynan köçiriş mumkin emas. Çunki ularda hamma narsaga – haromga, fasodga, buzuqlikka ham hurriyat bor. Islom madaniyati tarqalgan ölkalarda esa haqqa hurriyat bor, botilga, fasodga, buzuqlik va behayolikka hurriyat yöq.

Muhtaram kişilar tarjima qilgan baʼzi romanlar borki, garçi ularda “burjua” razolati, fohişabozlik foş etilgan bölsa-da, odamlar, yoşlar ulardan yaxşilikni örganadi, deyiş qiyin. U kitoblardan yoşlar öşa jirkanç hayotni, buzuqlikni, behayolikni örganmasmikin, degan qörquvdaman. Televideniyedagi baʼzi seriallar ham şunga doxildir. Qadim şarq madaniyatida gunohni yoziş tugul, gapirişga ruxsat bölmagan. Çunki gunoh gapirilsa, insonlar unga könikib qoladi, jirkanç işdan hazar qilmaydigan, uni töxtatmaydigan böladi.

Sahna asarining ham, qöşiq sanʼatining ham, badiiy filmlarning ham tayançi sözdir – adabiyotdir. Baʼzi estrada qöşiqlari sanʼat namunasi emas, şahvat namunasi bölsa, bas, öşa söz sanʼat asari emas, şahvat asaridir.

Adabiyot azal-abad ezgulikni, odamiylikni, mehr-muhabbat va döstlikni, poklikni, oliy insoniy fazilatlarni ustun tutadi. “Özimdagi hamma yaxşi xislatlar uçun kitobdan minnatdorman”, deganda atoqli adib KITOBning mohiyatini oçib bergan. Kitob muborak va mötabar narsadir. U şarmandali hayot majmuʼi bölib qolmasligi kerak. Şukur Xolmirzayev Tolstoy tilidan: “Sanʼatning eng uluğ vazifasi esa – insonlarni birlaştiriş, bir-biriga birodar qilişdan iborat», deydi.

Bas, adabiyotimizda mumtoz, asliy gözal anʼanalar davom etib, noxuş illatlar barham topişini istayman.

* * *

Hayotda ham, adabiyotda ham xilma-xillik, rang-baranglik yaxşi. “Ikki kuni bir-biriga öxşagan kişining holiga voy bölsin” degan hadisi şarif bor.

Hayotda hamma narsa yangilik bölgani kabi, heç narsa yangilik ham emas. Biz uçun yangilik bölgan baʼzi şeʼriy oqimlar boşqa ölkalarda allaqaçon öz umrini tugatib bölgan.

Ijodkor öz qalb xazinalarini turli şakllarda oşkor etaveradi. Haqiqiy ijod namunasiga bir nomni andaza qiliş şart emas. Yangilik, zamonaviylik mazmun va mohiyatdadir: hayotda ham, adabiyotda ham şunday.

Uzoqdan kelgan bir narsaga ergaşganda birov eplab ergaşadi, birov epsiz ergaşadi. Isteʼdod ahli öz sözini aytişga imkoniyat qidiradi va topadi: hayotdagi hamma narsa unga imkoniyat omili bölaveradi.

Bu kungi zamonaviy adabiyotning eng yuksak namunalari qadimiy turk bitiktoşlarida mavjud edi. “Oltin yoruq”, “Xöbi bitik” toşlaridagi yozuvlar zamonaviy şeʼriyatning oliy namunalaridir. Dunyodagi hamma “modernçi”lar birlaşsa, Navoiyning “Munojot” asariga yetadigan zamonaviy bir asar yoza olmaydi. Çunki u faqat sarbast emas, u faqat fikr mahsuli emas, pok qalb, komil iymon, nurli maʼrifat, ilohiy işq mahsulidir. Demak, gap maʼnaviy ahvoldadir.

Bugungi özbek adabiyotini rivojlantiriş uçun fikri va ruhiyati soğlom avlodlarni yetiştiriş, şoir va yozuvçilarni avvalgilar mubtalo bölgan balolardan qutqariş kerak. Ilmu maʼrifati zaif ijodkor, har qança isteʼdodli bölsa-da, mahdud bölib qolaveradi

Örni kelganda bir hasratimni aytib ötay. Bir qança qalamkaşlar umrini içkilik barbod qildi. Ular, şubhasiz, soğlom va ongli faoliyatdan mahrum böldilar. Çunki şoirning yumuşi faqat şeʼrdan, yozuvçining maşğuloti faqat nasrdan iborat emas. Xalq uçun, Vatan uçun qilinadigan aqliy mehnat turlari behisobdir.

Adabiyot rivojida til va luğatning örni beqiyosdir. Mustamlaka davrida özbek luğatlari uçun “inqilob” (1917-yil) deb atalgan davrdan bu yoqdagi asarlar asos qilib olingan. Hozir yangi luğatlar, bir munça boyitilib, jild-jild naşr bölayotgani yaxşi, lekin öşa şöro qolipi hamon saqlanib turibdi. Navoiy asarlari luğati alohida, tört jildligi alohida (juda oz nusxada çiqqan), mumtoz devonlar oxiriga ilova qilinayotgan luğatlar alohida, şevalar luğati alohida, göyo ularning hozirgi zamon adabiyotiga aloqasi yöqdek! Özbek adabiyotiga davriy çegara qöyib, ikkiga ajratişga kimning haqqi bor? Qadimiy bitiktoşlardan to şu davrgaça bölgan yozma asarlar yaxlit, bir butun özbek adabiyotidir! Bas, luğatlar ham barça davr söz boyliklarini jamlagan bir butun luğat bölişi kerak.

Nihoyat, oilam haqida aytsam, şukr, ikki öğil, ikki qizim, nabiralarim bor. Oilada tinçi bölgan adibning ijodda rivoji böladi. Mening temir intizomimda, inşoalloh, endi xalqimizga yetib boradigan bir qança kitoblarning yozilişi va tarjima qilinişida oilamning yordami beqiyosdir.

ŞOIR HAQIDA

 

Şoir, tarjimon, jurnalist Mirzo Kenjabek 1956 yilda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tuğilgan. Örta maktabni şu yerda (1963-1973) tamomladi. 1974-1979-yillarda Toşkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetida, söng 1999-2001-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Islom institutida taʼlim oldi. 1982-yildan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Şeʼriy kitoblari: «Maktublarim», «Quyoşga qaragan uy», «Munojot», «Şarq tili», «Bahorim yellari».

Maʼrifiy kitoblari: «Termiz tazkirasi», «Dunyoning murşidi», Hazrati Xoja Ubaydulloh Ahrorning «Risolayi Volidiyya» asari, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub nazmiy tarjimasining qisqa şarhi, «Eʼtikof», «Qabriston ziyorati odobi”.

Jahon adabiyotidan tarjima qilgan asarlari:

  1. A.S.Puşkin: «Yevgeniy Onegin», Farididdin Attor: «Tazkirat ul-avliyo» («Valiylar yodnomasi»), Maxtumquli: Saylanma, Sirojiddin Usmon Öşiy: «Omoliy» manzumasi, Hofiz Şeroziy, Saʼdiy Şeroziy, Yunus Emro va I.V.Gyote ijodidan namunalar.

Tarjima qilgan ilmiy-maʼrifiy kitoblari: Mahmud Asʼad Jöşon: «Haqiqiy sevgi», «Tasavvuf va gözallik», Abu Iyso Muhammad at-Termiziy: «Sunani Termiziy» («Al-jomiʼ as-sahih»), Muhammad Zohid Qötqu ibn Ibrohim al-Bursaviy: «Ahli sunnat val-jamoat aqoidi» (Soğlom islomiy aqida), Şayx Mavlono Ahmad Ziyouddin Kumuşxonaviy: «Jomiʼ ul-mutun» («Ahli sunnat eʼtiqodi»), Qutbiddin Iznikiy: «Murşidi mutaahhiliyn», Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqşbandiy: «Risolayi sujudi sahv».

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 5-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)