8 daqiqada öqiladi

223 marta körilgan

Xayrli qadam

Tarjima boşqa tildagi bir asarni öz ona tiliga muvaffaqiyatli bayon qilmoqlik, asarni aslidagi mazmun va maʼnolarni, baloğatu fasohatini saqlagan holda ikkinçi bir tilga ögirmoqlikdir.

Yuksak badiiylik va baloğat bilan yöğrilgan asarlarni ona tilimizga maromiga yetkazib tarjima qiliş unçalik oson iş emas. Örta asrlarning ijod namunalari bölgan arabiy va forsiy tildagi asarlar tarjimasining esa öziga yaraşa murakkab, muşkul jihatlari bordir. Çunki arab tili favqulodda murakkabligi bilan boşqa tillardan ajralib turadi. Ikkinçidan, xati bir-biriga öxşamagan kotiblar tomonidan turli xat turlarida köçirilgan qölyozma kitoblarni öqiş va uqiş olim odamdan çidam, sabot, uzoq vaqt davomida könikişga majbur bölgan mehnatni talab qiladi. Şu boisdan xalqimiz bekorga “ilm bu igna bilan quduq qazişdir”, demagan. Ilm öqib-örganiş bu qadar maşaqqatli bölmaganida, ehtimol ilm va olimning qadri ham şu qadar yuksak qadrlanmagan bölur edi.

Badiiy ijod yoki ilmiy tadqiqot natijasida yozilgan asarlarni tarjima qiliş köp jihatdan öşa asar tilini, muallifining hayoti va ijodini, u yaşagan zamonni, u mansub bölgan tamaddunni biliş bilan, albatta, çambarças boğliqdir. Mana şu xususlarga eʼtibor bermasdan öşa asarni mukammal tarjima qiliş aslo mumkin emas.

Gap Qurʼoni karim va hadisi şariflar haqida borganda esa, arab tilini bilişning özi kifoya qilmaydi. Qurʼon oyatlarining iniş va hadisi şariflarning rivoyat sabablarini ham yaxşi bilmoq lozim. Qurʼoni karim va hadisi şariflar önlab ilm sohalarini özida mujassam etgan Ilohiy manbadir. Şuning uçun ham Qurʼoni karim oyatlariga va hadisi şariflarga yozilgan tafsirlar, şarhlar, hoşiyalarni sanab sanoğiga yetib bölmaydi.

Qurʼoni karim oyatlarining maʼno tarjimalari ziyoli xalqimiz eʼtiboriga mana, oxirgi yigirma yil mobaynida bir neça bor taqdim etildi.

Qurʼoni karim oyatlarining tarjimasini amalga oşiriş eng murakkab, eng masʼuliyatli va eng muşkul işdir.

Mazkur naşrlar ommabop ilmiy tarzda bölib, hurmatli tarjimonlarimiz öz bilim saviyalari, imkonlari va ilmiy salohiyatlariga köra oyati karimalarning tarjimalarini muvaffaqiyatli amalga oşirganlar. Taniqli adabiyotşunos olim va mohir tarjimon Ibrohim Ğafurov özining “Qurʼon tarjimalari: tajribalar” maqolasida tarjimaning baliğu fasih bölişi kerakligini alohida taʼkidlagan. Olimimizning bu talabi örinlidir.

Bahriddin Umurzoqovning “Tafsiri bahr” kitobi (Qölyozma kitoblar asosida Qurʼoni karim oyatlari maʼnolarining ilmiy-izohli tarjimasi, tafsirlari va taʼvillari (29-30 juzʼ). Toşkent islom universiteti naşriyot-matbaaa birlaşmasi, 2010 y.) mazkur va boşqa ilmiy talablarga javob beradigan asardir. Bu kitob muhtaram olimimizning uzoq yillik zahmatli mehnatining samarasidir.

“Tafsiri Bahr” qölyozma kitoblar asosida yozilgan jiddiy ilmiy asar, yaʼni yangi zamonaviy ilmiy tafsirdir. Bu kitobda köproq akademik naşr xususiyatlari öz aksini topganligi uçun ham u soha mutaxassislari ehtiyojlarini eʼtiborga olgan holda naşrga tayyorlangan.

“Tafsiri Bahr”dagi ilmiy yangiliklar quyidagi jihatlarda namoyon böladi:

  1. Tarjimon “Tafsiri Bahr” kitobiga asos qilib olgan manbalar qölyozma kitoblardir. Bu qölyozma kitoblarning soni ikki yuzdan ortiq bölib, ÖzR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasida saqlanadi. Bu manbalarning önga yaqini maşhur mufassir zotlarning dastxatlari deb taxmin qilingan nodir nusxalar hisoblanadi.

Çunonçi, X asrda yozilgan tafsirlar va ularga bitilgan hoşiyalar, XI asrda yozilgan tafsirlar va ularning hoşiyalari, XIII-XV asrlar mobaynida yozilgan tafsirlar, XV-XVIII asrlar oraliğida yozilgan tafsirlar şular jumlasidandir.

Maʼlum bölmoqdaki, kitobxon “Tafsiri Bahr” orqali, nainki keng ziyoli omma, balki zamonamiz ilm ahllari va soha mutaxassislari butkul bexabar bölgan önlab tafsir kitoblar bilan tanişiş baxtiga muyassar böladi. Zahmatkaş tarjimon kitobga ana şu mötabar qölyozma tafsir kitoblarning ikki sahifadan fotonusxasini ham berganki, bu şubhasiz, tahsinga loyiq işdir.

“Tafsiri Bahr”da siz önlab Xojagon-naqşbandiyya maşoyixlarining tafsir kitoblari bilan ham tanişasiz. Natijada ulardagi ilmiy asoslangan va dalillar asosida bayon qilingan tafsirga oid daqiq maʼnolardan bahramand bölasiz. Binobarin, “Tafsiri Bahr”da biz Qurʼoni karim oyatlarining tafsirlarini şariat olimlaridan taşqari tariqat pirlari tafsirlari bilan qiyoslaş imkoniga ega bölamiz.

“Tafsiri Bahr” mutolaasidan söng şunga amin bölasizki, şak-şubhasiz, Xojagon-naqşbandiyya ulamosi va şayxlari tafsir ilmida ham öziga xos maktab barpo qilganlar va bu sohada boy ilmiy meros qoldirganlar. Bu nafaqat bizning yurtimizda, hatto xorijlik tadqiqodçilar nazaridan Naqşbandiyyaning hozirgaça eʼtiborsiz qolib kelayotgan muhim qirralaridan biridir.

2.“Tafsiri Bahr”dagi ikkinçi öziga xoslik: muallif köp örinlarda izoh qismida oyatlarning tafsir va taʼvillaridan keyin öşa oyatga bevosita aloqador mavzularda aqiyda, fiqh va tasavvufga oid maʼlumotlarni ilova qilgan. Bu öziga xoslik Masalayi aqiyda, Masalayi fiqh, Nukta, Nafha degan eslatmalar bilan taʼkidlab bayon qilingan. Bu maʼlumotlar Ahli sunnat va-l-jamoaning eng maşhur aqiyda kitoblari: Imom Abu Haniyfaning al–Fiqhu-l-akbar, Imom Nasafiyning Aqoyidi Nasafiyya, Imom Tahoviyning Aqiyda-yi Tahoviyya va boşqa şu kabi aqiydaga doir matn ilmiy asarlardan olingandir. Fiqhga doir masalalar esa Hidoya-yi şarif, Muxtasaru-l-viqoya, Fatavoyi ulamoyi Hanafiyya, Multaqo-l-abhur, Nuru-l-iyzoh va boşqa şu kabi hanafiy fiqhiga tegişli yuzga yaqin muhim ilmiy asarlardan olingan. Tasavvuf maʼlumotlari esa Örta Osiyo mintaqasida yaşagan, öz davrining muqtadosi va piru murşidlari bölgan muhtaram zotlar – Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniy, Xoja Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqşband, Xoja Ubaydulloh Ahror, Maxdumi Aʼzam Dahbediy, Xoja Isʼhoq Valiy kabi valiy zotlarning asarlari, manoqiblari, tazkiralaridan keltirilgan. Bu manbalarning barçasi muhtaram olimimiz işlayotgan Şarqşunoslik qölyozmalar xazinasida baʼzilari nodir nusxada, baʼzilari esa önlab qölyozma kitoblar holida saqlanadi.

Tarjimonning öz tafsiriga bu uç muhim xususiyatni jo qilganligi bejiz emas, balki zaruriyat jihatidandir. Zero, bugungi beqaror dunyoda yurtimizda özaro hamjihatlikni saqlaş, tinçlikni asraş yölida Ahli sunnat va-l-jamoa aqiydasi asoslaridan, Hanafiy mazhabi fiqhidan puxta boxabar bölişimiz lozimligi barçamizga kunday ravşan haqiqatlardandir. “Tafsir-i Bahr”dagi bu maʼlumotlar xalqimizga ğoyat manfaatli, zarur narsadir. Ayni çoğda, Qurʼon oyatlarining maʼnolarini soğlom aqida, ota-bobolarimiz amal qilgan muborak hanafiy mazhabi asoslari va talablariga muvofiq öqişimiz, anglaşimiz ham Qurʼoni karimni mukammal tuşunişimizga yordam beradi.

Tasavvuf boşdan-oxir taqvo, odob, köngil işidir. Bu xususiyat millatimiz vujudiga sut bilan kirgan öziga xos fazilatdir. Insoniylik, axloq, odob, insof, adolat, diyonat, ixlos tuşunçalari yurtimiz donğini olamga yoygan aziz zotlarning diqqat-eʼtiborida turgan bebaho qadriyatlardir. Xususan, zohir pokligi botin pokligi bilan vobasta bölsagina maqsad hosil böladi, murodga yetiladi. Çunki, qalb nazargohi Ilohiydir. Alişer Navoiy, Lutfiy, Bobur Mirzo, Fuzuliy, Ogahiy va boşqa yuzlab ijod ahli köngil yölining haq va ustunligini öz asarlarida takror va takror bayon etganlar va öz davrining köngil sultonlari bölgan solih zotlarga sidqidildan hurmatu izzatlarini izhor qilganlar.

Şu örinda tafsir ilmiga taalluqli ğoyat muhim bir jihatni eslatiş örinli va foydadan xoli bölmas: muhtaram olimimiz “Tafsiri Bahr”da xojagon tariqati şayxlarining tafsirlaridan köproq zohiriy mazmunlarnigina saralab olgan. “Tafsiri Bahr” sohibining şunday yöl tutişi Ahli sunnat va-l-jamoa aqiydasi talabiga köradir. Zero, bu xususda ehtiyot bölmoqlik avlodir.

“Tafsiri Bahr” mutolaasidan çiqariladigan yana bir xulosa şuki, ajdodlarimiz boşqa ilm sohalarida qanday dunyo ahliga ustozlik qilgan bölsalar, diniy ilmlarda, ayniqsa, tafsir sohasida ham komil ustoz bölganlar.

Baʼzilar “Qurʼoni karim bir neça bor tarjima qilindi va naşr böldi. Yangi tafsir va yo maʼno tarjimalarga ehtiyoj bormikin?” degan fikrga borişi mumkin. Şuni aslo unutmaylikki, hattoki, har qanday maʼlum va maşhur badiiy asarlar ham, ilmiy asarlar ham vaqt ötib takroran tarjima qilinadi. Bu zamon va taraqqiyot taqozosidir. Qolaversa, yillar oşa tildagi özgarişlar ham bu zaruratni yuzaga çiqaradi. Natijada tarjimonlar talab va istaklarni inobatga olgan holda, baʼzan esa öz istaklari, zavqu iştiyoqlari bilan yangi tarjimaga qöl uradilar. Mumtoz adabiyotimizda ham, jahon adabiyoti durdonalari bölgan adabiy asarlarda ham bunga köplab misol keltiriş mumkin. Lekin Qurʼoni karim badiiy asar emas. U Alloh taʼoloning muqaddas kitobi. Vahy bilan nozil bölgan va mana ön tört asrdan ham oşibdiki, tilovat va qiroati ibodat sifatida öqib kelinayotir. Bu ulkan davr mobaynida Qurʼoni karimga yuzlab tafsirlar yozilgan. Ularning köpi arab tilida, bir qismi esa fors va turk tilida bitilgan. Bu yangi tafsirning eng muhim jihati: u zamonaviy bosma kitoblar asosida emas, balki Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasida saqlanayotgan ikki yuzdan ortiq arab va fors tilidagi Qurʼoni karim tafsir kitoblari asosida yozilganligidir. Mazkur qölyozma tafsirlarni yaqin öttiz-qirq yil mobaynida şu zahmatli olimimizdan boşqa heç kim batafsil tadqiq qilmagan.

“Tafsiri Bahr”ni öqir ekansiz, yurtimizda yaşab, ulkan ilmiy meros qoldirib ketgan zabardast mufassir olimlarimizning tafsirlarini zamonaviy bosma tafsirlarga (masalan, özbek tilidagi “Tafsiri Hilol”ga va yoki boşqa şu kabi yangi bosma naşrlarga ham) bemalol qiyoslaş imkoniga ega bölasiz. Bugina emas, “Tafsiri Bahr”da keltirilgan önlab qölyozma tafsir kitoblaridagi maʼlumotlar va xususan, Xojagon-naqşbanddiyya şayxlarining tafsirlaridagi daqiq va ajib maʼno kaşflari, tafsirlar va taʼvillar ham yuksak didli kitobxonlarimizni aslo befarq qoldirmaydi, degan umiddaman.

“Tafsiri Bahr”gaça zamondoş ulamolarimiz amalga oşirgan tarjimalar zohiriy ilmlarda yetuk bölgan ulamo zotlarning tafsirlariga asoslangan bölib, maʼno ahliga mansub zotlarning tafsirlariga murojaat qilinmagan. Zohiriy tafsirlar oddiy möminlar ommasiga möljallangan bölib, ularda birdaniga xilma-xil maʼnolarni berişlik oddiy kitobxonga oğirlik qilişi mumkin. “Tafsiri Bahr” esa soha mutaxassislari, olimlar, jumladan bölğusi Qurʼonşunos va tafsirşunoslarga möljallanganligi uçun ham unda oyati karimalar haqida Ahli sunnat va-l-jamoa aqiydasi talablariga muvofiq batafsilroq, xilma-xil tafsiru taʼvillarni bermaslik ilm talabiga ziddir.

Şu bois, “Qurʼoni karimning yangi ilmiy tarjimasi kerakmi?” degan savol mutlaqo örinsizdir. Şak-şubhasiz, zar qadrini zargar bilganidek, mazkur yangi ilmiy tafsir – “Tafsiri Bahr”ning qadr-qiymatini, uning ilmiy ahamiyatini yuksak didli, noziktaʼb kitobxonlarimiz, tafsirşunos mutaxassislarimiz va qolaversa, vaqtning özi yaxşi baholab beradi.

Men heç ikkilanmay “Tafsiri Bahr” kitobini barça ilmu qalam ahliga, jumladan, Toşkent Islom universiteti, Şarqşunoslik instituti dinşunoslik kafedrasi, Imom Buxoriy nomidagi Islom instituti öqituvçilari va talabalariga zarur kitob sifatida tavsiya qilgan bölar edim.

Bahriddin Umurzoqovning kelgusida yirik olimlarimizdan biri bölişini, çin olimga xos mana şunday zahmatli, halol mehnatlari bilan dohiy ajdodlarimizdan meros bölib qolgan köplab yirik qölyozma asarlarni tadqiq va tarjima qilib, kitobxonlarimizni mamnun aylamoğini umid qilib qolaman.

Muhtaram olimimizga “Tafsiri Bahr”ning navbatdagi juzʼlarini ham mana şunday omonatdorlik, jiddiyat bilan naşrga tayyorlaşini tilayman.

Aliybeg RUSTAMIY,

akademik

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)