(Hikoya)
Navbatdagi asarim naşr etildi. Sokinlik tilsimli, sukunat sirlarini olamga yoyuvçi böronlar esa undan qudratli. Mening asarlarim – böronlar.
Ijodkor tanişlarimizdan biri yangi kitobim bilan tabrikladi. U yaxşi inson va örtamiyona şoir. Şeʼrlariga nisbatan suhbatlari hayajonliroq. Ustiga-ustak butun vujudi bilan rözğor kişisi. Uning nafis şeʼrlar yozişiga mana şu xislati monelik qiladi.
U bilan uçraşib, suhbatlaşdik. Odatdagidek tingladim. Ammo hamdard bölolmadim. Men uçun har qanday tanişuvlar, uçraşuvlar, suhbatlar yozilajak asarlarim uçun “material”gina bölib qoladi.
Öşa uçraşuvimizdan söng uni qayta körmadim. Çunki oramizda bölib ötgan suhbatni tegişli joylarga yetkazişni adabiyot oldidagi burçim, deb hisobladim. Adabiyot esa heç narsa yöqotmadi. Ehtimol, uning nimagadir qurbon etilganligi yillar ötib qahramonlik deb baholanar, balki bu uning uçun katta mukofot ham bölar. Biroq adabiyotda uning unutilişi hozirgi ölimidan-da açinarliroq emasmi?
Özi bilan sözi bir yozuvçi döstim bor. Uçraşib qolsak, gunohkordek yuragim bezovtalanadi. U isteʼdodli yozuvçi, göyo boğida biror begona öt ösmaydigan boğbon. Yozganlari yoruğ asarlar, mening romanlarim kabi şuhrat qozonganiça yöq. Kitobxonlar – özlarini bağişlab yaşaşni xuş köruvçi, nimanidir axtarayotgan kişilar. Ularni oliy haqiqatlar emas, nomaʼlum baxt, javobi yöq savollar, orzu qilingan xayoliy qahramonlar qiziqtiradi. Kitobxonlar nimani xohlasa, şularni yozayapman va ularning olqişlariga sazovor bölayapman.
Afsuski, döstimning şuhrat topişga iştiyoqi yöq. U ijoddan-da muhim va zarur haqiqatni biladigandek hamişa xotirjam yaşaydi. Uning bu köngil töqligi yuragimga ğulğula soladi. Suhbatlarimiz ham doim munozarali. Döstim:
– Yozuvçi eʼtiqodi asar mohiyatini belgilaydi, – deydi.
Men esa:
– Yozuvçi uçun adabiyotning özi iymon-eʼtiqod bölişi ham mumkin, – deyman.
– Adabiyot, jumladan, har qanday ilm hayotdagi mavjud haqiqatlarni tasdiqlaydi, xolos, öz holiça yaratuvçi bölolmaydi.
– Qalbni barkamollikka eltuvçi, farovon yaşaşni örgatuvçi kitoblarga nima deysiz? Adabiyot – abadiy va u ideal qahramonlarni yaratadi, yozuvçilarga umrboqiylik bağişlaydi.
– Sözlaringizni adabiyotga bölgan fidoyilik deb tuşuniş mumkindir, ehtimol. Ammo uning abadiyligiga işonolmayman. Siz nazarda tutgan farovon hayot esa bizni hayotni anglaş imkonidan mahrum qilişi ham mumkin.
– Şuningdek, yöqçilikda ham insonlar yaxşiroq, farovonroq yaşaşga intilib, umrini boy berişi mumkin. Bunday kişilarda hatto “Hayot nima uçun berilgan?” degan savolni öz-öziga beriş fursati bölmaydi. Çunki “Qanday qilsam, yaxşiroq yaşayman?” degan öy ularning hayot mazmuniga aylangan.
– Aslini olganda, farovon va noçor hayot muhim emas. Ularning mezoni bitta – qanoat bilan belgilanadi.
– Lekin adabiyotda qanoat tuşunçasi bölişi mumkin emas. U yuksalişi kerak, tamom-vassalom.
Döstim ijod haqiqatni anglaş uçun bir vosita, deb hisoblaydi. Men haqiqat ham, hayot ham adabiyotning özi, deb bilaman.
Döstimning yangi romani naşrdan çiqib, öquvçilar orasida keng tarqaldi. Öqib çiqib, könglim ğaşlandi. Asarning “ğoyaviy buzuqligi, şubha uyğotuvçi” ekanligi haqidagi fikrimni atrofimdagilarga, tanqidçilarga uqtira boşladim. Keyin köpgina voqealar öz-özidan röy berdi – bu roman haqida yozuvçiga xavfli aybnomalar qöyayotgan maqolalar bosilib çiqa boşladi. Bu talotöpni boşlab qöyib, özim tomoşabinga aylanib qoldim. Oxirgi daqiqalarda nimadir çora körişim zarur edi. Va şunday qildim ham. Maqolam çop etilgaç, döstimning qamoqqa olinişini kutgan edim. Bunday bölmadi. Döstim tildan qoldi.
Ijodkor döstlarimizning köpidan ayrildik. Ha, botir botir emas, jon saqlagan botir.
* * *
Rafiqam uydan ketib qoldi.
U: “Oğayningizning oqlanişida yordam berişingiz mumkin edi. Nima uçun sudga bormadingiz?” – deb söradi. Unga bunday niyatim umuman bölmaganligini aytmoqçi böldim. Biroq buning örniga u tuşunişi mumkin bölgan yagona holatni rökaç qilgim keldi: “Öşa paytda falon asarimni yozayotgandim, sudga borişni unutibman. Özing bilasan-ku, yozayotganimda hamma narsani unutaman”, – deb qöyaqoldim. U birinçi marta bundan hayratlangandek közlarini katta-katta oçib qaradi. Keyin közini olib qoçdi. Nazarimda, yolğon gapirganim uçun uyalib ketdi. Ha, bundan boşqa vaziyatlarda ham uni aldasam, sözlarimga işonmayotganini sezib qolmasligim uçun közlarini olib qoçardi.
Keyin bir söz demasdan narsalarini yiğiştira boşladi. Bir kuni kelib ajraşib ketişimizni iç-içimdan his qilib yaşardim. Lekin biron söz demasdan taşlab ketişi alam qilarkan. Çidolmadim. “Bugun qattiq asabiylaşganga öxşaysan, damingni ol, ertaga ketarsan?” – dedim. Uning esa menga qayrilib qaragisi ham yöq edi. Nazarimda, gapirganim sayin ojizligimni foş qilib qöyayotgandek edim. Şunda eşikni qarsillatib yopib çiqib ketdim. Ketsa ketaversin.
Aslida uning yonimdaligi köproq azob beradi. Uning har bir sözi, qaraşlari, harakatlarida menga nisbatan muhabbat zohir edi. Asarlarimni birinçi bölib va ayriça mehr bilan öqirdi. Uyga keç kelsam, uxlamay kutar, közlaridagi hadik va xavotirni mendan yaşirar, savollarga kömib taşlamas, göyoki qaçon kirib kelgan bölsam-da, şu kelganimning öziyoq unga yetarlidek tutardi özini. Dastlab bu holat vijdonimni qiynadi, keyinçalik nafratimni qözitadigan böldi. U göyoki meni parvarişlaş, seviş va ardoqlaş uçun yuborilgan bir farişta edi-yu, men uning qalbidan oziqlanib, iztiroblariga siyoh botirib asarlar yozayotgan, yozayotib jazavaga tuşayotgan iblis edim. Oh, bu ajoyib fikr! Bu haqida şoh asar yozaman!!!
Navbatdagi şuhrat qozongan romanimdan söng yuzlab maktub oldim. Ularning aksarida: “Kitobingizni öqib qattiq taʼsirlanganimdan köz yoş tökdim”, deb yozilgandi. Men esa, yaqinlarimning muhabbati va hayoti asarim uçun bor-yöği “xomaşyo” bölib xizmat qilganiga özimga açinib ketdim.
* * *
Sizga hayotimda keçgan baʼzi voqealarni röy-rost hikoya qilib berdim. Tuyğularimni kam sözladim. Çunki bu voqealar qalbimda röy bergani yöq, hammasini aql bilan qildim, adabiyotni dedim. Qalbimga quloq solmadim, u meni xarob qiladi, deb bildim. Hissiyotlarimga işonmadim, ular özgaruvçan, ötadi-ketadi, dedim. Aqlimga köra yaşadim. Aql barhayot, deb öyladim. Ayniqsa, adabiyotning abadiyligi qiziqtirardi meni. Yoziş – haqiqiy hayot edi. Aslida esa tuyğularim bilan aqlga yetib kelişim va şunday yozişim kerak ekan.
Osoyiştalik hukm surdi. Asarlarim – böronlar unutila boşladi. Hozir aqlim yetgani şuki, yoş avlodni qöllab-quvvatlaşim, qölimdan kelganiça yaxşiliklar qilişim, boşini silaşim kerak. Şunda yana bir avlod yaxşi nom bilan eslab yurişi mumkin.
Asarlarim qançalik uzoq yaşaydi? Bilmayman. Ammo yozişim şart.
Dilrabo MINGBOYEVA
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


