2 daqiqada öqiladi

137 marta körilgan

Poklik sari yöl

Buyuk maʼrifatparvar Mahmudxöja Behbudiy hazratlari 1914-yilda «Oina» jurnalining 24-may, şanba sonida «Töy halokati» deb nomlangan publitsistik maqolasini eʼlon qiladi. Maqolada urf-odat deya juda katta isrofgarçiliklarga yöl qöyilayotgani tanqid ostiga olingan. Mana, uşbu muammoning kötarilganiga ham sal kam bir asr bölibdi. Ammo ming afsuski, muammoning kölami hamon özgarmadi, dolzarbligini yöqotmadi. Aksinça, bu masaladagi muammolarimiz yanada kengaydi, yangilari paydo böldi.

Bugun kelinning ZAGSiga albatta törtta «inomarka» maşina borişi kerak. Buning ustiga maşinalarning rangi bir xil bölişi şart. Kelinga sönggi modadagi töy liboslari kerak. Bir kunlik ijara haqi ikki yuz ming sömdan uç million sömgaça ekan. Nima böpti, har bir qizning öz orzu-havasi bor-da! Visol oqşomi bir paytlardagidek hovlida bölsa, uyat böladi. Guvala devorli hovlida bazm qiliş allaqaçon modadan qolgan. Restoran maʼqul. Ijarasi bir gap bölar. Asosiysi, boşqalardan kam bölmay töyni ötkazib olsak, bas. Pul qölning kiri, qarzdan bir amallab qutilib ketarmiz. Darvoqe, xonandalar-çi? Xonandaning taniqlisi bölişi kerak-da! Taniqli xonandaning birrov kelib ketişiga 500-600 ming söm kerak ekan. Tört juft betuturuq fonogramma uçun şunça pul uvol emasmi? Lekin… odamlar nima derkin? Eh-ye, hali bazmga uç xil taom tayyorlaş kerak. Anavi ölgurdan kamida yuz şişa, albatta «çetniki»dan oliş kerak. Ötgan haftada qöşnining töyida italiyaning konyaklari, aʼlo navli şampan vinolari qöyildi. Nima, undan kam joyimiz bormi? Pul topiladi, obrö ketmasin.

Endilikda bizning töylarimiz ana şunday dabdabayu asʼasalar bilan ötadigan böldi. Biz içimizdagi manmanlikni, kibrni, xöjakörsinlikni “urf-odat” deya niqoblaşga örinamiz. Lekin isrofgarçilik va manmanlik qanday qilib odat bölişi mumkin?

Endi bir öylab köraylik, oddiy bir töyga ketadigan ortiqça sarf-xarajatlarga qança kitob sotib olsa böladi. Yoki boşqa qançadan-qança xayrli işlarni bitiriş mumkin? Ammo bizning köpçiligimiz xöjakörsinga obrö orttiriş tuyğusidan voz keçolmaymiz.

Men pedagog sifatida öquvçilarimning oiladagi hayoti bilan ham qiziqişga majburman. Taassuf bilan aytişim kerakki, deyarli köpçilik oilalarimizda “şaxsiy kutubxona” degan tuşunçaning özi yöq. Bola uçun kutubxonadan boşqa hamma qulayliklar bor. Ammo ne ajabki, bolaning kelajagi va odob-axloqi uçun zarur bölgan narsa yöq. Buni qanday tuşuniş mumkin? Nega biz bolalarimizni kitob öqişga örgatmaymiz? Aççiq bölsa-da tan olişimiz kerak, danğillama uylarimizning javonlarini kitoblar dastasi ham çinni buyumlaru, billur idişlardan kam bezamaydi. Mayli, ota-onalar özlari öqimasalar ham uy javonlariga kitob qöyilsa, bolada kitobga nisbatan moyillik paydo böladi.

Tajribalar şuni körsatadiki, kitob öqigan bola bilan öqimagan bolaning yuriş-turişida ham, odob-axloqida ham tafovut bor. Qolaversa, köp öqigan bola darslarni ham puxta özlaştiradi. Öziga xos tarzda tafakkur qilişga, fikrlaşga örganadi. Tafakkur qiliş orqali bolada tiriklikning asl maʼnolarini anglaş, idrok etiş singari xislatlar paydo böladi.

Albatta, biz bu örinda öz xolis fikrlarimizni aytdik. Uni qay darajada qabul qiliş-qilmaslik har kimning öz maʼnaviy olamiga boğliq. Bizning esa pokiza maʼnaviy olamdan umidimiz katta.

Dildora RAHMATOVA,

Toşkent şahridagi 206-maktab öqituvçisi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)