Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni şakllantiruvçi, yuzaga çiqaruvçi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi maʼlum. Ösmir şaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan özaro taʼsir doirasida böladi. Şunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanişida ijtimoiy muhit katta örin tutadi.
Ijtimoiy muhitning bola ruhiyatiga taʼsiri masalasi X.Töxtaboyevning “Mungli közlar” romanida yaqqol namoyon böladi. Bu asar qahramonlari adibning barça qahramonlaridan tubdan farq qiladi. Sababi, adib yaratgan bolalar obrazlarining köpçiligi gölroq, köpinça yo oçlikdan qiynalgan, yo maktab direktori va öqituvçilaridan dakki eşitib yuruvçi, sodda qişloq bolalari edi. Ammo “Mungli közlar”dagi bolalar heç qanday muhtojlik bilmagan, erka va arzanda bolalar, roman qahramonlari katta şaharda, danğillama koşonada yaşaydilar. Ular boy ota-onalarining erkalari. Bu uyda hamma narsa muhayyo, ota-onaning qöli uzun, maktab direktoridan tortib, barça taniş-bilişlarigaça ularga qulluq qiladi. Bolalar tabiatiga ham bu holat taʼsir etmay qolmagan. Bolalar ruhiyatida kibr böy körsatib borardi: “…Oçiğini aytsam, Ilhom, Manzura singari aʼloçilarni, aʼloçiligi, hurmati mendan baland bölgani uçun könglim unça xuşlamaydi. Içi qoralikdanmi, hasaddanmi, işqilib, yoqtirmayman-da. Lekin ulardan ustun kelişning, hurmat qozonişning boşqaça yöllarini ham bilardim. Biz boy, juda ham badavlat yaşardik… Tuğilgan kunlarni nişonlaganimizda… şöring qurğur aʼloçilarning taʼzirini berib qöyaman. Biri kitob, boşqasi bir söm yigirma tiyinlik sassiq atir kötarib boradi. Men bölsam sovğaning eng kattasini qilaman. Hammasining közi öynab ketadi…”. Psixologlarning aytişiça, dastlab bolaning ongi toza oq qoğoz singari böladi va unga qanday çiziq tortsangiz öşa çiziqlar saqlanib qoladi. Şuning uçun ham bola tarbiyasi haqida Şarqda bejiz oila birlamçi, deb körsatilmagan.Qiziği şundaki, hamma narsa muhayyo bölgan bu oilada nimadir yetişmasdi. Sababi bu xonadonda öyin-kulgi, hazil-huzul, erkinlik, tabiiyligu samimiylik tanqis. Kattalar öz olamida yaşaydi. Zafar, uning ukalari ota-onaga erkalanişni, ular bilan samimiy munosabatda bölişni istaydilar. Lekin boyvaçça ota, boyvuçça ona bola oldidagi burçini yedirib-içirişda, kiyintirişda deb anglaydilar.
“Mungli közlar”da Xudoyberdi Töxtaboyev bir koşona sirini foş qiladi. Zafarlar oilasi birdan tanazzulga uçraydi: ota pora bilan qölga tuşadi, noqonuniy savdo bilan şuğullanuvçi tillafuruş onaning jinoyatlari foş böla boşlaydi. Röy bergan falokat erka farzandlarni hang-mang qilib qöydi. Akbar xonasiga qamalib, indamas bölib qoldi, Zafar dam xolasi, dam poççasi bilan hali u mahkamaga, hali bu idoraga tanda qöydi. Zufar özi bilan özi bölib qoldi. Nigora eʼtiborsiz qolib ketdi. Fojea çuqurlaşdi: ona qamoqxonada vafot etdi. Bolalar göyo osmondan yerga quladilar: qon qaqşab, yetim bölib qoldilar.
Bularning barçasi bolalar ruhiga taʼsir etmasdan qolmadi. Dastlab, fojealar boşlanmasdan oldin oilada ikki xil muhitdan nafas olgan bolalar borligiga işora qilinadi. Bular: Zafar va akasi Akbar, Zafar boy ota-ona bilan faxrlanib yuruvçi takabburroq bola. Akbar esa, özi nogiron, ammo qalbi butun bola edi. Buning sababi u ustozi Ataullo Isayeviçdan juda köp narsani – öz oilasidan topa olmagan xotirjamlikni örganar edi. Ataullo muallim taʼsirida bu bola mehnat qiliş baxti, samimiylik, erkinlik kabi tuyğularni his etib yaşaydi. Muhitlar xilma-xilligi bolalar örtasiga ziddiyat soladi.
Bolalar bir ota-onaning farzandi bölsa-da, ikki dunyoqaraş, ikki xil tuşunçalar asosida tarbiya topadi. Ularning qaraşlarida özini haq deb hisoblaşlari körinib turibdi. Aka ham, uka ham öziça ota-onasini yaxşi köradi. Lekin bu muhabbat orasida farqni keltirib çiqargan muhit ularning tez-tez ziddiyatli bahslaşuviga olib keladi. Zafar – boy ota-ona muhitida ulğaydi, ularning tarbiyasini oldi va dunyoning mazmuni boylikda, degan tuşunça miyasiga singib bora boşladi. U ota-onasini sevadi, ammo, ota-onasini qanday bölsa şundayligiça, poraxörmi, çayqovçimi, bundan qatʼiy nazar ularni haq deb biladi va ayni şu masalada akasi bilan kelişa olmaydi. Akaning fikrlari unda ğazab uyğotadi. Akani oqibatsiz, ota-ona qadrini bilmaydigan, yoki kitob öqiyverib “sal ğalatiroq” bölib qolgan, deb hisoblaydi. Aka öziça haq. U ustozi, öqigan köplab kitoblari taʼsirida dunyoni boşqaça anglaydi. U ham ota-onasini yaxşi köradi. Ammo bolaga ota-onasi notöğri iş qilayotgani va buning oqibati yomon bölişi mumkinligi tinçlik bermaydi. Akbar ajoyib rassom, uning ijodkor va nozik qalbi haqiqat torlarini doimo çertib turadi. U hammasi boşqaça bölişini istaydi. Otasining pora olib gunohga botişi, onasi noqonuniy savdo bilan şuğullanib, jinoyatga qöl urişi uni qörqitadi. Bir kun kelib bu işlarning oqibati u kutgan fojealarni boşlab kelişidan qörqib yaşaydi. Oqibatda, özi ham anglamagan holda, yaʼni ota-onasini xavfdan ogohlantiriş maqsadida ularning ustidan yuqoriga yozib yuboradi. U bularning oqibati dahşat va fojea bilan yakun topişini öylab körmagan edi. U şunçaki, öz haqiqatini anglatmoqçi, ota-onasini kelişi mumkin bölgan xavfdan ogoh qilmoqçi edi. Ammo fojea şiddat bilan yuz berdi. Otani uzoq yil qamoqqa, onani boqiy dunyoga ketişiga sabab bölgan işlar farzandlarni dovdiratib qöydi. Ayniqsa, bu zarba Akbarga hammadan yomonroq taʼsir qildi. U şunçaki, muhitni özgartirmoqçi edi. Ha, muhit butunlay özgardi. Ular otadan, onadan, oilaviy döstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan, boringki, boy ota-ona nimalarni ularga bergan bölsa, hammasidan ayrilişdi. Endi ular butunlay yolğiz va kimsasiz qolişdi. Bu ziddiyatni ösmir ruhi kötarolmaydi. Uning ruhiyatida siniş yuz beradi, natijada bola özini yoqib yuboradi. Bola psixologik tragizmi şu şaklda yuz beradi.
Zafar psixologiyasi biroz boşqaça talqin etiladi. Töğri, unga ham yuz bergan hodisalar taʼsir etmay qolmaydi. Ammo bu bolaning ruhiyatida dinamik özgarişlar hosil böladi. Bu özgarişlar ruhiy siniş va özga odamlar bilan muloqotda bölgani natijasida yuzaga keladi.
Birinçi. Zafar Ataullo muallim uyiga kirib boradi va u yerda öziga tengdoş bolalarning turli hunar bilan maşğul bölib ötirganlarini köradi. Ular çizgan gözal suratlar, öz qöllari bilan yoğoçdan yasagan çiroyli, oppoq kaptarlar bolaning qalbida havas, orzu, zavq uyğotadiki, u bunday tuyğularni boy ota-onasi tayyorlab bergan şaroitda sira his qilmagan edi. Bu yerdagi erkin va samimiy muhit bolani öziga torta boşlaydi. Natijada psixik özgarişning birinçi belgilari namoyon böldi.
Ikkinçi. Uning boşiga ketma-ket fojealar yoğildi. Hamma narsasidan ajraldi. Ota-onasi, akasi, ukasidan ajraldi, singlisi pes kasaliga yöliqdi. Boyliklaridan, danğillama uylaridan asar ham qolmadi. Ota-onasining boy, nomdor döstlari vafo qilmadi. Heç kimdan najot qolmadi. Bola butunlay yolğiz qoldi va buning natijasida uning dunyoqaraşi butunlay özgardi. U endi kibrni emas, xoru zorlikni his etib yaşay boşlaydi. Uning ham ruhida tuşkunlik boşlandi. Yaşaşni istamas edi.
Uçinçi. Zafar bilan singlisini qişloqda yaşaydigan ammasi olib ketdi. Bu yerda bola haqiqatdan şu kungaça anglamagan, his qilmagan narsalarni tuya boşladi. Ammasi, öğillari sodda qişloq odamlari edi. Bu yerda ular hayot gaştini mehnat va hayotga muhabbat bilan surardilar. Ammaning öğillari öz yumuşlarini öyin-kulgi, hazil-huzil bilan bajarişadi. Zafar ularga havas bilan qaraydi va asta-sekin özi ham mehnat qiliş gaştini seza boşlaydi. Bu sezgi unda yana qaytadan hayotga muhabbat uyğotadi. Yaʼni, söliy boşlgan nihol suv içib qaytadan kökargan kabi.
Törtinçi. Zafar bolalar kaloniyasida. Töğri, uning aybi yöq edi. Anglaşilmovçilik oqibatida uni qamoqqa oladilar. Qamoqda unga hunar örgatişadi, öqitişadi. Bu yerda turli taqdirlar, fojealar egalari bölgan bolalar bor edi. Zafar bu bolalar, ularning taqdirlari bilan tanişar ekan, hayot haqida yanada aniqroq xulosalar çiqara boşlaydi. Xulosalari, fikrlari bir töxtamga kelgan sari akasi Akbar köz öngida gavdalanaveradi. Akbar nogiron vujudi, butun qalbi bilan hayotlarining gözal bölişini istagan, ota-onasini qilgan ayblari uçun jazolaşlaridan, ulardan ajrab qolişdan qörqib yaşagan edi. Endi Zafar butunlay boşqa olam. U roman boşidagi Zafardan tubdan farq qiladi. Kibr, dunyoni boylik bilan anglaş unga butunlay begona, u olamni insoniylik, mehr-şafqat, boşqalarni tuşuniş, yaxşilik qiliş, hamma narsaga öz mehnati bilan, vaqti kelsa qiyinçilik bilan erişiş bilan anglaydi.
Xullas, bola psixologizmi şu şaklda dinamik özgarib boradi.
Bunday ijtimoiy muhitda ulğayayotgan bolalar albatta ruhiy ziddiyatlar girdobida qolişi tabiiy. X.Töxtaboyev bu romani bilan bola ruhini parvarişlab, gözal işlov beriş ham, uni tanazzulga boşlab boriş ham ijtimoiy muhitdan ekanligiga işora qiladi.
Bola ruhiyatini oçişda ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy muhitda bola ruhiyati şakllanadi, rivojlanadi va qanday ekanligini namoyon etadi. Ijtimoiy muhit, jamiyat ahvoli şaxsning ham ahvolini belgilab beriş jarajasida katta kuçga ega.
Mazkur maqolada X.Töxtaboyev “Mungli közlar” asari misolida ikki xil ijtimoiy muhit taʼsirida bola ruhiyatining ifodasini körib ötdik.
“Mungli közlar” romanida ijtimoiy muhit bolalar ruhiyatiga katta taʼsir etadi. Tökin-soçin oila farzandi ekanligi asar boşida bolaning boşqaça ruhiyatini ifodalasa, asardagi fojealar davomida bolalar ruhiyatida özgarişlar dinamikasini yuzaga keltirdi. Uşbu dinamika turli ijtimoiy muhitda turli ruhiy keçinmalarning yuzaga kelişi bilan izohlanadi.
Ruxsora TÖLIBOYEVA,
ÖzMU tadqiqotçisi
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

