6 daqiqada öqiladi

1 340 marta körilgan

Yaxşilar yodi

Ötgan asrning töqsoninçi yillarida özbek adabiyotida xotira yoziş anʼanasi keng palak yozdi. Xususan, bu davrda S.Ahmad (“Yöqotganlarim va topganlarim”), Z.Saidnosirova (“Oybegim mening”), Ş.Xolmirzayev (Saylanma. IV jild), Habibullo Qodiriy (“Otam haqida”) va boşqa köplab mualliflarning xotira kitoblari naşr etildi. Xotiranavislarimiz orasida isteʼdodli tarjimon, yozuvçi Nosir Fozilovning ham öz örni bor. Adibning XX asr özbek adabiyotining yorqin namoyandalari Abdulla Qahhor, Oybek, Ğafur Ğulom va boşqalar haqidagi “Ustozlar davrasida” (1988) xotira asarini adabiy jamoatçilik juda yaxşi biladi.

Nosir Fozilovning navbatdagi xotira kitobi “Topdimu yöqotmadim” deb nomlanadi, asar 2010-yil “Şarq” naşriyoti tomonidan çop etilgan.  Bexos bu nom Said Ahmadning “Yöqotganlarim va topganlarim” xotira kitobini esga tuşiradi, unda jami 40 xotira-hikoya jamlangan. Davr nuqtayi nazaridan xotiralarda tilga olingan voqealar ötgan asrning örtalariga taqalib, to şu bugungi kunimizgaça bölgan özbek adabiyoti tarixida nom qoldirgan köpgina yozuvçi-şoirlar, tarjimonlar  va qardoş xalqlar adabiyoti vakillari (Sobit Muqonov, Muxtor Avezov, Ğabit Musrepov, Köbey Seydaxonov)ning hayoti va ijodi, ijodiy-adabiy aloqalari haqida hikoya qiladi. Xotira yoziş şunçaki boşimizdan ötkazgan har qanday voqealarni quruq bayon etişdan iborat emas. Öşa hikoya etilayotgan ötmiş voqealarini yod etiş orqali, tarixni sahifalarga muhrlaş hamdir. Şu bilan birga elimizga nomi taniş, adabiyotimiz tarixida çuqur iz qoldirgan isteʼdodli insonlarning hayoti, ijodi va insoniy qiyofasi haqida jonli tasavvur beriş, yana bugungi kun yoşlariga maʼrifiy, estetik taʼsir ötkaziş boş vazifa sanaladi.

Xotira kitob isteʼdodli, nazokatli va madaniyatli adib Ölmas Umarbekov haqidagi “Azizim”   hikoyasi bilan boşlanadi. Xotira-hikoya muallifning adib bilan tanişuvi, “Gulxan” jurnalida naşr etilgan uning ilk hikoyasi, bu asarga turtki bergan Nosir Fozilovning adib bilan muloqotlari haqida tasavvur beradi. Ayniqsa, Ölmas Umarbekovning sönggi kunlari va oğir dard bilan olişgan adib hayoti xotira-hikoyada taʼsirçan bayon etiladi. Maʼlumki, Ölmas Umarbekov haqida taniqli ijodkor, essenavis Şukur Xolmirzayevning “Binafşa hidlang, amaki” turkum esselari ham yaratilgan. Har ikki muallif esse-xotiralarda Ölmas Umarbekovning nozik qalbi, içki madaniyati, ziyoli şaxs sifatidagi qator insoniy va adibona qiyofasini oçadi. Şu bilan birga xotiralardagi individual xotira yoziş uslubi ham farqlanadi. Avvalo ularda Nosir Fozilov va Şukur Xolmirzayevning faktlarga  yondaşuvida, kundalik turmuş voqealarini saralab bayon etişida, muallifning xotiralardagi iştiroki masalasida köpgina farqlar, öziga xosliklar namoyon böladi.   Şu maʼnoda, N.Fozilov va Ş.Xolmirzayev xotiralarida faqatgina muallifning özi körgan tomonlari haqida yozilgan taassurotlar, mulohazalar möl-kölligini kuzatiş mumkin.  

Maʼlumki, xotira janrining muhim talablaridan biri muallif şaxsan özi guvoh bölgan real voqealarni muayyan xronologik tartibda hikoya etadi. Şunga köra memuar asar yozuvçi ijodkordan xotira janrining muhim prinsiplari sanalgan  faktografiklik, xronologik bayon, şaxsan şohid bölgan voqea va jarayonni haqqoniy bayon etişni talab etadi. Nosir Fozilov xotira janrining yuqorida tilga olingan qator janr talablari va imkoniyatlarini eʼtiborga olgan holda Ğafur Ğulom, Maqsud Şayxzoda, Oybek, Abdulla Qahhor, Saida Zunnunova,  Said Ahmad, Odil Yoqubov, Ö.Umarbekov, Hamid Ğulom, Şukur Xolmirzayev, Abdulla Oripov, Toğay Murod, Mirtemir, Jonrid Abdullaxonov, Pölat Mömin, Öktam Usmonov, Turğunboy Ğoyipov kabi özbek adabiyotining turli avlod vakillari sanalgan isteʼdodli şaxslar haqida qiziqarli, mazmunli, jonli xotira-hikoyalar yozadi. Xotira-kitob xronologik jihatdan qaralganda ötgan asrning 50-yillardagi adabiy jarayon voqealari bilan boşlanib, sönggi sahifalarda 40-yillarga yana qaytiladi. Lekin bu xotira janriga xos voqealarni hikoya etişdagi qatʼiy xronologik qoidani buzgan, degani emas. Sababi xotira-kitobda hikoyalar mustaqil syujet va kompozitsiyaga ega.  Şu bois xotiralarda qalamga olingan turfa davrlar tadriji kitobxon tomonidan osongina anglanadi. Qolaversa adib, köpinça xotira-hikoyalar boşlanmasida voqealar keçayotgan yil, oy haqida aniq qaydlar beradi. 

Xotira kitobda “Oybek domla”, “Kenglik”, “Döstlar quçoğida”, “Toş”, “Yegor Samayloviç”, “Özbek bölsang kel beri!”, “Ökinç” hikoyalari bevosita Oybek şaxsiyati va adibning qozoq adibi Sobit Muqonov bilan döstona munosabatlariga bağişlangan. Unda bir guruh özbek adiblarining Qozoğistonga taşrifi (1962-yil. 15-may), ön kunlik dekada voqealari hikoya etilar ekan, xotiranavis butun diqqat-eʼtiborini Oybek domlaga qaratadi. Hikoyalarda adibning bağrikengligi, nozik, taʼsirçan, şoirona qalbi oçiladi. Sobit Muqonovning Oybek soyda körib hayratlangan, hayajonlangan muhtaşam toşni adibga tuhfa etişi hikoya etilar ekan, asrlar davomida bir-biriga qondoş ikki xalq va bu ikki millat adabiyotining zabardast adiblari siymosida xalqlarimiz örtasidagi döstlik, insoniy qadr-qimmat masalasi qalamga olinadi. Muallif voqealarni eng oxirgi nuqtagaça kuzatadi. Ança yillar ötib, Oybekka sovğa etilgan toş sel keliş xavfi tuğilganda kömilib ketganligi haqida ham maʼlumot beradi. Xotira qahramonlari muallif nigohi bilan oçilar ekan, heç qanday sunʼiy börttiriş alomatlari közga taşlanmaydi. Baʼzi xotira-hikoyalarda muallifning şaxsan özi iştirok etmaydi. Qahramonlar özi harakatlanadi, voqealarni öz tilidan bayon etib beradi. Xususan, bu holat “Toş”, “Yegor Samayloviç” xotira-hikoyalarida közga taşlanadi. “Oybek zamondoşlari xotirasida” kitobida ham Sobit Muqonovning  adibga tuhfa etgan toş haqidagi xotira ham örin olgan. Körib turganimizdek, Nosir Fozilov heç bir voqeani özi biçib-töqimagan. Real voqealarni hayajonli, badiiy asar yozgandek, şirali tilda bayon etgan.

Har bir ijodkor xarakteri, qiliği, feʼl-atvori, gapiriş manerasi, taşqi portreti kabi masalalarda ham Nosir Fozilov juda jiddiy zahmat çekkanligi sezilib turibdi. Çunonçi, Oybekning taşqi körinişi şunday tasvirlanadi: “…Oybek domla hamişa tirikdek, qora közlari çaqnab tölqinli soçlari çust döppisi tagidan toshib çiqib ketay deb turgandek, har bir harakati, har bir imo-işorasida, qiynalib aytgan har bir sözida, hatto qaraşlarida falsafa bordek tuyuladi menga.

Bu Oybek domlaning taşqi qiyofasi”.

Şuningdek, “Mulla Şukur” xotira-hikoyasida Şukur Xolmirzayevning taşqi portreti va ilk tanişiş lahzalaridagi yoş ijodkor körinişini juda işonarli, tabiiy, jonli ravişda quyidagiça tasvirlaydi: “1958-yilning bahor kunlaridan birida kamina işga kelsam, şundoqqina eşik oldidagi kursida xipçadan kelgan, qoşlari kamon, közlari tiyrak bir yigitça ötiribdi. U örnidan turib salom bergan böldi. Tovuşi çiqdimi, çiqmadimi, bilmay qoldim”. Uvadasi çiqib ketgan eski daftarni qölga olar ekan, Nosir Fozilov bölajak adibga ilk tavsiyalarini berganligini juda samimiy bir yösinda hikoya qiladi.

Xotira kitobda ijodkorlar hayoti va ijodini taşkil etgan sahifalardan taşqari, Nosir Fozilovning tarjimon sifatida özbek tarjimaçilik maktabiga qanday kirib kelganligi, çunonçi, şoir Mirtemir bilan hamkorlikda olib borgan tarjimonlik faoliyati, tarjima maşaqqati, qozoq adiblari bilan olib borgan suhbat-gurunglari, Qozoğiston, Rossiyaning turli şaharlariga qilingan ijodiy safarlar haqida ham bir-biridan qiziqarli, baʼzan kulgili  voqealar ham hikoya etiladi. Ayniqsa, xotiranavisning tarjimon sifatida “Qozoq soldati” (Ğabit Musrepov), “Hayot maktabi” (Sobit Muqonov), “Abay” romani 2-jildi ustida olib borgan tahrir işlari haqidagi sahifalar adabiy jarayonning ajralmas bir qismi bölib kelgan tarjima maktabi, tarjimonlar faoliyati haqida yangi maʼlumotlar beradi.

“Said Ahmad bobo” xotira-hikoyasida yumor va satira ustasi Said Ahmadning xarakteriga xos şumlik, quvnoq tabiati maişiy voqealar fonida oçib beriladiki, beixtiyor bu tip hikoyalar kitobxonda kulgu uyğotadi.   

Şu bilan birga Nosir Fozilovning özbek-qozoq adabiy aloqalarini mustahkamlaşdagi fidoyiligi, şarafli hayoti va faoliyati, biografiyasi xotiralarga muhrlangan. Öylaymizki, adibning “Topdimu yöqotmadim” asari özbek memuar adabiyoti xazinasidan munosib örin egallaydi, kelgusi avlodlarga ajoyib xotira asar sifatida meros bölib qoladi.

Marhabo Qöçqorova,

Filologiya fanlari nomzodi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)