18 daqiqada öqiladi

270 marta körilgan

Ikkov

(Hikoya)

Bir körgan – biliş, degan xalqimiz. Ikki körgan – taniş. Bir emas, ikki emas… ötgan yetti yil içida yetmiş marta köribdi. Ammo bilaman deb ham, taniyman deb ham ayta olmaydi. Ismi kim? Asli qayerdan? Kim bölgan, nima iş qilgan? Bugungi işining maʼnosi nima? Hammasi qoronğu. Qoronğu ham emas, mutlaqo nomaʼlum. Faqat hozirgi kasbi haqidagina ozgina tasavvuri bor. Yo biznes, yo hokimiyat. Yo xöjayin, yo xizmatkor. Işqilib, tinçi kamroq. Vaqti esa taqçil. Juda taqçil.

Ikkovi tasodifan uçraşişdi. Öşanda bir maktabda öqigan, öziga öxşagan beva ayol teatrga taklif qilgan edi. Çaqirdi-yu, eng sönggi damda özi borolmay qoldi. Teatr qarşisida, çiptani qöliga uşlatdi-da, uzr sörab qolaverdi. Bu esa ança sarosimada qoldi, beva qança tayyorlangan, endi şundoq teatr darvozasi oldidan qaytmaydi-ku. Iloj yöq, jilla bölmasa bir pardasini körib ketay deb içkariga kirdi. Joyini topdi, ötirdi. Old qator, biroq sal çetroq ekan. Faqat avvalgiday, bularning yoş paytlaridagidek töda-töda xalq körinmaydi. Yarmidan köpi böş. Va kelganlarning hammasi keksa, keksa bölmasada örta yoşdan oşib qolganlar. Yoşlar umuman yöq. Orkestr uyasidan skripkaning çizilgan, yana bir asboblarning uzilgan, har xil tovuşlari eşitiladi, kuyini keltirib yotişibdi. Ötkan kunlarini, peşonasiga yozilgan, hatto, bugun ham toq qoldirgan yolğizligini öylab, köngli buzilib, maʼyus ötirgan edi,

– Keçirasiz, xonim, – degan tovuş keldi quloğiga. – Men ötib ketsam…

Çiroyli, qora smoking kiygan, qotma, kapalak galstuk taqqan, örta yoşlardagi gavdali erkak. Qoboği qalin, labi yuqa, şiddatli ekan. Ayol örnidan qözğala boşlagan edi, yana bir iltimos qildi:

– Betlaşib ötişimiz qiyin bölar, bari böş, örtaroqqa siljisangiz…

Özining xayolida ham bor edi, endi ilojsiz örtaroqqa yurişga töğri keldi. Haligi erkak çap tomoniga, naq yoniga ötirdi. Xuddi ikkovi teatrga birga kelganday. Şu payt asta qoronğulaşdi. Ortidan sahna pardasi oçildi. Öşa qadimiy, eskirmas “Aida” boşlandi.

Birdan sirli ohangga aralaşib dimoğiga qimmat atir hidi urildi. Juda olifta kişi bölsa kerak. Sanʼatkormi yo? Lekin yuzi notaniş. Yo rejissyormikan? Balkim, konservatoriyaning professori. Köz qiri bilan qaradi: U kökiş soyada toş haykal monand qotib qolibdi. Umuman, yomon odamga öxşamaydi.

Ayol özini juda noqulay his qildi. Birinçi sahnadan keyin ketsammi, qolsammi deb ötirgan edi, endi nima bölganda ham ketişga ahd qildi. Tasodifan birov körib qolsa uyat axir. Nariroq, bir-ikki örindiq siljib ötiriş yana noqulay. Buning ustiga, bolalarning çoraklik nazorat işi. Tezroq körib, natijasini çiqariş kerak. Boz ustiga mana bu kişi… Öz-özidan qisilib, tinçi yöqoldi. Bir dam yuziga issiq taft urildi. Öşa biqinidagi erkak nafasi ekan.

– Biron joyingiz oğriyaptimi?

– Yöq… – dedi u yanada özini yöqotib qöyib. – Ha… oğrib…

Şundan söng nafas olişi juda qiyinlaşib ketganday edi.

Nihoyat, tantanali, dabdabali, zafarli birinçi sahna tugadi.

Ayol biqinidagi erkakka botinib qaraşga ham iymanib, ikkinçi tomondan sidrilib çiqaverdi. Şoşilib pastga tuşib, kiyimini oldi. Töxtamay taşqariga otildi.

Qalin qor yoğib turgan ekan. Laylak qor. Qalin, yapaloq, suvli, salmoqli qor. Yer yana şilp-şilp. Olmaotaga dastlab kelgan, yoşgina qiz bölgan bir zamonda şunday, qiş örtasida hammayoq şilpillab loy bölib yotardi. Juda yoqimli körinar edi. Yoş edi-da u paytlar. Yoğinning özi qiziq. Hozir esa bu yupançsiz, taşvişli köngilni yanada maʼyuslaştirib yubordi. “Teatrda menga nima bor edi…” – deb öyladi. Yölovçi maşina töxtatmasa bölmaydi. Sal-pal oldinga yurib, köchaning narigi yuziga ötib, yöl tösdi.

Şu paytda ğildiraklari beöxşov, katta avtomobil yoniga kelib töxtadi. Biladi, bu – juda qimmat maşina. Yangi çiqqan katta boylargina minişsa kerak. Albatta, töxtagan – boyning özi emas, haydovçisi. Imkon bölganida beş-ön çaqa işlab olmoqçi. Töğri-da.

Djipmi, yoki allambalo deb ataladigan qimmat maşinaning zinasi ham juda baland ekan, eşikning tutqiçini uşlab, zörğa kötarildi. Maşina emas, keng saroyga kirganday böldi.

– Voy… – Qaddi kötarinki, tik ötirgan haydovçiga közi tuşganda beixtiyor ovoz çiqarib yubordi. Öşa, teatrdagi notaniş.

– Siz ekansiz-ku… – dedi talmovsirab. – Keçirasiz… men bilmasdan…

– Bilmagan kişi maşinani qöl kötarib töxtatmaydi, töğri yurib ostiga tuşadi, – dedi notaniş qandaydir dağal ohangda.

– Töxtatganim… loygarçilik bölgaç… uyga yetib oliş niyatida…

– Qança berasiz?

Ayol battar önğaysizlandi.

– Ellik tenge… – dedi ilojsizlikdan.

– Yaxşi, – dedi haydovçiga öxşamaydigan haydovçi qanoatli ohangda. – Bugungi bank hisobi böyiça ellik yetti tenge – bir dollar. Uyingiz uzoqmi?

– Uzoq emas… – dedi ayol battar uyalib.

Eski zamonnning aravasiday, tört burçakli, ulkan ğildirakli qimmat maşina şilpiq qorni ezgança qoq yorib, töğri eşik oldiga kelib töxtadi. Ayol sumkasini axtarişni boşlagan edi, haydovçi lip etib tuşdiyu, vahşatli maşinasining oldidan aylanib ötib, uning eşigini oçdi. Qölidan qattiqroq uşlab, sekin tuşirdi. Şundan söng sal sekinlaşgan, laylak qorga kaftini yoydi. Ayol özini juda noqulay sezgança sumkasini oçib, uning bir burçidan kiçkinagina, buklama hamyonini olib, ellik tengelik qizil qoğoz uşlatdi. Haydovçi qöyniga qöl suqib, çap tomondagi içki çöntagidan kiçikroq kitobça şaklidagi, qalin, çiroyli hamyonini suğirib, ellik tengelikni içkaridagi bir uyaçasiga ehtiyotkorlik bilan soldi. Köçadan taralib turgan xira yoruğda qapçiq içidagi bir dasta şiqirlagan dollar köziga aniq çalindi.

– Neçançi qavat? – deb söradi haydovçiga öxşamagan haydovçi.

– Uçinçi…

– Maşina kötarila olmaydi… – Taşigan kişisini uçinçi qavatga kötarib çiqara olmaydigan soyabonli aravadek maşina biq qildi-da, yoruğini yiğib oldi. – Endi özim çiqarib qöyişimga töğri keladi. Qoronği, qörqasiz…

Rostdan ham qoronği.

– Ehtiyot böling, – dedi ayol. – Bekor ovvora böldingiz. Özimga taniş zinalar-ku..

Taniş zinalar juda özgarib ketganday. Ikkovi uçun ham.

– Törtinçi qavatga ötib ketmadikmi? – deb söradi haydovçi, ovozi gumburlab.

– Yöq. Mana, keldik. Hozir eşikni oçaman. Keyin çiroq yoqaman. Qaytar yölingizda yoruğ böladi…

Kalit şiqirlab, oşiq-moşiqlar ğiçirlab, eşik zörğa oçildi. Içki bösağadan yalt etib çiroq yoqildi.

– Rost, – dedi ayol. – Sizga qanday rahmat aytişimni bilmay turibman. Maşinasiz hali yurgan bölardim. Bu podyezdda… çiroq doim kuyib ketadi. Bemahalda yurmasam ham, eşik oçib, taşqariga çiqişga qörqaman…

– Endi men qörqib turibman, – dedi haydovçi. – Taşqari – qor, kun – sovuq. Rostdan ham rahmat aytgingiz kelsa, ehtimol, bir piyola çoy berarsiz…

Ayol bu taklifni rad qilolmay qoldi. Ikkovi ham içkariga kirib, eşik yopildi. Taşqarida – loygarçilik, taşqarida – qoronğilik. Kapaday bir xona bilan oşxona ham issiq, ham yoruğ edi.

Tösatdan…

– Şarmanda… – dedi ayol betini qöllari bilan tösib. Mana, rosa yigirma… ön töqqiz yil böldi… Erim tösatdan vafot etgandan buyon. Ötgan yozda qizimni uzatdim. Boşqa şaharga. Mana endi… qirqdan oşgan paytda…

– Sen menga ön töqqizdagi yoş qizday körinding… – dedi erkak.

Ayol yana yuzini yaşirdi.

– Şarmanda böldim… Mutlaqo esimdan çiqib ketgan narsa…

– Sezişimça, sen heç qaçon boşlab ham bilmagansan… – dedi erkak.

– Nimaga? – dedi ayol hayron bölib.

– Tozasan, – dedi erkak. – Top-tozasan. Ustingdan çivin uçib ötmagan kabi.

Ayol gap maʼnosini yaxşi tuşunmagan bölsa-da, öşa tortinçoq holiça, erkakning keng gavdasiga suykalib, pinjiga tiqilibroq yotdi.

– Bölar iş böldi, –  dedi erkak. – Avvalgi gunohimni yuviş uçun… yana bir marta…

– Ismingiz kim? – deb söradi ustiga eskiroq, yengil xalatgina yopinib olgan, özini yöqotib qöyganidan qizarib turgan ayol.

– Mening ismim… Haydovçi, – dedi kiyinib, ketişga taraddudlangan, erkak. – Sening isming – Navnihol. Köp bilgan tez qariydi. – Uning jiddiy yo hazil gapirayotganini bilib bölmasdi.

Haydovçi biroz noqulay ahvolga tuşib, sal egildi-da, eşikka qarab yuzlandi. Ostonada ortga qayrildi:

– Telefon… Yaxşi, – dedi söngra. – Qölim böşaganda xabarlaşib turaman.

Şu böyi bedarak ketdi. Roppa-rosa tört oy. Bahorda qönğiroq qildi. Bu öşa haydovçi-ku. Uydamisan, yolğizmisan? Uyda. Albatta, yolğiz. Hozir boraman dedi. Ayol atrofini saranjomlab ham ulgurmagan. Yarim soat, ön beş-yigirma daqiqa emas, kelar damda, balkim ikki, balkim, uç daqiqada. Mobil telefondan xabarlaşibdi. Töğri eşikning oldidan. Maşina esa… nariroqda qoldirgan şekilli. Ayol derazadan qarab tursa-da, yaqin atrofdan köra olmadi. Uyat bölar edi-ku. Qöşnilar gapirişmaydimi. Qanday maşina, nimaga yuribdi, kimga keldi deb. Hammasi rus bölsa ham. Heç biri bilan aralaşmasa-da. Şuning özi… odam eşitmagan firibgarlik kabi. Ötdi, ketdi, tugadi deb öylagandi. Endi mana boşidan sovuq suv quyganday. Qönğiroq bir qisqa, bir uzun jiringlaganda uning vujudini öt çirmaganday böldi. Eşikni hovliqqança oçib, şoşilib yopdi. Tez-tez nafas ola boşladi. Erkak çiroyli va ixçam kiyinibdi. Ehtimol, çet elniki, biçimi ham, boşqasi ham özgaça kiyimlar. Qirov oralagan qaysar soçi qisqa kesilgan. Qalin qoş ostidagi qora közlari kulimsirab turadi. Ayol esa… ozgina noqulaylik, köproq quvonç. Birdan çoy qöymoqçi bölgan edi. Vaqt yöq dedi. Şu tört oy içida bir soat böş vaqt topmadim. Albatta, unutganim yöq. Törga ötar-ötmasdan şoşilinç yeçina boşladi. Şumşayib turib qolgan ayolni ham belidan quçib, böynidan yengil öpdi-da, özi yeçintirdi. Bir piyola çoy içgunça vaqt ötgaç, şoşila turib, çala-çulpa yuvinib, xayr-xöş aytişga ham holi kelmay, yugurib pastga tuşib ketaverdi.

Kelasi safar juda uzoq ketmadi. Oyga yetmay xabarlaşdi. Qoq tuşda keldi. Ayol uyda, kun yakşanba edi. Erkakning ham favqulodda bir dam olişi bölsa kerak, ikki soatça vaqtim bor dedi.

Taniş-notaniş, söqqaboş umr şunday davom etaverdi. Sal-pal könikiş demasak, ilk uçraşgan kundan farqi yöq. Ayolning bor tuşungani – erkak burun musiqa maktabida yoki opera teatrida xizmat qilgandek. Xavotirsiz, tinçgina tirikçiligi ötib yotgan. Oxir-oqibat, omadi çopibmi, har qalay, toparman-tutarmanga aylangan. Hozir juda boyga öxşaydi. Ammo halovati yöq. Ola-suron, tapur-tupur. Tinimsiz kuraş. Avvallari kelgan damda mobil telefonini öçirib taşlar edi. Endi boş tomoniga qöyadi. Bir safar juda noqulay vaziyatda jiringladi. Oldi. Nafasi uzilib, unsiz eşitib turdi-da, sökib yubordi. “U özidan ketmasin! – deb bökirdi, – hamma narsaning öz çegarasi böladi. Şusiz ham ortiği bilan olib yotibdi…” Şundan söng sal hovuridan tuşdi. Ozgina eşitib turgaç: “Kelasanlar… Biroq… aytganing tugal emas!..” – dedi-da, hammasi tugaganday, ağdarilib tuşdi. Ozgina unsiz yotib, şu unsiz holiça kiyinib, çiqib ketdi.

Yana bir safar juda kötarinki kayfiyatda keldi. Birdan boş solmay, avval yarim piyola çoy içdi.

– Şu biz qovuşganimizga qança vaqt böldi? – deb söradi.

– Siz şuni… qovuşiş deb öylaysizmi?…– dedi ayol beixtiyor.

– Menimça, qanday atalsa ham ajoyib. Men… bor dardimdan xalos bölib qaytaman. Bilasanmi, tor dunyodagi bor taşvişlar böyimdan sidirilib tuşadi… Şuning uçun ham sendan voz keça olmayman. Balki… ikkovimizda allaqanday bir öxşaşlik bor. Tabiat, yaralişda. Ehtimol, ertaroq uçraşganda, joni ham, tani ham birlaşgan, ahil-inoq yorlar bölarmidik…

– Uy olsang bölmaydimi, – deb sörab qoldi u. – Ikki xona. – Vaqting bölmasa, men özimizning yigitlarga topşirayin. Borasan, körasan-da, yaşayverasan.

Ayolning közi qinidan çiqquday böldi.

– Odamlarga qaysi pulimga oldim deb aytaman?.. Yöq, keragi yöq. Ikki xonani nima qilaman, – söngra qöşib qöydi: – Narxining özi ajabtovur bölsa kerak…

Erkak kuldi.

– Men senga… sovğa qilmoqçi edim…

– Rahmat… çin sovğa qilgingiz kelsa… köp uzamay qönğiroq qilib turing…

– Senga qönğiroq qilsam… sabrimdan ayrilaman, – dedi erkak. – Hatto, ertaga, ertagamas, biron soatdan söng boraman deb öylasam, toqatim ketadi. Bir-ikki marta şunaqa böldi. Xabarlaşgandan söng orqama-orqa kelişim kerak… Men seni heç qaçon unutmayman. Har doim yodimda yurasan. Faqat vaqtim taqçil. Şusiz ham sal böşab qolsam, avvalgiday teatrga emas, sening oldingga kelgim keladi.

Ayol umrida bunaqa söz eşitmagan edi. Uyatdan qizarib, bir dam jim turdi. Söngra rostini aytdi.

– Men… siz bilan uçraşgandan buyon juda özgardim. Öylab körsam… avvallari, şunçaki jinsim ayol ekan. Siz menga… özimning kim ekanligimni anglatdingiz. Men ayol sifatida… avval körmagan, bor deb bilmagan rohatga belandim. Muhabbat… buyuk söz. Tan lazzati. Uyat bölsa ham… men bilmayman, kelajakda qanday yaşaşimni. Siz meni… buzdingiz… – Yöq, – deya söngra qöşib qöydi, – siz bölmaganingizda men dunyoning rohatini körmay ketar ekanman. Şuning uçun rahmat.

Erkak unsiz eşitib, öylanib ötirib qoldi. Söngra ayolning iyagini kötarib, lablaridan yengilgina bösa oldi. Ehtiros bilan quçoqlab, erkalay boşladi. Şu paytda telefon jiringlab qoldi. Yaxşi xabar şekilli. Erkak jimgina eşitib turdida, “Xöp, Navnihol, ketdim”, – dedi, quvnoq ohangda.

Öşa safar kiçkinagina yozuv stolining ustiga bir dasta… pul taşlab ketibdi. Kuzatib qöygandan keyin kördi. Pul bölganda ham – dollar! Yap-yangi, faqat yuztaliklar. Sirtidagi, bank muhri bosilgan boğlamida yozilgan – rosa ön ming! Çöntagidan yana bir narsalar bilan qöşib çiqargan bölsa, unutib qoldirgan. Hozir qaytib keladi. Kelmadi. Vaqti yöqdir. Endi ayol aqlga siğmaydigan köp pulni qayerga qöyişni bilmay hayron. Uyga öğri tuşsa nima qiladi. Heç xayoliga kelmagan ekan bu fikr. Aslo xavf sezmagan edi. Nimani ham öğirlaydi deb öylagan-da. Endi bunça pul. U yoqqa yaşirib, bu yoqqa yaşirib nihoyat joy topdi. Ötgan yildan qolgan eski darsliklar bor edi. Ulardan birining örtasini tört burçak qilib öyib, ön ming dollarni bir butun holda soldi. Ostki, ustki bir qança betlarini birlaştirib yelimlab, kitobni körinişidan avvalgi holiga keltirdi. Şundan söng iş stolining tepasiga, devorga mixlangan kitob javonidagi eski darsliklar, hikoya va şeʼr kitoblar orasiga joylaştirib qöydi. Nazarida, juda yaxşi yaşirgandek böldi. Ammo endi u halovatini yöqotgan edi. Yuragida mudom xavotir. E, Xudo yuz mingli, millionli boylar qanday uxlar ekan. Töğri, bunça köp pulni bankka solib qöyişadi. Biroq, bankning özi tunalib qolişi mumkin-ku. Yoki qandaydir bir kitoblarda yozganidek, bankrot bölib… Öşa kuni uyqusi çala böldi. Maktabda ham işining barakasi bölmadi. Saboqlarini ötib, söngra aksiga olib bugunga töğri kelgan sinf majlisini çala-çulpa ötkizib, uyga oşiqdi. Ellik tenge tölab taksi bilan zumda yetib keldi. Uf… Hammasi örnida, bugunça omon ekan. Köngli joyiga tuşdi. Birozdan söng yana xavotir ola boşladi. Xuddi şu payt telefon jiringlab qoldi. Albatta, Öşa!

Kelgan zahoti… Ha. Ayol pulning joyini aytib ulgurgan edi.

– Seniki, – dedi erkak. – Keragingga işlataver. Köp? Pul degani heç qaçon köplik qilmaydi. Qanday tugab qolganini özing ham bilmay qolasan. Bir çetidan foydalanaveriş kerak. Dastlab yengil-yelpi, u-bu jihoz ol. Söng çiroyli, qimmatbaho xalat.

Ayol heç qanaqa jihoz olmadi. Hojati yöq edi. Odmigina qora xalat oldi. Öz puliga. Ikki oy böyi ançagina tejaşga töğri kelgan. Köp pulni esa… boşqa bir joylarga yaşirdi. Xavf bor, ammo avvalgiday emas. Ehtimol, öziniki, bir qadar öziniki sanagani uçundir. Qança majburlasa ham egasi olmagandan keyin şunday hisoblay boşlagan edi. Qaysidir romanlarda öqigani bor edi. Qadimgi boylar şunaqa qilib xuştor uşlaşar ekan. Haşamatli saroyga ötirğizib, turli laş-luşlarga, zeb-ziynatlarga kömib qöyadi. Şarmanda. Men unaqa emasman deb öyladi. Söraganim yöq. Olmasa nima qilişim kerak. Janjal qila olmaydi-ku. Özi begona, notaniş erkak…

Begona, notaniş erkak avvalgiday kelaverdi. Haftada bir. Oyda bir. Ikki-uç oy yöqolib ham ketar edi. Bir safar rosa yarim yil xabarsiz ketdi. Azob edi. Kutiş emas. Ayol kutib örgangan. Azob – telefon jiringi. Odam bölgandan keyin, taniş-biliş, xizmatdoş, yaqin-yiroqlar, olisdagi yolğiz qiz – har qalay allakimlardir xabarlaşmay turmaydi. Telefon jiringlaganda ayolning yuragi şuv etib ketadi. Albatta, boşqa. Yana jiring – yana şuv… Yana boşqa. Hafta böyi. Nihoyat umid uzilganda, yoki, kutilmagan damda – Özi! Şundan söng bir hafta, yöq, ikki-uç kun xotirjamlik. Yoqimli tinçlik. Uçinçi, törtinçi kun… Yana azob. Beş, yetti, ön, ön ikki… kun ötadi. Bir umrlik yetim töşak öz odatini topadi. Tul köngil qolipiga tuşadi. Roppa-rosa ön töqqiz yil böyi xotirjam yaşadi-ku. Aqlidan adaşmadi. Bir maromdagi umr karvoni ötib yotgan edi. Hozir ham… hafta ötar, oy yangilanar könikkan tirikçilik söqmoğiga tuşar edi. Tuşa boşlar edi. Şu vaqtda… jonga azob beruvçi telefon! Albatta, boşqa birov. Özi bölişi ham mumkin-ku. Yana umid uyğona boşlaydi. Kun sayin. Hafta böyi. Oy davomida. Eng qiyini şu ekan. Bir safar telefonni ikki kun öçirib ham qöydi. Şunda… boşqalar bilan birga uning ham qönğiroq qiliş ehtimoli bor-ku. Balkim, bir neça marta qönğiroq ham qilgandir. Uyini almaştirdi deb öyladi. Qaylargadir ketdi, bir yöla ketdi deb öyladi. Endi aslo xabarlaşmasligi ham mumkin. Rostdan ham. Ikki kun davomida tinimsiz qönğiroq qilgan. Qança izlagan. Lekin… izlamabdi. Qanday yaxşi. Telefonni qaytadan qöşiş azob ekan, oradan yarim soat ötmay topila qoldi. Mana, quvonç! Mana, baxt!

Yana ikki-uç kun xotirjamlik. Şundan söng jon azobi qayta boşlanadi.

Şu tariqa, bilmagan biliş, tanimagan taniş umr naq yetti yilga davom etibdi. Ayol qirq töqqizga keldi. Biroq lofi yöq, rosa ön beş yilga yoşarganday. Özini öttizdagi holidan köra sergakroq his qilar edi. Yoş umri qaytib kelmasa-da, yaxşi bir kunlarni boşdan keçiribdi. Erkak esa – aksinça. Soçlari butkul oqarib ketgan edi. Ança vazmin bölib qolgan. Yuzi ham sölğin. Köpinça çarçab keladi. Özini qança xursand körsatişga urinmasin, baribir iç-içidan kayfiyati yöqligi sezilib qolardi. Mobil telefondagi suhbatlar ham juda keskin. Köpinça buyurib emas, ötinib gapiradi. Hatto bir safar juda sekin gapirib, yaliniş ohangiga ham köçdi. Uç hafta muddat söradi. Bir narsa yetmay, bir narsa keçikib yotibdimi, işqilib kutilmagan dilxiralik. Ustki kiyimini hozirgina yeçgan edi. Darhol qayta kiyinib, biron soatdan söng qayta kelaman dedi-da, boşi xam holda çiqib ketdi. Bir soat emas, bir hafta emas, bir oyda zörğa xabarlaşdi. Kelgan. Odatdagiday bölmasa-da, soğinib qovuşişgan. Söngra sarosimalanib bir piyola çoy içdi. Çoy iça ötirib, taksi çaqirtirdi. “Maşina buzilib qoldi…” – degan, özidan-özi keçirim söraganday.

Kamida yana biron oyga ketdimi deb öylagan edi. Uç kundan söng xabarlaşdi. Sirtqi eşik yopilişi zahoti özida yöq odatga köra, ayolni bir qöli bilan belidan quçoqlab, bir qöli bilan soçlarini silab, unsiz turib qoldi. Yotoqxonaga emas, oşxonaga tomon yurdi. Kiçkina stol boşiga kelib suyançiqsiz örindiqqa ötirar ekan çoy-poy kerak emas deganday, qölini siltadi. Söngra biron joyi oğrib, qattiq qiynalganday, yuzlari sölğin holda, yerga qarab, sokin ovoz bilan:

– Navnihol! – dedi. – Sen yetti yil böyi mening jonimga xotirjamlik baxş etding… – Tomoğiga nimadir tiqilganday, bir xörsinib oldi. – Albatta, men… seni hamma tomonlama taʼminlaşim kerak edi…

– Bu nima deganingiz… bu nima deganingiz… – dedi ayol bir yomonlikni köngli sezib.

– Şunday qiliş kerak edi, – dedi erkak yana xörsinib. – Dunyo bir qolipda turaveradi deb öylabmiz. Biroq… Hamon umid yöq emas. Ehtimol, qayta aynalib, hammasi örniga tuşar. Sen meni keçir, mehribonim…

Ayolning közidan tirqirab yoş oqib ketdi:

– Nima böldi, oğajon, nima böldi?

– Hammasidan ayrildim…

– Boş omon-ku, boş omon-ku…

– Hozirça omon. Biroq… kimga kerak.

– Unaqa demang. Unaqa demang. Bundan ön yil oldin şu ayrilgan narsalaringizning birontasi ham bölmagan edi-ku! Bölgan yöq. Özi bergan Xudoyim özi oldi!

– Şunaqami? – Erkak qandaydir yangilik oçganday, şalviragan boşini qayta kötarib, ayolga tik qaradi. Söngra yana şalvirab tuşdi. – Biroq u paytlarda yoş edim… Boşim ozod edi-da. Endi… boşim savdoga tuşib turibdi. Özimni ehtiyot qilişim kerak. Menda esa… – Erkak aççiq kinoya aralaş kuldi. – Kuni keça oltin pulni supirib olgan menda hozir yöl kiraga işlatadigan kök tiyin ham yöq! Heç bölmaganda, biron ming dollar bölsa, huşyor öljaday, yaşirinib turar edim. Mana, çuv tuşib, ado böldi degani şu. Ertaga – turmada ötiraman!..

– Ötirma, oğajon, – dedi ayol jon holatda. – Pul bor. Mana, hozir. – Surina-turtina içkari uyga yugurdi. Nimanidir qöporib, nimanidir ağdarib, hovliqqança qayta keldi. – Mana! – dedi qölidagi yöl-yöl daftar qoğoziga öralgan uzunçoq, tört burçakli  tugunni erkakning qöliga berar ekan. – Mana! Bir paytlar, bundan beş yil avval taşlab ketgan özingizning pulingiz! Bir tiyini ham yöqolmasdan, öz holiça turibdi!

Erkak tugunni qöliga olib, sirtidan siypalab, örovini oçar ekan, yuzini bosib egildi-da, höngrab yiğlab yubordi.

– Sen… sen…

Tomoğiga yoş tiqilib, heç narsa ayta olmadi. Şu holiça yana ozgina ötirdi. Şundan söng boşini ilkis kötardi. Közi qurğoq. Alang-jalang qilib yon-veriga qaradi. Pulni qöyniga tiqib, yana nimadir izlaganday içki uyga kirib çiqdi.

– Hammasi öşa-öşa-ku? – deb söragan keyin. – Men hali… hali körsataman ularga! – Söng birdan muloyimlaşdi. – Omon böl! – dedi közi yoşlanib. – Ehtimol… qaytib kelarman. – Eşikka qarab yurar ekan, yana töxtadi. – Qança noqulay bölsa ham, sendan keçirim sörab ketmoqçi edim. – Qaytadan qöyniga qöl solib, yopişib qolgan hamyonini suğurdi. – Mana bu – huv öşa ellik tengelik… Sen yöl haqiga tölagan. Ezgu işning elçisi sifatida mudom yonimda saqlar edim. Senda bölsin. Yöqotib qöyma. – Keyin zöraki jilmaydi. – Ikki-uç yildan söng, mana bundan… – böynini körsatdi, – ikki-uç hissa, yarim qop yaşil qoğozga qayta sotib olaman…

– Köça qoronği… Men eşikni oçib turaman, ehtiyot böling, – dedi ayol.

Zinadagi oyoq tovuşlari sekin-asta tingaç, ayol eşikni yopdi. Ikki marta burab, ikki qulfni ham mahkam berkitdi. Qölidagi qizil qoğozga qarab biroz turib qoldi. Xuddi özi. U olganda bir çeti salgina yirtiq edi. Kiçkinagina yaltiroq qoğoz bilan yopiştirib yelimlab qöyibdi. Öşa holida turibdi.

Ayol ötgan kunlarni – keyingi yetti yillik umrini emas, öşa umrga yöl oçgan dastlabki kun, dastlabki daqiqani esladi. Ellik yetti tenge – bir dollar degandi. Hozirgi bir dollar – yuz ellik bir tenge. Uç hissa tuşgan. Ellik tengening öziga ikki dona non sotib oliş mumkin. Navbatdagi maoşgaça uç kun bor. Çoy bilan içib oşqozonni aldaşga ikkita non ortiği bilan yetadi.

Xuddi şu payt telefon jiringlab qolgan. Ayol şoşilmay, sarosimaga tuşmay, azoblanmay şaxd bilan göşakni kötardi. Hamkasblaridan biri ekan. Ikki-uç kunga yuz tenge qarz söraydi. Ayol beixtiyor kuldi.

– Hozir kerakmi?

– Ertaga darsga kelganda…

– Ellik tenge bor, – dedi ayol vazmin ovoz bilan. – Örtasidan qoq bölsak, ikkovimizga ham yetadi…

 

Muxtor MAĞAVIN

 

Qozoq tilidan Uluğbek ASROROV

tarjimasi.

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)