4 daqiqada öqiladi

304 marta körilgan

Mening xotinim yozuvçi

(Hajviya)

Yozuvçilik ham köngilga tegib ketarkan. Mana şu kasbga kirişganimga ham yigirma beş yil bölibdi. Ammo heç narsa orttirmabman. Haliyam yoş yozuvçiligimça qolibman. Şunça narsa yozibman-u birorta sovringa sazovor bölmabman. Bor-yöği yozganim tört-beş qissa, töqqiz drama, yuzga yaqin katta-kiçik hikoyalar ekan. Bundan taşqari taxtaning qalinligiday uç kitobim yoruğlik yuzini köribdi, xolos. Ijodimning tugagani şu bölsa kerak. Endi qalam-daftarni yiğiştirib, sakkiz soatlik iş topsammikin?!

Taşqariga çiqsam, dökonçi xotinim hovlining kunçiqar tomonidagi örindiqda pista çaqib ötirardi.

– Oyşaxon, – dedim uning qitiq-patiga tegiş niyatida: – Sen yozuvçi bölişni istarmiding?

Bu sözimga xotinim qotib-qotib kuladi, “Meni kalaka qilayapsizmi? Men bir dökonçi bölsam, savdo xodimidan yozuvçi çiqarmidi?” – deya xafa böladi, deb öylagan edim.

Lekin xayollarim puç bölib çiqdi. Xotinim gapimga parvo qilmasdan pista çaqqaniça: ..

– Harakat qilib köray-çi! – dedi esnab.

Dökonçi xotinim şu kuni ijod xonamning kalitini olib, yozuv stolimga borib ötirdi. Hayron bölib qotib qolgan joyim şundaki, ançagina yozuvçilik tajribasiga ega, matbuotda tanilib qolgan mendek eridan maslahat ham olmadi. Bugungi muhim bölgan tijorat  mavzuida yozmasdan, antiqa dökon oçganligi töğrisidagi özining boşidan keçirgan voqealarni qoğozga tuşirişga kirişdi.

Tongda turib öqisam “Dökonçi qiz”  degan yetti yarim betlik hikoya paydo bölibdi. Baʼzi yerlarini tuzatib berdim. U bozorga borib, yöl-yölakay yoşlar gazetasiga topşirib qaytdi. Hikoya ikki kundan söng “Mening birinçi hikoyam” rukni ostida bosilib çiqdi.

Şu kuni keçqurun telefonda tahririyatda işlaydigan allakimning uzoq maslahatini olib, yana yeng şimarib yozuvga ötirdi. Oradan hafta ötgani yöq. Uning yetti yarim betli hikoyasi birdaniga “Dökonçi qizning kundaligi” degan yangi oçilgan gazetalarning birida: “Davomi. Boşi gazetamizning ötgan sonlarida”, – degan körsatkiçlar ostida bir yarim oy uzluksiz bosilib turdi.

Qissa bosilib çiqişi bilan xotinimning obröyi birdaniga oşib ketdi. Endi u turli taşkilotlarga uçraşuvlarga çaqiriladigan böldi. Uning nomi maşhur yozuvçilarning maʼruzalarida tilga olinardi.

Oradan uç-tört oy ötgani yöq. Men öylaganimday, qalam haqi çor atrofdan qorday yoğa boşladi. Dastlab “özi çiqqani bir qissa bölsa, bu pullar adaşib yurgan bölmasin“, deb öyladim. Tekşirtirib körsam, hammasi töğri ekan.

Televideniyeda işlaydigan bittasi xotinimning asari böyiça ikki qismdan iborat telekörsatuv tayyorlabdi. Taniqli rejissyorlarimizdan bittasi bu asarni teatr uçun sahnalaştirişni boşlab yuboribdi. Yil ötmasdan xotinim Yozuvçilar uyuşmasiga boş maslahatçi bölib kötarildi. Endi uning uzundan-uzoq ismi plenumlarda, katta-katta yiğinlarda, matbuotlarda tez-tez tilga olina boşlandi. Hatto nomdor tanqidçilarimizning ham nazaridan çetda qolmadi. Ular bizning xotinning qissasi mazmuni bilan ğoyasini çuqur örganişga yeng şimarib işga kirişib ketdilar.

Holimga maymunlar yiğlay boşladi: men endi bir umr köplab asarlar yozgan xonamning eşigini qoqib kiradigan böldim. Ovqat pişiriş, bolalar tarbiyasi bilan şuğullanişlar kaminaning zimmasiga tuşdi.

Telefon qurğur ham kunu tun xotinim uçun jiringlaydigan böldi.

Yaxşisi, yozuvçiligimni qaytadan qölimga olmasam bölmas! Yozuvçilar uyuşmasiga bordim. U yerdagilar meni iliq kutib olişdi. Adabiyotga yana qaytişimni maʼqullaşdi. Yaqinda aʼzolikka qabul qilişga vaʼda berişdi. Ammo buning uçun taniqli ikki yozuvçidan tavsiyanoma olişim kerak ekan.

– Bittasini özim beraman, – dedi meni iliq kutib olgan yozuvçilar uyuşmasining masʼul kotibi. – Meniyam maşhur şoirlardan obröyim kam emas. Şeʼrlarimning törtinçi töplami çiqiş arafasida. Masʼul kotib degan nomim bor. Ammo sizdan iltimos, ikkinçi tavsiyanomani mendan kuçliroq bölgan yozuvçi beraqolsin.

– Unda respublikamizdagi taniqli yozuvçilardan biri, bir neçta mukofotlarning sovrindori Turimbet Qöspölatovdan olsam qanday bölarkan?

– U bölmaydi. Romanlari talabga javob bermaydi. Köçirmaçi deyişyapti.

– Maşhur şoir Xöjaboy Seitovdan olarman. Töqqizta kitobi çiqqan.

– Şoiringizning şeʼriy töplamlari kitob dökonlarida ötmasdan içiga suvaraklar uya qurib olgan.

– Bölmasa, kimdan olay axir?

– Qiziq ekansiz-ku, – dedi masʼul kotib aççiqlanib. – Yoki bölmasa jörttaga özi aytsin, deb turibsizmi? Köpçilik taniydigan, siz tavsiyanoma olişga arziydigan yozuvçi uyingizda yaşaydi-ku?

– Voy-böy, mening xotinimni aytayapsizmi?

– Ha-da. Bizda undan boşqa maşhur yana kim ham bor? Ana şu kişidan zör tavsiyanomani olasiz. Bölmasa, biz sizni aʼzolikka qabul qila olmaymiz.

… Men şu yerdagi örindiqqa behol ötirib qoldim. Yopiray, u menga aʼzolik uçun tavsiyanoma berarmikin? Töğrisi, boşim qotib qoldi…

– Balo uribdimi, berar. Axir u bilan bir uyda turamiz-ku!..

 

Saylovboy Jumağulov

Qoraqalpoq tilidan

Yorqul UMAROV tarjimasi

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Jumagul-suvonova

    Ajoyib hikoya! Juda ajoyib saboq!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)