Yozuvçi Xurşid DÖSTMUHAMMAD bilan suhbat
– Boş muharririmiz: “Xurşid aka bilan anʼanaviy suhbatlarga öxşamaydigan, iloji bölsa bahs uyuştirib bersangiz”, deb qoldi. Rozi böldim. Şu sababli, ruxsatingiz bilan gurungni uzundan-uzoq kiriş sözlarisiz, ğarb jurnalistikasiga xos bölgan “töntarilgan piramida” usulida, yaʼni asosiy mavzudan boşlasak.
Xurşid aka, Siz asarlarga baho berayotganingizda mualliflarni “havaskorlar” va “professionallar”ga ajratasiz. Nazarimda, bu öziga xos “dvoynoy standart”da adabiyotning qanotini qayiradigan unsur bordek. Keling, fikrimni izohlaşga urinib köray.
Yaxşi bilasiz, bundan deyarli bir asr muqaddam, aniqroği 1929-yili Abdulla Qahhor böş asarlarni çop etgan bir tahririyat ijodkorlariga qarata: “Insof qiling, axir “qişloq muxbirimizdan keldi” deb aynan bosib böladimi?” deya xitob qilgandi. Fikrimça, bugungi kunga kelib mazkur jumla ozgina isloh bilan yana jaranglayapti, yaʼni “qişloq muxbiri” örniga “havaskor yozuvçi”ni qöysak kifoya. Zero, bu talqin ayrim hollarda qanaqadir imtiyozlar beruvçi indulgensiya vazifasida ham qöllanilayotganday (Bu haqda hali töxtalamiz).
Lev Tolstoy “Sanʼatning mohiyati töğrisida” nomli asarida ibratli bir holatga alohida töxtalib ötadi: “Butun Yevropa alqab keluvçi Zolya, Burje, Gyuismans, Kiplinglarning maşhur roman hamda qissalarini qunt va hafsala bilan öqib çiqdim. Ayni vaqtda, mutlaq notaniş bir yozuvçining bolalar jurnalida bosilgan bir kambağal beva xonadonida pasxaga tayyorgarlikning borişi tasvirlangan hikoyasi ham qölimga tuşib qoldi. (Gap F. F. Tişenkoning “Rjanoy xlebuşko – kalaçu deduşka” hikoyasi xususida ketmoqda. – A.Y.) Zolya. Burje, Gyuismans, Kipling va boşqalarning roman hamda qissalarini öqib, men biror soniya taʼsirlanganim yöq… Nomaʼlum muallifning bolalar va jöjalar haqidagi hikoyasini esa boşimni kötarmasdan öqidim, çunki muallifning tasvirlaganlari – ehtimolki boşidan keçirganlari, his etganlari menga darhol yuqdi-qöydi…”
Har qalay, Tolstoy özini larzaga solgan asarga umumadabiyot talablaridan kelib çiqib yondoşgan, “sen havaskorsan” deb muallifning yelkasiga qoqib qöymagan deb öylayman.
…Uç-tört yil bölib qoldi, jizzaxlik qalamkaş Sirojiddin Aliqulovning bir mungli hikoyasini öqib qoldim. Garçand bu “jonli lavhadan rangsiz köçirma” (Puşkin) bölsa-da, sizga hikoya syujetini aytib berişga urinib köraman. Çekka qişloq. Ota-onasi ölib ketgan, içkilikboz akasi va bir burda nonni boşiga bir muştlab beradigan zolim yangasi uyida yaşaydigan şörlik çöpon qiz. (Dostoyevskiyning Marisi esingizga tuşayaptimi?) Şu beçorani iflos bir hamqişloq yigit zörlaydi. Tez orada töy böladi. Töy tugagaç, yomğir va şamolli tunda kelinçak çimildiqqa kirmaydi, özini abgor ahvolga solgan yigitning oldiga keladi va uni bir amallab öşa maşʼum voqea sodir bölgan jar yoniga olib keladi. Keyin yigitni mahkam uşlab olib, özini jarga otadi… Ertasi kuni odamlar “Şörlik kelinçakni anavi ablah olib qoçib ketibdi, jardan olib ötayotgan mahal qulab tuşişibdi”, degan xulosaga kelişadi. Bir emas, ikki jon halok böldi. Bu dahşat. Ammo… ammo qiz özining pok nomini, şaʼnini saqlab qoldi-ku… Ança kungaça şu hikoya taʼsiridan çiqolmay, özim umrimda körmagan-bilmagan muallif bilan ğoyibona bahslaşib yurdim. Bunday yaxşi maʼnoda “dahşatli” hikoya bitib qöygan qalamkaşni “havaskor”lar safiga qöşib böladimi?
– Avvalo, “Yoşlik” jurnalining eʼtiboridan mamnunligimni aytib qöyay. Ozmunça qalamkaşni tarbiyalamadi, yölga solmadi jurnal! Bu borada jurnal şaxsan özim uçun ham nihoyatda qadrli.
Bahsga kelsak. Odatda oddiy suhbatdan köra bahs-munozara qiziqroq öqiladi, çunki bahslaşuvçi tomonlar öz nuqtayi nazarlarini örtaga taşlaş asnosida va tabiiy, bahsda böş kelmaslik maqsadida, baʼzan qizişib, qaraşlarini keskinroq tarzda bayon etişga harakat qilişadi. Biroq men heç kim bilan bahslaşiş niyatim yöq. Xususan, adabiyot, badiiy ijod, badiiy tafakkur mavzusidagi tortişuvlar jarayonida biror haqiqatga oydinlik kiritiladimi-yöqmi, bir narsa deyiş qiyin, lekin huda-behuda gap köpayişi muqarrar (misolni uzoqdan izlamaylik, Siz meni bahsga çorlaş niyatida bergan mana şu savolingizdagi Abdulla Qahhor, Lev Tolstoy va Sirojiddin Aliqulovdan keltirgan misollaringiz menga unçalar örinli tuyulmadi, ular gapni köpaytirmoqda, xolos). “Şu gapingizning özi bahsli-ku”, deyişingiz mumkin. Şuning uçun ham mulohazamga izoh berişga töğri kelyapti.
Badiiy tafakkur, badiiy ijod va umuman sanʼat asariga berilgan har qanday xolis baho zamirida ham subyektivlik bölmay iloji yöq. Qiziği, badiiy ijod, birinçi navbatda badiiy did, badiiy saviya demakdir. Bunga qöşimça ölaroq, ixtiyoriylik degan gapni ham unutmaylik. Tuşunçasidan, dididan qatʼi nazar heç kim heç kimni ijod qiliş ixtiyoridan mahrum etolmaydi. Men esa hatto bahsli, bahsga kirişgan holatlarda ham men bilan muloqotdagi kişining qaraşlariga zuğum ötkazib qöymaslikka harakat qilaman. Men mutlaq haqman, degan nuqtayi nazar adabiyotda ketmaydi. Bu şaxsiy fikrsizlikka olib kelmasligi kerak albatta, şaxsiy qaraşlar aytilmoği kerak, lekin gap mutlaqlik haqida bormoqda. Aytmoqçimanki, har kimning öz ölçovi, mezonlari, toşu tarozusi bor. Men öz qaraşlarimni bayroq qilib kötarişdan köra, boşqalardagi mavjud fikr-mulohazalarni avaylaş muhimroq deb öylayman. Şu sababdan mening mulohazalarimni qabul qiliş-qilmasliklaridan unçalik oğrinmayman.
Asarlarga baho berayotganda mualliflarni “havaskorlar” va “professionallar”ga ajratişga kelsak. Töğri, u yoki bu çiqişlarimda mavzuga uşbu mezonlardan kelib çiqib yondaşgan bölsam bordir. Lekin bunda adabiyotning qanotini qayiradigan (?) “dvoynoy standart” (?) topganingizni tuşunmadim. Umuman, har qanday sohada, takror bölsa, uzr, ayniqsa badiiy ijodda professionallik va havaskorlik tuşunçasi nihoyatda muhim, ğoyatda nozik va qatʼiy çegara-belgilarini aniq-tiniq belgilaş qiyin bölgan masalalardan hisoblanadi. Badiiy asarning yuqori professional darajada yaratilganini körsatuvçi muhim körsatkiçlar bir talay: ğoya, maqsad, syujet, til, fabula, ohang, hajm, dialog, tasvir yösini, kulminatsiya, yaxlitlik, meʼyor, muvozanat, muallif nuqtayi nazari va iştiroki, nihoya… Ehtimol, bu hammasi emasdir, lekin ularning bari biri-biridan ahamiyatli, biri-biridan muhim va hatto şart bölgan (!) talablardir. Badiiy asarning badiiyligidan, badiiy tafakkurning yuksakligidan, badiiy mahoratning öziga xosligidan dalolat beruvçi unsurlardir. Taʼkidlab qöyay, bu singari mezonlarni kimdir öylab topgan va joriy etgan emas, balki Arastu va Navoiy zamonlaridan hozirga qadar badiiy-estetik mahorat mezonlari sifatida eʼtirof etilgan – BADIIY IJOD TABIATIDAN kelib çiqqan tuşunçalar. Afsuski, gohida professionallar davrasida ham havaskorlik darajasida fikrlaşdan uzoqlaşa olmaslikni körib ranjiysan kişi.
Lev Tolstoy qaysidir nomaʼlum muallifning, Siz S.Aliqulovning özingiz tasvirlagan hikoyasidan taʼsirlangan bölişingiz mumkin. Taʼsirlaniş mutlaqo ixtiyoriy hodisa, binobarin, Tolstoy bobo ham, Siz ham bu örinda töla haqlisizlar, lekin har ikkala misolda keltirilgan hikoya ham professional saviyada yaratilgan emas (özim öqib körmagan ikki asar haqida bunday keskin xulosa çiqariş noqulay, albatta.) Taʼsirlaniş boşqa, professionallik boşqa. Sezyapman, Siz asar professional darajada yozilgan bölsa-yu, öquvçiga taʼsir körsatmasa unday professionallikning nima keragi bor dersiz. Undan köra, keltirilgan ikki misoldagidek taʼsirli asar yoziş kerak-da, degan aqidani töğri deb hisoblarsiz. Şu aqidangizdan kelib çiqib S.Aliqulovning hikoyasidagi kelinçak obrazi (hay-hay, Dostoyevskiyning Marisiga yaqin keltiriş qiyin-ov!) unutilmas badiiy mahorat timsoli deb qararsiz. Bordiyu, şunday öylasangiz, şunday hisoblasangiz, yanglişasiz.
Fikrimga yanada oydinlik kiritiş uçun salgina çetga çiqib bölsa-da, şaxmatdan misol keltiray. Bir partiyada raqiblar örtaça öttiztadan yöl yurişdi deylik. Jahon miqyosidagi şaxmat ustalarining deyarli barça yöllari özlariga xos maqomdagi professional darajadagi yöl sifatida baholanadi, adoqsiz muhokamalarga mavzu beradi. Bitta-ikkita uçraydigan favqulodda xato yöllari esa havaskorlik darajasidagi yanglişmovçilik hisoblanadi. Havaskor şaxmatçilar uçraşuvidagi har ikki raqibning öttiztadan qilgan yurişlarining qariyb barçasi esa özlarining darajalaridan yuqori kötarilmaydi. Faqat ayrim holatlarda ğoyatda öxşatib topilgan yurişgina professional darajadagi yöl sifatida olqişlarga sazovor böladi, xolos.
Bundan qanday xulosa çiqadi: professional şaxmatçi xatosiga qaramay professionalligiça, havaskor esa “dahşatli” yöl topganiga qaramay havaskorligiça qolaveradi. Kim qaysi şaxmatçining öyinlaridan zavq-şavq oladi, taʼsirlanadi – bularning bari yana did, yana saviya, yana… allanimalarga borib taqalaveradi…
– Xurşid aka, öylaşimça, avvaliga “Ön sahifasini köraylik-çi, yoqmasa, öqimaymiz-qöyamiz” deya “Beçora odamlar” romanini qölga olgan, söng qölyozmani tun böyi zör hayajon bilan öqib çiqqan, tong saharda izvoşda butun Peterburgda izğib, muallifni qidirgan muharrir Nekrasov bilan şoir Grigoroviç baxtli insonlar. Çunki ular Belinskiydan “Yangi Gogol tuğildi!” deb suyunçi sörab turganlari holda, aslida uluğ Dostoyevskiy dahosini kaşf etgandilar.
Şukr, yurtimizda isteʼdodli ijodkorlar köp. Ammo, şoir aytganiday, elga daholar kerak.
Yodingizda bordir, “Hurriyat” gazetasida sörov ötkazganingizda, XX asr özbek adabiyotining eng yaxşi asari sifatida “Ötkan kunlar” tilga olingandi. Bu nimadan dalolat beradi? Nahotki keyingi yetmiş yil içida Abdulla Qodiriy dahosiga teng ijodkor dunyoga kelmadi? Yo özbek adabiyoti “Ötkan kunlar” darajasidan yuqoriga kötarila olmadimi?
Keyingi yigirma yilning özida yuzdan ortiq(!) roman yozilibdi. Ammo bu “hosil”ning ançagina qismi adabiy makulatura ekanligi Sizga yaxşi ravşan bölsa kerak.
Gap bu janr haqida ketarkan, Erkin Aʼzamning bir salmoqli fikrini eslab ötmoqçiydim: “…roman deganlarida yangi bir voqelik, yangi ruh, murakkab xarakterlar, ularning çigal taqdiri, şulardan tuğiladigan salmoqli bir falsafa, fikrlar bölmoği lozim. Kitobxonni u ilgari notaniş yangi bir dunyo, yangi voqelikka boşlab kirmoği darkor”. Mana şu jihatdan qaraganda, kaminaga yozuvçi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar”, Erkin Aʼzamning “Şovqin” romanlari adabiyotimizdagi voqea bölib körinadi. Bu asarlar jahon adabiyotining sara namunalari bilan bellaşa oladi deb öylayman. Bundan uç-tört yil burun yaratilgan “Jaziramadagi odamlar” (Luqmon Börixon) romani ham şunday eʼtirofga munosibdek.
Kiçik janrlarga kelsak, Nazar Eşonqulning “Qultoy”, Uluğbek Hamdamning “Bir piyola suv”, “Közini oçib yumgan odam”, Isajon Sultonning “Suvdagi kosa”, Muyassar Tilovovaning “Olmazor”, Dilrabo Mingboyevaning “Talant” hikoyalari, mening fikrimça, biz şartli ravişda “jahon adabiyoti” deb ataydigan baland “planka”dan bemalol oşib öta oladi. Men oddiy öquvçi sifatida şunday deb öylayman. Siz özimizning yozuvçilarning biron asarini öqiyotganingizda Nekrasov bilan Grigoroviç ahvoliga yaqin ahvolga tuşganmisiz?
– Abduqayum, döstim. Men matbuot sözi madaniyati, odobi muammolari mavzusida ozmi-köpmi kuzatişlar, tadqiqotlar olib borganimdan xabardorsiz. Siz bilan keça yo bugun tanişganimiz yöq, har qalay, köpgina qaraşlarimiz bir-biriga begona ham emas deb öylayman. Şulardan kelib çiqib, savolingizning oxirgi qismi köngilga piça oğirroq botganini ham sezdirib qöyay.
Adabiy voqea bölarli asar öqib Nekrasov bilan Grigoroviçning ahvoliga tuşiş… bunday holatlarda “ahvol” sözi qöllanilmaydi, yoxud şartli ravişda qöllaniladi, oğayni, çunki odam yomon, oğir yoki ayançli ahvolga tuşişi mumkin, Siz aytgan insonlar quvonçlarini bosolmagan, xursandçilikdan özlarini qöyarga joy topolmagan HOLATDA yoş Dostoyevskiyning uyini izlaşga tuşişgan. Özini adabiyotga, ijodga daxldor soğlom fikrli kişi uçun buning heç bir ajablanarli yeri yöq (qolaversa, ayni öşa daholar Dostoyevskiyni keyingi asari uçun matbuotu yiğinlarda “obborib-opkelişgani”dan ham xabardorsiz). Bunday hayratlanişu eʼtirofning betakror namunasi nuroniy Lutfiyning navqiron Navoiyning maşhur misrasi munosabati bilan bölib ötgani ham yodingizda, albatta.
“Ötkan kunlar” haqiqatda ulkan va noyob asar. Yana yigirma yildan keyin sörovnoma taşkil etilsa va bu roman yana zamonaviy özbek nasrining şoh namunasi sifatida tilga olinsa ajabmas. Lekin bunday sörovnomalarga beriladigan javoblaru eʼtiroflarni ham töğri tuşunmoq kerak. Ayrim hisoblarga köra, milliy adabiyotimizda hozirga qadar 500 dan ortiq roman eʼlon etilgan bölsa, Siz aytmoqçi, keyingi yigirma yil badalida 100 ta roman yaratilgan bölsa (bu juda oz!), ularning birortasi “Ötkan kunlar”ga tenglaşolmadi yoki undan zaif degan xulosa çiqarmaslik kerak. Umuman, masalaning bu tarzda qöyilişi unçalik töğri emas. “Uruş va tinçlik” yaxşimi yoki “Jinoyat va jazo”mi?.. “Jarayon” maʼqulmi yoki “Buzrukning kuzi”mi?.. “Ötkan kunlar”mi yoki “Uluğbek xazinasi”mi?.. Quloqqa ğalati eşitilmayaptimi, bu tarzdagi çoğiştirişlar?..
Masala boşqa tomonda. Masala roman tafakkurining özgaruvçanligida, bu özgariş töxtovsiz davom etayotganida! “Roman” tuşunçasining idrok etib bölmas darajadagi sarhad bilmasligida. Biror-bir romanni (jahon adabiyoti durdonalarini qöşib aytganda) har jihatdan bekamu köst, yaʼni ideal asar deyiş juda-juda qiyinligida! Roman şu qadar murakkab VOQEAki, tirik mavjudodki, undan istagança fazilat ham, istagança qusur ham topiş mumkin. Barça unsurlariga köra mukammal roman bölmasa kerak…
Ibrohim Ğafurov, Şukur Xolmirzayev, Erkin Aʼzam, Murod Muhammad Döst, Xayriddin Sulton, Ahmad Aʼzam singari adiblarimizning sözni his etişdagi, har qanday holat tasvirini ifodalaşdagi tiniqlik va topqirlik oldida özimni hamişa talabadek his qilaman. Siz nomlarini keltirgan Nazar Eşonqul, Nurulloh Muhammad Raufxon, Isajon Sulton, Uluğbek Hamdam, Salomat Vafo qalamiga mansub asarlarda uçraydigan topilmalarga havasim keladi. Aniq misollar sifatida bir qator hikoyalarni sanab ötişim mumkin, ammo-lekin “Etakdagi kulba” taʼsirida Nurulloh Muhammad Raufxon, “Tun qaʼridagi şuʼla” taʼsirida Luqmon Börixon, “Qismat” taʼsirida Isajon Sulton, “Ayol” va “Kölanka” hikoyalari taʼsirida Zulfiya Qurolboy qizi, “Uçinçi başorat” taʼsirida Risolat Haydarova, “Qor elagan kun” taʼsirida Habibullo Haydar, “Sirtlon” taʼsirida Şomirza Turdimov, “Şikor” taʼsirida Durbek Qöldoşev singari adib va adibalarimiz turarjoylarini qölimda guldastalar tutib izlab borişga tayyor holatga tuşganimdan va bugungi kun adabiyotimizda mana şunday badiiy kaşfiyotlar yuz berayotganidan samimiy quvonganlarimni heç qayerda yaşirmayman.
– Xurşid aka, qaydadir öqigandim, Jorj Simenon yaratgan 214 romanida yetti mingta söz birligidan foydalangan ekan. Puşkinda bu miqdor yigirma mingga yaqinni taşkil etgan, Navoiyda esa oltmiş mingdan oşgan ekan. Biroq keyingi yillarda paydar-pay yaratilayotgan köplab asarlar mualliflari bu borada Simenonni ham ortda qoldirib ketişayotganday. Holbuki, adabiyot eng avvalo söz sanʼati.
Tasavvur qilasizmi, keyingi paytlarda qöşni mahalladan tuşgan kelinni ham bemalol “kelgindi” deb ataşmoqda. Vaholanki, Abdulla Qahhorning “Ötmişdan ertaklar”ini öqigan odam bu sözning naqadar qattiq haqorat ekanligini juda yaxşi biladi. Şunga qaramay, eng ommaviy sanʼat bölgan kinoda “Kelgindi kuyov”, “Kelgindi kelin”, “Kelgindi qaynona” degan filmlar yaratildi va ular “oynayi jahon”da tinmay aylantirilib turilibdi. Yaqinda esa yangi bir filmning nomi orqali baxt yoki muhabbat emas, hayot ham keçikişi mumkinligiga iqror böldik.
Keling, Sözni his qilib, tejab-tergab, sevib-avaylab işlatiş borasida bittagina misol keltirib ötay: “Yoz oxirlab bormoqda edi, tevarak-atrof sezdirmasdan tanazzul fasliga tayyorgarlik körar, yalpizning sarğaya boşlagan bandi, suvning endilikda töq zangor tusga kirişi, jiyda barglarining birma-bir tökilişi va nihoyat, haddan taşqari tiniq, zangori osmondan kuzning sokin nafasi ufurib turardi. Bolakay bir zumga çumolidan nigohini uzib, yalpizning ham juda qariligini kördi, şörlikning tanasi yöğonlaşib-semirib, köpdan-köp baçki şoxçalar çiqarib yuborgan va isi ham avvalgi singari nozik-nafis emas, quyuq hamda açqimtirroq edi. Hatto salom-alik ötining uruği-da ösimlikning qariganini, şuning uçun ham uruğini yerga soçib yuborganini taʼkidlab turardi. Çumoli tinmay çiranaverdi va pirovardida, tuyqusdan sip-silliq orqasi yorildi, yoriqlaridan oqiş-sarğiş suyuqlik otilib çiqa boşladi, havoni çumoli zahrining ötkir isi tutib ketdi. Şunda ham uruğni tortib olmoqqa tirişar edi…” Bu tiniq tasvir tabiat kuyçilari bölmiş K. Paustovskiy, V. Astafyev yoki özimizning Şukur akadan emas, suhbatimizda ismi köp tilga olinayotgan I. Sultonning bundan yigirma yil burun çop etilgan “Munojot” qissasidan. Böladigan bola boşidan maʼlum deganlari şu bölsa kerak-da.
Sizning ham olim, ham yozuvçi sifatida bugun yaratilayotgan asarlardagi til masalasiga munosabatingiz qanday ekanligi bizni qiziqtiradi.
– “Kelgindi” sözini özingizga oğir olmang, jöra. “Ötmişdan ertaklar”dagi bu tuyğu tasviri ham juda mayda (özi mayda-yu, asorati olamni buzadi bu kasofatning!) tasavvurlardan kelib çiqqan. Axir tirik jon borki, yoruğ dunyo uçun hamma-hammasi – kelgindi-ku!.. Salgina yirikroq bölaylik.
Badiiy asarda til mahorati masalasi alohida muammo. Til mahoratining ildiz tomirlari tafakkur tarzidan, dunyoqaraşdan, ijodkorlik konsepsiyasidan boşlanadi. Ijodkorning öylagani nima, niyati nima, ularni qay yösinda ifoda etmoqçi, asar uçun qay ohang va meʼyorni tanlamoqçi, janr yönalişini qay tarzda belgilamoqda?.. Bularning barçasi piravordida tilda öz ifodasini topadi, barçasining “taqdiri”ni til hal qiladi. Bor qiladigan ham, yöq qiladigan ham til.
Sözni his qilişning özi ulkan sanʼat, isteʼdod, mahorat. Bu borada har kim tinimsiz işlaşi, izlanişi, maktab öquvçisi misol örganişi zarur. Afsuski, men bu borada murabbiylik daʼvoim yöq. Bundan oldingi savol javobida bir qator adiblarimizning nomlari keltirildi. Til saboğiga qodir ijodkorlarni adabiyotimiz maydoniga safarbar etiş unutilib qolayotgani yaxşi emas.
– Abdulla Qahhorning “Yozuvçi adabiyotga ikki xil kiradi: birinçi asari bilan tutab, birinçi asari bilan yaşnab kiradi… Tutab kirgan yozuvçi uzoq tutaydi, könglidan çiqarib emas, qornidan çiqarib asar yozadi…” degan hikmatli gapini köp eslayman.
Yaqinda bir qalamkaşning semizgina asarini kaminaga taqrizga berib qolişdi. “Qorindan çiqarib” yozilgan asar “tanqiddan tuban” bölib körindi közimga. Ammo meni boşqa narsa öylantirib qöydi. Şu “asar”ga muharrir maşhur falonçi aka, sözboşi muallifi yanada maşhur pistonçi aka… Men ularga açindim: axir oson bölmagandir “qora”ni “oq” deb yoziş. Şu tuyğu barobarida köngilda bir iştiboh, ham uyğondiki, nima balo, bunday “yozğuvçi”larning istak-xohişlarini ado etişga tayyor muharrirlar, taqrizçilar, “oq yöl” tilovçilar, noşirlar qatlami paydo böldimi yo bu voqea allaqaçon sodir bölib ulgurganmi?..
Xurşid aka, Siz kino sohasini yaxşi tuşunasiz. Bilasizki, yiliga ön-ön ikkita film davlat buyurtmasiga köra, davlat mablağiga suratga olinadi. Taxminan bundan tört barobar köp kartina esa xususiy studiyalarda. Reklamaning zöri öşa kartinalarda. Vahimali tarzda tarğib-taşviq qilingan aksar filmlarni borib körsangiz, hafsalangiz pir böladi, ular Töytepadan nariga ötolmasligining sababi ham şu bölsa kerak.
Endi gurungimiz avvalidagi mavzuga qaytsak. Kinodagiga öxşaş holat adabiyotda ham yuz bermayaptimi? Yaʼni “havaskor” maqomiga munosib körilgani bois talab unçalik qattiq qöyilmagan ayrim “yozğuvçi” grafomanlar çop etayotgan katta adadli jild-jild kitoblar öquvçi qöliga yetib bormoqda, kutubxonalarni egallamoqda. Tomoşabin uçun kinoning qaysi studiya işlab çiqargani ahamiyatga ega bölmaganiday, öquvçi uçun öqilgan asar muhim, muallifning “havaskor” yoki “professional”ligi emas. Endi bu “yozğuvçi” kitoblarini qöltiqlab uyuşmaga keladi, “meni aʼzo qilib olinglar, axir şunça kitobim çiqdi-ku”, deb iddao qiladi.
Albatta, boşidan ötgan tabib. Şunday “klassik yozğuvçi”lardan biri suhbatlaridan birida töğridan-töğri “Özbek detektiv adabiyotini men bilan Tohir Malik yaratdik”, deb qoldi. Yana boşqa bittasi “şedevr” asarini pul tölab rus tiliga tarjima qildirgan ekan. “Şu ijodkorning sazasi ölmasin”, deb uni internet orqali Rossiyadagi naşriyotlardan biriga yubordik. Afsuski, u yoqdan kelgan keskin salbiy baho (“Razve eto xudojestvennoye proizvedeniye?”) bois ança paytgaça xijolat çekib yurişimga töğri keldi va minbaʼd bunday işlarga qöl urmaslikka qaror qildim: maʼnaviy şapaloqning izi uzoqroq saqlanib turarkan. Men ana şunda nima uçun ayrim ğarb davlatlarida “bestseller” yaratuvçi qalamkaşlar yozuvçilarining pen-klublariga aʼzo qilinmasligini anglab yetganday böldim…
Albatta, asarlarning saragini sarakka, puçagini puçakka ajratişda tanqidçilarga, taʼbir joiz bölsa sinçilarga köz tikamiz. Axir, Umarali Normatov yozganidek, “tanqid saralamoqdir”. “Yozğuvçi”lar asarlariga xolis munosabat Yöldoş Solijonov, Abdulla Uluğov va Sanjar Sodiqlarning ayrim çiqişlarida körinayapti.
Söramoqçi bölganim, Xurşid aka, Siz adabiy bağrikenglik va obyektivlik tuşunçalarini yonma-yon qöya olasizmi?
– “Maʼnaviy şapaloq” degan taʼrifingiz yoqdi! Yondaftarimga yozib ham qöydim… “Maʼnaviy tarsaki” desa ham böladi… Bunday şapaloq va tarsakiga loyiq ijodkorlar badiiy ijodning qaysi sohasida yöq deysiz?! Birontasini istisno qila olamizmi? Yöq. Demak, bu subyektiv reallik emas, yaʼni kimningdir xohiş-irodasi mahsuli emas, balki obyektiv reallik, yaʼni sizu bizning imkonimizdan, istaklarimizdan xorijda keçayotgan jarayon. Faqat bizning voqeligimiz uçun nisbatan yangilik bölgani sababli unga bölgan munosabatlarni aniqlaştirib olişga piça qiynalayotgandekmiz.
Aslida-çi? Aslida har qanday adabiy jarayon bamisoli töldirib taom pişirilayotgan doşqozon. Faqat qozondan farqli ölaroq adabiy jarayonning bağri nihoyatda keng, keng dunyodan-da keng! Uning egasi ham, posboni ham, toş-tarozisi ham bitta – vaqt! Heç kimga qöliga tayoq kötarib birovni quvib soliş huquqi berilmagan. Badiiy haqiqat egallagan maqomning manzili, “turarjoyi” şu qadar yuksaklikdaki, uning uçun ijodkorning isteʼdodlisi-yu isteʼdodsizi bamisoli taroqning tişidek teng. Bu maqom sohibi, yaʼni badiiylik ilohasi kimning nimalarga qodirligini, kim nimada ilğor-u, kimning zaifliklari nimada – hammasini körib-bilib turadi. Faqat sukut saqlaydi, saqlay-saqlay hukm huquqini vaqt ixtiyoriga beradi.
Bu bilan men adabiyot maydonini qarovsiz taşlab qöyiş kerak degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Birinçi navbatda, keng omma örtasida mutolaa madaniyatini tarbiyalaş va şakllantiriş zarur. Siz aytayotgan grafoman mahsulotlar, filmlar, qöşiqlar, musiqalar bir kunlik lolaqizğaldoqdek urçib ketayotganiga kim boş sababçi? Omma! Bizda ommaga til tekkizmaslik odati şakllangan. Bu bilan özimizning insonparvarligimizni köz-köz qilgandek bölamiz. Vaholanki, haqiqatda insonparvarlik daʼvoimiz çin bölsa, öşa ommaning tili, til madaniyati, savodi xususida qayğuraylik. Özini uluğlagan bölib, tilini oyoqosti qilib qöymaylik. “Ommaviy madaniyat” tuşunçasiga qarşi kuraşni ham, “olomon madaniyati” tuşunçasiga qarşi kuraşni ham mana şu haqiqatni tan olgan holda boşlamoq kerak. Boşqa iloji yöq. Tasavvur qiling, agar bu borada bir hissa oldinga harakat boşlansa, Siz qayğurib aytayotgan “asar”larning kamayişi ön va yuz hissa tezlaşadi. Keng kitobxonlar (sanʼatsevarlar) ommasining qudratli kuçi nimalarga qodirligi ana öşanda körinadi: ijodkorning saviyasi (professionalligi!) kötariladi, nafaqat adabiyotning, unga qöşilib, umummilliy badiiy did şakllanadi.
– Şubhasiz, ijod juda murakkab jarayon. Yana Abdulla Qahhordan iqtibos oladigan bölsak: “Adabiyot köngil işi, ilhom samarasi. Tuyğusiz, ilhomsiz yozilgan asar çanglanmagan gulga öxşaydi – meva tugmaydi. Köngil rozi bölgan asargina kitobxonning köngliga yöl topadi, kitobxonning könglida meva tugadi”. Inçunun, asarga munosabat bildiriş ham maʼlum könikma, ilm va isteʼdod talab qilişi muqarrar. Xurşid aka, biron asarga avvaliga özingizning bahoyingizni berganingiz holda, keyin fikringizni özgartirganmisiz?
– Bir suhbat asnosida bir ijodkorga tört-beş martalab murojaat etiş (hatto Abdulla Qahhor bölsa ham!) judayam tahsinga sazovor hisoblanmaydi. Naçora, savolga tutuvçi – Siz, biz – javob beruvçi, xolos. Asarga munosabat – jiddiy masala. Muammo! Germenevtika deyiladi fanda. Asarni talqin etiş ilmi. Şu mavzuda özbek mutaxassislari ham boş qotirişmoqda. Domla Abduğafur Rasulov, tadqiqotçi olim Avtondil Erkinov va hokazo. Lekin hali bu borada qilinadigan işlar nihoyatda köp, qalaşib yotibdi. Jahon adabiyotining betakror durdonalarini durustroq hazm qilişga tişimiz ötmaydi-da (mabodo öqişga toqatimiz yetsa, albatta), “Puf, sassiq!” deb özimizning oyoğimiz ostida öralaşganimiz-öralaşgan. Darvoqe, “Yoşlik” jurnali mana şunday vazifalarni zimmasiga olişi kerak emasmi? Jurnalning har sonida “Talqin”, “Asarni tuşuniş ilmi” singari ruknlar ostida çiqişlar uyuştirilsa, yoş kitobxonlarga ham, yoş ijodkorlarga ham amaliy, ham nazariy tahsil maktabi, tögaragi paydo bölardi…
Bir voqeani muxtasargina qilib aytay. Köp yillar böldi, qaysidir viloyatdan poyezdda Toşkentga qaytib kelyapman. Yoz çillasi, jazirama. Vagon töla, joy yöq. Amallab kupening uçinçi qavatiga joylaşdim (aslida u yerga jomadonlar joylanadi). Qariyb yalanğoç holda lohas bölguday çalqança yotibman. Şiftga urilib qaytayotgan nafasimning “tafti”ga çidab bölmaydi. Bu yetmaganday, vagon radiosi “xr-xr-r”lab, vaysaşdan tinmaydi. Közim ilinibdi. Bir mahal quloğimga kuy-qöşiq çalindi. Beixtiyor tinglay boşladim. Quloğimni yanayam ding qildim, diqqatimni jamladim. Qayerdandir mayin va sarrin nasim esgandek, u mening betlarimni avaylabgina siypalayotganday, erkalayotganday, allalayotganday… Hamon yelib borayotgan vagon endi qöşiq ohangiga mast bölib silkinayotgandek. Qani endi poyezd yurişdan töxtamasa, şu maromda silkina-silkina ketaversa-ketaversa, qöşiq ham uzilmasa, mayli, radio qitirlayversa ham roziman, qöşiq töxtamasa bas… Afsus, qöşiq juda tez tugadi va “Siz falonçi şoirning şeʼrlari asosida yaratilgan qöşiqlardan bahramand böldingiz” degan sözlar bilan dastur nihoyasiga yetdi. Boyagi holatda yotibmanu, aʼzoyi badanimga muz yugurdi deng! Xuddi favqulodda oğir gunoh işga qöl urdimu, butun bir maydon töla izdihom oldida şarmanda bölayotgandek!.. Nega, deymi?.. Qöşiq sözlarining muallifi özim mutlaqo öqimaydigan, keçirasizu, yozganlari öqişga arzimaydi, deb hisoblaydigan şoir akalardan biriniki ekan! Tuşunyapsizmi, Abduqayum, öşa paytgaça öşa şoirga bölgan munosabatim – bepisandligim uçun birovlarning oldida emas, özimning oldimda şarmanda böldim. Maʼnaviy tarsaki yomon mulzam qildi öşanda!..
Aytmoqçimanki, badiiy asar holatga, kayfiyatga qarab taʼsir ötkazadi. Bir öqişda maʼqul köringan fazilati, ertasiga butkul zid taassurot uyğotadi. Töğri, har qanday holatda ham birdek taʼsir qiladigan asarlar ham oz emas.
Men har qanday odamni avvalo qöliga qalam tutgani uçun – umuman sehru jozibalar makoni bölmiş ijod dunyosiga kirişga harakat qilgani uçun hurmat qilaman. Ana şu intiliş-istakni olqişlaşga asos bölarli fazilat izlayman, nasriy asaridan bitta jumla yoki tasvir topsam ham köz-köz qilib maqtayman, ijodni davom ettirişi uçun rağbat beraman. Va keyingi asarlarini kuzataman: yaxşi tomonga özgara boşlaganligiga, ijod maşaqqatini zimmasiga olgan-olmaganligiga eʼtibor qarataman, u yoği… köpkari olişuvida heç kim heç kimning qölidan yetaklab yurmaydi, yaʼni u yoğiga, vallohi olam, ijodkor vaqt sinovlari izmiga ötadi…
– Men bir muxlis sifatida köp yillar mobaynida Sizning maqolalaringizni yiğib yuraman. (Balki yodingizda bordir, dastlabki tanişuvimiz ham sizning publitsistik çiqişlaringizni maqtab, “Nigoh” nomli qissangizni tanqid qilib yöllagan maktubimdan keyin keçgandi). Meni ançadan beri bir savol öylantirib keladi. 1987-yilning 11 iyunida “Yoş leninçi” gazetasida eʼlon qilingan maqolangizda şunday satrlar bor: “…Somerset Moemning maşhur qahramoni Striklend “Işq-muhabbatga zor emasman. Unday işlarga sarflaydigan fursatim yöq”, deb butun vujudi bilan dunyoni anglaşga şönğib ketadi”. Nazarimda, şunga yaqin nuqtayi nazar “Kuza” qissangizdan ham möralab turgandek. Biz Dostoyevskiyga ergaşib “Dunyoni gözallik qutqaradi”, deb takrorlaymiz. Gözallikni esa muhabbat yaratadi. Şunday ekan, işq-muhabbatsiz ham dunyoni anglab böladimi? Bu olamni, odamni adabiyotsiz, sanʼatsiz ham anglab böladi degani emasmi?
– Çorak asr böldi çoği, “Yoşlik” jurnalida “Nigoh” nomli qissam eʼlon qilinganida menga xat yöllagan edingiz. Uni “Xira nigoh” deb nomlagansiz. Juda xursand bölganman. Hafsala va eʼtibor bilan, samimiy kuyunçaklik bilan munosabatda bölganingizdan boşim osmonga yetgan. Bu haqda Sizga köp martalab aytganman, faqat qissaning tub mohiyatini tuşunmaganingiz haqida indamagandim. Çunki, avvalo u kezlar birmunça yoş edingiz, qolaversa, öqiş-uqiş, bu yuqorida aytganimiz – germenevtika. Birovning boşiga nuqib asarni uqdiriş qiyin, qolaversa, niyatimni, özim közda tutgan mohiyatni öquvçi uqadigan qilib yozolmagan ekanman, ayb özimda. Afsus, feʼlim-tabiatimga ilğaş muşkulroq yösinda yoziş yösini ravo körilgan ekan, bilasiz, uni (uslubni) özgartiriş uçun qayta tuğilmoqdan özga çora yöq…
Gözallikning, işq-muhabbatning sehriga yeta oliş, uni tugal tasvirlay biliş bandasiga heç qaçon nasib etmaydi. Somerset Moemning maşhur qahramoni qay munosabat bilan va qay holatda u gapni aytgani yodimda yöq, lekin insonni jamiki mavjudotlardan ajratib turuvçi tuyğu ham – muhabbat. Har bir kişining insoniyligi uning bajarayotgan işiga muhabbat bilan yondaşuvidan kelib çiqib belgilanadi. Dunyoni anglaş ham muhabbatdan, hayratdan, havasdan kuç oladi. Adabiyot va sanʼatning ilohiy kuç-qudrati ham şunda!
– “Yoşlik” jurnali uçun vaqt ajratib, samimiy suhbat qurganingiz uçun Sizga taşakkur. Men Sizning fikrlaringizni hurmat qilaman. Sizday kuyinçak ijodkorlarning xolis munosabati adabiyotimizning ham buguni, ham ertangi kuni uçun xizmat qiladi degan umiddaman.
– Men ham, Abduqayum, Sizning tinib-tinçimay ijod qilişingizga, kirişgan işingizni nihoyasiga yetkazmagunça halovatni unutişingizga va albatta bu urinişlaringiz samarasiz ketmasligiga havasim keladi. Suhbatimiz vaqt sinovlariga doş berib, adabiyotimizning buguni va ertasi uçun xizmat qilişga yarasa, buning uçun ham mana şunday tökilib mulohazalar bildiriş imkonini bergan “Yoşlik” jurnali tahririyatiga va Sizga taşakkur!
Abduqayum YÖLDOŞEV suhbatlaşdi
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


