20 daqiqada öqiladi

1 075 marta körilgan

Taqdir

Husniddin Şaripov

Oçiği, sevimli jurnalimizning taşrifi meni biroz şoşiltirib qöydi. Özim haqda gapirişga ança qiynaldim. Lekin könglimda öquvçilarga aytar gapim köp. Fursatdan foydalanib hayotimda, ijodimda katta ahamiyat kasb etgan baʼzi bir ibratli voqealarni eslab ötişni istadim.

Muallif

Dono insonning bir oğiz sözi öşa sözga muhtoj bölib turgan, lekin bundan özi ham bexabar boşqa bir kişining taqdirini yangi bir kenglik sari burib yuborişi mumkin ekan. Buni köriş menga ham nasib qilgan.

1960-yilning yanvarida «Özbekiston madaniyati» gazetasiga adabiy kotib sifatida işga joylaşganimdan keyin orttirgan döstim, adabiyot bölimining mudiri, keyinçalik farzandlarimga ham universitetda ustozlik qilgan qadrdonim, yaxşi olim va jurnalist Şarif Yusupov sönggi paytlarda beş-ön kişilik davra içiga kirib qolsak, davrimizning ulkan yozuvçisi Abdulla Qahhor 1952-yil dekabrida meni maqtab, bir oğiz sözi bilan adabiyotda qaddimni tiklab qöyganini bir-ikki marta şavqlanib esga oldi. Bu hakda özimning munosabatim qandayligini ham söradi. Munosabatim aʼlo darajada-ku, ammo bu hakda el aro gap oçsam, özimni özim maqtaganday bölib qolişdan çöçib, indayolmay yuraverdim. Çunki ötgan asrning elliginçi yillarida – faqat yoşlar emas, kitob çiqargan, hatto yoşi bir joyga borib qolgan qalamkaşlar ham, kamtarlik devorini buzib, özlarini şoir deb ayyuhannos solişdan iymanar edilar.

Şarif aka mening qitiğimni uyğotiş qiyin ekaniga aqli yetdimi, «Adibning jasoratli bir sözi» maqolasi («Özbekiston adabiyoti va sanʼati», 2007-yil, 16-mart)da bu vazifani özi ado etişga kirişibdi. Mana u maqoladan bir lavha. «Öşanda Abdulla aka öz nutqini hozirgi yoşlarga havasim keladi, ular bizning avlod yoşlik çoğida qilolmagan katta işlarni qilmoqdalar, deb boşlagan va öşa kunlari şeʼriyat maydoniga endigina kirib kelayotgan Husniddin Şaripovning «Sahroga hujum» (aslida «Iroda») şeʼrini ibrat namunasi sifatida keltirib, atrofliça tahlil etgandan söng, hozirda Husniddindan köra beş-önta köylakni köproq yirtgan qalamkaşlar undan dars olişlarini istardim, degandi».

Şundan söng, Şarif Yusupov yozganidek, Abdulla Qahhor özbek nasri va şeʼriyatidagi umumiy ahvolga töxtab, baʼzi adib va şoirlarning ijod sohasidagi, şaxsiy hayotidagi nuqsonlarni öyib-öyib oladigan sözlar bilan butun zal tasavvurida yaqqol gavdalantirib bergandi.

Ana şunday sözlardan keyin ham men oğzimga talqon solib öltiraverişim, boşqalar tugul, özimga ham ğalati tuyulayotganday böla boşladi. Faqat bir andişa bor: hozirgi eslovçilar köpinça eslanuvçilarning nomlarini yaşirib, «bir yozuvçi», «taniqli şoir» singari iboralar bilan atab ötadilar. Menimça, şeʼrda ham, xotiranomada ham qahramonni tanib böladigan portretini çizişning zarari yoki oğrintiradigan joyi yöq. Axir bu kimningdir orqasidan toş otiş uçun emas, balki öşa davr ob-havosini, leksikasini, ifoda imkoniyatlarini körsatib beriş uçun xizmat qilişi mumkin.

Hozir ham qölimda Özbekiston yoş yozuvçilari IV Respublika kengaş-konferensiyasining 1952-yil 24-26 dekabr kunlaridagi majlislarining stenografik yozuvi bor. Men ötganlarning ruhidan keçirim sörab, endi stenogrammaning u yer-bu yeridan qisqa-qisqa lavhalar keltiraman, umidim borki, bu Abdulla Qahhorning öz portretiga özi qöşgan böyoq bölib qoladi.

Avvalo Mirmuhsinning «Abdulla Nabiyev» dostoni haqida. Qahhor domla şunday deydi: «Bu mahsulotning uçta yaxşi bölmagan tomoni bor. Birinçidan, Abdulla Nabiyev örtoqlari, taniş-bilişlari qatorida maʼlum bir obraz edi. Men uni körganman, eşitganman – uning aloqasi bölgan kişilardan eşitganman. Poemada şu yorqin obraz latta qöğirçoqqa aylangan. Ikkinçidan, poema duşman töğrisida öquvçida notöğri tasavvur tuğdiradi. U bunday emas, duşman bunday bölmaydi. Duşmanning çet el bilan bölgan aloqasi bunday emas edi. Uçinçidan, haqiqatan boy, badiiy puxta işlangan misralarni eʼtiborga olmasak, poema öquvçini şoirdan (ehtimol şeʼrdan) maʼlum darajada bezdiradi»

Konferensiyani öz maʼruzasi bilan boşlab bergan 31 yoşli Mirmuhsin aka 45 yoşli ustozning bu tanbehi ustida öylab, oradan bir kun ötgaç, özining yakunlovçi maʼruzasida Abdulla Qahhor dostonni diqqat bilan öqigani uçun minnatdor ekanini bildirdi, asar ustida işni davom ettirayotganini va bu jarayonda Qahhor fikrlarini ham hisobga olajagini aytdi. Men bu öylaşning natijasini bilmoq uçun Mirmuhsin akaning keyingi kitoblari va tarjimayi hollarini varaqlab kördim, lekin öşa dostonning na özini, na nomini topdim. Mehnati uvol bölişini muallifning özi ham sezgan bölsa kerak-da.

Badiiy asarlar xom tuğilayotganini, Abdulla Qahhor nutqini davom ettirib, ijodiy kengaşlar faoliyatining past saviyasiga boğlaydi. Şeʼriyat kengaşi (u paytlar poeziya seksiyasi deb atalardi) raisini tilga olib, «Mamarasul Boboyev, maʼlum bölişiça, sen menga tegma, men senga tegmayman, ikkalamiz ham olam keng, yaşayveraylik, deb iş tutarkan. Bunaqa kamtarlik kimga kerak?» deydi ustoz va sözini davom ettirib, Asqad Muxtorning biror asarga baho berişda uning sifatidan köra, muallif mavqeiga köproq eʼtibor qilayotganini eslab ötadi.

Bunday holat nasr kengaşi (yaʼni proza seksiyasi)da ham hukm surayotgani haqida sözlab, Abdulla Qahhor birin-ketin Sami Abduqahhor, Ibrohim Rahim, Abbos Muhiddin, Said Nazarning qissa, hikoya va romanlarini tahlil qiladi, ulardagi mantiqsizlik, hayotdan yiroqlik, til ğaribligini çertib-çertib, zalni kuldira-kuldira, namoyiş etadi. Buni Yozuvçilar uyuşmasi rahbarlaridan birining adabiy hayot böyiça navbatdagi naştarli nutqi deyişdan köra, umri ijod bilan ötgan ulkan tajribali yozuvçining respublikamiz yoş kalamkaşlari uçun ötkazgan mahorat darsi, unutilmas saboği deb ataş töğriroq böladi, menimça.

Ustozning maʼruzasi nihoyasiga yetib qoldi şekilli, ohista umumlaşmalar tuğila boşladi. «Ijodkorlarning köpçiligi adabiyotga qalam bilan kirayotibdi, yoşlar adabiyotga zör maqsad bilan kelayotibdi, – deydi Abdulla Qahhor va davom etadi. – Biz uçun yozuvçilarning oz yoki köpligi emas, balki buyuk maqsad yölidagi bir rivojlaniş vositasi bölişi qiziqarli. Kimdir öz oldiga qandaydir yozğuvçi bölişni möljal qilib qöygan bölsa, na çora, undan har qaçon ham yozuvçi çiqavermaydi. Yozuvçini buyuk maqsad tuğdiradi. Hatto bugunça tajribasi yetarli bölmagan yoş qalamlar ostidan çiqqan asarlarda ham öşa ruh barq urib tursa, mana şu ruhdan tuğilgan ilhom barakali böladi».

Majlis qatnaşçilari bu dadil va teran nutq uçun minnatdorçilik bilan qarsak boşlaganlarida ustoz minbarni tark eta qolmadilar, balki yuqorida aytgan fikrlarini yana bir bora tasdiq etiş uçun bölsa kerak, şunday davom etdilar: «Qaysi kuni «Qizil Özbekiston» gazetasida adabiy sahifa çiqdi. Unda yoş şoirlardan Husniddin Şaripovning «Iroda» degan şeʼri bosilib çiqdi. (Şu on mening yuragim «şuv» etib ketdi. Lekin, xayriyat, ustoz boyagiday qattiqqöllik bilan emas, özgaça bir ohangda davom etdilar). Afsuski, şeʼr öqişni bilmayman, bilsam öqib berardim. Mayli, özingiz öqib olarsiz. Şeʼrda qum böroni tasvir etiladi. Kimdir bunaqa hodisani halokat deb hisoblar. Ammo şoirning özidek yoş bir geolog özi bu yerlarga bugun-erta boşlab keladigan hayotni öylab, halokatli böron ostida jilmayadi. Çunki orqasida butun mamlakat borligini, xalq borligini biladi. Şuning uçun ğalaba qilişiga amin.

Men gapimni nima bilan boşlagan bölsam, öşa bilan tamomlayman: biz adabiyotga yöl axtarganda, bunday şeʼr yoza olmas edik, bunday yozişni tasavvur qiliş ham qiyin edi. (Uzoq va davomli qarsaklar)».

Şundan söng tanaffus eʼlon qilindi. Taniş va notanişlar, hali zal eşigidan çiqmay turiboq, meni tabrik eta boşlaşdi. Gazeta va jurnallarning xodimlari bosilmagan şeʼrlarimni sörab olişga kirişdilar. «Şeʼrlarim tugadi» desam, qay bir mavzuni aytib, buyurtma berganlar ham böldi. Rasmiy majlislar orasida bölib ötgan ijodiy muhokamalarda şeʼriyat kengaşi raisi Mamarasul Boboyev menga ham tez-tez söz berib turdi. Ana şu jarayonda aqlim sal yorişib, Abdulla Qahhor deb atalgan uluğ insonning sözi naqadar qudratga ega ekanini tuşuna bordim. Ustoz meni ança-munça yuqoriga kaftlarida kötarib qöygan ekanlar, endigi vazifa – öşa yerdan «gurs etib» qulamaslik, domlamiz sözini beqadr qilmaslik, öşa yöl, öşa tramplindan yanada olğa intiliş edi.

«Iroda» tört yildan söng «Nihol» deb atalgan birinçi kitobimda asli özim qöygan nom bilan bosildi. U kitobni topiş hozirgi kunlarda amri mahol bölgani sababli, yoş şeʼrxonlar va boşqa qiziqqanlarga köçirma havola etmoqçiman:

 

                  SAHRODA

Birdan qumtepalar, çöçigan toyday,

Seskanib közğoldi, böron boşlandi.

Nurdan hozirgina köz tolgan joyda

Qoronğulik çökib, suron boşlandi.

 

Quyoş çang qoplagan barkaş singari

Tözon orasidan körinar xira.

Maşina yurolmas endi ilgari,

Yölni körmoq uçun iloj yöq sira.

 

Közoynakdan ötib közga kirar qum,

Tişning orasida qum ğijirlaydi.

Böronga boqarkan, geolog Tursun

Qumni tuflab taşlab, birdan jilmaydi:

 

Mayli uvullab ol, sahro, sönggi bor,

Tezda yuvoş bölib qolasan qöydek.

Bu yerlar böladi köm-kök paxtazor,

Çunki keng köksingga biz qadam qöydik.

 

Şamol huştak çalar, tinçimas bir dam,

Darğazab, yoqaga soladi çangal.

Tursun palatkada, qölida karta,

Jilmayar «Boğ bölar manov yerlarda,

Bu yerdan ötadi hayotbaxş kanal».

 

Hozirgi kunning baʼzi bir jimjimaxör şeʼrxoni yuqoridagi satrlar bilan tanişgaç, hayron bölişi mumkin: Nega bu qadar olqiş, qani yurakni ğijimlab taşlovçi ohanglar, qayda qoldi samoviy teranlik va yarq etib közni tindiruvçi zulmatlar, deb. Javob sifatida aytişim mumkinki, öşa davr adabiy ob-havosidan nafas olgan Naim Karimov, Ummat Töyçi singari yoş şoir döstlarim (ha, juda oz qolyapmiz) hanuz eslasalar kerak. Uruş yillari jangçilarni olğa çorlagan, mamlakat içkarisida mehnat qilayotgan fidoyilarni esa bellaridagi tasmani yanada qattiqroq tortişga undagan satrlar sadosi elliginçi yillarning boşlarida ham yangrab turardi şeʼriyatda. Dabdaba va madhiyabozlik odatiy narsa edi. Konstantin Simonov va Mikola Bajanning çet eldagi döstlarimiz va duşmanlarimiz haqidagi tiğdor şeʼriy kitoblariga ergaşib, gazetalarda öqigan maqolalarimiz taʼsirida özimiz ham «Ana – ular» singari turkumlar yozib, «Yoşlik daftari»da çiqarib yuboraverardik. Adabiyot tarozusining yana bir pallasini esa mumtoz şeʼriyatga taqlidan yaratilgan nasihatgöylik yoki işqiy sölakaynomalar egallagandi. Adabiyotning ertasini öylagan, şira bosmagan, ammo şirador şeʼrlarni soğingan ijodkorlar yuqorida aytilgan kabi ğaribliklarni davolaş yölini hayotning özidan, öşa kunning qahramonlaridan, ilhomga omuxta voqeaband şeʼriyatdan qidirişardi. Bu – birinçi masala.

Ikkinçidan, ötgan asr qirqinçi yillarining oxiri, elliginçi yillarning boşida adabiyotga uruş körgan bir guruh yoş kalamkaşlar dadil kirib keldi. Ular ijodi sababli adabiyotda «front haqiqati» degan ibora ham paydo böldi hatto. Şimoliy şaharlarda Kogan, Kulçitskiy, Kornilov, Kazin, Suvorov va ularning keçagina soldat jomalarini yeçgan tengdoşlarining satrlarida umr qadri, vatanga fidoyilik, uruş zahmatlari öz tabiiy böyoğida, heç qanday bejamasiz ifodasini topar edi. Lekin hayotning böyoqlari ham ranggo-rang.

Markaziy gazeta-jurnallarning baʼzilari ijod olamining yangi avlodini mamnuniyat bilan qutlab qarşi olardi. Bunday ovozlar kötarilib borayotgan bir pallada boşqa bir obröli markaziy gazeta, ön-ön beş kun ötkazib, «adabiyot – umumxalq işi, juda masʼuliyatli, murakkab narsa, uning taqdirini endigina qalam tutişni örganayotgan, grajdanlik ruhiyati parişon öspirinlarning qöliga topşirib qöyiş aqldan bölmas» deb çiqardi. Agar naşriyotlar avvalroq yoşlarning asarlarini sörab olayotgan bölsa, endi ehtiyotkor muharrirlar ularni darhol öz yillik rejalaridan çiqarib taşlaşga kirişardilar. Tez-tez takrorlanib turadigan bunday «ikkilaniş tölqinlari» öşa gazeta-jurnallar bilan birga biz taraflarga ham muntazam yetib kelar, natijada «ijodimiz qayiği» çayqalgani-çayqalgan edi.

Adabiyotning kelajagi uçun öz masʼuliyatini yaqqol his etib yaşagan ustoz Abdulla Qahhor, nazarimda, öşa kungi nutqi bilan, avvalo, şeʼriyatimizning xalq turmuşidan tuğilgan yönalişini qöllab-quvvatlaşiga özi işora qilgan, qolaversa, ijodkor kişi sermahsul va mötadil hayot keçirişi uçun har qanaqa begona şamollarning tebrataverişidan himoya qilinmoği zarur ekanini taʼkidlagan, deb öylayman. Bu faqat öşa kungi kayfiyat emasdi. Ustoz, menimça, özi kötarilgan ufqqa yangi, halol şogirdlar ham tirmaşib, u olayotgan zavqqa şerik bölişlarini öylagan, lekin bu uning uçun bir-ikki mavsumli iş bölmagani sababli, uzluksiz öylagan. Sözimning isboti sifatida quyiroqda yana ustozning öz sözlarini keltiraman.

Mana, oradan ön-ön beş yil ötib, adabiyotga yoş ijodkorlarning yana bir yangi avlodi kirib keldi. Andrey Voznesenskiy, Yevgeniy Yevtuşenko, Robert Rojdestvenskiy va hamqurlarining ovozi jahon böylab tarala boşladi. Bizning adabiyot ham yangi, yangroq, yorqin ruh kasb etdiki, buni Qahhorning 1965-yil 7 avgustdagi «Literaturnaya gazeta»da bosilib, «Özbekiston madaniyati» ham çop etgan «Talant – xalq mulki» sarlavhali maqolasida ayniqsa yaqqol köriş mumkin.

«Erkin Vohidovning «Nido» poemasini olaylik, – deydi ustoz quvonç bilan. – Poemaning lirik qahramoni – uruş jafosini tortgan, faşizmga qarşi buyuk jangda halok bölgan odam. Uning qalb sadosi million-million kişilarning nidosi uruşga nafrati, uruşda halok bölganlarning haqqoniy xotirasidir.

Abdulla Oripov «Temir odam» degan şeʼrida murakkab texnika siridan voqif bölgan, lekin insonning quvonçi, ğam-ğussasiga kelganda quloği kar, tili lol bölgan, yiğlagan gödakning boşini silolmaydigan, onaga taskin-tasalli berolmaydigan odamlarga taʼna toşini otadi.

Husniddin Şaripov şeʼrlarida insonni, uning aqlini, mehnatini, ezgulik va adolatni kuylaydi, uluğlaydi.

Ölmas Umarbekov «Sevgim, sevgilim» povestida odam bolasiga işonç, odamlar qalbining sofligi töğrisida zavq-şavq bilan hikoya qiladi».

Bu eʼtiroflar albatta faqat yoşlar emas, hatto tajribali qalamkaşga ham qanot baxş etmoği mumkin. Lekin gap faqat qanotning özidagina emas, balki undan katta maqsadlar uçun foydalanişda, parvozni yuksaklarda mustaqil davom ettira bilişda. Ana şuning uçun bölsa kerak, Abdulla aka şogirdlarni sergaklantirib, yigirma satrlardan keyin fikrni bundoq davom ettiradilar:

«Hozir, omadi gapni aytganda, Erkin Vohidov bilan Husniddin Şaripov özlaridagi bor kuç-quvvatni töla işga solişayotgani yöq. Yuqorida şeʼri maqtov bilan tilga olingan Abdulla Oripovda öz talantiga masʼuliyatsiz qaraş hollari sezilayotibdi. Ölmas Umarbekovning birinçi yirik asari qöşiqday qalbidan otilib çiqqan edi, özi yaxşi bilmagan geologlar hayotidan olib yozgan asari esa zörma-zöraki, tasodifiy çiqib qoldi. Şukur Xolmirzayev birinçi asarida hayotning bir parçasini ğoyat çiroyli bir tabassum bilan çizib bergan edi, keyingi bir asarida voqea qidirib qolgani sezilib turibdi. Uçqun Nazarov keyingi hikoyalarida birinçi hikoyasi darajasiga yaqin ham borolmayotibdi».

Abdulla Qahhor bundan ilgariroq özining «Mahalla» degan hikoyasiga epigraf qilmoq uçun va, ehtimolki, yoş ijodkorga qora qalamini qayrab boqayotgan tanqidçilarning nafsi va nafasini qaytarib qöymoq uçun Erkin Vohidovga bir törtlik buyurib yozdirganini hozirgi kitobxonlar bilişavermasa kerak. Mana öşa tört satr:

Inson bilan tirikdir inson,

Muhabbatdan hayotning boşi.

Odamzodga baxş etadi jon

Odamlarning mehr quyoşi.

Keyinroq xuddi şunday taklif bilan ustoz öz şogirdi bölib qolgan Abdulla Oripovga ham murojaat etib, bu törtlik bilan «Nurli çöqqilar» hikoyasini bezadi. Mana öşa uzukning közi:

Goho yer mehrini öylarkan,

Esga tuşar dorning siyoği;

Ajab hikmat: odam ölarkan

Uzilganda yerdan oyoği.

Abdulla akaning soyasiga intilişimiz yoşlik bilan ötib ketadigan xislatlardan biri emas ekan. Oradan ançagina vaqt ötib, hassos va faylasuf şoir Asqad Muxtor rahbarligidagi «Şarq yulduzi» jurnalining şeʼriyat bölimini boşqarayotgan, jurnal atrofiga ançagina yoş va, muhimi, isteʼdodli şoirlarni jalb etib, Abdulla Qahhordan olgan ijodiy qarzlarimni öşalarga qaytarib berayotgan pallam edi. «Şarq yulduzi»ning toğday obrösiga suyanib, hali özini himoya qilişga ojiz yoşlarga yoki qalami böşroq akalarga katta-katta talablar qöyiş qiyin emasdi. Lekin mening özimga kim talab qöyadi? Ha, men ham «bilgan kişi»ning söziga zor edim.

1965-yil. Yoşlar yiğiladigan odatiy vaqt va kun. Yozuvçilar uyuşmasi raisi kabinetining ortidagi şinamgina xonaga taklif etişdi. Abdulla Qahhorni  şu  yerda  kutib  oldik.  Katta-kiçik yigirmataça ekanmiz, ustoz bir-bir qarab, özlari söz aytişdan ilgari bizni tinglamoqçi ekanlarini bildirdilar. Darrov şeʼrxonlik boşlandi. Şeʼr yozmaydiganlar, odatdagidek, ularni tanqid qilib çiqa boşlaşdi. Men keyingi paytlarda negadir oq şeʼr maşq qilayotgan edim. Bilardimki, uruşdan ilgari adabiyotimizda ança-munça sarbast-soçma şeʼrlar yaratilgan, ammo bu usul negadir hayotga singib ketmagandi. Şuning uçun men özimning «qofiya-libos»siz yozganlarimdan bir oz xavotirda edim. Navbat yetganda, turib, «Dengiz sokin edi» degan yangi şeʼrimni öqib berdim. Abdulla aka yengil boş silkib «maʼqul» dedilar-u, keyingi notiqdan söz kutayotgan edilar, men uloqni bergim kelmadi

– Domla, öqiganim odatiy şeʼr emas, qofiyasiz, oq şeʼr, fikringizni bilmoqçi edim.

– Şunaqami, men qofiyasi bor-yöqligini mutlaqo payqamabman, durust, – deb könglimni tinçitdilar. Bu söz biror yangi yöl izlaganimda hali ham menga tutqa bölib keladi.

Yoşlarni öz himoyasiga, öz qanoti ostiga olişdan ustozning maqsadi – öşa davr adabiyotini tuşuniş saviyasini kötaribroq, badiiyatning mohiyatini yorqinlaştiribroq berişga kuçi yetadigan yangi oqimga yöl oçiş bölsa kerak, menimça. Negaki, yuqorida eslab ötilgan «Talant – xalq mulki» maqolasida taʼkidlanganidek, «ilgarilari yoşlikda yoşligiga, qariganida qarib qolganiga rioya talab qilib ötgan kişilar oz emas edi». Bu masala ijodiy turmuşimizning eng oğriqli böğimlaridan biri bölib, hali hozirgaça uşbu sohada «ommaviy tuşunçamiz»ning zehni na yetarli darajada ötkirlaşdi, na közi durustroq ravşanlaşdi. Tahlilçilarning badiiy timsolni fahmlay oliş saviyasi pastligidan eng köp jabr körganlarning biri Abdulla Qahhor bölsa kerak.

Taqdir deymiz. Yozuvçining taqdirini ijodiy mehnat va uning qalami uçidan tuğilgan jonli insonlar yaratadi. Men Abdulla Qahhor haqida öylaganimda köz oldimdan negadir Mixail Şoloxov va uning qahramonlari ötaveradi. Tasavvur qiling, ikki oqim birini şartli ravişda «oq kuçlar» desak, ikkinçisini «qizillar» deb ataşimiz mumkin. Har ikkala kuç ham zamon va makonni boşqaruv murvatini öz qölida saqlab qoliş uçun beayov kuraşga kirişgan. Goh öng tölqin bosib ketadi bu harbda, goh söl tölqin. Buni muhit deydilar. Dunyoga umid bilan kelib, baxtini mehnatdan, öz qora tuproğidan izlaganlar-çi? Ularning köksidagi muhabbat deb atalgan ilohiy neʼmat-çi? Aniqroq qilib aytsak, Grigoriy va Aksinyalar-çi? Bu berahm, insonning zorini eşitiş qobiliyatidan, seviş-seviliş zavqini anglaş baxtidan mahrum muhitda ikki sevişgan qalb, qaysi tölqinning kiftida qalqib-entikib borsa-da, faqat oyoq osti böladi.

Hatto bu ayançli taqdir bozoridan boş olib ketayotganlarida ham orzulari xazonga aylanadi.

Köpgina esdaliklarda, «Sarob» romani uzoq vaqt döpposlanib, oradan ön sakkiz-yigirma yil ötgaç, öz ijobiy bahosini olgan, deyiladi. Lekin yozuvçining orzusi faqat ijobiy bahomidi? Qani, romanni bir varaqlab köraylik-çi.

Uning asosiy qahramonlari – Munisxon va Saidiyni takdir bir eşikning ikki betida uçraştiradi. Bu asno asta-sekin hayotni ostin-ustun qilib yuborayotgan tarixiy voqealar girdobiga borib tutaşadi. Girdob ayov nima ekanini bilmaydigan narsa. Uni aylantirayotgan kuçlarning biri maqsad yölida qurbon bölişdan ham qoçmaydigan qörs jon egalaridan taşkil topgan bölsa, ikkinçisi – öz jonini asrab qoliş uçun hatto yolğiz opa yo singlisini qurbon qilişdan toymaydiganlar. Ularning örtasidagi «ur-tep»lardan dami çiqayotgan koptokka öxşab siniqqan Saidiy «zamona böroni butun mamlakatni taraqlatayotipti-ku. Qöy, men olamga tom tuzatgani kelganim yöq» deb, kitobxon bilan xayrlaşadi. Munisxon esa turmuşning sasib yotgan razolat botqoğidan oyoğini tortib ololmagaç, «Olam töla baxt, faqat men baxtsiz edim» deb, avvalambor öz çakkasini öqqa nişon qilgan edi, töpponça esa akasiniki.

Taqdirdoşlikni köring, «Tinç Don» va «Sarob»ni har ikkala yozuvçi ham ayni yigirma uç yoşida yozişga kirişgan edi. Ular mavzuni yoritiş yoki qahramonlar qiyofasini yaratişda bir-birlaridan «gula kötarişgan» deb aytiş mumkin emas. Çunki Şoloxovning asari 1928-yili yozila boşlab, qirqinçi yilda nihoyasiga yetgan bölsa, Abdulla Qahhor öz romanini 1930-1934-yillar orasida yaratgan. Şunday ekan, aytişimiz mumkinki, Şoloxov ham, Qahhor ham bir-birlaridan ançagina olisda, öz tuproqlarida halol yaşay turib, davr oqimini, zamon ob-havosini, öşa şaroitda nafas olayotgan beğubor kişilarning, özlari bilgan kişilarning sezgi, sevgi va dardlaridagi hamohanglikni, baʼzilarga öxşab quloq yo burunlari bilan emas, balki sezgir yuraklari bilan his eta olganlar va, eng muhimi, mustaqil ifoda etişga muvaffaq bölganlar.

Men olimlik daʼvo qilmoqçi emasman. Faqat, yuqoridagi kuzatuvlardan kelib çiqib, könglimda tuğilib qolgan bir fikrni örtoqlaşiş niyatida aytamanki, ijodkor qanday usul yo uslubda, qaçon va qayerda qalam tebratmasin, bunday mehnat kişilarini birlaştirib turadigan narsa – isteʼdod, ISTEʼDOD özi esa juda qisqa qilib aytganda  TASAVVUR VA UNI IFODALAŞ QOBILIYATIDIR.

Ana şu ulkan qobiliyat mahsuli bölmiş har ikki asarning köz oçib körganlari aşaddiy tanqid böldi. Şoloxov munaqqidlar tomonidan yangi davrni tezgina hazm qilib keta olmagan beboşvoq «kazak (Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda «öris qozoq»)larning kuyçisi» deb «öqqa tutilsa», Qahhorning boşidan millatçilik masalasini bahona qilib sovuq suv qöyildi. Qirqinçi yillarning oxirida haddan ortiq savalanib, keyinçalik «Qöşçinor çiroqlari» sifatida yangidan yaratilgan «Qöşçinor» romani haqida hozir gapirib ötirmayman – avval soliştirib öqiş kerak, çamamda. Çunki men «Qöşçinor»ni va uning töğrisidagi tanqidlarni ğör öspirinlik çoğimda öqigandim va, oğzimni oçganimça, unisiga ham, bunisiga ham alang-jalanglab qolavergandim. Lekin xotiramning bir çetida hanuz bir çöğ milt-milt etib turadi mayli, mavzu masalasini hozirça oğizga olgani erinsak, xöp, bu ikki «Qöşçinor»ning badiiyati, ayniqsa, til boyligi ustida işlaydigan biror mard adabiyotşunos topilsa, bugun ham bemalol fan doktorligiga arziydigan gözal ilmiy asar tuğilişi mumkin.

Isteʼdod qismatini faqat özi hal qiliş maqsadida har qanday muammoni, hatto yuksak badiiyat masalalarini siyosat egovi bilan tekislaşga urinuvçi hakam va hunarmandlar ilgari ham bölgan, bundan keyin ham bölaveradi. Lekin adabiyotda yuz bergan va berayotgan hamma taşvişli hollar uçun aybni ularga ağdaraverişdan foyda unça köp bölmasa kerak. Çunki asarni isteʼdod, isteʼdod egasi şoir, yozuvçi, dramaturg yaratadi.

Mana, yigirmançi asr yangi asrimiz bilan tutaşgan pallalarda, yaʼni qayta qurişning olatasir kunlarida, keyinroq – jamiyat turmuşi özgarişga yuz tutib, xalq turmuşini boşqaruvçi yangi kuçlar qaror topgan davrda hamma ijodkorlarimizning közi oçiq, aqli joyida, qalami qölida edi. Ammo ularning orasidan biror yigirma uç yoşli yangi Abdulla Qahhor çiqib, özining «Sarob» darajasidagi fikrga toldiruvçi yangi kitobini elga taqdim etoldimi? Bunday asar yarata olmagan bölsa, sababi nima? Isteʼdod yetişmadimi? Hayotni tuşunişga tişlari ötmadimi yoki adabiyotning yangi tarozibonlaridan çöçişdimi, jon şirinmidi?

Ana şularni öylaganda, Abdulla Qahhor naqadar joni qattiq, çidamli, faylasuf inson ekani köz öngimizda gavdalanadi. Uning «Şohi sözana» («Yangiyer») pyesasi Moskva teatrida sahna yuzini körganidan keyin ijodkoriga Davlat mukofoti berildi. «Sinçalak» qissasi Konstantin Simonov tomonidan tarjima qilinib, Moskva jurnalida bosilib çiqqanidan keyin özimizdagilarning unga munosabati ravşanlaşdi. Faqat ulkan inson emas, hatto oddiy kişi ham ana şunday asnolarda kimlar bilan yaşayotganini öylab, içi zil ketişi mumkin. Axir yozuvçi yoki şoir ham odam, u faqat dilidagini emas, tilidagini ham öz zamondoşlari tuşunib olişlarini istaydi, ha, mehnatining natijasini öz közi bilan körgisi keladi. Faqat kelajak umidi bilan yaşaş oğir, axir.

Ehtimol kimdir ustozni tili aççiqlikda ayblar, yuzingda közing bormi deb öltirmay, öz haqiqatini dasturxon qilaverişini kimdir yoqtirmas, şuning uçun har bir qahhorona «tars»ga «qars» etib boşma-boş javob beruvçilarning uruği köp edi, der kimdir. Menimça, gap bunda emas. Yana öşa muhitga nazar taşlab köraylik. Yigirmançi asrning birinçi çoragi ötib, yangi jamiyat qaror topibdiki, davlat boşqaruviga oddiy odamlar köplab jalb etilgani sababli, uning asosiy şiorlaridan biri «tanqid va öz-özini tanqid» böldi. Rahbarmi, sodda vaʼzxonmi, minbarga çiqqanidan keyin maʼruzasining beşdan tört qismini turmuşda, işlab çiqarişda, oilada va öz faoliyatida röy berayotgan kamçiliklarga bağişlar, şundan sönggina qandaydir möljallarini, bu möljallar berajak ijobiy natijalarni, öşa natijalar kölga kiritilişi uçun nimalar qiliş kerakligini tilga olardi. Bunga hamma könikib qolgan edi ham.

Hayot sahnasidagi uşbu holat 1966-yilga kelib, davlat rahbariyatida yangi arboblar paydo bölganidan keyin keskin özgardi. Endi qöliga mikrofon tuşib qolgan notiq öz nutqining beşdan tört qismini qölga kiritilgan muvaffaqiyatlarga, qolgan qisminigina işdagi va turmuşdagi yetişmovçiliklarga hamda yaxşi niyatlarga bağişlaşga örgandi. Kadrlarning işonç qozonişi, yuqori lavozimlarga kötarilişi ham ular ana şu sanʼatni naqadar puxta özlaştirişlari bilan boğliq bölib qoldi. Sababi tirikçilik deganlaridek, ularning orasida faqat mansabparastlargina bölib qolmay, Abdulla Qahhorning şogirdiman deb yurgan olim yoki qalamkaşlar ham uçrab turardi. Karvon bexatar bölmaydi-da!

Abdulla aka dekoratsiya özgarsa ham pinagini buzmay, hatto jonining oğriğini boşining oğriğiga aylantirmoqçi bölganlar tobora köpaysa-da, qahhorona yaşaşni davom ettirdi. U özi işongan, halol, isteʼdodli hammaslaklariga suyanib dardini yengardi. Butun umidi esa yoşlar qöli va isteʼdodi bilan yaratilguvçi kelajakka boğliq edi. Agar bir möjiza röy bersa-yu, men bexosdan rassomga aylanib qolsam, avvalo ustozning közidagi ana şu yaşirin umidni tasvirga tuşirgan bölardim va rasmning nomini «Taqdir» deb qöygan bölardim.

Husniddin Şaripov 1933-yilda Namangan tumanida tuğilgan.

2000-yilda “Mehnat” şuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Umumiy mehnat staji 54 yil. 1993-yildan buyon nafaqada, ijodiy iş bilan maşğul.

Husniddin Şaripov taniqli özbek şoiri, dramaturgi va tarjimonidir. Uning “Navoiy” deb nomlangan dastlabki şeʼri 1948-yilda Namangan viloyat gazetasida eʼlon qilingan edi. Şundan söng ötgan yarim asrdan köproq vaqt mobaynida şoirning “Köngil buyurgani”, “Quyoşga oşiqman”, “Tuproqqa qasida”, “Yerning qalbi”, “Men sizga aytsam”, “Lirika”, “Hayajonli daqiqalar”, “Oh, gözal”, “Xirmon”, “Yana visol” kabi jami öttizga yaqin şeʼriy töplamlari dunyo yuzini kördi.

Husniddin Şaripov jami yigirmaga yaqin dostonlar muallifi. Ular orasida, ayniqsa, “Sotiboldidan salom”, “Quyoşga oşiqman”, “Insof diyori”, “Tanovar” dostonlari özining öynoqiligi, xalqonaligi, şirador tili va boşqa fazilatlari bilan özbek dostonçiligi tarixida alohida örin tutadi. Şoirning “Bir savol” şeʼriy romani özbek adabiyotida şeʼriy romanning eng sara namunalaridan biridir.

Husniddin Şaripov mohir dramaturg hamdir. Uning “Seni sevaman”, “Ota öğil”, “Afsona”, “Çollar va kampirlar” dramalari mamlakatimiz teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalaştirilgan. U mohir tarjimon sifatida I.Turgenov, U.Uitmen, R.Rojdestvenskiy kabi yozuvçilarning şeʼrlari va dramalarini özbek tiliga ögirgan. Ayni çoğda Husniddin Şaripov asarlari rus, urdu, tojik, turk va boşqa jahon tillariga tarjima qilingan.

Husniddin Şaripov ayniqsa Özbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilmoqda. Bu yillarda şoirning “Yor istab” (1992 y.), “Ming ikkinçi keça” (1992 y.), “Qaltis yuriş” (1999 y.), “Qaynarbuloq” (2002 y.), “Asiringman” (2003 y.) kabi jami yigirmadan köproq şeʼriy kitoblari, dostonlari, dramatik asarlari va Yeji Yurandotning “Töqqizinçi pokiza” (1999 y.), Pablo Nerudaning şeʼrlari (2000 y.), Jan Lafontenning şeʼrlari (2001 y.), Bertold Brextning şeʼrlari (2002 y.), V.Mayakovskiyning şeʼrlari (2003 y.) tarjimalari özbek tilida dunyo yuzini kördi. Ular adabiy jamoatçilik tomonidan yuqori baholandi.

Ikki öğil, ikki qizning otasi, köplab nevara va çevaralarning bobosidir.

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)