(Fantastik hikoya)
Uçuvçi Pid tezlikni qariyb nolga tuşirdi. U hayajon ila moviy sayyoraga tikilardi. Uskunalar körsatkiçlarisiz ham bunga şubha qolmagandi. Quyoş tizimida uçinçisi hisoblangan bu sayyora yaşaş uçun yagona yaroqlisi edi. Sayyorani tinçgina suzayotgan bulutlar örab olgan.
Sayyora juda beozordek tuyulardi. Ammo unda Glom sayyorasidan yuborilgan barça ekspeditsiya aʼzolari umriga zomin bölgan nimadir bordek edi göyo. Pid uzil-kesil pastga şönğişdan oldin qandaydir lahzalarga taraddudlanib qoldi. Özi va yana ikki şerigi har qaçongidan ham köproq bu işga tayyor edi. Har birining tanasidagi çöntakda hozirça harakatsiz, ammo işlatişga şay, ixçamgina Köçirgiç solingan.
Pid ekipajga nimadir demoqçi bölardi-yu, biroq gapni nimadan boşlaşni bilmay turardi. Ekipaj kutmoqda. Aloqaçi Ilg Glom sayyorasiga sönggi xabarni jönatib bölgan. Indikator Jer esa bir yöla ön olti uskunaning körsatkiçlaridan köz uzmay turibdi. «Duşmanlik ruhi alomatlari mavjud emas», deya maʼlumot berdi u beparvo tarzda.
Pid uşbu xotirjamlikni içida qayd qilib qöydi. Endi nima haqida gapirişni biladi. Ekspeditsiya Glom sayyorasini tark etgandan buyon Şakl Intizomiga rioya qiliş salbiy tomonga özgargan. Hujum Qömondoni uni ogohlantirgandi-ya. Lekin nimadir qiliş ham kerak. Bu Uçuvçining burçi, negaki, Aloqaçi va Indikatorlar çiqqan quyi tabaqalar Şaklsizlikka intiluvçilar sifatida yomonotliqqa çiqib bölişgan.
– Ekspeditsiyamizga juda katta umid boğlangan, – sekin gap boşladi Pid. – Biz endi vatandan yiroqdamiz.
Indikator Jer boş irğadi. Aloqaçi Ilg esa unga buyurilgan Şakldan oqib çiqib, qulay tarzda yalpayib oldi.
– Biroq, – dedi qattiqqöllik bilan Pid, – masofa beaxloq Şaklsizlikni oqlaş uçun xizmat qilmaydi.
Ilg darrov Aloqaçiga mos bölgan Şaklga aylandi.
– Bizga, sözsiz, Ekzotik Şakllarga murojaat qilişga töğri keladi, – davom etdi Pid. – Bunday holatlar uçun alohida ruxsatnoma bor. Ammo unutmang: xizmat zaruratisiz qabul qilingan har qanday şakl aynan Şaklsizlikning nayrangidir.
Jer darhol tanasi yuzasidagi oqma öyinlarini töxtatdi.
– Gapim tamom, – deya xotima yasadi Pid va yana diqqatini boşqaruv pultiga qaratdi.
Kema juda ohistalik bilan pastlab borar, ekipaj esa şunçalik bir-biriga uyğun harakat qilardiki, bundan Pid beixtiyor ğururlaniş hissini tuydi.
«Yaxşi işçilar, – öyladi u. – Oxir-oqibat ulardagi Şaklning öz örnini biliş hissi oliy tabaqadan bölgan Uçuvçiniki kabi rivojlanişiga işonsa böladi». Hujum Qömondoni ham xuddi şu sözlarni aytgandi.
– Pid, – degandi Hujum Qömondoni sönggi suhbat çoği, – bu sayyora bizga judayam kerak.
– Ha, janob, – deya javob bergandi Pid qaddini ğoz tutgança, arzimas harakat bilan ham özidagi Uçuvçining Bayramona Şaklini buzmaslikka intilib.
– Orangizdan bittangiz u yerga kirib, atom quvvati manbayi yaqiniga Köçirgiçni örnatişi kerak. Biz tomonda esa qöşin sakraşga şay turadi.
– Buni uddalaymiz, janob.
– Ekspeditsiya maqsadga erişişi lozim, – dedi Qömondon. Kuçli çarçoq sabablimi uning çehrasi bir zumgagina qiyşayib ketdi. – Gap faqat ikkimizning örtamizda qolsin: Glom hozir juda notinç. Konçilar iş taşlagan. Ular yer işlari uçun yangi şakllarni talab qilişmoqda. Aytişlariça, eskisi noqulay emiş!
Pid kerakli bölgan qahr-ğazabni ifoda qildi. Konçilar şakli, xuddi boşqa asosiy şakllar kabi juda qadimda örnatilgan. Endi esa bu kallavaramlar uni özgartirişmoqçimi?!
– Bu hali hammasi emas, – davom etdi Qömondon. – Biz Şaklsizlikning yana bir körinişiga töqnaş keldik. Uning taʼsiriga tuşib qolgan glomlardan sakkiz mingtaçasini qölga oldik ham, ammo hali yana qançasi ozodlikda yurgani nomaʼlum.
Pid gap Glom aholisi tasavvuriga ham siğdira olmaydigan juda xavfli iblis, Buyuk Şaklsizlik vasvasasi haqida ketayotganini angladi. Ammo glomlarning qanday qilib bu vasvasa qutqusiga tuşib qolayotganiga öziyam hayron edi.
Qömondon Pidning köngliga qanday gap kelganini va uni tiliga çiqara olmay turganini darrov tuşundi.
– Pid, – dedi u, – sen, aftidan, tuşunmayotgan bölsang kerak. Ayt-çi, senga Uçuvçi böliş yoqadimi?
– Ha, janob, – oddiygina javob berdi Pid. – Parvoz qiliş yoqadimi, deysiz. Axir bu hayotim mazmuni-ku?! Men kemasiz – heç kimman.
– Ammo hamma glomlar ham şunday, deb ayta olmaydi. Mening özimgayam bu tuşunarsiz. Vaqtning boşlanişidan beri barça ajdodlarim Hujumlar Qömondonlari bölişgan. Şu bois öz-özidan tuşunarliki, men ham Hujumlar Qömondoni bölişni istayman. Bu nafaqat tabiiy, balki qonuniy ham. Biroq quyi tabaqalar butunlay boşqa hissiyotlarni tuyadilar, – Qömondon ğamnok alpozda tanasini qimirlatib qöydi. – Senga bu haqda bekorga gapirganim yöq. Biz glomlarga katta makonlar kerak. Sayyoradagi nizolar, tartibsizliklar aholining köpayib ketgani bilan izohlanadi. Psixologlar şunday deyişmoqda. Agar boşqa sayyorada rivojlaniş imkoniyatini qölga kiritsak – barça yaralar tuzalib ketgan bölardi. Şu bois senga umid boğlayapmiz.
– Ha, janob, – faxrlanganday javob berdi Pid.
Suhbat tugaganiga işora qilgandek, Qömondon joyidan turmoqçi böldi-yu, kutilmaganda yana qaytib ötirdi.
– Ekipajga köz-quloq bölib turiş kerak. Sodiq yigitlar, bunga gap bölişi mumkin emas. Ammo ular baribir quyi tabaqadan. Quyi tabaqaning qanaqaligini esa özing yaxşi bilasan.
Ha, Pid buni bilardi.
– Ekipajdagi Indikator Jerning Islohotçilikka yaşirinça moyilligi bor, deyişadi. Bir safar uni noqonuniy tarzda Ovçi şakliga kirgani uçun jarimaga ham tortişgan. Ilgga qarşi biror aniq ayblov yöq. Biroq menga maʼlumot berişlariça, u şubhali tarzda uzoq vaqt harakatsiz holatda qolar ekan. Özini Mutafakkir deb öylayotgan bölişi ehtimoli ham yöq emas.
– Biroq, janob, – jurʼat etib Qömondonning gapini böldi Pid, – agar ularning nomiga Islohotçilik yoki Şaklsizlik borasida ozgina doğ tuşgan bölsa ham bunday ekspeditsiyaga jönatiş töğri bölarmikan?
Biroz taraddudlangandan söng Qömondon xörsinib qöydi:
– Men işonsam böladigan glomlar birtalay. Biroq bu ikkovida tasavvur va topağonlik kuçliroq, yaʼni ular mazkur ekspeditsiya çoği asqotadigan alohida sifatlarga ega. Ularga köz-quloq bölib turiş kerak.
– Ha, janob, – dedi Pid va suhbat tugaganini anglab, salyut berdi.
Pid tanasining içki çöntagida ayni damda mudroq holdagi, lekin zarur paytda duşmanning atom energiyasini Glomning yengilmas qöşinini olib ötadigan samoviy köprikka aylantirib bera oladigan Köçirgiçning oğirligini his qildi.
– Omadingizni bersin, – dedi Qömondon. – Uning sizga kerak bölişiga işonçim komil.
Kema biror tovuş çiqarmay, duşman sayyorasi tomon pastlab bormoqda. Indikator Jer pastda suzib yurgan bulutlarni tadqiq etdi va olingan maʼlumotlarni Niqoblovçi blokka kiritdi. U esa darhol işga kirişdi va tez orada kema patsimon bulut şaklini oldi.
Pid kemaning sirli sayyora uzra ohista parvoz qilişiga qöyib berdi. Endi u Uçuvçining Bayram Şaklida, yaʼni Uçuvçilar tabaqasi uçun möljallangan tört şaklning eng samarali va eng qulayida edi. Hozir u gung, kör va soqovga, yanayam töğriroği, boşqaruv pultining ajralmas qismiga aylangan. Butun diqqat-eʼtibori qat-qat bulutlardan özib ketmaslikka va ular bilan uyğunlaşib ketişga qaratilgan edi.
Jer esa Indikatorlar uçun ruxsat etilgan şakllardan biriga kirib olgan va zör berib uni saqlab qolişga intilardi. U maʼlumotlarni Niqoblovçi blokka kiritgaç, pastlayotgan kema töp-töp bulutlardan biriga öxşab qoldi. Duşman sayyorasida esa heç qanday hayot alomatlari zohir bölmasdi.
Ilg atom quvvati manbayi joyini aniqladi va bu haqda Pidga xabar berdi. Uçuvçi yönalişni özgartirdi. U eng pastdagi bulutlargaça tuşib bordi. Sayyoragaça bir mil masofa qolgandi. Biroq xavf signalidan darak yöq. Özlaridan oldin jönatilgan yigirmata ekspeditsiyaning qismati nima bölgani ham jumboqligiiça qolmoqda edi.
Pid atom elektr stansiyasi uzra parvoz qilayotganida sayyora yuzini ğira-şiralik qoplay boşladi. Atrofdagi binolardan uzoqroq bölişga intilgan kema endi örmon uzra parvoz qilişga ötdi. Çor-atrofda qoronğilik borgan sari quyuqlaşib bormoqda. Moviy sayyoraning yagona Oyi qalin bulutlar pardasi ortiga bekindi. Bulutlardan biri tobora pastlab, pastlab… oxiri yerga qöndi.
– Tezda kemani tark eting! – qiçqirdi Pid boşqaruv pultidan ajralayotib.
U endi yuguriş uçun eng qulay bölgan şaklga ötib olib, otilib lyukdan çiqdi. Jer va Ilglar ham uning ketidan oşiqdilar. Kemadan ellik metrlar nariga yugurib borişgaç, taqqa töxtab, kuta boşlaşdi.
Kema içidagi qaysidir zanjirda qisqa tutaşuv yuz berdi. Kema ovozsiz bir titrab oldi-da, ularning köz öngida eriy boşladi. Plastmassa havoga singib, metall asoslar burişib, kiçraya boşladi. Köp ötmay, kema bir uyum laş-luşga aylandi, biroq jarayon hali davom etmoqda edi. Yirik metall bölaklari kiçkinalariga aylanar, mayda siniqlar yana va yana bölinardi. Kemaning öz-özini yöq qilişini kuzatib turgan Pidni kutilmaganda çorasizlik hissi çulğab oldi. U Uçuvçilar tabaqasidan çiqqan edi. Uning otasi, otasining otasi, xullas, öşa tumanli davrlardan, Glomda ilk samoviy kemalar paydo bölgan paytlardan boşlab barça ajdodlari Uçuvçilar bölişgan. Uning butun bolaligi kemalar orasida ötdi, voyaga yetgaç, özi ham Uçuvçiga aylandi. Ayni damda esa begona olamda kemasidan ajralgaç, çorasiz va ilojsizdek sezardi özini.
Bir neça daqiqadan söng kema qöngan joyda bir uyum çanggina qoldi. Tungi esgan şamol esa bu changni butun örmonga soçib, tarqatib yubordi.
Ular kutişardi. Biroq heç nima sodir bölmadi. Şamol ğuvillar, daraxtlar qisirlardi. Olmaxonlar inlarida qasir-qusur qilişar, quşlar esa daraxt şoxlarida ötirib olib, vaqti-vaqti bilan qanotlarini potirlatib-potirlatib qoqib qöyişardi. Çöçqayonğoq qisqagina böğiq qarsillagan tovuş çiqarib, yerga tuşdi. Şunday qilib, Glomning yigirma birinçi ekspeditsiyasi Yerga omadli qöngandi.
Ertalabgaça heç bir işni qilib bölmasdi, şu bois Pid reja tuza boşladi. Ular atom elektr stansiyasining juda yaqiniga qönişgan. Şunçalik yaqinki, bu öziga xos jasurlik ham edi. Endi esa yanayam yaqinroq borişlari kerak. Ulardan biri atom reaktori binosigaça yetib borişi va Köçirgiçni işga tuşirişi lozim. Bu qiyin. Ammo Pid bunga erişişiga şubha qilmasdi. Axir topqirlikda Glom aholisining oldiga tuşadigani yöq.
«Topqirlikka juda topqirlarku-ya, – aççiq öyga toldi u, – ammo ularga radioaktiv unsurlar dahşatli tarzda yetişmaydi-da!» Bu mazkur ekspeditsiyaning öta muhim hisoblanişiga sabablardan yana biri. Glomliklar özlariga buysindirgan sayyoralarda radioaktiv yoqilği deyarli qolmagan.
Yangi tarix boşlanişidayoq qöşni olamlarni özlaştiriş, yaşaşga yaroqlilariga köçib ötiş uçun özining barça radioaktiv moddalar zahirasini sarflab bölgan Glomga hamişa yangi-yangi olamlar zarur edi.
Yaqinda razvedka ekspeditsiyalaridan biri tomonidan topilgan bu sayyora ham glomliklarga kerak. U glomliklarning barça talablariga javob berardi, ammo ança olis masofada joylaşgan. Harbiy-fazoviy flotni jönatişga esa yoqilği yetişmasdi. Ammo glomliklarning baxtlariga maqsadga yetişişning boşqa, undan-da qulayroq yöli topildi.
Qaçonlardir juda qadimda Glom olimlari Köçirgiçni yaratişgan. Bu öşa davrlarda Ayniyatlar Texnikasida çinakam ğalaba bölgandi. U maʼlum yöl bilan özaro boğlangan ikki nuqta örtasidagi massani lahzalar içida bir nuqtadan ikkinçisiga köçiradi. Bittasi köçmas hisoblanib, uçi Glomdagi yagona atom energostansiyasida joylaşgan. Ikkinçi uçini esa istalgan yadroviy quvvat manbayi yoniga joylaştirib, harakatga keltiriş kerak bölardi. Ajratilgan quvvat ikki nuqta orasida harakatlanib, ikki bor öz şaklini özgartiradi. Ayniyatlar Texnikasi möjizasi tufayli glomliklar sayyoradan sayyoraga sakraşlari, ularga quyunday yopirilişlari mumkin edi.
Bu juda sodda usulda amalga oşirilardi. Biroq şunga qaramay, yigirmata ekspeditsiyadan birortasi Yerdagi nuqtaga Köçirgiçni örnata olmagan. Ularga nima xalaqit berganini esa heç kim bilmaydi. Bu haqda sözlab berişi mumkin bölgan birortayam kema aʼzosi Glomga qaytmagan.
Tong paytida ekspeditsiya aʼzolari mahalliy öt-ölanlar tusiga kirib olişib, örmon oralab ketib borişardi. Köçirgiçlar yaqin örtada yadroviy quvvat borligini sezgandek kuçsiz titray boşladi.
Ularning yonidan mittigina törtoyoqli jonivor yugurib ötib ketdi. Xuddi şu payt Jerda ham tört oyoq paydo bölib, haligi jonivorning ketidan quvlab qoldi.
– Jer! Tezda ortingga qayt! – qiçqirib yubordi Pid ehtiyotkorlikni unutib.
Jer esa bu orada jonivorga yetib olib, yerga bosdi. U öljasini yemoqçi edi, biroq tişlarni paydo qiliş esidan çiqqandi. Bundan foydalangan jonivor uning çangalidan çiqdi-da, örmonda közdan yöqoldi. Jer tişlarni paydo qildi va sakraş uçun muşaklarini taranglaştira boşladi.
– Jer!
Indikator istamay ögirildi. Tovuş çiqarmasdan sakrab-sakrab Pidning oldiga keldi.
– Qornim oçgandi, – dedi u.
– Yöq, oçmagandi, – dedi qatʼiylik bilan Pid.
– Oçgandi, – tönğilladi Jer xijolatdan önğaysizlanib.
Pid Qömondonning gaplarini esladi. Jerda, sözsiz, Ovçi bölişga nisbatan kuçli moyillik yaşiringan. Unga köz-quloq böliş kerak.
– Bunga öxşaş narsalar boşqa takrorlanmasin, – dedi Pid. – Unutma, Ekzotik şakllarga kirişga hali ruxsat berilmagan. Hozirça özing tuğilgan şakl bilan qanoatlanib tur.
Jer boş irğadi va yana örmondagi butalar bilan uyğunlaşib ketdi. Yölni davom ettirdilar.
Örmon çetidan atom elektr stansiyasi juda yaxşi körinardi. Pid butaga monand niqoblandi, Jer esa eski ğölaga aylandi. Ilg esa biroz öylanib turgaç, yoş eman körinişiga kirdi. Stansiya unça baland bölmagan metall tösiqlar bilan öralgan uzun binodan iborat ekan. Tösiqdagi darvoza yonida soqçilar turişardi.
«Birinçi galdagi vazifa, – öyladi Pid, – yölini topib, darvozadan ötib oliş». U buning usullari va yöllari haqida öylay boşladi.
Razvedka ekspeditsiyalarining hisobotlaridan olingan uzuq-yuluq maʼlumotlar böyiça, baʼzi munosabatlar borasida odamlar irqi glomliklarnikiga öxşab ketişini Pid bilardi. Ularning ham xuddi glomliklarnikidek uylari, xonakilaştirilgan jonivorlari, madaniyati bor. Mexanika borasida yerliklar ham xuddi glomliklar kabi juda mohir.
Biroq bu ikki irq örtasida aql bovar qilmas farqlar ham mavjud. Odamlarga xuddi toşlar va daraxtlar kabi doimiy, özgarmas şakl berilgan. Bu bir xillik örnini töldiriş uçun ularning sayyorasi turli-tuman nasl, nav va zotlarga favqulodda tölib-toshib ketgan. Hayvonot olami bor-yöği sakkiztagina şakldan iborat Glomga sira öxşamaydi, albatta.
«Çaqirilmagan mehmonlarni tutişda yerliklarning malakasi ança oşgani ham aniq», öyladi Pid. Afsuski, oldingi ekspeditsiyalarning muvaffaqiyatsizlikka uçraşi sababini bilmaydi-da. Bu işni ança osonlaştirgan bölardi.
– Topdim, – dedi Jer ğalati jonivor közdan yöqolişi bilan. – Men Odamga aylanaman-da, darvozadan içkariga, reaktor binosiga kirib, Köçirgiçni harakatga keltiraman.
– Sen ularning tilida gaplaşişni bilmaysan-ku?! – eslatdi Pid.
– Biron oğiz ham gapirib ötirmayman. Ularga hatto, eʼtibor ham qaratmayman. Mana bunday, – dedi-da, Jer inson qiyofasiga kirib oldi.
– Çakki emas, – quvvatladi Pid.
Jer bir neça marta Odam kabi qadam taşlab kördi.
– Biroq qörqamanki, bundan biron iş çiqmaydi, – davom etdi Pid.
– Axir, bu mantiqqayam mos kelyapti-ku?! – eʼtiroz bildirdi Jer.
– Bilaman. Oldingi ekspeditsiyalar ham xuddi şu usulni qöllab körişgan bölişlari kerak. Oqibatda ularning birontasiyam qaytmadi.
Bu borada bahs yuritiş qiyin edi. Jer yana tönkaga aylandi.
– Unda nima qilamiz? – söradi u.
– Men bir öylab olay, – javob berdi Pid.
Ular oldida ikki oyoqli emas, balki tört oyoqdagi jonivor ivirsib yura boşladi. Pid uni darrov tanidi. It – Odamning dösti. Pid diqqat bilan uni kuzata boşladi.
It yer iskagança darvoza tomon yurdi. Uni heç kim töxtatmadiyu It darvozadan ötib, maysalar ustiga yotib oldi.
– Ihm, – dedi Pid.
Ular itdan közlarini uzmay kuzatişardi. Odamlardan biri uning yonidan ötayotib, boşiga teginib qöydi. It esa tilini çiqarib, oyoqlarini osmonga qilib oldi.
– Men ham şunday qila olaman, – dedi hayajonlanib Jer. U Itning şakliga kirib bölgandi allaqaçon.
– Yöq, şoşma, – dedi Pid. – Kunning qolgan qismini yaxşilab öylab olişga sarflaymiz. Işimiz juda muhim, bunda kör-körona iş tutiş yaramaydi.
Jer xömraygança unga böysindi.
– Ketdik, qaytadigan vaqt böldi, – dedi Pid.
Jer bilan yana örmonning quyuq joyiga qaytmoqçi bölib turişganida, kutilmaganda Pidning esiga Ilg tuşib qoldi.
– Ilg! – sekin çaqirdi u.
Heç qanday javob bölmadi.
– Ilg!
– Nima? Ha, aytgança, – dedi yoş eman va butaga aylandi. – Uzr, biron nima dedingizmi?
– Biz qaytayapmiz, – takrorladi Pid. – Sen tasodifan Mutafakkirga öxşab çuqur muşohada qilmayotganmiding?
– Yöğ-e, – işontirdi Ilg. – Şunçaki, dam olayotgandim.
Pidning bu izohga rozi bölişdan özga çorasi qolmadi. Taşvişlari şusiz ham keragidan ortiqça.
Ular kunning qolgan qismini örmonning ziç yerida bu masalani muhokama qilib ötkazdilar. Aftidan, ularda ikkita imkoniyat borday tuyuldi – Odam yoki It şakliga kiriş. Bir joyda tomir otib ösadigan daraxtning darvoza tomon harakatlanib borişi sira-sira ötirişmasdi. Buning ustiga heç kim şu taxlit sezdirmasdan ötib ketolmaydi.
Odam şaklida ötişga urinib köriş ham juda tavakkal qilişdek gap edi. Xullas, ertalab Jerning It şaklida bu işni amalga oşirişga urinib körişiga kelişib oldilar.
– Endi uxlab olinglar, – dedi Pid.
Ekipajning ikkala aʼzosi ham unga böysinib, öşa lahzaning özidayoq şaklsiz körinişga kelib, yalpayib olişdi. Hammasi oddiydek körinardi göyo. Nega atom elektr stansiyasi bunçalik yomon qöriqlanmoqda? Oldin qölga olişgan ekspeditsiyalardan Odamlar biron nimani bilib olişlari kerak edi-ku?! Nahotki, ular umuman savol ham berib ötirmay, öldirib yuboraverişgan bölişsa?
Özga olamlik maxluqotning nima qilmoqçiligini oldindan heç qaçon bilib bölmaydi.
Balki oçiq darvozalar tuzoqdir?
Pid horğin holda yumşab, döngçali yerga qulayroq joylaşib oldi. Biroq şu zahotiyoq özini tartibga keltirdi.
Şaklsizlik holatigaça tuşibdi-ya?!
«Qulaylikning burçga heç qanaqa aloqadorligi yöq», deya öziga eslatdi va darrov yana Uçuvçi şakliga kirib oldi.
Biroq Uçuvçi şakli namçil, notekis tuproqda uxlaş uçun möljallanmagandi. Pid tunni notinç ötkazdi.
Ertalab Pid çarçagan va kayfiyatsiz holda uyğondi. Jerni turtdi.
– Işga kirişiş kerak, – dedi u.
Jer quvnoqlik bilan tik şaklga kirib oldi.
– Ilg, sen ham uyğon! – dedi Pid atrofga alanglab. – Uyğon deyapman!
Javob bölmadi.
– Ilg! – çaqirdi u.
Yana javob yöq.
– Uni topişga yordamlaşib yubor, – dedi Pid Jerga. – U şu yaqin atrofda bölişi kerak.
Ikkovlaşib har bir buta, daraxt va tönkalarni tekşirib çiqişdi. Ammo ularning birortasi Ilg emasdi.
Pid tanasini sovuq qörquv egallaganini his etdi. Aloqaçiga nima böldiykin?
– Balki tavakkal qilib, darvozadan ötişga qaror qilgandir? – dedi Jer.
Pid bu farazni öylab kördi, ammo bunday bölişi mumkin emasdi. Ilg heç qaçon taşabbus körsatmagan. Hamişa birovlarning buyruqlarini bajariş bilan qanoatlanardi.
Uni kuta boşladilar. Kun yarim böldi hamki, undan darak yöq.
– Boşqa kuta olmaymiz, – eʼlon qildi Pid va ikkovi örmon böylab harakatlana boşladilar. Pid ketayotib, Ilgning rostdan ham darvozadan tavakkal qilib ötişga urinib körganmikan, degan savol ustida boş qotirib borardi. Bunday indamaslarda köpinça aqlga töğri kelmas jasorat yaşiringan böladi.
Biroq heç nima Ilgning urinişi amalga oşganiga şaʼma qilmasdi. Bunday vaziyatda Aloqaçi halok bölgan yoki Odamlar uni asir olişgan, deb öylaşga töğri kelardi.
Demak, endi Köçirgiçni ikkovi işga tuşirişi lozim.
Pid haliyam oldingi ekspeditsiyalarga nima bölganini bilmasdi.
Örmon çetida Jer It şakliga kirdi. Pid uni sinçiklab tekşirdi.
– Dumni sal kaltaroq qil, – dedi u.
Jer dumini kaltalaştirdi.
– Quloqlarni kattalaştir.
Jer quloqlarini kattalaştirdi.
– Endi ölçamlarni bir-biriga töğrila, – dedi Pid va nima hosil bölganini yana bir bor tekşirib kördi. Jer haqiqatan ham, dumi uçidan to qop-qora höl tumşuğigaça It şakliga kirgandi. – Omadingni bersin!
– Minnatdorman, – dedi örmondan ehtiyotkorlik bilan çiqa boşlagan Jer.
Jer Itning qadam olişini öxşatib keta boşladi. Darvoza oldida soqçi uni çaqirdi. Pidning dami içiga tuşib ketdi. Jer Odamning çaqirişiga eʼtibor ham bermay, yonidan ötib ketdi. Odam Jer tomon yura boşlagandi, u qoçişga tuşdi.
Bu orada Pid ikkita oyoqni tayyorlab turardi. Bu agar Jerni qölga olişsa, yordam berişga yuguriş uçun. Ammo soqçi yana darvoza yoniga qaytdi. Jer ham qoçişdan töxtadi va xotirjam asosiy kiriş eşigi tomon keta boşladi.
Yengil nafas olgan Pid haligi ikki oyoqni yöqotdi.
Biroq asosiy kiriş eşigi yopiq edi! Pid Indikatorning uni oçişga harakt qilib körmasligiga işonardi. Axir bu Itlarga xos emas.
Jerning yoniga boşqa It yugurib keldi-da, unga qarab qoldi. Keyin yaqin kelib Jerni hidlab kördi. Jer ham şunday yöl tutdi.
Keyin ikkala it ham bino burçagi tomon yugurgilab ketişdi.
«Aqlli iş, – öyladi Pid. – Orqa tarafda eşik bölişi kerak».
U botayotgan quyoşga tikildi. Köçirgiç işlatilsa, bu yerga Glomning ulkan qöşini yetib keladi. Odamlar nima bölganini tuşunib yetgunlariça, ularning soni millionga yaqinlaşib qoladi. Bu hali boşlanişi.
Kun juda sekinlik bilan poyoniga yetib bormoqda. Ammo heç nima sodir bölmadi.
Pid bino gumbazidan közlarini olmasdi. U asabiylaşardi. Negaki, agar Jer vazifani muvaffaqiyatli amalga oşirgan bölsa, iş bunçalik çözilib ketmasligi kerak edi.
Pid yarim tungaça kutdi. Odamlar binoga kirişar va undan çiqişardi. Darvoza oldidagi itlar hura boşladilar. Ammo Jerdan darak yöq.
Jer qölga tuşdi, Ilg ğoyib böldi, Pidning bitta özi qoldi.
U haliyam nima sodir bölganini bilmasdi.
Ertalabga yaqin Pidni çorasizlik, ilojsizlik çulğab oldi. Glomning yigirma birinçi ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uçraş arafasida turganini tuşundi. Endi hammasi bitta uning öziga boğliq.
Sal qöpolroq reja bölsayam, Pid Odam şakliga kirib darvozadan ötişga qaror qildi. Boşqa yöli ham qolmagandi.
U işçilarning darvozadan töp-töp bölib kirayotganini kördi. Pid öylardi: olomon bilan aralaşib ketsinmi yoki hammasi tinçigandan söng işga kirişgani durustmi. U tiqilinçdan foydalanişga qaror qildi va Odam şakliga kira boşladi.
Örmondan, u yaşiringan joy yonidan It ötib ketayotgandi.
– Salom, – dedi It.
Bu Jer edi.
– Nima böldi? – söradi yengil tortgan Pid. – Nega bunça qolib ketding? Kiriş şunçalik qiyinmi?
– Bilmadim, – dedi Jer dumini likillatib, – bunga urinib körganim yöq.
Pid qotib qoldi.
– Men ov qildim, – mamnun tuşuntirdi Jer. – Bilasizmi, bu şakl Ov uçun juda qulay ekan. Men boşqa It bilan binoning orqa tarafidagi eşigidan çiqib ketdim.
– Biroq ekspeditsiya… burç…
– Fikrimdan qaytdim, – dedi Jer. – Bilasizmi, Uçuvçi, men heç qaçon Indikator bölişni istamaganman.
– Ammo sen Indikator bölib tuğilgansan!
– Bu töğri, – dedi Jer, – ammo bundan menga yengil bölib qolmaydi. Men hamişa Ovçi bölişni istaganman.
Pid ğazabdan titrab ketdi.
– Mumkin emas, – xuddi glom-bolakayga tuşuntirayotgandek dona-dona qilib gapirdi, – Ovçi şakli sen uçun taʼqiqlangan.
– Bu yerda emas, bu yerda taʼqiqlanmagan, – eʼtiroz bildirdi Jer hamon dumini likillatib.
– Buni boşqa eşitişni istamayman, – öşqirdi Pid. – Elektr stansiyasiga bor-da, Köçirgiçni işga tuşir. Men esa sen aytgan gaplarning barini unutişga tayyorman.
– Bormayman, – dedi Jer. – Bu yerda menga glomlarning keragi yöq. Ular hamma narsani halok qiladilar.
– U haq, – dedi baquvvat eman.
– Ilg! – ingrab yubordi Pid. – Qayerdasan?
Şoxlar qimirladi.
– Şu yerdaman, – dedi Ilg. – Xayol suryapman.
– Ammo sen… tabaqang…
– Uçuvçi, – ğamgin ohangda dedi Jer. – Uyğonsangiz-çi! Glomda aksariyat aholi baxtsiz. Faqat udumlargina bizni ajdodlarimiz tabaqalariga mos şaklga kirişga majbur qiladi.
– Uçuvçi, – dedi Ilg, – barça glomlar şaklsiz tuğiladi.
– Glomlar şaklsiz tuğilganlari sabali ham Erkin Şaklga ega bölişlari kerak, – ilib ketdi Jer.
– Töppa-töğri, – dedi Ilg. – Ammo buni u tuşuna olmaydi. Endi esa maʼzur tutasiz, kamina çuqur muşohadaga berilmoqçiman.
Eman jim bölib qoldi.
Pid ğazabnok kuldi.
– Odamlar sizni öldirişadi, – dedi u. – Xuddi boşqa ekspeditsiyalarni halok qilişganlaridek.
– Glomlardan heç kim öldirilmagan, – maʼlumot berdi Jer. – Barça ekspeditsiyamiz şu yerda.
– Ular tirikmi?
– Bölmasam-çi. Odamlar hatto bizning mavjudligimizni bilişmaydi ham. Men bilan birga ov qilgan It ön töqqizinçi ekspeditsiyadan ekan. Uçuvçi, bu yerda biz yuztaça bormiz va bu yer bizga yoqib qoldi.
Pid buning barini hazm qilişga urinardi. Quyi tabaqalarga şaklga oid öz-özini anglaş yetişmasligini hamişa bilardi. Ammo bu… buning bari bemaʼnilik, axir. Mana, bu sayyoraning xavfliligi siri nimada ekan. Bu Erkinlik ekan-da?!
– Uçuvçi, bizga qöşiling, – taklif qildi Jer. – Bu yer çinakam jannatning özi. Bilasizmi, bu sayyorada har xil narsalar qançalik köp? Sanab adoğiga yetolmaysiz. Bu yerda hayotning barça turiga mos keladigan şakllar ham bor.
Pid boş çayqadi. Uning hayot turiga mos şakl yöq. U – Uçuvçi.
Ammo Odamlar glomlarning borligini bilişmaydi hatto. Reaktorga yetib boriş kulgili darajada oson.
– Hammangiz bilan Glom Oliy Sudi şuğullanadi, – ökirdi u va Itga aylandi. – Mening özim Köçirgiçni işga tuşiraman.
Pid bir muddat özini örganib kördi. Keyin Jerga bir qarab qöydi-da, dikonglagança darvoza tomon yöl oldi.
Darvoza oldida turganlar unga qarab ham qöymadilar. Pid bir Odamning ortidan asosiy eşikdan içkariga kirib oldi va yölak böylab yugurib ketdi. Tanasi çöntagidagi titray boşlagan Köçirgiç Pidni reaktor zali tomon borişga undagandek böldi.
U hovliqqaniça qandaydir zinadan kötarilib, boşqa yölak böylab yugurib ketdi. Burilişdan qadam tovuşlari eşitildi. Unga sezgisi bino içiga itlarning kirişiga yöl qöyilmasligini bildirib turardi. Ilojsizlikdan yaşiriniş uçun joy qidirib, atrofga alangladi. Biroq yölak silliq va böm-böş edi. Faqat şiftda yoritgiçlar osilib turardi.
Pid bir sakrab, şiftga qapişib oldi va yoritgiç şakliga kirdi. U Odamning nega uning yonmay turganiga eʼtibor qaratmasligiga işonardi.
Odamlar yugurib ötib ketişdi.
Pid tağin Odam şakliga kirib, maqsad sari oşiqdi.
Unga yanada yaqinroq borişi kerak edi.
Yölakda yana bir Odam paydo böldi. U Pidga sinçiklab qarab turdi-da, nimadir deb ğudrandi. Keyin kutilmaganda keskin ortiga burildi-da, juftakni rostladi. Odamni nima bunça sergaklantirganiga Pid tuşunmadi, albatta. Tanasidagi Köçirgiç kerakli masofaga yaqinlaşib qolinganini bildirib, sezilarli titray boşladi.
Kutilmaganda Pidning miyasida ikkilaniş paydo böldi. Barça ekspeditsiya aʼzolari qoçgan! Hammasi!
U yugurişdan sekinlaşdi.
Erkin Şakl… qanday ğalati tuşunça. Vahimaga soluvçi tuşunça.
«Bu, sözsiz Şaklsizlikning nayranglari», dedi öziga-özi va yana oldinga intildi.
Yölak oxiri ulkan yopiq eşikka borib taqalarkan. Pid unga tikilib qoldi.
Yölakning narigi boşida esa Odamlarning ğovuri, baqir-çaqiri eşitila boşladi.
Qayerda xatoga yöl qöydi? Uni qanday sezib qolişdi? Özini bir qarab çiqdi. Qöllari bilan yuzini siladi. O, çehrasi şaklini özgartirişni unutgan ekan…
Jon holatda eşikni tortdi. Keyin çöntagidan Köçirgiçni çiqardi. Titraş yetarliça emasdi. Uni işlatiş uçun reaktorga yanayam yaqinroq boriş kerak.
Pid eşikka razm soldi. Uning pastki qismi bilan pol orasida tirqiş bor ekan. Darhol şaklsiz holga kelib eşik tagidan sizib öta boşladi. Köçirgiçni ham bir amallab ötkazib oldi.
Içkari tarafda eşikning ilgagi bor ekan. Pid uni ildirib, ketidan tirab qöyiş uçun biron nima qidirib, atrofga alangladi. Çoğroqqina xona. Bir tomonda reaktorga olib boruvçi zalvorli qörğoşin eşik, ikkinçi tomonda deraza bor. Bor-yöği şu.
Pid Köçirgiçga qaradi. Titraş yetarliça. Nihoyat, u maqsadiga yetişdi. Bu yerda Köçirgiç reaktordan quvvat tortib olib bemalol işlaydi. Faqat uni işga tuşiriş kerak.
Biroq nega ularning bari qoçoqqa aylanişgan? Pid ikkilanardi. Barça glomlar şaklsiz tuğiladi, bu haqiqat. To ulğaygunça va turli tabaqalarga tegişli ajdodlari şakli berilmagunça glomlarning bolalari amorf holatida böladi. Biroq Erkin Şakl…
Pid imkoniyatlarini çamalab körayotgandi. Heç bir tösiqsiz istagan şaklga kirişi mumkin. Bu jannatmonand sayyorada u barça niyatlari va orzusini amalga oşira oladi. Kimga aylangisi kelsa – aylanadi, nimaning şakliga kirişni istasa – kiradi. Bu yerda yolğiz ham qolib ketmaydi. Bu yerda boşqa glomlar ham Erkin Şakldan lazzat olişmoqda.
Odamlar eşikni buza boşladilar. Pid haliyam tanlay olmay ikkilanardi. Nima qilsin? Erkinlik…
Pid erkinlik özi uçun emasligini alam bilan öylardi. Ovçi yoki Mutafakkir böliş oson. U esa – Uçuvçi. Parvozlar – uning hayoti, uning şavqi. Parvoz bilan bu yerda qanday şuğullana oladi?
Albatta, Odamlarda ham kemalar bor. Odamga aylanib, birorta kemani izlab köriş mumkin…
Yöq, heç qaçon. Daraxt yoki Itga aylaniş osonroq. Heç qaçon özini Odamdek körsatmaydi.
Gumburlatib urişlardan eşik zirillardi.
Pid Köçirgiçni işga tuşiriş oldidan sönggi bor sayyoraga nazar soliş uçun deraza oldiga keldi va derazadan taşqariga qaradi-yu, huşdan ketib yiqilişiga bir bahya qoldi.
Bu rostdan ham haqiqatmi? U Jerning bu sayyorada istagan niyatni qondiriş uçun yetarliça şakl, hayot körinişlari bor, deya tölqinlanib gapirganida nimani nazarda tutganini dastavval tuşunmagan ekan. Hatto uning, Pidning ham orzusini amalga oşiriş mumkin ekan! Uçuvçilar tabaqasining parvoz qilişga bölgan kuçli istagini ham.
Pid taşqariga yana bir bor nazar soldi-da, Köçirgiçni polga uloqtirdi. Asbob çil-çil sinib, har yoqqa tariqdek soçilib ketdi.
Eşik oçilayotgan paytda esa u derazadan uçib çiqayotgandi.
Odamlar deraza tomon otildilar. Deraza ortidan kattagina, oppoq quş havoga kötarildi. U qanotlarini sal beöxşovroq qoqardi. Ammo quşning harakatlari tobora aniqroq böla bordi va u uzoqlaşib borayotgan quşlar galasiga yetib olişga harakat qila boşladi.
Robert ŞEKLI
Rus tilidan Nurpölat NURQULOV
tarjimasi
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 8-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


