Mohir tarjimon Qodir Mirmuhammedov bilan suhbat
– XIX asrning oxiri, XX asrning boşlarida Özbekistondagi ijtimoiy–siyosiy maʼnaviy–maʼrifiy jarayonlar qadim va boy özbek adabiyoti tarixida ğoyat muhim davrlar böldi. Mamlakat va xalq hayotida yuz bergan eng ulkan baxtsizlik – millat va davlat sifatida öz mustaqilligini yöqotişi ziyolilar ruhiyatiga katta taʼsir etgan bölsa-da, biroq bu tuşkunlik davri haqiqiy ijodkorlar ruhini sindirolmadi. Atoqli maʼrifatparvar Abdulla Avloniy taʼbiri bilan aytganda «Adabiyot millat oynasi» ölaroq xalq hayotida renessans davrini boşlab berdi. Öz-özidan adabiyotda yangi janrlar va tadqiqotlar paydo böldi. Ayniqsa, ölkada madaniyat markazlari hisoblangan Xiva, Qöqon, Toşkent va Buxoro singari şaharlarda yangiça adabiy muhit paydo böla boşlagan edi. Jumladan, adabiyotimizdagi zullisonayn anʼanasi yonida endi asta-sekin tarjima maktablari paydo böla boşlagandi. Misol uçun, 1880-1890-yillarda özbek öquvçilari L. N. Tolstoy, A. S. Pushkin, A. A. Krilov singari rus adabiyoti namoyondalarining ijod namunalaridan bahramand bölişgan. 1887-yilda ilk marta L. N. Tolstoyning «Odamlar nima bilan tirik?» hikoyasi özbek tiliga tarjima qilingan. 1899-yili Puşkinning «Boqçasaroy fontani», «Şoir» asarlari tarjimasi «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida çop etilgan.
Qodir aka, adabiyotimiz tarixidagi bu jarayonlarni kuzata turib savol tuğiladi: tarjimaçilik ham boşqa adabiy janrlar singari muayyan ehtiyojlar tufayli paydo bölmaganmikin?
– Hamonki inson bu foniy dunyoga faqat bir marta kelişini bilarkan, unda özidan söng iz qoldiriş ehtiyoji paydo böladi, albatta. Unda yangilik yaratiş, ijod qiliş, farzandlar tarbiyalab östiriş, bunyodkorlik qilişga ehtiyoj uyğonadi. Söng bu ehtiyojlarning samarasini körib, xalq taʼbiri bilan aytganda, “işqi yöq – eşak, dardi yöq – kesak” bölib umr keçirmaganidan köngli toğdek kötariladi. Buyuk Italiya sayyohi Marko Polo jahonni keziş, turfa xil yurtlar, mamlakatlarni örganiş niyatida uzoq safarga çiqib, to şimoliy Xitoygaça yetib borgan. Lekin vataniga qaytayotganida u köp azob-uqubatlar çekkan, asirga tuşgan, qamoqda yotgan bölişiga qaramay özining bu uzoq safari çoğida jamiki körgan-keçirganlarini yozib kitob qilib çiqarişga muvaffaq bölgan. Buyuk Ipak yölini kaşf etgan tijorat ahlini eslang. Ular ham köp talofatlarga, judoliklarga, muhtojlikka röpara kelgan bölsalar ham bir-biridan yiroq bölgan ölka va xalqlarga köprik bölib bir-birlariga ulagan. Axir bu hayotda olğa intilişga, köproq köriş, köproq biliş, köproq örganişga bölgan ehtiyoj emasmi? Adabiyotimizning tarjimaçilik janrida ham şunday ehtiyoj bölgan va u hanuz kamol topib kelmoqda. Lev Tolstoyni “Semiz Şer” deb tarjima qilişganida dunyoga kelgan tarjimaçilik janri bir qança ijodiy bosqiçlarni boşidan keçirib, bugungi kunda tarjima uçun murakkab bölgan, durdona asarlarni özbek tilida dunyoga keltirdi. L.Tolstoyning “Uruş va tinçlik”, “Ana Karenina” romanlari, F.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba” romanlari, N.Nekrasovning “Rossiyada kim yaxşi yaşaydi?” dostoni, Gyotening “Faust”i, Dantening “Ilohiy komediya”si, Homerning “Iliada” va jahon adabiyoti klassiklarining yana juda köp durdona asarlari tarjimaçilik jarayonida olğa intilişga, yaratuvçilikka bölgan ehtiyoj samarasidir.
Men yuqorida “ijodiy bosqiçlar” deganimda, özim şohid bölgan bir voqea esimga tuşdi. Bir paytlar, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyotda tarjima bölimi boşliği lavozimida işlab yurgan kezlarimda ukrain klassik yozuvçisi Panos Mirniyning “Pavia” (“Buzuq qiz”) romanini asliyatdan tarjima qiliş niyatim borligini aytdim. (Men ukrain tilini yaxşigina bilaman). Şunda naşriyot rahbarlari: “Bizda ukrain tilini biladigan muharrir yöq. Tarjimangizni heç kim tahrir qila olmaydi”, deb javob bergan edilar. Gap şundaki, ötgan asrning 50-60 yillarida tarjima qilingan asarlar jumlama-jumla asliyatga soliştirilib tahrir qilinardi.
– Ötgan asrning 30-yillariga kelib, özbek adabiyotiga yangi-yangi nomlar kirib kela boşlagan edi. Taʼbir joiz bölsa, bu avlod adabiy anʼanalar qobiğini yorib çiqqan, yangilikka va yangilanişga taşna bir avlod edi. Badiiy adabiyotdagi bu yangilanişlarni Abdulla Qodiriy «Ötgan kunlar» romaniga yozgan muqaddimasida “majburiyat” deb eʼtirof etadi. Qodiriy yozadiki: «Modomiki, biz yangi davrga oyoq qöydik, bas, biz har bir yösinda ham şu yangi davrning yangiliklari ketidan ergaşamiz va şunga öxşaş dostonçilik, römonçilik va hikoyaçiliklarda ham yangarişğa, xalqimizni şu zamonning «Tohir-Zuhro»lari, «Çor darveş»lari, «Farhod-Şirin» va «Bahromgör»lari bilan tanişdirişka özimizda majburiyat his etamiz». Mana şu majburiyat tarjimaçilik işlariga ham taalluqli edi. Şuning uçun ham keyinçalik jahon adabiyotining muhtaşam asarlari birin-ketin özbek tiliga tarjima qilindi. Mana şu qaynoq jarayon ötgan asrning 80-yillariga qadar davom etdi. Nazarimda keyingi ön yilliklarda dunyo adabiy jarayonidan biroz bexabar qolgandekmiz…
– Gapingiz töğri. Keyingi ön yilliklarda çop etilayotgan kitoblarda dunyoviy adabiy hayot kamroq yoritilmoqda. Jahon adabiyoti durdonalari tarjimalari deyarli naşr qilinmay qöydi. Bunga sabab, menimça, kitoblar bilan telekörsatuvlar örtasida paydo bölgan raqobat bölişi mumkin.
Köpçilik kitobxonlarga kitob öqişdan köra televizor ekranida serillarni köriş qulayroq bölib qoldi. Vaholanki, tarjima qilinib, özbek tilida namoyiş etilayotgan ayrim filmlar na ğoyaviy, na badiiy qimmatga ega. Ularning tomoşabinlar uçun mutlaqo tarbiyaviy ahamiyati yöq. Lekin Allohga şukrki, 1997-yildan boşlab mamlakatimizda “Jahon adabiyoti” jurnali naşr etila boşlandi. Bu xayrli iş Özbekistondagi kitobxon ahlining juda köp yillardan beri intizorlik bilan kutgan orzusi edi. Bu jurnal özining dastlabki sonlaridan boşlab, boya siz aytganingizdek “dunyo adabiy jarayonidan” özbek kitobxonlarini boxabar qila boşladi. Bu adabiyotimizning eng katta yutuqlaridan biri böldi. Maʼlumingizki, hozirda bu qimmatli jurnal 14 yoşga kirdi. Uning sahifalarida özbek adabiyoti bilan bir qatorda jahon adabiyotining eng nodir durdonalari ham taniqli tarjimonlar va şoirlarimiz hamda jurnal rahbariyatining faol harakati bilan çop etilmoqda. Jurnalga jalb qilinayotgan yoş tarjimonlar ham özlarining nimalarga qodir ekanini namoyiş qilmoqda.
– Bir paytlar atom bombasini vujudga keltiradigan elementlarni kaşf etgan atoqli olimlardan biri bu kaşfiyot insoniyat boşiga qay darajada kulfat keltirişini anglab yetgaç, öşa kundan boşlab qora kiyim kiyib olgan ekan. Sönggi yillarda tom maʼnoda fahşiyat va zöravonlikni tarğib etuvçi önlab pornagrafik asarlar, yuzlab kinofilmlar, seriallar özbek tiliga tarjima qilinib isteʼmolga kiritildi. Maʼnaviy vayronalik keltirib çiqaradigan bu asarlar zarari, kölami jihatdan atom bombasidan qolişmaydi. Ammo bu holat uçun hozirça heç kimning qora köylak kiygisi yöq.
Qodir aka, mana siz ham ijodiy faoliyatingiz davomida yuzlab asarlarni tarjima qilgansiz. Sizda şu paytgaça biror asarning tarjimasi yuzasidan afsuslaniş bölganmi?
– Men tarjimonlik faoliyatimning dastlabki 10-15 yili davomida qölimga topşirilgan har qanday badiiy asar yo badiiy filmni, asosan, qalam haqi işlab topiş maqsadida tarjima qilaverganman. Faqat keyinçalik, yoşim ança ötib qolganda, uyimdagi şkafimda terilib turgan 30 dan ortiq tarjimalarimga köz yugurtirar ekanman, ularning ança-munçasini tarjima qilişga ketgan vaqtimga açinganman, afsuslangan paytlarim bölgan.
Töğri, ular ham kitobxonga yoqadigan yaxşi asarlar, hammasi katta-katta adadda bosilib sotilib ketgan. Biroq ökinçim şuki, modomiki, men tarjimon sifatida kamolga yetar ekanman, ijodimni, masalan, V.Hugoning “Xörlanganlar”, F.Rablening “Gargantyua va Pantagryuel”, F.Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar”, Servantesning “Don Kixot” asarlarini tarjima qilişga bağişlasam bölmasmidi, deb öylayman. Ana şu armonlarim meni yana antik dunyo yunon adabiyotidan Homerning “Odisseya” dostonini tarjima qilişga daʼvat etdi. Yunonistonning antik davri tarixini men “Iliada”ni tarjima qilganimda yaxşi örgangan edim. “Odisseya” esa “Iliada”ning davomi. Adabiyotimizning barça muxlislariga ayonki, “Odisseya”ni ustozim Mirtemir domla tarjima qilişga kirişgan edilar. Afsuski, şafqatsiz ölim ul zotni bevaqt oramizdan olib ketdi. Domla dostonning faqat birinçi qöşiğini tarjima qilişga ulgurgan ekanlar. Men ustozimning ruhlarini şoyad şod etsam, degan umid bilan 1999-yilda “Odisseya”ni tarjima qilişga kirişdim va 10 yildan söng 2008-yilda tarjimani tugatdim. Hozir doston qölyozmasi Ğ.Ğulom nomidagi naşriyotda çop etiliş arafasida.
Bu – Sizning savolingizga javobim emas, balki öz dardim. Endi javobimni öqing: mening bir tarjimam nafaqat özimga, hatto kitobxonlarga, tarjimaçilik böyiça şuğullanuvçi olimlarimizga ham yoqmagan. Gap, Temir Pölatning “Duşan qaysarning boşidan keçirganlari” romani haqida boryapti. Bu asarning tarjimasi “yuqoridan tuşgan” körsatma böyiça menga topşirilgan edi. U paytlar körsatmaga itoat etmay bölmasdi.
Romanni öqib çiqib hafsalam pir böldi. Nafaqaga çiqqan, işlamayotgan paytlarim edi. Dörmondagi yozuvçilarning ijod uyiga borib tarjima qilişga kirişdim. Asardagi özbek urf-odatlarini notöğri taʼriflovçi jumlalarni tuzatdim, öxşovsiz joylarni öçirib, aniqlik kiritdim. Qarangki, Özbekiston xalq yozuvçisi Temur Pölat hatto hijriy yil sanasi bilan milodiy yil sanasini bir-biridan farq qilolmas ekan. У асарида: “Каждый год в сентебре приходит месяц Рамазан», деб ёзибди. Xullas, kitob bosilib çiqdi, men qalam haqini oldim. Ammo bu işimdan könglim ğaş bölib qoldi. Xulosam şuki, sayoz asarni hatto tarjima qilib ham yaxşilab bölmas ekan.
– Özbek adabiyotidagi dastlabki tarjimalar rus tili orqali amalga oşirildi. Va bu urinişlar keyinçalik öziga xos tarjimaçilik maktablarining paydo bölişiga asos böldi. Aytiş mumkinki, bugungi özbek adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari bilan bevosita tanişiş jarayoni juda köp bosqiçlarni bosib ötdi. Ayting-çi, özbek adabiyotidagi bugungi tarjimaçilik jarayonini qanday baholaş mumkin?
– Bugungi kundagi tarjimaçilik jarayonini mamnuniyat bilan yaxşi deb baholayman. Tarjimaçilik faoliyatining rivoji şu darajaga yetganki, bugungi kunda biz çet ellar adabiyoti namunalarini bevosita asliyatdan özbek tiliga, şu bilan birga, özbek adiblarining asarlarini xorijiy tillarga tarjima qila boşladik. Mana şunday salohiyatga ega yoş tarjimonlarimiz paydo bölmoqda. Töğri, bu hali muqaddima, dastlabki qadamlar. Lekin teran isteʼdod sohiblari bölmiş bu ijodkor yoşlarni hali oldinda buyuk işlar – jahon adabiyotining durdona asarlari kutmoqda. Aminmanki, özbek tarjimaçiligining istiqboli porloq bölgay.
– Bugungi yoş tarjimonlarga ustoz sifatida nimalarni tavsiya qilgan bölardingiz?
– Tarjimon yoşlarimizga mening takliflarim:
a) Hayotni örganing, har bir hayotiy urf-odatlarni ifodalaşda munosib ibora işlatişga harakat qiling.
b) Har qanday tarjimon öz tilini puxta bilmoği kerak. Buning uçun esa köp kitob öqişi, izohli luğatlarni mudom közdan keçirib turişi kerak.
v) Heç qaçon kitob mutolaasini kanda qilmang, şu bilan birga Abdulla Qahhor, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim, Vahob Rözimatov, Xolida Ahrorova, Ozod Şarafiddinov kabi ustoz tarjimonlarning tarjimalarini öqib, ular işlatgan nozik, diqqatga sazovor iboralarni asliyatga soliştiring va şu yöl bilan bu ustozlar amaliyotidan sobiq oling.
Xudoga şukr, mana bugungi kunda respublikamizda ajnabiy tillardan özbek tiliga bevosita tarjima qila oladigan salohiyatli yoşlarimiz adabiyotimiz dargohiga kirib kelişmoqda. Bu tarjimonlar biror asarni özbek tiliga tarjima qilişga çoğlanişar ekan, bir-biriga zid bölgan ikkita adabiy usulga röpara keladilar.
Birinçi usul: xorijiy tildagi klassik adabiyot namunasini özbek tiliga ögira boşlagan tarjimon uçun bir qulaylik bor. Yaʼni, u bu asarning rus tilidagi tarjimasidan taglama (podstrogini) tarjima sifatida foydalanişi mumkin. Şunda tarjimonning işi ança yengillaşadi. Ammo bu yengillikning salbiy tomoni ham bor. Gap şundaki, bir paytlar men Jek Londonning “Martin Iden” romanini tarjima qilgan edim. Kitob 1968-yilda naşr etildi. Şunda “Tarjima sanʼati” nomi bilan naşr etila boşlagan maqolalar töplamining birida özbekça “Martin Iden”ni inglizça asliyatiga soliştirgan bir maqola bosildi. Maqola muallifining yozişiça, tarjima matnlarida asliyatga öxşamagan jumlalar bormiş. Binobarin, “şörvaning şörvasi” badhazm bölişi mumkin.
Öz fikrimni yoşlarga puxtaroq taʼkidlaş uçun yana bir misol keltirmoqçiman. “Odisseya”ni Puşkinning zamondoşi şoir V.Jukovskiy nemis tilidan tarjima qilgan. XX asr örtalarida esa şoir V.Veresayev bu dostonni yunon tilidan tarjima qilarkan, u Jukovskiy yöl qöygan baʼzi bir xatolarni tuzatib, asar oxirida bu tuzatuvlarga izoh bergan.
Aytmoqçimanki, ajnabiy tildagi asarni tarjima qilmoqçi bölsangiz, ikkinçi usuldan, yaʼni bevosita asliyatning özidan foydalaning.
– Qodir aka, jurnalxonlarimiz nomidan qimmatli maslahatlaringiz va mulohazalaringiz uçun minnatdorçilik bildiramiz.
Suhbatdoş: Alişer NAZAR
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 10-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


