20 daqiqada öqiladi

1 517 marta körilgan

Sehrli kinolar, sirli kinolar…

(Esse)

Bolaligida kinoni kim yaxşi körmagan? Kim kinoning tilsimli olamiga maftun bölmagan?..

Ötgan asrning yetmişinçi yillari edi. Mirzaçölning qoq kindigidagi davlat şirkat xöjalikda yaşaymiz. Çölquvarmiz. Qöşnining televizori bor. Qurmağurning  nomi ham çiroyli, jarangdor: “Aelita”.

Biz bolalar keçqurun uzun-qisqa bölib qöşni uyga kirib boraveramiz. Uy bekasi qovoq solib kutib oladi, ammo biz buni körmaganga, bilmaganga solamiz özimizni, poygakka ötirasola diqqatimizni “Oynayi jahon”ga qaratamiz, butun turiş-turmuşimiz bilan boşqa heç narsa bilan işimiz yöqligini körsatişga urinamiz. Ammo beka jahldor: kosani piyolaga uradi, çömiçni qozonga. Biz igna ustida ötirgandaymiz, lekin ketolmaymiz: kino körsatilyapti, axir, kino! 

Ekranda  butunlay özga olam: suvda çökmas, ötda yonmas qahramonlar yovning dodini berayapti, aqlli itlar oğir damlarda egalariga sadoqat bilan xizmat qilayapti, uçar otlar botir çavandozlarni bulutlar orasida olib ötmoqda, ana, bir guruh sayyohlar oçiq dengizda qaroqçilar qöliga tuşib qoldilar…   Bulardan qandaygina köz uzib böladi axir, qanday? Yana ozgina tomoşa qilaylik, ozginagina…

Ammo bizning unsiz iltijolarimiz bekaga aslo yetib bormaydi. “Endi biz ovqat yeymiz” deya tantanali eʼlon qiladi u. Biz şu xonadonning bolalariga hasad qilgan köyi, televizordan köz uzmagan holda noiloj ortga çekina boşlaymiz.  Köçaga çiqamiz. Içimiz qiziydi:Nima böldi ekan?Davomi qanday keçdi ekan? Axir, tomoşa eng qiziq joyiga kelgandi-ya?!

Tez orada kinoteatr işga tuşib qoldi-yu, biz bolalarga Xudo berdi. Ana tomoşa-yu, mana tomoşa! Yana deng, qaysi bir oqil odamning öyiga kelgan ekan, işqilib, katta-kiçik töylarga ham kino olib keliş urf böldi.

Qoronği tuşgandan keyin töyxona devoriga oq böz tortiladi. Söng kinomexanik deganlari ikki yordamçisi bilan kelib, jihozlarini örnatib kino körsatişni boşlaydi. Kattayu kiçik mehmon- mezbonlar, nafasini içga yutib tomoşaga beriladi. Kino! Öşa paytlar nazarimda kinomexanikdan-da izzatli, obröli kişi topilmasdi dunyoda. 

Biz hind filmlariga köproq maftuni edik. “Janob 420”, “Daydi”, “Hamroz”, “Bobbi”, “Zita va Gita”, “Ram va Şam”, “Qasos va qonun” kabi kinolar qayta va qayta tomoşa qilinaverganidan oddiygina personajning sözlari ham quloqlarimizga quyilib qolgandi.

Oradan yillar ötib, böyimga qöşilib did-saviyam ham ösdi şekilli, hind filmlarini avvalgidek maroq bilan tomoşa qilolmay qoldim. Allaqanday baçkana, çuçmal tuyuladi. Bir olim tanişimiz esa dunyoning allaqaysi mamlakatida hatto bunday filmlarni namoyiş qiliş man etilganini aytib qoldi. Bölsa bordir. Ammo, nazarimda, bizning bola qalbimizda adolat hamişa ğolib çiqadi, degan sodda tuşunça örin olişida öşa maşhur hind filmlarining ham örni bor.

Darvoqe, qöşni ayolning qoş-qaboğidan qörqib yurgan öşa kezlardan sal ötib hammamizning ham uyimizda televizor paydo böla boşladi.

“Uç baqaloq”, “Kapitan Tenkeş”, “Tört tankçi va bir it”, “Garovga tikilgan hayot” singari kinolar qatorida “Oynayi jahon” ne bir yuraklarni larzaga solgan jiddiy filmlarni ham taqdim etdi: “Ötkan kunlar”, “Toşkent – non şahri”, “Sen yetim emassan”, “Osiyo ustida böron”, “Yigirma oltinçisi otilmasin”, “Soldat otasi”, “Söna”, “Odam amfibiya”… Bu kinolarni unutib böladimi?…

Bolalagimdan kino sanʼatiga maftun böldim. Bisotimdagi kattagina albom kattayu kiçik aktyorlarning suratlari bilan tölib-toşdi.

Könglimga yaqinroq sinfdoş döstlarimga aktyorlaru rejissyorlar, kinolar haqida gapirib çarçamasdim. Nazarimda dunyo faqat kinolardan iboratday edi.Göyo kelajakdagi kasbim kino bilan boğliq bölişini sezib turganday bölardim. Nazarimda, örta maktabni bitiramanu Toşkentga borib, jurnalistikaga öqişga kiraman, bir-ikki yil öqigaç, özimning hikoya-qissalarim asosida yozgan ssenariyimni qöltiqlab “Özbekfilm”ga çopaman. Göyo u yerda meni quçoq oçib kutib olişadi. 

Biroq “holva” degan bilan oğiz çuçib qolmas ekan. Avvalo öqişga kirolmadim. Yaşaş kerak edi. Bir yilga yaqin tuman gazetasida işladim. “Yozuvçi böliş uçun jurnalistikada öqiş şart emas”, degan xulosaga keldimu, politexnika institutiga öqişga kirdim.

Toşkentda nima köp – kinoteatr köp.

Baxtimga, guruhimizda kino işqibozlari ançagina edi. Qaysi kinoteatrga yangi film kelganini eşitsak, darsdan çiqasola öşa yoqqa çopamiz.

Men baʼzan ora-sira heç kimga bildirmay Çilonzordagi “Özbekfilm”ga boraman. Binodan sal narida turib, unga kirib-çiqayotgan taniş aktyorlarni, aksariyati soqoldor rejissyorlarni tomoşa qilaman, baʼzida sal yaqinroq kelib, ularning özaro rus tilida gaplaşişayotganini eşitaman. Söng, katta iş qilib qöygan odamday gerdayib yotoqqa qaytaman.

Ha, aytgança, öşa yillari kino mavzusidagi dastlabki şeʼriy maşqlarimni qoralagandim. Mana ularan biri:

…Poyezd yurib ketar. Sönggi vagonga

Boş qahramon bazör yetib oladi.

Undan quyuq tutun bilan yöğrilgan

“Sevaman!” degan söng sado qoladi.

 

…Qay qiz yuragida his etib qutqu,

Tangrini yod aylab, öqisa duo,

Bilingki, janggohda suyukli yori

Köksiga daydi öq tekkan şu asno.

 

…Zimiston, fojeiy ohang bağrida

Ğiçirlab oçilsa eşik nogahon,

Çiroq yoqilmay ham turib, aslida

Mavhum bir jinoyat bölgani ayon.

 

…Bemisl tabiat bağrida ikkov,

Visol şarobidan sarxuş va jöşib,

Falakka boqişsa, bilingki, darrov

Jaranglay boşlaydi musiqa, qöşiq.

 

Bizlar yaşayapmiz. Öy-fikrimizga

Sanoqsiz kinolar qurişgan makon.

Hattoki köpinça öz-özimizga

Hukmron böladi qay boş qahramon.

 

Bizlarning sevgimiz kimgadir taqlid,

Taqlid sözlarimiz, qiliqlarimiz.

Keçagi filmning qahramonidek,

Sigara çekamiz bugun barimiz.

 

Borliqqa bepisand boqib agar biz,

Kitobiy sözlardan söylasak uzoq,

Şu dam biz – biz emas. Bu holatimiz

Özlikka kinodan qöyilgan yamoq…

 

Bizlar yaşayapmiz. Öy-fikrimizga

Sanoqsiz kinolar qurişgan makon.

Özimiz ham söngsiz olam sahnida

Artistga aylanib qoldik begumon.

 

Böğzimga tiqilib yurak nogahon,

Oddiy haqiqatni his etdim: hayhot,

Sönggi sahna, sönggi nafas oldidan

Yöq-ku “Dubl!” deya qiçqirguvçi zot…

Keyinçalik qiziqarli, sermazmun bir kinodan taʼsirlanib, tomoşa zalining sönggi qatorda yum-yum yiğlab ötirgan bir ösmirga közim tuşib qolib, oçiği, şu yigitçaga havasim kelib, quyidagi bitiklarni qoralaganman: 

OXIRGI SEANS

16 yoşga tölmaganlar kiritilmaydi.

(Kinoafişadan)

 

Ekran yorişadi.

Yonadi çiroq.

Eşiklar qarsillab oçilar bir-bir.

Zal böşaydi.

Sönggi qatorda biroq

Yiğlab ötiribdi birgina ösmir…

Kino möjizalari bilan gözal, tilsimlari bilan maftunkor, aql bovar qilmas hodisotlari bilan jozibali. Ayni paytda azaldan ayon haqiqat bor: har qandayin sinoat özining sirlilik pardasini yöqotganidan keyin zerikarli, odamning ensasini qotiradigan jön tomoşaga aylanib qoladi. Deylik, sizni hayratga solgan köyi köz oldingizda közboyloğiçning kaftida yöq bölib qoladigan zöldirça aslida jips barmoqlar orasidan joy olganini bilib olganingizdan keyin bunday “fokus”ni körib qançayam huzur qilardingiz…

Bir kuni televizorda kinolardagi murakkab kadrlarni tasvirga olişda işlatiladigan usul-vositalar, texnik jihozlar haqida maxsus körsatuv namoyiş qilib qolindi. Tez orada esa şu mazmundagi maqola markaziy gazetalardan birida çop etildi. Muallif “Mana, men sirlaringni bilib oldim!” deganday ançayin nopisand ohangda turli çizmalaru suratlar yordamida kinoçilarning avra-astarini ağdarib taşlagandi.

Körsatuv ham, maqola ham menda oğir taassurot qoldirdi. Ançagaça özimga kelolmay yurdim. Göyo mening kino haqidagi bolalik tasavvurlarimni kimlardir ayovsiz ravişda toptab-ezib taşlaşgandek edi.

Töğri, tez orada bu tuyğu ötib ketdi: axir, kino öz nomi bilan kino-da – u bunday “foş etiş”lardan yuqorida turadi. Öşa paytlardagi hissiyotlarimni esa şeʼrda şunday ifodalagandim:

Qahramon çöqqidan qulab ketadi,

Kulga aylanadi yuksak binolar.

Bizni hayratlarga bandi etadi

Sehrli kinolar, sirli kinolar…

 

Bolakay qoşida Qorbobo birdan

Libosini yeça boşlagan kabi,

Kino sirlarini bitta bilimdon

Ayamay bir-bir foş eta boşladi…

 

Masalan, meni heç qiziqtirganmas

Kinoga kerakli uskuna, jihoz.

Kinodan men turfa topqirlik emas,

Hayot tasvirini izlayman, xolos.

 

“Kino – möjizalar saltanatidir,

Kino – sehrgarlik dunyosi azal…”

Menga gödaklikdan oşno bu fikr

Qadrin yöqotmasa deyman har mahal.

 

Mayli, kaskadyorlar iştirok etsin,

Mayli, yonib ketsin qoğoz binolar.

Kuldirsin, yiğlatsin, öylatib qöysin

Bizlarni sehrli, sirli kinolar.

 

Möjiza – möjiza bölsin-da mudom,

Möjiza nayrangga öxşab qolmasin.

Heç kim çökayotgan odamga qarab

“Murakkab sʼyomka!” deya olmasin…

 

Endi kinoning… yovuz qudrati haqida ham bir oğiz söz. Saksoninçi yillarning örtalari edi. Qayta quriş bahona birdan ekranlarni fahş, zöravonlik, qonunga böysunmaslik tarğib qilingan, qahramonlari şunday vatanda yaşab yurganidan uyaladigan, çet elga sajda qilinadigan filmlar bosib ketdi.

Bir tanişim kinoteatrdan beri kelmay qöydi. Har kuni keç tuşişi bilan titrab-qaqşab, közlari yongança kinoteatrga jönab qoladi. Tanişimning ruhiyatida ham qandaydir özgarişlar yuz berayotgandi: u qaylardandir yalanğoç ayollar suratlari çop etilgan jurnallarni topib kelib, bunday rasmlar bilan xonasi devorlarini töldirib taşladi. Men “Oqquşlarni otmang”, “Qizil bodrezak”, “Tazarru” filmlarini maqtasam, uning oğzidan özi har kuni borib, qayta-qayta tomoşa qiladigan “Kiçik Vera”, “Mening ismim Arlekino”, “Qarz qoğozlari” tuşmasdi. Bu kinolarni birrov tomoşa qilib, tanişimning qanday kasallikka çalinganini anglaganday böldim. Fahş kinolar uni adoyi tamom qilgandi. Tez orada paydo bölgan videomagnitofonlaru ular orqali namoyiş etila boşlangan pullik seanslar tanişimni butkul odamlik siyoğidan çiqarib qöydi. Öşa paytlari, aniqroği 1987-yili öşa tanişimning tilidan yozgandim:    

ZAMONAVIY KINOMUXLIS

“Kiçik Vera”, “Mening ismim Arlekino”, “Qarz qoğozlari” va boşqa filmlarni körib

 

Saʼdiy ğazallari faromuş, badar,

Taşlab ham ketdilar sabiy xayollar –

Ekrandan ham oqşom saharga qadar

Şahvatga çorlaydi buzuq ayollar…

Kunduzlar qasamlar içaman beçek,

Özni azmlarga kömib taşlayman.

Lekin irodasiz, ojiz bangidek

Har şom titrab-qaqşab yona boşlayman.

 

Va köknor tutadi makkora ekran –

Yalanğoç tanlarga oçildasturxon.

Ongimni qoplaydi sarxuş bir tuman,

Suyular telba hirs yetovida qon.

 

Tepalik tubida çuvalçang misol,

Tölğonib qolganda goh uvol tuyğu,

Şivirlab qöyaman alamli, behol:

“Sanʼatlar içida eng muhimi şu…”

 

Albatta, istehzo bilan tilga olingan sönggi jumla kimga tegişli ekanligi maʼlum. Aslida esa tanişim “Boşqalar ham borayapti-ku, bitta men emas-ku, zal tölib-toshib ketgan-ku”, degan ibtidoiy bahona bilan özini oqlaşga urinardi.

Öşa paytlari zavodda işlardim. Balki köpçilikning yodida bordir, dökonlar şip-şiydam, oddiy kolbasaga ham, qiyşiq avtoruçkaga ham uzundan-uzoq navbat, uyga biron kerakli narsa sotib oliş uçun esa dimoğidan eşakqurt yoğadigan sotuvçilardan taniş-biliş qidirişga töğri keladi. Toşkent dökonlarini uç kun qidirib ham, kolonkali steroradio topolmaganim esimda. Baʼzan iş orasida fursat topib, “Özbekfilm”ga boraman. Kinostudiya ham tobora huvillab borardi nazarimda.

Bu yoqda esa foş etişlar, taʼna-daşnomlar, qandaydir ilonlar qöriqlayotgan oltinlar, zindonlar… Xullas, hayotning özi grotesk kinoga aylanib ketgandi…    

Töqsoninçi yillarning oxirlari bölsa kerak, televideniyening bir xodimi “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilingan “Katta öyin” sarguzaşt qissam böyiça ssenariy yozib berişni taklif qilib qoldi. Quloqlarimga işonmayman deng. Harneçuk bolalaik ozularim röyobga çiqadiganga öxşab qoldi.

Bir hafta ötirib, – asar özimniki, axir, qahramonlarini voqealarni yoddan bilaman, – yuz sahifaga yaqin kinossenariy yozib taşladim-u, öşa buyurtmaçiga qöşqöllab topşirdim.

Bir, ikki, uç… ön oy, axiyri bir yil ham ötdi, biroq ssenariyim yuzasidan heç qanday darak bölmadi. Kutaverib çarçadim. Yolğonçi kinoçilardan xafa ham böldim. Biroz keyin xususiy studiyalardan bodrab çiqqan “köngiloçar”, “xontaxta” filmlarni körib , “Balki kinoga yaqinlaşmay töğri qilgandirman, axir bular qipqizil  şarmandalik-ku”, deya öz-özimni ovutdim.

Xullas, soqolliyu soqolsiz rejissyorlardan könglim qolib yurgan kunlarning birida, paxmoq oq soçli, quyuq möylovli, taşqi körinişidan domla Eynşteynga öxşab ketadigan Hotam Fayziyev bilan tanişdik. Bu talantli ijodkorni ilgari televizorda bir- ikki körgan edim. Ammo u kişining “Toşkent – non şahri”, “Mahallada duv-duv gap”, “Beruniy”, “Dilxiroj” filmlariga operatorlik qilganini, “Oq bino oqşomlari” filmining rejissyori ekanini ança avval bilardim.Hotam Fayziyev bilan tanişuv men uçun hayotimdagi unutilmas voqealardan biri böldi.  Ammo öşa ilk uçraşuvimiz çoği Hotam akaning uç hikoya asosida uç novelladan iborat töla metrajli badiiy film yaratiş haqidagi taklifini  xuşlamayroq qarşi oldim. Çunki avvalgi “daydib” yöqolgan ssenariylarimning dardi hali ham kökayimdan ketmagan, arazlarim tarqab ulgurmagan edi.Lekin Hotam aka birga işlaşga köndirdi. Va uç-tört kun içida ssenariyni şarillatib yozib taşladim. Qoğozga çiqarib, gerdaygança kötarib keldim. Hotam aka kaminani xursand kutib oldi va asarimni qölda qalam bilan öqib körişga izn söradi: “Agar baʼzi mulohazalar tuğilib qolsa, çetiga qalam bilan belgilab ketaman”.

“Marhamat, bemalol öqiyvering”, deb qöydim, albatta, içimda.

Hotam aka bitigimni şoşilmasdan, diqqat bilan, töxtab-töxtab öqiy boşladi. Lekin bu jarayon men uçun juda azobli keçdi. Axir, ön sakkiz sahifalik ssenariyni Hotam aka uç-tört soat içida öqib tugatganida unda qalam tekizilmagan soğ sahifa u yoqda tursin, soğ jumla qolmagandi! Boyagi kekkayib turişlarimdan asar ham qolmadi!

Nihoyat ssenariyni qanday tayyorlaş böyiça dastlabki saboqni bergan Hotam aka men yozib kelgan narsani ozgina qayta işlaş lozimligini bildirdi. Hotam aka “ozgina” deganda asarni butunlay qayta işlaşni nazarda tutişiga esa tez orada amin böldim…

Xullas, men hafta-ön kun çalasavodlikni bitiriş kursiga qatnaganday Hotam akaning oldiga kelib, kinossenariy qanday yozilişi borasida maʼruzalar eşitdim. Baxtimga, Internetda va Rossiyada çop etiladigan kinoga oid jurnallarda ayrim maşhur filmlarning ssenariylari matni bor ekan. Ularni ham öqib çiqdim. Nazariya bilan amaliyot qöşilgandek böldi va özim “şedevr” tusmol qilib turgan ssenariyim qançalar böş, qançalar xom ekanligini kördim…

Mana gap qayerda ekan! Men bölsa televideniye bilan “Özbekfilm”dan öpkalab yuribman. 

Hotam akaning daldasi bilan yeng şimarib işga kirişdik. Nihoyat, uç oy zahmat çekib ssenariyning birinçi körinişini bitirdik.Nima uçun birinçisi deyapman? Çunki hali oldinda uni juda katta sinov – Badiiy kengaş çiğiriği kutardi.

Badiiy kengaş…

Agar taqdir taqozosi bilan “Özbekkino” Badiiy kengaşining biron yiğilişida iştirok etib qolsangiz-u, u yerdagi qizğin bahslarga, tomoq qurib qolgunça davom etadigan baqir-çaqirlarga, baʼzida uçrab qoladigan yoqa böğişişlarga guvoh bölsangiz, hayratdan lol qolişingiz turgan gap. Axir siz kengaşning öndan ziyod aʼzosining muhokama etilayotgan ssenariy sifatli bölişi uçun talaşayotganini körasiz-da. “Ha, bunaqangi talabçan, prinsipial muhokamadan öta olgan har bir ssenariydan faqat “şedevr” film yaratilişi kerak”, degan xulosaga kelişingiz ham turgan gap.

Taassufki… Mayli, bu alohida mavzu.

Şunday qilib, ssenariyimiz kengaş aʼzolarining fikr-istaklarini hisobga oliş tavsiyasi bilan muhokamadan ham ötdi. Söng adabiy ssenariy ozroq qayta işlandi, rejissyorlik ssenariysi yozildi, film byudjeti tasdiqdan ötkazildi, rol ijroçilariga aktyorlar kastingi ötkazildi, boş rollarga ikki-uçtadan nomzodlar tanlandi, ular badiiy kengaş tasdiğidan ötkazildi (bu nisbatan ança oson keçadigan jarayon) va nihoyat orziqib kutilgan suratga oliş maydonida rejissyorning öktam ovozda “Motor!” degan farmoni jarangladi…

Ammo döppini osmonga otişga hali erta. Film tasmaga (lentaga) olinayapti, video emas. Charli Chaplin bir epizodni ellik-oltmiş marotabalab qayta-qayta sahnaga olgan zamonlar ötib ketgan. Çunki tasma bor-yöği ikkita dublga möljallab berilgan. Kameraning işga tuşişi, öçişi va albatta uçrab qoladigan ayrim texnik jihatlarni hisobga olsangiz, ajratilgan tasma örtaça bir yarimta dublga yetadi. Belgilanganidan ortiq bir metr ham ololmaysiz. Demak, rejissyor işiga juda puxta bölişi, aktyorlar rol matnini yodlamagunça, talab etilgan holatga tuşmagunça suratga olmay turişi kerak. Bu esa oson emas. Ayniqsa rol sözlarini esdan çiqarib qöyadigan keksa aktyorlar bilan işlaganda. Yana bir oğir tomoni, ayrim aktyorlar “improvizatsiya qilayapman” degan bahonani rökaç qilganlariça özlariça ssenariyda yöq sözlarni, jumlalarni qöşib ketişadi. Ana endi bunaqa paytlari rejissyorning jiğibiyron bölişini köring!      

Bular ham ötdi. Montaj, ukladka, ovoz beriş, fon, musiqa… va nihoyat film tayyor böldi. Ana şundan keyin kino ikkinçi marotaba Badiiy kengaş muhokamasidan ötkazildi.

Muhokamaning birinçi qismini eslasam, haligaça badanimdan sovuq ter toşadi: Axir Badiiy kengaşga yetib kelgunga qadar filmni neça marotabalab tomoşa qilgandim, közlarimda yoş bilan rejissyorga iç-içimdan tahsin öqib qöygandim. Har qalay, oğizni töldirib “kino” desa arzigulik film edi. Nazarimda.

Bu yerda esa…

Namoyişdan söng birinçi bölib söz olgan kengaş aʼzosi “Kiçkina odamlar”ni  tuproqqa qorib taşladi. Hatto “Falon-falon kinolar çiqqan kinostudiyada şunday film olingani uçun men uyalayapman…” deyişgaça borib yetdi.

Ustimdan sovuq suv quyilganday böldi.

Şundan keyin söz olgan ikkinçi aʼzo filmni bundan battar ur kaltak-sur kaltak qildi. Operator işining zaifligi ham qolmadi, rejissyorning mahoratsizligi ham…

Yerga kirib ketayotganday edim. Köz qirimni taşlab, rejissyor mendan battar ahvolda ekanini kördim. “Şu yerdan çiqsam… – degan öyga bordim özimça, – şu yerdan eson-omon çiqsam ikkinçi marta kinoga yaqin kelmayman…”

Hammasi tamom bölganday edi.

Xonaga oğir sukunat çökkan.

Ana şunda,köz öngimni qoplab olgan qoranğulik qatidan bir çimdim nur körina boşladi. Badiiy kengaş aʼzolarining avval uçinçisi keyin törtinçi va beşinçisi biz işlagan kino haqida iliq gaplar aytdi, hatto ora-sira maqtov gaplar ham eşitilib qoldi.

Bugun, oradan şunça vaqt ötib, premyerasi 2007-yilda bölib ötgan “Kiçkina odamlar” filmi xususida ezmalik qilayotganim öquvçiga eriş tuyulmas, deb öylayman. Alhol, baayni ilk muhabbat kabi, birinçi film ham qalbimizda, ong-şuurimizda bir umrlik öçmas iz qoldirarkan.  

Darvoqe, paytdan foydalanib yana bir maqtanib olay: bizning “Kiçkina odamlar” Ostona şahrida bölib ötgan Yevroosiyo xalqaro kinofestivalida iştirok etib, maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Bundan taşqari Tallinda, “Qoronğu tunlar” xalqaro kinofestivalida namoyiş qilindi. Bu yil esa Rossiyaning “Mir” telekanali orqali butun dunyoga körsatildi…

Nazarimda bugunga kelib bolalik orzuim uşalganga öxşayapti. Sirli, sehirli kinolarning şunçaki tomoşabini emas, balki uning baholi qudrat ijodkoriga aylandim. Juda köp rejissyorlar, mahoratli operatorlar bilan tanişdim. Hotam Fayziyev, Sanjar Boboyev, Ravil Botirov, Abduxalil Mignarov, Fotih Jalolov kabi elimizning maşhur kino ijodkorlari bilan hamkorlik qildim, öz navbatida ulardan ança narsa örgandim. Buning hammasi men uçun baxt va omad edi.

Şu örinda muhtaram rejissyorlarimiz haqida ikki oğizgina töxtalib ötsam.

Ular ham öziga xos, injiq bir qavm.

Keyingi tört-beş yil içida men eng yoqtirgan maşğulot özim tanigan-bilgan hamda taniyotgan-bilayotgan rejissyorlarni alohida va birgalikda kuzatiş, xayolan ularni bir-biriga soliştiriş böldi. Hamma ijodiy sohada bölganidek, ular orasida ham isteʼdodli-isteʼdodsizi, serğayrat yoxud dangasasi, fidoyi yoxud loqaydi uçraydi. Ayrim döstlarimiz rejissyorlar haqida qöl siltab gapiradi:”E, ular badiiy kitob öqişmaydi”. Bu- yolğon. Men özim tanigan har ikki rejissyordan bittasining qölida kitob yo jurnal borligini köraman. Adaşmasam, bir neça rejissyorlar Ş. Xolmirzayevning “Bodom qişda gulladi” hikoyasini kino qiliş iştiyoqida, uni qanday qilib kino tiliga ögiriş taşvişida ançadan beri kuyib-pişib yurişibdi. Yana bir rejissyor esa N. Jaloliddining “Bayroq” hikoyasidan zör film yaratmoqçi. Köpgina Badiiy kengaş aʼzolarining qölida hikoyalar antologiyasini kördim. Ha, aftidan, kinoçilar aşaddiy kitobxonlar.

Badiiy asar – individual mehnat mahsuli. Bunda qalamkaş öz öy-xayollari, yaratayotgan obrazlari, bir söz bilan aytganda ijod olami bilan yolğiz qoladi. Kinoda bunday emas. Kino – keng maʼnoda jamoaviy mehnat mahsuli. Bunda sahnalaştiruvçi rejissyordan tortib, operatorgaça, rassomgaça – har birining öz örni, öz ahamiyati bor. Rejissyor haqida yana gapirib ötiriş ortiqçadir, baʼzan operator topgan yeçim epizodning yoinki obrazning “yarq” etib oçilişiga xizmat qiladi, ayrim hollarda rassom tasavvurida tuğilgan manzara tomoşabinga matndagi sözlardan köra köproq hissiy taʼsir etadi va hokazo. Yaxşi ijodiy guruhda kartina yaxşi çiqişi uçun film direktoridan tortib oddiy assistentgaça astoydil harakat qiladi. Ayniqsa, ularning fidoyiligini aytmaysizmi?!

Rejissyor kinoni tasvirga tuşirişda oylab öz uyidan uzoqda böladi, oçiğini aytiş kerak, köp hollarda issiq suv, gaz singari eng oddiy şaroitlar bölmagan arzon mehmonxonalarda, palatkalarda yaşaydi. Misol uçun Hotam Fayziyev filmni suratga olayotganida poyezdning usti oçiq sostavida hayotini xavf ostida qoldirgan. “Beruniy” filmida esa balandlikda yonib ketib, öt öçiruvçilarning saʼy-harakati bilangina omon qolgan. Aynan şu filmda quyoş tiğida kamerasi bilan haddan ortiq köp turganligi uçun xastalikka çalinib qolgan. Ammo baribir Hotam aka kinoni deydi, kinoni deb yaşamoqda. Qaçon qarasangiz, yangi asar öqiydi, ssenariy qidiradi.

Bunga öxşaş fidoiylikni Abduxalil Mingnorov, Fotih Jalolov kabi rejissiyorlarda ham körganman. Masalan, mutasaddilar qöşimça mablağ yöqligidan qilişganida Abduxalil aka serialning sönggi sahnalarini öz hisobidan suratga olişga tayyor ekanligini bildirgani hanuz esimda. albatta buning hammasi ijodga bölgan oşuftalikdan.

Ha, kinoning öz ohanrabosi bor.

Endi aktyorlar haqida bir neça oğiz söz.

Çin gap, men aktyorlarni hurmat qilaman. Tabiat ularga alohida qobiliyat, şuur ato etgan deb öylayman. Ança yillar bölib qoldi, “Aktyor” deb nomlangan şeʼr ham yozgandim:

Qismat uni qiynadi behad,

Oxirida ajal çang soldi.

Balo ekan, u bir amallab

Ölimlardan qutulib qoldi.

 

Sevib qoldi, örtandi, yondi

Va kuyladi mahzun qöşiqlar.

Söng mislsiz mardlik körsatdi,

Yitdi mavjud barça tösiqlar.

 

Janggohlarda dovullar qoqib,

Ğanimlarni qirib taşladi.

Çakkasiga çuçmoma taqib,

Ajib şeʼrlar öqiy boşladi.

 

Goh şoh, goh qul, gohida sarbon,

Goh fazogir, gohida meʼmor…

Hayotdamas, sahnada baʼzan

Yiğlab qöyar edi aktyor.

 

Bir keç esa u Verter bölib

Töpponçadan otdi özini.

Söng ekrandan sirğalib çiqib

Olomonga tikdi közini.

 

Biz esa jim.

Biz esa befarq.

Yuraklar bir maromda urar.

Şivir-şivir: “Bozor… narsa… narx…”

Kim mudrar, kim sigara sörar.

 

Biz esa jim.

Biz esa befarq.

Behis boqib turib ekranga

Kimdir kular: “Anov qizga boq,

Çolvori xöp modniy ekan-da…”

 

Qayda?

Neçun?

Tirikmi-ölik?

Na anglab, na farqiga bordi,

Sahnadamas, hayotda Buyuk –

Aktyor ilk bor yiğlab yubordi…

 

Fikrimça, bizda juda kuçli isteʼdodga ega aktyorlar köp. Gurillab çiqib kelayotgan iqtidorli yoşlar ham yetarli. Ammo ularga munosib rollar yöqligi ham bor gap.

Men ayniqsa xususiy studiyalarning köngiloçar “xontaxta” filmlaridagi baçkana rollarni “paçkalab” öynayotgan, bir xil qolipga tuşib qolgan aktyor va aktrisalarga açinaman. Ular öz isteʼdodlariga özlari zavol bölişdi. Töğri, salohiyatning özi qorin töydirmas, ammo bu degani taklif qilingan har qanday rolga jon-jahdi bilan yopişib oliş degani emas-ku. 

Bu masalaning bir tomoni bölsa, ikkinçi tomoni… töylar, çarlarlar…

Işonasizmi, yozda suratga olinadigan bir-ikkita filmda rollarga tasdiqlangan aktyorlarning özlari suratga oliş kunlarini belgilab berişdi. Yaʼni töydan böş kunlari! Mabodo juda suratga oliş zarur bölsa, marhamat qilib keçqurun maxsus maşina ularni töyga olib borişi, keçasi esa qaytarib olib kelişi kerak ekan! Serialdagi boş rolga (!) tasdiqlangan, el suygan aktrisamiz ham yon daftarçasini olib, qaysi kunlari çarlarga bormasligini, demak faqat öşa kunlarigina suratga oliş maydoniga kela olişini ayta boşlaganida alamdan dod deb yuborguday holga kelmaysizmi? Axir qanday qilib ekranda vijdonli, iymonli, halol insonni, bir söz bilan aytganda zamonamiz qahramonini gavdalantirayotgan aktyor yoki aktrisa töyga yoki çarlarga çopib borasola baçkana latifalar aytadi, tuzsiz qöşiqlar kuylaydi, buni tasavvur etiş muşkul. Aftidan, Şekspir hayotning özi ulkan sahna, unda biz hammamiz aktyorlarmiz deganida haq bölgan şekilli.

Yaxşiyam kinoni hamma narsadan ustun qöyadigan aktyorlarimiz ham bor. Albatta, ular köpçilik bölişsa kerak, ammo men özim bunday fazilatni Yulduz Hamidova, Malika Ibrohimova, Faxriddin Şamsimatov kabi ijodkorlarda körganman.

Yana bir toifa aktyorlar borki, ular ekranda iloji boriça köproq körinişni istaşadi. Yodimga bir voqea tuşib qoldi. Serial suratga olinayotgandi. Ikkinçi darajali rolni ijro etayotgan aktyor çöloqlanib oldimga kelib, birdan şikoyat qilişga tuşib ketdi. Emişki, barmoğiga çipqon çiqqan ekan, jarrohlik notöğri qilinganligi bois çöloq bölib qolibdi, natijada uni xotini mensimay qöyib, oçiqdan-oçiq xiyonat qila boşlabdi. “Mahallada boş kötarib yurolmay qoldim, şuning uçun uydan tong saharda çiqib ketib, yarim keçasi qaytib kelaman”, dedi aktyor öpkasi tölib. Oçiği, u kişiga juda açindim. Endi tasalli bermoqçi bölayotgandim, aktyorni suratga oliş maydoniga çaqirib qolişdi.

Ertasi kuni şu aktyor yana oldimga keldi. Ajabki, bu safar u oqsoqlanmasdi. Darhol yuzimga qayğuli tus berib, şunça balolarga giriftor bölganiga qaramasdan işini davom ettirayotgan bu jafokaşning könglini kötarmoqçi böldim. Ammo meni gapirtirgani qöymagan aktyor şoşa-pişa “Yozdingizmi?” deb söradi. “Nimani?”. “Keçagi aytganlarimni-da”. Xijolat tortdim: “Men birovlarning sirini elga doston qilmayman”. Buni eşitgan aktyorning qovoği tuşib ketdi: “Unda obrazim oçilmay, tömtoq bölib qoladi-da”. “Qanaqa obraz?”. Ana şundan keyin aktyor hijjalab tuşuntira boşladi. Ayon böldiki, u keçagi tarixni özi ijro etayotgan qahramoni uçun öylab topgan va mening vazifam bu “tarjimayi hol”ni asarga singdirib yuboriş ekan. “Men hamma ssenaristlar bilan şunday işlayman, – dedi aktyor mağrur tarzda. – Hammasi menga rahmat aytişgan”. Gap nimadaligini tuşunganimdan keyin yengil tortib kulib yubordim, aktyorga rahmat aytdim, ammo u kişi sözlab bergan voqealarni qoğozga tuşirolmadim: mening tasavvurimdagi obrazga bu “hasbi hol” sira ötirişmasdi. Rejissyor ham bu fikrimni maʼqulladi.

Yozaversam, gap köp. Axir kinoni kim yaxşi körmaydi, kim uni maftun bölib tomoşa qilmaydi? Bolalik orzum amalga oşib, alal-oqibat kino sohasiga aralaşib qolganimning özi menga taqdirning inoyati emasmi?

Özimning imkon darajamdagi xususiy kuzatuvlarimning hosilasi bölgan uşbu jöngina badiani qoğozga tuşirişdan oldin uzoq öylandim. Tan olaman, men hali kino olamiga endi atak-çeçak qilib kelayotgan öquvçi qatoriman. Bilganimdan bilmaganim, anglaganimdan anglamaganim köproq. Ammo bilmaganlarimni bilişga, anglamaganlarimni anglaşga istagim kuçli. Faqat istakning özi bilan heç bir iş bitmasligini tuşunib tursam-da, yana bir narsaga işonçim komil: hammasi oldinda. Hammasi. Bir kuni kelib men orzu qilgan, mening özimni ham tomoşabin sifatida larzaga soladigan, çeksiz-çegarasiz hayratlarga bandi etadigan, köz yoşlarimga ğarq qiladigan buyuk film suratga olinadi. Albatta suratga olinadi. Axir kino aslida afsunlar saltanati-ku. Bunday saltanatda esa oxir-oqibat albatta möjiza röy beradi. Röy bermasdan qolmaydi.  Demak, öşa kun tezroq kelişi uçun işlaş kerak! Işlaş! Boşqa yöl yöq va bölişi ham mumkin emas…   

Kinoni kim yaxşi körmaydi? Kim kinoning tilsimli olamiga maftun bölmaydi…

Abduqayum YÖLDOŞEV

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)