15 daqiqada öqiladi

481 marta körilgan

Sukunat manzili

Dilmurod Nazar

Hikoya

…Közimga mil tortdim, seni esladim,
Kaftingda baxt quşi, yelkangda kaftar.
Osmon markaziga botayotirsan,
Osmon markaziga botar
Kiyiklar.

Abduvali Qutbiddin

Bir umr gapirdilar, ğalva kötardilar, şovqin soldilar. Har dam şovqinlari bilan nainki quloqni qomatga keltiradilar, balki dunyoni hadikda uşlamoqçi bölgandek tovuş yordamida uylar devorini qimirlatadilar, daraxtlarni silkitadilar, hatto baqir-çaqirlari orqali şamol estiradilar.

Tuğilganimdan beri ularni eşitib, ularga quloq berib, ulardan bezib, qoçib qutulmoqni uddalolmayman.

Odam umid bilan tirik. Men ham umid qildim. Tovuşlardan, şovqinlardan xoli onlar qaçondir kelişiga siniq işonçim orqali köz tutdim. Aytişdiki, odamsiz joylarda maqsad hosil böladi. Men toqqa qarab yöl oldim. Toğki, insonlardan yetti ming çaqirim olisda. Çöqqiga yetgaç, “Oh!” deb yubordim. Nihoyat, odamlarsiz hayotni, ularning şovqinidan xoli göşani ham ilk bor yaqindan köradigan böldim.

Toğ yam-yaşil edi. Bahor emasmi! Nigohim quvnadi, könglim şu toğdayin yaşnab ketdi. Bir qavat et oldim, şovqinlardan, uning ozorlaridan qaqşab ketgan suyaklarim böşaşdi. Boşimni baland kötardim, yayraganimni ifodalamoqqa qöşiq istab könglimga boqdim. Bahorda qotqin muz erib jilğa hosil bölganidek qotib qolgan hissiyotim ham suvdayin suyulib dil jomiga quyulib kela boşladi. Tilim ovoz jörligida sözlarga bağrini oçdi. Sözlar xirom aylab ohista yurgan gözallarday tilim köprigi ustidan bir-bir öta boşladilar. Kuylaşni boşladim, lekin… Zum ötmay ipdayin uzildim. Men odamlar haqida, şovqinlarining dastidan yutgan zardoblarimdan kuyinib kuylamoqda edim. Axir, ularni unutmoq uçun, ulardan butkul xalos bölmoq umidida toğga yöl solmaganmidim?

Hammasini boşidan boşlaşga qaror qildim. Öz ovozimni ham butkul öçirdim. Göyo tovuşimdan keçgan kabi endi bir umr sözlamaslikka ham rozi edim.

Toğning boşiga yetdim – naq yettinçi osmon bağrida. Pastga boqdim. Boşim aylanib ketdi, biroq özimni sarxuş sezdim. Mastlardek hamma narsaning bahridan ötdim-da, toğ böylab alanglay boşladim. Köm-kök ötloq, har yer-har yerda arçalar. Ular butun toğga körk berardi. Dilim lim qadah yangliğ şodlikka töldi-da, ötloq ustida yoş boladay yugurib ketdim, arçalardan birining tagiga yetdim. Dimoğimni arça isi töldirdi. Zavqlanib şoxiga qöl çözdim. Nimadir pirr etib uçdi-da, çuğurlab yubordi. Nariroqdagi arça şoxidan yana bir quş xuddi şunday tovuşda javob qildi. Atrof-javonibdagi arçalar orasidan birin-ketin uçib çiqqan quşlar çuğurlaşa ketdilar. Zumda dunyoni çuğur-çuğur bosdi. Bu qörquvga qaraganda köproq isyon, haydaş va şikoyat sadosiga öxşab ketardi. Bu sado menda allaqanday mavhum, lekin yomon taassurot qoldirdi. Garçi bular quşlar ekanligiga aqlim yetsa-da, göyo inson bolasi haydab solayotgandek ranjidim. Nari ketdim. Yalangroq bir joyga yetganimda şom tuşib qolgan edi. Katta toşning ğorsimon panasiga joylaşdim-da, tun ötkarmak uçun çözildim. Dilimda toğda ham  köngil istagan sokinlik topa olmasam kerak degan öy paydo bölgan edi. Bir mahal uyqu bosib keldi. Uyğongunimça ham haligi quşlarning mendan norozi bölib, hadeb u yon-bu yon uçişini tuş körib çiqdim. Quşlar çuğurlaşayotganday körinsa-da, sadosi çiqmasdi. “Nega bunday?” deya hayron edim. Bir mahal anglab qoldimki, quloğim tom bitgan. Zör berib quloqlarimni oçmoqqa urindim. Bir mahal quloğim oçilib qoldi–yu, kutganimdek quşlarning çuğurini emas, örniga qattiq şovullaşni eşitdim. Darrov angladim: şamol. Şamol zörayib, quşlarni ular qöngan arçalar bilan birga toğdan uloqtirib taşladi. Köm-kök maysalar çang-tözon orasida körinmay ketdi. Men vahima bilan örnimdan turib ketdim. Qarasam, yulduzim naq boşimda – yiltillayapti. Angladimki, tunning ikkinçi yarmi boşlanmoqda. Haqiqatan, borliq uzra şovullagan şamol kezinadi. Könglimda qandaydir mavhum vahima uyğondi. Şamolning şovurida allaqanday mungni, dardni, nolani his qilganday böldim. Içimdan zil ketdim. Odamlardan uzoqda, ularsiz tanho yaşaş oson emasligi şu topda juda bilindi.

– Yöq, – dedim özimga özim. – Menga şovqinsiz hayot kerak. Modomiki, şu maqsad yölida kuraş boşladimmi, endi ortga qaytiş yöq.

Zum ötmay öz sözlarim dardimga malham bölayotganini seza boşladim. Könglim tongdan avvalroq yorişdi. Yana sözlay boşlaganim parvoyimga ham kelmay, yaxşi kayfiyat huzuri içra közim ketib qolibdi.

Uyğonganimda közim bilan birga könglim ham butkul çaraqlardi. Toğ boşida tongni qarşi oliş boşqaça zavq beradi odamga. Toğda kun oldinroq oqaradi. Qişloqda yoruğlikning özini körasan, toğda esa quyoşning osmon toqida ilk paydo bölişiga ham guvoh bölarkansan.

Arçaning qurib qolgan şoxidan kesib özimga yöl hassa yasadim. Söng yöl yurdim, biroq möl yuriş nasib etmadi. Gulxandan qolmiş kulga duç kelganimda odamlardan uzoqlaşib ketolmaganimni, buning iloji yöqligini anglab qoldim. “Ular nima maqsadda kelgan?” degan savolga javob topib ulgurmasimdan, biroz yurgaç javobni topganday böldim: şundoq yölim ustida kaklik pati soçilib yotardi. Men şu patlar inson qöli bilan yulinganini tasavvur qildim. Eh, odamlar! Şu toğ ham, bundagi dov-daraxt, öt-ölan, hatto bor jonzotlar-da Sizning şovqiningizdan zir titradimi? Xuddi men kabi…

Tuşga yaqin dam olib, xayol surib ötirarkanman, yaqinimga bir neçta kaklik kelib qöndi, söng u yoq-bu yoq yura boşladi. Böynimni çözib xarsang toş böylab ular tomon nazar taşladim. Meni sezişi hamon kakliklar yirtqiçdan qoçganday parillagança uçib ketdi.  Mulzam holda ötirgan yerimda uzoq qolib ketdim.

– Tuşunişing kerak, – dedim özimga özim. – Axir, ularning qança-qançasi odamlar tomonidan qurbon qilindi. Seni ham vahşiylardan biri deya gumon qilişgani esa ularning aybi emas…

Men odamlarning kakliklarni otib qulatgandagi qiyqiriqlarini, omon qolgan beçora quşlarning dilini bosgan vahmni tasavvur qilib, bu hol göyo köz öngimda sodir bölayotgandek seskanib ketdim. Şom tuşdi. Örnimdan turib yöl yurişda davom etdim. Özimga bir keçalik boşpana topişim lozim edi. Şu niyatda – ğormi, panaroq böşliqmi topiş ilinjida qoyalar orasida kezinardim. Bir mahal öngursimon joy topganday bölib öşa yoqqa tirmaşdim. Birdan oldimdan nimadir, qandaydir hayvon, otilib çiqdi. Beixtiyor ortimga tislandim. Oyoğim toyib ketdi. Yonimda ösgan butaga osilib qolganim pastga sirğanib tuşib ketişdan asradi. Qattiq qörqqan bölsam ham, darrov ilğadim – kiyik. Men kiyikdan qançalar qörqqan bölsam, kiyik ham mendan şunçalar, balki bundan ham ziyoda çöçigandi. Men buni uning katta qora közlarida yalt etgan şuʼladan, bir yonga jon holatda sakraganidan bildim. Beçora! Şunçalar qörqdingmi? Men kelgunça kim senga şu qörquvdan saboq bergan ekan? Albatta, odamlar. Ular seni otmoqçi bölib qiyqirişgan. Ana… Şu qiyqiriq, şovqin yuragingda bir umrga botirlik çiroğini söndirgan va u yerda hadik zulmatini quyuqlaştirgan. Endi sen umring oxirigaça qörqib yaşaysan, bu azob seni bir lahza bölsin, tinç qöymaydi. Töxta, nega sen bir özing, yolğizsan? Axir, kiyiklar juft-juft bölib hayot keçirmaydimi? Ha, hammasi maʼlum: ular seni juftingdan ayirib, umrbod toq qoldirişgan. Yöqsa, közlaringda bunçalar hadik aks etarmi edi? Qoraçiqlaring şunçalar qorayib körinarmidi?..

Kiyik makonida qolgani könglim bölmadi. Boşim oqqan tarafga ravona böldim. Tun ham çoponi barini yiğiştirib toğ ustiga butkul çökdi. Yerga uzala tuşib yotdim. Uyqum kelmas, közlarimni osmondagi ğuj-ğuj yulduzlarga tikdim. Nazarimda, somon yöli böylab nimalardir ğimir-ğimir etayotgandek edi. Nima ekan? Butun diqqatim közlarimga yiğildi. Köz nurimning borini töksam ham, u yerda bölayotganlarni ilğagani qudratim yetmadi. Şunda közlarim bilan somon yöli örtasidagi masofani qirqib taşladim. Endi bölayotgan hodisotni yaqindan köriş imkoniga ega edim. Sap-sariq yer yastanib ketgan. Sahro. Qumlik. Qumlik aro karvon tebranadi, yuradi. Tuyalar ustida odamlar. Har xil qiyofa, har turli kiyim. Biroq bir xil kayfiyat. Barçaning çehrasida xuşçaqçaqlik, xurramlik hukmron.

Aftidan, bugun karvon hayotida qandaydir muhim yangilik bölgan. Balki, mujdalar olingandir. Kimdir qöşiq boşlab yubordi. Bir dam hamma jimidi. Qöşiq mungi sahroni bosib ketdi. Qöşiq tugaşi bilan gulduros qarsaklar hozirgina mung selida ivigan sahroni zir titratib yubordi. Karvon davra qurib bazm qilmoq uçun töxtadi. Çodirlar tikildi. Beş-olti kişi örtaga gulxan yoqib jiz-bizni boşladi. Zumda sixga tortilgan göşt hidi barçani gulxan yoniga boşlab keldi. Odamlarning közlarida tomoq vasvasasi öynar, harakatlarida iştaha berguçi zavqqa yetiş orzusi zuhurlana boşladi. Nihoyat, dasturxon tuzalib, taomlar tortildi. Patnis va barkaşlarga terilgan sixlar örtaga keltirib qöyildi. Hamma dasturxon atrofidan örin oldi. Odamlar iştaha bilan ovqatlanişga tuşib ketişdi. Nihoyat, iştaha harorati biroz pasayib, nafs dami kesilgaç, odamlar özaro suhbatlaşdilar. Ğuvur-ğuvur orasidan “kiyik” degan söz quloğimga çalindi. Ne köz bilan körayki, odamlar luqmasiga aylangan narsa kiyik göşti edi. Barkaşlar ustida, odamlar çangalida, hatto oğizlarda kiyik asl holiga qayta boşladi. Kiyikning kesilgan boşidagi mungli közlari barkaş ustidan menga qarar, göyo “Bu oçofatlardan meni qutqar” deganday nuqul javdirar edi. Men ham hayron holda unga boqardim. Şunda bir erkak qölidagi sançqini kiyikning bir köziga sançdi-da, uni kosasidan suğurib oldi. Söng oğziga solib çaynay boşladi. Beçora köz to oğiz içiga kirib ğoyib bölguniça menga javdirab boqişini qöymadi. Hatto erkakning oğzi çaynaş asnosi har oçilganda tişlar orasidan hamon javdirab qolardi.

Nihoyat, erkak közni yutdi va u abadiy yöqlik çohiga botib ketdi. Men “Ikkinçi köz nima qilyaptiykin?” degandek barkaşga qaradim. Ikkinçi  köz qontalaş holatda menga boqardi. Juftlikdan toqlikka mahkumlangan közning mungi dilimga darrov yuqdi. Unga qararkanman, bağrim xun bölib ketdi, yuragim ezildi, közlarimdan yoşim sel bölib quyila boşladi. Haligi erkak dasturxonda yotgan sançqisini qayta qöliga oldi-da, barkaş ustiga engaşib keldi. Qölidagi sançqi kiyikning omon qolgan ikkinçi köziga qaratilgan edi. Buni men erkakning nigohidan ilğab oldim. Uning nigohi kiyikning omon qolgan qontalaş köziga qadalar ekan, qoraçiqlari qonga tölgan edi. Göyo vahşatu ğazabdan quturgan böri qörquvdan umidi singan qöziçoqqa hamla qilmoqda edi. Men beixtiyor:

– Yö-öq! – deb baqirdim.

Şunda vaqt töxtadi. Erkakning sançqi uşlagan qöli havoda muallaq qotdi. Qontalaş toq köz menga mungli boqqan köyi öz orzularidan afsona söyladi. Nigohim köz sari uçib bordi-da, unga botib ketdi. Köz oynasida kiyikning oldingi hayoti tasviri jonlandi. Ikki kiyik toşdan toşga sakragança şamoldan tez çopar, ortidan şodon quvgan yel ularga yetolmay şovullar, kiyiklar esa bundan ruh olib quyoşga intilganday osmonga uça-uça yugurar edi. Tuyoqlarni qançadan-qança qönğir toşlar öpar, yaşil maysalar silab qolar edi. Kiyiklarning yöllari esa sira ado bölmas, ular qandayin manzil sari intilganlari intilgan edi. Yugurar ekan, ul sirli manzilda ularni baxtu halovatlari kutayotganiga şubha yöq edi. Negaki, jonivorlar betinim intilayotgan taraf osmonida quyoşdan ham yorqin oppoq nur jilvalanardi. Mening nigohim-da şamol yetovida kiyiklar ortidan oldinga qarab yelib borar, oldinda ufq yastanib yotar, u kiyiklar yetib borişi hamono ortga surilib, yöl böylab özining yangi etagini yoyardi… Bir payt kiyiklarni qandaydir kölanka bosib kela boşladi. Osmonga boqdim. Qora burgut. Panjalari kiyiklarning gardanini közlagan. Közlari vahşiy boqadi. Burgutning vahşatidan sukunatning bağri sökildi. Men dahşat içra hozir burgut pastlaydi-da, kiyiklardan biriga çang soladi deya öyladim. Biroq burgut osmon böylab yoyilib ketdi. Samoni qora bulut qoplay boşladi. Bulut tobora quyuqlaşib borib, avval quyoş nurini nazardan butkul nihon etdi-da, keyin kiyiklarni yutmoqçidek ular ustiga uzaldi. Kiyiklar qörquvdan yuraklari böğizlariga tiqilgan köyi jon vahmida hamon yugurar edi. Tun kirganday borliq qorayib ketdi. Orqa-oldlarini qora tuman butunlay qoplab olgan kiyiklar yoruğlik balqib turgan tarafga yetib qutular degandim, biroq ular jon holatda intilib borayotgan tomondan ham endi zulmat boş kötarmoqda edi. Boşqa toqat qilib turolmadim. Dod solib yubordim. Kiyiklar xayoloti oynasidagi tasvir butkul qorayib ketdi. Oyna örnida oddiy qontalaş toq köz qoldi. Köz ölim vahmida menga javdiradi. Havoda muallaq qotgan sançqili qöl qayta jon olib, köz tomon yaqinlaşib kela boşladi. Bexos qoqib yuborgan kiprigim tegib ketdimi, yulduzlar har yon soçilib somon yöli buzildi, nigohim ostida bir zum zaminu osmon, yulduzu sayyora ayqaş-uyqaş bölib ketdi… Ustimdan bulutlar suzib ötar, bulutlar oqimi şu qadar tez ediki, men göyo toğ ustida yotmas, balki ufqni közlab kiyiklarday çopar edim.

Boşimni kötardim. Boşim zilday oğir edi. Tong yorişmaganiga qaramay atrof körinarli edi. Könglim boşimdan ham vazmin edi. Garçi tiq etgan tovuş bölmasa-da, içim ğalayonu şovqinga töla edi. Bunday içki şovqin bilan endi sira yota olmasligim ayon edi… Yaqinda şohid bölganim voqealar taassuroti xayolimdan ketmagan, miyam ğuvillar edi. Qora tuman içra ğarq bölgan kiyiklarni eslab dilim tilina, jonim açişa boşladi. Şunda yonimdan kimdir sassiz ötib ketganday bölib sapçib tuşdim. Qarasam, keçagi kiyik. U yaqindagi qoyaga çiqdi-da, menga qayrilib qaradi. Qoronği bölişiga qaramay, tunday qaro közlaridagi nurni ilğadim, ajabo, könglimga qandaydir iliqlik oqib kirganday böldi. Kiyikka mehrim jöş urib ketdi. Xayolan unga murojaat qila boşladim. U esa menga qotib boqib turar, qimir etmasdi. Nihoyat, aytar sözimni aytib böldim, oqqan yoşimni artdim-da, tağin unga razm soldim. Közimga ğarib körinib ketdi. Uni yoridan ayirganlari esimga tuşdi. Yorini sahrodagi odamlarning yeganlari xayolimga urildi. Menga javdirab boqqan közlar… Kiyikning közlariga qaradim. Kiyik esa göyo közlarini mendan yaşirmoqçidek ters ögirildi. Söng özimni önglab olmasimdan ğoyib böldi. Dilimni zilday armon bosib keldi. Kiyik oldida özimni qandaydir gunohkor seza boşladim. Sözlamagan bölsam-da, qora xayollarim undan pinhon qolmadi. U mendan sukut istab qoşimga kelgan edi, men bölsam… Alamdan boşimni xarsang toşga qayta-qayta urgim keldi…

Butun kun davomida boşim oqqan tarafga qarab yurdim. Yölimda xayolimni böladigan heç zoğ uçramagan esa-da, men sukunatni hamon topolmasdim. Aksinça, keyingi kunlarda röy bergan voqealar meni sukunat manzilidan çalğitgandek yoki sukunat diyoridan olisga olib ketgandek edi. Men öz xayollarimdan, qörquvlarimdan qutulolmasdim, qoçgan bilan xalos böliş yöq edi. Orzuyu armonlarim ruhimga kişan edi. Vasvasalarim – içki dunyomni çeksiz şovqinga töldirib taşlagandi. Men afsusu nadomat yukidan ezilgança, goho-goho unsiz yoşlar tökib toğma-toğ sarson kezinmoqda edim.

Bir keçasi toğda qattiq şamol esa boşladi. Najot istab kunduzi topib qöyganim bir ğorga kirdim. Nimaningdir çirqillaganini sezib, razm solsam, ğorning burçida uya turibdi. Uyaning içida qaysidir quşning polaponlari bor edi. Ularning sukutini buzib qöyganimni bilib, şamol şovqin solib turgan esa-da, taşqariga çiqdim. Quloqlarim bitay deb turganiga qaramay, qilgan işim tufayli biroz halovat topdim. Şunda sukunat haqidagi qaraşlarim mukammal bölmaganini anglab qoldim. Uxlarkanman, qoq tunda ustimda qimirlagan narsadan uyğonib ketdim. Közimni oçmasimdan:

– Yöq, – dedi qandaydir ovoz, – qaramoqçi bölsang, faqat közsiz qara.

Men közimni yumgança qaray boşladim. Qandaydir nurdan bino bölgan qiz röparamda turardi. Nuridan dilim yumşab, butun çarçoqlarim tarqab borardi. Özim yotgan bölsam ham, göyo uzoq yurib holdan toygan-u, yumşoq yostiqqa çözilgandek tanam bor yukini yerga endi taşlay boşladi. Ajib bir halovat yetdi vujudimga. Qiz ortiga burildi-da, nari ketdi. Qarasam, toğ boşidan pastlaş örniga töğriga – havoga qadam qöydi, söng yurişda davom etdi. U ufqqa qarab yurib borar, orqasidan uzun nurli yöl hosil bölayotgandi. Qiz yura-yura oxiri osmon bağriga singib ketdi. Men közimni oçdim. Tong oqarib kelmoqda edi. Qiz yurib ketgan tarafga boqdim. Demak, manzilim nihoyat ayon böldi: u singigan joy – sukunat yurti. Qiz kaminani manzildan voqif etgali va öşa yoqqa çorlaş uçun kelgan.

Ğordan ikkita kaklik uçib çiqdi-da, atrofimda doira yasab aylana boşladi. Qölimni uzatgandim, kaftimga kelib qöndi. Ularning har birini mehr bilan öpdim-da, havoga qöyib yubordim. Ular ğorga kirib ketib, hali ança kiçik, beşta bolasi bilan qaytib çiqdi. Quşlar atrofimda gir-gir aylanişga tuşdi. Men kakliklarning sukutida, harakatida uluğ maʼno öqir edim. Nihoyat, manzilimga yetmoğim uçun fursat kelganiga işorat ham edi  bu. Örnimdan turdim. Kakliklar nur qizi yurgan yöl ustidan olğa intildi. Men söz qotmay ularga ergaşdim. Toğ tugaydigan joyga borganda ular yana havoda aylana boşladi. Aftidan, qanday yöl tutişim ular uçun muhim edi. Men qoya labiga yetib, pastga boqdim. Ğira-şira tongda zamin közga noaniq körinardi. Şunga qaramay özimni naq falakda turganday his etdim. Könglimda Söz boş kötarib keldi.

– Qadam qöyolmaysan, – dedi u, – aks holda ölasan.

Men toğdan qulab çil-çil sinişimni tasavvur etdim. Ustimda noumid qolgan kakliklarimning gir-gir aylangança yoş tökişi dilimni larzaga soldi.

– Yöq, – dedim men Sözga, – men kakliklarimni taşlab qöyolmayman.

– Şuning uçun ortingga qayt, – dedi yana Söz. – Sen sukunatga yetolmaysan. Çunki sen men bilan tiriksan.

– Töğri, lekin senda ham sukunat bor-ku?

– Oh, qanday qilib bilding? – hayajon jizillatib taşladi Söz bağrini. – Nahotki odam bolasi mening sirimni anglab yetdi?

– Men seningsiz şovqinni ham bilaman…

Şundan keyin Söz olovga aylanib yona boşladi.

– Men senikidurman, – dedi u kuya-kuya. – Endi meni sukunat yurtiga olib ket, ötinaman…

Kakliklarim hali ham sabr bilan muallaq qanot qoqqança mening qarorimni kutmoqda edi. Men közlarimni yumdim. Qiz yurib ketgan yölni çamaladim. Söng u singib ketgan manzilni közladim-da, qadam oldim…

Biz yurib ketmoqda edik. Ortimizdan mayin şamol esa boşladi. Şamol dilimga zavq berdi-da, çopa ketdim. Quşlarim endi ança ildam uçar, biz tobora ilgarilab bormoqda edik. Nazarimda, şamol bizdan ham ötib ketgisi keldi, bor kuçi bilan esdi. Iç-içimdan toshib kelgan hayajon taʼsir qilibmi, butun quvvatim bilan çopdim. Biroq manzil olis edi… Olis manzilga borgan sari yaqinlaşib borardik, ammo… Men çarçadim. Çopişga holim qolmadi. Içimdan zaiflikdan tuğilgan hadik boş kötarib keldi. Göyo “Kördingmi, topa olarmikinsan sukunatni?” deb turganday böldi. Titrab ketdim, öçayotgan gulxanday damim kesildi. Dilimni yurib turgan yölim yettinçi osmondan qulab ketiş xavfi bosib keldi. Quşlar esa atrofimda doira yasab gir-gir aylanar, bu bilan meni öz-özimga işonişga, könglimdagi ğalayon olovini öçirib, sukunatni qayta qaror toptirişga undar edi. Ularning bu istagi menga yuqişi bilan bilqillagan botqoqqa botayotgan buyumning sönggi silkinişi kabi çayqalayotgan tanamni qayta tasarruf eta oldim, könglimdagi olovga xayol qöli bilan suv sepdim, boşimdan qariyb uçib ketgan orzu quşiga iroda kaftlarida don tutdim. Közlarimni yumdim. Borliğimda faqat bir söz qoldi – sukunat…

Biz parvoz etardik. Men na qanot qoqar, na oyoğimni qimirlatar, tanho sukunat oğuşida borar edim. Könglim halovati közlarimni qayta oçişimga kafil böldi. Qarasam, biz nur mamlakati sari yeldek uçib bormoqdamiz. Negadir kiyiklarim oldidan bosib kelgan zulmatni esladim, biroq köz öngimda oppoq diyor böy körguzmoqda edi. Ortimizda esa kiyiklarimni quvgan qaro tuman örniga oq köngilli şamol yelar edi… Tegramda yetti kakligim, ostimda öşa men bilan sukunat tilida sözlaşgan mahbubim – kiyigim… Közimga yoş qalqdi. Dil çaşmasining qanoat suvidan oqib kelayotgan uşbu aşklar sukunat rangida jilvalanar edi.

Biz tobora yaqinlaşab borayotgan sukunat diyori ming yillik yöl nihoyasida olamning davomi böylab yastanib ketgan edi.

Dilmurod NAZAR

1984-yili tuğilgan.

Farğona davlat universitetining

özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Hikoyalari matbuotda eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…