Şoir Maşrab Boboyevni ilk bor “Onamga xat” kitobi orqali taniganman. Aynan şu nomdagi şeʼrni yod olib, maktab davralarida aytib yurganman. Muallif bilan Toşkentda öqişni tugatib, texnologiya bilim yurtida işlab yurgan paytda rahmatli ustozim Neʼmat Aminov orqali yuzma-yuz körişib, tanişganman. Bir safar Neʼmat aka, Maşrab Boboyev bilan bilim yurtimizga kelişgan. Öşa paytda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida maşhur rus adibi Valentin Katayevning “Xayol çeçaklari” kitobi Maşrab Boboyev tarjimasida naşr etilgan edi. Kitobni qöldan qöymay yutoqib öqib çiqdim. Asar yoziş uslubi, mavzusi, mazmun-mundarijasi bilan qiziqarli bölib, köp kitobxonlarni öziga jalb etgan edi. Tarjima şu qadar ravon, şu qadar jozibali ediki, göyo V.Katayev uni özbekça yozganday edi. Keyinçalik yozuvçi Xayriddin Sultonovning uşbu tarjima mohiyatini teran oçib beradigan yaxşi maqolasi çop etildi.
Birinçi uçraşuvdayoq Maşrab aka bilan suhbatimiz çiqişib, gapimiz-gapimizga töğri kelib, aka-uka bölib qoldik. Bu özaro iliq munosabat u kişining umrlarini oxirigaça davom etdi.
Maşrab Boboyevdan kamina kö-öp yaxşiliklar kördi. Öşa ötgan asrning 80-yillarda 2-Toşkent un zavodiga qaraşli bir xonali barakda oilam bilan yaşardik. Ahvol nihoyatda oğir va açinarli edi. Biz yaşaydigan xonaning devorlarida kalamuşlar bemalol yurardi. Ança yelib-yugurişlardan söng kaminaga Sergelidan töqqiz qavatli uyning sakkizinçi qavatidan kvartira berişdi. Uyni Neʼmat akaning maşinasida Maşrab aka bilan birga borib kördik. Yangi uy ularga ham yoqdi. Men uyning işxonamga uzoqligini, kvartiraning balandligini gapirganimda Maşrab aka:
– Avvalo uyni berganiga şukur qiling. Söng bu uyga mehr qöying, Aşurboy, – dedilar.
U kişining ana şu bir oğiz ibratli sözi bilan uyga astoydil mehr qöyib, şu uyda ön uç yil yaşadik. Baʼzan yölning olisligi, haftalab liftning işlamasligi asabga tegsa, darhol Maşrab akaning mehr haqidagi gapini eslab, yumşardik…
Yana bir unutilmas yaxşilik. 1983-yilda ustozim Neʼmat Aminov bilan Maşrab Boboyev kaminani “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasiga işga tavsiya qilganlar. Öşanda taniqli ijodkor Mamatqul Hazratqulov gazetaning masʼul kotibi edi. Ular meni Mamatqul akaga, Mamatqul aka esa yana bir maşhur ustozimiz Odil Yoqubovga tavsiya etgan. Şu bilan mening Toşkentdagi sarson-sargardonligimga, uzoq çekkan azob-uqubatlarimga çek qöyilib, ön yil kutgan orzuim amalga oşdi. Tahririyatga işga qabul qilindim. Bu yaxşiliklari uçun ulardan bir umrga minnatdorman. Iloyo, ikkovlarining ham joylari jannatda bölsin!
Maşrab Boboyev katta şoir, ajoyib dramaturg va mohir tarjimon edi. Maşrab akaning şeʼrlari kutilmagan taşbehlari, obrazli misralari, betakror manzaralari va hayotiyligi bilan hali-hanuz öquvçilarni hayajonga solib keladi. U ona yurtimiz – Özbekistonni yuksak mehr bilan qalamga oladi:
Özbekiston, ona Vatan, dardingni olay!
Bilmasang ham Maşrab kimu, yumuşi nadir,
U ham senga jonin fido qilmoq uçun şay.
Sanoqda yöq millionlar qatoridadir.
Maşrab aka qançalar vatanparvar bölsa, yurtparvar bölsa, şunçalar döstparvar, insonparvar ham edi. Dösti juda köp edi. Maşrab aka bilan bir körişgan, suhbatlaşgan yo davrada ötirgan inson u kişining döstiga aylanardi. Mudom yaxşi odamlar bilan döst tutinardi, ular bilan döst bölişga intilardi. U döstning qayğusiga şerik bölar, yaxşi kunlaridan quvonçga tölardi. Döstlarga sadoqatni, vafoni, mehr va oqibatni Maşrab Boboyevdan örganiş kerak. Ayniqsa, Maşrab akaning ustoz Neʼmat Aminov bilan aka-ukaçiligi, qadrdonligi havas qiladigan darajada ibratli edi. Ular xuddi tuğişgan qarindoşlarday yaqin edi. Oilaviy bordi-keldilari bor edi. Hatto farzandlarining tuğilgan kunlarini ham birga nişonlaşardi. Maşrab aka Neʼmat akamni öz akasiday yaxşi körardi. Agar Neʼmat akamning yurti Buxoroda biror tadbir yo maʼraka bölsa, albatta, Maşrab aka borib qatnaşardi. Yoki Maşrab Boboyev tuğilgan Payariqda töy-maʼraka bölsa, albatta, Neʼmat akam boşçiligida borardik. Ana şunday bordi-keldilar tufayli Payariqdan juda köp qadrdonlar, döstlar orttirdik. Bunday safarlarda ijodkorlardan Nusrat Rahmat, Saydi Umirov, Mamatqul Hazratqulov, Asad Dilmurod, Ziyodulla Nurmatov, Orziqul Ergaş, Nortöxta Qiliç va boşqa hamkasblarning birga bölişlari davramizga fayz bağişlardi. Joylarda böladigan uçraşuvlar qiziq ötardi. Bir safar Payariqqa borganimizda Ismoil al-Buxoriy qabrlarini keçasi borib ziyorat qilganmiz. Şöro davrida ança taşlandiq ahvolga kelib qolgan buyuk avliyo qabrlarini kunduz kuni borib ziyorat qiliş baloga qoliş bilan barobar edi. Ollohga şukr, mustaqillik tufayli Buxoriy qabri obod bölib, ulkan majmua qad rostladi. Eng muhimi, bu uluğ bunyodkorlikni Neʼmat Aminov ham, Maşrab Boboyev ham körib, qayta-qayta ziyorat qilib ketişdi.
Maşrab aka bilan tez-tez viloyatlarga ijodiy safarlarga ham borib turardik. Bir gal 1985-yilning 9 mayida Farğonaga bordik. Guruhimizdagi ustoz adiblar – Said Ahmad, Hamid Ğulom samolyotda ketişdi. Biz – Maşrab Boboyev, Yoqubjon Xöjamberdiyev, şoir Şaydo va kamina maşinada jönadik. Maşrab aka bilan uzoq yölda yurişning ham öziga xos gaşti, mazasi bor edi. Qamçiq dovonining va tabiatning xuşmanzara joylarida töxtab, bir pas dam olib yöl yursak ham möl yurib, manzilga yetib bordik. Dastlab Oltiariq, Buvayda tumanlarida uçraşuv böldi. Riştondagi katta boğda bölgan uçraşuvdan oldin uruş qahramoni – maşhur Mamadali Topiboldiyev qabrini ziyorat qildik. Öşa kuni Belorussiyadan ham u kişini xotirlab, bir guruh mehmonlar kelgan ekan. Mehmonlar asosan Belorussiyadagi Topiboldiyevka degan qişloqdan ekan. Har yili kelişarkan.
Tadbirga şoir akamiz Yöldoş Sulaymon rahbarligidagi farğonalik ijodkorlar ham kelib qöşildilar. Örtada Maşrab Boboyev boşlagan tabrik şeʼrga ulandi va muşoira boşlandi. Bir payt kaminaga ham söz berildi. Şunda Maşrab Boboyevning qölidagi “Bağişlov” kitobini olib, davra örtasidagi mikrofonga borib, bayram tilaklarini aytib, kitobdagi “Muin Bisisu” şeʼrini baland ovozda öqidim. Uşbu kattagina şeʼr:
Millatni kim yöqotdi, qizim?
Millatni kim yöqotdi, kim?
misralari bilan boşlanib, şu misralar bilan tugaydi. Şeʼrni öqib bölgaç, oxirida içkilik taʼsiridan bölsa kerak özimdan qöşib: “Millatni politbyuro yöqotdi”, deb aytib yuborganman. Bu sözlar mikrofondan şunday jaranglab eşitildiki, davradagilarning ranglari öçdi.
Davra suv quyganday jim-jit. Biz bilan ötirganlarning köpçiligi bir zumda quyon bölişgan. Meni ham joyimga ötqizişmasdan u yerdan tezroq olib ketişgan. Közimni oçganimda oltiariqlik bir tanişimiznikida yotgan ekanman. Şunda Maşrab aka könglimni kötarib:
– Endi afsuslanişdan foyda yöq. Aytilgan gap aytildi. Hammasi yaxşi böladi. Parvo qilmang, Aşurboy, – dedi.
Safar tugab, dovondan ötayotganimizda şaxsan Maşrab akaning taşabbusi bilan mening “qahramonligim”ni yuvdik. Toşkentga kelganimizdan söng ham Maşrab aka kun ora telefon qilib, ahvol sörab turdi. Oradan bir hafta ötgaç: “Endi heç gap bölmaydi”, – dedi Maşrab aka qatʼiy qilib. Haqiqatdan ham heç gap bölmadi. Çunki öşa davrlarda oşkoralik şabadasi esa boşlagandi…
Endi bir gapni yozmasam bölmaydi. Göyo Maşrab aka haqidagi xotiralarga nimadir yetişmayotganday böladi. U kişi yaxşigina ulfat edi. Ziyofatlarda “kam-kam, lekin tez-tez” degan iborani takrorlaşni yaxşi körardi, davradagilar bilan yayrab, yaşnab ötirardi. Lekin özini öylamas, soğliğini ayamasdi. “Otamga xat” nomli şeʼrida özi bunga iqror bölib, şunday deb yozadi:
Odamning tabiati lekin juda ğalati,
U doim taqiqlangan narsaga öç böladi.
Içma dedingiz – içdim, çekma dedingiz – çekdim.
Ketma, dedingiz – qalbim sayoqlik qutquladi…
Yaxşi hamki, boşqa gap aytmagansiz, otajon,
Barçasining aksini qilarmidim ehtimol…
Maşrab aka oçiq köngil va mard odam edi. Baʼzan nojöya gapirib qöysa, darhol tan olardi va öşa zahoti uzr sörardi. U kişining “uzr, endi jon döstim, uzr” degan iborasi döstlar orasida ommalaşib ketgandi…
Bu gaplarni eslamasak, Maşrab Boboyev haqidagi xotiralar göyo çala bölib qolardi. Bu bilan Maşrab Boboyev içkilikka rujö qöygan edi, degan fikrdan yiroqmiz. Ötgan asrning 80-yillarida turli soha ijodkorlari, ayniqsa, rassomlar, kompozitorlar, yozuvçilar, aktyorlar, kinematografçilar orasida “jinday-jinday” olib suhbatlaşiş, fikr almaşiş urfga aylangan edi. Töğriroği, sobiq tuzumning sitamkor siyosatidan va bu siyosat ötkazgan zuğumlardan yengil böliş uçun hasratlaşib, dardlaşib olişardi. Davralarda, uçraşuvlarda aytolmayotgan fikrlarini bir-biriga aytib yengil bölişardi. Baʼzan şunçaki fikrlaşiş jarayonining öz-özidan jiddiy bahs-munozaraga aylanişi qadahlar sonini ham köpayib ketişiga olib kelardi. Öşa davrlarda bunday xilvatlarda ruhni yengillaştiriş odatlari ham tamoyilga kirgan edi. Bu ham ziyolilikning bir “körinişi” hisoblanardi. Afsuski, ğarb va rus ijodkorlari taʼsirida kirib kelgan bunday “içkilik va ijodkor” qöşma hamkorligi köplab isteʼdodlarni xarob qildi. Jumladan…
Maşrab Boboyev ajoyib şeʼriy kitoblar yaratiş bilan birga dramaturgiya sohasida samarali ijod qildi. Uning “Öttiz yoşlilar”, “Yer tomiri”, “Gurung” singari dramalari mamlakatimizning katta teatrlarda sahnalaştirilib, repertuarlardan tuşmay keldi.
Mustaqillik yillarida Maşrab Boboyev ijodining yangi sahifalari oçildi. Ajoyib şeʼrlar, turkum maqolalar va teletomoşabinlar tomonidan qizğin kutib olingan “Köngil köçalari” nomli köp qismli videofilm ssenariysini yozdi. Bu asar muallifga katta şuhrat olib keldi.
Katta şoir, dramaturg va tarjimon Maşrab Boboyev nihoyatda beğubor va samimiy, odamlarga yaxşilik qilib çarçamaydigan daryodil inson edi. Oxiratlari obod bölsin!
Aşurali JÖRAYEV
“Yoşlik” jurnali 2011-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


