14 daqiqada öqiladi

1 495 marta körilgan

Dunyolarni mehrga töldiraman

Rauf Parfi

Xayr, meni taşlab ketgaysiz bir-bir,

Parda tuşirildi, tomoşa tamom.

Biroq sahna uzra hal bölgan taqdir,

Mening yuragimda qilmoqda davom.

«Sanʼatkor». 1970-yil.

Hamma zamonlarda, hamma davrlarda yolğiz Allohga qullik qiliş buyuk saodatdir! Çunki zamon ofatlari qalbimizning qörğoni – kökrak qafasimizni siquvga olib, qobirğalarimizni har lahzada qisirlatadiki, bunday paytlarda qurbonlik berib bölsa-da, yurakni asrab qolmoq tom maʼnoda mardlikdir. Şuning uçun  Özbekiston xalq şoiri Rauf Parfi eng katta kitobini “Sabr daraxti” deb nomlagan. Bu noyob daraxt esa Rauf Parfining özi edi. Biz esa bugun qilgan işimizning mukofotini bugunoq olmoqçi bölamiz. Hatto avvaldan berib qöyişmagani uçun xafa ham bölamiz. Takdimot bir kun keçiksa dod solamiz, oldimizdan çiqqanga adolatsizlikdan noliymiz. Vaholanki, Alloh bandalaridan faqat va faqat sabr kutar va şunga qurbi yetganlarnigina takdirlar ekan.

Rauf Parfi ön tört kunlik oyday şeʼriyat osmonini yoritib yurgan yillari Özbekiston Lenin komsomoli mukofotining laureati bölmagan şoir-yozuvçi qolmadi hisob. Şunda soddadil muxlislardan biri: “Rauf aka, nega siz komsomol mukofotining laureati emassiz?” deb söraydi. Ustoz javob qiladi: “Axir kimdir laureat bölmasligi ham kerak-ku! Öşa odam menman!”.

Men hali odam bölib Alixontöra Soğuniy hazratlarining “Tarixi Muhammadiy” romanidek buyuk va muhtaşam badiiy asarni körganim ham, öqiganim ham yöq. “Tarixi Muhammadiy” yaqindagina, bundan öttiz yillar burun Toşkent şahrining qoq markazida, sof özbek tilida, özbek allomasining qöli bilan yozilgan. Eʼtirof va taqdirlar yana mahşarga qoldi! Ana şu mulohazalarning özi ham mening zamon ofatlari bilan yaxşigina zaharlanganimdan dalolat.

Umuman, zamon ofatlarining sanoğiga yetib bölmaydi. Ammo hadislarda ular birma-bir sanalgan va ulardan omon qolişning yöllari ham bayon qilingan. Bu – Payğambarimiz alayhissalom sunnatlariga oğişmay amal qilmoqlik! O, bu oson ekanmi?! Odamzod hozir qanday bölsa, ming yillar ilgari ham tabiatan xuddi şunday edi. Poraxörlik, zinokorlik, haromxörlik, adolatsizlik ehtiyojga yaraşa hamma zamonlarda ham bölgan.

Rostgöylik, vaʼdaga vafodorlik va omonatga xiyonat qilmaslik qançalar oğir. Ammo ne saodatki, oramizda ana şunday vazmin yukni yelkalay oladigan zotlar bor. Ana şu muborak odamlarning hurmatiga toğlar joyida qoqilgan qoziqday turipti!

Şoh Maşrab hazratlarining avom içida “Devonayi Maşrab” atalişi ham bizga köp gaplarni aytib beradi. “Kördim yuzingni, devona böldim, Aqlu huşimdan begona böldim!” degan xitoblarni öylab topib bölmaydi. Bunday iqrorga yetişmoq uçun şoirlikning özi judayam kamlik qiladi. Masalan, men Şoh Maşrab hazratlariga köp yillardan beri şoir deb qaramayman. Fariduddin Attor hazratlari bir munosabat bilan “Mening har bir sözim tavhiddir!” deydilar. Şuning uçun ham Alişer Navoiy hazratlari esini tanigandan to sönggi nafasigaça Attorni qölidan qöymadi. Bu dunyodagi safarining eng oxirgi bekatida esa “Mantiq-ut tayr”ga şarh yozdi. Tavhid sözga ana şunday qudrat berar ekan!

Muborak hadislardan birida har bir inson dunyo neʼmatlaridan Alloh istagan miqdorçalik bahramand bölişi aytiladi. Alişer Navoiy hazratlarining “Beixtiyorlikda bormi menda ixtiyor” degan iqrornomasini ana şu muborak hadis taʼrifining bayonnomasi deb qabul qilinsa ham bölaveradi. Aslida Rauf Parfining iboralari bilan aytganda, Alişer Ğiyosiddinoviç bitgan har bir bayt ilohiy poydevor uzra barqaror turadi. Bu haqiqatni anglaş maqomiga yetişmoq uçun “har sözim tavhid” deb turgan Fariduddin Attor hazratlarini suv qilib içmoq lozim böladi. Biz esa qölimizda kaliti bölmagan eşikni oçib, içkariga kirmoqçi bölamiz va bunday urinişlarimiz bilan özimizni ovora qilib, umrimizni ötkazib yuboramiz. Alişer Navoiyni tanimasdan ötib ketgan köplab, juda köplab “navoiyşunoslar”ni sanaş mumkin. Ulardan bizga kommunistik ğoyalar bilan suğorilgan qalin-qalin kitoblar va köplab şogirdlar meros bölib qoldi.

“Bir parça göşt bilan itni ne köylarga soliş mumkin”, deb Balzak baribir töğri aytgan. Şöro mafkurasi tözoni içida ne-ne talantlarning çangi çiqib ketdi. Hatto xalq baxşilarining “Göröğli” bilan “Alpomiş”ga qöşib “Örtoq Lenin” degan dostonlarni aytganini bundan boşqa yana qanday taʼriflaş mumkin!

Oyoği osmondan kelgan saltanatni muhokama, hatto tanqid qiliş uçun odamning hatto faylasuf bölişi ham şart emas. Mana ikki ming yildan beri Rim imperiyasining halokatini insoniyat izçillik bilan örganmokda va bu muhokama qiyomatgaça ham töxtamasa kerak. Şöro saltanatining muhokamalari endi boşlanyapti. Şuning uçun bu haqdagi mulohazalarni çuvalaştirmaymiz-da, bir gapni aytamiz: köpçilikning fikridan kelib çiqqan holda Şöro mafkurasini şartli ravişda vabo deydigan bölsak, kimlardir zamon ofati bölgan ana şu ölatdan ham omon qolar ekan. Özingiz ham tusmol qilayotgan sanoqligina ana şunday odamlarning bittasi Rauf Parfi janoblari böladi.

Rauf Parfi “Oğriq” şeʼrini “Kökrak qafasimiz – najot qalʼasi!” degan buyuk satrlar bilan tugatadi. Ammo men sizga aytsam, kökrak qafasi hamma muammoni hal qilolmaydi. Çunki vaboga qiyoslangan zamon ofatlari bizdan ijozat söramasdan, hatto havo orqali vujudimizga kirib, qonimizni buzadi. Ana endi u dunyodan umidingiz bölsa, fariştalarga dars bergan içingizdagi şayton bilan kuraşişingizga töğri keladi.

Bu içki jang ayovsiz va omonsiz böladi. Şuning uçun ham Rauf Parfi özining umrini “çeksiz-çeksiz daqiqalardan iborat” degan edi. Şoir hayotda eng işonçli, ammo azob-uqubatlarga töla yölni tanladi. Şoh Maşrab hazratlarining izidan ketdi. Esini tanib, qöliga qalam olgandan keyin şaytonga va uning xizmatkorlariga el bölmadi. Şöro mafkurasining bayroği esa “Kimki bizga döst bölmasa, u bizning duşmanimizdir!” degan şior edi.

Hukmron saltanatning öziga bölgan munosabatiga Rauf Parfi bunday javob bergan edi: “Közingdagi toşni ğijirlatma!” 1981-yil yozilib, kelgusi yil çop etilgan mana bu şeʼrni öqing:

Yuzma-yuz, közma-köz, izma-iz izğir,

Yovuz yov, qattol yov qonga qonmoqda.

Bu zulmat ötlari, bu yonğin nadir?

Moskva yonmoqda, axir, yonmoqda.

Oxiri bir kuni intiqom bordir,

Kimlar jon uzmoqda, kimlar tonmoqda.

Haqiqat heç uzra, qayda u Qodir,

Moskva yonmoqda, axir yonmoqda.

Moskva, Moskva, qutluğ, şörlik yer,

Böğriqqan qöşburgut qanotida qon.

Bilgisiz, anglanmas, ey, ğarib jahon,

Bandangga tözim ber, yer ber, imon ber.

Ayting, kim sözlaydi bu kun ham yolğon?!

Moskva yonmoqda, yonmoqda axir.

Şeʼrga “1812-yil” deb tagsarlavha qöyilişi va uning “Uruş va tinçlik” kinoepopeyasi muallifi Sergey Bondarçukka bağişlanişi qayçisini qayrab ötirgan Şöro senzorlarinig közini şamğalat qilgan. Şuning uçun ular “yonmoqda” degan feʼlning hozirgi zamonda ekanligiga ham diqqat qilmaganlar. Vaholanki, XX asrning saksoninçi yillari Moskvaning “yonayotgani”ni körmoq uçun ikki köz judayam kamlik qiladi. Buning uçun odamga mavlono aytgan uçinçi köz kerak böladi.

“Birovning kimligini bilmoqçi bölsang uni gapirtirib kör” deyişadi. 1975-yilda yozilib “Xotirot” kitobiga kirgan “Şoir” degan şeʼrida Rauf Parfi özining bu dunyodagi vazifasi va örnini aniq körsatib qöygan:

... Ne ellar, vatanlar gulxanda yonib,

Şoir köz öngidan ötadi bir-bir.

Barçaning dardini öziga olib,

Majnun bölib yurar şuning-çun şoir.

Hali böğizlarda böğilar nafas,

Eski yaralardan çak-çak tomar qon.

Şoirni kuylatgan tabiat emas,

Şoirni kuylatgan hazrati inson.

Tikkandir jonini Vataniga u,

Bu söz qarşisida titrama, ey jon.

Yuzma-yuz kelgandek göyo öt va suv,

Yuzma-yuz keladir şoir va zamon.

Buyuk eʼtiqoddir bu dahr aro yöl,

Buyuk eʼtiqoddir muborak ilhom.

Şoir yuragida oçilmagan gul,

Şoir yuragida sobit intiqom.

Şoir va Zamonning öt bilan suvday ekanligini ovoza qilmoq uçun bağişlov şunçaki çalğituvçi qalqon vazifasini ötaganligini fahmlamoq uçun fil. fan. dok. böliş şart emas…

Rauf Parfi şu va şunga öxşaş boşqa vaʼdalarining ham ustidan çiqdi. To qazosigaça özi egallagan, ming maşaqqatlar bilan zabt etgan marralardan bir qadam ham çekinmadi. Şeʼriyat çöqqisida sobit qoldi.

XX asrning 60-yillarida Rauf Parfiga “Oq yöl!” tilagan va oradan yigirma yillar ötib uning “Sabr daraxti”ga muxtasargina sözboşi yozgan Asqar Muxtor “Şeʼr – şoirning ijtimoiy vijdoni” degan maqolasida: “…örinsiz, öylab çiqarilgan dardlarga zör beriş na hojat? Şoirni baʼzan, çunonçi, sababsiz zulmat qiynaydi. (“Derazadan boqar zulumot”), deb yozadi. Asqad Muxtorning ğazabiga yöliqqan şu şeʼrni öqiymiz:

Derazamdan boqar zulumot,

Zulmat bilan jang qilar yomğir.

Yuragimga oqar zulumot,

Oqib fikrimni tilar yomğir.

 

3ulmat bilan jang qilar yomğir,

Şiddat bilan kesar zulmatni.

Piçoğingni boğla, ey, bağir,

Sen ham, sen ham uni yölatma!

 

Yuragimga oqar zulumot,

Manzilda bölarmi hukmron.

Qöllarimni boğlarmi, nahot,

Şu mantiqsiz zulmat – nogiron.

 

Oqib tilar fikrimni yomğir,

Fikrlarim mening saçraydi.

Çöyan parçalaridek keskir,

Nega bu zulmat qoçmaydi?

 

Nega, tuşunmayman, nega? Dod!

Yomğir – dunyo singari oğir.

Derazadan boqar zulumot,

3ulmat bilan jang qilar yomğir.

Aslida Asqad Muxtordan bölak heç kim Rauf Parfi şeʼriyati haqida maxsus maqola yozmagan (qoyil!), yozgan bölsa ham heç qayerda çop etilmagan. Endi Asqar Muxtorga kelsak, u öşa maqolasida yana bunday ham degan: “Şoirga qatʼiy qoidalar, retseptlar berib bölmaydi. Bordi-yu, bunday qoida va retseptlar töplami çiqsa bu zararli kitob bölar edi. Ammo bir qoida aniq: eng emotsional poeziya ham vazifa va mohiyat eʼtibori bilan siyosiy masaladir, şeʼr – şoirning ijtimoiy vijdoni!” Gap şundoq bölgandan söng Rauf Parfi “zulumot” va unga “mantiqsiz”, “nogiron” (köryapsizmi?) deb baho berganida nega endi hukmron saltanat Şöro davlatini, uning qattol va yovuz siyosatini nazarda tutmagan bölişi mumkin ekan! Hamma balo şundaki, Rauf Parfi ijodining yagona tadqiqotçisi bölgan va bor-yöği şugina maqolani yozgan Asqar Muxtor vatanparvar şoir bölganligi uçun “zulumot” ning Şörolar saltanati ekanligini hatto xayoliga ham keltira olmasdi. Çunki biz bilan siz singari u ham kommunistik kengliklar oşa kommunizmning muqarrarligiga qattiq işonar edi. Vaholanki, zamonga farzand bölişning mutlaqo aybi yöq. Rauf Parfi zamon bilan munosabatini “Öt bilan suv” asosiga qurgan ekan, bu uning işi. “Zulmat” – SSSR yöq bölgunça Rauf Parfining kitoblarini tark etmadi.

Bir adabiy uçraşuvda bir odam minbarga çiqib, Mayakovskiyning hozirgina öqigan şeʼrlariga eʼtirozlarini bayon qila boşlaydi. Tanqidga toqat qilolmaydigan Mayakovskiy şartta örnidan turadi-da haligi odamga qarab: “Siz bilan ikki yuz yildan keyin gaplaşamiz, hozir esa bas qiling!” deb qiçqiradi. Menimça bu tafsilot talqinga, izohga muhtoj emas.

Rauf Parfi köp yillar ilgari bir şeʼrida hazil aralaş “Şoirga buyurtmalar köp böladi, ammo şoir nuqul özi haqida yozib keladi” degan edi. Balki şuning uçun bölsa kerak, şoirning kitoblaridagi nafaqat har bir satr, hatto har bir söz: “Men Rauf Parfi!” deb turadi. Ammo “Kommunistlar gullatmiş, bu ozod Osiyoni!” degan satrlarning kallasiga muştlasangiz ham ular heç qaçon “Men Rauf Parfi!” demaydi. Hamma gap şunda. Buni qarangki, yozuvçilar uyuşmasining katta minbaridan bu maşhur qöşiqning sözlari öqilganda Rauf Parfi ham orqaroqdagi qatorlarning birida ötirgan ekan. Şu zahoti yonida ötirgan odamga eşitganini quyidagi tahrir bilan öqib bergan: “Kommunistlar bulğatmiş, bu gözal Osiyoni!”. Şoirdan şoirning, ayniqsa, Rauf Parfining farqi şu tariqa bilinib qoladi.

Biz bu tört kunlik dunyoda uyimizni, maşinamizni bezaşga zör beramiz. Rauf Parfi esa yuragiga naqş berdi. Şuning uçun şoir bitgan har bir söz javohirga aylandi. Uning har bir kitobi mening közimga javohir töla sandiqqa öxşab körinadi.

Rauf Parfi judayam köp, haddan taşqari köp yillar maoşsiz, demakki, ijtimoiy taʼminotsiz istiqomat qildi. Rauf Parfi alohida ehtirom körsatgan Van Gogning ham qattiq nonsiz qolgan kunlari köp bölgan. Akasi har oyda jönatib turadigan ozgina mablağ mato bilan moyböyokdan ortmas edi. Hozir uning baʼzi asarlari millionlab dollarga sotilmoqda.

Siz hali buni aytasiz, Amerika qitʼasini Yevropaga topib bergan Kolumbni dengiz safaridan qaytgaç, çaquv tufayli kişanband etişgan. Aybsizligi aniqlangandan söng ham Kolumb öşa kişanni böyniga osib yurgan. Ölsam şu kişan bilan birga kömasizlar deb vasiyat qilgan.

Gogolning istiqomati ham kitoblar savdosidan tuşadigan pulga qarab qolgan edi. Töğri, bir marta Jukovskiyning sayʼi-harakati bilan podşoh xazinasidan 5000 rubl ajratilgan. Öligi bir oşnasining uyidan çiqarilgan.

N.V.Gogolning vafoti badiiy adabiyot muxlislari va uning namoyondalarini qattiq iztirobga soldi. Ivan Turgenev ixçamgina taʼziyanomada N.V.Gogolni rasmiy matbuotda birinçi marta “uluğ yozuvçi” deb taʼriflaydi. Ana şu bir oğiz gap uçun Turgenevni bir oy qamab qöyişadi. Unga maʼmurlar aytişadiki, general-gubernator uluğ bölişi mumkin, ministrlar uluğ bölişi mumkin, ammo heç bir zamonda yozuvçi ham uluğ bölişi mumkinmi deyişadi.

Gogolning qarzga botib yozgan asarlari u qazo qilgandan beri bir neça yuz million nusxada çop etildi. Naşriyotlarga uning kitoblari million-millionlab foyda keltirmokda. Eng muhimi, u jahon adabiyotida hamon juda baland joyni egallab turipti va hali beri unga qöli yetadigan odam çiqmayapti.

Darhaqiqat, Rauf Parfi nafaqat şoir, balki tarjimon sifatida ham öziga xos maktabga ega edi. Nazarimda, agar Bayron bu dunyoga qaytib, “Manfred”ning özbekçasini öqiganida, albatta Rauf Parfining oldida taʼzim qilar edi. Aleksandr Tvardovskiyning “Xotira huquqi” haqida-ku gap ham bölişi mumkin emas!

Rauf Parfiga “Özbekiston halq şoiri” unvoni berilgan kunlar Toşkentga yölim tuşib, qutlamoq uçun ustozni suriştirdim. Dörmonda deyişdi. Keçaning bir mahalida izlab topdim. Birqança vaqtlardan beri yengilgina şu yerda yaşayotgan ekan. Taomildagi tadbir-marosimlar amalga oşirilgandan söng Rauf aka daʼvatni ham kutib ötirmasdan şeʼr öqiy ketdi. Bilasiz-ku, Rauf Parfi şeʼr öqiganda devorga ham jon kirar edi. Söng örtasidan oçilgan bir kitobni berdi

–  Mana şu şeʼrni tarjima qildim. Lekin çiqişi qiyin böldi.

Şeʼr Tagorniki edi.

–  Özingizdan ham qöşib yuboribsiz, –  dedim.

–  Şunday qilmasam bölmadi-da!

Bir safar Ustoz “Jahon adabiyoti” jurnalida işlab yurgan kezlari Denovga, töğri biznikiga keldi. Tabiiyki, Rauf akaning mutlaqo kutilmagan bu taşrifidan qattiq xursand böldim. Yonidagi ikki yöldoşini “şişadoşlarim” deb taniştirdi. Obuna allaqaçon tugab ketgan bölsa-da “Jahon adabiyoti”ga mablağ topiş kerak ekan. Rauf Parfini qalqon qilib bir qança taşkilotlar bilan hamkorlik, moddiy qöllab-quvvatlaş töğrisida şartnomalar tuzdik. Töğri, keyin ularning hammasi qoğozda qolib ketdi. Eng muhimi, biz öşanda uzoq gurunglaşdik, ustozdan juda köp narsalarni sörab, bilib oldim. Ammo har doimgi nodonligimga borib, öşa gurunglarning tafsilotlarini hatto keyin ham yozib qöymaganman. Daryoning böyida ötirgan odam vaqti kelib uning qurib qolişini xayoliga ham keltirmaydi-da!

Rauf Parfining vafotini eşitib özimga açindim. Çunki men dehqonçilik qilib, millioner bölmoqçi, söng Rauf akaga Toşkentda bir xonali uy obbermoqçi va şeʼrlarini bir jildga jamlab, kitobini çiqarmoqçi edim. Eng muhimi, bu niyatlarimni odobning barça tamoyillariga itoat etgan holda ustozning özlariga aytgan edim. Bu orzularning hammasi suvga oqib ketdi. Dehqonçilik qilib boy bölolmadim. Ming vohki, endi Rauf akaga kitobning ham, uyning ham keragi yöq.

Rauf Parfining qazosidan söng mening nazarimda Toşkentdagi eng katta Navoiy köçasi ham kengayib qolganday böldi. Çunki Rauf Parfi nafaqat köngillarni, balki köçalarni ham töldirib turar edi.

“Qişloq hayoti”da işlab yurgan kunlarim Boş muharririmiz Şukur Xolmirzayev bilan Rauf Parfi haqida alohida-alohida maqola yozişimni aytdi. Özim ham şunday daʼvatga zor bölib turgan ekanmanmi, bir narsalarni yozib taşladim. Rauf Parfi haqidagi maqola “Muzlagan olov” sarlavhasi bilan çiqib ketdi. Ammo Şukur Xolmirzayev haqidagi “Bu toğlar bizniki” degan maqola turib qoldi. Söngra “Mohiyat”da çop etildi. Oradan ön-ön beş kun ötib birovdan eşitdim: “Qişloq hayoti”ga Rauf aka kelipti, gazeta taxlamidan “Muzlagan olov”ni öqipti. Tahririyatdagilarning “qalay, maqola maʼqulmi?” degan savoliga Rauf aka: “Maqola juda yaxşi. Pul topsam sizlarga albatta “yarimta” quyaman!” depti. Dunyoning bir tiyinga qimmat muammolari bilan ovora bölib, şundan keyin bu dunyoda Rauf akani uçratmadim.

Rauf Parfining naqadar buyuk şoirligini, naqadar uluğ insonligini birovga tuşunarli qilib tuşuntirib berolmasligim baribir menga alam qiladi.

Bir tadqiqotçi Anna Axmatovaga: “1911-yilda çiqqan kitobingiz bilan oradan qirq yil ötib çiqqan kitobingizni taqqosladim, heç özgarmagan ekansiz” deganida, Anna Axmatova: “Agar zamonga qarab özgaraverganimda, siz hozir mening huzurimda ötirmagan bölar edingiz!” degan ekan. Bu tafsilotning aynan Rauf Parfiga taalluqli ekanligiga qarang!

Rauf Parfi öta milliy şoir bölganligi uçun ham öta umuminsoniydir. Şuning uçun biron marta özbekni, Özbekistonni boşqa millatlardan, boşqa davlatlardan balandda körmadi. Yaʼni ayrim zamondoşlariga öxşab millatga va mamlakatga muhabbatini bayon qilmoq uçun millatçilik qilmadi.

Rauf Parfi uzoq va gözal umr keçirdi. Qanday öylagan bölsa, şunday yozdi: “Yorab! Közingni oç! Hiddat surindi. Tilsiz mozoratda jimirlab oqşom. Yalanğoç yobonda bir ins körindi. Sariq alvastilar böldi namoyon, sen-da, çibin kabi çirpanding. Sen yovuz bandasan, kirdoring ayon, sen ölaksaxör, ey jirkanç odam. Köksimni ezğilab bosib yurgan kim? Kimdir? Ölikzordan izlagan najot? Xayr, közlarimda ğijirlagan qum, xayr, jivirlagan, ingragan bayot, xayr, zahmatlarda çirpangan xalqim, xayr, şeʼriyatga kömilgan hayot”.

Rauf Parfi haqidagi gapning adoğiga yetib bölmaydi. Keling, oxirgi gapni u ustozning özlari aytsin:

Zangori oğoçman, hozir osaman,

Qayta tirilaman tölib sehrga.

Ul Mehrning qanotini yozaman,

Dunyolarni töldiraman mehrga.

Men qişman, boşimda azaliy oqtoş,

Qonli bulutlarga burkanib qotgan.

Men bahorman – muzlagan otaş,

Zulmatning jizğanak tonglari otgan.

Abadiy koinot birla qolaman,

Ölsam çirqiraydi ovozim tanda.

Eng yangiroq yulduzni uzib olaman,

Ezilgan, xörlangan bargman tubanda,

Yolğiz, özim – xalqman, özim olomon.

Men şoirman axir, Şohman, ey banda.

Tojiddin RAZZOQ

“Yoşlik” jurnali 2011-yil 11-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)