20 daqiqada öqiladi

281 marta körilgan

Yölovçilar

(Hikoya)

Uç kunlar böldiki havo dim. Yöq, balki bir hafta bölgandir, balki bir oydir, balki… aniğini bilmaymanu, xullas ançadan buyon havo isib-isimaydi, sovub-sovimaydi. Erinçoq bahor bulutlari ustimizga yoqar-yoqmas suzib keladi-da, yoğişga şaylanadi-yu, negadir şaştlaridan qaytib öz yölida davom etaveradilar. Bulutlar ketidan bulutlar keladi. Biri-biridan zerikarli bulutlar. Hammalari yoğmoqçi bölib köradi, ammo yoğmaydi. Bunaqa havoda böğilib ölasan kişi. Qani endi momoguldirak yeru kökni titratib bir gumburlasayu yomğir şarros quyib bersa. Şamolga töşingni tutib toza havodan töyib-töyib nafas olsang. Afsus, qovoq-tumşuğini osiltirib olgan bulutlar manguga yoğmaydigandek.

Toza havoni juda soğindim. Nega desangiz şu kunlarda  xuddi şaloği çiqqan avtobusda diqqinafas bölib olis safarga ketayotgan odamdek karaxtman. Hozir ana şu şaloği çiqqan avtobusga çiqişim kerak, ammo çiqqim yöq. Bekatda öttiz-qirq çoğli odam va men avtobus kutardik. Ular avtobusning nogahon kelmay qöyişidan, men esam uning kelib qolişidan xavotirda edik.

Ammo u keldi. Peşonamga yozilgani şu ekan. Noiloj çiqdim. Ulovning bu turini jinim suymasdi. Avtobusda ötgan umrimning eng köp qismi talabalik yillarimga töğri keladi. Kattalarga joy beriş majburiyati öşa paytlardan meros. Öşa yillari qaysi yoşdagilarga joy berişim kerakligi miyamga qattiq örnaşib qolganligidan hozir bunday yoşdagilar mendan kiçikligini aqlimga siğdira olmasdim. Har gal  “kattalar” örnaşib olişiga özim yöl qöyib berardim. Mening sustkaşligim ularga yoqardi. Bu gal ötirib ketişni qançalik istagan bölsam ham eski odatim menga sodiq qoldi.

Oftobda qizib ketgan bu temir uyçaga bir-birlarini itarib-turtkilab yopirilib kirgan odamlar şundoğam siqiq, dim havoni bittar aynitib yubordilar. Bulutlar orasidan möralagan quyoş avtobusning çap qator örindiqlarini rosa qizdirib qöygan ekan. Baʼzi ayollar öng örindiqlar tomon tipirçilab qolişdi. Örnaşib olişgaç, yelpinib ötirgan çapdagilarni hazil-mazax qilişdi. Naʼra tortib örnidan qözğalgan avtobus çayqala-çayqala oldinga intildi. Bir neça daqiqadan keyin esa avtobus yönalişini özgartirdi-yu, quyoş çapdan öng tomonga ötib oldi. Çap örindiqdagilar boşlariga kelgan soyadan ança sergak tortişdi. Hamma çakagiga erk berib yuborgan, ayniqsa çap quloğim tagidagi bir xotinning jağiga barakat bergan ekan:

– Boy ham boyga, Xudoy ham boyga deydi. Puli borlar hamma yerlarni sotib olib qöysa, bizga öxşaganlar zor qaqşab qolaveradimi?  Hozir fermerlarning oşiği olçi. Qoplonday ikki öğlim va bir qizim bor. Hammasi işsiz. Hali öğil uylantirganim yöq.

– Kolxözda işlating! – dedi şerigi.

– Kolxöz pul beradimi? Hali özimning ololmay yurgan qança pulim bor. Undan keyin kolxözning işi oğir. Şunça yil mening işlaganim yetar. Endi bolalarim yengilroq, moyliroq iş topsa deyman. Söloqmonday yigit bel kötarib yurişga or qiladi.

– Mening öğlim beş yildan beri bel kötarib beli qayişgani yöq. Işdan horib kelding, damingni ol desam,  “Be-ee, brigadir işga bormadi, çelda ötirib karta öynab qaytdik” deydi.

Kimdir gapga aralaşdi.

– Kolxöz pul bermasa fermerga yuboring.

– Siz ham mening tilimni qiçitasiz. Ötgan yili fermer qarindoşimiz  (qarindoş bölmay ketsin)  kiçik öğlimni sörab keldi. Muğombir. “Uyda mollarga qarab yursa, oyiga ön beş ming beraman”  dedi. “Hoy, oğzingga qarab gapir. Köhna joyning örnini özingniki qilib olding, indamadim. Endi öğlim senga xizmatkor bölib, mollaringning tagini tozalaydimi”, dedim. It terisini boşiga qoplab, uydan haydadim.

– Öğlingiz biron narsaga qiziqadimi özi?

– Fudböl desa jonini beradi. Piskultura bor kunlarigina maktabga boradi. Yoşligida köp kasal böldi, erkaroq ösdi. Birinçi sinfga borganida har kuni partasida birga ötirib qaytardim…

Yoşi elliklarga borgan ziyolinamo kişi öziga özi gapira boşladi.

– Ilgarilari ota-onalar bolalarini maktabga berayotib öqituvçiga: “Mana şuni odam qiling, yaxşi öqisin, öqişdan böyin tovlasa hohlaganigizça urib-sökavering” deyişardi. Eng bolajon ayollar ham ikki-uç şapaloqqa ruxsat berardi. Hozirgi xotinlarning oğzidan faqat bir xil gap eşitasan: “Mening bolamga qattiq gapirmang, şaytonlab qoladi. Xuşomadini yetirmasangiz, gapingizga kirmaydi. Yuqori baho qöymasangiz, maktabga borişdan boş tortadi. Sizdan iltimos, bolamni birov xafa qilib  qöymasin, unga köz-quloq bölib tursangiz,  “papka ziyofati”  bizdan.”

– E, qöying öşa zamonni. Xotinlar itday tuğib ketavergan-da. Bolasiga qayğurmagan, hukumat qayğursin, deb. Mana men keça-kunduz şu bolalarim uçun yuguraman. Birovdan kam bölmasin deyman. Hozir sal past ketsang odamlar ustingga çiqib olişadi. Hali birovga yalinganim yöq. Qizimning tuğilgan kunida öşa fermer qarindoşimizning qizi qimmat baho köylak kiyib kelgan edi. Qizim sal öksinganday böldi. “Xafa bölma, qarz etsam ham senga undan yaxşisini olib beraman”, dedim. Keyin bilsam, u ham birovnikini kiyib kelgan ekan. Xudoga şukur, men  qizimga “oyroti” kiydirmadim. Qiynalsam ham  özim yugurib-yelib oldi-sotdi qilib bir amallab yetkazib turibman. Biroq pul topiş kun-kundan qiyinlaşib ketayapti.

– Tuğilgan kunga pul topibsiz-ku!?

– Aa-ay, söramang! Hammasini nasiya oldim. Uyda guruç qolmabdi. Darrov xorozga borib ikki qop guruç çiqartirdim. Bir qopini qöşnilardan olgan guruçlarning örniga tarqatişni möljallab, ikkinçi qopdan tuğilgan kunga yetguday guruç qoldirib, qolganini sotdim. Qizim tuğilgan kunida bir quvonsin deb nasiyaga olib yaşirib qöygan römolning pulini tölaşim kerak edi. Guruçning puli römolning qarzidan qutqarmasligini bilib, xorozçiga “Xoroz haqini qarz daftaringga yozib tur, Xudo hohlasa kelgusi safar şoli keltirganimda avvalgilarini ham qöşib, hammasini bir etib tölab ketaman. Agar  “yöq” desang, qaytib sening xorozingga kelmayman, “Oq köylagim lalangir, sen bölmasang yenam bir” – boşqa xoroz köp, deb pöpisa qildim. Xorozçi ilojsiz rozi böldi.

Mana ikki oy böldiki, mayda-çuyda xarajatlarning qarzidan qutuldim. Faqat aroqning puli qoldi.

– Qizingizning çiqonlari aroq ham içişadimi?

– Yöq, aroqni mening çiqonlarim bilan erimning jöralari içişdi.

–  Asosan, erimning jöralari deng!

– Hozirgi erkaklar aroq iça oladimi özi? Ikki piyola bersang ağdarilib tuşadi. Keyin mehmonlarga tuni bilan xotinlar xizmat qilaveradi. Aroqni mening çiqonlarim suvday simirişdi.

– Qizingiz bahonasida özlaringiz bir miriqibsizlar-da, a?!

– Avvallari bunday narsalarni men ham yoqtirmasdim. Keyin bilsak tuğilgan kunlar dam oliş uçun tayyor bahona ekan. Iş-iş deb bir kuni ölib ketasan. Qolaversa, tuğilgan kunlar bölmasa qarindoş-oşnoni yöqlab borişga fursat topolmaysan.

–  Yarim qop guruçning hammasi ketdimi? – söradi kimdir. Aftidan şaharlik bölsa kerak.

– Yetmay qoldi.

– Töyday qilib yuborgandirsiz-da.

–  Qayda, oxirida kelgan uç odamga palov yetmadi, faqat şörva bilan ketmasin deb göşt qovurtirdim. Ular boşqa bir yerdan töyib kelgan ekanlar, ovqatga qöl ham urmadilar. Lekin ertasiga körsa-ak, tovoqlarda qolgan palovga mollarning yem qozoni tölibdi.

Avtobus bir maromda iylanib ketib borardi.Jizzaki xotin oldidagi kattakon sumkalardan birini titkilab, eskirib qolgan kök daftarini topdi.

– Mana şu daftarda uç yildan beri qarzini uzolmay yurganlar bor. Şular vaqtida tölaganda men hozir senga öxşab bu yarim-yorti avtobusda çang yutib ötirmasdim.

– Çiqon, sal özingni bos. Bunday qarz daftar hammamizda ham bor. Qarzga bermasang heç kim sendan narsa olmay qöyadi. 

–  Qöyinglar-ey, uyat böladi.

– Boşqa gapdan gaplaşinglar! – Har kim har tomondan vaziyatni yumşatişga harakat qildi.

Haydovçi goh yölga, goh peşoyna orqali yölovçilarga qarab qöyardi. Avtobus içini benzin hidi tobora qamrab borar, kimdir tuynukni oçib taşqaridan kirayotgan havoga tumşuğini tutsa, kimdir  “Bolamni doktorga olib ketayapman, şamollab qoladi, tuynukni yop!” deb baqirardi. Tuynuk oldidagi uzun böyli yigitga qiyin böldi. Oçdim deganda yopadi, yopdim deganda oçadi. Bir neça kişini tuşira solib endi tezlikni oşira boşlagan avtobusni yölda turgan kimdir qöl kötarib töxtatadi. Uni mindirib gazni bosdim deganda haydovçini yana kimdir tuşib qoliş uçun bezovta qiladi. Xullas avtobus bir yurib, bir töxtaydi.

– Avtobusmi bu, yo eşakaravami? Qaçon yetamiz Urgançga? Bu borişda bugungi kunimiz avtobusda ötadimi deyman? – noliy boşladi zerikib ketgan bir yölovçi.

Kaşandalarni bir neça marta siquvga olişdi. “Bizga öxşab nos çekinglar, tutuni çiqmaydi”. “Tutuni içingga qarab ketadi”.  “Men şaroitga qarab ikkoviniyam çekaveraman”. “Ikkoviyam soğliqqa zarar, undan köra semiçka çaqinglar, ovqatni yaxşi hazm qildiradi”. “Qöysang-a, özi qornim oç, ovqatni yaxşi hazm qildirmaydigan xilidan yöqmi?”  degan  gaplar bilan avtobusdagi beş-olti dudkaş, ön-ön beş noskaş va yigirmataça semiçka çaquvçi taraf-taraf bölib bahslaşardi. Bir yigitga hozirgina sigaret sotgan xotin uç yaşar qizçasi dimoği oldida suzib yurgan tutunlarni qöli bilan haydayotib, bosib-bosib çekayotgan yigitga qarab: “Mayli, zarari yöq-zarari yöq” deb qöydi va bahsga aralaşdi: “Mening otam hozir salkam töqsonga bordi. Umr böyi oğzidan sigaret tuşmagan. Kim kimdan oldin ketişi yolğiz Xudoga ayon.”

Semiçkaning “çirt-çirt”  etgan ovozlari tinmasdi. Oyoq ostlari semiçka qobiğiga tölib ketdi. Bir neça bor ogohlantirişi heç kimga taʼsir qilmagaç, haydovçi avtobusni şartta töxtatib:

– Yaxşi gapga tuşunmas ekansizlar, çaqmanglar degandan söng çaqmanglar-da! – deb bor ovozi bilan baqirgan zahoti hamma jim-jit böldi. Avtobus töxtaşi bilan barobar töxtagan jağlar, avtobus yurişi bilan yana işga tuşdilar. Qöllar bilan oğizlar bir-birlariga mutanosib ravişda yaşirin xarakat qilar, köz bilan quloq esa haydovçining xatti-harakatlaridan köz-quloq bölib turardi. Faqat közoynakli pakana kişi pinagini buzmay semiçka çaqardi. Haydovçi unga ögirilib: “Sen özbekçaga tuşunasanmi özi?” degan edi, haligi pakana hayron bölib: “Çego?” dedi. Şundagina hamma uning koreys millatiga mansub ekanini payqadi. Haydovçining birdan popugi pasayib qoldi. Esankiraganidan zörğa “ne nado… çimiçka çaqmoq” deya oldi xolos. U gapining rusça jumlasini baland, özbekçasini esa pastgina ohangda aytdi. Pakana gap nimadaligini payqab: “Meniki kagazga çakadi” dedi bamaylixotir.

Şlyapa kiygan ziyolinamo kişi dardini yordi:

– Men Germaniya şaharlarini avtobusda aylanganimda yonimda ötirgan özbek hamrohim konfet qoğozini ğijimlab avtobus derazasidan otib yuborganida, buni körib qolgan haydovçi  avtobusni şartta töxtatib haligi qoğozni oldi va manzilga yetgaç, axlat qutiga taşladi. Bu bizga katta saboq edi. Biz qaçon şunday madaniyatga erişamiz?

– Kim bölib işlagansiz? – söradi undan hamrohi.

– Kö-öp işlarda işladim. Oxiri maktabga direktor böldim. Köpçilik kasbdoşlarim özlarini savdoga urib ketişdi. Bozorda narsa sotişga mening ğururim yöl qöymadi. Işlayverdim. Işlab-işlab pensiyaga bir yil qolganda işdan böşab ketdim.

– Böşatişdimi?

– Özim böşadim.

– Nega?

– A-ay, bir sabablar bilan.(Bir xörsinib qöyib sekin gap boşladi.) Keça-kunduz maktab deb yugurib-yörtaman, sira birim ikki bölavermadi. Erta ketib keç qaytaman, uy işlariga foydam tegmaydi. Olgan maoşim majlisga qatnaş, daftar-qoğoz oliş va komissiyalarni mehmon qiliş bilan ketib qoladi. Jöralarim ziyofatlarda  “nomi uluğ, suprasi quruq”  deb menga tekkizib gap aytadilar.  Alamimdan şartta ariza yozdim. Qöl qöyişmadi.

– Bizga qolsa kolxöz yaxşi edi, – deya tösatdan gap boşladi malla telpak kiygan kişi.

– Kolxözning nimasi yaxşi? Şunça yil bizni qiynagani yetar. Endi uni tugatiş kerak! – fikr bildirdi yangi suhbatdoş.

– Yana qadimgiday boy-kambağal bölaylikmi?

– Ular insofsiz boy bölişgan, biz insofli boy bölamiz. Xöş, kolxözning nimasini yoqtirib qoldingiz?

– Avvallari men ham xuddi senday fikrlar edim. Kolxözni tugatib yerlarni xususiylaştirib olsak boyib ketamiz deb öylab yurardim. Ötgan yili bir gektar yerni ijaraga olib şoli ekdim. Olgan hosilim çiqargan xarajatimga yetmadi. Yana şunça mehnatim zoye ketdi. Kolxözda bölsa xöjakörsinga işlab yuraverasan. Yerni özlari suradi, özlari ekadi. Uruğlikni, öğitni, yoqilğini özlari topib keltiradi. Paxtaga texnika bilan özlari işlov beradi. Biz bölsak qovun-tarvuzdan tortib sabzigaça paxtaning içiga ekib olaveramiz.

– Brigadirlar indamaydimi?

– Brigadirlarning yaşirin yerlari bor. Şuning uçun inday olişmaydi.

– Rais-çi, u ham indamaydimi?

– Kolxözçilarga iş haqi topib bera olmagandan keyin rais nima deya oladi. Dalaga borib quruq böyingni bir körsatib kelsang böldi, işlagan hisoblanasan. Kuzda mollarni paxtaning çetiga – tap-taqir yerga arqonlab qöysang ham semirib ketaveradi.

Böyinboğ taqqan muxbir yigit çidab turolmadi:

– Böldi, bas. Kolxöz senga öxşagan işyoqmaslar uçun yaxşi edi. Endi har kim özi uçun özi yuguradigan zamon keldi. Hamma senga öxşab fikrlasa allaqaçon oxirzamon bölardi. Şunday latifa bor: “Ötgan asrda ğarblik bir siyosatçi qaysidir orolga borib abgor bir qabilani demokratik yöl bilan farovonlikka olib çiqmoqçi bölibdi. Saylov  haqida tuşunça berib öz yurtiga qaytibdi. Bir yildan söng borib qarasa, hamma avvalgidan beş battar oç-yalanğoç, tös-töpolon bölib yotgan ekan. Maʼlum bölişiça, ular hamma işlarini ovoz beriş yöli bilan hal qilişibdi. Sodda, yuvvoş  yaxşi bir odamni körsatib: “Şu kişini boşliq qilib saylasak, nima deysizlar?” – deb söraşgan ekan, hamma bir ovozdan maʼqullabdi. “Kim işlaydi?” deb sörasa, heç kim qöl kötarmasmiş. “Kim non yeydi?” desa, hamma qöl kötararmiş. Natija esa yuqorida aytganday bölibdi. Mana şunaqa, jörajon. Aftidan senga öxşaganlarni öşa orolga surgun qilişsa kerak.

– Özingni namunça toza qilib körsatmasang. Men ham bir vaqtlar halollikda sendan zörroq edim. Komsörg bölganman. Afğonga yuboring deb ariza berganman. Odamlar meni masxaralab “kommunist”  deb çaqirar, men esa bundan faxrlanardim. Naq fariştaning özi edim. Komsomöllik kökrak nişonini taqmay yurgani uçun eng yaqin döstlarimni ham köçada körib urişardim. Hukumat bir tiyin bersa, şu bir tiyin halol, boşqasi harom deb bilardim. Ahmoq ekanman. Endi közim oçildi. “Men ham edim sendek, sen ham bölarsan mendek!”

Hamma  “gur”  etib kuldi. Sobiq  “komsomöl”  tobora qizişib borar, otdan tuşsa ham egardan tuşmasdi. Çunki u mingan qizil ot davlatniki, egar esa öziniki edi. Raqibi gapirmoqçi bölib oğiz juftlar, qiziqqon yigit esa sira gap bermasdi:

– Men sen bilan bahs boylaşaman. Hozirgi davrda pora olmaydigan yoki pora bermaydigan biron-bir odamni topib berolasanmi menga? Hamma narsa faqat pul bilan ölçanadi.  “Nima qilib bölsa ham pul top!” degan zamon hozir. Hatto öz ota-onang ham qança köp pul topsang, şunça yaxşi köradi. Pul topolmasang öqrayib qaraşadi. Kambağalning arzi heç qayerda tinglanmaydi. Men bunga yuzlab misollar keltiraman. Qani sen birgina misol bilan sözingni isbotlab ber-çi! Mana meni haydovçilikka öqiganimda imtihondan jörttaga yiqitişdi. Keyin bitta melisa jöramni oraga solib bir qop guruç bilan töğirlab oldim. Öşa tanişim bölmaganda men umrbod guvohnomasiz qolardim. Sen jöra, faqat gazeta öqiyverib hayotdan uzilib qolgansan. Qani şu gaplarni biron joyga yozib kör, özingni qamoqqa tiqadi. Sen özing muxbir bölib haqiqatni yozolmaysan!…

– Şoşma-şoşma!  Birinçidan imtihondan ötiş darajasida yaxşi öqimagansan. Mana men şunday guvohnomani bir tiyinsiz oldim…

– Birinçidan bir tiyinsiz olganingga kim işonadi. Ikkinçidan sen muxbirsan. Xohlasang ularni maqtab yozişing mumkin, xohlasang, tanqidlab yozolmasang ham  “yozaman” deb xiralik qila olasan. Sening imkoniyating oldida mening bilimim bir pul.

– Bilimingga işonasanmi, men senga ham bir tiyinsiz guvohnoma olib beraman.

– Yöğ-e, ikkita guvohnomani nima qilaman?

– Hozirgina mendan misol sörayotgan eding-ku. Özingga özing misol bölib yurasan!

– …

– Endi menga qara! Bir qop guruçni kimga berganingni yozib bera olasanmi? Men senga şu guruçingni ham qaytarib beraman.

– Qöying-ey! – sobiq komsomöl sizlaşga ötdi. – Melisa döstimga gap tegib qolsa mendan xafa böladi. Keyin men yaxşilikka yomonlik qilgan bölaman. Töğrisi, biz guruçni töyga qaʼda sifatida olib borganmiz. Töy egasi bizni zör siyladi. Umrimda bunaqangi haşamatli töyni körmagandim. Bir miriqib dam oldim şu kun. Bir kun oş yegan joyingga qirq yil salom ber degan.

– Demak yozib berolmaysan, şundaymi?

– Ha… endi özbekçilik, yuz-xotir deganday…

– “Muxbirlar haqiqatni yozolmaydi” degan gapingda jon bor. Çunki senga öxşaganlar bu gapga hamişa jon ato etib turadilar. Kördingmi biz nima uçun haqiqatni yozolmaymiz. Çunki hamma senga öxşab gapidan tonadi. Senga qolsa yeringni kolxöz surib bersa, uyingni melisa qöriqlab yotsa, kasallansang döxtirlar özidan-özi davolayversa, magazinlarda joningga ne kerak bölsa hammasi muhayyo va arzon narxda tursa. Sen bölsang salgina işladim deb oyoğingni uzatib yotaversang! Endi bunaqasi ketmaydi, döstim…

Avtobus eşigining  “çass…-çuss…”  qilaverişidan bezor bölib ketdim. Tik turişga madorim qolmadi. Ötirib oliş ilinjida “kim tuşar ekan” deya har bir örindiq egasiga olazarak bölib qarayman. Lekin buning uçun menga öxşab böş joy poylayotgan yölovçilardan çaqqonroq çiqişim kerak. Yangibozorgaça ikkinçi örindiqda ötirgan çol yonidan jilmadim. Çunki uning Yangibozorda tuşib qolişini bilardim. Qarasam çol hali-beri tuşadiganga öxşamadi. Tağin bir örindiqdagi ayol sumkalarini yiğiştirayotganini körib, darhol uning yoniga borgan zahotim çol örnidan turdi va böşagan örniga yoşgina bir qiz ötirib oldi. Tik turganida çiroyli köringan qiz, ötirganidan söng köz öngimda ança xunuk tortdi. Alamimdan endi şu joyimni özgartirmaslikka qaror qildim. Bu orada qança örindiqlar neça marta böşab, neça marta tölişdi, Xudo biladi. Bir soatlik vaqt nazarimda bir yilga çözildi. Alyumin quvurdan yasalib, uzundan-uzoq mustahkam qilib örnatilgan tutqiçga mahkam yopişib olgan talaba yigitning qölidagi soat naq peşonamga röbarö bölib qoldi. Soatga qança tez qarasang vaqt şunça sekin ötarkan. Közim ilinib uyquga ketaman. Seskanib uyğonaman. “Yarim soatça uxladim” deb öylab qarasam, bir daqiqa, baʼzan uç daqiqa ötgan böladi. Quloğim şanğillay boşladi.

Buni bir neça kunlardan beri uxlamaganimning oqibati deb öyladim. Şu kunlarda negadir uyqusizlik kasaliga duçor bölganman. Har xil narsalar közimga körinadi. Xuddi hayotimning sönggi lahzalarini yaşayotgandekman. Heç kimni xafa qilgim yöq. Yaxşi sözlar aytib hammaning könglini olsam deyman. Odamovi bölib qolganman. Duç kelgan odamga yaxşilik qilaveraman. Axir inson hayotining sönggi daqiqalari odamlar onggida qattiq muhrlanib qolişini öylab, men haqimda yaxşi sözlar aytilişini juda-juda istayman. Eng yaqin kişilarimning bir neçtasi yoruğ olamni ketma-ket tark etganidan söng men şunday holatga tuşib qolganman. Endi bu holatdan sira çiqa olmayapman. Kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar ötib borayapti. “Sönggi daqiqalar”ning  sira poyoni körinmaydi. “Sönggi daqiqalar”ni yaşayverib çarçadim. Odamlarga soxta yaxşi inson bölib körinişdan töyib ketdim. Qilgan yaxşiliklarim evaziga ular meni yolğondakam maqtaşardi. Men ölgandan keyin men haqimda qayğurişga ularning vaqtlari bölmasligini, hamma turmuş taşvişlari içiga şönğib ketişini öylab battar siqilaman. Nahotki yuz yillardan söng heç kim seni eslamasa. Dunyoga kelib ketganingni heç kim bilmasa. Tubsiz bir qörquv vujudimni kemiradi.

…Bir payt qölimga çivin kelib qöndi. Diqqatim bölindi. Asta özimga kela boşladim. Nega men özimni bunça noçor his qilişim kerak? Çivinlar ham yaşayapti-ku biz bilan birga. Çivinning xatti-harakatini körib qoyil qoldim unga. Ölimga çap beriş sanʼatini puxta egallagan şu mitti jonivordan nega saboq olmaymiz? Ölim bilan boşqalarning rahmini keltiriş lölilik va xudbinlik ekanini öylab özimdan özim uyalib ketdim. Nogiron va öksik odamga öxşab birovdan marhamat söraşga moyillik  mening tabiatimda borligini va buning illat ekanini hozir payqadim. Har bir odamning mukammal insondan bir joyi kam bölişi ehtimol. Buni aniqlaşning heç qiyin joyi yöq – “birovdan kam joyim bormi?” deyişning özi kifoya.

Yölovçilarning gap-sözlariga mening quloğim muhtoj bölmasa-da, gap-sözlar qandaydir quloqlarga muhtoj edi. Közni yumiş mumkin bölsa-da, quloqni yumiş mumkin emasligidan köz yumib bölmaydi. Tovuşlar laşkarini miyadan haydab çiqarişning iloji yöq.

Şundoqqina oldimda semiz xotin bilan ozğin juvon suhbatlaşardi. Juvon hasratini tökib-soldi:

– Qaynonam ölmadi, men qutulmadim. Erim onasining çiziğidan çiqolmaydi. Ona-bola ikkovlari bir bölib allanimalarni tez-tez gaplaşadi. Bir neça marta poyloqçilik qilib kördim, foydasi bölmadi. Qayoqdanam tuşib qoldim şu oilaga. Bir vaqtlar hamma meni kelin qilaman deb holi-jonimga qöymasdi. Не-не ерлардан совчилар келишмади. Hammasini qaytardim. Dilşodga tegişimni eşitgan tanişlarim  menga nasihat qilişdi:  “Özi yaxşi yigit-u, onasi sal çatoqroq, seni çiqiştirmaydi” deganlarida ham men: “Öğli yaxşi bölsa böldi, onasini menga qöyib beringlar” deganman. Men özimga qattiq işonardim. Çunki men har qanday yomon odam bilan ham inoqlaşa olardim. Pazandalikmi, tikuvçilikmi, gul östirişdan tortib jöja boqişgaça hamma işlarda yoşi kattalar ham mendan maslahat olişardi. Onamning ham mendan köngli töq edi. “Borgan joyingni böston qilasan sen, qanday oilaga tuşsang ham til topişa olasan” derdi. Osmonlarda yurgan ekanman. Mana endi ötiribman bandi zindon bölib. Bu oilada hamma qarğab-sökib gaplaşar ekan. Hamma narsa kir-çir. Idiş-tovoq degani sira yuvilmas ekan. Beş öğil va bir erkatoy qiz har xil vaqtda ovqatlanadi. Kim işdan kelsa darhol ovqat qoldiğidan hidlanib ketgan laganlardan yaxşiroğini sovuq suvda çala-çulpa çayib, şunga ovqat solib beriladi. Rözğorda dastasi singan bir piçoq, teşilgan elak, dastaning örniga öqlov tiqilgan eski bolta, kajkardga aylangan bir neça öroq va şunga öxşaganlarni hisobga olmaganda deyarli heç nima yöq. Iloji boriça heç nima sotib olinmaydi, qöşnilardan söraladi. Keça-kunduz tinim yöq. Kuni bilan dalada işlaymiz. Keçqurun ovqatlanib, yana dalaga eşakaravada ketamiz. 

– Keçasi dalada nima qilasizlar?

– Kolxöz hosilini yiğib olgan yerlardan makkajöxorimi, qovun-tuynakmi, lavlagimi, pomidormi, xullas, nima töğri kelsa şuni yiğib kelamiz-da, ayvonçaga bosaveramiz. Keçasi bilan işlab çarçaganimdan baʼzan tongda uxlab qolaman. Şunda qaynonam baqirib-çaqirib eşikni tepa boşlaydi: “Tur, kunörta bölib ketdi. Sasib yotaversang, hamma yugurganda yugurmasang, şu kunlarda u-bu narsa yiğib qolmasang, qişi bilan tuvakdagi gullaringni yeysanmi?”

Yorilib ketgan qöllarim tikuvçilikni ham unutib yubordi. Östirgan gullarim “közga kuyuk” bölib turibdi.

– Yiqqan narsalaringizning hammasini qişda  yeb ulgurasizlarmi yoki bozorda sotasizlarmi?

– Qaynonam ziqna, bahorda yeysizlar deb ölçabgina beradi. Bahor kelişi bilan bosilib yotgan narsalar irib-çirib ketadi. Hammasini özimiz yiğib olgan dalaning şundoq yonginasidan ötgan zahkaş yoqasiga çiqarib taşlaymiz. Buzoği ösmay qoladi deb sigirniyam soğdirmaydi qaynonam.Tovuqning tuxumini yedirmay, bozorga sottiradi.

Erim onasining oldida gerdayib menga döq urişni yaxşi köradi. Buni özi uçun emas, qaynonam uçun qilişini men yaxşi bilaman. Kuni bilan menga  “döq urgan” erim beçora tuni bilan oyoq-qöllarimni uqalab çiqadi.

…Oyoğim oğrib ketganidan bir qadam nariga siljidim. Avtobusdagi har bir söz miyamga öqday sançiladi. Boşimni qayoqqa tiqişni bilmayman. Qani endi bu ğildirakli bahaybat temir sandiqdan bir sakrab tuşib qolsam. Boşim löqillab şunaqangi qattiq oğriyaptiki, avtobusning har bir silkinişidan yuragim zirillaydi. Miyam örniga xuddi qörğoşin quyulgandek. Heç kim menga yoqadigan gap gapirmaydi. Yaltiroq va yolğon bölsa ham miyaga taskin böladigan sözlarni soğindim. Ammo bu yerda heç kim yolğon töqimasdi. Şu payt haydovçi oldidagi radiodan yoqimli bir qöşiq yangradi. Bunçalar orombaxş bölmasa bu qöşiq. Darvoqe, qöşiqdagi barça sözlar yolğon edi. Men istagan yoqimli yolğon mujassam edi bu qöşiqda. Biz qöşiqlarni yolğon bölgani uçun ham yoqtiramizmi yo… Nega hayotda yolğonlar bunça köp? Menga öxşagan yolğonga öçlarning köpligidanmi?

Avtobusdagi har bir başara menga taniş bölib qoldi. Qaçonlardir xuddi şu avtobusda aynan şu vaziyat aniq takrorlanayotganga öxşardi. Har bir voqea ikkinçi marta takror yuz berayotgandek edi. Ha-ha! Hamma narsa taniş. Ana hozir nimadir sekin surilib kelib birdan tuşib ketadi. Oldin ham şunday bölgan edi. Eslaganday bölayapman. Rostdan ham avtobus şiftidan bir qariç pastroqqa örnatilgan yuk qöygiçdagi plyonkadan işlangan oq sumka “pot” etib oyoq ostiga tuşdi. Qörqib ketdim. Vujudimni vahima bosdi. Allaqanday tuşuniksiz vahima. Har bir voqea menga böysunmay yuz berardi. Voqealar qarşisida men butunlay ojiz edim. Ojiz ham gapmi, umuman “nol” edim. Qölimni, barmoqlarimni qimirlatib körmoqçi böldim. Tutqiçga yopişib qotib qolgan va oqarib ketgan panjalarimga qaradim. Barmoqlarim sekin qimirladi. Ularni aslo men qimirlatganim yöq. Men barmoqlarimning qimirlaşini istadim, xalos va ular öz-özidan qimirladi. Vujudimning heç bir aʼzosi menga böysunmas, har biri alohida mustaqil harakat qilar, mening esa tomoşa qilişdan boşqa çoram qolmagandi. Şundagina men, mening içimda yana bitta men borligini, qöl-oyoğim menga tegişli emasligini sezib qoldim. Şundagina men “özimdan özim xafa böldim”,  “özimdan özim quvondim”,  “özim bilan özim qoldim”.  Şundagina men “özimdan ketib özimga keldim”.  Şundagina men har bir vujudda ikkita odam yaşaşini anglaganday böldim. Dunyodagi hamma narsa:  har bir odam, har bir buyum, har bir voqea menga taniş va qadrdon bölib qoldi. Men uçun notaniş yoki begona narsaning özi qolmadi.

Quloğimga eşitilayotgan xilma-xil tovuşlar asta-sekin öz şamoyillarini yöqotib hammalari umumiy bir tusdagi tutunsimon şamolga aylanib, quloqlarim ostidan şuvillab ötib turardi. Hatto ana şu şuvillaş ham menga juda taniş edi.

…Avtobus manzilga yetib kelganida, hamma laş-luşlarini yiğiştirib, örnidan tura boşladi. Qoidaga binoan, yölovçilar faqat oldingi eşikdan pattalarini körsatib tuşişlari talab etildi. Oçiq qolgan orqa eşikdan avtobusga çiqqan böydor yigit: “Pullaringizga ehtiyot bölinglar, öğrilar bor!” – dedi-da,  kimlar qaysi çöntagini xavotirlanib uşlab qöyayotganini közlari xonasidan çiqib kuzatdi. Şu paytda uning şerigi oldingi eşik yonida ataylab tuşirib yuborgan tiyinini enkayganiça örindiqlar tagidan axtarib, yölovçilarning tuşişlariga xalaqit berardi. Hamma bir-birlarini itarib bor kuçi bilan oldinga intilar, orqadagi yigit esa: “Nimaga siljimayapsizlar, tezroq tuşaylik. Qani, surildik!” – deya  qisilib qolgan yölovçilarni battar siqib kelardi. Avtobus içida endi ğala-ğovur örnini qiy-çuv egallab olgan, hamma bir-birini ayblab baqirar edi…

  Mahmud RAJAB

“Yoşlik” jurnali 2011-yil 11-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)