10 daqiqada öqiladi

342 marta körilgan

Azaliy muammoning yangiça tadqiqi

Muborak hadislarda: “Ölim möminga qilingan tuhfadir”, deyiladi. Dunyoga kelgan har bir insonki bor, ölişini bilib yaşaydi. Möminlarning yaxşiroqlari esa munosib öla bilişga intilib kun keçiradi. Çunki ölimda vasl bor. Har qanday odam ham ölimning haqligini biladi, ammo bu hodisa haddan taşqari sirli va nomaʼlum bölgani uçun barçaning köngliga qörquv soladi. Şu boisdan şaraf bilan munosib öla biliş mömin uçun mukofot bölsa, dahriy uçun yöqlik sari qörqinçli yöldir. Insonning öta serqirra ruhiy dunyosi kutilmagan murakkab vaziyatlarda tölaroq oçiladi. Şuning uçun ham odamning asl qiyofasi, uning qanday yaşagani ölimga röpara kelganda yaqqol namoyon böladi. Uşbu sabablarga köra badiiy adabiyotda ölim tasviriga bot-bot töxtalinadi. Zero, odamning har qança davom etgan hayoti baribir mamotga olib boradigan yölgina ekan, odam ruhiyatini tekşirişga daʼvat etilgan söz sanʼatining unga alohida eʼtibor qaratişi tabiiydir.

Biologik faktorning estetik hodisaga aylanişi, yaʼni ölim holatining badiiy adabiyotdagi tasviri muammosi öta muhim ilmiy masalalardandir. Aslida tanatologiyaning tekşiriş obyekti bölmiş bu muammoga bağişlangan qator ilmiy tadqiqotlar Yevropa va rus adabiyotşunosligida azaldan mavjud bölsa-da, özbek adabiyotida mazkur masala monografik tarzda örganilmagan, binobarin, ölim hodisasining milliy adabiyotdagi tasvir tamoyillarini tayin etiş borasida muayyan kemtiklik bor edi. Yoş olima, filologiya fanlari nomzodi Xurşida Hamroqulova Özbekiston Milliy kutubxonasi naşriyotida çop etilgan “Adabiyotda hayot-mamot muammosi” deb atalgan monografiyasi  bilan özbek adabiyotşunosligidagi ana şu kemtiklikni töldirişga urindi.

Kitob muallifi uşbu muammo ilmiy tadqiqini uning tarixiy ildizlariga nazar taşlaşdan boşlaydi. Şu bois qadimiy bitiklarga tayanib, ölim muammosining ilk badiiy talqinlari qanday bölganini aniqlaşga tutinadi. Mamot masalasi “Alp Er Tönga” marsiyasi, moniylar tavbanomasi deb qaralayotgan “Xuastuanift”, “Avesto”, Örxun-Enasoy bitiklari, “Oltun yoruq” singari qadimiy manbalarda öziga xos tarzda talqin etilgani, Yusuf Xos Xojib, Alişer Navoiy asarlarida esa islomiy falsafaga töyingan holda öta teran tasvirlanganini misollar yordamida işonarli körsatib beradi. Ularni öqiş asnosida tadqiqotçi taʼkidlaganidek: “Islomgaça bölgan dinlar taʼsiri ostidagi turkiy adabiyotni kuzatar ekanmiz, odamlarning hayot va ölim tuşunçalaridagi evrilişlarga guvoh böla boramiz”.

Çindan ham ölimning voqe bölişi ham, uning mohiyati ham özgarmagani holda unga yondaşişning özgarişi odam ruhiyatida turfaliklarni yuzaga keltiradi. Şuning uçun ham olimaning: “Mumtoz adabiyotimizda ölimga munosabat sof islomiy talqinlarga asoslanganidan uni abadiy dunyoga robita deb bilişadi”, degan qaraşi öquvçini işontiradi. Özbek mumtoz adabiyoti qahramonlari bölmiş komil şaxslar uçun ölim jazo ham, qörqinç ham emas, balki intilinadigan saodat, najotga eltuvçi yöl ekanining sababi tadqiqotçi tomonidan örinli izohini topgan. Uning: “…mumtoz adabiyotimizda ölim qörqinçli emas. Maqsad − Yaratgan vasli, ölim esa unga vosita bölgan… Haqiqiy vaslni izlagan solih ölimni orzu qiladi va …ölimdan maʼno topadi” tarzidagi qanoati tekşirilgan mumtoz asarlar matniga tayanib çiqarilgani bilan eʼtiborga loyiq. Muammoning Ğarb adabiyotidagi talqinlari va tadqiqi xususida olima bildirgan fikrlar ham öquvçini befarq qoldirmaydi.

Monografiyada Xurşida ölim muammosini köproq yangi özbek adabiyotidagi realistik asarlar misolida örgangan. Maʼlumki, realistik asarga qöyiladigan asosiy talab voqelik tasvirining hayot haqiqatiga mos kelişi lozimligidir. Xöş, qahramonini ölimga röbarö etgan realist ijodkorlar bu qoidaga qay darajada amal qildilar? Muallif bu savolga jöyali javobni tanatolog va psixologlarning ölimga doir tadqiqotlaridan olingan ilmiy fikrlar bilan özi tekşirgan asarlardagi mamotga doir badiiy talqinlarni soliştirgan holda berişga erişadi. 

Kitobda ölim hodisasining milliy-islomiy yösindagi badiiy tasviri borasidagi holat buyuk adib Abdulla Qodiriy romanlari misolida batafsil tekşirilgan. Tadqiqotçi Otabek va Anvarning ölim bilan yuzma-yuz kelgan vaziyatlar tasvirini berişda yozuvçining milliy-islomiy asoslarda şakllangan dunyoqaraşi hal qiluvçi örin tutganini taʼkidlaydi. Şuningdek, Abdulla Qodiriy qahramonlarini bu qadar yuksaklikka kötarib turuvçi jasurlik va dovyuraklik aslida adib şaxsiyatidan suv içganiga ham diqqat qaratadi. Muallif Qodiriy qahramonlarining ölim oldi holatlarini Oybekning “Qutluğ qon” romanidagi Gulnor, Çölponnning “Keça va kunduz” romanidagi Akbarali mingboşi timsollari ölimi tasviri bilan qiyoslab örganiş orqali har bir yozuvçi ijodiy niyatini röyobga çiqarişda turli yöllardan borganini, ularning mahorati ham tasvirda har bir adabiy qahramonning saʼjiyasidan kelib çiqib iş körganida namoyon bölganini işonarli körsatadi.

Kitobda Otabek obraziga alohida ahamiyat qaratilganligi bejiz emas. Abdulla Qodiriyning qahramon keçinmalarini rangin böyoqlarda jilolantiriş va ruhiyatini alğov-dalğov qilgan pörtanali özgarişlarni körsatişda ölim holatlari ifodasidan qanday foydalangani ayni şu timsol tasvirida yaqqol namoyon bölgan. “Ötkan kunlar” asari davomida yozuvçi boş qahramonni bir neça bor ölimga röpara qiladi va monografiya muallifi aytganiday: “…ölimga yuzma-yuz keliş har safar Otabek ruhiyatida özgariş yasaydi. …Kumuş ölimidan söng Otabekdagi keskinlik nafaqat ota-onasining qarşiligini sindiradi, balki özini qaytadan kaşf qiladi. Yozuvçining maqsadi şu daqiqalarda Otabek ruhiyatiga köçadi. …Asar davomida adib Otabekni ayni maqsad uçun tayyorlab kelgani, Otabek ham sinovlarda toblanib bölgani maʼlum böladi. Bularning bari ölim tufayli yuz beradi. Körinadiki, heç bir kuç ölim insonni özgartirganidek yangilik yasaşga qodir emas”. Haqiqatan,  betakror roman matni zamiriga yaşirilgan ijtimoiy maʼno ham ayni ölim holatlari tasviridan kelib çiqadi.

Inson hayoti sinovlarning uzilmas zanjiridan iborat. Odamning maʼnaviy darajasi ham aynan sinovlardan qanday ötişi bilan belgilanadi. Şu maʼnoda şaxsiy turmuşdagi omadsizliklar birovlarning irodasini toblaşga xizmat qilsa, irodasiz kimsalarni xudkuşlik fojiasi sari yetaklaşi ham mumkin. Yangi özbek adabiyotida xudkuşlikning öziga xos va betakror tasviri Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida berilgan. Tadqiqotda Saidiyni hayotdan bezdirgan, ölim sari yetaklagan kuç qayerdan paydo bölganini aniqlaşga alohida eʼtibor qilingan. Olima Saidiyning irodasini yemiruvçi kuç katta-kiçik omadsizlik va yöqotişlar tufayli asta-sekinlik bilan paydo bölgani, bunga obraz tuşib qolgan ijtimoiy muhit yoki uni örab turgan odamlar taʼsiridan köra, qahramonning özi, uning tabiatidagi xudbinlik sabab bölganini işonarli körsatadi.

Çindan-da Saidiy singari murakkab tabiatli, heç kimga va heç qaçon fidoyilik qila olmaydigan, hayotiy muammolarni bartaraf etiş uçun boş qotirişni istamaydigan, ayni vaqtda hamişa öziga mahliyo şaxslar har qanday zamonda ham fojelikka moyil böladi. Çunki bunday kimsalar özlarini oçunning markazi deb biladilar va hamma bularning manfaatiga xizmat qilişni istaydilar. Odam isini yoqtirmaslik, boşqalardan çetlaniş, faqat özini öylaş har qanday isteʼdodli şaxsni ham alaloqibat halokatga eltişi kitobda Saidiy timsoli tahliliga tayanib, puxta asoslab berilgan.

Insonning omadyorligi yo omadsizligi, hayotdan öz örnini topişi yo topmasligi har doim ham ijtimoiy muhitga boğliq bölavermasligi, bunda köpinça şaxsning özi, uning saʼjiya va tabiati yetakçi örin tutişi olima tomonidan atrofliça asoslangan. Boşi berk köçaga kirib qolganini anglagan va bu vaziyatdan qanday çiqib ketişni bilmagan irodasiz va qanoatsiz inson uçun dunyoning qiziği qolmaydi. Oqibatda u maʼnisiz hayotdan qutulişning yagona çorasi sifatida ölimni tanlaşi mumkin. Çunki bunday şaxs maşaqqat çekişga, muammolarni hal etişga ojiz. Saidiy ana şunday noçor, yaşaş uçun kuraşişga yaroqsiz, hayotdan hafsalasi pir bölgan şaxs edi. Unga yaşaş − maşaqqat, ölim − bu maşaqqatlardan osonroq qutuliş yöli bölib tuyulgani şundan. “Sarob” romani qahramonlari fojiasini tahlil qiliş natijasida tadqiqotçi: “Abdulla Qahhor inson qismati fojiasi, nihoyat ölim oldi holatlari har qanday qobiqni yorib çiqa olişini, unga heç qanday mafkura daxl qilolmasligini, inson tabiati biror qolipga tuşmasligini Saidiy misolida kitobxonga anglata oldi”, degan xulosaga keladi. Bu örinda omonatga berilgan joniga xiyonat qilgan, daʼvosi katta-yu, irodasi kuçsiz kimsaning ayanç taqdiri romanda qançalik mahorat bilan körsatilgani işonarli ilmiy izohini topgan.

Monografiya muallifi ölim oldi holatlarida qörquv va fojiaviylikning psixoanalitik asoslari nimalardan iboratligini Odil Yoqubovning “Uluğbek xazinasi” asari misolida tekşirgan. Ölim şunday kuçki, uni heç qanday vosita töxtata olmaydi. Aksariyat odamzot qaçondir ölimga röbarö bölişini bilsa-da, dunyo hoyu-havaslariga bandi bölib, nafsiga qul bölişdan baland turolmaydi. Öziga xiyonat qilib, özgalarga zulm ötkazib yaşagan inson boqiy dunyoda barça qilmişlari uçun javob berişi kerakligini bilgani uçun ölimdan qörqadi va uni vahima bilan qarşi oladi. Baʼzan ölimdan qörquv tuyğusi insonni ölimga tezroq yaqinlaştirişi ham mumkin.

Romandagi Uluğbek obrazi misolida “..sönggi daqiqalarda ham özligini yöqotmagan, taqdiriga tadbir köruvçi emas, unga peşvoz çiqadigan qahramon”ning ölimdan qörqmasligi sabablari ruhiy-maʼnaviy jihatdan körsatib beriladi. Abdullatifni esa hayotining sönggi nafasiga qadar ölimdan qörqiş tuyğusi bir lahza ham tark etmasligi ham hayotiy nuqtayi nazardan asoslanadi. Monografiyaning şu örinlarida tadqiqotçi Uluğbek bilan Abdullatif örtasidagi ziddiyatlarnining asarda tavirlaniş yösinini sinçkov ruhşunoslardek tadqiq etgan. U ota-bola munosabatlaridagi kelişmovçilik va ziddiyat tasodifan yoki faqat atrofdagilarning taʼsirida paydo bölmagani qanday tasvirlanganiga eʼtibor qaratadi. Asarda adib xolislik pozitsiyasida turgani, biror timsolni nuqul uluğlaş, boşqasini esa faqat qoralaş yölidan bormagani romanning badiiy barkamolligini taʼminlagani misollar asosida körsatiladi.

Kuçli qörquv insonni ruhiy muvozanatdan çiqarib yuborişi mumkinligi, vijdoni xotirjam bölmagan şaxsni ölimdan qörqiş tuyğusi heç qaçon tark etmasligi borasida Odil Yoqubovning  “Uluğbek xazinasi” romani bilan Leonid Andreyevning “Osilgan yetti kişining hikoyasi” asaridagi timsollarni qiyoslaş orqali olima şunday töxtamga keladi: “…millati va tilidan, saviyasi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar ruhiyatida tozalik sezmagan insonga ölim hamişa qörqinç solaveradi”.

Tadqiqotçi O. Yoqubovning “Köhna dunyo” romanini Maqsud Qoriyevning “Ğaznaviylar” asari bilan özaro qiyoslaş asnosida murakkab ruhiyatga ega şaxs qismati dramasi tasviri yuzasidan qimmatli xulosalar çiqarişga erişgan. Maʼlumki, Mahmud Ğaznaviy ulkan saltanat yaratgan murakkab tarixiy şaxs, u haqda turliça qaraşlar mavjud. Olima O.Yoqubovning muddaosi kitobxonni bu şaxs haqidagi tarixiy haqiqatlardan ogoh etiş emas, balki “hayot va ölim oraliğida tebranayotgan inson ruhiyatidagi pörtanalarni oçiş va ilm ahli misolida ölimni mahv etiş, hukmdor misolida esa ölim insonni mahv etişining badiiy talqinini beriş” ekanini timsollar tasviriga tayangan holda juda bilgiçlik bilan işonarli körsatib beradi. Ana şu qaraşlarga asoslanib: “Qahramon xarakterining sof psixo-biologik jihatlarini oçişda yozuvçi …insonning ölim bilan yuzma-yuz holatini tanlaydi. Va şu orqali ölim jismoniy yakun emas, ölim – hayotning qimmatini belgilovçi mezon, ölim – hayot gözalligi kaşfiyoti, ölim tufayli boqiy dunyoga har kim öz darajasida qadam qöyişi kabi abadiy haqiqatni uqtiradi”, degan öta muhim va yangiça ilmiy töxtamga keladi.

Monografiyada Toğay Murod, Nazar Eşonqul, Zulfiya Qurolboy qizi kabi ijodkorlarning asarlari tahlili doirasida hayot va ölim muammosi mustaqillik davri adabiyotida öziga xos yösinda tasvirlanganiga töxtalingan. Tadqiqotçi mustaqillik davri nasrida ölim muammosini tasvirlaş bobida masalaning tabiiy-biologik va milliy-islomiy talqinlariga köproq urğu berilganini taʼkidlaydi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida ijodkorlar voqealarni körsatişdan köra, tasvirga olingan şaxsning ruhiyati, uning içki olamini badiiy tadqiq etişga köproq eʼtibor qilmoqdalar. Zamonaviy özbek adabiyoti taraqqiyotidagi bu ustuvor holat monografiyada “Jaziramadagi odamlar”, “Jimjitxonaga yöl”, “Uruş odamlari”, “Bu dunyoda ölib bölmaydi” singari asarlar tahlili orqali yoritilgan.

Ölim muammosini yoritişda uşbu asarlarga ijtimoiy-siyosiy omillardan köra köproq odamzotga xos tabiiy tuyğularning asos qilib olinişi qahramonlar ruhiy olamiga çuqurroq nazar taşlaş imkonini berganligi olima tomonidan işonarli körsatilgan. Şu bois X.Hamroqulovaning: “…içki olamning teran tahlili inson mohiyatini örganişga tomon qadamdir. Zero, hayot va ölim falsafasini idrok qiliş mohiyatni belgilaydi”, şaklidagi fikri öquvçiga maʼqul keladi.

Xurşidaning: “Zulfiya Qurolboy qizi ijodida yangi talqindagi obrazlar ham uçraydiki, bu obrazlar mohiyat eʼtibori bilan abadiylikka muhrlanadi. Ana şunday qahramonlari sirasiga “O, hayot” hikoyasidagi Nazar çolni kiritiş mumkin”, yösinida bir qadar keskin aytilgan fikri ham adiba yaratgan timsol mohiyatini oçişga astoydil urinilgani bilan eʼtiborni tortadi. Tadqiqotçi Nazar çol timsoli misolida vaqtida öla bilişning ham neʼmat ekanligini nozik ilğagan va şu hikoyada adibaning mahorati yorqin namoyon bölgan örinlarni töğri körsata bilgan.

Bir söz bilan aytganda, Xurşida Hamroqulovaning “Adabiyotda hayot-mamot muammosi” kitobi adabiyotşunosligimizni tilga oliş unça yoqimli bölmagan, ammo har bir insonga hamişalik şerik bölgan bir tuyğuning milliy adabiyotdagi ifodasi borasidagi yangi talqin bilan boyitdi.

Kitobda tuzatilişi lozim bölgan kamçiliklar ham yöq emas. Xususan, ayrim örinlarda maromiga yetmagan ifodalar borligi, baʼzi jumlalardagi uslubiy ğalizlik, qator imloviy xatolar mavjudligi yaxşi yozilgan ilmiy asarga bir qadar soya taşlaydi. Tadqiqotçi ayrim asarlarni tahlil etayotganda tekşirayotgan muammoning badiiy ifodasi qanday bölganini aniqlaşdan köra, masalaning qöyilişiga köproq eʼtibor qaratadi. Körsatilgan kamçiliklarga qaramay, uşbu monografiya öta qaltis azaliy muammoni badiiy ifodalaşdagi ilmiy tamoyillarni yangilangan soğlom tafakkurga muvofiq yösinda belgilab berganligi bilan katta qimmat kasb etadi.

Qozoqboy YÖLDOŞ,

Şahnoza ERGAŞEVA.

“Yoşlik” jurnali 2010/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)