30 daqiqada öqiladi

341 marta körilgan

Noyabr kuyi

Noyabr kuyi

(Qissa)

 

 

Olam içra vujud…

Vujud içra köngil…

Köngil içra xotira…

Xotira içra esa heç narsa qolmadi…

 

 

Uç kunda kuz keldi. Dunyo qaridi…

Iqbol MIRZO

 

1

Yozişdan töxtadim-u boşimni ilkis kötardim. Köz oldim qoronğilaşib, bir muddat xonani, undagi buyumlarni idrok qilolmay qoldim. Ehtimol, yana qon bosimim pasayib ketgandir. Piça özimga kelgaç, qoğoz-qalamni yiğiştirib, dahlizga ötdim. Ayolimni çaqirdim – quyuqroq qora çoy damlab bersa yaxşi bölardi. U yoq-bu yoqqa çiqqanmi, hadeganda ovozi kelavermadi.

Hovlida guvranib esayotgan keçki şamol derazalarga qoplangan suvqoğozni şopillatib oynalarga uradi, çoğroq ekinzordagi uyum-uyum xazonlarni şopiradi. Köçaga quloq soldim – na biron bir qadam tovuşi, na bir şarpa eşitiladi. Bunday rutubatda köça keziş kimga yoqadi? Dahlizga qaytib kirayotganimda, içkari uyda qolgan qöl telefonimning jiringlagani eşitildi.

 – Alö, eşitaman, alö-ö.

U yoqdan heç kimning ovozi kelmadi, aksinça, yomğir yoğişinimi, köçaga suv sepilişinimi eslatuvçi sas quloğimga urildi. Törtburçak xontaxta yoniga çökdim, telefonni yelkam bilan çap quloğimga qisgança eşitib ötiraverdim – naryoğda esa hanuz şiğirlagan sas-sado. «Unga şu işi zavq berarmikin?» deya öyladim. Lekin miyamga urilgan boşqa bir öydan özim ham allaneçuk bölib ketdim – «Menga-çi, mengayam zavq beradimi?!». Rosti, uning bu taxlit yöqlaşlariga yillar davomida könikib bölganman. Buni kundalik ehtiyoj, desa, kulgili bölar-u, ammo men uning bunday qönğiroğini har kuni kutaman. Garçi bir oğiz gapirmasa ham.

Gazxonaga ötib çoy qöydim, şirintaʼma bölib muzlatkiçni oçdim. Nonuştadan qolgan behili murabbo bor edi, şuni çoyga qöşib içsammi… Ammo niyatim özgardi, murabboni qaytarib joyiga qöyib, xonamga ötdim, portfelimda bir bölak şokolad qolgandi, şuni yeyaqolay, dedim. Çoy qaynaşini kutib, şokoladdan kiçkina-kiçkina sindirib oğzimga solarkanman, taşqariga nazar soldim. Yomğir tomçilayapti, boyagi rutubat biroz yumşagan, egri-bugri daraxtlar, ularning ostidagi moğor bosgan barg-xazonlar, çilp-çilp loy bölib qolgan tuproq yölakçadan xuddi kuy taralayotgandek – kuzning ezgin kuyi.

Uning boyagina qilgan qönğiroği yodimga tuşdi, demak ular tarafda yomğir yoğa boşlagan ekan-da. Menga yomğirning ovozini ilinibdi-da. Balki, bu sokin faslning sehrli-sirli qöşiğini birga tinglamoqçi bölgandir? Men-çi, mening xayolimga kelgan bölarmidi bu fikr? Ehtimol, bunday eslaş, yaxşi narsalarni unga iliniş sira xayolimga kelmasligini bilgani uçun ham vaqtida yöqlagandir, qönğiroğimni kutib, ammo uni şu tobda eslamaganim uçun mendan xafa bölib qolmaslikka urinib qilgandir bu işni? Xullas, uning içi menga qoronqu, sirligiça qolib kelayapti.

Ğovlidagi taqir-tuqirdan xayolim yiqiştirildi. Xotinim tarnovlar tagiga çelak qöyayotibdi. Uning yomğirda qolgan ul-bul narsalarni yiğib-saranjomlab dahlizga kirişini kutdim. Bu orada çoy qaynadi.

 – Qayerlarda qolding?

 – Şundoq özim. Sizga xalaqit qilmay deb yangi qöşninikiga çiquvdim. Qaytgunimça yomğir quyib yubordi.

Ayolimning gapidan keyin hovliga yana bir qarab oldim. Endi yomğir şitoblagan, halidan beri quloğimda aylanayotgan mahzun ohangdan asar ham qolmagandi. Hamma narsa yomğirning şaştiga könikkandek mömin-qobilgina bölib turibdi.

«Çoy içasizmi?» söradi xotinim. «Ha, damlab beraqol». Men unga boş irğayotib, közlarini körib qoldim. Doimgidek öyçan va hadikka töla, xijolat bölib ketdim. Men bu ahvolga köp bora tuşganman, uning nigohlarida birgina savol bor – uni ham bilaman, ammo ana şu savolga javob berişni hamişa orqaga taşlab kelayapman. Bu mening «kuzning kuyi»dan-da oğirroq, maʼyusroq kuyim. Bu kuy har kuni uyimda jaranglaydi, uni quloğim tugul yuzim, közu qoşlarim bilan ham tinglay olaman. Va mana şu ohang sönggi kunimgaça qölimdan tutib yetaklaydigan çorlov ekaniga imon keltirganman. Bu kuyning har bir pardasiga, sokinligiyu avjiga mutloq tuşunaman va men bir umrga şu kuyga hukm qilinganman. Bu – yolğizlik kuyi, bu – kimsasizlikning ğamgin musiqasi.

* * *

«Bolalarni boğçaga taşlab ötasizmi?». Xotinim kiçkina qizimning nimçasini kiydirayotib, menga zimdan qarab qöyganini sezdim. «Dadasi, şimingizning taxi buzilibdimi, ölsin, keça eʼtibor qilmabman. Almaştirib olaqoling».

U mening boşqatdan yeçinib-kiyinişga azaldan hafsalam yöqligini biladi, şunday bölsa-da, aytadi-qöyadi. Boşqalarda qanday – bilmadim-u, ammo biz itğajiş bölib urişgan kunlarimiz ham salom-alikni, işga jönash oldidan xayr-xöşni kanda qilmaymiz. Ehtimol, şunçaki örganişdir, balki içki bir adolatimiz yöl bermas, nima bölganda ham, keçqurun harqança janjallaşmaylik, ertalab, işga ketiş oldidan xuddi robotlardek dağal va hissiz ovozda xayrlaşamiz: «Yaxşi borib keling». «Özing ham».

Lekin bugun unday emas, hartugul kayfiyatimiz yaxşi. Er-xotin suhbatlaşib nonuşta qildik, bolalarga issiq kiyim-keçak oliş haqida gaplaşdik. U mening qalpoğim, özining etigi biroz öngiganini eslatdi. Mana endi iş oldidan… öşa gap: «Yaxşi borib keling». «Özing ham».

Ikkala qizimni maşinaning orqa örindiğiga ötirğizib, kamarlarni tanğidim. Yölda hadeb savol beravermasliklarini, fikrim çalğişi mumkinligini odatdagidek tuşuntirdim. Ular bu tanbehimni eşitaverib yodlab olişgan, gapim tugamasidanoq, «xöp böladi, xöp böladi», deya maşinani tezroq yurgizişimni kutişadi.

Jiblajibonlarimni boğça opasiga topşirib, maşinaga benzin quyib, işxonaga ön beş daqiqa keçikib keldim. Kabinetim eşigiga kalit solişim bilan kotiba qiz yugurgilab kelib, biroz oldin meni direktor yöqlaganini aytdi. «Yaxşi, hozir», dedim-u, kabinetga kirib yomğirpöşimni qoziqqa ildim. Xona sovuq, hali qişki isitiş tizimi ulanmagan, chiroqni yoqsam ham taşqaridagi bulutli havoning taʼsirida içkari unçalik yorişmadi. «Nima gapi bor ekan direktorning?», kotibaning eslatmasini öylay boşladim. «Tunov kungi gap tağin qözğalarmikan? Axir kap-katta rahbar bölsa, bu işni nima uçun özi hal qilib qöya qolmayapti, nega hadeb mening fikrimni bilişga qiziqayapti? Xöp, öşa yigitga yordam beriş kerak ekan, bersin. Qölyozmaning peşanasiga gajakdor imzosini qöyib bersa, böldi, vassalom». Şu xayollar bilan xonadan çiqayotgandim, qöqqisdan eşigim oçildi – «Kofe qaynatayotuvdim, sizga ham olib kiraymi?», söradi qöşni xonada işlaydigan yangi xodima. «Yaxşi bölardi, rahmat. Bokalim yuvilgan».

Direktor odatdagidan köra yaxşiroq kayfiyatda edi, salom-aligi ham quyuqroq böldi, hatto televizorning ovozini pastlatayotib «Sizga şovqin yoqmasligini bilamiz, oğayni», deb qöydi. Doimo şunday, u meni hamişa «oğayni» deb çaqiradi, ehtimol unga şu qulayroqdir. Insof bilan aytganda, u yaxşi odam, ğamxör rahbar, ammo bir narsa – pulni otasidan ham aziz körişi uning aft-angoriga ham urib ketgan. Çuvak yuzida hamişa sovuqqonlik turadi, hadeganda kulavermaydi.

– Oğayni, yana öşa gap. Ehtimol, bir-ikki kun içida fikringiz özgargandir. Öşa yigitni bir qöllavorsak, şu bilan iziga tuşib ketar?

Direktor bu gaplarni közimga qaramay sözladi, çehrasida ğalati ifodalar özgarib turardi. Xijolat çekayapti deb öylaganim uçun u gapini yakunlab, savol nazari bilan qaraşi hamono men ham közimni olib qoçdim. Lekin bu masalani yana çuvalaşgan holda qoldiriş kerak emas, yo direktor, yo men tezroq yon berişimiz kerak edi.

– Mömin aka, sizga öşa kuni ham aytdim, – iloji boriça xotirjam gapirişga urindim men, – deylik, öşa yigitning kitobiga qöl qöyib beraylik, bosişga topşiraylik ham. Lekin bundan kimga foyda? Tuppa-tuzuk joyda işlarkan, topiş-tutişi ham yomonga öxşamaydi, nima qiladi özining ham, bizning ham boşimizni qotirib? Ertaga kitobi yaltir-yultir muqovada naşr qilinadi, peştaxtalarga çiroyli qilib terib qöyiladi, biroq bu asarni birov qöliga olib qaraydimi-yöqmi, buyoği sizga ham qoronğu.

Direktor avzoyini özgartirmadi, faqat yuzimga tikilgança bir alpozda turaverdi. Men qizişib ketib uning köngliga tegadigan gap gapirib qöymadimmi, deb özimni tahlil qila boşladim. Lekin içimdagini aytganimdan yengil tortgan edim, ana, stolim ustida duppa-durust bir asar mana şu direktorning ruxsatini kutib yotibdi, özim neça bor şu xonaga kötarib kirib, bir-biridan ğalati bahonalarni eşitib çiqqanman. Axir odamlar nimani öqişni yaxşi biladi, biz zörlab tiqiştirolmaymiz.

Direktor sokin ovozda murojaat qildi:

– Endi mundoq, oğayni, gapning pöstkallasini aytsam, u bizga kerakli odam. Hmm, nima demoqçiman, men aslida bir oğiz gap bilan bir oyga qoldirmay çiqarib berardim öşa kitobni. Lekin gap boşqa yoqda, biz gaplaşayotgan yigitning niyatigina meni uşlab turibdi. Öşa ukamiz birinçi kitobiga aynan siz muharrir bölib berişingizni istayapti. Endi tuşungandirsiz nega sizning oğzingizni poylayotganimni?

Dong qotib qoldim, uning oxirgi gaplari men uçun tamoman hayratlanarli edi. Axir azbaroyi asarning saviyasizligi uçun ham uning çop qilinişiga qarşi edim, naşriyotning obröyini yöqotmaslik uçun rahbarning taklifidan böyin tovlayotgandim-ku. Qanday qilib özing xom-xatala, bir pulga qimmat deb turgan qölyozmaga muharrirlik qiliş mumkin? Fikrlarimni jamlab, direktorga yuzlandim.

– Siz aytayotgan öşa «nasihatnoma»ga muharrirlik qilişdan köra, uni boşqatdan yoziş osonroq. Bir jumlani töğri yozolmaydigan savdogardan nega yozuvçi yasayapmiz?! Yozganlari, keçirasiz-u, maktabda yoziladigan inşodan ham battar!

Men endi ançayin qizişib ketgandim. Qöllarim titray boşlagan, quloqlarimgaça qizib ketgandi. Ammo rahbarim heç bir özgarişsiz, közlarini menga qadagança ötiraverdi. Tavba, nega u miq etmay eşitib turibdi, boşqa odam bölsa, meni quyuşqondan çiqqanlikda ayblardi, heç bölmaganda hurmatini peş qilardi. Direktor esa, biz xuddi yaxşi gaplardan gaplaşayotgandek nim tabassum bilan pinagini ham buzmasdi. Balki şunaqa bosiqligi uçun ham rahbar bölib ötirgandir, bu fazilatiga qoyil qoliş kerak.

Uning oldida özimni noqulay sezib, «Menga ruxsat» deya qözğaldim, uşbu gapim bilan bu mavzudagi suhbatimiz ham tamom bölganini bildirmoqçi edim. Direktor meni eşik oldigaça kuzatdi va «Sizning isteʼdodingizni juda qadrlayman, siz yaxşi ijodkorsiz. Ammo bilib qöying, öşa kitob baribir naşr etiladi», dedi.

* * *

Men odamlardagi istak-mayllar nega bu qadar xörlanişi haqida juda köp boş qotiraman, ularning his-tuyğulari nimalar evaziga boy berilişini, nega inson bolasi közlagan maqsadlariga erişgani sayin dağallaşib, qalbi xira tortib borişini tahlil qilişga urinaman. Yuraklarni körinmas ip singari boğlab-çirmab turgan riştalar, pokiza hayajonlar, hayratlar nega bunçalik jonsizlanib borayotganini heç tuşunolmayman. Eng ayançlisi, ular şu taxlit hayotni tobora afzal körişayotgandek tuyuladi menga. Har kuni uydan işga, işdan uyga bir maromda kelib-ketuvçi odamlar taşqaridan qaraganda juda tartibli, sipo körinişadi. Buning ustiga, har bir sözni çertib, orqa-öngiga qarab gapiradilar. Fasllarning almaşişi, maysalar unişi, xazon tökilişi, bunday narsalar allaqaçon ularning eʼtiboridan çetda qolgan. Heç kim minglab maşinalar ostida ezilib yotgan asfalt yöllarning yomğir yoğayotganda ajoyib bir rangga kirişini kuzatmaydi. Bu jozib manzaralarga bir fursatgina vaqt ajratgan odam özini hayotdan orqada qolgan, çorasiz va miskin sezadi. Va, alal-oqibat, vaqt bilan çopişa-çopişa kunlarni, yillarni qurbon qilib yuborişadi.

Nega bularni öylayapman, özim ham hayronman.

Şom qoronğusida maşinamni şahar çetidagi «Pikko» kafesi oldida töxtatdim. Içkariga kirayotib bir quti tamaki sotib oldim, şu payt beixtiyor eʼtibor qilibman – dökon darçasidan tuşayotgan yoğduda qor uçqunlayapti. Bu qanaqasi böldi, hali erta edi-ku, havo ham unçalik sovuq emas. Bugun töqqizinçimi, tavba, hali qişga bir oyça vaqt bor, bu yil sovuq qattiq bölarkan-da.

Stolga ötirişim bilan xizmatçi qiz yetib keldi. U joylaşib olişimni kutib, söngra odob bilan söradi:

– Nima içasiz?

– Şaftoli şarbati, quyuqroq bölsin.

– A, yuz gramni-çi, keyinroqmi?

Nima deyişni bilmay qoldim, hozir «Men içmayman» desam kulgili bölsa kerak-a! Şunday raso erkak içmayman desa, işonişarmikan, ehtimol «Şarbatingni uyingga borib içsang ham böladi», degan xayol ötar bu qizlarning boşidan.

– Men içmayman, – dedim nihoyat.

Xizmatçi qiz tabassum bilan «Yana nima buyurasiz?» deya söradi. Men ikki xil ovqat aytdim, nariroqqa borganda esa kuldonni ham tayinladim. Qiz ketgaç, uning tabassumi haqida öylay boşladim. Bunday jilmayiş ularga odatmikan yoki istehzo qildimi, balki içmasligimni eşitib quvongandir ham. Qiziq, odamning hatto kulgisini ham tölaligiça tuşunib bölmaydi. Axir heç jahonda kulayotgan inson «Men şu sabab bilan kulayapman», demaydi-ku. Qaytib kelganda özidan sörab köraymi? Nima derdi – şunçaki özim, deydi-qöyadi-da, qöşimçasiga ensasini qotiradi. Aytayapman-ku, kulgan odam şu-şu sababdan kulayapman, deb şarhlab ötirmaydi.

Atrofimni kuzata boşladim, kimlar kulgan, kimlar boşini boşiga tirab gaplaşib ötiribdi, yana kim iştaha bilan ovqatlanyapti. Kafening xilvatroq burçaklarida yoşlar. Mana senga şunça sabab. Şu çoqqina bino içida qança qayğu, qança soğinç, muammolar, şodliklar, ehtirosli suhbatlar. Xöş, men özim nima uçun bu yerga keldim, tamaddi qilganimi – uyda ovqatlansam ham bölardi, qolaversa, har kuni bu yerga kelib nonuşta yoki keçlik qilayotgan joyim yöq. Nega iş tugaşi bilan uyga ketmadim? Dam olişim, qizaloqlarim bilan öynaşim yoki bir-ikkita kitob titişim mumkin edi-ku. Xöş, nega? Çunki men qandaydir tuyğu – yolğiz qolişgami, biror narsani xotirjam öylab olişgami öxşaş, xullas, uydan ham, işxonadan ham topib bölmaydigan taskin izlab kelganman bu yerga. Bu yerda odam köp, ammo şunga qaramay, sen bemalol yolğiz, kişilar eʼtiboridan xoli qolişing mumkin. Kafeda ötirganlarning aksariyati ham aslida şu singari sabablar bilan kelişgan.

Ovqatni yeb bölib, grafindagi oxirgi şarbatni quyayotganimda telefonim jiringladi, quloğimga tutdim. U tomonda şu qadar jimlik ediki, beixtiyor entikib ketdim. Uning quloğiga qanday şovqin-suron borayotganini his qilib, xijolat çekdim. Balki u uyimdagi osuda hayotni, qaqajonlarimning tös-töpolonini, yo jimgina kitob varaqlab ötirganimni eşitaman, deb öylagandir. Narxlar yozilgan qoğoz va pulni xizmatçi qizga imo bilan körsatdim-da, taşqariga şoşdim. Telefonda esa, hamon jimlik. Ammo maşinamga ötirib, eşikni yopişim bilanoq, apparatdan qisqa-qisqa gudok kela boşladi – u maşinaga ötirganimga işonç hosil qilgandi. Bu orada daraxt şoxlarini, yöl çetlari va tunuka tomlarni yupqa va nafis qor qoplab ulgurgandi.

* * *

Avtomobillar ğildiragi qoldirayotgan izlardan men ham ötib borarkanman, tağin odamlar, turmuşning ğimir-ğimirlari orasida mana bu asfalt yöl ustida bir soniyagina avval borligi endi esdan çiqayotgan qor parçalaridek izsiz yöqolayotgan minglab his-tuğyonlar haqida öylay boşladim. Bu xil mulohazalar özimga betayin, tuturiqsiz tuyulayotgan bölsa-da, ammo könglimning allaqayerigadir xuş yoqayotgandi. Balki, çindan ham nimalarnidir öylaşga ehtiyojim bordir. Mana şu son-sanoqsiz, bir-birini kesib-uzib taşlagan izlardan minglab maşinalar ötgan, xöş, ular qayoqqa ketadi? Özimni olay, hozir uyga, ertaga yana şu yöldan işga qaytaman. Nega endi xayolimga kelgan zahoti rulni xohlagan bir köçaga burib yuborolmayman. Meni nima uşlab-jilovlab turadi? Oilamga sadoqatmi, işxonamga hurmatmi, millionlab odamlar nazaridagi tartibli hayotga munosib bölişlikmi – nima? Tasavvur qilaman, hozir uyga emas, duç kelgan biror yoqqa, masalan, daryo böyigami borib, sovuqda dildirab ötirsam, ammo şuning evaziga tip-tiniq osmonni, oyni, izğirin köçalarni tomoşa qilsam, ertaga nima özgaradi? Biror kişi bundan ziyon-zahmat çekadimi? Xotinim va bolalarim xavotir olişi mumkin, tuni bilan mijja qoqmay çiqadi, biroq ertasiga meni soğ-omon körgaç, öşa zahotiyoq keçagi xavotirlarni unutadi, yana hayot öz yölida davom etaveradi. Lekin men şu narsani bilgan holda, rulni heç qaçon, hatto bir marta bölsa ham manzili nomaʼlum yölga bura olmayman. Boşqalar esa ehtimol bu haqda öylab ham körişmas. Çunki bu taxlit «erkinlik»ning oqibatini özgalardan eşitişgan, vaqtni bunday sovurişga ularning közi qiymaydi, uyida ağanab yotsa-yotadiki, bunday daydişlarga huşi kelmaydi.

Darvoqe, qor ança tezlaşibdi, endi qança maşina ötmasin, yölni şiddat bilan qoplab borayapti. Lekin menga qor unçalik yoqmaydi. Yomğirning yöriği boşqa – u inson köngli bilan hisoblaşadi, soçlaringiz orasiga, böyin va bilaklaringizga erkalanib singadi, yoğişi ham çiroyli, şaffof tomçilar közingizga körinib-körinmay, xuddi osmondan yerga tortilgan millionlab iplar böylab oqayotgandek, ajib sukunat bilan yoğadi. Yomğirning yana bir muhim tomoni şundaki, u har qança yoğmasin, nigohimiz tuşib turgan biror rangni kömib yuborişga urinmaydi, aksinça, asliyatni yanada ravşanroq körsatadi. Qor esa, qip-qizil, yam-yaşil tunuka tomlarni ham, qönğir yöllarni ham, qop-qora toğlarni ham faqat oqqa böyaydi. Axir odam deganning közi tinib ketadi-ku! Yerni ham, kökni ham, odamlaru maşinalarni ham faqat bir rangda köriş, bu – adolatsizlik emasmi?!

Mening bu fikrlarimni u hamişa oddiygina, göyo biror yoqtirgan musiqasini tinglayotgan odamdek xotirjam qabul qilardi, balki bu tentaknamo gaplarimga qarşi bölsa ham, indamay qöya qolarmidi? Yoki aynan şu narsalarga nisbatan öz qaraşlarining pinhon-sirligiça qolişini istarmidi, harqalay, doimo jimgina tinglardi, xolos. Çamamda, uni boşqa narsalar qiziqtirardi. Masalan, odamzodning özini özi hurmat qilişimi, kasal-kusal bölmay, hamma narsani örni-örnida, öz vaqtida bajarişimi, şunga öxşaş narsalarni köp gapirardi. Esimda, bir kuni poliklinikaga borganimni aytib qöydim. Men har qança tösqinlik qilmay, u kasallik varaqasini, buyurilgan dori-darmonlarni, yana allambalo mayda-çuyda qoğozlarni şoşa-pişa, ammo sinçiklab öqib çiqdi. Söng xavotirli közlarini yuzimga qadab, yaxşigina şamollaganimni aytdi. Oçiği, kulib yubordim, töğri-da, nimasi xavotirli buning. Şamollaganlar kammi?

Endi öylasam, aynan uning hadigu xavotirlari sabab men özimga işonib yurar ekanman. Atrofingizda sizga mehribon odam qança köp bölsa, siz şunça taltayasiz, erkaliklar qilgingiz keladi, mana buni ye, mana buni iç, deydigan odam bölsa, siz aynan öşa kişiga nisbatan noz-firoq qilasiz. Nega biz köçada, işxonada yoki mehmondorçilikda özimizni sipo, bamaʼni tutamiz-u, uyimizda sal narsaga baqir-çaqir qiladigan, jizzaki, hovliqma bölib qolamiz? Yetti yot ayollarning hurmatini joyiga qöyib olqiş olamiz-u, onamizni siltab-siltab taşlaymiz. Işxonada biror sabab bilan tuşlik bir-ikki soatga çözilsa çidaymiz-u, çoyi vaqtida qaynamagani uçun uydagilarni gizillatamiz. Bu odamlikka xos tuşunçalar, odatlarmi – nima bu?

Aslida, uning mehribonçiliklari ham meni alal-oqibat takabburlikka olib borayotgandi. Va borgan sari dimoğdorlik meni mahv etardi. Endi men uning ğamxörliklaridan azoblanayotganim uçun ham aynan unga nisbatan kibr saqlardim, xuddi özimni bekamu-köst odamdek tutişga tirişardim.

* * *

Tongda hovliga çiqqanimda, havo tozargan, ammo ançayin namçil-namxuş edi. Men bilgan kuzning kuyiga yana bir ohang qöşilgan – «çak-çik, çak-çik» qilayotgan bir maromdagi ovozlar quloq-quloqlargaça singib, asablarni parmalaşga ataylab urinayotgandek, butun hovlini tutib ketgandi. Keça oqşom boşlangan ilk qor yerning, hali çirimagan xazonlarning taftiga doş berolmay eriyotgandi, qor eriyapti-yu devorlar, yölaklar ustidan, daraxtlarning şir yalanğoç şoxlaridan hovur kötarilayapti. Xuddi uyning hamma burçagida mitti-mitti vulqonlar boru, öşalar biqirlab qaynab yotgandek. Tamaki tutatdim, içimga tutun bilan muzdek havo ham tortdim, badan-badanim seskanib ketdi. Şu alpozda, şu ezginlikda öyga toldim. Töğrisi, tabiatni kuzata turib, taşqi qiyofalar gözalligi yoki buning aksi haqida tasavvur qila boşladim. Nega biz köhlik, körkam qizlarga qayta-qayta qaraymiz. Ularning jozibasi nimada, nimasi mahliyo qiladi bizni? «Çiroyli ekan», deymiz, nimasiga qarab baho beramiz? «Mutanosiblik» degan söz keldi xayolimga. Rost-da, közu qoşi, rangi-yu qomati, yuzi-yu soçi bir-biriga uyğun qiyofalar közimizni olar, ehtimol. Şu uyğunlikni özimiz ham buzgimiz kelmaydi, deylik birorta çiroyli qiz haqida öylaganimizda uni nojöya, xunuk işlar qilib turganini, masalan, tupurayotganinimi, betamizlarça qiçqirayotganinimi xayol qilişdan harçand tiyilamiz, bunday xayoldan özimizni olib qoçgimiz keladi. Aksinça, istarasiz va axloqsiz ayollarga boğliq yoqimli taassurotlarimiz ham unçalik köp emas. Agar biror erkakşoda, nafosatdan uzoq qiz haqida gapirayotib, uning nazokat bilan muzqaymoq yeyişinimi, gulzorlarda sayr qilib yurişinimi aytsak, aksariyat odamlarning afti burişadi. Çunki ularning köngli bunday teskari tasavvurlarga tayyor bölmaydi, köp hollarda buni xohlaşmaydi ham.

Hozirgi manzara ham şunday teskari tasavvur uyğotardi kişida. Osmonga qarasang, köm-kök yalanglikda parça-parça bulut qiyqimlari, quyoşning kuçsiz nurlari yerga osoyişta oqib turibdi. Yerda esa… uyum-uyum qoraygan xazonlar, munğaygan uylar, qönjigaça loyga botgan oyoq kiyimlari, xullas şunaqa çalkaşliklar. Yöq, bular heç qanday çalkaşlik emas, aslida qanday bölişi kerak bölsa, şunday alpozda turipti. Faqat mening közlarim bu aks manzaralarga könika olmayotgan bölişi mumkin. Kördingmi, deyman özimga özim, osmonga, oyoğing ostidagi yerga bir lahza tikilib, şunça iztirob çekayapsan. Boşqalar ham özlarini xuddi şunday ortiq qiynamaslik uçun bunaqa narsalardan, öy-xayollardan köz yumib-quloq yopib ötişadi, vassalom. Ularning nazdida, sening bu kabi hamma narsadan aziyat çekişing bemaʼnilik, jinnilikdan bölak narsa emas! Buning örniga ular uylariga peçka qurişadi, ötin ğamlaşadi, teşik-tuynuklarni berkitişadi va şu taxlit tadbir-tadoriklar bilan har qanday faslni, har qanday qulay-noqulay şaroitlarni ham xotirjam, ortiqça hissiyotlarga berilmay, baʼzan esa bepisandlik bilan kutib olaverişadi.

Aslida, mening eng katta yöqotişim ham mana şunday iztirobdan qoçiş evaziga yuz bergandi, uning közlariga bir lahza bölsin qaraş, dengiz sathidagi ulkan bir kemadek çayqalib-tölqinlanib yotgan qalbidagi har bitta titraş-silkinişni tinglaş, tuşuniş azobidan qörqiş meni undan uzoqlaştirgandi. Kuzgi yaproqlardek omonat, majolsiz va sokin muhabbatining yuki ezib qöygandi, közlaridagi tubsiz-nihoyasiz umid, ilinjning oğirligi mening beçoraligimni tobora yuzaga olib çiqardi. Ammo men, ana şu yuk-zahmatlar orasida yançilib-toptalib ketayotganimga qaramay, ulğayayotgan edim, uning muhabbati ulğaytirayotgandi. Men qança qoçganim, özimni ojiz sezganim sari bu çeki-çegarasi yöq qoçqinlarning, çorasizliklarning mohiyatini anglaşga mahkum bölib borardim. Uning sevgisi şu qadar şafqatsiz ediki, meni bir soniya, bir nafas bölsin ayamasdi, taʼqib qilişdan çarçamasdi ham. Muhabbat mening ikki yelkamdan tutib, şunday qattiq silkirdiki, ilojsiz ravişda qaytadan önglanişga, uning bir nafasidan pardek tözğib ketgan borliğimni yangitdan tiklaşga majbur bölardim. U şunday şafqatsiz sevgi ediki, mening har bir sözim uning uçun qonun bilan barobar edi, u faqat mening borligimni tan olardi xolos va şu yöl bilan, yaʼni meni kamsitmaslikka urinib azoblardi. Bu xuddi sovuqda muzlayotgan odamni isitaman deb gurillab yonayotgan olovga otişdek gap edi. Bu – ming-minglab hujayralaringni, tomirlaringni, sezgilaringni dözaxdan dözaxga solib öynaşdir. Men bu adoqsiz xörlanişlarga hukm qilingan, uning sassiz-sadosiz, maʼsum va sokin muhabbati esa, şubhasiz, hukmfarmo edi. Men uni hamişa quçgim, bağrimga mahkam bosib, berayotgan uqubatlari uçun öç olgim, quçoğimda turib qanday yiğlaşini huzur bilan tomoşa qilgim kelardi. Biroq bu işlarim uning köngliga qanday yangi töfonlar solişini yaxşi anglardim, bu öç-olovdan keyin hozirgi azobu körgiliklarim ön çandon, yuz çandon ortişini öylab, yana quniş tortardim. Mening hatto şunga ham imkonim yetmasdi.

2

Agar kuz ijozat berganida, uni bunday ğussali kuylarga emas, şodumon, inson köngliga barça tomirlaridan oqib kiruvçi, agar bir kun tinglamasa, dunyodagi jamiki qalblar ilhaq-intizor bölib kutguvçi quvonç ohanglariga töldirib taşlagan bölardim. Ammo xazonlar fasli olamning köhna qoidalaridan çekinmadi, Tangri va Zamin örtasidagi azaliy mehvardan bir lahzaga bölsa ham uzila olmadi. Men esa, butun borliğim bilan qaytadan yaralgandek böldim, heç narsa körmagandek, heç qaysi hissiyotlarni tanimagan-bilmagandek yangitdan yaşay boşladim. Va şunday uni yöqotdim, va şunday odamlar köz öngida asta-sekin yöqola boşladim. Endi meni avvalgi dunyoim bilan faqat birgina qönğiroq boğlab qoldi, ana şu qönğiroqdan boşqa hammasi men uçun tamomila yangilik edi.

Ammo bu yangi hayotimda özimni heç kimga tuşuntira olmadim. Oilam uçun öşa-öşa oğir feʼl-atvorli, köça-köyda esa takabbur qiyofali odam sifatida qolaverdim. Ayançlisi, biror kişiga bölsin, «Men aslida mana bunday odamman», deya özimni izohlay olmadim. Endi, agar işxonada biror hamkasbimning sözi könglimga oğir botsa, uni oldimga ötirğizib, kerak bölsa soatlab gaplaşişni, uni ham, özimni ham vijdon azobidan qutqarişni öylayman. Biroq bu qölimdan kelmaydi, aksinça, yo içimga yutib indamay ketaman, yo uning ham dilini oğritaman. Yoki köça-köyda biror notaniş odamning nega iztirob çekayotganining, nimadan qiynalayotganining sababini bilgim keladi, men uning hayotiga özimni javobgar yoki tegişli deb his etaman. Biroq heç qaçon u bilan gaplaşmayman, aksinça, öşa odamning qarşisida juda ham ortiqça sezaman özimni. Ming afsuski, bu taxlit yeçimlarning hammasi irodamning kuçsizligini namoyon qilib qöyadi. Men endi avvalgi qiyofamdan ham battarroq şamoyilda edim, tobora özimga özim kömilib-öralib borardim. Undan, uning mehridan voz keçgan kunimdan eʼtiboran şaklsiz hayotning oddiy – minglab odamlar qatoridagi jön kişisiga aylangandim. Bu mening çinakam fojiam böldi.

Böyinboğimni taqayotib, xotinimning savolomuz nigohi eʼtiborimni jalb etdi. U qölida tutib turgan kostyumni olib, divan çetiga omonat qöydim-da, dilimdan keçayotgan ajib tuyğular bilan xotinimni bağrimga tortdim. Soçlaridan silab, ilk bor röyi-rost nigoh bilan közlariga tikildim. Men bugun ayolimning könglidan ötayotgan barça hislarni, anduhlar ovoziniyu norizoliklar nidosini tinglamoqçiman, qöllaridagi dağalliklar, yuzidagi horğinlik, vujudining iç-içlarida yaşab kelayotgan, qaçondir ulkan va qörqinçli vulqondek portlab çiquvçi alamlarining aks sadosiga jimgina, xayrixohlik va moyillik bilan quloq tutmoqçiman. Va, ehtimolki, mening hayotimdagi çigalliklar, ruhimdagi siqiqlik, gurros-gurros olomon orasida ham yolğiz-kimsasiz umr keçirayotganimning sabablarini u bilar.

«Aqalli bir marta bölsa ham tan olib ayting, siz hayotdan bunçalik kuyunib yaşaşingizning boisi nimada? Nega odamlar nigohidan uzoq bölişga urinasiz? Aslida, ularni öz ğam-taşvişingizdan himoya qilgingiz, yaqinlaringizning köngliga bevaqt xavotir solib qöymaslikka tirişasiz. Lekin şu işingizning öziyoq jigarlaringizni taşvişga soladi. Eslab köring, qaçon ota-onangiz bilan yozilib, çin dildan gaplaşgansiz? Qaçon opangiz yoki akangiz qarşisida qimtinmay dardlaşgansiz? Biron joyingiz oğriyotganini ular qaçon öz tilingizdan eşitişgan? Bu bilan göyoki ularni bemavrid siqilişlardan, sizni deb xavotir olişlaridan asragandek bölasiz. Özingizni ular qarşisida bekamu köst, boy-badavlat, xotirjam tutişga urinasiz. Yaqinlaringiz uçun xuddi toğdek suyanç ekaningizni uqtirasiz. Ammo siz ketişingiz bilanoq özingiz hamişa hadiksirab yuradigan, yuz berişidan çöçib yaşaydigan voqealar böy körsatadi. Yaʼni sizning ortingizdan yaqinlaringiz doimo yuragi xijil bölib qoladi. Na biror dardingiz, na biror taşvişingizdan xabardor böla olmay, ayni paytda, sizga yordam berolmasliklarini öylab, adoyi tamom bölişadi. Siz esa hamişa özingizdan qoçasiz. Işdan kelib naridan-beri ovqatlanasiz, qizlaringizning raʼyiga qarab, ular bilan piça öynagan bölasiz, kitob varaqlaysiz, ammo bularning birortasi ham sizning botiningizdagi besaranjomlik, alağdalik, parişonlikning yuziga parda tösa olmaydi. Va, aksinça, bu qiynoqlar, içingizdagi ikkilanişlar zahar-zaqqumdek sizni yemirib borayapti».

Bu xotinim aytgan ayni haqiqatlar edi. U şu qadar işonç bilan gapirardiki, men to xotinimning gapi tugamagunça özimni oqlaşga ham, uni töxtatişga ham intilmadim, heç narsa deya olmadim. Negadir uning bu aççiq haqiqatlari yuragimning tub-tublariga singib, huzur bağişlayotgandi. Söng esa uni yana ham qattiqroq bağrimga bosib, imkon qadar közlarimni yaşirişga urindim.

* * *

Maşinamni garajdan olib çiqmadim – bugun işxonagaça bölgan ön çaqirimça yölni piyoda bosib ötmoqçiman. Xuddi maşhur kitoblarda yozilganidek, mana şu yöl davomida özimni özim bir anglab körmoqçiman, qariyb beş yildan buyon ilmiliq keçayotgan umrimning barça söqmoqlarini xayolan kezib çiqmoqçiman. Lekin, halitdan qörqayapmanki, bunga mening kuç-madorim yetmaydi. Çunki, ötmişga qaytiş men uçun hazil gap emas, qaçonki çeksiz sabot bilan, eslaganlarimning birortasi meni tuşkunlikka tuşirmaydi, degan xulosaga kela olsamgina, bu işga qöl urganim yaxşi. Biroq, bugun şunga jazm qildim.

Köçada hamişadagidek qayerlargadir ketayotgan yölovçilar. Özimning köçamdan to katta yölga çiqqunimça bir-ikki taniş odam boş silkib ötdi, lekin sezib turibmanki, ular salomlaşib ötiboq ortiga qayrilayapti – nega maşinasiz yölga çiqqanim ularga qiziq tuyulyapti. Ularga eʼtibor bermay, öz xayollarim bilan band bölişga urinaman, paltomning yoqasini kötargança loygarçilikdan isqirt körinişga kelib qolgan yölkalarga tikilib boraman.

Hayot men öylagançalik oson keçmasligini öşanda, uning mendagi çidab bölmas tuşkunlikni inkor etuvçi, kuçining boriça soçimdan tirnoğimgaça siltab-qoqib, hamma qatori oddiy hayotga qaytarişga undovçi sözlarini tinglaganimda ilk bor tuşungan edim. Xayolotimning hamma nuqtasini bir-bir közdan keçirib, keçinmalarim va orzu-istaklarimni bor-yöği ikki oğiz gap bilan çippakka çiqargunça bölgan hayot – mening hayotim bölmay qoldi. U meni şunday inkor qildiki, na özim, na orzu-mayllarimning biror narsaga arzişini anglab yetdim. Uning qarşisida tamaki tutatib turarkanman, hatto ana şu sigaret çekişimda ham kibr borligini his qildim. «Siz kuçsiz odamsiz, – degandi öşanda u, – na özingizni, na hayotingizni idora qila bilasiz. Bir narsani tuşuning, bu hayot sizning qurbon qilayotgan umringizga, özligingizdan keçib topayotgan nimalaringizgadir arzimaydi. Atrofga imkon boriça oddiy odam bölib qarang, bu borişingizda hamma yaqinlaringiz sizni taşlab ketadi».

Bu gaplarning töğriligiga birinçi bor uningsiz qolgan kunimda iqror bölgandim. Va öşandan beri şu beayov iqror bilan har kuni yuzma-yuz bölaman. Mening aqlga siğmas takabburligim, kötarib bölmas injiqliklarim alal-oqibat, u aytgandek, birin-ketin köp riştalarni çirt-çirt uzib taşladi. Keyinroq bildimki, inson har qança yaxşi bölmasin, agar undan zerikişsa, ayab ötirmaydilar. Çunki u odamning atrofdagilarni qiziqtiradigan heç narsasi qolmaydi. Uning borligi ham, yaşayotgani ham izsiz-nişonsiz bölib qoladi. U endi xuddi osmondan tuşib qolgandek his qiladi özini, çunki u hamma joyda inkor etiladi. Boşqalarni mensimagani, öz qatorida körmagani, insoniylik andozalaridan çetga çiqib ketgani uçun u tan olinmaydi. Bu – hayot hayot bölibdiki, amal qilib kelinayotgan buyuk qoida.

Ertalab ayolim aytgan eʼtirozlar ham şu qoidaning bir körinişi ekanini bexos anglab qoldim. Men boya zerikiş haqida öyladim, mana endi xotinim ham sekin-sekin öşa jarayonga yetib kelayapti, bugun könglimga tegmaydigan qilib gapirgan bölsa, ertaga ensasi qotib sözlaydi va uçinçi kuni gapiriş foydasiz ekanini fahmlagaç, u meni butunlay eʼtiborsiz qoldiradi. Va, afsuski, agar şunday davom etsam, hayotning boyagi yoqimsiz va qatʼiy qoidasiga boş egişimga töğri keladi.

Çorrahani kesib ötayotganimda, telefonim jiringladi, yuragim hapqirib ketdi. Xuddi mening içimdan ötayotgan tuyğularni bilib turgandek qilingan qönğiroq edi bu. Yölakçaga ötib yaşil tugmaçani bosdim, u yoqda jim-jitlik. Men yigirma qadamlar yurib borgunimça, oyoq tovuşlarimni tinglab turdi, keyin qisqa-qisqa gudok. Yo alhazar, buning boisi nimada, u qanday qilib sezayapti, butun yöl böyi öylab kelayotgan keçinmalarim uning köngliga qanday yetib borayapti. Ehtimol, u nonuştadan keyin xotinim bilan bölgan suhbatdan ham xabari bordir. Nega u hamişa tuşkunlikka tuşgan, ikki öt orasida qolgan kezlarimda yöqlaydi, u şu yöl bilan meni yupatmoqçi, özi aytgan tep-tekis hayotga qaytarmoqçi böladimi? Lekin bu holatimni qayoqdan biladi?

Işxonaga kirib kelganimda hamma narsa örni-örnida, xodimlar öz işlarini boşlamoqda edilar. «Tuzukmisiz?», deya söradi menga birinçi duç kelgan kotiba qiz rangi-röyimga eʼtibor qilib. Men unga boş irğab jilmaydim-da, şu bilan «Hammasi joyida», degandek böldim. «Xonangizga kirgandik», dedi u avzoyimni çamalaşga urinib, «U kişi aytgandilar». Kotiba boş barmoği bilan rahbarning xonasiga işora qildi. Men yelka qisib, kabinetimga kirdim. Odatdagidek, bugungi rejadagi işlarimni ajratar ekanman, rahbar tiqilinç qilayotgan yigitning qölyozma jildi yöqligi eʼtiborimni tortdi. Aylanma kursiga çökib, bu jild nega, nima sababdan olinganini taxmin qila boşladim, balki qaytarib berilgandir yoki Mömin aka uning aytganini qilmasligimga közi yetib, hafsalasi pir bölgandir. Nima bölganda ham, öşa jildning stolim ustidan ketgani meni ança yengil torttirdi. Tamaki tutatayotib, beixtiyor boşqa qoğozlarga ham razm soldim, qolganlari joyida edi.

* * *

Tuşga yaqin havo sovib ketdi. Yozib ötirgan joyimda junjika boşladim. Eşik orqasidagi qoziqdan paltomni olib yelkamga taşlayotganimda kimdir kirişga ijozat söradi va javob berişimni kutmayoq, xonamda yangi xodima paydo böldi. U meni kursida ötirgan deb öylagan şekilli, kiriboq bir-ikki qadam taşlab, söng ortga ögirildi. Men esa xuddi heç narsa bölmagandek joyimga qaytdim. Mening bu beparvoligimni körib xafa böldimi yoki şoşilinç kirganiga xijolat tortdimi, negadir asta tomoq qirib qöydi. Qoğoz-qalamimni yiğiştirar ekanman, «Xöş?» degan maʼnoda unga qaradim. Xodima biroz taraddudlanib, «Biron yoqqa ketayapsizmi?», deya söradi.

 – Harqalay, şuni söragani kirmagandirsiz!

 – Mömin aka hamma xodimlarga tayinlang, bugun tuşlikni jamoa bilan qilamiz degandilar, şuni aytib qöyay deb…

Yangi xodimaning şoşib-pişib aytayotgan gaplari mening kulgimni qistatdi. «Kelişdik», dedim uning gapi tugagaç ham turib qolganini körib.

Men xonamni qulflab koridor töridagi zalga borayotganimda işxonamiz röparasidagi Markaziy maydondagi soat ön ikki marta bong urdi. Zalning oynavand eşigidan içkari şundoq körinib turardi – dabdabali bezatilgan stol, öttizga yaqin odam qolgan bir-ikki kişining kelişini kutib turardi. Içkari kirib sezdimki, Mömin akaning joyi böş edi. Men qayerga ötirişga ikkilanib turganimda boyagi xodima iltifot qildi: «Keling, qöşni, yonimdagi stul böş». Indamay körsatilgan örindiqqa çökdim. Tavba, dedim yonimdagilarni kuzatarkanman, bitta idorada şunça odam işlarkanmiz-u, salom-alikdan nariga ötmas ekanmiz-da. Ertalab hamma xonasiga şönğiydi, keçqurun soat oltida hamma uyiga jönaydi. Bunaqa tartib-intizom hozirgi şaroitda ança qiyin masala. Rözğor taşvişi hamma narsadan oşib tuşayotgan bir paytda bunday fidoyilik bilan xizmat qiliş çinakam eʼtiborli iş.

Birdan hamma sergaklanib, ötirganlar rahbarning hurmatiga bir-ikki qimirlab qöyişdi. Mömin aka yonida bir yigit bilan kirib keldi. U hammaga bir-bir qararkan, baralla ovozda «Bu yigit bizda çop etilayotgan «Zamon qöşiği» kitobining muallifi. Bugun ana şu kitobning tasdiqdan ötgani munosabati bilan bizni mehmon qilmoqçi!» dedi dasturxonga işora qilib. Rahbarning gapini eşitib, badanimga tiğ tekkandek seskandim. Xuddi hamma menga tikilayotgandek, Mömin aka bilan örtamizdagi suhbatdan butun jamoa xabardordek özimni noqulay seza boşladim. Rahbar esa menga istehzoli nigoh taşlarkan, hammani dasturxonga taklif qildi. Men ikki öt orasida qolgan edim – özimga qolsa, şartta turib çiqib ketgim kelardi, bu dasturxondan ham, jamoamdan ham tezroq uzilib, xoliroq joyga borişni, yengil nafas olişni xohlardim. Ammo, ayni damda, şunça odamni behurmat qilib xonani tark etiş ham muşkul edi.

Şu paytda rahbar hammaning eʼtiborini qaratib, menga «Şoir, sizga qanaqasidan quyay?!» deb qoldi. Aʼzoyi badanimga ğazab yugurar ekan, unga keskin eʼtiroz bildiriş uçun ilkis boşimni kötargan çoğimda telefonim jiringlab qoldi. Bu öşa edi. Bir dam taraddudlanib turgaç, taşqariga yönaldim. Özimning xonamga yetganimda biroz öylandim-da, xonaga kirmay, pastga – aççiq qahva içgani tuşib ketdim. 

Bufetçi qizga qahva va buterbrod buyurayotganimda ham, möjaz tamaddixonaning eng burçagidagi joyga ötirayotganimda ham hozirgina yuz bergan mulzamlikni, yöq, jirkanç hodisani xayolimdan çiqara olmasdim. Bu nima degani, oş-non bilan tilingni qisqa qilib qöyişsa, keyin nima desalar, ğing demay bajarsang! Kim öylab topgan bunday madaniyatli savdo-sotiqni, öşa işbilarmonlarmi yoki özimizning Mömin akalarmi! Kim bölganda ham juda past öylagan ekan!

Qahvani qoşiqça bilan aralaştirar ekanman, qönğiroqni esladim. Uning juda zarur paytda bölganini öyladim, lekin şu zahotiyoq xayolimga kelgan fikr meni gangitib-dovdirab qöydi – axir u şunça yillardan buyon bir kunda ikki marta qönğiroq qilmagan edi.

Işxona foyesining keng derazalaridan taşqariga termulib, köchani tomoşa qila boşladim. Hovliga töp-töp odamlar tuşlik qiliş uçun çiqişayapti, kimlardir tamaki tutatayapti. Mening ham xumorim tutdi, sigaret yondirdim. Ammo boyagi qönğiroq xayolimdan çiqib ketmasdi, endi unutaman desam, yonimda ötirgan kimningdir telefoni jiringlaydi – yana yodimga tuşadi. Men to qahvani içib bölgunimça, işçilar tuşlikdan qayta boşladi. Şundagina birozdan söng tağin kabinetimga qaytişimni, boyagi odamlarni körişimni öylab yuragim xijil tortdi. Bufetçi qiz hisob-kitob qilgandan keyin örnimdan oğir qözğaldim. Ammo içimdagi bir tovuş meni yana piça ötirişga undardi, oyoğim işga tortmasdi. Men yana uning yöqlovini esladim. Axir unga nima foyda? Şu birgina qönğiroq endi uning hayotiga nima mazmun beradi?! «Şoşma!» deyman özimga özim, «Axir şu qönğiroq hozirgina seni bir sinovdan asrab qoldi, ehtimol u seni çalğitmaganida, bu imtihondan öta olmasding. Eng muşkul pallada öşa davradan seni yulib olib, senga qançalik yordam bera olişini körsatdi». Men endi tuşuna boşlagan edimki, bu qönğiroq mening çinakam xaloskorim edi. Neça bor tuşkunlikka tuşgan, töğri yöl topişga qiynalgan kezlarim u meni özimga keltirgan emasmidi? Mana, bugun mening şunday noqulay ahvolda qolişimni u tuş körmagan, biroq his etganini, eng muhimi, uning kerak paytda qönğiroq qilganini inkor eta olmayman. Uni yöqotganimdan keyin bir marta bölsa ham qayta uçratmadim, tasodifan bölsin yöliqib qolmadik ham. Lekin u mening har bir kunimda yaşadi, yaşaganda ham rostakamiga, dardlarimga quloq tutib, beminnat yaşadi. Balki göşak orqali biron marta «Allo!» deganida, uning barça hislarini tuşunib qolgan va qadrlamay qöygan bölişim mumkin edi. U esa buning örniga hamişa ön bitta raqam, menga yodaki bölib ketgan ön bitta raqam bilan murojaat qilardi, xolos.

Men dadil qadamlar bilan xonamga yönaldim, çunki endi özimni juda ham yengil, ğam-taşvişsiz sezayotan, bundan buyoğiga odamlarning har turli qiyofasiga xotirjam qaray olişimga işonayotgan edim. Men şunça yillardan beri könglimni qiymalab kelayotgan qönğiroqning ogohlik qönğiroği, hayot qönğiroği ekanini fahmlagan edim.

 

* * *

Hali tong yorişmasidanoq xotinim turtib uyğotdi. Uning butun badanini ter bosgan, oğir-oğir nafas olardi. U şunça azobda ham yuz-qölimni yuvib kelgunimça çidab yotdi va örnidan qözğalarkan jilmaygança “Vaqti böldi şekilli” dedi, söngra “Qizlar uyğonsa qörqişmasmikan”, deya ular yotgan xonaga xavotirli qarab qöydi.

Biz tuğruqxonaga yetib kelganimizda tong bözargan, ammo osmon bulutli edi. Yöllarda qatnov kam, unda-bunda farroşlar köça supurişardi. “Ön oltinçi palata”, dedi xotinimni joylaştirib çiqqan hamşira va kiyimlar solingan xalta bilan qölimga bir parça qoğoz tutqazdi, “Kerakli narsalar, tezroq olib kelarsiz”. Köça eşik yonida maşinani töxtatişim bilan katta qizim çopib çiqdi, közlarida yoş. Men uni opiçlagança uyga yönaldim, xayriyatki, kiçkinasi hali uyğonmagan ekan.

Tovaga tuxum çaqqan paytimda telefonim jiringlab qoldi, xayolimga “U bölsa kerak, xursandligimni sezibdi-da”, degan fikr keldi. Katta qizim telefonni olib kelar ekan, “Dada, toğam”, dedi. Çindan ham xotinimning ukasi yöqlagan ekan, unga bugungi yangilikni, özgariş bölsa telefon qilişimni aytdim. Nonuşta qilib bölgaç, ikkala qizimni kiyintirişga tutindim. Niyatim ularni onasining yoniga olib borib, birrov körsatib keliş edi. Boğçasiga olib bormayman, agar ular ham kuni böyi uyda bölmasa, zerikib qolişdan qörqardim. Işdan esa hafsalam pir bölgandi.

Şarfimni boğlayotib xayolimga antiqa bir fikr keldi: unga özim telefon qilib aytsam-çi, axir u ham xursand böladi. Lekin şu zahotiyoq fikrimdan qaytdim. Ötgan tört yil içida u bir marta bölsin gapirmadi, endi men dabdurustdan qönğiroq qilib, “Xotinimni tuğruqxonaga joylaştirdim, suyunçi ber”, deymanmi? Ança ikkilanişdan keyin telefondagi uning raqamini bosdim, bir oz jimlikdan söng uzun-uzun gudok ketdi. Va şu payt… Avvaliga eʼtibor qilmadim, ammo piça muddat tinglab turgaç, jiringlagan ovoz şu uydan, allaqaysi burçakdan kelayotganini fahmlab qoldim. Bir zumga taxtadek qotib, huşimni yöqotayozdim. Jiringlagan ovoz toşoynak ğaladonidagi pardoz qutiçasining içidan taralayotgandi…

Mening şunça yillardan beri ming-minglab riştalar, azobli xotiralar orqali boğlanib kelayotgan yaxlit keçmişim şu lahzalarda mitti-mitti parçalarga bölinib, tobora közdan yöqolayotgan edi.

 

2008-yil.

Nosirjon Jörayev

     “Yoşlik” 2010/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)