3 daqiqada öqiladi

235 marta körilgan

Qoçoqning ölimi

Qoçoqning ölimi

(Hikoya)

Mixael Pitala qamoqxonadan qoçdi. Quyuq örmonlar va buğdoyzorlarda yaşirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlaşdi. Dehqonlar uning qornini töyğizişdi, yöl uçun oziq-ovqat va kiyim-boş berişdi. Keç tuşdi. Oppoq ilonizi yöl toğ yonbağirlab buralib ketgan edi. Dovonda xoç turardi. Qoçoq çang yöldan asta kötarila boşladi. U Galitsiyaning Tarnovsk ölkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, çang bosgan köylagiga tirişgan qaltiroq qöli bilan ul-bul yegulik solingan kiçkina tugun qistirib olgandi.

U atrofni qörqa-pisa kuzatdi, uning yuzida soqçi körinişi bilanoq özini tik qiyalikdan vodiyga taşlaş jurʼati namoyon edi. Va nihoyat u etagida yarimçirigan örindiq turgan, yoğoç xoç joylaşgan dovonga yetib keldi. Mixael Pitala çöqindi va örindiqqa horğin ötirdi. Tugunni yoniga, maysaga qöydi va atrofga nazar taşladi. Ikki tomondan ham yöl nişablikka qarab ketardi. Uning köz öngida örmonli vodiy gavdalandi. Atrof qanday gözal! Uzoqda, kulrang çöqqilar orasida azim Bobotoğ qad kötarib turibdi. Undan nariroqda Taqirtoğ, uning yon-verida esa Mixaelning ota joylari… Şunça yillardan keyin, ikki-uç kun ötib u örmonning yoqasiga qadar yoyilgan qöralar, möjaz ibodatxona joylaşgan ona qişloğini köradi.

Toğlar orasiga asta botayotgan quyoşning nurlari sönib borardi. Qoçoq oppoq qirov qöngan boşini quyi egganiça keçmiş hayotini esladi. Köp yillar avval u iş qidirib xotini va bola-çaqasini olib Germaniyaga otlandi. U yerda ter tökib holdan toygunça mehnat qilişdi, hayotning aççiq-çuçugiga sabr qilişdi. Qiş oylaridan birida u işsiz qoldi va butun oila oçlik domida qoldi. U yaqinlarining qiynalganlariga çiday olmadi va avval ularni, söng özini zaharlab öldirişni öylab qoldi. Oğuni tayyorlab, mudhiş rejasini amalga oşirdi. Xotini va bolalari öldi, lekin u tirik qoldi. Tuzalib ketganidan söng uni uzoq yilga ozodlikdan mahrum etişdi. Köp yillar iş davomida olisdagi bulutli toğlarga havas ila qarab, yana öşa yerga borişni orzu qilardi. Nihoyat, u qamoqdan qoçişga erişdi. Mana, hozir şu yerda…

  Mixael Pitala yana atrofga nazar soldi. Quyoş tobora pastlab botib borardi. Bobotoğ çöqqisi şafaq bağriga singib ketdi. Şafaq. Mağrib tomonda töq-qizil olovli şar asta toğ ortiga botdi. Keçki qizil şuʼlalar toğ bağrida erib ketdi. Undan keyin goh parçalanib, goh yana qöşilib tuman pardasi kötarildi. Qandaydir özgaça ğira-şira qoronğulik örmonni burkab oldi. Iliq şamol esa ignabarg hidini atrofga soçdi. Pastda katta toşlari zamburuğ bilan qoplangan toğ nişabligi yastanib yotibdi. Serşovqin soy toşdan toşga va ildizi bilan qöporilgan daraxtlarga urilib oqar, baland tiloğoç va qarağaylar orasida körinmay ketardi.

Qoçoq soqol qoplagan yuzini quyi indirgan köyi pinakka ketdi. Tuşiga uyi kiribdi. Lekin u oqsoqol qariya emas, navqiron yigitça edi. U hozirgina örmondan qaytgandi. Mana, öçoqdan çiqayotgan tutun örlagan kulbadagi özining kiçkina xonaçasi. Mana, otasi, onasi, butun oilasi. «Mixalek, sen qayerda bunça köp qolib ketding?» deb söraşyapti. Söng hammalari xontaxtaga ötirib ovqatlanişadi, gurunglaşib ötirib qöy sutidan içişadi. Qöşnilar çiqadi. Örmonda örtoği Koniçkani ayiq qanday qörqitganini aytib berişadi. U öçoqqa ötin taşlaydi. Ötin çarsillab yonib, qurum bosgan xonani yoritadi. Taşqaridagi qöraga qaytayotgan mollarning maʼraşini eşitib ötiriş qançalik yoqimli. Ibodatxona qönğiroği çalinadi. Hammalari turişadi, çöqinib, baland ovozda ibodat qilişadi. Olov esa çarsillab yonadi… Birdan oğir qadamlar qoçoqning tuşini buzib yuboradi.

Örnidan turarkan, yerdan çiqdimi, osmondan tuşdimi, qayerdandir paydo bölgan mirşabni kördi. Uning miltiq nayzasi tunning sönggi şuʼlalarida dahşatli yaltirardi. Mixael Pitala tugunini olib, bir sakraşda narigi yölga ötib, toğ nişabligiga qarab yugurdi. Uç marta «Töxta, töxta, töxta!» buyruğidan söng ğira-şira örmonning tun sokinligida köp marta öq ovozi aks-sado berdi. Öq yegan boşini egganiça qoçoq oldinga va yuqoriga intilardi. Oxirgi marta  botayotgan quyoşni va toğlar tizmasini körib qolişga harakat qilardi. Quyoş botdi.

Vodiyning allaqayerida keçki ibodatga çaqiruvçi çerkov qönğiroği çalindi. Yuqorida, yöldagi yoğoç xoç yonida turgan mirşab qalpoğini yeçdi va ibodat qila boşladi: «Tangri malaklari…»

Miltiqning oğzidan osmonga kötarilayotgan tutun söroq belgisi şaklini eslatardi. Örmon osmonida oy çiqib, qiyalikda yotgan qoçoqning murdasini xira nurlari bilan yoritayotganda, uning kökargan lablari asta piçirladi: «Vatan! Vatan!»

1902-yil.

Rus tilidan Davronbek Tojialiyev

Tarjimasi

“Yoşlik”/2010/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)