9 daqiqada öqiladi

797 marta körilgan

OLIS IŞQ SOĞINÇI yoxud VATAN SURATI

Sirojiddin Sayyid

(Esse)

Olis-olis qirlar ortidan, Boysun toğlari adoğidan dilni orziqtirguvçi navo taraladi. Möysafid xarsangtoşlar mangulik duosini ögirayotgandek, örkaç-örkaç bölib yotgan adirlar asrlardan yodgor karvonlarni eslatadi. Yam-yaşil daştlarda qora suruvlar, osmonning zangori yaylovida esa boqilgan oq hisori qöylar misoli semiz bulutlar sokin kezinadilar. Dunyo çeksiz, borliq hudud buhududday. Navo qir-adirlar, tepalar va döngliklarning musiqiy şakli-şamoyili yangliğ örkaç-örkaç, tölqin-tölqin bölib, goh pastlanib, goh balandlanib ketadi. Elas-elas, olis-olis soğinçlar, hijronu firoq, ayriliq va diydor manzillari. Barçasiga bekat – şoir yuragi. Bunda – eşiklar yopilmaydi, “Iltimos, suyanmangiz” degan eslatmalar yöq.

Umrimni bir olis işqqa almaşdim,

Keçdim huşyorlikdan, tuşga almaşdim.

Beqanot qalbimni quşga almaşdim,

Sizsiz ötgan umrim bekor, yorijon,

Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon.

“Olis işq”ni tahlil qilib, şarhlab bermoq uçun şoirning hayoti kamlik qiladi. Bu yölda umr sarf qilinadi, buning boju xiroji qalb qoni bilan tölanadi. Şoirlik ham xuddi şofyorlikday: birovning yukini vujudi, yuragining yukxonasiga ortib olganu olis yölga otlangan. Yöl goh önqir-çönqir, goh dovon bölsa, goh daştu biyobon. Yuk baʼzan oğirlik qiladi, uning zalvori, salmoği katta. Şoirga yöl-pölda qolib ketmasin degan maqsadda ehtiyot ğildiragi berilmagan. Yukni çidam bilan tortmoği, manzilga soğ-omon eltmoği kerak. Özi, qalbiyu vijdoni oldidagi, adabiyot va şeʼriyat, hayotu tiriklik, elu yurt oldidagi qarzdorlik, burç va javobgarlik yuki.

Yillar soğinçlarga, soğinçlar yillarga aylanadi. Şeʼrlar şoir umri, qalb va ruhining xaritasiga öxşaydi. Tun va kun, keça va kunduz, masofalaru makonlar. Har bir kitob bir manzil misol taassurot qoldiradi. Boysundan Toşkent qadar, Toşkentdan çeksiz olamlar qadar yöl. Oyu quyoş, zaminu osmon, falaklaru yulduzlar, keyin – keta-ketgunça çiroqlar, çiroqlar, dilga yaqin va qadrdon çiroqlar. Umr ötgan sari, yukini tarqatib, ulaşib borgan sayin şoirning yuki ortib, oğirlaşib boraveradi. Bu yuk kamayişga emas, köpayişga mahkum etilgan. Şoirlik qismatida azaldan şunday yozilgan.

Garçi örtamizda soğinçu hijron,

Garçi visol yöli vayrondir vayron.

Ammo azobingiz köksimda har on

Muqaddas olovday qoldi, yorijon,

Şukrkim, siz bilan yondim, yorijon.

Bir zamonlarda, XX asrning 70-yillari boşida olis Olmoniyoda harbiy xizmatda yurgan askar yigitdan poçta jildiga joylangan bir dasta şeʼr Toşkentga uçib keladi. Bu jild qöliga tekkan kişi: “Yot yurtlarda uyini, Vatanini soğingan bir özbek bolasining nima qilişni bilmay, şunçaki havasga qoralagan maşqlaridir-da» deb öylaşi ham ehtimoldan xoli emas edi. Biroq askar yigitning hayotu taqdiri joylangan, umriy qismatini hal qilib berişi lozim bölgan jild haqiqiy egasiga, imon-eʼtiqodi butun, benazir va beğaraz ustoz, uluğ bir insonning qöliga tuşadi. Oradan qisqa vaqt ötib, respublikaning obröli, maşhur jurnallaridan birida ustoz adib Şuhrat domlaning “Soldatdan maktub keldi…” deya boşlanuvçi, ğoyat hayajonli, samimiy xayrixohlik va mehr bilan bitilgan oq fotihasi, davomidan esa bir turkum şeʼrlar eʼlon qilinadi. Biz – örta maktab bitiruvçilari bölmiş bearmon havaskor bolalar dunyoda armonning ham hidi borligini ilk bora öşa şeʼrlardan bilib olganmiz: «Qarşimda lobar qiz öltirar jiddiy. Içmagan, stolda qadahi lim-lim. Sezdingmi, havoda bir armon hidi. Olamda turnalar uçmoqda, singlim».

Keyin oq yomğirlar, şeʼriyat va muhabbat fasli boşlandi.

Hozirda Yoşlar, öşanda Talabalar şaharçasidagi adabiy muhit, şeʼriyat keçalariyu nazmiy anjumanlarni zir titratgan “Insonni tuşuniş” kitobçasi, “Boyçeçak”, “Podpolkovnik Fateyev”, “Sen yöq eding…”, “Meni seving, mendan nafratlaning”, “Bu yerga keltirdi meni tasodif”, “Tong titraydi keç kuzakning quçoğida”, “Boysun haqida ğamgin ballada”, “Parallel çiziqlar”, “Sevgi haqida umidbaxş ballada”, “Olis yurtning begona isi” singari bizning tasavvur va tafakkurimizni butunlay özgartirib yuborgan, ösmir könglimizni ağdar-töntar qilib bergan önlab, yuzlab şeʼrlar. U şeʼriy oqşomlaru bu şeʼrlar sabab biz adabiyotning yaqin oşnolariga aylandik. Yangi ohanglar, nazmdagi eski qoliplarni sindirgan öziga xoslik, mutlaqo yangiça bir şeʼriyat bizni sehr etdi, qalblarimizni tarbiyaladi. Öşa davralarda maşhur bölib ketgan “Boyçeçak” şeʼri – mehr va soğinçning toza va maʼsum qissasi hammamizga yaqin va qadrdon bölib qoldi: “Boyçeçagim boylandi\ Boyçeçagim boylandi\ Bugun olisda yoşlik\ Zamin qança aylandi”. Muallifning baland pardalarda, yuksak sanʼat va mahorat bilan, jazavaga tuşgan dirijyorni eslatuvçi qiyofada öz şeʼrini aynan ijro etib berişi, uning taʼsir kuçini, dovruğini ikki karra oşirib yuborgan edi. Talabaligimiz havosidan şeʼr, soğinç va ifor ufurar, yotoqxonamizning ğarib, körimsiz yölaklarida uzun qiş keçalarida ham boyçeçaklar şivirlab-şitirlab yurgandek tuyulardi.

Biz havas qilgan şoir akamizning yelkalari hurpaygan, qaddu bastiga ğoyat yaraşgan jun pöstini bölardi. Şeʼrlari, şeʼr öqişlari bilan birga şu pöstini ham uni boşqa şoirlardan alohida ajratib turardi. Pöstin egasini ğoyat salobatli, vahimali qilib körsatar, havaskor talabalarning doimiy hamdami, qadrdon adabiy maslahatçisiga aylanib qolgan Mahmud aka, ustoz Mahmud Saʼdiy Şota Rustavelining maşhur asariga qiyosan şoir oğamizga “Ayiq terisini yopingan Usmon Azim” deb nom qöygan edi.

Beş yilimiz nayson bulutlari yangliğ tez ötib ketdi. Çaqinlarimiz olislab, talabalikning bor orzu-havaslari, gulu çeçaklarimiz, yoşligimiz ortilgan osmonning qaldiroq aravalari ham bizdan yiroqlaşdilar.

Hayot sinovlari, tiriklikning haqiqiy imtihonlari davri boşlandi.

Ötgan asr, 80 – yillarning boşlari, muşoiralar, adabiy davralar qizigandan qizib borar, bu davralarning sevimli erkasi, gultoji maşhur rassom Şuhrat Abduraşidov edi. Rahmatli Şuhrat aka şeʼriyatni jon-dildan sevar, Mirtemir domlaning “Öv, mening özbaki yuragim. Neççiga bölinding, neççiga?!..” degan maşhur satrlarini hamişa aytib yurar, aytib bölgaç esa, şeʼrni xuddi özi yozganday, quloçlarini keng yoyib astoydil zavqlanardi. U kişiga «Rassomlarning şoiri, şoirlarning rassomi” deb zarofat qilişgan edi. Davralarga ham, şeʼriyatga ham fayz va rang kiritgan musavvir öşanda adabiyotga mehr-muhabbatining ifodasi sifatida “Ijodkor döstlarim” degan katta hajmli rangtasvir asarini çizib, adabiy jamoatçilik hukmiga havola etgandi. Asar hammaga maʼqul kelib, ança-munça şov-şuvlarga sabab böldi. Unda Rauf Parfi, Erkin Aʼzam, Nodir Normatov, Xurşid Davron singari taniqli adiblar qatorida Usmon aka portretiga, qiyofasi, holati va içki dunyosiga alohida urğu berilgan. Şoirni tasvirlar ekan, musavvir aslida uning katta qalbini, undagi oğir yuk zalvorini ifodalagan edi. Keyin barça ijodkorlar – rassomlar, şoir-yozuvçilar, aktyorlaru olimlarning qalbini larzaga solgan kutilmagan fojia röy berdi. Şuhrat aka avtomobil halokatiga uçrab, ön kunça öziga kelmay olamdan ötdi. Beşyoğoçdagi uyida, azasiga kelgan keksa onasi “Toşkentlarda yurgan şoir bolam” debon uvvos soldi. Tasviriy satʼatimizgina emas, adabiyot uçun ham katta yöqotiş bölgan bu voqeadan ustozlar, ijodkor akalarimiz ança vaqtgaça esankirab maʼyuslanib yurdilar. “Osmonga tikildim xayolim oğib. Bir parçasi bulut, bir parçasi kök. Vaqt degan şunça tez ötdimi oqib. Mening yonimda ham endi birov yöq”.

Öşa kezlari Usmon akaning «Adabiyotni, Vatanni, döstlarni sevişni, qadrlaşni Şuhratdan örganişimiz kerak» degan sözlari maʼnisini keyin angladik. Qisqagina umri (öşanda rassom bor-yöği 29 yoşda edi) davomida musavvir hayratlanarli darajada köp iş qilişga ulgurgan ekan. Eng muhimi, u öz asarlarida Vatanni, ona yurt suratini bor tarovatiyu muhabbati bilan körsatib ketgan edi. Tuzum va zamon ğirrom bölişiga qaramasdan, şoirlarimiz ijodida ham bu mavzu alohida örin egallab, kuçayib borayotgan edi. Jumladan, Usmon akaning yuqorida tilga olingan “Boyçeçak”, “Boysun haqida ğamgin ballada”, “Vatan haqida şeʼr”, “Abdulla Qodiriy”, “Boysun qirlarida bir özim kezdim”, “Samarqand.Tungi sayr”, “Teşa Saydaliyev xotirasiga”, “Onamga maktub”, “Daşt”, “Ğafur Ğulom…” singari önlab şeʼrlari, «Baxşiyona” turkumiyu ustoz Asqad Muxtor “Guliston” jurnalida çop etgan “Oq şarpa”, Temuriyzoda sultonlarga bağişlangan “Xalil Sulton” dramatik dostonlarigaça öşa yillarda yozilib, köpçilik öquvçilarning mehrini qozongan edi.

Javzo. Bir erka şamol

Buğdoyzorga urar töş.

Ot yelar. Çavandozning

Bir yengi hilpirar – böş…

 

Opa, Vatan – uluğ dard,

Opa, Vatan boğ bölsin.

Şeʼrda suratin çizsam,

Tört muçasi soğ bölsin!

Bu Vatan şeʼrlarda tilga kiradi, şoirga «Bolam… Yurak bilan köksing bezadim” deydi. Bundan-da gözalroq saodat bormi dunyoda! “Yuragimga siğmadi soğinç. Bölmayin deb hijronda vayron. Endi kuylay boşladim notinç: – Boysun! Boysun!Boysun! Boysunjon!..”

Mazkur şeʼr ustoz adibimiz Şukur Xolmirzayevga bağişlangan. Uni tinglayotib, Şukur akaning közlariga yoş qalqqanlariga neça bor guvoh bölganmiz. Şoir bu mavzuni nasriy asarlarida ham davom ettirib, «Uzoq xayrlaşuvlar” nomli gözal essesida adib bilan Vatanning dardli va jozib suratini yaratadi.

 Ilk “Insonni tuşuniş” kitobidan to “Holat”, “Dars”, “Surat parçalari”, “Ikkinçi aprel”, “Baxşiyona”, “Uyğoniş azobi”, “Ğussa” bilan “Kuz” töplamlarigaça keçgan vaqt çamalab körilsa agar, söz va şeʼr yölida çekilgan zahmatlar, iztiroblaru zavqu şavqlar besamar ketmagani, adabiyot va şeʼriyatga baxşida, insoniy tuyğular ila limmo-lim, diydoru ayriliqlar, soğinçlaru sevinçlarga töluğ sermazmun bir umr bor böy-basti bilan gavdalanadi.

Nihoyat, uzoq kutilgan istiqlol davri boşlandi. Yangi zamon ijodkorlarga yangi sarpolar kiygizdi. Mustabid tuzumning asriy zanjirlari çilparçin böldi. Söz ham ozodlikka çiqdi. Keyingi salkam yigirma yillik muddat Usmon Azim hayoti va ijodining sermahsul davri, yanada teranlaşiş va yuksaliş yillari böldi. “Alpomiş” badiiy filmining kinoqissasi, şoirning asari asosida suratga olingan, Vatan, ona yurt soğinçi haqida gözal qöşiqday taassurot qoldirguvçi “Sevgi” badiiy filmi, Abdulhamid Sulaymon Çölponga bağişlangan “Kunduzsiz keçalar”, ustoz adiblar Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhor haqidagi qator dramatik asarlari, şuningdek nasriy bitiklarini özida jamlagan “Jodu” kitobi, “Yurak” va “Fonus” şeʼriy töplamlari şoirning qalb mehnatxonasida uzluksiz ijod barakali davom etayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, oxirgi ikki kitobi – bu şeʼriyat yildan-yilga qiyomiga yetib, donişmandlik va yetuklik kasb etganini, umr va qalb hikmatlari yaxlit yombi holatga kelganini körsatib turibdi. Aslida Yassaviy, Navoiy bobolar davridan buyon aytib kelinayotgan bu hikmatlar XXI asrga kelib şoirimiz tilidan yangiça jaranglaydi: Mana, ulardan biri, umr haqida şoir bundoq deydi: “Özi bir yoğib ötişga arziydi odamning umri. Yoğ umrim, köngillar kökarsin!”

Adabiyot, xususan şeʼriyatning ham asosiy vazifasi şunda: köngillarni kökartiriş, dillarni yaşnatiş. Usmon aka bu ezgu Burçni qatʼiyat va mardonalik bilan uddalab kelayotgan ustoz şoirimiz, katta elning katta oqini. U kişiga bir umr hamdamu hamnafas, dardu quvonçlariga birdek şerik, taʼbi nazmi baland, didi nozik tarjimon Raʼno yangamizning şarafli bu qismatda alohida maqomi borligini ham taʼkidlab ötmoq joiz. Adabiyot, jahon adabiyoti, kitob va kitobxonlik, nazmu nasr, mumtoz va zamonaviy asarlar haqida eng köp gapiriladigan bu xonadonga havaskor yoşlik yillarimizda biz har doim oşiqib, intilib yaşaganmiz. Insonni tuşuniş, kitob va adabiyotga mehr, did va savodxonlik tarbiyasi, sözga eʼtibor va munosabatni biz şunday ustozlarimiz, ularning xonadonidagi adabiy muhitdan ham örgandik, hayotlaridan ibrat oldik. “Senga heç narsa qilolmadim, Vatan!” deb aytiş uçun ham avvalo ona yurtni, tuğilgan tuproqni sevişni biliş kerak. Adabiyotga muhabbat ham xuddi şunday.

Alqissa, askar yigitning “şinelli yillar”i ortda qoldi. Rahmatli Şuhrat domlaning duolari ijobat böldi. Şu lahzalarda Termizda, qadim Jayhun qirğoqlarida Vatan çegaralarini himoya qilayotgan bir askar yigit qoralama şeʼrlarini xatjildga joylab, ming orzu-havas bilan Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim nomiga jönatayotgan bölsa, heç ajablanmang. Aziz öquvçi! Unga xalaqit bermaylik. Hozir u butun umrini, borliğiyu qismatini olis bir işqqa – şeʼriyatga, adabiyotga almaşişga şaylanayotgandir…

2010 

Sirojiddin SAYYID

“Yoşlik” jurnali 2010/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)