5 daqiqada öqiladi

3 459 marta körilgan

Şoh va şoir

Zahiriddin Muhammad Bobur

Moziyning köhna sahifalari şundan dalolat beradiki, ona yurtimizda köplab söz sanʼatkorlari, maʼrifat darğalari kamol topdi. Ular avlodlar xotirasida mangu yaşaydigan ölmas siymolarga aylandi. Zamonlar özgaradi, insonlarning  yaşaş tarzida röy bergani kabi dunyoqaraşida ham evrilişlar sodir böladi, ammo bu zotlarning nomi barhayot qolaveradi. Alişer Navoiy, Mavlono Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Ogahiy, Söfi Allohyor… Bu röyxatni yana uzoq davom ettiriş mumkin. Ana şu muborak nomlar bilan bir qatorda şubhasiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi ham tilga olinadi.

Şarqdagi uyğoniş davrining buyuk namoyandalari orasida Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi alohida ajralib turadi. Boburning ijodiy faoliyatiga baho beriş çoğida şoir faoliyatining keng tarmoqli ekaniga ahamiyat qaratiş zarur. Bu toifaga mansub ijodkorlar şarq adabiyotida unçalik köp emas. Boburning hayot yöli esa nihoyatda murakkab, ziddiyatlar va sinovlarga töla.

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va faoliyati öz zamonasining qarama-qarşiliklari negizida şakllangan. Aytiş mumkinki, u ham barça ijodkorlar singari öz davrining farzandi. Şuning uçun ham Bobur şeʼrlaridagi kayfiyatga qarab şoir yaşagan davrni tasavvur etiş mumkin. Uning adabiy merosida adabiyot uçun heç qaçon eskirmaydigan va özining badiiy ahamiyatini yöqotmaydigan ğoyalar bor.

Zahiriddin Muhammad Bobur öz şeʼriyati bilan inson yuragining sohir manzaralarini kaşf eta olgan. Şoir şeʼrlarida goh toleʼ yöqligidan şikoyat qiladi, gohida bahor çoğidagi gözalliklarni yoşlikka qiyoslaydi va bu qiyoslardan özi ham zavq oladi. Taʼbir joiz bölsa, Bobur ijodida baxt va kulfat, işq va nafrat, visol va ayriliq, najot va ilojsizlik yonma-yon yuradi. Şoir öz ijodi vositasida özaro qarama-qarşi bölgan bu tuyğularning betakror mutanosibligiga erişa olgan.

Bobur özidan oldin yaşab ötgan şoirlardan farqli tarzda  ijodida xalq tili bilan adabiy til örtasidagi örtamiyona bir uslubni tanlab oladi. Uning adabiyotda erişgan muvaffaqiyatlari ham ijodining mazkur fazilati bilan çambarças boğliqdir.

Maʼlumki, Alişer Navoiy ijodiy faoliyati davomida  şakl va mazmun uyğunligiga erişiş yölida juda köp ezgu işlarni amalga oşirdi. Keyinçalik Navoiyning maʼnaviy şogirdi bölgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham ustozi izidan bordi. Şoirning dilbar ğazallari, ruboiylari, ilmiy asarlari badiiy tafakkurning noyob gavharlariga aylandi.

Bobur özbek şeʼriyatiga öziga xos yangiça ruhni olib kirdi. Şeʼrlaridagi sodda va barçaga birdek tuşunarli bölgan ifodalar, samimiy dil izhorlari, dardning dilkaş ohanglari ila köngillarni zabt etdi.

Bobur sözning badiiy kuçi bilan bir qatorda özining şoirlik isteʼdodidan ham unumli foydalana olgan. Uşbu misralarga diqqat qiling:

 

Har neçuk tavr qil, bu javr etma,

Har neçuk javr qil, bu tavr etma…

 

Foriğ erdim, qanoatim bor edi,

Qoneʼ erdim, faroğatim bor edi.

Bu misralarga eʼtibor bergan öquvçi ulardagi musiqiylikni, sözlar ohangi bir-biriga yaqin ekanini  anglaydi. Masnaviy usulida bitilgan bu misralar şoirning öziga xos tarjimayi holidir. Aytiş mumkinki, Bobur mumtoz adabiyotimizdagi qator şeʼriy sanʼatlarni qöllagan holda betakror asarlar yaratgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur şeʼriyati öz xususiyatlari bilan Mavlono Lutfiy şeʼriyatiga yaqin turadi. Uning ğazallari boşqa şarq şoirlari singari murakkab emas. Aksinça, har bir öquvçi uçun tuşunarli hamda ravon uslubda yozilgan. Vazn jihatidan ham Bobur va Lutfiy şeʼriyati örtasida özaro öxşaşlik bor. Adabiyotşunos olimlarimizdan Ibrohim Haqqul Lutfiy va Bobur ijodidagi öxşaşliklarni öz izlanişlarida birinçilardan bölib qayd eta olgan.

Bobur ğazallarida har bir insonga taniş bölgan insoniy tuyğular kuylangan. Şoir ğazallarining öziga xos fazilatlaridan biri ulardagi fikr va ohangning tabiatdagi özgarişlar, yangilanişlar bilan hamohangligida körinadi. Şoir inson va tabiat örtasidagi munosabatni, öxşaşlikni öz misralarida juda gözal ifodalab beradi.

Xazon yaproği yangliğ gul yuzing hajrida sarğardim…

Diqqat bilan qaragan odam şoir tazod sanʼatini qöllaş orqali juda gözal söz öyini tuzganini ilğab olişi mumkin. Şoir maʼşuqa yuzini gulga qiyoslaşi bilan bir qatorda, uning firoqida kuygan oşiq çehrasini xazonga öxşatmoqda. Garçi bu öxşatiş mumtoz adabiyotimiz tarixida Boburga qadar juda köp marotaba qöllanilgan bölsa-da, Bobur uning yangiça körinişini kaşf eta olgan, deyiş mumkin.

Maʼlumki, şoir yozgan şeʼr uning içki, ruhiy ehtiyojlariga javob bera olişi kerak. Aks holda u boşqalar u yoqda tursin, özini ham işontira olmaydi. Şeʼrda ifodalanmiş tuyğularga zarraça soxtalik aralaşmasligi zarur. Negaki, şeʼriyat yolğonlarni keçirmaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotning bu qatʼiy talabini juda yaxşi tuşungan. Şuning uçun nafaqat şeʼriy asarlarida, balki memuarlari va nasriy asarlarida ham faqat rost sözlarni bitgan. Özining hayot haqidagi fikrlarini, ijtimoiy qaraşlarini, insoniy ehtiroslarini sodda yöllarda ifodalaşga intilgan. Adabiyotşunoslar tilida aytadigan bölsak, samimiyat va soddalik Bobur ijodining ikki gözal qirrasi sanaladi.

Bunga misol tariqasida albatta heç ikkilanmay “Boburnoma”ni keltiriş mumkin. Garçi biz bu majmuani memuar asar deb atasak-da, u şoir yaşagan davr haqida eng töliq va eng töğri maʼlumot beradigan noyob tarixiy manbalardan biri sanaladi. “Boburnoma”ning tarixiy ahamiyati haqida soatlab gapiriş mumkin. Bobur bu asarida öz davri hodisalarini qanday sodir bölgan bölsa, öşandayligiça tasvirlagan. Hatto özi va yaqinlarining xatolarini ham yaşirib ötirmagan.

“Boburnoma” nafaqat şarq xalqlari tarixida, balki dunyo tarixida ham katta ahamiyatga ega bölgan asarlardan biridir. Şuning uçun ham tarix fani bilimdonlari bu asarga juda yuksak baho berişadi.

“Boburnoma” Örta Osiyo, Hindiston, Afğoniston kabi mamlakatlar tabiati haqida, aholisining yaşaş tarzi xususida mukammal maʼlumot beradigan manbalardan biridir. Bobur biror bir hudud haqida maʼlumot berar ekan, uning öziga xos xususiyatlarini ham sanab ötadi. Hatto quşlar va gullarning noyob turlarini ham eʼtibordan çetda qoldirmaydi. “Kobulda lolaning öttiz tört turi bor ekan”, deb yozadi bir örinda. Şu maʼnoda aytiş mumkinki, u öz ijodi bilan nafaqat adabiyot fani rivojiga hissa qöşdi, balki qadim şarqning qomusiy olimlari izidan borib, musiqa, tarix, adabiyotşunoslik, geografiya fanlarining, şu bilan birgalikda harbiy sohalarning taraqqiyotiga ham munosib uluş qöşa oldi.

Darhaqiqat, Bobur dilbar şoir. U – söz musavviri. Bunday deyişga töliq asosimiz bor. Negaki şoir söz vositasida ona yurt manzaralarini, tabiat gözalliklarini tasvirlaydi. Bobur ğazallarida subhidam çoği ğunça uzra yoğilgan şabnam nafisligi, yomğirdan söng osmon toqiga narvon solgan kamalak jilosi, muhabbatli köngilning jamiki sirlari öz mujassamini topgan. Demak, hali şoir ijodidan juda köp narsalarni örganiş mumkin. Zero, har bir öquvçi Boburni öziça şarhlaydi, öziça kaşf etadi.

Dilnavoz RAHMATOVA,

Jahon tillari universitetining

nemis filologiyasi fakulteti öqituvçisi

“Yoşlik” 2011/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)