9 daqiqada öqiladi

322 marta körilgan

Muallimlar muallimi

Bobolardan qolgan maʼnaviy meroslar orasida xalqdan çiqqan ötkir zehnli, bilim olişga iştiyoqmand, bir söz bilan aytganda, iqtidorli bolalarning boşini silab, ilm beriş, ketadigan xarajatni zimmaga oliş, eʼtibor körsatiş qadriyati bor. Cavobtalablar maktab-madrasalarda öqiyotgan, oilaviy ahvoli oğir bölgan tolibi ilmlarga yordam berib turişgan. Negaki, talaba yaxşi ilm olsa oqibat xalqqa, va albatta, davlatga naf keltirişini ular juda yaxşi bilişgan. Behbudiy, Munavvar qori singari maʼrifatparvar bobolar oçgan maktablar, ular kömagida öqiş uçun çet ellarga yuborilgan talabalar fikrimiz dalilidir.

Millat taraqqiysi yölida kuyib-pişib xizmat qiladigan bunday ziyoli saxovatpeşalar bugun ham topiladi. Ular köpçilik. Masalan, yaqin bir tanişim tabobat ilmida fan doktori, jarroh, uning qölida davolanaman deguvçilar bisyor. Şunday bölsa-da, vaqt ajratib, öqib-ulğaygan qişloğidagi maktabga borib, eng yaxşi öqigan bolalar – özi taşkil etgan stipendiya ğoliblari bilan uçraşib, ularni qöllab-quvvatlab, köngillarga ezgulik uruğini qadab keladi. Gap stipendiya miqdorida emas, eʼtiborda! Bunday eʼtibor murğak qalblarda bilim olişga, heç bölmaganda, şu inson singari xalqqa foydasi tegadigan mutaxassisga aylanişiga rağbat beradi. Albatta, yurtimizda har bir öquvçi eʼtiborda. Lekin imkoni borlar, sinfxonalarga kirib borsa, iqtidorlarni yanada qöllab-quvvatlasa nur ustiga aʼlo nur.

Iqtidorli bolalarni topiş, maxsus dasturlar asosida ular bilan işlaş maqolamiz qahramoni, pedagogika fanlari doktori, professor, köp yillar xalq taʼlimi tizimida turli lavozimlarda faoliyat körsatgan maʼrifatparvar yurtdoşimiz Jöra Yöldoşevning sevimli maşğuloti.

“1998-yilning oxirlarida Namangan viloyati maktablarida seminarlar taşkil etilgandi, – deydi pedagogika fanlari nomzodi Akrom Akmalov. – Öşanda bir maktabda bölib ötgan tadbirda men ham iştirokçilar qatorida edim. Respublika miqyosidagi bunday anjumanga, tabiiyki, turli lavozimdagi rahbarlar, tegişli mutaxassislar taşrif buyurişgandi. Öşa paytda xalq taʼlimi vaziri lavozimida faoliyat körsatgan Jöra Yöldoşev maktab faoliyati bilan tanişayotib, daftar uşlab turgan bir guruh öquvçilarning bergan salomiga alik olarkan:

– Neçançi sinfda öqiysiz, bolajonlar? – deya iliq muomala bilan söradi. Öquvçilar şu maktabning ikkinçi, uçinçi sinfida öqişlarini bildirişdi. Şeʼr bilasizlarmi, degan savoliga biri 98 ta, ikkinçisi 145 ta, uçinçisi 277 ta şeʼrni yoddan öqib bera olişini aytişdi.

– Qani, yodlagan şeʼrlaringizdan aytib beringlar-çi?

Şunda uçala bola ham baravariga Özbekiston Davlat madhiyasini ayta boşladi. Mehmonning rağbatlantiruvçi sözlari öquvçilarning ğayratini yanada jöştirib, u bilan erkin suhbatga kirişdilar. Ular şeʼr nomlari yozilgan varaqlarni iştirokçiga uzatib, xohlaganini sörasa, aytib bera olişlarini maʼlum qilişdi. Buni amalda bajargan öquvçilarga qarab mehmon:

– Barakalla, ota-onangizga rahmat. Kitob öqişni yaxşi körasizlarmi, unday bölsa, uni özim sizlarga sovğa qilaman, – deya ularga vaʼda bergani va sözining ustidan çiqqaniga şohid bölganman”.

Darhaqiqat, Jöra aka Özbekiston böylab xizmat safarlarida, ayniqsa, taʼlim muassasalarida bölganida bolalar bilan qisqa suhbatda ular orasidan iqtidorlilarini tez ajratib olar, ularning öqituvçilari bilan suhbatlaşar, hatto, ota-onalarini maslahatga çorlar, vazirlik qoşida özi taşkil etgan Alişer Navoiy nomidagi Nafis sanʼat litseyiga öqişga taklif etardi. Ana şunday mehrni körganlardan biri Özbekiston teleradiokompaniyasi “Assalom, Özbekiston!” studiyasi boş muharriri örinbosari Azizbek Turdiyevning fikriga eʼtibor beramiz:

“1995-yili Respublika öquvçilar saroyida iqtidorli yoşlar örtasida ötgan tanlovning yopilişida Vatan haqida şeʼr öqiydigan böldim. Havaskorlik maşqimni öktam ovozda aytib tugatişim bilan katta zalni qarsak ovozi tutdi (Bugun aniq bilamanki, bu olqişlar şeʼrga emas, navrasta bolaning dadil ovoziga va ifodali talaffuziga yangragan edi). Şu payt sahnadagi qator stol-stullarning markazida ötirgan kişi kela solib bağriga bosdi, meni maqtab-maqtab kostyumining çöntagidan şoşa-pişa ruçka olib tutqazdi. “Zör şeʼrlar yozing”, dedi. Örnimga qaytganimda öqituvçilarim sovğa bergan odam xalq taʼlimi vaziri Jöra Yöldoşev ekanligini aytişdi. Vazirdan sovğa olgan öquvçining ustozlari qançalar şodlanganini tasavvur qilavering. Qişloqqa borganimda bu voqeadan hammadan köproq bobom xursand böldi, “Nevaram ministrdan ruçka opti”, deb maqtanib yurdi. Bu sovğa mening omadli hayot yölimga başorat edi.

Jöra Ğaniyeviç bilan keyingi yil Farğonada yana uçraşiş nasib etdi. Öqituvçilar anjumani bölayotgan zalda vazir vodiy isteʼdodlar beşigi ekani haqida gapira turib, mening ismimni aytib, eslab qoldi. Öşa yerda edim. Yoniga çaqirib, şeʼr öqib berişimni söradi (oddiygina öquvçining nomini yodda saqlab qoliş uçun vazirda favqulodda xotira, aniqroği, öz vazifasini sidqidildan  bajariş zavqi bölişi kerak, nazarimda). Öşanda Jöra Ğaniyeviç Toşkentga, Nafis sanʼat litseyiga borişni tayinladi. “Nafis sanʼat sizga öxşagan bolalarni tarbiyalaş uçun oçilgan”, deya taʼkidladi”.

Biz hayotda öz farzandini yoki qarindoşini  biror taʼlim muassasasiga yönaltirib, yordam bergan va “öqitib odam qildim, unday qildim, bunday qildim” deguvçilarni ham uçratib turamiz. Biroq Jöra aka bu litseyga taklif qilgan iqtidorli bolalar mutlaqo begona bölsa-da, ular bilan keyinçalik ham aloqasini uzmasdi. Asosiy vazifasi uçun vaqti yetişmasligiga qaramasdan ular holidan muntazam xabar olib, uzoq-uzoq suhbatlar uyuştirib turardi. Bu borada yana Azizbekning fikrlariga quloq tutamiz.

– Alişer Navoiy nomidagi Respublika Nafis sanʼat litseyi öşa vaqtlarda ğoyat dong taratgan bölib, muhiti şuhratiga monandligini birinçi qadamdanoq bilsa bölardi. Litseyga kiraverişda öng tomondagi maydon töriga hazrat Navoiy byusti örnatilib, mutafakkirning quyidagi bayti uzoqdan ham közga körinarli harflar bilan bitilgandi: “Yigitliqda yiğ ilmning maxzani, qarilik çoğida xarj qilğil ani”. Çindan ham bu maskanda ilm xazinasini yiğişni astoydil niyat qilgan öğil-qizlar öqirdi. Jöra Ğaniyeviç nafaqat litseyning bunyodkori, balki ana şunday muhit ijodkori sifatida öqituvçilaru öquvçilarning mehrini qozongandi. Bu maskanni ayriça yaxşi körişini yaşirib ötirmasdi. Goh xorijlik mehmonlar bilan, goh bayramlarda, navoiyxonliklarda yoxud “Nafosat” şeʼriyat keçalarida, xullaski, turli sabablar bilan litseyga tez-tez kelib turardi. Har gal kelganida bizni çaqirib uzoq suhbatlaşardi. Biz öquvçilar ham biror zarurat tuğilsa, tortinib ötirmay katta-kiçik iltimoslar bilan xalq taʼlimi vazirligiga boraverardik. Jöra Ğaniyeviç bor bölsa, albatta, xursandçilik bilan qarşi olardi. Bir kuni litseyda bölib ötgan navbatdagi katta tadbirdan keyin vazirga yana erkalik qildik: Samarqandda yaqindagina oçilgan Imom Buxoriy majmuasini ziyorat etişga avtobus ajratib berişlarini söradik. Bu kabi taklifu taşabbuslar özimizdan çiqib, öqituvçilar bilan maslahatlaşmay töğridan-töğri Jöra Ğaniyeviçga aytaverardik. U kişi şunga haddimiz siğadigan darajada yaqin tutardi özini. Biz erkatoylarning bu galgi iltimosimiz ham yerda qolmadi. Öşanda aksar öquvçilar Samarqanddagi buyuk obidalarni ilk bor körib, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, köp yillar taassurotlarimizni oşiqib-toşiqib gaplaşib yurganmiz.

“Haqiqatdan ham ustoz juda köp yoşlarning boşini silagan, ularni töğri yölga boşlagan, isteʼdodini çarxlagan, hayotning oğir sinovlarida dalda, turtki bergan – deb eslaydi Şuhrat Oripov. – Juda köp tengdoşlarim hozirgaça Jöra Ğaniyeviçning özlariga ruhan kömak berganliklarini, qöllab-quvvatlaganlarini aytib çarçaşmaydi. Bu insondagi olijanoblikni, yoşlarga nisbatan ğamxörlikni litseyda öqib yurgan mahallarim juda köp marotaba özim ham kuzatganman. Vazir bölib işlab yurgan kezlarida qaçon litseyga kelsalar, albatta, bizni oldilariga çaqirib suhbatlaşardilar. “Muammolar yöqmi?” deb sörardi. Mana şu sörovning özida ham yoşlarga nisbatan çeksiz eʼtiborni anglaş mumkin edi.

Oradan vaqt ötib, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga aʼzolikka qabul qilinganligimni va davlatimiz rahbari Farmoniga asosan “Şuhrat” medali bilan taqdirlanganimni eşitib, ustoz juda xursand böldi. Ular özlari topgan isteʼdodli yoşlarning yutuqlaridan doim boşlari osmonga yetadi, xuddi özlari erişgandek iç-içdan yayraydi.

Sinfimizga kirib, biror fandan saboq bermagan bölsalar-da, men Jöra Yöldoşevni özimga haqiqiy ustoz deb bilaman. U kişi şoir emas-u, lekin adabiyotimiz, şeʼriyatimiz uçun qança-qança isteʼdodli şoirlarni kaşf etib bergan. U kişi rassom emas-u, lekin qançadan-qança rassomlarning iqtidorini yoşligidan aniqlab, ularga töğri yöl körsatgan, rağbat bergan. Respublikaning qayerida bölmasin, ularni körganida xuddi bizdan söragani singari “Muammolar yöqmi?” deb söragan. Men ustoz kaşf etgan, respublikamizning turli şahar-qişloqlarida tuğilgan juda köp yoşlarni taniyman. Ular juda köp va bugun turli sohalarda yetuk kadrlar bölib yetişib, mamlakatimiz taraqqiyoti uçun astoydil xizmat qilişmoqda.

Özim erişayotgan yutuqlarda va umuman hayotda öz örnimni topib borişimda Jöra Ğaniyeviçning xizmatlari beqiyos ekanligini, maktabda öqib yurgan kezlarim ustoz bilan uçraşganim hayotimdagi öziga xos buriliş lahzasi bölganligini bugun faxr bilan, mubolağasiz ayta olaman”.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda muhtaram Yurtboşimiz rahnamoligida isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bu oqilona siyosat bugun özining sezilarli samaralarini ham bermoqda. Bu yutuqlarga erişişda davlatimiz rahbarining siyosatini çuqur anglab, ularni amalga oşiriş uçun özini ayamaydigan Jöra Yöldoşev singari jonkuyar ustozlarimizning ham munosib hissasi bor. 

Köpgina yozuvçi va şoirlarimiz Jöra aka taşabbusi bilan har yili may oyida taşkil etiladigan ijodkor muallimlarning anjumanlarini ham yaxşi eslaydilar. Anjumangaça adabiyotning har xil janrida ijod qilguvçi muallimlarning asarlari yiğilar, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida eng yaxşilari saralanib, mualliflar yurtimizning bahavo bir göşasiga taklif etilardi.

Bu ajuman va uning taşkilotçisi haqida taniqli şoir Ikrom Otamurod şunday deydi:

“Jöra Yöldoşev – muallimlarning muallimi. Mavlono Beruniyning şunday bir hikmatlari bor: “Eşitganing heç narsa emas, körganing muhim”. U kişi maktabni adabiyotga, adabiyotni maktabga alohida eʼtibor bilan, ehtirom va xayrixohlik bilan qadrdon etgan muallim. Vazir bölgan mahallarida “Ijodkor öqituvçilar kengaşi”ni taşkil etgan edi. Şu asnoda adabiyot öqituvçilarining har yili har bir viloyatda respublika anjumani ötkazilar edi. Anjumanda qatnaşgan öqituvçilar, avvalo, juğrofiy muhitdan, muhimi, qalbiy qadrdonlikdan ruhlanardilar. Katta-katta ham tasavvurlar, ham taassurotlar bilan qaytardilar öz maktablariga. Eng muhimi, muallimlarning muallimi Jöra Yöldoşevning özi ham uşbu anjumanlarda doim birga bölardilar. Öqituvçilarning har bir yozuvini eşitib, dillari ravşan tortardi. Buni mazkur safarlar asnosida guvohi bölganim sabab aytayotirman. Öqituvçilar u kişiga özlarini yaqin olardilar. Qadrdonday gaplaşardilar. Bu maktabga bölgan ixlosning, adabiyotga bölgan ixlosning uzviy boğiçi edi. Jöra Yöldoşev, takror aytaman, maktab bilan adabiyotni bir-biriga qadrdon etgan inson. Yana bir gapim uşbu satrlarda aytiladi:

Hayot alifbosin har bir harfini,

Öqib, joyladingiz maktab qalbiga.

Doim kengaytirib taʼlim tarxini,

Fidolar böldingiz darslar sarfiga.

 

Dillarda ezgulik çöğlantirasiz,

Örgatasiz qanoat ne, ne bardoş?!

Samimiyatga çin sodiq Jörasiz,

Ilmu maʼrifatga qadrdon, Yöldoş”.

Ikrom akaning aytgan sözlariyu bitgan satrlarida maqolamiz qahramoni, uning xizmatlariga samimiy baho berilgan. Yuqorida taʼkidlangan anjumanlarga töxtaladigan bölsak, uning ahamiyati beqiyos edi. Unda adabiyotga, adabiyotning mehvari bölmiş INSONga nisbatan mehr bor edi. Unda murğak qalblarda adabiyotga mehr uyğotayotgan, şu bilan birga özi ham maşqlar qilayotgan muallimlarga eʼtibor mujassam edi…

Kamina bir neça vazir bilan işlaganim bois, özaro qiyoslaş imkoniyatim bor. Ularning har biri öziga xos iqtidoru layoqatga ega, özidan iz qoldirgan rahbarlar ekanligini taʼkidlagan holda pedagog-vazir sifatida Jöra aka singari bolajon va ijodkorlarni qöllab-quvvatlaydigan vazirni körmadim desam boşqalari xafa bölişmas. Albatta, vazirning asosiy vazifasi taʼlim tizimida işni samarali taşkil etiş hisoblanadi.

Qalbi daryo muallim, adabiyotimizning tolmas tarğibotçisi, pedagogika fanlari doktori, professor Jöra Yöldoşevning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U Prezidentimiz farmonlariga köra “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni, “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.  Şuningdek u Xalqaro fan, taʼlim va sanʼat akademiyasining (AQŞ) hamda Pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasining(Rossiya) haqiqiy aʼzosi hisoblanadi.

Jöra aka bugun ham olimlar davrasida eng faol tadqiqotçilardan – Xudo bergan umrining har bir soniyasini hanuz öqib-örganişga, ilmga sarflamoqda. Muallimlar muallimi sifatida esa hamkasblari va eng asosiysi, talabalar qalbiga ziyo таратищда davom etmoqda.

Halim SAYID,

“Mehnat şuhrati” ordeni sohibi

 

«Yoşlik»2012/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)