(Hikoya)
U böş vaqt topdi degunça, şahar markaziga – ikki çeti böylab hovli-joylar tizilib ketgan köçaga jönaydi. “Baxtlar vodiysi” deb ataladigan bu köça uning uçun bir möziza, sirli olam bölib tuyuladi. Bundan biron-bir naf çiqadimi-yöqmi, unga baribir, öşa yerga şoşilaveradi. Saratonning jazirama, qişning qahraton kunlarida, momaqaldiroq gumburlab, yomğir şarros quyib yuboradigan köklam kezlarida ham qatnagani-qatnagan.
“Bu uning köçasi” deya hayajon bilan şivirlab qöyadi u. Huv anavi ön ikkinçi uyda Şodiya yaşaydi.
Şodiya! Bu nomni har gal takrorlaganida endigina ön yetti yoşga tölayotgan Mohirning tomirida qoni qizib, ehtirosdan entikar, qizning ismi gözalligidan, nafisligidan zavqlanar edi.
Baʼzan u beixtiyor qaylargadir tikilganiça tek turib qoladi. Orzu va xayollar olamiga parvoz qiladi. Şirin öylari birdaniga xayol olamidan çiqib, haqiqatga aylanişini istab qoladi. Köça böylab borar ekan, qizning iffat nuri bilan yoritilgan çehrasi uning köz oldida porlab körinar, olamning gözalligini, yaşaş va seviş qanday soz ekanligini butun vujudi bilan his qila boşlardi. Ha, bu qiz deb yaşasa, unga intilsa, uning yölida jon fido qilsa arziydi.
Tabiatan juda ziyrak, hamma vaqt odamga el bölib ketadigan bu yigit gözallik şaydosi edi. Nafaqat inson jismidagi gözallik, balki qalb gözalligi, tuyğular jilosi ham öziga rom qilardi.
Endi bölsa, şu musaffolikni, eng yuksak ezgulik va iffatni u Şodiya ismli mohtobon qiz timsolida körib qoldi. Kördiyu tinçligi buzildi, oromi yöqoldi, huzur-halovatidan ayrildi. Bilib-bilmay işq ötida örtana boşladi. Sohibjamol dilbar qiz heç erişib bölmaydigan olis yulduz yangliğ uning xayolida uçib borardi.
* * *
Köz oçib yumgunça kişi qalbiga maʼyuslik baxş etuvçi sentyabr oyi ham yetib keldi. Moskvada öqiyotgan Mohir yozgi taʼtilni Toşkentda, öz uyida ötkazdi.
“Öqişimga uç-tört kun keçikib borsam, osmon uzilib yerga tuşmas”, deb xayolidan ötkazdiyu qizni topib u bilan uzil-kesil gaplaşişni maqsad qilib qöydi.
Ikkinçi sentyabr kuni, nihoyat, qaçonlardan buyon öylab yurgani röy berdi. Sayilgoh köçasidan yurib borayotgan Mohirning közi röparasidan kelayotgan Şodiyaga tuşdi.
“Ana, u!” deb yubordi içki bir nido. Qizning egnida xonatlas köylak, ipakday jilvalanayotgan qora soçlari tepasiga turmaklangan, xuşbiçim oyoqlarida töq puştirang yaltiroq tufli, qölida çiroyli ayollar sumkasi. Yozdagiday qizdirayotgan sentyabr quyoşi nurlarida u laʼlday yonib, xiromon yurib kelayotgandi. Ha, u yoş va gözal, butun olam oyoği tagida! Tevarak-atrofdagilar unga suqlanib qaraşadi.
Mohir ğayriixtiyoriy ravişda uning orqasidan ergaşdi. Şodiya universitet binosining ikkinçi qavatiga çiqib, köpçiligi rus talabalar bölgan auditoriyaga kirib ketdi. Sal ötmay qönğiroq çalindi. Bir rus muallima öşa auditoriyaga kirarkan, orqasidan eşik yopildi. “Demak, ikkinçi smenada öqirkan”, deb qöydi Mohir içida. U auditoriya raqamini koridorda osiğliq dars jadvalidan topib, kuydirmajon qizning şarqşunoslik fakultetining ikkinçi kursida öqiyotganini bilib oldi.
Ertasi kuni butun borliği bilan his-hayajonga tölib-toşayotgan Mohir qizning köçasiga ötdi. Muyulişda turib uni kuta boşladi. Quyoş tik kelib qolgan payt edi. Ana Şodiya! U darvozadan çiqib töppa-töğri Mohir turgan tomonga qarab yurib kela boşladi. Oldiniga Mohir azboroyi dovdiraganidan nafasi çiqmay qoldi. Lekin tezda özini qölga oldi. Endi u bundan ikki yil avvalgi tortinçoq Mohir emasdi. U şaxdam qadam taşlab, qiz tomon yurib ketdi. Qizga yaqinlaşgaç, göyoki köp zamonlardan beri taniş odamday şöx va jarangdor ovozda xitob qildi:
– Mana şu ajoyib qizning ismi Şodiya! Qani, ruxsatiz bilan qölizzi bering-çi, bir körişib qöyaylik.
Mohir özini şodon tutgan holda qölini qizga çözdi.
Har bir odam uçun har doim eng yoqimli eşitiladigan söz uning öz ismidir. Şodiya ham kötarinki ruhda jaranglab eşitilgan öz ismidan yuz-közi porlab ketdiyu qölini Mohirga qanday uzatganini özi ham sezmay qoldi. Qizning momiq paxtaday oppoq, issiqqina kafti öz kaftida turganidan Mohirning butun badani jimirlab ketdi. Şu lahzada u yoruğ olamdagi hamma narsani unutdi va faqat uning lablariga va közlariga tikilgança turib qoldi. Uning nazarida qiz yanada oçilib ketgandi. U juda böy yetgan, bejirim, öziga işongan, aqli raso, muomalani örniga qöyadigan va har qanday odamni öziga maftun eta oladigan aslzoda qizlarning borib turgan vakilasi edi.
– Keçirasiz, közimga issiq körinyapsiz-u, lekin taniy olmayapman, – dedi u mayin tovuş bilan, qölini asta-sekin böşatarkan, Mohirga oçiq va tik boqib.
Mohir jilmayib qöydi.
– Şahar öquvçilar saroyida közingiz tuşgan bölişi mumkin.
– E, ha, ehtimol şundaydir, – qiz ham tabassum bilan javob qaytardi.
– Öqişlar qalay ketyapti?
– Öqişlar bor-yöği endi boşlandi. Bu savolga javob beriş hali erta deb öylayman, – qizning huşyorligi va sinçkovligi, ayni paytda dadilligi, keskinligi va öziga işonçi zörligi bilinib turar, bular irodasi kuçli va eʼtiqodi qatʼiy odamga xos bölgan xislatlar edi.
Mohir öyçan holatda qizga tikildi.
– Şodiya, ayting-çi, nega yozgan xatlarimga javob beray demadingiz?!
– Qanaqa xat, tuşunmadim? – hayron bölib söradi qiz.
– Moskvadan yozgan qançadan-qança xatlarimga.
– Eh, bu siz edingizmi?
Qizning timqora közlari hayratdan yanada kattaroq oçilib ketdi.
Mohir “ha” deyayotganday ğamgin körinişda boş irğadi.
– Bilasizmi Mohir, meni dadamning yoşlikdan birga ösgan döstining öğliga unaşib qöyişgan. Yaqinda töyimiz böladi!
Mohir umrida faqat bir marta, Seryoja bel aralaş çap buyragiga orqa tomonidan ayovsiz tepganida yarim huşini yöqotgan edi. Hozir esa u ikkinçi marta huşidan ketişiga sal qoldi. Butun umidlari birdan çilparçin bölgandi. Köz oldi qoronğilaşib, yeru osmon çarxpalak bölib aylana boşladi.
– Men esa sizni şu qadar sevamanki, buni söz bilan ifodalaşga ojizman, Şodiya. Orzu-umidlarimning, sizga bölgan ezgu niyatlarimning çek-çegarasi yöq. Endi bölsa hammasi tugabdi, hammasiga nuqta qöyilibdi.
Mohir ğamgin qiyofada tikildi.
– Bunçalik tuşkunlikka tuşmasligingiz kerak. Bu dunyo mendan boşqa qizlarga ham tölib-toshib yotibdi. Istaganingizni tanlab olişingiz mumkin. Axir siz yigit kişisiz-ku!
– Gap bunda emas, – dedi Mohir qult yutinib. – Siz men uçun dunyoda yagona qizsiz. Olamda eng dilbar, eng gözal qizsiz! Rost, rost, Şodiya.
– Mayli, men boray. Darsga keçikmasligim kerak, – dedi qiz nafis qöl soatiga qarab qöyarkan.
– Ozgina sabr qiling, Şodiya.
Mohir qizning oppoq bilagidan uşlab, uni töxtatdi. – Modomiki şunday ekan, ayting-çi, nega öşa birinçi xatimgayoq javob yozib, meni tinçitib qöya qolmadingiz?
– Nima desam ekan… Sir bölsayam, özingizga ayta qolay. Xatni şunaqangi çiroyli yozarkansizki, men ularni huzur qilib öqirdim. Navbatdagilarini esa toqatsizlik bilan kutardim, – qiz şunaqangi çiroyli qilib kuldiki, göyo tevarak-atrof yanada yaşnab ketgandek böldi.
– Buni qarang-a, siz bu yoqda xatlarimni huzur qilib öqiyveribsizu, men bölsam u yoqda bir-ikki satrgina javobingizga zor-zor bölib, asablarim qaqşab yuraveribman-da.
– Uzr, Mohir! Bu tomonini öylamabman. E, yöq, öylagandim ham, lekin xatlaringizning töxtab qolişini istamagandim. – Qiz uyaldi şekilli, yonoqlari qizaribroq yerga qaradi.
– Şodiya, şaxsiy hayotingizga aralaşmoqçi emasman. Sizni jonimdan ham ortiq körganim uçun bilmoqçiman. Siz… öşa yigitni sevasizmi?
– Oçiğini aytsam, u bilan hali bir oğiz ham gaplaşmaganman. Faqat töy-haşamlarda bir-ikki marta körganman, xolos.
– Ana xolos! Gaplaşib ham körmagansiz, qanday odam ekanligini ham bilmaysiz, lekin şunga qaramay, turmuşga çiqib ketaverarkansiz-da!
– Har holda, ota-onam meni yomon odamga uzatişmasalar kerak, – qiz çuqur öyga tolgança Mohirga tikilib qoldi.
– Balkim, ota-onangizga quloq solib töğri qilayotgandirsiz. Lekin dunyoda yurak, qalb, sevgi, mehr-muhabbat deydigan narsalar ham bor-ku, axir. Nahotki siz ularni hisobga olmasangiz?
– Men ularga işonmayman. Sevgi, muhabbat, – qiz kulib qöydi, – ular faqat kitoblarda yoziladi, kinolarda körsatiladi.
– Keçirasiz, Şodiya! Bu gapingizga qöşilolmayman. Men sizni sönggi nafasimgaça, agarda mavjud bölsa narigi dunyoda ham sevganimça qolaman! – Mohir iztirobga çökkan közlarini qizining maʼyus tortayotgan közlariga tik qadadi.
– Albatta, buning uçun sizga çin dilimdan rahmat deyman. Sezib turibman, durust yigit körinasiz. Lekin, naçora!.. Agarda… agarda unaştirilmaganimda sizni öylab körgan bölardim, – dedi qiz bir oz sukunatdan söng öyçan bir holatda.
Qizning oxirgi sözlari Mohirga “sevaman” sözidan ham azizroq va qimmatliroq bölib eşitilgandi.
– Demak, sizni bir umrga, mangulikka yöqotarkanman-da, Şodiya! Sirayam işongim kelmayapti, – Mohirning ovozi zörğa, iç-içidan titrab çiqdi.
– Xohişingizni bajo qila olmaganim uçun uzr, Mohir. Sizning baxtli bölişingizga juda işonaman. Mendan esa, heçam xafa bölmang, xayr! – Qiz qöl berib xayrlaşdi-da, kelgan yölidan yana töğriga qarab yurib ketdi.
Yagona umididan, butun vujudi bilan, jon-jahdi bilan sevgan qizidan ayrilgan Mohir, özining bor-yöqligini unutgança uning orqasidan qarab qoldi.
Orzulari barbod bölgan, işonçlari sovrilgan Mohir ğam-ğussa çekib, köziga heç narsa körinmay, quloğiga heç narsa eşitilmay, xuddi mast kişidek gandiraklab ketib borardi. Ha, u mast edi, qizning jamolidan, uning nozik qöllaridan mast edi. Köz yoşlari yuzini yuvib tuşar, boşini quyi solgança qizning köçasidan sönggi marta, darvozasiga sönggi marta nigoh taşlab ötarkan, allaqanday şeʼrni eşitilar-eşitilmas yoddan ğöldiradi:
Çekil lira!
Qöşiğim tamom!
Kuyim asta söndi va topdi barham,
Dardim bir şarpadek çökdi bu ayyom.
Nurafşon köp olis yoqlarga bu dam.
Çekil lira!
Qöşiğim tamom!
Bir zamon jöşardim daraxt tubida,
Kuylardim örmonda, qaynardi ilhom.
U dam yoş, baxtiyor, dadildim juda.
Endi-çi kuylaşga qolmadi majol,
Közyoşi keladi, yöq dilda orom.
Köça kezaman öyçan va behol.
Çekil lira!
Qöşiğim tamom!..
Vohid ISMOILOV
“Yoşlik”2012/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

