7 daqiqada öqiladi

415 marta körilgan

Töydan sönggi tomoşa

Qaynona va kelin muammosi neça ming yillardan buyon hayotimizdagi suratlarga “ramka” bölib turibdi. Bu mojaroli mavzuning ham yakuni bormikan? Turmuş qurgan qaysi qiz bilan suhbatlaşmay, ozgina bölsa-da, uning ham bu mavzuga begona emasligining guvohi bölaman.

Avtobus bekatida uzoq turib qoldim.

– Neçinçi avtobusni kutyapsiz? – şiringina ovoz orqamdan eşitildi. Orqaga ögirildim. 20-21 yoşlar çamasi çiroyli bir qiz kulib turgandi. Avtobus kelgunça u bilan uzoq gaplaşib turdim. Dilimiz dilimizga töğri keldi şekilli, ança çiqişib qoldik. Ismi Gulzoda ekan.Özi ham gullar kabi nafis va latofatli qiz ekan. Yoşimiz ham bir ekan, uning ustiga ota-onalarimiz ham bir viloyatdan çiqib qoldi. Suhbat çoğida hayotini gapira ketdi. Kulib gap boşladiyu, keyin maʼyuslanib qoldi. Avtobus ham keldi va uning eng oxirgi örindiğini egalladik. Hikoyani esa davom ettirdi.

– Yaqinda odatdagidek öqişga otlandim. Dars boşlanişiga bir oz vaqt borligi sababli guruh qizlari orasida aynan qaynona va kelin mavzusi haqida kiçik suhbat boşlandi. Qizlar orasida turmuşga çiqqanlari bölganligi bois ularning hayotidagi voqealar bizni qiziqtirardi. Eng qiziği esa suhbatimizga oilali, farzandli va asosiysi qaynonali öqituvçimiz qöşildi. Aytilgan voqealarni eşitib bir oz ajablandi-da, ularning fikrini butunlay aksini aytdi.

– Men ham, turmuş örtoğim ham asli Farğonadanmiz. Qaynonam bölsa “zolotoy”, – dedi.

Ularning hikoyalarini dars qönğiroği buzdi. Mavzuga nuqta qöyib darsni boşladik. Mening xayolim esa hamon öşa mavzuda qotib qolaverdi. Uzoq öylab qoldim. Qaynona va kelin muammosi: Toşkentdami yoki toşkentliklarda?!

Özim Toşkentda tuğilganman. Ota-onam esa viloyatdan. Yoşligimda otamni erta yöqotganim bois onamning yoniga qöşilib, hayotni ertaroq angladim. Onam bizning oliy maʼlumotli bölişimizni juda ham istardi va bunga qölidan kelgança harakat qildi. Oilada men tönğiç farzandman. Özim istagan oliy öquv yurtiga grant asosida qabul qilindim. Dunyoda mendan baxtli inson yöq edi. Birinçi bosqiçni tamomlamasimdanoq uyimizga sovçilar kela boşladi. Onam hali yoş, öqişi bor, uzatmayman deganlariga ham qaramay ularning keti uzilmasdi. Yoz oylarining birida uyga qönğiroq bölib, yana sovçilar keldi. Ularning aytişiça meni bölajak qaynotam topgan ekan. U deb, bu deb öğli bilan uçraşuvga çiqişga köndirib ketişdi. Birinçi uçraşuv odatdagidek ötdi.

Ikkinçi uçraşuvda esa bölajak kuyovning özi töyga roziligini menga aytdi.

– Men-çi, men hali fikrimni aytmadim-ku, – desam:

– Men rozi bölsam böldi-da, senikini nima qilaman,   – dedi.

Fotiha töyimiz ham böldi.Töyga tayyorgarliklar avjida.

Men esa hayotimda bir kun böladigan betakror keçamga çiroyli köylak kiyiş va uni qayerdan tanlaş xayoli bilan band edim.

Hammasi şundan boşlandi. Qaynonam aytgan joydagi köylakni kiyib kördim, lekin u menga yoqmadi. Turmuş örtoğim esa:

– Hayotingda bu kun bir marta böladi, özing istagan va özingga yoqqanini kiy, – dedi.

Ana şu köylakni ham topdim. Uni töy kuniga band qildik. Orada esa qaynonam onamga qönğiroq qilib, mening öjarligimu qaysarligimdan arz qilibdilar.

Toşkentda qiz uzatiş ham katta maşmaşa ekan. Uning ortiqça sarf-xarajatlarini-ku aytmasa ham böladi. Bu sarpo-suruğ deganlari odamning tinkasini quritdi. Qaynona va qaynotam ham asli toşkentlik emas, lekin nima uçundir töyning urf-odatlarini toşkentça qilamiz deb turib olgan edi.

Onam yolğiz bölganligi sababli ortiqça xarajatlarning keragi yöqligini va bunga harakat ham qilmasliklarini aytdim. Çunki ular toşkentça töy deganlari bilan kelinga qilgan sarpolari faqat bitta kiyim-boş edi. Gap kiyimda ham emas, biroq salomga yaraşa alik deganlaridek, ortiqça mulozamatning keragi yöq edi. Kiyimlarimni esa töydan keyin ham özim sekin-sekin olaverdim.

Nima bölganda ham yangi kelin deb hammaning közi sizda bölar ekan. Bir közi sizda, biri esa egningizda.

Domdan hovliga tuşgan kelinning rözğorga moslaşişi qiyin böladi deyişadi. Aksinça, men tez könikib ketdim. Öqişimni ham yölga qöyib oldim. Oldimga qöygan maqsadlarim butunlay özgardi. Endi oilaliman. Uning ustiga talabaman. Turmuşga çiqqanimda universitetning 2-bosqiçida öqib yurardim. Öşa kunlarda judayam  baxtli edim… Toki qölimga stipendiya tekkunça…

Voqeani boşlaşdan avval sizga ham bir savol bermoqçiman. Talaba uçun bir oyga bazör yetadigan stipendiya bir oila uçun qanday yetişi mumkin?

– Töğri, – deya, özim ham ança öylanib qoldim.

Bu savolni men özimga juda köp marotaba berganman. Meni şu muammo öylantirardi. Boşida pulni qaynonamga bermoqçi böldim, biroq men ham yoş kelinman. Yuqorida aytganimdek kiyingim, köçadan biron nima olib yegim kelardi. Öqişimdan, ehtiyojlarimdan ortganini yiğib qöyardim.

Kunlardan bir kun qaynonam stipendiyamni berişimni söradi.

– Nima qilasiz stipendiyamni, özimdan ortmaydi-ku, ortsa ham yiğib qöyayapman, lekin ozgina yiqqanim nima ham bölardi? – dedim.

Qaynonalarga xos tavoze bilan qoşlarini çimirib, qayningizni (erimning ukasini) uylantiramiz, opangizga (erimning singlisi, uning yoşi menikidan katta)  beşik qilamiz, dedi.

Hayratdan yoqa uşladim. Nahotki, oilada işlayotgan tört kişining maoşi ham bunga kamlik qilsa, yetmasa?

Turmuş örtoğim tungi navbatçilik uçun işga ketdi. Odatdagidek idişlarni yiğib dars qiliş uçun xonamga kirayotganimda qaynonam yana şu mavzuda gap oçdi. Bir narsaga heç tuşunmasdim: ularning maşmaşasi erim işga ketgandan söng boşlanar edi.

– Şu pullar uyingizga ketsa noroziman, – deb dabdurustdan gap boşladilar. Hayron qolganim – qaynotam bu janjalni kuzatib burçakda jimgina ötirardi. Orada ança kurakda turmaydigan haqoratlarni eşitdim. Oxiri çidolmadim. Turmuş örtoğimga qönğiroq qilib bor gapni aytib berdim. U esa qaynonamga telefon qilib vaziyatni yumşatişga urindi.

Turmuş örtoğim yaxşi odam. Meni öqişda ham, işda ham qöllab-quvvatlaydi. Hamma vaqt meni tuşunişga harakat qiladi.

Yuragimga eng oğir botgan nuqta qaynonamning közimga qarab, “seni stipendiyang uçun kelin qilganman”, degani böldi. Çindan ham kelin byudjetda öqisa, şartnoma pulini tölamasa, uning ustiga stipendiya… Hammasini keyin tuşunib yetdim. Qaynonam va qaynotam juda puxta iş qilişgan ekan, juda uzoqni öylab kelin qidirişganini tuşundim. Qaynotam ham erkak kişi bölaturib bu vaziyatni jimgina kuzatib ötiraverdi.

Ota mehriga töymaganim bois uni juda soğinardim, har kuni kutardim. Qaynotam otamdek, qaynonam esa onamdek böladi deb juda ham istagandim. Ayniqsa qaynotamga otamdek qarardim. Homiladorligim sabab janjallarni kötara olmadim. Onam va turmuş örtoğim ham uyga kelib, hammasi gaplaşib  olişdi.

Qaynonamning bir odati yomon. Oğziga kelgan gapni gapiraveradi, özi nima gapirayotganining maʼnosiga tuşunmaydi. Heç kimga gap bermaydi. Faqat özinikini maʼqullaydi. Aytadigan gapini aytib qöyib, qilar işni qilib uyning burçagiga kiradi-da, tasbehini taşlab ötiraveradi. Onamga qilgan muomalasini eşitib, uning ustiga janjal tufayli özimni tutib turolmadim. Uç marotaba huşimni yöqotdim. Öşa vaqtda otamdek deb yurgan qaynotam bu artistlik qilyapti, deb meni jon-jahdi bilan siltab taşladi. Hammasi esimda. Bu kunlarni heç qaçon unuta olmasam kerak.

Agar otam hayot bölganida, menga bunday munosabatda bölişmas edi. Hammasi boylikning, pulning qudratidan ekanligini keyin tuşunib yetdim.

Bu vaziyatda onam meni qoldirib ketolmasdi. Erimning özi bizni uyga taşlab qöydi. Uni ham tuşunaman: ikki öt orasida qolgan edi.

Onamning uyidan öqişimga qatnab yurdim. Kunlarning birida ne köz bilan köray, universitetga qaynotam kirib kelyapti. Menga aytgan gaplarini eşitib, yer yorilsa kirib ketgan bölardim.

Men har oylik stipendiyamni qaynonamga olib borib berar ekanman, ular esa qaynonamga bildirmay menga öşa pulni berib turar emişlar. Bu ham töydan oldin tuzilgan rejalardan biriga öxşaş reja ekanligini darrov angladim.

Qaynotamning özi oyligini qaynonamga bersa, kunlik pulini ulardan olsa, yana qanday qilib menga pulni töğirlab berişi mumkin? Jahlim çiqib, öşa menga vaʼda qilayotgan pulingizni oyijonga olib borib bering, dedim.

Oradan ozgina vaqt ötdi. Qiş bölganligi bois kunlar ança sovuq edi. Erimning qistovi, uning ustiga homiladorligim sababli uyga qaytdim.

Afsuski, janjallar davom etaverdi. Arzimagan narsalardan janjal çiqaraverişdi. Ularni aytişga til ham bormaydi. Eng açinarlisi, kutilmaganda orada homilamdan ayrildim. Bu ham ularga saboq bölmadi.

Yaqinda töyimiz bölganiga bir yarim yil böladi. Alloh nasib qilsa yaqin kunlarda farzandli bölamiz. Özim esa 3-bosqiçda öqiyapman. Hali ham stipendiya mavzusi tugamagan. Men esa hammasidan çarçadim.  Turmuş örtoğim va yaqinda tuğilajak farzandim uçun bariga köz yumib, çidab kelyapman.

Uydagilar yozlarga çiqib ovsin tuşirişni niyat qilişgan. Kelin qidirişyapti. Öqiydigan emas, öqişni tamomlab, işlaydigan, maoşini olib kelib beradiganidan izlaşyapti. Şartnoma asosida öqiydigan qizlar çiqsa kontrakt pulini tölab zarilmi, deb ularni rad etişyapti.

Qişki sessiyani ham eson-omon “5”ga yopdim. Endi esa öqişga borişga qiynalyapman. Hammasidan ham menga alam qiladigani – biron marta öqişim uçun yoki dars tayyorlaşim uçun şaroit yaratib bermay turib, faqat pulni talab qilişgani.

Vaqt hammasini davolaydi deyişadi. Yaxşiyamki öqişim bor, dars bilan, kursdoşlarim bilan ovunaman. Turmuşning muştlariga könib, bariga çidab kelyapman. Buning ham nihoyasi bordir…

Gulzodaning hayotida aççiq-tiziq voqelar köp bölgan ekan. U bilan dugona bölib oldim. Hozir ham qönğiroqlaşib turamiz. Aytgan hikoyalaridan aynan mana şu “stipendiya” bobinigina oqqa tuşirdim, xolos.

Buni öqigan qaynona-kelinlar özlariga yetarli xulosa çiqarib olişar, deyman-da. Axir kelin ham kimningdir farzandi-ku. U ham yangi joyda mehrga taşna, şirin sözning gadosi.

Yulduz FAYZIY,

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi

“Yoşlik”2012/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)