(Hajviya)
Jöra-yoronlarning bori yaxşi. Qisinsang, maslahat beradi, quvonsang, birga quvonadi. Xafa bölsang, ğamingni bölişadi. Xullas, dösting köp bölsa, yuking yerda qolmaydi.
Tadbirkorlik bilan şuğullanib, baxtimni sinab körmoqçi böldim. Bu borada döstlarning maslahatiga muhtojlik sezdim. Nega desangiz, işlarim yurişmay qoldi. Goho pul topmayman, pul topsam uni sarflaydigan yer topmayman. Davosiz dardga yöliqqan kişiday sal sirlaşadigan odam topilsa unga dardimni tökib soladigan böldim.
– Nega işlaring yurişmay turganini bilasanmi? – dedi döstlarimdan biri.
– Bilmasam. Hisob-kitobga nönoqroqman.
– Gap unda emas, oğayni. Hisob-kitob deganing ikkinçi darajali masala. Birinçi masala işning közini bilişdir.
– Xöş, işning közi nimada ekan?
– Şuni yaxşi bilginki, işning közi reklamada!
– Yöğ-e?
– Ha, şunaqa. Rivojlangan mamlakatlarda reklama, bu – hayot degani. Işbilarmonlikni reklamasiz tasavvur qilib bölmaydi. Hali sen tadbirkorlikning nozik tomonlariga, sir-asrorlariga örganolmay turibsan. Şuning uçun işlaring yurişmay qiynalib ötiribsan. Masalan, senda taxta bormi – bor. Bundan kimlar xabardor?
– Sen bilasan, Döspanbet biladi. Yerjanning xabari bor. Nurabilla eşitgan edi, keyin…
Döstim kulib yubordi.
– Bolaning gapini gapirasan! Mayli, biz har qaysimiz önta odamga aytaylik. Nari borsa ellik-oltmiş odam xabar topar. Taxta ularga yo kerak, yo kerak emas. Agar reklama qilsang, bir kunda yuz ming odam eşitadi. Ertasiga yarim million, indiniga esa bir yarim million odam xabar topadi. Ana şundan keyin körasan savdoni!
Öylab körsam, gapida jon bor. Ikki vagon taxta keltirganimga uç oy böldi. Endigina beş kubini sotdim, fanerlarim ham nam tortib borayotir. Bola-çaqamni bezor qilib, ularni kunoşa şamollatib taxtlaymiz. Şiferlarimning bir qismi xaridor topilavermagaç, özining oğirligi bilan sina boşladi. Şunça narsam pulga aylanmay turib qoldi. Agar reklama berganimda bularning bari sotilib, firmamning işlari yurişib ketardi.
Ertasi kuni radioda reklama berdim. Kelasi kuni televizor orqali maʼlum qildim. Uç kundan keyin barça gazetalarda “Toparmon-tutarmon” firmasida (yaʼni mening firmamda) xohlagan turdagi quriliş materiallari serobligi haqida reklamalar bosilib çiqdi. Reklama xaridor çaqiradi, deganlari rost ekan. Televizorda aytilgan kundan bir kun ötib bir yigit keldi.
– Keça sizning firmangizda taxta bor deb aytganday bölişdimi?
– Ha, şunday, taxta bor.
– Qanday xillaridan topiladi?
– Xohlagan xilingizdan topib beramiz! Şifer qoqtiriş uçun stropila kerakmi, pol uçun uçlik-törtlik taxtami yoki oyna-eşik tuzatişga yaraydigan taxtami – xullas, hamma xilidan topiladi.
– Silliq qilinib randalangan kiygizma taxtadan-çi?
– Undan ham bor, usta qidirib yurmasdan özingiz qoqaverasiz.
– Qani bölmasa, şu taxtalaringizning hujjatlarini bir köraylik-çi, – dedi haligi yigit ğöddayib.
– Qanaqa hujjat? – dedim men. – Bari risoladagiday. Menda hujjatsiz, noqonuniy narsaning özi yöq.
– Masalan, bojxona hujjati bormi?
– Albatta, bor!
– Qani körsating!
– Nega körsatar ekanman?
“Xaridor”im çöntagidan xizmat guvohnomasini çiqardi.
– Bojxona boşqarmasidanman. Şubhali mollarni tekşirişga haqim bor.
Sira bu hujjatni birov söraydi, deb öylamagan ekanman. Uç oydan beri yotgan hujjatni ağdar-töntar qilib zörğa topdim. Taxta olar deb öylagan bu “xaridorim” hujjatlarni mudrab-mudrab varaqladi. Taqir yerdan çang çiqaradigan siyoği bor. Nihoyat öylaganimday böldi.
– Manavi ruxsatnomani kim berdi?
– Öqib köring, oti-zoti yozilgandir axir?
– Yozilgani uçun sörayapman-da! Oriqdan kelgan, uzun böyli yigitmi?
– Esimda yöq. Unça eʼtibor qilmagan ekanman.
– Eʼtibor qilmagan bölsangiz, bilib qöying. Bekjonov degan odam. Hozir qamoqda u.
– Qamoqda?!
Dastlab çöçib tuşdim. Keyin özimga kelib söradim:
– Uning menga qanday aloqasi bor?
U ruxsat bergan materiallarning hammasi hozirgi kunda tekşirilmoqda. U bojxonamizning nomiga doğ tuşirib, öğirlik mollarni ötkazib yuboravergan.
– Şunda mening taxtalarim ham öğirlikmi?
– Kim biladi? Balki şunday bölib çiqar? Buni tekşirib körişimiz kerak!
Ana boşlandi. U “öğirlik mol” deb gumon qiladi, men hujjat qoldirmay körsataman. U heç birini tan olmaydi. Uning aytişiça taxtani olgan joyimga borib qaytadan hujjat keltirişim kerak ekan. Şundagina taxtalarimning öğirlik narsa emasligiga işonsa bölar emiş. Bölmasa boş-adoq davlat foydasiga musodara qilişarmiş. Tekşiruvçi minğirlayverib tuşgaça jonimni xalqumimga keltirdi. Reklama böyiça kelgan önlab odamlar eşikni oçib, betoqat möralaydi. Men esa ularning holidan xabar olguday alfozda emasman. Nihoyat piçoq suyakka qadalar holatda tekşiruvçi bilan til topişdik.
– Xöp, akasi, bölmasa şunday qilaylik, – degan sado çiqdi undan. – Gilam sotsang, qöşningga sot, bir çetida özing ham ötirasan, degan gap bor. Elga taxta olib kelgan ekansan, savob iş qilibsan, biroq kesmagunça qonamaydi, degan gap bor…
Xullas, bojxona xodimi bir söm ham bermay uç kub taxtamni olib ketdi. Tuşdan keyin boşimni quyi solib işga zörğa keldim. Yetti-sakkiz odam meni kutib turgan ekan.
– Oğaynilar, sizlar sal sabr qilib turinglar. Men kiramanu çiqaman, – deb bir badbaşara kişi izimdan ergaşdi. Tuşgaça bölgan mojarolardan yurak oldirib qöyganim uçun unga gumonsirab qaradim. Unçalik tekşiruvçiga öxşamaydi.
– Keça reklama körgan edim, – deya u oldimga yaqinroq kelib ötirdi. Sizda şifer ham bormi?
– Albatta bor!
Bitning alamini burgadan olganday bölmasin deb haligi tekin ketgan uç kub taxtaning alami içimni itday tirnab turgan bölsa-da, bu kişiga sezdirmay molimni maqtay ketdim.
– Özi juda sifatli şifer. Yetti qobirğali. Singan, darz ketgan joyi yöq. Ustiga çiqib töp öynasang ham bilinmaydi.
– Özimiznikimi yoki Rossiyanikimi?
– Rossiyaniki.
– Sotib olib keldingmi yoki biror narsaga almaştirdingmi?
Asta köz qirim bilan unga qaradim. “Sotib olib keldimmi, qarzga oldimmi yoki biror narsaga almaştirdimmi, buning nima işi bor ekan?”
– Şifer olmoqçimisiz özi? – dedim qovoğimni uyib.
– Olamanmi, olmaymanmi bu ikkinçi masala. Siz mening haligi savolimga javob bering. Şiferni sotib oldingizmi yo biror narsaga almaştirib olib keldingizmi?
Ana xolos, yetimning oğzi oşga yetganda burni qonaydi, deganlari şu bölsa kerak? Reklama bersang işlaring yurişib ketadi degan gap bekor ekan-da.
Bu xaridorim korrupsiyadan bölib çiqdi. Ikki oğizgina sözlab çiqaman degan bu nusxa keçga yaqin ikki yuzta şiferimni tep-tekinga olib tinçidi.
– Qörqma, inim, qörqsang işlay olmaysan, – dedi u ketar çoğida yelkamga qoqib. – Özim ustingdan quş uçirmayman. Ğayrat qilaver.
Ertasi kun böyi uydan çiqmay yotdim. Keçga yaqin telefonim jiringladi.
– Reklamani berişga berib özing yaşirinib yotibsanmi? – dedi birov ödağaylab.
Ana xolos! Tağin kim böldi ekan?
– Yöğ-e, yaşiringanim yöq, sal mazam bölmay…
– Egri yöl bilan mol topsang, mazang bölmaydi-da!
– Qanaqa egri yöl? Heç qanday qinğir yöl bilan mol topganim yöq!
– Xabarimiz bor, ertaga barça hujjatlaringni olib soliq boşqarmasiga kel. Men Bodikov bölaman. 44-xonaga kelasan.
Bodikov degani borganingdan muddaosini ayta qolsa qaniydi. Yöq. Işlarimni kovlaştira ketdi. Firmam iş boşlaganidan buyon hamişa soliqlarni kam tölagan emiş. Ayrimlarini esa yaşirganman. Yasama hujjatlar topganman, endi kelayotgan kvartalga ham soliq tölaşim kerak emiş.
Xullas, quyoş oğa boşlagaç Bodikov degani zörğa muddaosini aytdi. Ellik dona şifer kerak ekan.
Reklama berganimdan uç kun ötib-ötmay qoçarga joy topolmay qoldim. Firmamning eşigini oçmayman. Uyda telefonning ham simini uzib taşladim. Şunda ham evini topib uçastka inspektori önta deraza şişasi, prokuratura tergovçisi öttiz dona orgalit, sud ijroçisi esa sakkizta yoğoç olib ketdi.
Arzimni kimga aytişimni bilmay huşim boşimdan uçdi. Şunday vaqtda jöra-yoronlarning bori yaxşi ekan. Tağin ularni axtarib topdim.
– Reklama ber! – dedi ular.
– Özi reklamadan kuyib ötiribman-ku.
– Aytganimizni qilaver, reklama ber!
– Firmamizda heç narsa yöq. Heç narsa bilan savdo-sotiq qilinmaydi, deb reklama ber!
Ularning aytganiday qildim. Boşqa ilojim yöq.
Rostdanam reklamada gap köp ekan, quloğim tinçidi-qöydi.
Endi özimning narsalarimni özim imi-jimida xaridor axtarib sotadigan böldim. Mabodo sizga ham quriliş materiallari kerak emasmi? Bir joyda bor, aytsangiz topib beraman. Faqat birov eşitmasin. Ts, jim!
Qoraqalpoq tilidan
Ismoil OLLOBERGANOV tarjimasi
“Yoşlik”2012/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

