6 daqiqada öqiladi

207 marta körilgan

Özingizdan uyalasizmi?

Uyat hissi… Bu ğoyatda noyob tuyğu, töğrimi? Agar u bu qadar kamyob bölmaganida nima bölardi? Olam guliston bölardi! Misol uçun, Vatan haqida şeʼr yasab ötirgan şoir qoğozdagi tizmalariga qarab qizarib ketardi. Soxta satrlari qoşida xijolat bölardi. Vatan haqida şunçaki yozib bölmasligini, bu sözning zalvorini har qanday yelka ham kötarolmasligini his qilardi. Bu muborak kalom qarşisidagi masʼuliyatdan qörqib, yozuv stolidagi nimarsalarini ğijimlardi-da, burçakka uloqtirardi. Ertasi kuni esa “Tanlanma” töplamingizda Vatan haqida şeʼr yöq ekan, yozib keling”, degan noşirdan qölyozmasini qaytarib olardi.

Ança yillar burun bir ijodkor akaning nomi unvon oluvçilar ruyxatiga tirkaldi. Şörlikning ilinji umidga, umidi işonçga aylanib unvon şarpasini bedor bölib kutdi. Ne hasratki, röyxat katta idoralar eşigidan qaytib çiqqaç, infarkt böldi-qoldi. Çunki uning nomi “oluvçilar” ruyxatidan tuşib qolgan ekan. Bir oz köngilçan hamkasblari beçoraga açinişdi. Ammo bu soddalar bilmasdiki, unga unvon bersalar ham şu dardga giriftor bölardi. Çunki bu dard ölgur haddan taşqari quvonçda ham zohir böladi-da.

Aslida u juda yaxşi odam edi. Eşityapsizmi, bor-yöği yaxşi odam edi, xolos! Lekin har bir yaxşi odamga mukofot berib bölmaydi-ku! U buni tuşunmasdi. Çunki u kişimda ham özidan, öz ijodidan uyaliş hissi andak kamyob edi. U özini sal kam daho ijodkorlar qatoriga qöyardi. Töğriroği, unda şunday olamşumul daʼvolar paydo bölişiga baʼzi bir uyatsiz …şunoslar sababçi edi. Quyuqqina ziyofat ustida yozilgan “taqriz”lar, “sözboşi”lar uni şu kuyga solib qöygandi.

Özidan uyaliş hissi şuning uçun ham lozimki, insonda biror narsani “meniki” deyişdan avval bunga maʼnaviy haqim bormi degan andişa yuzaga çiqadi. Uyaliş tuyğusi insonni bedor qilib qöyadi. Bu keçinmaning qudrati şundaki, agar u zohir bölsa, yumşoqqina kursida “yöq”ni “bor” qilib imzo çekayotgan amaldorning ham qöllari qaltirab ketadi. “Öl-ye, – deydi unga içki bir ovoz, – qaçongaça xalqning nonini “tuya” qilasan? Bir kuni hamma narsaning javobi borligini bilmaysanmi?” Avvaliga u buni eşitmaslikka oladi. Qöliga qoğoz-qalamni olib nimalarningdir rejasini tuzgisi keladi. Daholar misol bir nuqtaga tikilib çuqur-çuqur öyga botmoqçi böladi. Ammo naçora, yuksalmagan odam teranlaşolmaydi. U endi özini çalğitmoq ilinjida atayin trubkani olib kimlargadir dağdağa qiladi. Kimlarnidir topşiriqni bajarmagani uçun koyib beradi. Şu bilan vijdoniga suv sepmoqçi böladi. Lekin koşki bu “suv” içkaridagi “öt”ni öçirsa. Vaqt ötgan sari içki ovoz baland pardalarda jaranglay boşlaydi. Natijada bu amaldor nima qiladi, bilasizmi? “Mening bu lavozimda ötirişga maʼnaviy haqim yöq” deydi. Qöliga kişan solib olib çiqib ketmasdan burun tinçgina özi çiqib ketadi.

Özidan uyaliş hissi insonni öz-öziga hisobot berişga majbur qiladi. Keçqurun kök çoyni içib, miya bir oz orom olgaç, çekkaroqqa ötib kolxozning buxgalteriday özingizni hisob-kitob qilişga tuşasiz. “Qirq yillik qadrdon edi-ya”, “Bilib qolsa nima böladi?”, “Bu ham mayli, manavi arzimas pul uçun şunça yolğon işlatiş şartmidi? Bunisi-çi?” Körpani jahl bilan ğijimlab, boşingizga burkab olasiz. Qani endi bu boş körpaning içida tinçiy qolsa. Qiynalasiz. Ertalabgaça burga talab çiqadi. Biroq naçora, boşni taşlab ketib bölmasa!

Lekin siz angladingizmi, yöqmi, baribir baxtlisiz. Sizga bu iztiroblar muborak bölsin! Axir qiynalmay ötib ketsangiz nima bölardi?

Bir notaniş yigit bilan uzoq safarga çiqqandik. Qaysidir manzilda u-bu oliş uçun muhtaşam bir magazinga kirdik. Qaytib çiqqaç, hamrohim qölidagi qimmatbaho konfetni körsatib: “Qança turişini bilasizmi?” dedi. “Bilaman, bu juda qimmat” dedim. “Kassirning yoniga borsam, pul oliş örniga qaytimini oling deb yana şunça pul berib yubordi. Öziyam Xudo berdi-da, aka”, dedi oğzi quloğida.

Özini-özi hisob-kitob qilayotgan odam, siz mening öşa notaniş hamrohim örnida bölib qolsangizu, sizga ham şunaqa qilib Xudo “berib” tursa nima bölardi? Şunisiga şukur qilmaysizmi? Şukur qilasiz, çunki özidan uyaliş hissi insonga şukr qiliş neʼmatini beradi.

Özidan uyaliş hissi, insonning sözi bilan amalini uyğunlaştiradi. Özidan uyaladigan odam, sözidan ham uyaladi. Özi amal qilmagan sözlarni aytişdan qörqadi. Çunki bunday sözlar uning yuziga bir neça marta tarsaki tortib yuborgan. U şundan qörqadi.

Bir paytlar Payğambar alayhissalom ham ummatlariga şunday pand etgan ekanlar: “Odamlar orasida avvalgi payğambarlardan saqlanib qolgan bir gap şuki: agar uyalmasang, xohlagan işingni qil!” Aslida Muhammad alayhissalomgaça ötgan payğambarlarning deyarli barça körsatmalari maʼnodan uzilgan edi. Lekin insondagi uyat, hayo mangu öçirib bölmaydigan meroslar içida qoldi.

Bizning milliy fojialarimiz ham aynan SÖZ bilan AMAL ikki qutbga ajralib qolgan zamonlardan boşlangan. Agar tarixga diqqat qilinsa, bugungi ilm-fan taraqqiyotining poydevori yer yuziga Islom taʼlimoti kelganidan keyin beş asr içida barqaror böldi. Ne saodatki, bu taraqqiyotning ilk ğiştlarini qöyganlar bizning buyuk bobolarimiz edi. Şu zamindan çiqqan uluğ zotlar dunyo ahliga muallim böldilar. Ammo vaqt ötgan sari jamiyatda söz bilan amal örtasida tafovut paydo böla boşladi. Odamlar dinu diyonatdan uzoqlaşib, ezgulik haqidagi daʼvatlar ularning böğizlaridan nariga ötmay qoldi. Amal yöqoldi, halollik sözda qoldi, xolos. Hazrat Bobur “Boburnoma”da 1393-1394-yillar keçmişi haqida yozar ekan, Samarqanddek mötabar şaharning maʼnaviy ahvolini tasvirlaydi va laʼnatlar aytadi. Bu davrga kelib odamlar öspirin bolalarini hatto köçaga çiqarişga ham qörqib qoladilar. Çunki beklar va bekzodalar iymonli inson tilga olişga ham hazar qiladigan axloqsizliklarga şönğib ketgan edilar. El-yurt, din va mamlakat taqdiri heç kimni qiziqtirmay qöygandi. Sababi, jamiyatda söz bilan amal birligi yöqolib qolgan edi. Natijada jaholat boşlandi. 

Özidan uyaliş hissi inson könglida qaror topsa, u asta-sekin ijtimoiylaşib boradi. U bir kuni şunday ulkanlaşadiki, endi bu odam özini Millat va Vatan oldida ham masʼuliyatliman deb biladi. Mana şu masʼuliyat – millatning saodati, Vatanning şaʼni-şavkatidir. Qaysiki millat xor bölgan bölsa, mana şu masʼuliyat esdan çiqqan zamonlarda bölgan.

Bizning ötgan asrlardagi fojialarimizdan yana biri mana şu masʼuliyatsizlik edi. Qöqon xoni Xudoyorxon Xöjand orqali Toşkentga qoçib ketayotganda oltin, kumuş, laʼl, javohirlar töla sandiqlari bir karvon böldi. Xon özi bilan xalqning or-nomusi, erki va ertangi kunini ham sandiqqa joylab ketayotgandi. Buxoro amiri taxtdan ketayotganda xazinasida 34 nomdagi minglab qimmatbaho buyumlar röyxatga olingan. Ularning umumiy qiymati million-millonlarni taşkil etardi. Röyxatga olinmagan boyliklar ham sonsiz-sanoqsiz edi. Afsuski, ular vaqtida çor tarafda böridek payt poylayotgan duşmanni körolmadilar. Xalqning peşona terini sandiqqa joylab, xazinaning ustida ilondek kulça bölib yotib oldilar. Natijada, jafokaş xalq bu masʼuliyatsizlik alamini asrlar böyi çekib yaşadi.

Bugun dunyoning mana man degan muhtaşam muzeylarini bizning madaniy boyliklarimiz bezab turibdi. Agar biz ularning bari talab ketilgan deb xulosa qilsak, adaşamiz. Bu bebaho boyliklarning köpçiligi XIX-asrning ikkinçi yarmi, XX-asr boşlarida Buxoro amirzodalari, beklari tomonidan qimorga tikib yuborilgan. Ajnabiy savodagarlar ularni aldab qimorda yutib olişgan. Yuzlab nodir qölyozmalar, qimmatbaho kitoblar va boşqa osori-atiqalar kim oşdi savdosiga çiqarilgan. Millatning qalbi hisoblangan bu boyliklar oldida biror kimsa ziğirça masʼuliyat tuymagan.

Bu tarzdagi maʼnaviy tuşkunlikdan qayğuga tuşgan Fitrat yozadi: “Ey uluğ Turon, arslonlar ölkasi! Senga ne böldi? Neçuk kunlarga qolding? Yer yuzining bir neça polvonlari bölgan botir turklaring qani? Neçun çekindilar? Neçun ketdilar? Kuraş maydonlarin özgalarga neçun qöydilar? Neçun…” Ammo Fitrat hazratlari bu savollarning javobini özlari juda yaxşi bilardi. Fitrat bilan hammaslak bölgan Vadud Mahmud “Turkiston” gazetasining 1923-yil 24-dekabr sonida yurtning maʼnaviy-maʼrifiy qiyofasiga nazar taşlar ekan: “Böza, may va umuman kayf beradurğon içkiliklarining zararli bölişi töğrisida sözlab öltiriş ortiqçadir… Bu narsa Turkistonning butun şahar va qişloqlariğa yoyilğon. Hatto baʼzi bir ziyolilar va xotinlariğa hurriyat tarafdori bölğon kimsalar öz oilalari bilan ham “rasman” içişmakka boşlağonlar”, deb yozadi.

Darvoqe, tarix bizga ibratlari bilan qadrli. Şuning uçun ham mulohazalarimizda keçmiş kunlarimizga birrov nazar taşladik. Bu bilan birovga malomat qilmoqçi emasmiz. Zero, hazratim aytganlaridek: “Har kimki jafo qilsa, jazo topqusidir”. Qozilik qilmoq bizga tan emas. Bizning taʼmaimiz XULOSA çiqarmoqdir.

Va nihoyat, öz-özidan uyaliş şuning uçun ham lozimki, kişi bu hissiyot qarşisida öz aksini körib turadi. Bu “közgu” şafqatsizdir…

Alişer NAZAR

“Yoşlik”2012/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)