13 daqiqada öqiladi

245 marta körilgan

Akvarel böyoqlari

(Hikoya)

Bergning yonida “vatan” sözini aytişganlarida, bu sözning mohiyatini his qilib, tuşunmaganligidan şunçaki kulib qöyar edi. Vatan – ota-bobolar yaşab ötgan muqaddas tuproq, insonning tuğilgan joyi, deyişadi. Aslida-ku inson dunyoning qaysi joyida tuğilişining farqi yöqdek, masalan uning bir örtoği Amerika va Yevropa örtasida ummonda suzib ketayotgan da tuğilgan edi.

– Bunday insonlarning vatanini qayerda deb ataş mumkin? Nahotki ummon, şamol taʼsirida tundlaşib, yurakka xavf-xatar solib dilgir etib turuvçi suv sathi bölsa? – deya öz-öziga savol berardi Berg.

U okean nimaligini yaxşi bilardi. Parijda surat çizişni örganiş uçun öqigan kezlarida La Manş qirğoğida yaşagan edi. Öşa paytlar okean unga öta begona tuyulganligi heç yodidan çiqmaydi.

Ota-bobolar yaşab ötgan joy! Berg u haqda öylar ekan, bobosi yaşagan kiçik Yevropada joylaşgan öşa şaharçaga nisbatan ham qalbida özi yoki bolalik çoğlariga boğliq bölgan heç qanday özgaça tuyğularni his qilmaydi. Ammo, har gal xayol surganida Dnepr böyidagi öşa şaharçada yaşab, umri davomida etikdözlik qilgan bobosining közlarini etikdözlarning pişiq ipi va bigizi kör qilib qöyganligini eslaydi, xolos.

Qadrdon şahar, deganlarida esa, negadir uning köz öngida doimo rassom tomonidan yaxşi işlov berilmagan, oxirigaça töliq çizilib ulgurilmagan, turaverib eskirib, rangi öçib ketgan surat gavdalanardi xolos. U qançalik urinmasin, bu tuyğuga nisbattan çang bosib qurib yotgan teraklar va oşxonadagi ovqatdan sönggi yuvindining yoqimsiz hidi, olis osmon bağrida suzib yuruvçi xira bulutlar yoki maşq paytida askarlar kazarmasidan eşitilib turadigan turli ovozlardan bölak boşqa narsalarni tasavvur qilolmasdi.

Fuqarolar uruşi yillarida jang qilgan joylari, manzillarni aniq eslolmaydi.

– Mana, yaqinda oqlar qölidan özimizning jonajon yerlarimizni, vatanimizni tortib olamiz. Otlarimizni qadrdon Don daryosining suvidan miriqtirib suğoramiz, deya jangçilar közlari çaqnab, quvonib uni quçib qutlaşganida Bergning ensasi qotib:

– Qayoqda, bu gaplarning hammasi şunçaki safsata! Biz kabi insonlarning haqiqiy vatani yöq, bölgan ham emas, – degan edi kulib. Uning bu gapiga esa:

– Eh, Berg, qalbing bunçalar qattiq bölmasa! Sen judayam ğalati insonsan. Sendan qanday qilib yangi hayotni barpo etuvçi jangçi çiqişi mumkin, qaçonki sen özing yaşab turgan yerni, ona zaminni sevmasang. Sen bunday qalb bilan qanday qilib ham haqiqiy rassom bölişing mumkin axir! – deya, norozi ohangda javob berişgan edi jangçilar.

Balkim şu sababdan ham uning atrofini örab turgan ajib tabiat özining haqiqiy husni jamolini, tarovatini undan yaşirib turgandir. Balkim şul sabab ham Berg qançalik urinmasin, özi sevgan peyzaj janri ustida ijod qilolmadi. Portret va nihoyat plakatlar janrini tanlab, şu yönalişda ijod qilayotgan edi. Bir neça bor ijodiy yangi zamonaviy yönaliş izlab topişga harakat qildi, ammo barça urunişlari tuşunarsiz tarzda befoyda bölib çiqdi.

Umrining köp yillari xuddi şamol kabi öşa paytlarda sovetlar mamlakati deb atalmiş davlatlarda ötdi. Hayot çarxpalagi esa taqdirning turli past-balandliklariga duç kelib, tinim bilmay aylanardi. Ammo, uning atrofini yangidan-yangi, Berg uçun unçalik tuşunarli bölmagan muhabbat, nafrat, mardlik va albatta vatan tuyğusi kabi hislar örab turardi.

Erta kuz fasli edi. Şunday kunlarning birida Berg rassom Yarsevdan xat oldi. Xatda yoz paytini Muromsk örmonlarida ötkazib, dam olişda davom etayotgan Yarsev uning ham kelişini taklif qildi. Berg Yarsev bilan döst edi. Buning ustiga ançadan beri Moskvadan boşqa joyga çiqmagandi. Borişga qaror qildi-yu, jönab ketdi

Vladimir şahridan keyingi stansiyada tor izli temir yöl poyezdiga ötib oldi.

Avgust oyi juda issiq va şamolsiz kelgan edi. Poyezd vagonining içini qora javdar unidan tayyorlangan nonning yoqimli hidi tutib ketgandi. Berg vagonning zinapoyasida ötirib olib miriqib nafas oldi. Göyoki uning köksi havodanmas, balki quyoşning ajib nurlaridan töyinayotgandek edi.

Oçiliş mavsumi tugab, birin-ketin qurib borayotgan oppoq çinnigullar ösib yotgan keng dala bağrini çigirtkalarning ovozi tutib ketgan edi.

Yarsev odami yöq bu stansiyadan ança olisda, katta kölning qirğoği böyida, örmonçining yoğoç uyini ijaraga olib dam olayotgan edi.

Berg minib olgan ğildirakli arava qalin qum ustida qurib yotgan ildizlarni ğiçirlatib bosgança, odimlab borardi. Örmon orasidan zarğaldoqlarning horğin xonişi eşitilib turar, sarğaygan yaproqlar damba-dam yöl yuziga tökilar, osmonning olis bağrida tiniq bulutlar esa uzun böyli maçtabop qarağaylar tepasida suzib yurardi.

Bir pasdan söng Berg aravada çalqançasiga yotib oldi. Negadir uning yuragi oğir ura boşladi.

“Havo taʼsir qilayaptimikin”? – deya xovotirlandi Berg.

Şu çoğ uning közlari nogahon quyuq yastanib yotgan örmon daraxtlari ortida moviy çayqalib turgan kölga tuşdi. Kölning suvi mavjlanib hayratlanarli darajada xuddi ufq böylab kötarilayotgandek qiyalab yoyilib turardi. Uning ortida esa tuman içra qayin butazorlar közga taşlandi. Kölning ustida tarqalgan tuman yaqindagina bölib ötgan örmon yonğinidan paydo bölgandi. Suvning yuziga tökilib, yiğilib qolgan yaproqlar uyumi esa qora qalin korton qoğoz kabi suzib yurardi.

Berg köl böyidagi uşbu ajoyib qirğoqda bir oy yaşadi. Bu joylarga u faqat dam oliş maqsadida kelgan edi. Şuning uçun ham özi bilan surat çiziş uçun yoğ böyoqlarini olib kelmagan, ammo har ehtimolga qarşi bir qutiçada Lefranka deb ataluvçi fransuz akvarel böyoqlarini olib kelgan edi. Parijda yaşagan paytlaridan saqlab kelayotgan bu böyoqlarni juda ehtiyot qilardi.

Kuni böyi maysalar qoplab yotgan keng dala qöynida çözilib olib, undagi rang-barang turli ösimliklar, gullarni zavqlanib tomoşa qildi. Ayniqsa allaqanday mayda qop-qora mevaçalarini qirmizi gulkosalar bargi orasiga yaşirib ösayotgan butaçalar uning hayratini yanada oşirdi.

Berg namatak mevalari, ninabargli qora arçalar, limon ötlari barq urib, xuşböy taralib yotgan dala bağriga gilamdek tökilgan toğ teraklarining uzun barglarini, nafis böy çözib, tebranib turgan çinnigulllarni terib zavqlandi. U kuzgi yaproqlarni qöliga olib, diqqat bilan kuzatarkan, sovuq taʼsirida namçil sariq yaproqlar ohista kumuşrangda qoraya boşlaganligining guvohi böldi.

Yon atrofini örab turgan öziga xos ajoyib manzaralar – köl yuziga urilib suv qönğizlarining uçib yurgani, xira tortib mavjlanayotgan tölqinlar bağrida baliqlarning öynab yurişi, mavsumning barq urib oçilib yotgan sönggi gullari xuddi töq rangli oyna ustida qotib qolgan kabi sokin suvning yuzida qalqib turgani uning hayratini yanada oşirib, qalbini maftun etib qöydi.

Şunday issiq kunlarning birida Berg örmon içidan kelayotgan ğalati titroq ovozni eşitib qoldi.

Ovoz kelayotgan tomonga diqqat bilan quloq solarkan, vujudini allaneçik xovotir bosa boşladi. U yoqdan göyoki jazirama issiqda quruqşagan maysalar, turli uçib yuruvçi qönğizlar-u, çigirtkalarning ovozi ğalati ohangda qöşilib, özgaça tovuş kelayotganligini sezdi. Kunbotar tarafda kölning ustida esa turnalar galasi kur-kurlab, janub tomonga uçib ketayotgan edi.

Har doim turnalarning uçib ketayotganligini körib qolişganida, uning yonida doimo hamrohlik qilib yurgan örmonçining öğli Vanya Bergga qarab:

 – Menimça quşlar bizni taşlab issiq taraflarga uçib ketayapti-yov, deb qöyardi.

Bu gal esa uning nazarida turnalarning örmonni tark etib, uçib ketayotganligi göyo bu gözal, betakror makonga xiyonat qilayotgan sotqinlarning işidek tuyulib ketdi va ularga nisbatan qalbida allaneçuk norozilik hissini tuydi. Turnalar bunday suvlari zilol, möl-köl, sokin orolni, şunday körkam bağri keng saxiy örmonzorni, kuz qöynida barglari sarğayayotgan butazorlar, ahyon-ahyonda bir maromda gumburlab turuvçi, kuz havosida ösimliklar yelimi aralaş daraxtlarning xuşböylari taralib turgan bu kabi qadrdon joylarni qanday qilib közi qiyib taşlab ketiş mumkin, deya öylardi.

– Ğalati! – deya öz-öziça koyindi Berg. Bu galgi kun sayin tobora siyraklaşib borayotgan örmonga qarab paydo bölgan könglidagi bu norozilik hissi ilgarigidek kulguli tuyulmadi unga.

Şunday kunlarning birida Berg örmonda sayr qilib yurganida Tatyana ismli kampirni uçratib, tanişib qoldi. Sönggi kunlarda u bilan kuni böyi birga yurib, bamaylixotir aytadigan suhbatlarini tingladi.

Kampirning suhbatlaridan bu joylar örmonning eng tinç, sokin joylari ekanligi va bu yerlar qadimdan özining ijodkor rassomlari bilan nom çiqarganligi haqida bilib oldi. Tatyana atrofda ösib yotgan har xil butalarning nomlarini, bu yerda yasalgan qadimgi yoğoç qoşiqlar, tilla va maxsus qizil böyoq surib tayyorlanadigan idişlarning nomlarini birma-bir aytib berdi. Berg bu atamalarni umrida birinçi marta eşitib turganligidan xijolat çekib, qizarib ketdi.

Berg tabiatan kamgap edi. U har zamon Yarsevga luqma taşlab qöyardi, xolos. Yarsev esa kuni böyi qirğoq böyida ötirib olib, miriqib kitob öqirdi. U ham sevgan maşğulotidan xayolini bölmay, sözlaşgisi kelmasdi albatta.

Sentyabrga kelib yomğir yoğa boşladi. Maysalar ustiga tomayotgan yomğir tomçilari şildirab ovoz çiqarardi.

Yomğirdan söng havo isigaç esa, hamma yoqni qirğoq böyida ösayotgan qamişlarning yovvoyi va ötkir böyi xuddi hayvonlarning nam terisi kabi taralgan böy tutib ketdi.

Tuni böyi sokin örmon qöynida xuddi kuz davomida uning taqdiriga şu örmon mamlakatining ustidan maydalab tomçilab turiş yozilgani kabi yomğir şiğalab yoğar, qorovulxonaning yupqa tomiyu, qaygadir eltuvçi yöllar, bu atrofdagi biror joy ham uning nazaridan çetda qolib ketmas edi.

Kunlarning birida Yarsev şaharga qaytişga çoğlandi. Bundan Bergning jahli çiqib, xavotirga tuşa boşladi. Axir kuz mavsumining şunday ajoyib qiziqarli pallasidan keçib, qanday qilib jönab ketiş mumkin. Uning nazarida Yarsevning ketiş töğrisidagi bu istagi ham xuddi turnalarning bu joylarni tark etib, uçib ketayotgani singari xiyonatdek tuyulib ketdi. Nahotki, şunçaki bir yösinda bu kabi keng örmonlarga, zilol suvli köllarga, tarovatli betakror kuz fasliga va nihoyat iliq moviy osmonga, maydalab mayin yoğayotgan yomğir tomçilariga xiyonat qiliş şunçaki oson bölsa?

– Men hali ketmayman, şu yerda qolaman, – dedi, Berg qatiyan. – Ixtiyoringiz, siz qoçib ketaverişingiz mumkin, ammo men bu yerdagi kuz faslining suratini çizişni istayapman.

Yarsev jönab ketdi. Ertasi kuni Berg quyoşning iliq, zarrin nurlari yuziga tuşa boşlaganidan uyğonib ketdi.

Taşqarida yomğir tingan edi. Daraxtlarning mayin soyalari toza, beğubor dala bağrida titrab tebranar, eşikning ortida esa butun olam sukunat içra feruza rangda tiniqib yoğdulanib turardi.

“Yoğdulaniş” sözini Berg faqat şoirlar kitoblarida uçratgan edi. Va bu sözni şunçaki dabdabalar uçun işlatiladi, deb öylardi. Ammo u şu tobda butun vujudi bilan tuşunib, amin böldiki, bu söz aynan sentyabr osmoni va quyoşining manzarasi, suratiga berilgan taʼrif ekan.

Maysalar ustiga tökilayotgan har bir sariq yaproq quyoş nurida kumuş kabi yaltirab turardi. Keng moviy köl yuzida sokin tuman suzib yurardi. Aylanib, bir maromda esayotgan mayin şamol esa dimoğingizga sölib, quriyotgan örmon maysalarining taqir, ammo yoqimli öziga xos xuşböyini olib kelardi.

Berg çoyini ham içmasdan qöliga böyoq va qoğoz olib, köl tomonga qarab ketdi. Vanya uni qirğoqning yanada sokin, olis tomoniga ötkazib qöydi.

Negadir Berg juda şoşilardi. Atrofga razm solar ekan, örmon ustiga qiyalab tuşayotgan quyoşning nuri uning nazarida xuddi bir tutam kumuş tolasini eslatib yubordi. Havo oçiq. Feruza osmon bağrida sönggi quşlar öyçan xoniş qilar, siyrak, tiniq bulutlar esa kökning eng yuksak joylariga kötarilib tarqalayotgan edi.

Berg yanada şoşa boşladi. Şu tobda bor qobiliyatini işga solib, böyoq ranglarining qudrati, nigohlarining ziyrakligi-yu, hamma-hammasini toki qalbining tub-tubida titrab turgan sirli titroqlargaça qölidagi qoğozning yuziga tökib, körkam va salobatli örmonning uluğvor va sözsiz, xokisor tökilayotgan paytdagi uning suratini tasvirlamoqni niyat qildi.

Berg allaqanday qöşiqni kuylay boşladi. Söngra bor ovozi bilan göyoki faryod qilib, butun vujudi bilan işga şönğidi. Uni heç qaçon bu holatda körmagan Vanya, beixtiyor uning har bir harakatini kuzata boşladi. U Berg işlayotgan böyoqlarning suvini damba-dam almaştirib, qutiçadagi böyoqlar solingan çinni idişçalarni birin-ketin tutib turdi.

Sukunat içra köz ilğamas ğira-şiralik bir damda beixtiyor yaproqlar yuziga kelib qöndi. Barglardagi zarrin ranglar jilosiga xiralik tuşa boşladi. Havo ham tundlaşib borardi. Olisdan eşitilayotgan dahşatli şuvillaş örmonning u tomonidan bu tomoniga aylanib, qayerdadir tinib qoldi. Bu holatdan xavotirga tuşgan Berg joyida qotib turardi.

– Momaqaldiroq boşlanadi! Uyga ketiş kerak! – deya qiçqirdi Vanya.

– Kuzgi momaqaldiroq, – deya, qaytardi Berg va xayolini buzmaslikka harakat qilib, berilib surat çizişda davom etdi.

Ammo, momaqaldiroqning navbatdagi gumburlagan ovozi butun osmonni larzaga keltirib yubordi. Tim qora suvning yuzi bir qalqib tuşgandek böldi göyo. Örmon içra quyoşning sönggi şuʼlalari hali ham yaltirab, yoğdulanib turardi. Berg yanada şoşila boşladi.

Vanya uning ortiga işora qilib, qölini çözgança:

– Orqaga qara, qara, qanday qörqinçli! – dedi.

Ammo Berg negadir orqasi tomonga ögirilişga şoşmadi. Orqa tomonidan bosib kelayotgan çang-tözon aralaş qoronğulikni göyoki yelkalari bilan sezib turardi. Allaqaçon jala taʼsiridan yaproqlar uçib, aylanib yerga tuşayotgan edi. Şundan söng mayda örmon çuğurçuqlari qörquvdan pastlab uça boşladilar. Bir neça böyoq suriş qolganligi tufayli Berg juda şoşib, işida davom etardi.

Vanya uning yoniga kelib, qölidan mahkam uşlab oldi. Berg şu dam şiddat bilan gumburlab kelayotgan ovozni eşitdi. Uning ortidan göyoki okean örmonni bosib toshib kelardi.

Şunda Berg köl yuziga qop-qoronğu tuman qoplab olganini kördi. Qölining ustiga birinçi oğir tomçi kelib urildi. Söngra çaqmoq aralaş şarros jala quya boşladi.

Berg çizgan suratini tezda yaşikka joylab, ehtiyotkorlik yuzasidan kurtkasini ham yeçib yaşikning ustidan örab oldi. Qöliga esa akvarel solingan qutiçani olib, yölga tuşdi. Uning yuzlariga çang aralaş yomğir tomçilari kelib urilar, böron aylanib, uçirayotgan namçil yaproqlarni yuzi aralaş közlariga yopiştirardi.

Çaqmoq gumburlab, yonidagi qarağay daraxtini siltab, larzaga keltirdi. Bu manzaradan Berg özini yöqotib, bir dam gangib qoldi. Jala osmonning şundaygina pastak joyidan quyardi göyo. Ular Vanya bilan panaga qoçişdi. Yomğirdan ivib, sovuqdan dirdiraşib, bir soatlardan keyin qorovulxonaga yetib kelişdi. Qorovulxonaga kelganlarida Berg qölidagi akvarel solingan qutiga közi tuşdi. Uning içidagi Lefranka böyoqlari tuşib qolgan edi. Berg böyoqlarni ikki kun jon-jahdi bilan qidirdi, ammo topolmadi.

Moskvaga kelganidan ikki oy ötib, yirik qinğir-qiyşiq harflar bilan bitilgan maktub oldi.

“Salom örtoq Berg, – deya yozardi Vanya. – Siz ketganingizdan söng ikki hafta davomida hamma yoqni titib, böyoqlaringizni qidirib topdim. Uni nima qilay, sizga qanday yetkazay? Öşa yomğirdan söng qattiq şamollagan ekanman. Endi özimga keldim. Otamning aytişiça şamollaş öpkamga ötib ketibdi. Şu tufayli sizga bir oz keçikib xabar berayotganim uçun mendan xafa bölmang.

Agar iloji bölsa menga bizning örmonimiz, har xil daraxtlar haqidagi kitob va rangli qalam yuborsangiz. Mening ham judayam surat çizgim kelayapti. Hozir biz taraflarda qor ham yoğib ulgurdi. Qaysi arçaning tagiga qarasangiz quyonçalar ötirganini körasiz.

Sizni yoz çoğida yana bizning qadrdon joylarimizga taklif qilib, kutib qolamiz. Salom bilan Vanya Zotov”.

Berg Vanyadan kelgan xatga javob sifatida unga özi iştirok etadigan körgazmaning taklifnomasini yubordi.

Bu taklifnomani yaqindagina unga olib kelib berişib, undan esa körgazmaga qöyadigan ijodiy asarlarining nomlarini va ular töğrisida maʼlumot söraşgan edi.

Berg stolga joylaşib olib “Körgazmaga bu yozda işlagan akvarel etyudim – birinçi badiiy manzaramni qöyaman”, degan javob yozib yubordi.

Yarim keçasi. Taşqarida yoğayotgan oppoq momiq qor deraza rafiga tuşib, köçadagi çiroqlarning fusunkor yoğdusida közni qamaştirgudek yaltirab turibdi. Devorga osib qöyilgan soat sokin va bir maromda urar, kimdir esa qöşni xonadonda royalda Grigning sonatasini çalardi. Asta-sekin musiqaning dilgir sadosi butun xonadonni tutib ketdi.

Berg Vanya haqida öylar ekan, jilmaygança uzoq ötirdi. U topib olgan Lefranka böyoqlarini Vanyaga sovğa qilmay böladimi axir!

Ayni damda Berg qalbida yanada tiniqib, yoqimli zavq bağişlab paydo bölayotgan sirli, tasvirlaş qiyin bölgan vatan tuyğusini dildan his etişni, sezişni, kuzatişni istayotgan edi. Bu tuyğu uning qalbida uzoq, ön yillab çözilgan inqilob yillari davomida kamolga yetgan bölsa ajab emas. Yoki yon-atrofi örmonga burkangan, kuz qöynida sirli mavjlanib turgan sokin kölmi, uning ustida uçib, kuylangan turnalar qöşiğimi yoki bolakay Vanya Zotov sabab böldimikin? U qalbini qamrab olib, ğalayonga solayotgan bu savollarga javob topişga unçalik urinib ötirmadi. Uning yodiga nogoh jangçilarning:

– Eh, Berg, qalbing bunçalar qattiq bölmasa! Sen judayam ğalati insonsan. Sendan qanday qilib yangi hayotni barpo etuvçi jangçi çiqardi, qaçonki sen özing yaşab turgan yerni, ona tuproqni sevmasang, – degan sözlari tuşib ketdi.

Ha, haqiqatan ham jangçilar haq edilar. Berg qalbida paydo bölgan vatan tuyğusiga butun vujudi bilan mana endi amin böldi. Şu tobda u göyo özi yaşab turgan mamlakatga nafaqat ongi-şuuri yoki inqilobga bölgan sadoqati, balki bir ijodkor rassom sifatida butun qalbi, yuragi, vatanga bölgan muhabbati uni nafaqat ulğaytirganini sezdi, balki uni qayta dunyoga keltirgandek edi göyo. Ayni çoğda şunçaki qup-quruq, maʼnosiz bölib tuyulgan zerikarli hayoti zavqu şavqqa tölib, oldingiga köra yuz bora gözal va qadrli bölib tuyula boşladi. Uning bor vujudini zabt etgan vatan tuyğusi, qalbini töldirib kelayotgan hayot zavqi yanada gözallikka intilib, miriqib yaşaşga undayotgan edi.

 

Dilorom Abdurahmon tarjimasi

Konstatin PAUSTOVSKIY

“Yoşlik”2012/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)